avidadeifeekkhan | Unsorted

Telegram-канал avidadeifeekkhan - a vida de Ifeekkhan

-

Student lifestyle&Study skills Books&Book reviews Ifeekkhan's daily life✨🎈 t.me/Ifeekkhan_connectbot @kitobees

Subscribe to a channel

a vida de Ifeekkhan

Kalizeyda “dengiz janglari” tomoshalari o’tkazilgan. Qani bo’lsa yana borib ko’rsak🤩

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Commencement ceremony🎓

07.12.2024
#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Ummumiy 5 yilim uvoli🎓

Yeojuda birinchi bo’lib, podkursda o’qidim. Yaqin do’st va singil topdim. O’qishga qabul qilindim. Do’stlarni koniga kirdim. Oltinlarini qazib aynan men o’qiydigan guruhga taqdim qilishdi. Bizda bor yo’g’i xotiralar qoldi. Birga o’tkazgan kunlarimiz, imtihonlarga uxlamasdan tayyorlanib chiqqanimiz, 30tadan 28ta topsak ham yig’laganimizni eslasam yig’i aralash kulaman. Shunday ruhda o’qiganimiz uchun hech qachon ortga qaraganimda afsuslanmayman. Doim bir-birimizni qo’llab quvvatlaydigan, yordamini ayamaydigan guruh bo’ldik. Yangi talaba qo’shilsa, imtihonga shunday tayyorlanishimizni ko’rib boshida “voy-booov” degan bo’lsa, ikki kunda o’zi ham muhitni tuzog’iga kirib, qattiq tayyorlanishni boshlardi.

Doim sizlab, 7 qavat ko’rpachaga yana to’riga bir-birimizni chiqarardik. Xato qilganda esa achchiq gapirib uzvolardik. Hech ham bir-birimizga qovoq-tumshuq qilmadik. Urshmadik, talashmadik. Sog’lom raqobat qilish qiyin bo’lsa-da, bildirmay, netmay amalladik. Qizlar o’qiydigan chiqdi. Universitetni bitirmaguncha ikki kishini aytmaganda turmushga chiqmadik. Boshimizni silab “kallalilar” guruhi dedik. Ajoyib guruh bilan 4 yil birga yo’qchilikda, to’qchilikda yashaganimdan Allohdan minnatdorman.
Ustozlarimizga esa alohida rahmat. Mehnatlarini samarasini bitirmasimizdan ko’ra olishdi. Har qanday vaziyatda hatto to’ying bo’lsa ham o’sha kuni ertalab darsga kelgin deb, darsda uxlab qolsak, “turib yurib kel” yoki “turib tingla. uxlab qolmaysan” degan. Turmushga chiqsangiz, to’yingiz kuni “bu meni o’quvchim” deb sudrab olib ketaman. Birinchi o’qing deb qo’rqitishgani uchun rahmat. Men hali ham turmush qurmadim🤣

Koreys professorlarimizdan nafaqat til, adabiyotni balki har qanday holat uchun madaniyatni kashf qildik. Odobnoma, o’qish kitoblarini qayta ochdik. Ular shunchaki kulib, ikkita konfet hadiya qilgani uchun-mi, bilmadim aytganlarini qilishni boshladik. Men mana shular uchun minnatdorman.Bu Universitetdagi 5 yillik umrim uchun roziman!

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Bugun uyda urush bo’ladi. Ruhan tayyorlanyapman. Bechora 3 ta yangi kitobim uyga qanday kirish yo’llarini puxta rejalashtirgan deb umid qilaman🗡️

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

hayot meni sinashda davom etmoqda. ishga kelishda va ketishda dietadaligimni doim aytardim-a!

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Ertaga student blogini student hayotidagi oxirgi imtihoni bo’ladi.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Eng sevgan shoiringiz va sevgan she’ringiz qaysi?

Mening sevimli shoirim Sa’diy Sheroziy. Go’zal eshitilsin mening sevimli she’rim yo’q)

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

*Hayitlarila moro bo’sin bolala🥳

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Qachondir, qayerdandir kelib chiqqan urf-odat qachondir, qayerdadir kimdir tomonidan yakun topadi. Uning o’rniga yangicha “hamma shunday qilyapti” degan urf paydo bo’ladi. Kimdir o’ylab topgan ahmoqona ulug’lash, xo’ja ko’rsinlik, mol parastlik qachon qon-qonimizga singib ketishga ulgurdi?

Aslida bunday harakatlar qashshoq ahvolda yashaydigan to’dalarda ko’p kuzatiladi. Ham ma’nan ham moddiy bo’lsin. Buni buzmoqchi bo’lgan odam esa ota-onadan boshqa do’st yo’q degan uqtiruvlarga tayangan holda kelgan farzandni ostonadan uloqtiradi. Uni birinchi ular itaradi.

Har zamonda yangicha tendensiyani qabul qilish oson kechmagan. Lekin nega endi qayishqoqlik sendan biroz oldin tug’ilganliklari sabab ko’rsatilishi kerak.

Ko’r-ko’rona ergashilgan bu poda odatlari bilan kurashguncha soching oqaradi. Agar eplasang. Eplolmasang kelajak uchun zug’m qiluvchi yana bittaga ko’paygani qoladi. Negaki, tuyg’ulari, istaklari ko’milgan insonlarning ko’p qismi istar-istmas holda bir xil kitobni yozadi.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

АЁЛ

Жавоб кутмай соғиндим, севдим,
Зори бўлдим, зўрим бўлди у.
Маликамсан, қулингман девдим,
Хожа бўлдим, чўрим бўлди у.

Мансур Жумаев

/channel/dilgamaktublar

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Beanie modelidagi bosh kiyimi

120.000 so’m
.
‎♡⃕Griin.aa

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

bunchalar qiyin koreys tilini o’zbek tilida tushuntirish ㅠㅠ

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Xo’sh, hisob-kitob daptarini ochamiz endi)

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Turk kino, seriallarida juda ham hissiyotlar bo’rtirib yuboriladi. Ssenariylarini esa qaysi holatda yozishadi bilmadim-ku, lekin odamlar yeya oladi. Qabul qila oladi. Olqishlay oladi. Jamiyat mana shunday kinolarga loyiq ekan-da deyman bir chetda. Hazm qilolganini ko’rib. Lekin zalvorlilari yo’q emas. Ammo ularni tayin-tuturug’i yo’q seriallari borligi o’rnini bosib ketadi.

Bosh roldagi jabrlanuvchi rolidagi aktrisa yoqqani tufayli “Ne Gemiler Yaktım” serialini boshlagan edim.

Narsisizm va ikki ayolni bir-biriga dastak bo’lishi mavzusini ochib berishmoqchi bo’lishgan. Narsisizmni ham sog’lom darajasi bor. Bu yigitda patologikmi yoki onasidan o’tgan irsiymi yo psixmi?! Negaki, onasi ham narsist ayol. Bola esa ba’zida o’zini boshqara oladi. Uni ustiga aqlli va mug’ombir. Lekin onasi Ona rozi, Hudo rozi deganidan so’ng birdan tusini o’zgartiradi. Bolasini kaliti onasini qo’lida. Qayerga burasa o’sha yerga qarab yuradi.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Narniyani 30-dekabr boshlagan edim. Bir o’tirishda qiziq ekanligidan 135 bet o’qib qo’yibman. Betlar soni 1-yanvardan hisobga olinganligi uchun endi qolgan 67 beti hisobga kiradi.

Hozircha poyga uchun fentizi, komikslarni reja qilib turibman. Takliflar bo’lsa ayting. Istasangiz siz ham qo’shiling.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/Z-eG8if5xoQ?si=TuLU_e1CO1pAjcxg

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Katta bo’lishni xohlayman deganda shu narsani hisobga olmagan ekanman😭😭

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Universitetni bitirganingizdan so‘ng hayot boshlanadi

Agarda shu gapni kimdandir eshitgan bo‘lsangiz mutlaqo to‘g‘ri gapni aytishgan. Dars qilish, imtihonga tayyorlanish hiqildog‘ingizga kelib darsdan qochishni istaysiz. Lekin mana shu holat uchun shukr qiling.

Hah, men shu yil universitetni bitirdim. Diplomni iyulda berishadi. Haqiqatdan tezroq tugashini istaganim uchun ba’zan yig‘lagim keladi. 

Ish qidirishdan ko‘ra o‘qishda vazifa berilganda “ey, ertaga qilaman” degan yaxshiroq. O‘qiyotgan vaqtingizda bir necha narsalar bo‘yningizda bo‘lmaydi. Pul, tashvish, balans, shaxsiy rivojlanish. 

Hali ham universitetni bitirmagan bo‘lsangiz ko‘proq o‘zingizga fokus qarating. Ishda bu narsalarga ko‘p vaqt ajrata olmaysiz. Faqatgina ajrata olmayotganingizni o‘ylash bilan vaqt o‘tkazasiz.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Bu degani istasam istamasam ham endi aktivlikka o’taman degani)

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Bolalarcha muhabbat quyidagicha qoidaga tayanadi: “Sevganlari uchun men ham sevaman”. Yetuk muhabbat negizi esa: “Sevganim uchun meni sevadilar”. Dumbul muhabbat aqidasi esa quyidagicha: “Menga zarur-kerakli bo’lganing uchun sevaman”.

Yetuk muhabbat negizi: “Seni sevaman, shu bois menga keraksan”.

Erix Fromm “Sevgi san’ati”

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Meni auram komiksni quvlaydi yoki u bizni jamoaga qo’shilgisi kelaveradi))

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/4HqS1vKsZ1c?si=fKePoctH4UkhsiAA

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

yuh bee, sana geliyorum gülüm 🏳️

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Nega bunday deb yozishimga majburlagan ekan bular?!😂

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Airpods uchun ᶜᴬˢᴱ ◡̈⃝ ❤︎⸒⸒⸒
.
25.000 so’m
plyush ipdan 🧶
.
Griin.aa ‎♡⃕

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Griin.aa - “green” - [griin] ya’ni yashil. “aa” esa koreys tilidan olingan bo’lib, biror kimsa yoki hayvonni chaqirayotganda qo’shib aytiladi.

*misol uchun bizga tanish bo’lgan koreys ismi Yu Jin. serialda uni har safar chaqirayotganda Yu Jinaa deb aytib chaqiriladi~~

‎ ⋰˚yashil rangi menga juda yoqqani sababli “Griin.aa” deb nomladim.

☃︎❆ - qorboboning rangi yashil bo’lmasa ham Griin.aa bo’lganligim sababli sevimli qorboboyimni yashil rangga bo’yadim.

‎♡⃕ Griin.aa

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Narniya - 67bet
Frankenshteyn - 269bet
Men ham jurnalist bo’laman - 45bet
Siddhartha - 17bet
Mazaxchini o’ldirish - 26bet
Ayrilmas er - 42bet

Umumiy 466bet

Men yutdim.

#🎈

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

https://youtu.be/LPTKcovO2X0?si=05vLYRb73n83qg-J

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

Qatnashishni istaganlar @ifeekkhan profiliga kunlik, haftalik, oylik bet sonlarini jo’natsangiz bo’ladi. Natijalarni har kuni /channel/Reality_called kanaliga qo’yib boraman.

Yutganga uch martta Barakallo aytamiz👏🏻

Читать полностью…

a vida de Ifeekkhan

1-yanvardan 1-fevralgacha @shisha_bino bilan poyga uyushtirdik⚡️

Poyga kitob doirasida bo’lib o’tadi. Nechtadir kitob o’qiganimiz haqida emas, balki necha bet kitob o’qiganimiz hisobga olinadi. 2-fevral kuni betlar soni qo’shiladi va solishtiriladi. Kim yutgani aniqlanadi.

Bunday poyga uchun og’ir kitob tanlash o’rniga yengil hazm bo’ladigan kitob tanlagan ma’qul.

#🎈

Читать полностью…
Subscribe to a channel