San'at tor doirada qo'llaniladigan so'z emas. Uni ko'p narsaga qiyoslasa bo'ladi. San'atga muhabbatim cheksiz. San'at yig'inlari, davrasi, ko'rgazmalari hech birini o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Madaniy hordiqdan nafaqat dam olishingiz balki bir nechta yangi eshiklarni o'zingiz uchun ochishingiz mumkin.
Kuni kecha "Lazgi muhabbat va qalb raqsi" balet spektakliga tushdik. Lazgi tarixi, insonlarning sevgisi, his tuyg'usi va hozirgi his tuyg'ular bilan solishtirmasi aks ettirilgan. Iloji boricha har bir harakatidan falsafa chiqarishga urindik. Zero, Lazgi raqsining har bir harakati gapiradi. Har bir harakati bir so’z va u bir butun bo’lib gaplarga aylanadi.
To'lqinlar deb daryo dedik. Qumni ko'rib qizil qumga taqqosladik. Bir oyoqda turolmay titrab o'ynagan qiz dedik. Dediklarimiz ham tugamadi. O'zingiz falsafa qilganingizni hissi boshqa-da.
Tashrif buyurganlar esa alohida mavzu. Erkaklar kastyum shimda. Ayollar uzun va vulgar kiyimlarda. Har 1 soatda 20 daqiqadan tanaffus berar ekan. Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatriga birinchi bor kelgan men hayratdaligim yetmaganiga tanaffusda odamlarni ko'rib hayratlandim. Kibor, aristokrat, mulozamatli, tartibli insonlar. Havaslarim kelib ketdi. Atmosfera dilimga xush yoqdi. San'at shaydolarini bundan ortiq tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Videoning orqa foniga atayin musiqa fon bermadim. Lekin telefondagi ranglar yorqin emas. Ko’zim ko’rganini bo’lisha olmayman. U mukkamal edi.
#🎈
Qiroat ilmida taqlidga shunday ta’rif berilgan: “Kim taqlid qilsa, taqlid qilgan insonni tiriltirib, o’zini o’ldiribdi”.
Ilm boshlanishida mujavvid qoriga taqlid qilib o’qib, o’zingizga berilgan tabiiy ovozingizni yuzaga chiqarib olishga harakat qilingani kabi har qanday sohada avval ustozga taqlid qilinadi. Til o’rganishda haqiqiy til egalarini nutqiga taqlid qilinadi. Bolalar esa ota-onasiga taqlid qiladi. So’ngra o’z yo’lini, o’z uslubini topadi. O’zganing uslubi bilan ko’rinib, o’zligini yo’qotadi. Uni ko’rganda uning o’zi emas balki taqlid qigan insoni esga olinadi. Har kim o’zligini topib, orginallik yaratsin😊
#🎈
Majlis arab tilida bo’ldi. Eng qizig’i meni tushunib o’tirganim. Chunki arab tili bilan mana 3yildirki shug’ullanmay qo’ygan edim. Na serial, na ko’rsatuvlar ko’raman. O’zimga o’zim barakalla deb qarsak chalib o’tirdim😅
Arab tilini asli men 2018-yilda Al-Qasimia universitetiga o’qishga kiraman deb o’rganishni boshlaganman. Arab tilini o’qiyotganimni hech kim bilmas ham edi. Universitet shartlarini topshirishga ulgurmay qolganimdan so’ng qayta harakat ham qilib ko’rmadim.
Kelajakdagi orzularimga yetishishimga, jiddu jahd bilan harakat qilishmga bugungi majlis ancha turtki berdi. Allohim mehribon.
#🎈
Barmoqlar chiziqlari aro zikr qilish o’zgacha his beradi. Har bir chiziqqa qo’lim tekkanida qandaydir tushintirib bo’lmas his uyg’onadi. Uni qanday ta’riflab berish kerakligini ham bilmayman.
Barmoq orqali zikr qilish undan tashqari mental arifmetikani rivojlantiradi. Xotirani mustahkamlaydi.
Bugun dugonam ikkinchi marotaba zikr tasbeh olib berdi. O’tgan gal ham olib berganidan keyin ishlatmagan edim. Noqulaylik his qilar edim. Bu safargi urinishi yomon emas. Bu komfortga yaxshi ma’noda o’rganaman deb o’ylayman. Negaki, barmog’imda uzukdan ham bahaybat bir narsa turganini sezib turaman. Bu esa yodidan chiqqanga yaxshi eslatma.
#🎈
Maqsadga o'tsak darslar qiyinlashib ketgan.
Ko'z yosh to'kmay dil yig'lar. Ko'nikmay ko'ngil yig'lar.
Darslarni o'zlashtirishga ularni bir-biriga yetkazolmay men halak. Uni ustiga GPA'yim ham o'zim kutgandek chiqamagani uchun qaytadan B+larimni ham topshirib A+ qilishni reja qilyapman. Yoz uchun hozirlangan imtihonlarga tayyorgarlik ham qilishni boshlaganman. O'zimga savol: yana nimani boshlashing kerak va qilishing kerak?!
Ishoning to do list nima ekanligini chuqur anglatuvchi mutaxassis men bo’laman🥲
ps. koreys tilini 2014-yildan o’rganishni boshlaganman. uni o’rganish tarixi juda qiziq. Hayhot, nimalarni ko’rmadik, nimalardan kechmadik😂
#🎈
Chaqaloqni quchib, ovuntirib turar ekanman. Behosdan, haddan ortig’ini so’ray oladigan faqat go’dak dedim. Onasi nega hozir unday deganim so’radi. Hayolan nima deganimni bilmay, deganimni takrorla dedim. Bir oz jim turib, na er, na xotin, ota-ona-yu, boy va kambag’aldan ham ko’proq istagini bepayon bildirishi yarashadigan faqat go’dak bo’lsa kerak…
#🎈
13.02.2023🧤
Telegramda kitoblarimdan foydalanaman. Deyarli xabarlarga ahamiyat bermayman.
Xabarlarga qanday tarzda javob beraman? Ko’pincha telegramga kirishim bilan birinchilardan bo’lib turgan bo’lsagina:(
Quloqchinlardan tashqarida foydalanmayotgan 3-haftam. Shunchaki havodan burun nafas olgandek, quloq ham nafas olyapti. Ma’lumot eshitish yoki so’zlarni ovozli yozib olganlarimni ham eshitmayapman. Hayot bilan gaplashyapman😅
Tik tokga hali kirmadim😭😂
ps. reaksiya bildirish stickerlarini yoqib qo’ydim. ✨testing✨
#🎈
- Siz metroda qaysi kitobni mutolaa qilasiz?
Har kuni metroda "ozroq suriliylar, kirvolay" deydigan men:
– Boris Vasilevning "Tonglar sokin edi bu yerda" qissasini...
📱 @panda_books
Nahorgi osh bo’lmasa ham osh yeyishga borib keldim😁
yangi kitoblarim va sovg’alarim bilan tushuntirish story qilib instagramda ertak aytib beryapman.
Death Note’ni komiksni olish qiyin masala. Lekin kinosini ko’rganman. Va asosiysi uni daftari ham endi menda bor🤩
https://instagram.com/ifeekkhan?igshid=NTdlMDg3MTY=
#🎈
Nimani unutdim desam Tik tok’ga kirishni unutibman😖😅
Juda ko’p narsalar o’rganadigan platformam. Men 1 yarim yil oldin ko’rganlarim endi bizga kirib kelganini ko’rsam(har jabhadagilar) hammadan 1 yarim yil oldinda ekanimdan o’zimni-o’zimni alqayman😁
Shunchaki foydalanishni bilish kerak. Loyqa suv bilan to’ldirilgan shishaga qarab loyligini bot-bot takrorlash nimani ham o’zgartirar edi.
#🎈
Koreys/Xitoy balki Yapon talaba va o’quvchilari foydalanadigan qizil rangli qalam.
Bu qalamda rasmni bo’yasa ham bo’ladi. Lekin asosiy vazifasi u emas.
Test yechib bo’lgandan so’ng tekshirish paytda aynan qizil qalam bilan to’g’ri bo’lsa dumaloq noto’g’ri javob bo’lsa bir chiziq chizib ishlatiladi. Oldinlari faqat huddi shu tartibda oddiy qalamdan foydalangan bo’lsam endi men ham qizil qalamdan foydalanaman🤩
Menimcha qalamni ipidan tortsa yangi qalami ochiladi🤔
#🎈
Odatda kitoblarni o’qish tartibim qalam bilan to’la to’kislanadi. Kitob deganda yonida qahva, choy, tabiat emas qalam bilan tasavvur qilaman😁
So’zlar tagiga chizibgina qolmay angalaganlarimni yozaman, muhim joylarini belgilayman. Yodlanadigan ma’lumotlar bo’lsa ularni birlashtirib o’zim uchun eslatma ham yozib qo’yaman. Misol tariqasida aynan shu kitobga yozganlarim bilan bo’lishmoqchiman.
#🎈
Muslimat ishchilari uchun yopiq majlis. Turkiya, Hindiston va Suriyalik olimlar tashrif buyirishadi. Hali boshlanmadi.
VIP da o’tiribman xullas🤩
Muslimatni bir bo’lagi ekanimdan faxrlanib💗
#🎈
03.27-dagi kitob xaridlarim. bugun ham 4ta kitob sotib oldim. maqtangim kelmayapti. olganimni bildirganim ham maqtanishning boshlanishi🦖
#🎈
Mana shunday kitoblar nomlarini ko’rsam jaxlim chiqishni boshlagan. Kitob ichidagilar balki jo’yalidir. Lekin nega aynan bunday nom tanlanadi?
Huddiki ayolning bu dunyodagi missiyasi shundan iborat. Er-xotin o’yinidan boshqa mavzular ham dolzarb. Azaldan turmush o’rtog’ini zerikmasligi uchun tashlab ketmasligi uchun kurashish hayot mazmuniga aylangan ayollar uchun endilikda kitoblar ham yozilmoqda. Ayol zerikarli bo’lishi va kechilishi mumkin. Demak, erkak hech qachon. Marketing deb, yaxshi sotilsin deb bosilurarkande endi.
#🎈
Universitetga borish uchun qancha vaqt sarflayman?
Mendek yo’l yurishni sevadigan inson uchun bu raqamlar juda kamdek tuyiladi. Bunday tushuntirsam, yaxshilab o’tirib oling.
*Uyimga kelayotganingizda yo’lning teng yarim qismida havo o’zgaradi. Dim havo ortda qolib, toza va salqin havo yuzingizga uriladi. Havosi toza joylar bo’lganligi sababli.
Ertalab o’qishga otlanish uchun barvaqt turishingiz kerak. Uydan tashqariga chiqqanda esa hayot uchun kurashning amaliy birinchi ko’rinishiga duch kelasiz. 16ta joyi bor marshrudkaga 40ta odam ko’z tikib turgan paytda mendek burgut ko’z va sezgir(😂) bo’lsangiz eshik oldiga birinchi kelib olasiz. Buning siri shundaki, hech kimni itarmaysiz va marshrud kelayotgan vaqti uning shinalariga e’tibor berishingiz kerak. Uni qayerda to’xtashini sizga yaqin kelishidan oldin payqay olasiz. Hamlasini yamlamay yutgan sherdek kerilib, birinchi muvafaqqiyat bilan orzular idishiga sho’ng’ib, 40~45daqiqani o’tkazasiz.
Metroga yetib keldik. Agar miyani qiynab, uni ishga tushirishni xohlasangiz talabar kartasi yoki transportlar uchun alohida karta sotib olasiz. Bo’lmasa navbatda turib, qimmatli daqiqalarni sarflaysiz. Poyezd eshigi qayerga kelishini belgilab olgan bo’lsangiz o’sha joyga borib poyezdni kutasiz. O’tirsangiz yoki o’tirmasangiz kitobni qo’lga olib mutolaaga kirishasiz. Xohlasangiz kitobni yopib uxlab yuborasiz.
Metrodan chiqasiz va o’qiyman deganlar bilan liq to’la aftobusga chiqasiz yoki uni kutasiz. Bekatda tushib, narigi betga tunel orqali o’tib, yana qaydasan so’lim go’sham deb piyoda yurasiz.
Mana universitetga ham kelib oldik. Endi hamma mashinada o’tayotganda ko’radigan eshikdan kiraman desangiz, 2-3-4-kurslar B binodan kirsin deb takrorlab charchamagan amaki pinagini buzmay yana takrorlaydi.
Lift bor. Lekin oyoqlar turganda liftga ne hojat deb beshinchimi yoki oltinchi qavatga piyoda chiqishni boshlaysiz. Nafasingizni ichingizga yutib, darsga kirasiz.
Seva-seva dars tinglashni boshlaysiz🥸📚
Borish umumiy 2soat. Charchab qolmadingiz degan umiddaman. Hechqisi yo’q o’rganib ketasiz. Hali uyga ham qaytishimiz kerak omonlikda🙃
#🎈
Til(koryes tili) uchun 4yil umrini sarflayotganlardan biriman. Buni shunchaki vaqtni bekorga o'tkazish deguvchilar ham topiladi. Mutaxassis, filolog atamalari bilan shunchaki til o'rganuvchisi degan ta'rifda katta farq bor.
Koreys tili juda boy til va sinonimlar qiroli. Qayoqqa qaramang bu so’zni formal sinonimi bor bo’lib chiqadi. Yuqorida keltirgan mutaxassis sifatida ishlaydigan va hobbiy sifatida o'rganadiganlar uchun alohida qo'shimcha qo'shiladi. Bir kasbni 4-5xil qo'shimcha qo'shib yozsangiz ma'nolari o'zgaradi. Qo'shimchalar esa "hanja" ya'ni chinese characters(ular koreys tilida 80%ni tashkil qiladi) Birinchi martta duch kelgan so'zingizni taxminan tarjimasini chiqarsa bo'ladi. Shunday sehrli tayoqchasi ham bor🪄
Til tarixi, lingvistikasi juda qiziq va har narsani minusi bo'ladi deganidek qiyin tarafi ham bor. Shunchaki til o'rganish uchun ularni o'qish shart emas. Tabiiyki, bilish darajasi ham teng bo’lmaydi.
#🎈
O’tkan yildan boshlab Book Talksdagi do’stlarimiz bilan tug’ilgan kunimizda kitob ulashishni an’ana qilishga kelishdik. (ha, kitobxon do’stlar davrasida shu vaqtgacha bunday ikrom bo’lmagan. o’zaro holatlar bundan mustasno)
Shartlari esa belgilangan pul miqdorida(200+) va o’zi istagan, tanlab bergan kitobni hadya qilish. Shunday kitob bo’lishi kerakki, 20 yil o’tgandan keyin ham sovg’a bergan insonni yodida tuta olishi kerak. (qimmat kitoblar esda qoladi o’zi:))
Va to’rt kitobxon tomonidan berilgan to’rt kitob. Kitobni kim sovg’a qilgani esimdan chiqmasligi aniq. Yetishishim qiyin, o’qigim kelgan, mavzusi qiziq bo’lgan va qo’lga kirata olmaganim qimmatligi sabab bo’lgan kitoblar.
1. Бакуман 1
2. Война миров Человек- невидимка (фантастика)
3. Законы человеческой природы
4. Наруто
Ammo juda katta ishga qo’l urdik. Kitob olayotgan odamni yuz ifodasini ko’rsangiz katta ishga qo’l urganimizdan faxrlanasiz😁
#🎈
Bilim olish, o’rganish qiziq jarayon. Har safar yangi narsa o’rganib, xursand bo’lish. Yanada bilimi ortgani sari o’ziga bo’lgan ishonchi ortishi. Ana shularni his qilgan va his qilib kelayotgan inson sifatida ortga qaraganimda hech ham rohat hissini tuymaganimni his qilaman. Rohat? Nima u o’zi? Nafsning bir turi bo’lsa kerak-a?
Negadir qiyinchilik ko’rish uni yashab ko’rish hamma narsadan qiziq men uchun. Ilm yo’lida bo’lsin yashash tarzda.
Hech qachon maqsadlarim bo’lmagan. Aksincha rejalarim bor. Yuksak maqsadim esa bitta. Shuning uchun ham balki maqsad haqida so’z ochilganda, maqsad qo’yish kurslarini ko’rganimda ensam qotar. Dunyo rohatini topish uchun o’qiyotganim yo’q. Yoki shuning uchun tinimsiz ishlamayman. Bular shunchaki bir vosita. Hayot yo’lida, yashash yo’lidagi bir oddiygina vosita xolos. Moliyaviy erkinlik, orzudagi ish, turmushga chiqish, temir-tersak matoxlarga erishish uchun bittagina bor bo’lgan maqsadimni chetga surib, vositani undan ustun qo’ya olmayman.
#🎈
Oldinlari men va blog birga rivojlanar edi. Keyinchalik blog mendan ancha ortda qolib ketdi. Qanday kursda o’qidim yoki o’qiyapman. Nimalarga erishdim, yo’qotdim. Hech birini aytib berishga hech hafsala qilolmadim. Har safar bugun post qo’yaman deganimda nima keragi bor bu narsani o’zi? degan savollar o’tishni boshlaydi. Mayli, bu narsa miyamdan chiqib ketmagan-ki, biror nima desam.
Bugungi dars qilgan soatim 7H23M
✎ Rus tilida yaxshi bo’lganim bilan so'zlarni to'g'ri yozmayman. Harflar tushib qolishi kuzatiladi. Chiroyli matn ham yozolmayman menimcha. Yozib ko’rmaganman yaqin kunlar ichida. Rus tili grammatikasini qaytaryapman.
✎ Turk tilini for fun o’rganib olganman. Grammatik qoidalardan deyarli xabardor emasman. Bunda ham grammatikasini mustahkamlayapman.
✎ Koreys tilini ta’tilda takrorlamadim. O’rganganlarim tezda esimdan chiqishi qiyin. Lekin keyingi haftadan o’qish. Takrorlab, yangi fanlar bilan tanishib chiqdim.
✎ Qizil toshbo’ron kitobini o’qishni boshladim. Eski turkiy so’zlar, sheva so’zlar aralash bo’lgani uchun bu yerda ham yangi so’zlar bilan tanishuv ishlari boshlandi. Misol uchun: chachvon, ixota, zarbof va yana boshqalar. Ko’pini opam(ya’ni onam)dan so’rab bildim.
✎ Va albatta deyarli 3 yildan beri gaplashmaydigan mening bechora ingliz tilim. Oynaga qarab speaking qilib ko’rdim.
✎ Ha, yana yangi komiks boshladim. Nomi “ Parantez”.
#🎈