avazbek_tulovov | Unsorted

Telegram-канал avazbek_tulovov - Avazbek Tulovov | Blog

478

✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi ▪️Ta'lim tizimi ▪️Shaxsiy rivojlanish 🖊 @tulovov_avazbek

Subscribe to a channel

Avazbek Tulovov | Blog

Xorazmlik o'quv markazi rahbarlari uchun maxsus trening

Registon o'quv markazi rahbari Avazbek Tulovov tomonidan 10 yillik o'quv markaz sohasidagi tajriba va 32 ta filial va maktab ochishdagi amaliy bilimlarga asoslangan trening tashkil qilinmoqda.

Treningda:

- O'quv markazda boshqaruv strukturasini qurish
- Yangi filiallar uchun joy va kadrlar tayyorlash jarayoni
- Jamoa yig'ish va uni boshqarish

va shu kabi yana o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

🎁 Trening davomida yana qo'shimcha bonus va sovg'alarga ham ega bo'lasiz

📍 21-aprel, Urganch shahri

Treningga ro'yxatdan o'ting👉 https://bit.ly/3qafwzo

@edutizim

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

🎯 O‘qi, "Registon" bilan o‘zgartir!

✨ Ilm har zamonda insonni jarlikdan olib chiquvchi kuch bo‘lib kelgan. Odamzod tug‘ilibdiki, ilmga muhtojdir.

🚀 Registon ta'lim loyihasi Shokir Shukurboyev bilan hamkorlikda yoshlarimizning dunyoqarashini kengaytiradigan, o‘zgarishga undaydigan, ilmga chorlovchi ajoyib qo‘shiqni e'tiboringizga taqdim etadi.

💯 Har xil behuda narsalarga chalg‘imang! O‘qing, "Registon" bilan o‘zgartiring!

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

🎗 "Registon" xususiy maktabida "Daryn.uz" loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimiga Toshkent Islom Universiteti o'qituvchisi Abdulhamid Juman Domla va "MFaktor" loyihasi asoschilaridan biri Ustoz Hasan Mamasaidov tashrif buyurdilar.

Ochilish marosimiga kelgan mehmonlarga "Daryn.uz" onlayn sifatli ta'lim platformasi qay tartibda ishlashi haqida tushunchalar berildi.

👉 @DarynUzb

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Бир донишманддан "заҳар нима?" деб сўрашибди.
Донишманд шундай жавоб берибди:
— Эҳтиёжимиздан ортиқча бўлган ҳамма нарса заҳардир. Ортиқча меҳнат, ортиқча ҳордиқ, ортиқча қўрқув, ортиқча сокинлик, ғазаб, ортиқча қувонч, нафрат ва ҳатто яхши гумон ҳам.

Ҳаётнинг моҳияти - мувозанат ва хотиржамликни сақлай олишдир. Бунинг учун ҳамма нарса меъёрида бўлиши керак.

Azamat Akbar

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Maqsad...

Hayotingni tikishga arziydigan maqsading bo‘lsa, uning uchun yashasang, kurashsang va vaqting qanday o‘tganini sezmay qolsang. Bir kuni hayoting oxiriga yetganda armon nima bilmasang...

Mening maqsadim ta‘limni rivojlantirish orqali Vatanimni millatim orzusidagi darajaga olib chiqish...

Buni jamoamiz bilan, albatta, amalga oshiramiz. Bunga qattiq ishonaman.

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

TA'LIMGA E'TIBOR — KELAJAKKA E'TIBOR!

RTK 23 Toshkent telekanalining Poytaxt informatsion dasturida.

🖤 YouTube orqali ko'rish

😊 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Vodiylik o'quv markazi rahbarlari uchun maxsus trening

"Registon" o'quv markazi
asoschisi Avazbek Tulovov tomonidan 10 yillik o'quv markaz sohasidagi tajriba va 28 ta filial ochishdagi amaliy bilimlarga asoslangan trening tashkil qilinmoqda.

✅ Treningda:

- O'quv markazda boshqaruv strukturasini qurish;
- Yangi filiallar uchun joy va kadrlar tayyorlash jarayoni;
- Yangi joyga kirib borib tezda o'quvchi yig'ish usullari haqida tajriba almashilinadi.

🎁 Trening davomida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar ham beriladi.

📍 6-avgust, Farg'ona shahri.

Treningga ro'yxatdan o'ting va maxsus guruhga qo'shilib oling:
https://bit.ly/3qafwzo

@EduTizim

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

“Registon” xususiy maktabi haqidagi suhbatimiz boshlandi.

Ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin:

https://youtube.com/live/sK2r-iq88MI

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Do'stlar, xususiy maktablar sohasida yaxshi yangilik eshitdik!

O'zbekistonda 10 yildan beri yoshlarga ta'lim berish sohasida faoliyat olib borayotgan hamda ayni vaqtda 30 ga yaqin filillariga ega Registon ta'lim loyihasi Toshkent shahrida o'zining ilk xususiy maktabini ochibdi.

Farzandlarimizga yorqin kelajakni faqatgina unga berilgan sifatli ta'lim orqaligina kafolatlay olamiz. Va bu har bir ota-onaning farzand oldidagi xayrli amallaridan biridir.

Imom al-Buxoriy aytganidek, "Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va hech qachon bo‘lmagay!

Bolalarga ta’lim berishdagi 10 yillik tajriba egalarining faoliyatiga rivoj tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | registan_school">YouTube

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

NIMA UCHUN BOSHLANG'ICH SINFDA INDIVIDUAL E'TIBOR MUHIM?

🗄 Eng yaxshi xususiy maktab albatta yuqori sifatli ta'limni taklif etadi. Sifatli ta'lim alohida e'tiborsiz bo'lmaydi. Individual e'tibor esa ta'limning muhim tarkibiy qismidir.

👉 Individual e'tibor muammolarni tezroq aniqlaydi

Individual e'tibor bola uchun hartomonlama foydalidir. Sinfdagi har bir o'quvchini rivojlantirish, agar qo'shimcha yordam kerak bo'lsa, uni erta aniqlashni ta'minlaydi.

👉 O'quvchilar o'zlarini yanada ishonchli his qilishlari mumkin

Bolalar o'zlarini eshitadigan muhitda yaxshi rivojlanadi. Har bir bola o'z savollariga javob olishni va o'qituvchisi ularning gaplariga e'tibor berishini xohlaydi. Sinf xonalari gavjum, o'qituvchilar har bir savolga javob berishga va bolalarga munosib e'tibor berishga qiynaladi. Sinfdagi o'qituvchi–o'quvchi dialoglari esa o'rganishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bolalarga ta'lim berish jarayonida zarur bo'lgan individual e'tibor berilsa, ular tez rivojlanadi.

👉 Ishonchni rag'batlantiradi

Agar bola ustozi tomonidan tinglansa va uning yaxshi o'qishi qadrlanishini his qilsa, ulardagi o'ziga bo'lgan ishonch yuksaladi. O'qituvchisi bilan ishonchli munosabatda bo'lgan o'quvchi sinf qoidalariga yaxshiroq moslashadi, e'tibor beradi va maktabga bo'lgan chinakam ishtiyoq uyg'onadi.

Eng yaxshi xususiy maktabda o'qiyotgan boshlang'ich sinf bolalari akademik o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan e'tiborni bemalol oladi. Va shu sababli ham ular maktabdan zavqlanishadi.

👉 Xususiy maktabdagi kichik sinflarning ahamiyati

Xususiy maktablar davlat maktablariga qaraganda ancha kichik sinflarga ega. Sinfdagi o'quvchilar sonining qisqarishi har bir oʻquvchining ehtiyojlarini oson qondirishga imkon yaratadi. Bu esa ulardagi akademik muvaffaqiyatga yordam beradi.

🔥 Individual e'tibor albatta muhim!

😊 @Registan_School

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Registonning ta’lim falsafasi qanday bo’ladi?

Registonning maqsadi – sifatli ta’lim berish va bu ta’limning natijasini ko’rsata olish.
Registon tashkil etilgandan to hozirgacha asosiy diqqat natijaga qaratildi. Registonning faoliyati abituriyentlarni tayyorlash yo’nalishida bo’lgani sabab unda kuchli repititor ustozlar jamoasi shakllandi hamda bu jamoaning birdan bir maqsadi o’quvchini natijaga olib borish bo’ldi. 2013-2014-o’quv yilidan hozirgacha o’nminglab yoshlar turli natijalarga erishdilar. Xo’sh, natija deganda Registon nimani tushunadi? Natijani hamma turlicha tushunishi mumkin, lekin biz uchun asosiysi ota-ona va o’quvchining Registonga kelgandagi maqsadiga yetishi tushuniladi. Odatda, Registonga biror fan yoki tilni chuqurroq o’rganish va shu asosda qaysidir imtihondan yuqori natija olishni maqsad qilishadi. Bizning ustozlar o’quvchining shu maqsadga erishishiga yordam berishadi.

Registonning ta’lim falsafasi, oddiy, natijaga yetkazish, ko’pchilik, natija asosiy emas, maqsadga olib boruvchi yo’l, jarayon muhim deyishadi. Bu to’g’ri fikr, lekin biz o’quvchilar bilan ishlaymiz. Ular 12-22 yoshlar atrofida, ularga kichik-kichik g’alabalar kerak. Ular shu yutuqlar bilan katta maqsadlar sari ishonch bilan borishadi. Bolalar uchun kichik bo’lsa-da, natija muhim, g’alaba muhim. Biz bunga yordam berib keldik va kelmoqdamiz! Bizning o’quvchilar Yuridik yoki Diplomatiya Universitetlariga kirsalar ham bu kichik g’alaba ekanligini bilishadi. Sababi Oliygohga kirish bu boshlanishi ekanligini, yaxshi mutaxasis bo’lish va bu orqali oilasiga, jamiyatiga xizmat qilish yo’lidagi katta maqsadlariga erishishi mana bu “natija” ekanligini tushunishadi.

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Maktabning partalarida millat kelajagi hal bo’ladi!

Biz tashkil qilayotgan Registon maktablari xalqimizga va ajdodlarimizga munosib bo’lgan yoshlarni tarbiya qilishda o’zining hissasini qo’shishi uchun butun bir jamoa harakat qilmoqda.

Bizni bu fikrdan qaytarganlar ko’p bo’ldi. Chunki maktabda universitetga qaraganda joy masalasi qiyinroq, foyda kamroq, marja esa umuman past. Lekin biz faqat moliyaviy foydani o’ylab bu ishga kirishmadik, chunki maktabning partalarida millatning taqdiri hal bo’ladi.

Maktab - farzandlarimizga ilm berishning muhim bosqichi. Hatto jadid bobolarimiz maktab qilish mushkul davrda jonlarini fido qilib bo’lsa-da xalqni ilm ila uyg’otish uchun harakat qilishgan. Hozir bizda katta imkoniyatlar bor.

Xudo xohlasa, keyingi yilga maktablarimiz Toshkent shahri va viloyatida ochiladi. Keyingi yillarda respublikaning barcha viloyat va tumanlarida ochishni reja qilib turibmiz.

Registon jamoasi xalqimizning ilm taraqqiyotida harakatda, siz duoda bo’ling, azizlar!

@avazbek_tulovov

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

UMUMREGISTON KONFERENSIYASI 2023 TELEKANAL NIGOHIDA

🖤 YouTube orqali tomosha qilish

Video lavha "Madaniyat va ma'rifat" telekanali muharriri Hasanboy Ismoilov tomonidan tayyorlangan.

Ta'lim loyihamiz nomidan telekanal jamoa a'zolariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

OTASINING ISHONCHINI OQLAYOTGAN FARZAND | HAYOTIY VOQEALARGA ASOSLANGAN

🖤 YouTube orqali tomosha qilish

"Umumregiston Konferensiyasi 2023" uchun tayyorlangan maxsus video rolik.

Konferensiya jarayonidagi rasmlarni shu kanalda ko'rishingiz mumkin:
/channel/registan_photos

👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovovga ushbu postning izohlar qismida savolingizni qoldirsangiz bo’ladi.

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

🤩 IELTS 9.0 egasiga Monza topshirildi!

➖ "Registon" o'quv markazining ingliz tiliga qaratayotgan e'tibori va bu borada o'z o'qituvchilariga yaratib berayotgan sharoitlari o'z mevasini berdi.

✅ Xabaringiz bor Farg'ona filialimiz IELTS instruktori Javohir Mahkamov "Registon"ning va Farg'onaning ilk Niner'i bo'lishga muvaffaq bo'ldilar. Ustozimizning bu yutuqlarga erishishlarida “Registon” o’quv markazining ham o’rni katta.

🔥 Jamoamiz a’zolarini doimiy ruhlantirib borish va qilgan mehnatlarini munosib taqdirlash uchun ustozimiz Mr. Javohir Mahkamovga o’quv markazimiz tomonidan va'da qilingan Monza avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

😇 Siz ham Mr. Javohirdek ahil, doim qo'llab-quvvatlovchi va tobora rivojlanib borayotgan jamoada ishlashni istasangiz, "Registon"ga keling va oilamiz a'zosiga aylaning!

Instagram | Registan_LC?si=9ZJGWDkWIrWctQki">Youtube

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

BIZ, REGISTONLIKLAR –TA’LIM SIFATI UCHUN KURASHUVCHILARMIZ!!!

Ta’lim – barcha davrlarda rivojlanishning tayanch nuqtasi bo‘lib kelgan. Ta’lim sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, yashash darajasi ham shunga mutanosib bo‘lishi barchamizga ma’lum. Demak, biz siz bilan Vatanimizda ta’lim sifatini oshirish uchun kurashishimiz kerak.
Registonlik sifatida umrimizni bag‘ishlashga arziydigan oliy maqsadimiz bor! Bu maqsad yo‘lida ne-ne ajdodlarimiz kurashgan, biroq zamon va makon sabab maqsadlariga yeta olishmagan. Ularning maqsadlarini amalga oshirish endi bizning zimmamizga tushdi. Shu oliy maqsad ostida biz bir jamoa bo‘lib, sharafli yo‘lga chiqdik.
O‘zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish maqsadini Registonliklar bilan birga amalga oshira olamiz!
Buning uchun biz butun O‘zbekistonda yanada kengayishimiz lozim. Respublika bo‘ylab tashkil qilgan filiallarimizda ta’lim sifatini oshirsak, sifatning kafolati bo‘lgan yaxshi natijalarni ko‘paytirsak, maqsadimizga tezroq yetamiz. O‘zbekiston ta’limini, avvalo, o‘zimizning ichimizda Registonliklar bilan birga ko‘taramiz! Tasavvur qiling, O‘zbekiston bo‘ylab o‘quv markazimizning 200dan ziyod filiallari, 200dan oshiq maktablarimiz, 10dan ortiq texnikum va universitetimizning filiallari bo‘lsa, ularda o‘qiydigan o‘quvchilar, talabalar sonini yuz mingdan oshirsak, bu miqdordagi o‘quvchilarga sifatli ta’lim bera olsak, bizning bitiruvchilarimiz yaxshi natijalarga erisha olishsa, maqsadimizga juda yaqinlashgan bo‘lamiz! Registon ta’lim loyihasi siz bilan, albatta, bu marralarni zabt etadi!

t.me/avazbek_tulovov

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

🤩 "Registon IELTS Granti" 3-mavsum!

📣 "Registon" ta'lim loyihasi va British council hamkorlikda "Registon IELTS Granti" ning yangi mavsumiga start bermoqda!

🎗Grant uchun 1200 ta kvota ajratilgan.

Grantda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting:

👉 @IELTS_Registan_bot

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Motivatsiya...

Men dunyoni bor bo‘yicha kuzatib maza qilaman. Juda mukammal qoidalar asosida boshqarilishini ko‘rib hayratlanaman. Uni his qilsam, shunchaki dunyoga kelmaganimni anglayman. Men uchun bu bitmas-tuganmas ruhlantiruvchi manbadir...

Asosiy manbaga yaqinlashganim sari o'zimni anglay boshlayman. Bu ruhimni yangilaydi, ichki dunyoyimga zavq beradi. Hayotga mehrimni oshiradi, insonlarga, butun borliqqa muhabbatimni so'ngsizga yetaklaydi.

P.S. Hayotda nima uchun yashayotganini anglay boshlagan inson uchun motivatsiya so'zi ortiqchalik qiladi. Uning uchun bu so'z — g'alati, tushunarsiz.

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Bugunda yashash san‘ati...

Men qayta qayta aytishni yoqtiradigan gapim ekan. Nimaga, chunki bugun qayta bizga berilmaydi. Kechagi kun uchun qiladigan armonimizdan hech kimga foyda yo'q. Hali yetib kelmagan ertamiz yaxshi bo'lishi uchun BUGUNga asosiy diqqatimizni qaratishimiz zarur.

Bugun nimagadir ulguradi olamiz. Hozir nimadir qila olamiz. Vaqt soniyalarini tutib qolib, undan o'zimiz uchun nimadir qura olamiz.

Mening hayotim aynan mana shu bugun lardan tashkil topgan. Ayni o'tayotgan soniyalarda men yashayapman. O‘tgan vaqtni qaytara olmayman. Ertaga bor yoki yo‘qligimni esa bilmayman. Shunday ekan, maqsadlarim sari hozir harakat qilaman...

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

😊 Registon Ta’lim Konferensiyasi 2023

Ertaga soat 09:00da Registon ta’lim loyihasining 1000 dan ortiq jamoa a’zolari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida jamlanadilar.

Jamlanishdan ko’zlangan maqsad yangi o’quv yili uchun maqsadlarni aniqlab olish, jamoa bilan yaqindan tanishish va kayfiyatni yanada ko’tarib olish (Buning uchun Registon jamoasi tomonidan maxsus QVZ sahna ko’rinishlari tashkil etilgan).

😉 Kechga soat 20:00 da “Registan LC” YouTube kanalida Sizlar uchun maxsus tayyorlangan “Registon” tarixi haqidagi videosini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

🇺🇿 Boshlang’ich ta’limning iqtidorli o’qituvchilarini taqdirlash va rag’batlantirish maqsadida Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi hamda “Registon” ta’lim loyihasi hamkorligida "Eng yaxshi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi" tanlovi bo'lib o'tdi.

✅ Tanlov uch bosqichda bo’lib o’tdi:
1-bosqich – onlayn imtihon;
2-bosqich – esse yozish;
3-bosqich – suhbat.

Tanlovda 1500 dan ziyod boshlang'ich ta'lim ustozlari ishtirok etishdi.

🏆 Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari, dam olishga chipta, blendr, kitoblar va “Registon” xususiy maktabining esdalik sovg’alari berildi.

🖼 Tanlov jarayonida olingan rasmlar.

😊 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Registon xususiy maktabining binosida qurilish ishlari jadal ketmoqda...

Iyun oyida maktab binosini bitirish reja qilingan. Ayni vaqtda 100 ga yaqin mutaxassislar ish olib borishmoqda.

Ota-onalar va ularning farzandligini qabul qilish maqsadida maktab binosining oldidagi qabul ofisimizning eshiklari Sizlar uchun kun davomida ochiq.

🔥 Registon maktabi - natijaga asoslangan ta’lim!

Telegram| Instagram| Facebook| registan_school">YouTube

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Farzandingiz kelajagiga sarmoya kiriting!

📈 2016-yilda O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i 24 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022-yil boshiga kelib ularning soni 200 taga yetgan.

Raqamlardagi ushbu katta farq xususiy ta’lim xizmatlariga talab ortib borayotgani bilan bog‘liq. Tug'ilish dinamikasi va aholi daromadlari darajasining bosqichma-bosqich o'sib borishi yangi ta'lim muassasalarining ochilishini rag'batlantirmoqda.

Afsuski, ba'zi ota-onalar qimmabaho smartfon, avtomobil yoki ko'chmas mulkka bo'lgan qiziqishlari farzandini xususiy maktabga berishga bo'lgan qiziqishiga qaraganda ko'proq. Aslida, xususiy ta'lim o'zingizga va farzandlaringizga kiritilgan eng samarali sarmoyangizdir.

😊 @Registan_School

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

#мулоҳаза

Ўқитувчи - келажагимиз бунёдкоридир!

Узоқ йиллар давомида буюк келажак ҳақида кўп гапирдик: "Ёшлар келажагимиз бунёдкоридир". Аслида хато шиор бу.

Келажагимизнинг ҳақиқий бунёдкори - бугунги ўқитувчилардир. Ўзбекистоннинг келажаги - ўқитувчиларнинг асаридир. Бугун ёзилаётган асаридир.

Бугунги ўқувчиларга замонавий талабларга жавоб бера оладиган ўқитувчиларсиз, лабараторияларсиз, китобларсиз халқаро даражадаги стандартларга мос таълим бермасдан, эртага буюк келажакни кутиш - энг катта хатодир.

😊 @Registan_School

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Xususiy maktab nima degani o'zi?

🏢 Xususiy maktab - bu boshlang'ich yoki o'rta ta'limga mo'ljallangan nodavlat ta'lim muassasasi bo'lib, uning faoliyati asosan o'quvchilardan olinadigan to'lovlardan qisman yoki to'liq qoplanadi.

Oddiy qilib aytganda, xususiy maktab o'quvchilarning ota-onalari tomonidan moliyalashtiriladi

Davlat maktabidan farqli o'laroq, xususiy maktab uchun ta'lim sifati, maktabdan tashqari rivojlanish imkoniyatlari va o'quvchilarning o'quv natijalaridan qoniqish hosil qilishi va uni yanada oshirish juda muhimdir.

Eslatib o'tamiz, yangi o'quv yilidan Registan School nodavlat umumta'lim muassasasi o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirda o'quv binosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

☺️ @Registan_School

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Tez oradaRegistan University!

Poytaxtimizning markazida yangi nodavlat oliy ta'lim muassasasiga asos solinmoqda. Ayni vaqtda faoliyatini yuridik tomondan mustahkamlash borasidagi litsenziya olish jarayonlari jadal davom ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

☺️ @Registan_University

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

⚡️Maqsad sari yana bir qadam!

Hozir yana bir ulkan loyiha “Registon Universiteti”da qurulish ishlari juda qizg’in ketmoqda. Ikki fakultetdan iborat bu maskanda 1000 lab yoshlar tahsil olishadi, nasib.

Maqsadimiz haqida har doim va har yerda gapirib kelamiz, ya’ni O’zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o’ringa olib chiqish uchun harakatdamiz!

👉🏻 Xudo xohlasa bu maqsad yo’lida hali xuddi shunday 100 lab ta’lim dargohlarini barpo etamiz. Siz, biz bilanmisiz?

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

Ota-onang eng yaxshisiga munosib!

Mardikorlik halol mehnat, lekin sen bunga rozi bo'lmasliging kerak. Oila a'zolaringga nimalarga qodir ekanligingni isbotla!

O'qi!

Darslarimizga yozilish uchun:
— 971082700
— @Registan_Call

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC

Читать полностью…

Avazbek Tulovov | Blog

“Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustoz Avazbek Tulovov bilan ovozli suhbatimiz boshlandi.

🎙 Suhbatga qo’shilish uchun:
/channel/avazbek_tulovov?livestream

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olasiz:

1️⃣. Registon ta'lim loyihasi tarixi?
2️⃣. Registonda ta'lim olish imtiyozlari?
3️⃣. Registon sizga nima bera olmoqda?
(savol-javob shaklida)

“Registon”da tahsil oladigan do’stlaringizni taklif qilishni unutmang!

Читать полностью…
Subscribe to a channel