Germaniyada prava olish bundan ancha qimmat deyishadi. Kelinglar vaziyatga sal teparoqdan qaraymiz:
Prava olsih harajatlari:
Uzb - 800 $
Ger - 3000 $
1 stavka ishlaydigan shifokor oyligi:
Uzb - 200 $
Ger - 5000 $
Maktab ko`rmaganlar uchun maydalab tushuntiraman: Germaniyada qimmat bo`lsa ham bitta oylikka prava olish mumkin, bizda esa yemay-ichmay 4 oy yig`ish kerak.
@asklepiy
Ilk bor Qonunchilik palatasi deputatligiga ayol nomzodlar 44,7 foizni tashkil etdi
Bu O‘zbekiston saylov tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bugun Markaziy saylov komissiyasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish va saylovoldi tashviqotiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Batafsil — https://daryo.uz/thM3LDhj
Opalar qolgan 55,3% ni xotini emasmikin mabodo😁
@asklepiy
Olimpiyachilarga katta mukofotlar berilishiga qarshi edim. Endi esa bir xato ikkinchisiga olib keladi deganday, paraolimpiyachilarga qilinadigan munosabat ham xato bo`ladi:
pul bersang ham gap-so`z boladi, pul bermasang ham nogironlarni nega kamsitishdi deb gapirishadi🙂
#iqtibos
Har neki ayladim xatolig` bo`ldi...
@asklepiy
Yiqildingmi? Ko‘zlaringda
Buncha alam, buncha alam!
Ust-u boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan paydo bo‘ldi?
Yoki aqling ketganmidi,
Endi toshlar qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim, muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim yetmagandir...
Usmon Azim
@asklepiy
Amaldagi prezidentimiz 3-marta ham 99% ovoz bilan saylovda g`olib bo`ldi🥳
Qolgan 1% 👆
@asklepiy
“Ko‘cha” sudini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti IIBga chaqirildi
“Baxti Tashkentskiy” ishini ko‘rayotgan sudya jurnalist ustidan shikoyat qilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/ldn846hf
Oxiri jinoyatchi qolib, jurnalist qamalib ketmasa bőldi🙃
@asklepiy
3. Doimgiday Qashqadaryo TOP🙃
Dunyodagi eng qoloq mamlakatning, eng qoloq viloyatida turib mashnaqa statistikalarni őqib őtiribmizda🙂
Uztelecom esa soqqa qilishni bilmas ekan. So'rab o'tirmasdan shartta ulab qo'ymaysanmi🙃
Читать полностью…II-жаҳон урушидан кейин Сталин, Рузвельт, Черчилль сулҳ столи атрофида йиғилишади.
Суҳбат қизиган пайти Рузвельт бир парча қоғозга бир нималарнидир ёзиб, Черчиллга узатади. Черчилль қоғозни ўқиб, дарҳол кулдонда ёқиб юборади ва Рузвельтга бошқа қоғозга жавоб ёзиб, беради. Рузвельт чекмас эди, шунинг учун қоғоз ёқилмай қолиб кетади. Давлат раҳбарлари столдан туришган заҳоти Сталиннинг тансоқчилари ҳалиги қоғозни очиб ўқиб кўришади, унда:
“Қари бургут инидан чиқиб кетмайди!” – деб ёзилган эди.
Тансоқчилар буни Сталинга нисбатан суиқасд ҳозирланмоқда деб ўйлашади. “Қари бургут” – Сталин, “Бургутнинг ини” – Ливадиядаги қаср!
Зудлик билан шошилинч тадбирлар бошланади: тансоқчилар алмаштирилади, ҳарбий
шайлик юқори даражага олиб чиқилади. Лекин ҳеч қандай суиқасд содир бўлмайди.
Орадан анча йиллар ўтиб, совет таржимони Черчиллга таржимонлик қилади ва ундан ўша таҳдид қилувчи қоғозда нимани назарда тутганлигини сўрайди.
Черчилль кулиб жавоб беради: “Бу муҳим нарса эмас эди, Рузвельт менга: “Жаноб Черчилль, шимингизнинг олд тугмалари ечилиб қолибди...” – деб ёзган эди, мен эса унга: “Хавотирга ўрин йўқ, қари бургут инидан чиқиб кетмайди!” – деб ёзганман, холос.”
@asklepiy
Ёзувчи учун ҳеч ким билмайдиган, мутлақо янги гап айтишдан кўра, ҳамма биладиган, лекин ҳеч ким айта олмайдиган гапни айтиши муҳимроқдир.
(c) Шароф БОШБЕКОВ
@asklepiy
#tavsiya
Mana bu kinoda psixoaktiv moddalar (narkotik) yaxshi tasvirlangan. 25 yil avval AQShda ishlatilgan "ozdiruvchilar" endilikda őzimizga ham kirib kelmoqda. Avval aytganimday AQSh va Yevropa tarixini őqigan holda bizni kelajakda nimalar kutishini bilsa bőladi 🙂
@asklepiy
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham oshdi.
Batafsil — https://daryo.uz/uhKXIATj
👉 3-kunmi yo 10003-kun🙂
"Siyosat bilan ishi bo`lmagan xalqni, xalq bilan ishi bo`lmagan odamlar boshqaradi"
Birmuncha ilgari "surish"ni maqsad qilib til o`rganishni boshlaganim uchun axborot kanallaridan chiqib ketgandim. Ushbu kanal faoliyati ham sustlashgan. Lekin bu masxarabozlarning qilayotgan ishlari qancha jim yursangiz sizga shuncha noqulaylik keltiraveradi. Yaqinda ish bilan avtomaktabga borsam prava uchun o`qish narxlari toifasiga qarab 5-7 mln ga chiqib ketibdi. Imtixonga kirish va pravani olish uchun yana 2 mln cha to`lash kerak. Bu summalarni belgilashga nima asos bor, yoki shunchaki osmondan olinganmi? "Avtomashina hashamat bo`lishi kerak" degan fatvodan keyin mashina narxlari osmonga chiqqanini tushunaman, lekin haydovchilik guvohnomasi nega buncha qimmat? Axir mashinasi yo`q bo`lsa ham ijaraga taksi qilib oila boqadiganlar ham ko`pku.
Qadimda Horun ar-Rashid degan hukmdor ba`zi-ba`zida oddiy kiyimlarni kiyib, shaxsini yashirib xalq orasida bozorlarni aylanar va shu orqali xalqni yashash tarzini o`rganar ekan. Bizda hukmdor yoki vazirlar uyoqda tursin, tuman hokimi yoki oddiy deputatlar ham bozorga kirishiga ishonmayman. O`zim har kuni ishdan qaytishda yo`limdagi bozorni bir aylanib chiqaman. Birni ko`rib fikr qil, birni ko`rib shukr deganday, odamlarni qiynalayotganini ko`rib tezroq surish kerakligini va o`zimni holatimga shukr qilsam bo`lishini his qilaman.
Aytmoqchi, yuqoridagi suratda stoyankaga kirsa 2 ming so`m berishi kerakligi uchun kirmasdan stoyanka eshigi oldidagi shlagbaum ostida qoldirilgan matiz va 2 ming so`m ekonom qilish uchun shu matizga minmasdan bir dunyo yuki bilan avtobus ko`tayotgan ayollar tasvirlangan. Lekin matiz haydovchisi ham, ayollar ham umuman siyosatga qiziqmaydi🙂
@asklepiy
Yakshanba kuni qanaqa saylov bo`ldi, kimlar saylandi, endi ular nima ish qiladi degan savollarga mening javobim🙂
@asklepiy
O`zbekistonda karatechi qizlarga "Zulfiya" mukofoti berilar edi, Qirg`izlar bokschi yigitlarga "Chingiz Aytmatov" mukofotini berishni boshlashipti.
Adabiyotchilar go`rida tik turib, sigaret chekib o`tirishgan bo`lsa kerak🙂
@asklepiy
/channel/Kusherbayevga_murojaat kanalini 15 minut o`qigandim, muammolar ko`pligidan kallacham shishib qoldi🤕
Bu muammolarni hal qilgandan ko`ra, otpuskaga chizvorish qulay albatta🙂
#cungan_cundi
@asklepiy
Mana bu postda dastlab: "Agar onalar shavkatli farzandlar uçun halovatidan kechmasa, otasini tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi" degan iqtibos keltirilgan edi. Jumlani ğalchaligi sabab, tushunmasdan 3-marta qayta őqiyman deb turganimda "edit" qilishdi. Hozircha saytdan bu jumlani olib tashlashmabdi. Endi kőrgan narsamizni skrinshot qilib yurmasak bőlmaydi shekilli🙂
Aytmoqchi, bu jumlani "qoğozga őralmagan" varianti "ayollar k*tini qisib yurmasa, xaromilar kőpayib, jamiyatni k*tiga uradi" bőlsa kerak🙂
@asklepiy
Foizda 77-63=14% ősish bőlganmish.
Aholi soniga nisbatan 8 mln emish.
14% - 8 mln
100% - 57 mln aholi bor ekanda Uzbda🙂
Oğziga kelgan raqamlar bilan hisobot taxlashgan shekilli.
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga so‘nggi 7 yilda 20 trln so‘mga yaqin pul sarflandi — Daryo Yangiliklari
https://uc.xyz/1NMb9c?pub=link [O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga so‘nggi 7 yilda 20 trln so‘mga yaqin pul sarflandi — Daryo Yangiliklari]: Посмотри!
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri mohi tobon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘nglidur oshuftai lahv-u tarab, nafs-u havo,
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Qo‘lida domi tama’, ko‘zidadur kayf-u xumor,
Soch oqorub qaddi xam bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikdan hama kelgon baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Keldi davri, dushdi osmondan Masihoyi ilm,
Bu nechuk badmurdalik, jismiga bir jon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
O‘zga millat uchsalar hikmat topub suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
O‘zgalar etmakda har kun bing sanoi’ ixtiro,
Biz aholi topmoqa beranj bir non istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u javon,
Domi g‘aflatdin xalos o‘lmoqqa imkon istamas,
Ey Nihon, bing hayf et insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas,
Uxlama o‘zbek eli asri taraqqiy vaqtida.
(с) Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
Mobiuz kompaniyasini ham tilanchilikdan boshqa ishi qolmapti🙂
Oyiga 50 minglik tarifdaman. Lekin sms-xabar, sizga qo'ng'iroq va yana ba'zi xizmatlar uchun 60 mingcha tashlardim har oy. Lekin 2-3 kunda hisobda pul yo'qolib qolaveradi. Bir necha marta operatorga tel qilib (bu ham 5-10 daqiqa vaqt oladi) keraksiz xizmatlarni o'chirtirdim. Bular qanday ulanib qolarkin deb o'ylab yurardim. Bugun e'tibor bersam qisqa raqamlardan tasdiqlash kodi va ortidan avtomatik ulangan xizmat haqida ma'lumot sms bo'lib keldi. Yana arzonroq ham emas: kuniga 1500-2000 so'm! Uydagi 6 kishi ham Mobiuz ishlatishimizni hisobga olsa kuniga 10 ming minusda ekan😁
O'zi keyingi vaqtlar internet tezligi ham juda tushib ketgandi, xullas almashtirvorish kerakmi deyman🙂
#stop_mobiuz #qoralayman #lanatlayman
@asklepiy
ҒАЛАТИ СИНОВ
1917 йилда Ироқ ҳудудларидан бирига кирган инглиз генерали Стенли Муд қўй боқувчи
чўпон билан кўришиб қолади. У чўпонга итларидан бирортасини сўйса, бир фунт стерлинг бермоқчи эканини таржимон орқали билдиради.
Ит чўпоннинг қўйларини бўрилардан ҳимоя қиладиган, унга қўй боқишда ёрдам берадиган ва хатарни сезиши билан огоҳлантирадиган жуда муҳим ва керакли қўриқчи эди. Лекин генерал берадиган пулга мавжуд қўйларни ярмини сотиб олса бўларди.
Чўпон қўйлардан бирини ушлаб қурбон қилишга қарор қилди ва генералнинг оёғи остида бўғизлади. Генерал бунга кўнмади, итни сўйишни буюрди, чопон итни сўйди.
Генерал чўпонга итнинг терисини шилиш бадалига яна бир фунт ваъда қилди. Чўпон пулни олиб, унинг айтганини қилди.
Генерал Муд чўпон итни бўлаклаб ташласа, яна бир фунт бермоқчи бўлди. Чўпон итни майда-майда бўлакларга бўлди. Генерал учинчи фунтни бериб, кета бошлади. Чўпон сакраб туриб:
— Яна бир фунт берса, бўлакларни ейишга
тайёрлигини айтди.
Генерал Муд:
— Мен сизларнинг табиатингизни билмоқчи
эдим холос. Билдимки, нафсингизга қул экансиз!
Сен уч фунт стерлингга ўзинг учун энг
қадрли бўлган дўстингни бўғизладинг, терисини шилдинг ва бўлакларга бўлдинг. Тўртинчи фунтга уни ейишга ҳам тайёрсан. Мен билишим
керак бўлган нарса шу эди. — деди.
Ва аскарларига юзланиб:
— Модомики, бу ерда бу каби “ақл” эгалари
кўплаб учрар экан, ҳеч нарсадан хавотир қилмасангиз ҳам бўлаверади. — деди.
Бу ҳолат мол-дунё учун ҳар нарсага тайёр нафси заифларнинг жамиятда мавжудлиги,
ҳар қандай душманга ўз жамиятини парчалаб, мустамлакага айлантиришга хизмат қилишини англатади.
Доктор Али Вардийнинг “Ироқ тарихидан ижтимоий лавҳалар” китобидан.
@asklepiy
Эшкакчилар ўртасида мусобақа ўтказилди.
Ҳар бир қайиқ 9 кишини кўтара олар эди. Бунда
Япония эшкакчилари ғолиб бўлибди. Бизникилар эса – энг охирги.
Натижа таҳлилига кўра, японлар қайиғида 1
та бошлиқ ва 8 та эшкакчи бор экан.
Бизникилар гуруҳида эса – 1 та умумий бошлиқ, 3 та ўринбосар, 4 та бўлим мудири ва 1
та эшкакчи бор эди. Бизникилар дарров мағлубият сабабини аниқлашди. Эшкакчи айбдор! У
ишдан олинди.
@asklepiy
⚡️‼️ ЭҲТИЁТ БЎЛИНГ
”БАД”ларнинг таркибида психотроп моддалар бор экан😨
⚠️ Дори эмас деб ҳар нарсани ичиб, истеъмол қилаверманг.
Soğliqni saqlash shu darajada tubanlashdiki, bu tizimni őziga keltirish uchun vazir emas kamida prezident almashishi kerak.
BAD larni korobkasiga "dori vositasi emas" deb yozilgan, lekin aptekada sotiladi. Qiziq nimaga qurilish mollarida emas? 🙃
@asklepiy
Prezident: “Eng muhim yutuq — yoshlarimizning harakati, niyati, o‘ziga ishonchi”
Batafsil — https://daryo.uz/ugmjAQPs
O'rinchayizni birorta yoshga bo'shatsayizda, shu yutuqqa tezroq erishsak, keyin rostan gullab-yashnab, hur bo'p ketardik🙂