📍Ground zero: Kitob olami chiqib ketib, Asaxiy bir chetidan joy olgan. To’liq coworking zonaga aylangan.
#🎈
Ikkita inson borki, hurmat va ilmiga havas qilib kuzataman. Ego kuchlilik qilib, ularni aytishga ham qizg’onaman. Ba’zida hotamtoyligim tutib, shu ikki insonni kuzatishni aytib qo’yaman. Ulardan biri Xondamir Nusratxo’jayev.
https://youtu.be/Av8X1hs-Lsc
90 kun menga tegmang! [degan post😁]
ichki bolakayingiz borligi yaxshi narsa. lekin uning nag’malari ham bor. ogoh bo’ling!😁
ps. imtihonga 90 kun qoldi
#🎈
Lpub'pi ljigd ophncpb'd wdgvi jtjb'dhid xcj'ldmyd. Kjtvwuvgdh wdgvi kvtkjb'dhid odgfv-kjmv ldgdw ovncgvbvi, ziydgdfyv tvgvib jtjb'dhid xcj'ldgvmyd. Ophncpb'd wdgvi oj'sojqndu uvmwvgvm wzmvm, fztdi wjncdh pumv wdm izxcv hvmov xcvms pmdw vtgvivm cvhyv tviv ldghdncdid yvqjh zoodmvmyd. Wdm evijw tjidhyvi j'ovmfvi, vcqjgdhbv wdmmjq ivuvm njgdw, idhv pxcpi odncdhid-odncdhbv lj'tdw nvwm ldgvtjobvidhid nj'mvyd.
- Jeduhvi, - yzydh hzi. - Lpub'pi pxcdw fzgdw jtjb'dhid xcj'ldgvt wjncgvyd, hzi vgwvoov, pid cvtyvncbv pmdiydh, cvooj wj'b'dw j'gydmhjlxcd wj'gydh, wdmjl wp ljisj'mbv fpxcdh tzohvyd. Lpub'di tpudhbv xcvib njghjlxcd wj'gyd, wpiyvi fj'mv jtjb'dhid lpmwji ldgdncid vauvg wdgydh. Hviv, vanpnfd jtjb'dh yztvmgd ljibv wjoyd.
- Izbv wp vujwbv nvwm ldgdncdibdu fzmvf ? - vevwgviyd evijw. - Wdoov j'l wdgvi wp lpub'piid odixcdonv wj'gvydfp !
- Ivsjofd ?! - nvqjgbv nvqjg wdgvi evqjw wzmydh. - Wvgfd pid ndu jodw ovncgvmndu ?
- Wvejidydg, - yzyd evijw. - Avlvo ptbv wjmdw, hdgodb'dhid jgdw fzgdncdh fzmvf. Tviv tvmdh njvo nvwm ldgv jgvnduhd ?
- Wdghvydh, - yzydh hzi qv lvoodl jb'mdlyvi odgyvi ljgbvi fvwd wdm izxcv njidtv ojncyvt ljodw ljgydh. - Dgodhjn wjmdw fzgdib. Cvm cjgyv, xcdlhvbvi ejiyvi phdy...
- Tvsncd, - mjud wj'gyd evijw, ozu wjmdw fzgvhvi...
Lpub'pi bjc hzibv, bjc evijwbv odfdgvm zfvi npswvoid cjodmevh odibgvyd. P cvhhvndid opncpibvidid vibgvydh; p cvqjbv fj'ovmdgyd, wdmjl tviv cvh ozumjl pxcdnc pxcpi fznfdi jmobv wpmdgyd qv ivtuv pgjlodmpqxcd fvwd ophncpb'did ncdyyvo wdgvi jb'udhbv nvixcyd. Tpuopwvi tdldgvm zfvihvi, j'udhid lpncyvt tzibdg cdn ldgydh cvhyv wvmxcv ozmvigdfgvm qv wpopi njcdgid oj'gydmbvi lvtijl ljidh bdmyjwdyv xcj'fdw lpub'pi wvovhjh hvcq wj'gyd.
©Fvafv
🗝=(eng (-5))
Hindiy tilini o’rganishni boshlaganimga bir necha kun bo’ldi. 51 ta harf va tanglay, nafas tovushlari bilan qiziqtirib qo’ydi. Men koreys tilini o’rganishni boshlaganimda(08.2014) kx, px, tx, h’ harflarini talaffuz qilish uchun og’izga qog’ozni yaqin olib kelib mashq qilar edik. Harf talaffuz qilinganda qog’oz uchishi kerak* Endi shu mashqni hindiyda ham qo’llayapman. kha, gha, chha, jha nafas tovushlarini. Bularni jufti ham bor. Ular ka, ga, cha, ja.
Forsiy, ingliz so’zlari aralash bo’lgani uchun begona til emasdek. Turkcha peynir so’zi hindiyda paneer. Ayol esa aurat.
Tillar qiziq. O’rgangani sari tovlanadi.
Chegara deyman-u, miyamni chegaralab qo’yganimni bilmagan ekanman. Urdu va thai tilida javoblar «род»ga ajralganini bilib birdaniga orqaga tisarilganman. Qiyin deb bilganman. Hindiyda esa “Yo, tavba bu ham shunday ekanmi?!” dedim-u, yana pinagimni buzmay o’rganishda davom etdim. *Men ham qiziq shaxsman. O’zim ham o’rganolmagan😂
#🎈
Hayot qartalaringizni (yo’lingiz, vaziyatingiz, muammoyingiz) nafaqat duch kelganga yoningizda doim birga bo’lganga ham ochib tashlamang.
Zaifmisiz, kuchlimisiz buni faqat o’zingiz biling. Zaif bo’lsangiz ham kuchli bo’lsangiz ham bosim bir xil bo’laveradi.
Hayotingiz qiyinligini boshqasi bilsa, bilmasa yupatuvchilar ko’paygani bilan sizni hayotingiz yengillashib qolmaydi.
Hayotingiz sinovlarga boy bo’lmaganida qattiq nonni qanday tishlab, yeyish mumkinligiga tasavvur hosil bo’lmasdi.
Biz insonlar kurashib yashaymiz. Yashash uchun kurashmaymiz.
#🎈
O’qiyotgan kitoblarimni boshqa kitoblardan ilhomlanib yozilganini bilib qolayotganim chatoq bo’lyapti-da. Ayniqsa, Nitshe haqida podcastlar tinglayverganim ham pand beryapti:(
#🎈
Men baribir o’sha kichkina bo’lib olib qo’llarim bilan tushintirgan ijodiy odam edim.
Yo’nalishim aniq yana inson salomatligi bilan bog’liq edi. Bir oz ishladim. Mehnat daftarchasi ochildi. Ishga o’rnimdan zo’rg’a turar edim. Muhitni o’zi ham yoqmas edi. Menga faqat qon, ichki organlar bilan ishlash qiziq tuyilgan. Tug’ruqda zalda ham qo’rqmasdan akusher bilan yonma-yon tug’dirganman(kollejda praktikada) Nazariy bilimsiz, bilimli bo’lolmas bu sohada menga faqat amaliyotda bo’lib ham qon bilan ishlash yoqar edi. Lekin bu sohadan ketdim.
Aylanib, o’rgilib, ko’nglim qolib ketgan koreys tili fakultetiga o’qishga kirdim. 1-2-kurs umuman qiziq bo’lmadi(koreys tilini yaxshi bilganim uchun) 3-kursda esa maqsadimni yo’qotib qo’ydim. Birgina gap ta’sirida. Tiklanib olishim oson bo’lmadi. Taslim bo’lmoqchi bo’ldim. Qo’l siltashni xohladim. Nodon, noshudman. Qiz bolasan senga nima kerak shuncha tirishish o’zi?! Yo’q, sen shunchalik noshudsanki oilani ham eplolmaysan! Mendek uy ishlarida va o’qishda uchar qizni kovushini yer tishlab oldi. Nihoyat 3-kurs imtihonlarga yaqin qayta jonlandim. Bundan xursandman. Lekin miyamdagi qora kukunlar ozgina qolgan. Ularni ham sipirib tashlash uchun kuchim yetadi!
Aynan til sohasida ketayotganim va tillarga bo’lgan muhabbatim yana meni san’atga yetakladi. Bolalikdagi orzularim ushalishni boshlayapti. Bolalikdagi antiqa orzularim💝
#🎈
Bir an’anamga aylanib ulgurgan odatim bor. O’zimga yoqqan tillarda video darsliklar ko’rib turaman. Muntazam yoki astoydil kirishgan holda emas. Shunchaki ko’raman. Bu ham aynan kechasi uxlashdan oldin bajariladi. Huddi tillar men uchun alla vazifasini o’tganidek. Hozir rejalarim biroz o’zgargani uchun o’zbek tili grammatikasini yaxshilab o’rganishga kirishdim. Koreys tiliga chuqur kirib borganimiz sari alam yoki havas bilan o’zbek tiliga urg’u berishim kerakligini tushundim. Sababi o’zbek grammatikasidan ko’ra koreys grammatikasini yaxshi bilishim. Agarda mendek o’z tilini yaxshi bilmaydigan sharmandaga yordam bermoqchi bo’lsangiz, izohlarda material va biror tushuntirishlaringizni kutib qolaman.
#🎈
Men shaxsiy ulovlardan ko’ra jamoat transportlarini afzal ko’raman. Balki talabaligim uchun shundaydir. Lekin shu vaqtgacha mashina minish orzusi yoki talabim bo’lmagan.
Jamoat transportlaridan tabiiyki esa qarama-qarshi jins vakillari faol foydalanishadi. Bir aftobusda, bir vagonda, bir marshurtda qapishib ketish kimga yoqardi? Holatni ko’z bilan ko’rish jirkanch. Ayni shu holatda turish esa undan ming barobar. Shunday holatlar bo’ladiki anavi turgan yigit boshqa joyga o’tolmayotganidan hijolat bo’lib uzur so’raydi yoki noto’g’ri tushunmasin deb portfelini oldiga ilib oladi. Yoki mendek hid bilish retseptorlari baland qiz erkaklar bor tor joyda turgan bo’lsa hushidan ketib beradi.
Qiz bola sifatida aytamanki, har safar jamoat transportlarida erkaklar bilan yonma-yon turishga to’g’ri kelib qolsa, ichki menim astoydil o’g’il bola pozitsiyasiga kirishga harakat qiladi. Turishim, qo’l harakatlarim, yuz mimikilarim o’zgarib ketadi. Shundoq ham jiddiy bo’lgan yuz ifodam yanada jiddiylashib ketadi. Buning sababi qo’rqishim yoki qandaydir travmam borligidan emas. Menimcha ayol-qizlarda shunday himoyalanish paydo bo’lsa kerak.
Metroda ayollar uchun vagon ajratilishini eshitishim bilan xursand bo’lib ketdim. Ayollarni asraydigan yana bir huquq. Ayollar vagoni va umumiy vagonlar(erkaklar vagoni yo’q)Demak, majburiyat yo’q. Ayollarda tanlov bor. Istasa ayollar vagonida, istasa umumiy vagonda ketadi.
Mana shu madaniyat kirib, ozgina vaqt o’rgatilsa hech kim, hech qanday malomat qilmaydi. Norma holatiga kelishi va madaniyatga aylanishi uchun oldin tajribadan o’tkazib ko’rish kerak emasmi? Yoki bizni jamiyat erkaklari boshqa yana qitmir gaplar qiladi deb qilish imkoni bo’lib turgan paytda eshiklarni yopib qo’yavermaymizku?!
Ha-ya, metro yurish oralig’i qisqargan.Men Buyuk Ipak Yo’li bekatidan o’tiraman. Doim 2 daqiqaga qolmay keladi. Ba’zi hollarda 4 daqiqa bo’lishi mumkin. Shunda ham odam soni ko’p. Kutub turgan vagoniga chiqolmay qolish holati oldin kuzatilmas edi. Sezilarli darajada Toshkent shahrida odam soni ko’paygan.
#🎈
Ajoyib ilova bilan tanishdim.
School Hack deb nomlangan ilovada siz video va fayl joylab chatlashsangiz bo’ladi. Ya’ni biror videoni You Tubedan havolasini ko’chirib, media bo’limiga joylaysiz. Bir necha soniyalardan(agar katta video bo’lsa daqiqalardan) so’ng video siz bilan suhbatlashadi. Avvaliga test o’tkazadi. So’ngra videoga oid savol bersangiz yoki shu mavzuda suhbatlashsangiz bo’ladi. Huddi shu tartibda document bo’limga biror pdf fayl yuklab yana chatlashishda davom etasiz.
Undan tashqari essay bo’limida ham bemalol essay’lashishingiz mumkin. Oddiygina kunimni kofedan boshlayman deb yozsangiz kofe haqida ma’lumot va yana qiziqqon savollari bilan band qiladi.
Qaysidir mavzuda yordam so’rashingiz ham
mumkin. Beminnat javob beradi.
Mavzuni mustahkamlashda yaxshigan ko’makchi va bilmaganlaringizni tezda atroflicha tushuntirib beradi. Hozircha faqat ingliz tilida sinab ko’rdim(balki faqat ingliz tilida ishlar🤷🏻♀️)
#🎈
Tik tok doim kerakli narsalani oldimdan chiqarganidek bu safar she’r o’qishni boshlabsan deb she’r o’qiydigan yigit, qizlarni videolarini birdaniga chiqarishni boshladi. Ulardan:
1. powerhouseofthecel (eng yoqqani)
2. whitneyhansonpoetry (she’riy to’plami bor)
3. disgraceful_rose (o’zi yozgan she’rlarini o’qib beradi)
#🎈
Kutubxonaga juda serqatnovman. Bugun darsdan chalg’ish uchun hind tilidagi kitoblarni oldiga borgan edim. Asqad Muxtorni hind tiliga tarjima qilingan asarini topib oldim. Ko’rib juda suyundim.
ps. Dam olishim ham foydali kechadiyey😆
#🎈
- Janob Krip Vani boshqaruvingizda nimalar bo’lyapti?
- Siz boshqaryapsiz men shunchaki qonun bilan o’ynayapman.
- Unda biror narsa qiling. O’yin boshidayoq tugasin.
- Agarda saylovda halol odamlar yutishganida bormi, biz kabilar allaqachon ishidan ayrilgan bo’lar edi. Bu haqiqat janob. Barcha sizni olqishlashga keladi. Ovoz berishga kelmaydi. Shunday bo’lgan va shundayligicha qoladi. Buni unutmang janob Ruh Nath.
- Aytishlaricha, ertaga saylov kuni boshlanar ekan. Boshqa saylov kunlaridan farq qilmaydi albatta. Aholining yarmi rasmiy dam olish kunining yarmini shaxsiy dam olishga aylantiradi. Bhauning odamlari turli hududlardan odamlarni yig’ib, saylov uchastkasiga olib kelishadi va u yerda gumashtalari yordamida tashviqot boshlaydi. Sizni qo’llaydigan tumanlarda turli sun’iy to’siqlar paydo qilishadi. Uzundan uzoq navbatlar hosil qilinadi. Odamlar begonalar nomidan ham ovoz beraverishadi. Xalq uchun ko’p narsa qildingiz. Odamlar sizni eslashadi. Lekin Bahuga ovoz berishadi. Doim shunday bo’lib kelgan. Buni hech ham o’zgartira olmaymiz.
🎞️ Bezovta ruh 2
ps. to’g’ridan-to’g’ri tarjima esa Ruh Nathning qaytishi 2 (hindiyni o’rganyapman axir😅)
#🎈
Mening yozgi ta’tilim homiysi - HDRezka.co
hdrezka - kel, tuni bilan uxlamaymiz😉
#🎈
Bir nimalar qilib o’tirib, Interview warm-up’ni topib oldim. O’zingiz istagan industry’ni tanlab olasiz. Ishga aloqador savollar beradi. Javob berganingizdan so’ng darhol javoblaringizni transkripsiya qiladi. Bergan pointlaringizga feedback beradi. Ishga aloqador terminlar bilan ham tanishtiradi. Interview yozma yoki og’izaki bo’lishini o’zingiz tanlaysiz. *Balandroq gapiring. Meni “referred” so’zimni “and” deb eshitdi. Men Cybersecurity’ni tanladim. Tadaam: men bir vaqtlar shu sohada master’s degree qilaman degandim (๑•ૅૄ•๑)
Va ayni damda umid qilamanki, meni intervyuyim qoniqarli chiqmaydi)
Umuman olganda isinib olish uchun qulay va tekin intervyu.
#🎈
Ibrat Farzandlari tomonidan Youtubeda bir qancha til darsliklari qo’yilib borilyapti. Noldan boshlab yangi tillarni tekinga o’rganishingiz mumkin😍
𖤐Men ham hindiyni aynan shu video darsliklar orqali o’rganyapman. Faqat talaffuz uchun haqiqiy til egasiga murojaat qilyapman.
Bir qarab ko’ringchi, sizga yoqadigan va o’rganishni reja qilgan tilingiz ham bor ekanmi?)
👇🏻
ibratfarzandlari" rel="nofollow">https://youtube.com/@ibratfarzandlari
#🎈
O’zini sevish va ego orasida katta farq bor. Hurmat qilish va xudbinlik deb tushunib olsa ham bo’ladi.
#🎈
Bolalar adabiyotini juda yaxshi ko’raman. O’zim uchun ham har safar yangi so’z, so’zlashuv uslubi, rangli tasvirlar, kreativ ijodiy ishlarni kashf qilaman. Ayniqsa, jiyanlarimga o’qib bergan paytimda bolalar muloqatga kirishib, yangi dunyoqarashga ega bo’lishlarini ko’rib qanchalar bolalar uchun kitob muhimligini tushunaman. Jiyanlarimni rus tilini tushunishi kitoblar borasidagi yutug’i. Lekin o’zbek tilida bu kitoblarni yetarli emasligi esa uyatli holat. Bolajon xalqning bolalar adabiyoti uzun javonda terilib turmaydi. Bir burchakda qisinib, oldiga boshqa adabiyotlar taxlangan holda turadi.
Bugun dugonamning qizalog’iga reja qilmagan holda kitoblar sotib oldim. Undan tashqari ham ajoyib kitoblar bor ekan.(📍Books a million)
Menga ko’proq “Книжный мир”dagi bolalar adabiyot, o’smirlar adabiyoti qatori juda yoqadi.
#🎈
Har damda umrdan nafas o’tadi,
Bir qiyo boqquncha yitib ketadi!
Uyquda o’tganday o’tdi ellik yil,
Qolgan besh kun umr qayg’usin qilgil.
Ishni bitirmagan uyatda qolur,
Karvon nog’orasidan ortda qolur.
Yo’lovchining tonggi shirin uyqusi
Mazilga yetishga to’siq bo’lg’usi.
Kim bu yerga keldi, bir bino soldi,
O’zi jo’nab ketdi, o’zgaga qoldi.
Birovlar qilsa ham shuningdek havas,
Imorat bitmadi, bitmadi nafas,
Vafosiz dunyoga dil berma zinhor,
Hech kimga do’st bo’lmas charxi kajraftor.
O’ladi shubhasiz, yaxshi ham yomon,
Baxtlidur yaxshi nom qoldirgan inson.
Tiriksan, go’ringga gullar ekib qol,
Keyin qo’zg’almoqqa qolmagay majol.
Davron oftobu umr huddi qor,
Tiriksan, mag’rurlik qilmagil zinhor.
Puling yo’q, bozorda nima qilasan,
Qo’rqaman sallangdan ajrab kelasan.
Kimki o’z hosilin xom yeb tugatar,
Kuz kuni xirmondan mashoqlar terar.
“Guliston” Sa’diy Sheroziy
Aslida ikki jinsni ajratish gender stereotiplari va diskriminatsiya keltirib chiqaradigan biroz eskirgan tajriba.
Bunday vaziyatlarda jamiyat fikri hisobga olinishi kerak. Men ayollar va o’zimni qulayligimdan kelib chiqib yozdim.
#🎈
Jamoat transportlarida bolalarga ham joy berishni o'rganishimiz kerak. O'zidan katta portfeli bilan men o'tirib u turib ketishini hech hazm qilolmayman. O'quvchi ukam,singlim kel deb chaqirib o'tkazib qo'yaman. O'qib, yugurib ham jismonan ham aqliy mehnat bilan charchagan bo'ladi. Nafaqat o'quvchi bolalar boshqa bolalar ham shu jumladan.
#🎈
Tik oyoqda turib dars qilish mixlanib dars qilishdan foydali.
Rasmdagi ham o’tirib ham turib dars qilish mo’ljallangan dars stoli. Oyoq tagiga kichkina mat qo’ysa bus-butun bo’ladi. Horizcha orzularim ro’yxatida turibdi. Shu stolni olaman keyin turib dars qilaman desam yil o’tib ketyapti. Kutubxonada tokcha yonida, uyda tapchandagi xontaxtada sinab ko’rdim. Miya faoliyati yaxshilanar, diqqat bir joyga jamlanar ekan. Uyqu kelishi esa nolga tenglashadi.
Siz ham sinab ko’ring🧍🏻
#🎈
Yoz uchun 3 oylik tarjima kursida o’qiyapman(Tarjimon Mirzohid bilan) Darsda shunday savol o’rtaga tashlandi. Shaxsiy lug’atingiz, hech kimga bermagan so’zingiz bormi? (sizda ham bormi?)
O’ylaganim sari unday so’zlarim ko’pligini tushunib yetdim. Suhbatlashayotganda kundalik so’zlarini ishlatmasdan gapirsam holam ham gapimni o’rtasidan bo’lgan holda kulib “ Shu qizing nega buncha badiiy tilda gapiradi? Qattan topasan bunaqa so’zlani a?” deydilar.
Bir narsa kitob so’zlarimni boyitsa boyitganki, lekin kitobdan avval ham ajnabiy so’zlarni bilar edim. Chunki men juda ko’p g’azallarni kuyga solingani, maqom, milliy qo’shiqlarni eshitib, eski kino va eski dublayj qilingan kinolarni ko’p ko’rar edim. Onamdan ham ajoyib so’zlarni terib olardim. Qaysi so’zni so’rasam javob bera oladilar.
✍🏻Endi esa she’rlarni nasriyga o’girib boshlaganimdan beri ichimdagi so’zlarim qaynab chiqyapti.(Shuning uchun kanalim borligi esimga tushib yana yozyapman)Adabiyot go’zalda baribir. Sarxushman dastidan.
#🎈