Telegram audio kitoblar kanali Aloqa uchun: @audiokutubxona_bot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
▶️ Qalb bogʻlansa...
🎙 Abdukarim Mirzayev
️🎧 ️@audio_kitobxona
Audiokitob №287
▶️ "Dunyoning ishlari"
✍️ O‘tkir Hoshimov
📎 Qissa [audiodrama]
⛓ Qismlar: 1 ta
XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z о‘rni va uslubiga ega bo’lgan adib - O'zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham sevimli adibi bo’lib qoladi.
Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o'zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o’rtasidagi suhbatlar mutolaasi o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo’ladi. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo’lsin O‘tkir Hoshimov asarlarida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o’xshamagan onamizni ko’ramiz...
Bir inson umrini qamragan roman bo’lsin, qator novellalardan iborat qissa yoki hikoya bo’lsin, janridan qat’i nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta hayotiy xulosa berishiga ishonamiz.
Odam ko‘pincha o‘z yaqinlarining qadriga yetmaydi. Ayniqsa onaning qadrini bilmaslik yosh o‘tganda pushaymonlik keltirishi mumkin. Shu ma’noda "Dunyoning ishlari" asarini kishi ulg‘ayganda tuyadigan ona armoni deyish mumkin. Asardan paydo bo‘ladigan katta xulosa ham aslida shu. Shu bilan birga asar dunyoning, yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning ma’no-mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini tuyishga o‘rgatadi. "Dunyoning ishlari" yuqorida aytilgan sababi tufayli qo‘ldan qo‘ymay o‘qilayotgan bo‘lsa kerak ehtimol.
Kitobda adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: “Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!”
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
️🎧 @audio_kitobxona
#Audiosuhbat
🔊 O‘zbek tili tarixi
️🔴@audio_kitobxona
📣 O‘zbekiston tarixida shaharlar va shaharchilikning o‘rni
Buyuk tarixiy shaharlarimiz
#Rivojlanish
🔊 Boy bo'lish kerakmi?
🎤 Muhammadali Eshonqulov
️🔴@audio_kitobxona
▶️ Baxtlimisiz? Baxtsizmisiz?
🎙 Abdukarim Mirzayev
️🎧 ️@audio_kitobxona
📣 Antiradarlarni taqiqlash kerak (mi?)
© Lolazor
Ushbu sonda Amerika taassurotlari, haydovchilar uchun jarima ballari, organ xodimlarini rasm va videoga olib internetga joylashtirmaslikka oid qonun hamda parlamentning vazifalari xususida suhbatlashdik.
📣 O‘zbek muloqot madaniyati tarixi
Gar saloming boʻlmasa yoxud qasamlar, ismlar va muloqot
📣 Dollar keskin oshadimi?
© Lolazor
Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik.
📣 O‘zbek urug‘lari tarixi: 92 bovli o‘zbek xalqi, urug‘ini unutgan odamlar
Bugun uzoq kutilgan mavzuga keldik. Ko‘p so‘ralgan mavzu — o‘zbek urug‘lari. 92 bovli o‘zbek xalqi degan tushunchani ko‘p eshitaman, ammo shu bilan birga urug‘lar haqida kam gapiriladi, kam yoziladi. Hatto o‘zbeklarda urug‘lar yo‘q deyishadi, va urug‘ini unutgan odamlar ham ko‘p uchraydi. Lekin o‘zbeklarda azaldan urug‘lar mavjud bo‘lgan va bu urug‘lar butun turkiy xalqlar uchun umumiy bir o‘tmishga ega bo‘lgan. Bugun ana shu urug‘larning tarixi va bugungi kundagi holati haqida tarixchi olim, professor, tarix fanlari doktori G‘aybulla Boboyorov bilan gaplashamiz.
▶️ Umidsiz do'stim, eshit!
🎙 Abdukarim Mirzayev
️🎧 ️@audio_kitobxona
Audiokitob №285
▶️ "Omon ovchining o‘limi"
✍️ Shukur Xolmirzayev
⛓ Qismlar: 1 ta
️🎧 @audio_kitobxona
✅ Bularni tinglamasangiz bo‘lmaydi
📣 FIKR ATOLYESI
▶️ Adashganlar yohud Robbini haqorat qilayotganlar
▶️ Birinchi uchrashuv
▶️ Jallodiga oshiqlar yoxud soyalar bilan raqs
▶️ Kech bo'lmasdan bu qissadan ibrat oling!
▶️ Kutish va qutilish
▶️ Mana bu TRAGEDIYA
▶️ Men ham o'ldiraman
▶️ Musibatlar va biz
▶️ Nega savol bermaysiz?
▶️ "Qaytar dunyo" deydilar...
▶️ Turma – yugur, Tinma – tirish, Bukilma – yuksal...
▶️ "Uch narsadan voz kechdim... Hayotim tuzaldi" yoxud haqiqiy ayriliq azobi
▶️ O'zgarishni istaysizmi, unda...
▶️ Shaxrizodaning 1001 ertagi
#Rivojlanish
🔊 Real hayotga qayting
🎤 Muhammadali Eshonqulov
️🎧 ️@audio_kitobxona
Audiokitob №283
▶️ "Hellados"
✍️ Nodar Dumbadze
⛓ Qismlar: 1 ta
🎙 O'qidi: Nargiza Mirzayeva
Nodar Dumbadzening bir qancha kitoblari taniqli tarjimon Nizom Komil tomonidan o‘zbekchaga mahorat bilan o‘girilgan. Nizom Komil o‘zbekchalashtirgan “Hellados” hikoyasi iste’dodli gruzin adibi ijodining eng yorqin sahifalaridan biridir.
Asar qishloqdagi barcha bolalarga mushtamzo‘r Yanguli hukmronlik qiladigan Chalbash daryosi bo‘yidagi Venetsian kuchasiga Jamolning kelishi bilan boshlanadi. Jamol Yanguli bilgan boshqa bolalarga o‘xshamasdi. U irodali, ayni paytda o‘ziga hukm o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaydigan darajada mag‘rur bola edi. Jamol birinchi marta o‘zining shunday hisltalari bilan Yangulini qiziqtirib qo‘yadi, qolaversa o‘ziga nisbatan adovat uyg‘otadi. Xush, ammo bu adovatning asl sababi nima edi? Yanguli nima uchun bunday olishuvni, murosasiz kurashni boshladi?
Hali bolalik dunyosini tark etmagan bezori o‘spirin o‘zi ulg‘aygan Venetsian ko‘chasini butun bir Vatan deb bilardi. U o‘z “vataniga” faqat o‘zi hukmron bo‘lishni istar, “vatanida” paydo bo‘lgan begona bolaning dadilligi esa uni g‘ashini keltirardi, shu bilan birga jinday cho‘chitardi ham – u, “vataniga” o‘zga bir bola “ega chiqishidan” cho‘chirdi. Ha, o‘quvchida dastlab tarbiyasiz, bezori sifat taassurot qoldiradigan Yanguli o‘zi bilib-bilmasdan guyo Vatan himoyasiga kirishganday edi! Bu esa har ikki bolaning murg‘ak tasavvurida, qalbida boshlangan yashash va vatan uchun bo‘lgan o‘ziga xos kurashning boshlanishi bo‘ldi.
O‘quvchi hikoyaning nihoyasiga yaqinlashar ekan, unga Suxumida yashayotgan greklarning o‘z yurtiga, Elladaga qaytishi kerakligi bayon qilinadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, Yanguli ham millatdoshlari bilan yurtiga qaytib ketishi lozim edi. O‘z yurtiga qaytish imkoni yaratilganini Suxumida yashayotgan butun grek xalqi katta xursandchilik bilan qarshi olishadi, ammo… ammo bu xabar Yanguliga haqiqiy judolik, haqiqiy musibat bo‘lib tatiydi. Chunki bu judolik Yanguli uchun ko‘plab qimmatli tuyg‘ulardan — bolalikdan, muhabbatdan va … va Vatandan ayro tushmoq edi. Muallif (o‘z ta’biri bilan aytganda “na bir-biriga g‘anim, na yaqin do‘st” bo‘la olmagan) ikki o‘spirinning xayrlashish oldi qilgan suhbatini yozarkan, nazarimda asaridagi, yo‘q nafaqat asaridagi, shuningdek real hayotdagi Vatan va Vatanga bog‘liqlik hissi haqidagi eng go‘zal so‘zni, eng haqqoniy haqiqatni ayta olgan, desam yanglishmaymiz.
🎧 @audio_kitobxona
📣 Hokimiyat shaytoniy xususiyatga ega
© Lolazor
Ushbu sonda siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test sinovlari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat quriladi.
#Audionazm
📖 "Ona Tilim"
✍️ Muhammad Yusuf
Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,
Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.
Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bagʻri – dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim…
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar.
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim – tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen boʻlmasang nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yoʻqda, dil yoʻq derlar.
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlaru Abdullolar,
Sening qaytgan kuning mening mavlud yilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
️🔴@audio_kitobxona
#ilm_suhbati
⚡️ Ilmga ixlosmand qalblar uchun
▶️ Asl boylik nimada?
▶️ Ayol kishi pul topish kerakmi?
▶️ Bizdan yana buyuk insonlar chiqadimi?
▶️ «Dindorini tanlagin, qoʻling tuproqqa qorilgur!» (Bir hadis sharhi)
▶️ Farzandingizni o'zingizga dushman qilib yetishtirmang!
▶️ Husayn Buxoriy bilan jonli suhbat
▶️ Islomofobiya nima?
▶️ Kitobga oshiqlar haqida suhbat
▶️ Tarbiyani ta'limdan ustun qo'ygan murabbiy bilan suhbat
▶️ Ustoz Husayn Buxoriy va Ustoz Mahmud Usmon ishtirokida Madina talabalari bilan suhbat (1-qism)
▶️ Ustoz Husayn Buxoriy va Ustoz Mahmud Usmon ishtirokida Madina talabalari bilan suhbat (2-qism)
▶️ Yurt ozodligi yoʻlida toʻkilgan qonlar
#Audiosuhbat
📣 15 yoshda talaba bo'lgan, 10 mingdan ziyod shogird chiqarishga ulgurgan o'zbek o'g'loni bilan suhbat
🎙 Mehmon: Muhammadali Eshonqulov
💖 Suhbatni quyidagi mavzular orqali tinglashingiz mumkin:
00:00 – Treyler
02:54 – Kirish
03:58 –Muhammad Ali Eshonqulov o'zi kim?
11:10 – Siz 4 yoshingizda o‘qishni o‘rgangan ekansiz. Baʼzi ota-onalar farzandim o‘qib charchab qolyapti, qiynalyapti deb ularni bilim olishlariga o‘zlari xohlamagan holda to‘sqinlik qilishadi. Ularga qanday tavsiyalar bera olasiz?
12:16 – Muvaffaqiyatga erishishimning sababchisi akam degan ekansiz, shu haqida gapirib bersangiz?
15:13 – Muhammad Ali aka, o'qituvchilikdan boshqa yana nima ishlar bilan shug'ullanib turasiz?
24:58 – Yoshlar qaysi kasbda oylik ko'p bo'lsa shunga intilishadimi?
27:41 – Mukammallik nima?
28:04 – Maqsadsiz yoshlarga nima degan bo'lar edingiz?
32:34 – Temurbek Adhamovning yoshlarga tavsiyalari
35:52 – Nima uchun ta'limda korrupsiya paydo bo'lyapti?
43:37 – Yoshlar so'rolmaydigan savol: Qachon oila qurish kerak?
46:48 – Yoshlarga maslahat berish imkoni berilsa va unga albatta amal qilishsa, bu qanday maslahat bo'lar edi?
55:46 – Hozirgi yoshlarimizda o'qishni bitirib davlat sektorida ishlaymi yoki xususiy sektor tinchroqmi degan dilemma bo'lmoqda, shunday paytda sizning shaxsiy tavsiyangiz qanday bo'ladi?
59:39 – Nega Harvard universiteti talabalariga havas qilasiz?
01:06:31 – Ota-onalar qiymatsiz urf-odatlarga millionlab pul sarflab yuborishga tayyor lekin farzandlarining o‘qishiga kelganda esa "Falonchi tanishim ishga joylab qo‘yadi yoki diplomni gaplashib olib beraman" kabi jumlalarni keltirishadi. Bu holatga qanday qaraysiz?
1:12:47 – Inson hayotida qanday qilib qiymat hosil qila oladi?
1:15:42 – Osmondagi bolalar loyihasiga qanday mehmonlar taklif qilinadi?
1:19:58 – Professionallik haqida voqea...
1:25:24 – O'z ishini yoqtirmasa ham, majburlikdan ishlab yurgan insonlarga nima degan bo'lar edingiz?
1:31:21 – Muhammad Ali Eshonqulov nima maqsadda TikTok'dan foydalanishni boshlagan?
1:32:49 – Yoshlarga nima motivatsiya berishi kerak?
1:38:56 – Nima uchun siz TikTok'ni o'zingiz uchun xavf deb bilgansiz?
1:43:32 – Hayotdagi oliy maqsadingiz nima?
1:49:15 – O'qilishi kerak bo'lgan qaysi uchta kitobni tavsiya qila olasiz?
1:51:14 – O'qishga kira olmagan yoshlarga nima degan bo'lar edingiz?
1:53:33 – O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish uchun qilinishi lozim bo'lgan islohotlarning 3 tasini sanab bering.
1:58:11 – Talantli yoshlarni qanday kashf qilamiz?
2:08:25 – Eng katta boyligimiz — bizning xalqimiz!
© Osmondagi bolalar
️🔴@audio_kitobxona
#master_klass
#Marketing
🔊 Kreativlik formulasi nimada?
⚡️Kreativ bo'lish qiyin emas
🪄Kreativlikni odatiy muammolarga noodatiy yechimlar berish deb ta'riflash mumkin. Kreativlikga marketing sohasida ham tez-tez murojat qiladi, chunki bir marta bo'lsa ham hammamiz: "Zo'r o'ylab topishibdi-ya" - deganmiz esimizda bo'lsa kerak.
— Xo'sh, hamma ham kreativ bo'la oladimi?
— Kreativlik formulasi bormi?
— Uni o'rganish mumkinmi?
🤫 Ishonavering, siz bilan naqd uning kapsulasini bo'lishamiz!
🎩 Ushbu sohada bir necha yildan beri faoliyat olib borayotgan kopirayting boʻyicha marketing mutaxassisi Mirzo Zominiy ishtirokida bo'lib o'tgan Master-klassni tinglash orqali yuqoridagi barcha savollarga javob topasiz.
️✈️ ️@audio_kitobxona
🔈 Qiyinchilik - ajoyib xotiralar kafolati [Iqtibos podcast #22]
🎙 Aziz Rahimov
Mehmonimiz: Bek Olimjon
00:00 Kirish
03:05 Hech kim senga yordam bermaydi
21:57 Qiynaydigan kitoblarnigina o'qi
35:22 Faqat qiyin ishlar qilishga arziydi
56:59 Yiqitadigan xatolarni qilmang
1:17:31 Biografiyaga investitsiya qiling
💖 «Iqtibos podcast»ning barcha sonlarini tinglash
️✈️ ️@audio_kitobxona
Audiokitob №286
▶️ "Diydor"
✍️ O'Genri
📎 Hikoya
⛓ Qismlar: 1 ta
️🎧 @audio_kitobxona
#Rivojlanish
🔊 Ixlos va muhabbat
🎤 Muhammadali Eshonqulov
️🎧 ️@audio_kitobxona
#Audiosuhbat
📣 Tarixda o'z nomini qoldirgan kashfiyotchi biolog bilan suhbat
Bu galgi suhbatdosh ixtiologiya yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, Markaziy Osiyo va Xitoy ixtiofaunasiga oid 4 ta yangi baliq turlarini kashf qilgan Baxtiyor Sheraliyev bo'ldi.
📌 Suhbat davomida inson o'zini qanday qilib moddiyatdan ustun qo'yishi mumkinligi, chet eldan grant yutish va uning afzalliklari, ilm-fanning jamiyat rivojidagi ahamiyati, yoshlardagi muammolar va ularning yechimlari, evolyutsiya nazariyasi hamda intizomni shakllantirish yo'llari mavzulari ko'tarildi.
✨ Ishonib ayta olamizki, ushbu suhbat siz uchun manfaatli bo’lib, katta-katta maqsadlar qo’yishga va ular tomon intilishga undaydi.
© Osmondagi bolalar
️🎧 @audio_kitobxona
📣 Migrantlar dardini kim eshitadi?
© Lolazor
Ushbu sonda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari duch keladigan muammolar, Rossiyadagi o‘zbek mahbuslarini Vatanga olib kelish, Turkiya va Qozog‘istondagi migratsiya holati, Ukraina hududlarida ishlayotgan o‘zbeklar, aqlli kadrlarning xorijga ketib qolishi, benzin narxi va boshqa shu kabi mavzularda suhbat quriladi.
🔉 Bu boylikning yagona siri [Iqtibos podcast #21]
🎙 Aziz Rahimov
Vaqt oraliqlari:
00:00 Kirish
03:03 O'zimdan boshqa hammani kechiraman
19:37 Birinchi qadam - taqlid qiling
28:33 Eng katta o'zgarish olib keladiganini tanlang
45:25 Shukr qiling, ko'prog'iga erishasiz
1:02:06 Ko'proq bering
️🎧 ️@audio_kitobxona
🔉 Rossiya bosqini, deputatlarning maoshi va boshqalar haqida
© Lolazor
Ushbu sonda siyosiy mavzular – Zaxar Prilepinning fikri va unga Tashqi ishlar vazirligimiz bayonoti, shuningdek, armiya hamda davlat mudofaasi, axborot makonidagi holat, davlat byudjeti va boshqa mavzular haqida suhbat qurdik.
Audiokitob №284
▶️ "Faqirlar"
✍️ Lev Tolstoy
⛓ Qismlar: 1 ta
🎙 O'qidi: Maftuna
️🎧 @audio_kitobxona
▶️ Birinchi jahon urushi 10 daqiqa ichida
️🎧 ️@audio_kitobxona
📖 "O‘lik umidlardan tirik umidlarga..."
🎙 Abdukarim Mirzayev
️🎧 ️@audio_kitobxona