avidadeifeekkhan | Unsorted

Telegram-канал avidadeifeekkhan - a vida de Ifeekkhan

-

Student lifestyle&Study skills Books&Book reviews Ifeekkhan's daily life✨🎈 t.me/Ifeekkhan_connectbot @kitobees

Subscribe to a channel

a vida de Ifeekkhan

birinchi rasmni ham nomlaymiz 🎤😂
lekin u ham sig’magan. unga alohida joy kerak.

kitoblarni ajratib, hadya qilaman degandim. o’tgan gal kursdoshlarim bizga qolmadi deb xafa bo’lishgan edi. shuning hammasini ularga hadya qilyapman. keyingi safar siz olasiz🙌🏻

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

xitoy va hind tillari. joy yo’q bularga😂

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

#arxiv

1989-yil 21-oktabr. O‘zbek tili uchun kurash.

@panda_books

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Maktab davrimizda qalamdonning bir tomoniga kichik posterlar uchun joy bo'lar edi. Ana o'sha yerga tushunib, tushunmay kamiga kulgu bilan "qora kunga" deb ikki yuz so'mliklarni solib qo'yar edik. Ya'ni kunning rangi o'zgarsa biz buni yengishimiz uchun kichik tayyorgarchilik. Kulib tayyorgarlik ko'ringki, kutilmaganda kelgan qora kunga yashil chiroq ammo yenga olaman deyish uchun.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Charchadim hammasidan. Har oyni oxirida Milliy kutubxona ishlamasligini o’ylashdan yoki borganimdan keyin ishlamasligi esimga tushganidan. Yakshanba kuni Turon kutubxonasi ishlarmidi yoki yo’qmi deb eslolmay o’tirishdan. Qaysi cafega borsam ekan deb cho’ntagimni titishdan. Axir kirganimdan keyin etiketga rioya qilib loaqal 2 piyola choy olishim kerak. WiFi bor joy qidirishdan. Book cafega boray desam shuncha pul to’lab, zarar narsalar yeb qo’yishdan cho’chib, yana shovqin bo’lishi va musiqa qo’yib qo’yishini o’ylashdan. Uyda qolay desam kimdir eshik taqillatib kelsa men Zumrad qiz chirog’im yoqilib, mehmonjonlar qilib o’tirib, darsim qolib ketishidan. Yoki uyga mehmon kelmasa ham ozgina darsdan tanaffus qilaman deb bir joyda kichkina chang ko’rib, butun boshli uyni tozalab ketishimdan qo’rqaman. Naqadar qiyin menga😩

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Salkam 2 oydan beri ideal tarelka, suvni normada doimiy ichib yurish, sunnatga muvofiq taomlanish, sport bilan shug’ullanish(apreldan beri) va asosiysi shakardan voz kechib sog’lom turmush tarziga amal qilib kelayotgan edim. Bugun esa bodringda ham shakar borligini eshitgan men:

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Ba’zida ichimda ikkita bo’ri yasharmikan deb qolaman. Birisi oq, birisi qora. qaysi birini boqayotgan ekanman-a? Qaysi birini quvvatlantiryapman ekan?
Oq bo’ri bo’lsa kerak deb qolaman. Qora bo’riga ehtiyojmand bo’lsam ham hech oq bo’ri yengilishni istamaydi.
Shunday deb siqilishni istaganimda yumor kelib qolaveradi. Robbim shunchalik mehribon qilib yaratgan-ey🤭

ps. Tushkunlikka tushish ichimligi bizni qishloqqa sotuvga kelmas ekan-da~~

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Men doim qizlarnikiga o’xshamagan istaklarim bilan markaziy nuqtaga nixtalanaman. Mashina, muzqaymoq, shirinliklar, atir, taqinchoqlar, tilla va kumushlar, kofe, gul va yana boshqa narsalarni yoqtirmayman deganimni bilaman birdaniga guv etib, qulog’imni tagida chug’urlashib ketishadi.

-siz ham odammisiz?
-o’g’il bola sifatmisiz?
-voy, g’alati-yuuuu
-ko’nglingizni olish qiyin ekan
-unda nima sovg’a olasiz?
-baxtdan quruq qolibsiz-ku?!

Heh, bu siz aytgan baxtdan quruq qolganman. Sezmayman, his qilmayman. Ajab ham qilaman. Siz esa meni tushuna olmaysiz. Men siz kutgan qiz emasman. Televizorda doim ko’rsatiladigan qiziqishlari bir xillardan emasman. Boshqachaman. Ayollarning fitrati shu ziynat degan gapni menga aloqasi yo’q. Uydagilarimdan so’rasangiz lo’nda javob olasiz. Unga go’sht va pul yoqadi. Tamom😁

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/GhzS_OL4XEQ?si=5FjoAkjVZaIyNpAz

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

2018-yil MUN’ga mehmon qilib olib kirishgan. (menimcha unday qilish mumkin emas edi) Men ham Syria bo’lib, ular qatorida o’tirganman. President menga bir yarim soat o’qrayib qaragan. Men jim, atrofni kuzataverganman. Oradan vaqtlar o’tib President men bilan tanishishni xohlagan. O’sha o’tkir nigohli, yosh qizni yuragini olib qo’liga bergan inson aslida juda samimiy bo’lib chiqqan. Ana o’sha MUN’da qatnashgan bir yigit bor edi. Butun vaqtim aynan unga havas qilish bilan o’tgan. Dunyo qarashi, so’zlashish madaniyati, o’zini tutishi, nutqi ravonligi. Ana endi shu odam menga shunday xabar jo’natdi. Havasmanding bo’lgan biri shunday desa xursand bo’lib ketarkan odam.

ps. aytgandek, o’sha vaqtlar yoki facebook juda yaxshi bo’lgan yoki hozir mendagi do’stlar boshqa odamlar. javobim ichida ekan😶
pss. oldingi tanishlarimni ta’siri hali ham bor va yuqoriroq. universitetda orttiriladigan tanishlar, aktivlikni hammasini kollej vaqtida amalga oshirgan ekanman.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Shu universitet qiziqtiryapti🤔

https://youtu.be/AUD2DilWKJw?si=vkXfbAifG252u3MW

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

back to uni~~
#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Bugun yana Bolalar kutubxonasidaman. Ukalarim va singlimni olib keldim🪄 Endi ikkinchi uyimiz bo’ladi😅

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Ma’lumotlarga to’la va qiziq vlog chiqdi✨

https://youtu.be/ZGhQiicf3IQ?si=xYHqWhuR0oO5DAIP

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Cho’l bo’risini qizg’onayotgan vaqtimdan zo’rma-zo’raki tortib olib mutolaa qilyapman. Saksoninchi betdaman. Kitob umidsizlarga umid berayotgan bir vaqtda men tarjimonning tarjimasini tarjima qilyapman. Ayrimlarini topolmadim. Ba’zi gaplarni qayta-qayta o’qib ham tushunmayapman. Mana shu bir-ikkilarni hisobga olmasa yaxshi tarjima qilingan ekan. Yozuvchining tili ham go’zalligi bilinib turibdi.

Kitobga ham muallifga ham birdan muhabbat qo’yvorganimni eslolmadim. Lekin Hermann Hesse aynan shu turdan bo’ldi. Negaki, bu kitob o’qiganlarimdan boshqacharoq. Bu kitobni yana qayta o’qishimga ham aminman. Hozirgidan boshqacharoq aks sado berishi uchun.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

to’liq rasm🪄

decor qilishga hali erta. chunki boshqa javonlar meni kutyapti🤩

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

koreys tili🤓

sig’madi bir qanchasi😂

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Farg’onadaligimni xabarini eshitgan kuzatuvchim sovg’alar olib keldilar🥲💗

ps. bundan oldingi postni bilmay o’chirib yuboribman🤭

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

instagramda apreldan beri aktiv emasman. jazosini telegram kanal ko’rayapti-da🥲

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/JyQwx-cbByw?si=Y6D8i5QVeAUHQydw

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Shu koreys tili o’zbek tiliga juda o’xshash. Piching qilishlarigacha. Arirang degan qo’shig’i esa Amudaryo va Surxandaryoga belgi qilinganligi taxmin ostiga olingan. Endi esa mana bu she’rning naqorati eski qadrdondek yaqin eshitilyapti.

얄리얄리 얄량셩 얄라리 얄라 - yalli yalli yallangsyong yallali yalla

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Qilar ishni qilib qo’yib, yozganlarimni o’chirib yuborgim keladi🫗

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Biz juda standardlashtirib yuboramiz. Har narsani va har kimni. No’tog’ri degan so’zni o’rniga boshqacha so’zini qo’llab ko’raylik.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/2495RHmJC0I?si=WnzxI5RWqTstnZ5C

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Universitetdagi 4-kurs.

Juda tez kelarkan. Boshingizga mingta g’alva tushgandek go’yo. Aslida ham shunday. Qulog’ingiz shang’illashni boshlaydi. Bir qadam orqaga yoki oldinga qo’yish arafasidagi davr ekan.

Universitetda ko’proq vaqt o’tkazaman deganingizda u esa sizdan tezroq qutilishni istaydi. Afsuski, tasavvur doirangiz qabul qila oladigan darajadagi eng og’ir yil.

Qizig’i, 1-kursda katta qiziqish bilan kelib, dunyo qarash kengayib, maqsadlar kattalashadi. O’ziga ishonch ortadi. Talaba turli tuman loyihalarni hayolda amalga oshiradi. So’nggi yilga kelib birdaniga pisib qoladi.

Hayol va o’ziga bo’lgan ishonch. Ikkisini ham bo’yi cho’zilib ketishi yaxshilik alomati emas. Umman olganda 4-kursda ko’p narsa noaniq bo’lib ko’rinadi. Samimiylik yo’qoladi. Chindan ham talabaning boshiga dunyo yiqilgandek tuyiladi.

Atrofdagi noaniqliklarga berilib ketmasdan doim ijobiy nuqtani, samimiylikni saqlab qolish muhim. Inson ongi har qanday qiyin vaziyatni yengish uchun ulkan salohiyatga ega. Yakuniy yil muhim yil. Qadamingizni aniq biling.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

@shisha_bino dan maktub keldi. Mazza qilib o’qisam kerak deb o’ylagan edim. Xato qilmagan ekanman😅 Mazza qilib o’qiyman🥹

ps. nechchi minut ketarkin o’qi bo’lishimga?🫣🤔

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Cho’l bo’risini eski nashrlarini topib oldim. O’ng tomondagisi 2006-yilgi nashr ekan.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Qiziq bo’lishi aniq)

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Sehrli joy kashf qildik🪄
Tez orada vlog chiqadi~

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Dengizni quduqqa qamab bo’ladimi…

#🎈

Читать полностью…
Subscribe to a channel