✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi ▪️Ta'lim tizimi ▪️Shaxsiy rivojlanish 🖊 @tulovov_avazbek
Maqsad...
Hayotingni tikishga arziydigan maqsading bo‘lsa, uning uchun yashasang, kurashsang va vaqting qanday o‘tganini sezmay qolsang. Bir kuni hayoting oxiriga yetganda armon nima bilmasang...
Mening maqsadim ta‘limni rivojlantirish orqali Vatanimni millatim orzusidagi darajaga olib chiqish...
Buni jamoamiz bilan, albatta, amalga oshiramiz. Bunga qattiq ishonaman.
TA'LIMGA E'TIBOR — KELAJAKKA E'TIBOR!
RTK 23 Toshkent telekanalining Poytaxt informatsion dasturida.
🖤 YouTube orqali ko'rish
😊 @Registan_LC
Vodiylik o'quv markazi rahbarlari uchun maxsus trening
"Registon" o'quv markazi asoschisi Avazbek Tulovov tomonidan 10 yillik o'quv markaz sohasidagi tajriba va 28 ta filial ochishdagi amaliy bilimlarga asoslangan trening tashkil qilinmoqda.
✅ Treningda:
- O'quv markazda boshqaruv strukturasini qurish;
- Yangi filiallar uchun joy va kadrlar tayyorlash jarayoni;
- Yangi joyga kirib borib tezda o'quvchi yig'ish usullari haqida tajriba almashilinadi.
🎁 Trening davomida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar ham beriladi.
📍 6-avgust, Farg'ona shahri.
Treningga ro'yxatdan o'ting va maxsus guruhga qo'shilib oling:
— https://bit.ly/3qafwzo
@EduTizim
“Registon” xususiy maktabi haqidagi suhbatimiz boshlandi.
Ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/sK2r-iq88MI
Do'stlar, xususiy maktablar sohasida yaxshi yangilik eshitdik!
O'zbekistonda 10 yildan beri yoshlarga ta'lim berish sohasida faoliyat olib borayotgan hamda ayni vaqtda 30 ga yaqin filillariga ega Registon ta'lim loyihasi Toshkent shahrida o'zining ilk xususiy maktabini ochibdi.
Farzandlarimizga yorqin kelajakni faqatgina unga berilgan sifatli ta'lim orqaligina kafolatlay olamiz. Va bu har bir ota-onaning farzand oldidagi xayrli amallaridan biridir.
Imom al-Buxoriy aytganidek, "Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va hech qachon bo‘lmagay!”
Bolalarga ta’lim berishdagi 10 yillik tajriba egalarining faoliyatiga rivoj tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | registan_school">YouTube
NIMA UCHUN BOSHLANG'ICH SINFDA INDIVIDUAL E'TIBOR MUHIM?
🗄 Eng yaxshi xususiy maktab albatta yuqori sifatli ta'limni taklif etadi. Sifatli ta'lim alohida e'tiborsiz bo'lmaydi. Individual e'tibor esa ta'limning muhim tarkibiy qismidir.
👉 Individual e'tibor muammolarni tezroq aniqlaydi
Individual e'tibor bola uchun hartomonlama foydalidir. Sinfdagi har bir o'quvchini rivojlantirish, agar qo'shimcha yordam kerak bo'lsa, uni erta aniqlashni ta'minlaydi.
👉 O'quvchilar o'zlarini yanada ishonchli his qilishlari mumkin
Bolalar o'zlarini eshitadigan muhitda yaxshi rivojlanadi. Har bir bola o'z savollariga javob olishni va o'qituvchisi ularning gaplariga e'tibor berishini xohlaydi. Sinf xonalari gavjum, o'qituvchilar har bir savolga javob berishga va bolalarga munosib e'tibor berishga qiynaladi. Sinfdagi o'qituvchi–o'quvchi dialoglari esa o'rganishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bolalarga ta'lim berish jarayonida zarur bo'lgan individual e'tibor berilsa, ular tez rivojlanadi.
👉 Ishonchni rag'batlantiradi
Agar bola ustozi tomonidan tinglansa va uning yaxshi o'qishi qadrlanishini his qilsa, ulardagi o'ziga bo'lgan ishonch yuksaladi. O'qituvchisi bilan ishonchli munosabatda bo'lgan o'quvchi sinf qoidalariga yaxshiroq moslashadi, e'tibor beradi va maktabga bo'lgan chinakam ishtiyoq uyg'onadi.
Eng yaxshi xususiy maktabda o'qiyotgan boshlang'ich sinf bolalari akademik o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan e'tiborni bemalol oladi. Va shu sababli ham ular maktabdan zavqlanishadi.
👉 Xususiy maktabdagi kichik sinflarning ahamiyati
Xususiy maktablar davlat maktablariga qaraganda ancha kichik sinflarga ega. Sinfdagi o'quvchilar sonining qisqarishi har bir oʻquvchining ehtiyojlarini oson qondirishga imkon yaratadi. Bu esa ulardagi akademik muvaffaqiyatga yordam beradi.
🔥 Individual e'tibor albatta muhim!
😊 @Registan_School
Registonning ta’lim falsafasi qanday bo’ladi?
Registonning maqsadi – sifatli ta’lim berish va bu ta’limning natijasini ko’rsata olish.
Registon tashkil etilgandan to hozirgacha asosiy diqqat natijaga qaratildi. Registonning faoliyati abituriyentlarni tayyorlash yo’nalishida bo’lgani sabab unda kuchli repititor ustozlar jamoasi shakllandi hamda bu jamoaning birdan bir maqsadi o’quvchini natijaga olib borish bo’ldi. 2013-2014-o’quv yilidan hozirgacha o’nminglab yoshlar turli natijalarga erishdilar. Xo’sh, natija deganda Registon nimani tushunadi? Natijani hamma turlicha tushunishi mumkin, lekin biz uchun asosiysi ota-ona va o’quvchining Registonga kelgandagi maqsadiga yetishi tushuniladi. Odatda, Registonga biror fan yoki tilni chuqurroq o’rganish va shu asosda qaysidir imtihondan yuqori natija olishni maqsad qilishadi. Bizning ustozlar o’quvchining shu maqsadga erishishiga yordam berishadi.
Registonning ta’lim falsafasi, oddiy, natijaga yetkazish, ko’pchilik, natija asosiy emas, maqsadga olib boruvchi yo’l, jarayon muhim deyishadi. Bu to’g’ri fikr, lekin biz o’quvchilar bilan ishlaymiz. Ular 12-22 yoshlar atrofida, ularga kichik-kichik g’alabalar kerak. Ular shu yutuqlar bilan katta maqsadlar sari ishonch bilan borishadi. Bolalar uchun kichik bo’lsa-da, natija muhim, g’alaba muhim. Biz bunga yordam berib keldik va kelmoqdamiz! Bizning o’quvchilar Yuridik yoki Diplomatiya Universitetlariga kirsalar ham bu kichik g’alaba ekanligini bilishadi. Sababi Oliygohga kirish bu boshlanishi ekanligini, yaxshi mutaxasis bo’lish va bu orqali oilasiga, jamiyatiga xizmat qilish yo’lidagi katta maqsadlariga erishishi mana bu “natija” ekanligini tushunishadi.
Maktabning partalarida millat kelajagi hal bo’ladi!
Biz tashkil qilayotgan Registon maktablari xalqimizga va ajdodlarimizga munosib bo’lgan yoshlarni tarbiya qilishda o’zining hissasini qo’shishi uchun butun bir jamoa harakat qilmoqda.
Bizni bu fikrdan qaytarganlar ko’p bo’ldi. Chunki maktabda universitetga qaraganda joy masalasi qiyinroq, foyda kamroq, marja esa umuman past. Lekin biz faqat moliyaviy foydani o’ylab bu ishga kirishmadik, chunki maktabning partalarida millatning taqdiri hal bo’ladi.
Maktab - farzandlarimizga ilm berishning muhim bosqichi. Hatto jadid bobolarimiz maktab qilish mushkul davrda jonlarini fido qilib bo’lsa-da xalqni ilm ila uyg’otish uchun harakat qilishgan. Hozir bizda katta imkoniyatlar bor.
Xudo xohlasa, keyingi yilga maktablarimiz Toshkent shahri va viloyatida ochiladi. Keyingi yillarda respublikaning barcha viloyat va tumanlarida ochishni reja qilib turibmiz.
Registon jamoasi xalqimizning ilm taraqqiyotida harakatda, siz duoda bo’ling, azizlar!
@avazbek_tulovov
UMUMREGISTON KONFERENSIYASI 2023 TELEKANAL NIGOHIDA
🖤 YouTube orqali tomosha qilish
Video lavha "Madaniyat va ma'rifat" telekanali muharriri Hasanboy Ismoilov tomonidan tayyorlangan.
Ta'lim loyihamiz nomidan telekanal jamoa a'zolariga minnatdorchilik bildiramiz.
Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
OTASINING ISHONCHINI OQLAYOTGAN FARZAND | HAYOTIY VOQEALARGA ASOSLANGAN
🖤 YouTube orqali tomosha qilish
"Umumregiston Konferensiyasi 2023" uchun tayyorlangan maxsus video rolik.
Konferensiya jarayonidagi rasmlarni shu kanalda ko'rishingiz mumkin:
/channel/registan_photos
👉 @Registan_LC
“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovovga ushbu postning izohlar qismida savolingizni qoldirsangiz bo’ladi.
Читать полностью…Assalomu alaykum!
3 daqiqadan so‘ng boshlaymiz!
🔥 QARSHIDA PSIXOLOGIK TRENING
Mustaqil hayotga qadam bosib oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan yoki endi boshlayotgan abituriyentlar, xorijiy tillarni o'rganish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan o'quvchilar uchun Registon o'quv markazi Qarshi filialida motivatsion trening bo'lib o'tadi!
🗣 Speaker: Avaz Tulovov (Registon ta'lim loyihasi asoschisi)
✍️ Mavzu: Maqsad qo'yish va uni amalga oshirish yo'llari va usullari!
🕚 Vaqti: 12-fevral 11:00 da
🆓 Qatnashish: Bepul
☝️ Faqat: Kelib ro'yxatdan o'tish kerak!
Batafsil ma'lumot uchun:
📞 +998937632700
👨💻 Administratorga yozing
📍 Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi (1 yo'li), Eski Beeline binosi
📌 Mo'ljal: San'at kolleji yonida, Asia Alliance Bank ro'parasida
Telegram | Instagram | Facebook
Registon ta'lim loyihasining "yo'li"
Oliy maqsadimiz: O'zbekiston ta'limini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqish,
Bizning asosiy vazifamiz: Sifatli ta'limni tizimli ravishda yo'lga qo'yish.
Qadriyatlarimiz:
1) Sifatli ta’lim. Jamoaning barcha a’zolari sifatli ta’lim uchun
kurashishlari shart.
2) Natijaviylik. Biz sifatli ta’limni ta’minlasak, natijalar
yaxshilanadi. Natijaga imkon qadar qisqa vaqtda erishish uchun
harakat qilamiz.
3) Mas’uliyatlilik. Sifat va natijaga erishishimiz uchun har
birimiz mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz shart.
4) O‘z ustida tinimsiz ishlash va missiyamizga sodiqlik.
Jamoaning barcha a’zolari o‘z ustida tinimsiz ishlashi tabiiy
qonuniyatdir.
Yuqoridagi maqsad va vazifalarimizga ta'rif berish va ular haqida ma'lumotlar ulashish uchun mavzuning mayda detallarigacha kirib boramiz!
P.S. Har kun bir post qo'yib bu mavzu atrofida fikrlashamiz. Registonning ta'lim bo'yicha strategiyasini berib boramiz. Sizda fikrlar bo'lsa, bildirsangiz xursand bo'lardik.
"Registon" ta'lim loyihasining asoschisi kim?
😊 Siz tahsil oluvchi ushbu maskanning zamirida shu darajaga yetishi uchun ko'plab insonlarning mehnati bor. Albatta "Registon"ning asoschisi Avazbek Tulovovning ham o'rinlari beqiyosdir.
🎙 Ustozimiz Avazbek Tulovov "Registon"ning rivojlanish yo'lida bo'lgan xatolar va kitob chiqarishning mashaqqatlari bo'yicha "Toshkent" telekanilining "Qimmatga tushgan xatolar" ko'rsatuvida aytib berdilar.
📹 To'liq suhbatni ko'rish uchun havola:
https://youtu.be/Nxm-ICOB3xg
Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
Bugunda yashash san‘ati...
Men qayta qayta aytishni yoqtiradigan gapim ekan. Nimaga, chunki bugun qayta bizga berilmaydi. Kechagi kun uchun qiladigan armonimizdan hech kimga foyda yo'q. Hali yetib kelmagan ertamiz yaxshi bo'lishi uchun BUGUNga asosiy diqqatimizni qaratishimiz zarur.
Bugun nimagadir ulguradi olamiz. Hozir nimadir qila olamiz. Vaqt soniyalarini tutib qolib, undan o'zimiz uchun nimadir qura olamiz.
Mening hayotim aynan mana shu bugun lardan tashkil topgan. Ayni o'tayotgan soniyalarda men yashayapman. O‘tgan vaqtni qaytara olmayman. Ertaga bor yoki yo‘qligimni esa bilmayman. Shunday ekan, maqsadlarim sari hozir harakat qilaman...
😊 Registon Ta’lim Konferensiyasi 2023
Ertaga soat 09:00da Registon ta’lim loyihasining 1000 dan ortiq jamoa a’zolari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida jamlanadilar.
Jamlanishdan ko’zlangan maqsad yangi o’quv yili uchun maqsadlarni aniqlab olish, jamoa bilan yaqindan tanishish va kayfiyatni yanada ko’tarib olish (Buning uchun Registon jamoasi tomonidan maxsus QVZ sahna ko’rinishlari tashkil etilgan).
😉 Kechga soat 20:00 da “Registan LC” YouTube kanalida Sizlar uchun maxsus tayyorlangan “Registon” tarixi haqidagi videosini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
👉 @Registan_LC
🇺🇿 Boshlang’ich ta’limning iqtidorli o’qituvchilarini taqdirlash va rag’batlantirish maqsadida Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi hamda “Registon” ta’lim loyihasi hamkorligida "Eng yaxshi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi" tanlovi bo'lib o'tdi.
✅ Tanlov uch bosqichda bo’lib o’tdi:
1-bosqich – onlayn imtihon;
2-bosqich – esse yozish;
3-bosqich – suhbat.
✅ Tanlovda 1500 dan ziyod boshlang'ich ta'lim ustozlari ishtirok etishdi.
🏆 Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari, dam olishga chipta, blendr, kitoblar va “Registon” xususiy maktabining esdalik sovg’alari berildi.
🖼 Tanlov jarayonida olingan rasmlar.
😊 @Registan_LC
Registon xususiy maktabining binosida qurilish ishlari jadal ketmoqda...
Iyun oyida maktab binosini bitirish reja qilingan. Ayni vaqtda 100 ga yaqin mutaxassislar ish olib borishmoqda.
Ota-onalar va ularning farzandligini qabul qilish maqsadida maktab binosining oldidagi qabul ofisimizning eshiklari Sizlar uchun kun davomida ochiq.
🔥 Registon maktabi - natijaga asoslangan ta’lim!
Telegram| Instagram| Facebook| registan_school">YouTube
Farzandingiz kelajagiga sarmoya kiriting!
📈 2016-yilda O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i 24 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022-yil boshiga kelib ularning soni 200 taga yetgan.
Raqamlardagi ushbu katta farq xususiy ta’lim xizmatlariga talab ortib borayotgani bilan bog‘liq. Tug'ilish dinamikasi va aholi daromadlari darajasining bosqichma-bosqich o'sib borishi yangi ta'lim muassasalarining ochilishini rag'batlantirmoqda.
Afsuski, ba'zi ota-onalar qimmabaho smartfon, avtomobil yoki ko'chmas mulkka bo'lgan qiziqishlari farzandini xususiy maktabga berishga bo'lgan qiziqishiga qaraganda ko'proq. Aslida, xususiy ta'lim o'zingizga va farzandlaringizga kiritilgan eng samarali sarmoyangizdir.
😊 @Registan_School
#мулоҳаза
Ўқитувчи - келажагимиз бунёдкоридир!
Узоқ йиллар давомида буюк келажак ҳақида кўп гапирдик: "Ёшлар келажагимиз бунёдкоридир". Аслида хато шиор бу.
✅ Келажагимизнинг ҳақиқий бунёдкори - бугунги ўқитувчилардир. Ўзбекистоннинг келажаги - ўқитувчиларнинг асаридир. Бугун ёзилаётган асаридир.
Бугунги ўқувчиларга замонавий талабларга жавоб бера оладиган ўқитувчиларсиз, лабараторияларсиз, китобларсиз халқаро даражадаги стандартларга мос таълим бермасдан, эртага буюк келажакни кутиш - энг катта хатодир.
😊 @Registan_School
Xususiy maktab nima degani o'zi?
🏢 Xususiy maktab - bu boshlang'ich yoki o'rta ta'limga mo'ljallangan nodavlat ta'lim muassasasi bo'lib, uning faoliyati asosan o'quvchilardan olinadigan to'lovlardan qisman yoki to'liq qoplanadi.
Oddiy qilib aytganda, xususiy maktab o'quvchilarning ota-onalari tomonidan moliyalashtiriladi.
Davlat maktabidan farqli o'laroq, xususiy maktab uchun ta'lim sifati, maktabdan tashqari rivojlanish imkoniyatlari va o'quvchilarning o'quv natijalaridan qoniqish hosil qilishi va uni yanada oshirish juda muhimdir.
Eslatib o'tamiz, yangi o'quv yilidan Registan School nodavlat umumta'lim muassasasi o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirda o'quv binosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
☺️ @Registan_School
⏳ Tez orada – Registan University!
Poytaxtimizning markazida yangi nodavlat oliy ta'lim muassasasiga asos solinmoqda. Ayni vaqtda faoliyatini yuridik tomondan mustahkamlash borasidagi litsenziya olish jarayonlari jadal davom ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.
☺️ @Registan_University
⚡️Maqsad sari yana bir qadam!
Hozir yana bir ulkan loyiha “Registon Universiteti”da qurulish ishlari juda qizg’in ketmoqda. Ikki fakultetdan iborat bu maskanda 1000 lab yoshlar tahsil olishadi, nasib.
Maqsadimiz haqida har doim va har yerda gapirib kelamiz, ya’ni O’zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o’ringa olib chiqish uchun harakatdamiz!
👉🏻 Xudo xohlasa bu maqsad yo’lida hali xuddi shunday 100 lab ta’lim dargohlarini barpo etamiz. Siz, biz bilanmisiz?
Ota-onang eng yaxshisiga munosib!
Mardikorlik halol mehnat, lekin sen bunga rozi bo'lmasliging kerak. Oila a'zolaringga nimalarga qodir ekanligingni isbotla!
O'qi!
Darslarimizga yozilish uchun:
— 971082700
— @Registan_Call
Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovov bilan ovozli suhbatimiz boshlandi.
🎙 Suhbatga qo’shilish uchun:
/channel/avazbek_tulovov?livestream
Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olasiz:
1️⃣. Registon ta'lim loyihasi tarixi?
2️⃣. Registonda ta'lim olish imtiyozlari?
3️⃣. Registon sizga nima bera olmoqda?
(savol-javob shaklida)
“Registon”da tahsil oladigan do’stlaringizni taklif qilishni unutmang!
🎙Registonda o'qish sizga nima beradi?
📈 Hozirda Respublika bo'ylab 27 ta filial hamda 15.000 nafardan ortiq o'quvchilarga ega Registon o'quv markazida o'qishning afzalliklari haqida Podcast tashkil etilmoqda.
Quyidagi savollarga javob olasiz:
1️⃣. Registon ta'lim loyihasi tarixi?
2️⃣. Registonda ta'lim olish imtiyozlari?
3️⃣. Registon sizga nima bera olmoqda?
(savol-javob shaklida)
Podcastda spiker sifatida Registon ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov ishtirok etadilar hamda sizda jonli efir vaqtida ularga to'g'ridan-to'g'ri savollaringizni berish imkoni bo'ladi.
🗓 Vaqti: 9-fevral 20:00
🎙 Spiker: Avazbek Tulovov
📍 Manzil: t.me/Avazbek_Tulovov
Registon ta’lim loyihasi haqida qisqacha...
Sifatli ta’lim natijaga asoslangan bo‘ladi. O‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, biz tizim shakllantirib, turli loyihalarni bir missiya atrofida birlashtirmoqdamiz. Ular:
1. Registon o‘quv markazi
2. Regbooks nashriyoti
3. Registan school*
4. Registon Universiteti*
5. Regprint poligrafiya
6. Registan IT Group
Bu loyihalar orasida allaqachon o‘z o‘rniga ega bo‘lganlari ham, endi rivojlanib kelayotganlari ham, yaqinda tashkil etiladiganlari ham bor.
Bizda ta’lim bo‘yicha loyihalar ko‘p, ularning o‘z vazifalari va maqsadlari turlicha. Lekin har bir loyihaning missiyasi bitta, ya’ni biz O‘zbekistonni ta’lim orqali rivojlangan jamiyatga aylantirishni niyat qilganmiz. Avvaliga bitta Registon deb o‘yladik. Keyin bizdek fikrlaydiganlar ko‘pligini angladik. Ular bilan birlashdik va ta’limni rivojlantirishni niyat qilgan jamoaga aylandik. Butun salohiyatimizni birlashtirib, buyuk missiyamizni bajarish uchun yo‘lga chiqdik.
Bizning kompaniya O‘zbekiston ta’limini dunyoda 1-o‘ringa olib chiqadi!
Butun Registonni mana shu Oliy maqsad birlashtirib turadi!
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Registon” Uchtepa akademiya filialiga tashrif buyurdilar. Filial rahbari Axrorjon Suyunov va bir qator faol Ustozlarimiz va O’quvchilarimiz bilan suhbat olib bordilar.
Biz Uchtepa akademiya filialimizga yanada rivoj, fayz va baraka tilaymiz! 💝
Bizning kanal:
💬 @Registan_LC
Aldanib qolmang...
"Registon" ta'lim loyihasi rahbariyatining bugungi "Registon Praktikum" yig'ilishidan video lavha.
Ma'ruzachi: "Registon" ta'lim loyihasi asoschisi - Avazbek Tulovov
"Registon" ta'lim loyihasining maqsadlari:
/channel/Registan_HR/158
Bizning kanal:
👉 @Registan_LC