Fail qilganim sababini ochiqlayman. Ikkita imtihon bir kunga va orasi 4 soat bilan qo’yilgan edi. Birinchi imtihon Chinese edi. Undan chiqqandan keyin yana imtihonga kirishga kuch to’plash qiyin bo’ldi. Tan olamanki, manipulatsiyalandim va fail qilishni tanladim. Lekin aqlli qaror bo’ldi. Agar kirganimda past ball bilan chiqardim. Fail qilib turib, keyin topshirsam A+ qilish imkonim balandroq bo’ladi.
#🎈
*nihoyat Final exam haftasi tugadi. lekin hech nima his qilmayapman. na tugaganiga xursandman na uddalaganimga. vaqt shu qadar tez o’tdiki, uxlamadik hisob. bugun oxirgi 2ta exam topshirdik. umuman tayyorgarlik ko’rishni xohlamadim. miyam buzilgan matordek qizib ketaveradi. o’lganni kunidan tayyorlandim. ikkita fandan ham A bo’ldi. (92/94) meni birinchi qiladigan ishim nevrapotolog ko’rigiga borish va bo’ynimga massaj olish💆🏻♀️
#🎈
Dars qilish uchun yangi joy kashf qildim🥳
•24/7 ishlaydi
•kirish tekin
•ul-bul yeyish uchun sharoit bor
•Wi-fi dan darak yo’q
•kitoblarni sotib olsa ham bo’ladi(bugundan boshlab ekan)
📍Yoshlar ijod saroyi
*man yaxshi kayfiyatda imtihonga ketvomman. hali uni’ga kirmadim. uni ko’chasida studentlar telefonda endi nima qilaman deb yig’lab, boshqasi boshini changallab yana biri mum tishlab ketyapti. Men esa qo’rqishni boshladim deganda bir qiz telefonda “a, o’zi tayyorlanmagandimde”, degandi kulib yubordim)
#🎈
Sherik bo’lib dars qilish baribir boshqacha-da. Albatta, sherigingiz ham tirishqoq bo’lsa…
Menda imtihonlar haftasi boshlanish arafasida. Bu imtihon mavzusidan uzoqlashmayman degani. Natijalarim bilan bo’lishib boraman. So’nggi semester va so’nggi final exam week ㅠ
Bugundan. Ertalabdan imtihonga tayyorgarlik ko’rdik. Yaqinda uyga keldim🏠
#🎈
Hammaga ma’lum va mashhur kitob tanqidchisi va kitob bandasi. Kitoblar haqida so’z boradigan foydali kanal.
@siddiiqa
Tonggi 04:00 va 05:00 ~~
Sahar turib dars qilgan ancha foydali va kunni samarali o’tkazishga birinchi katta turtki bo’ladi.
Har kuni tongda mutolaa qilish uchun yangi kitob tanladim. Ikkinchi o’qishni boshlagan kitobim esa Vatandoshlik dasturi.
O’zimni har kungidan yaxshi his qilyapman. Sovuq havo doim meni ilhomlantirgan🪄
#🎈
Mening tanaffusim shunday🪭
Video dars yonidagi fan juda qiyin-da. Xitoy tilini bilganim qo’l keladi deb 3-kursda xursand bo’lgan fanim umidlarimni chil-parchin qilgan. Bu umuman hozirgi xitoy ieroglifi emas😭
#🎈
#thoughts
Ijtimoiy tarmoqlardagi virtual jamiyat radikallashmoqda. Shuning uchun oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardan charchash, to'yib ketish, zerikish ko'proq uchrayotgandek. Menimcha, bunga 3 ta o'zgarish sababchi:
1. Saytlarning qidiruv, moslash algoritmlari tobora takomillashib, LLM (large language models), Deep learning kabilar ommalashgani bois tarmoq foydalanuvchilarining iste'mol kontenti bir xillashgan. Buni o'zingiz ham sezgandirsiz: bitta bloger yoki muayyan mavzudagi postni layklasangiz, keyin nuqul o'sha mavzuga yaqin postlar, blogerlar tasmangizda chiqib kelaveradi.
Chunki LLM mashinalarga matnlarni yaxshiroq tushunib, chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini berdi. Avval algoritmlar kesatiqlarni tushunmagan bo'lsa, hozir sarkazmni ham, hazilni ham, boshqa tuyg'ularni ham tushunadi. Ya'ni matn qaysi hisni ifodalayotganini oldingidan yaxshiroq aniqlab, siz ko'proq engage qilgan (yoqtirgan, izoh yozgan, ochib o'qigan) kontentga o'xshashini topib beradi. Natijada tafakkur "ozuqa"ngiz bir xillashadi.
Shuning uchun falonchi g'oyaga qarshi bo'lsangiz, falonchi siyosatchini yomon ko'rsangiz, iste'mol bir xillashuvi evaziga shu hislaringiz yanada kuchayadi. Chunki algoritmlar sizga o'sha inson/g'oyaning qo'shimcha ayblari, minuslari, yomonliklari haqida tinimsiz yangi "isbot" topib beradi.
2. Mulohazali, mo'tadil qarashli kishilar ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirishdan charchab, ularni yo tark etadi yo "ee tentaklar, yana xayp boshlanibdi-da" deb indamay qo'yadi. Tarmoqdagi eng jarangdor, baqiroq ovozlar yo ultra o'ng yoki ultra so'l qarashli populistlarga tegishli bo'ladi. Ya'ni ular shunaqa "baqirishdan", nafratini izhor qilishdan, bema'ni tortishuvlardan qochmaydi, erinmaydi va maqsadli ravishda shunday ehtiroslarni junbushga keltiruvchi bahslarga kirishadi.
Natijada ijtimoiy tarmoqdagi kayfiyatni kuzatayotgan foydalanuvchi dunyo radikallashib ketyapti, degan xulosaga keladi. Masalan, virtual olamda dunyoning ko'p davlatlarida muhojirlarga qarshi kayfiyat avj olmoqda, u yerlarga ko'chish xavfli, degan taassurot uyg'onadi. Tarmoqqa kirmasangiz, siz u baqiroqlarni real hayotda kamdan-kam uchratasiz. Real hayotdagi real insonlar tarmoqdagichalik radikal (diniy, siyosiy, ijtimoiy va hkz g'oya borasida) emas.
Bundan tashqari unday radikal fikrlovchilar soni kamroq ham. Virtual olam esa sizda butun jamiyat radikallashib, bir-birini o'ldirishga tayyor ikkita lagerga bo'lingan degan yolg'onchi tasavvur uyg'otadi.
3. Media platformalar hissiyotlarni uyg'otuvchi xabarlar tarqatishni (jahl, qo'rquv, muhabbat, qahramonlik) keyingi darajaga olib chiqishdi. Psixologiya, behavioral economics, umuman, marketing va ilm-fan hamkorligi ularning ishini osonlashtirdi.
Masalan, negativ hissiyotni chaqiruvchi xabarlar ko'proq ommalashishi, beg'ubor muhabbat (mushukchalar, bolalar, hayvonlar) yoki vahshiy hodisa birdan viral tarqalib ketishi hozir hammaga ma'lum. Mukammal viral kontent uchun maxsus formulalar, ingrediyentlar, hikoya uslublari allaqachon aniqlangan, o'rgatiladi, amalda qo'llanadi (oxirgi chiqayotgan filmlarni eslang).
Natijada ora-sirada bir shirin bolacha, mushukcha yoki boshqa beg'uborlik aks etgan videohikoyalarni uchratib qolmasak, iste'molimiz asosan bir-birini go'shtini yeyayotgan lagerlar xabarlaridan iborat. G'oyaviy lagerlar esa ko'p (feministlar, dindorlar, dinsizlar, ko'klar, yashillar, rang-baranglar, qadimchilar, cheki yo'q).
Hayot insonni bir tamirchigami aylantiradi yoki shifokorga yoki…? Davolagan yaralar, berkitgan dardlar, tuzatgan holatlar, qattiq qo’rquvdan chiqolgan vaqtlar, yosh to’lgan ko’zlarni kuldira olish. Ayni vaqtda esa qaysi rolda ekanmiz. Ajabo?!
#🎈
Avgust oyidan beri kuniga 2,5litr suv ichishni odat tusiga kirgizganman. Choy deyarli ichmayman. Suvni ichishni o’z qoidalari bor. Ovqatdan 15-20daqiqa oldin va ovqatdan keyin 40daqiqa keyin ichiladi. 20.00dan keyin suv ichish tavsiya etilmaydi. Chunki shishga yo’l ochadi. Chanqab ketsam ko’k choy ichaman.
💧Borjomi va Chortoq - bu suvlarda foydalar va minerallar ko’p. Borjomini kunning birinchi qismigacha 0,5 litr qolgan qismida esa Chortoq suvini ichaman. Lekin doim ham bunga sharoit bo’lavermaydi. Aynqisa, o’qish vaqtida ularni ko’tarib yurish noqulay. Shunday vaziyatda faqat Hydrolife suvini ichishga harakat qilaman.
Suv havodan keyingi o’rinda ovqatdan esa oldingi o’rinda turadi. Ratsionimga suv kiritganimdan so’ng terimda o’zgarishlar yaxshi tomonga o’zgarishni boshladi. Yuzim tiniqlashdi. Kun davomida to’qlikni his qilaman. Albatta ichki ta’sirlari ham bor. Oldin juda choyxo’r edim. Hozir esa umuman ehtiyoj sezmayman.
Sizga ham tavsiya qilaman✅
Kunlik ratsioningizda suvning o’rni qanday?
#🎈
Aktiv va tez-tez bo’lishga o’rgangan hayotimda dam olish doim menga og’irlik qiladi. Yoki ko’p uxlash. 6 soatlik ham hatto. Bugun kuni bilan dam oldim. Va bu yetarli bo’ldi. Bu esa tabiiy. Chuqur qarash kerak emas. Hammaning o’z turmush tarziga moslashgan muqobil rejimi bor. Shunday vaqt keladiki, haftalab dam olaman va mazza qilaman. Shunday vaqt keladiki, bugungidek bir kunlik damni o’zi ortiqcha tuyiladi(bu ko’proq uchraydi)
Yangi reja, yangi bosqichlar tomon hamtovoqlarim bilan qadam qo’yayapmiz. 45 kun dam. Pashsha qo’rmaslikka kelishganmiz bu kunlarda🧼
#🎈
ACHIEVE TOPIK - 90/100 A
UNDERSTANDING KOREAN POLITICS
& ECONOMICS - 87/100 B+
INTRODUCTION TO INTERPRETATION
& TRANSLATION - 96/100 A+
INTRODUCTION TO KOREAN
CLASSICAL CHINESE - 98/100 A+
THEORIES IN KOREAN ASSESSMENT - atayin FAIL qildim
KOREAN POP-CULTURE - 100/100 A+
KOREAN TEACHING
METHODOLOGIES - eslolmayapman🤦🏻
LITERATURE OF ANCIENT KOREAN - 88/100 B+
SELECTED READINGS IN KOREAN
CULTURE AND SOCIETY - 92/100 A
TEACHING KOREAN CULTURE TO
FOREIGN SPEAKERS - 94/100 A
#🎈
3. INTRODUCTION TO INTERPRETATION
& TRANSLATION - 66/70 = 96 A+
4.INTRODUCTION TO KOREAN
CLASSICAL CHINESE - 68/70 = 98 A+
10. UNDERSTANDING KOREAN POLITICS
& ECONOMICS - 87 B+
defence and independent work bo’lganligi uchun umumiy baholandik.
#🎈
18.12.2023 Final exam natijalarimni bo’lishib boraman.
1. Achieve Topik - 60/70 = 90 A
#🎈
Bir kunim haqida mini vlog🏫
Faqat Tik tok uchun oldim. Rasmli formatda. Uni save qilsam faqat rasmlari tushadi. Video tarzda tushmaydi. Shuning uchun tik tokda ham kuzatib borishingizni kutib qolaman🙃
www.tiktok.com/@ifeekkhankitoblari
#🎈
5. Teaching Korean Culture to Foreign Speakers - 28 (alam qilyapti)
29 ball qildim. Juma kuni 30 qilib olsam edi ㅠㅠ
Yo’q. Kitobini o’qimadim va kinosini ham ko’rganim yo’q. Ammo kitobini o’qigandek bo’ldim. Qisqa suhbatlar sabab ozgina shoshdim. Nimadir yetishmadi. O’qishga hafsala qilolmadim. Menimcha uzun dialoglarni o’qib, o’rganib qoldim chog’i.
Kitobini o’qib o’tirmay kinosini ko’ring, deb tavsiya berishgan edi. Huddi og’irlik qilganday shartta rozi bo’ldim men ham. Kinosi avval ishlangan. Kitob esa unga ilhomlangan holatda chop etilgan ekan. Lekin unga o’xshash yana bir hind filmi ham bor emish. “Sevishganlar” nomli.
Yakuniy va haqiqatdan yakuniy imtihonimga tayyorlanar ekanman ya’ni Kahoot tuzar ekanman ikki filmni ko’rishga harakat qilaman.
Kinosini ko’rganmisiz yoki kitobini o’qiganmisiz? 🎥📚
#🎈
Shunday yo’l-yo’lakay o’rganib ketaman-da tillarni. Sirim shu💁🏻♀️😆 Ko’proq eshitaman va qaytaraman.
#🎈
6. Korean Pop-Culture - 30
7. Introduction to Interpretation & Translation - 30
8. Achieve Topik - 30
Hayot haqidagi falsafam chuqur emas. Hayot haqida falsafa ham suqavermaymam. Ichiga cho’kib, chiqolmay qolishdan qo’rqaman. Hayotni murakkablashtirib ham yubormayman. Murakkablik ichida tirik qolmasligim mumkin. Hayot desa bahor nafasi, shamol, go’zal kulgu, gavjumlik, turli yuzlarga tikilgan o’zimni ko’raman ☀️
#🎈
4. Korean Teaching Methodologies - 30
5. Teaching Korean Culture to Foreign Speakers - 28 (alam qilyapti)