azizrakhimov_blog | Unsorted

Telegram-канал azizrakhimov_blog - Aziz Rahimov

49329

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Subscribe to a channel

Aziz Rahimov

Hammasi bizniki emas

Odam ortga qaraydi, 50 yil to’liq yashadim deb o’ylaydi.

Aslida 10 yil o’z hayoti, 40 yil boshqalarni hayotini yashagan bo’ladi. (Vicarious living)

Boshqalarning storieslarini ko’rganimizda ularning hayotini yashayapmiz.

Serial ko’rayotganimizda boshqalarning hayotini yashayapmiz. (O’ylab topilgan odamlarning).

O’yin o’ynayotganda personajlarning hayotini yashayapmiz.

O’yin o’ynayotganlarni tomosha qilganda, boshqalar hayotini yashayotganlarning hayotini yashayapmiz.

Butun umr sarflab o’n xonali uy qurdingiz. Oxirida bilsayiz bittasigina o’zingiz uchun ekan. Alam qiladi.

Yashashga kelganda buni sezmay qolamiz.

Yana 10 daqiqa deymiz, soatlarga ulanib ketadi.

O’zimizdan qizg’onamiz (tafakkur, ilm, oila, do’stlar, deep work)

Boshqalarga berib yuboramiz.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Tushunish

O’qidi degan tushundi degani emas. O’qidi degani.

Gapirib bera olsa, tushunadi degani emas. Biladi degani.

O’z so’zlari bilan yozib bersa olsa — tushunadi degani.

Ekspertlarga qarang, yozganini mazza qilib o’qiysiz.

Oson so’zlar bilan tushuntirib beradi.

Bilmaganini yozadiganlarga qarang, ustidan kulib o’qiysiz.

Terminlari ko’p bo’lsa ham tushunmaysiz, uyalmaslik uchun tushunmaganingizni aytmaysiz.

Bilgan odam o’rgatolmaydi, chunki sizni darajangizga soddalashtira olmaydi.

Tushungan odamga yosh bolaga ham, buvisiga ham, mushugiga ham tushuntira oladi. Sodda matnda ham tushuntira oladi.

Biron nimani tushunishingizni tekshirib ko’rmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

Biron nimani tushunmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Bizni kuzatishyapti

Yostiqqa qornim bilan yotdim. Ketidan o’g’lim ham yotdi.

Kitobni ochib qarab turdim, o’yinchoqlarini tashlab, qarash uchun keldi.

Zinadan (liftni tashlab) chiqishni boshladim, atrofimdagilar ham boshlashdi.

Foydali ish qilganiimizda faqat o’zimizga foyda bermayapmiz.

Bizni kuzatayotganlarga signal beramiz.

Shunday ham qilish mumkinligini bildirib qo’yamiz.

Bu teskari tomonga ham ishlaydi.

Baqirib: “Darsda telefon o’ynama” deganimizda, telefon o’ynamaslikni o’rgatmadik. Baqirish mumkinligini o’rgatdik.

Har bir ishimiz ovozsiz da'vat.

Gapimizdan ta’sirliroq da'vat.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Muhim narsalarni bilamiz

1,5 yoshli o’g’lim bilan gaplashish va ko’p narsalarni o’rganishni boshladik.

O’ylab qoldim.

Odam hayotida kerakli hamma qoidalarni maktabga chiqqunicha o’rganib bo’lar ekan.

Soddaroq tilda faqat.

Biron nima oldingmi, joyiga qo’yib qo’y.

Yaqinlaringni hafa qilma.

Kech uxlama.

Qiziq va foydalimi? Qilaver.

Ko’chaga chiqib aylanib tur.

Shirinlik yema, mevadan ol.

Youtube ko’rma, kitob o’qi (yoki kitobga qarab tur).

Demak muammo bilmasligimizda emas.

Muammo amal qilmasligimizda.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Noqulay suhbatlar

“Yo’q” degandan ko’ra, telefon ko’tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko’ra, boshqalarga aytib yuramiz.

Xafaligimizni aytmaymiz, yana xafaligimizni sezmaganiga xafa bo’lamiz.

O’zi bilan gaplashib olgandan ko’ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o’zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo’lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo’ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo’lishi unga foydali bo’lishi mumkinligini bilmaymiz.

Men tanigan eng kuchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi.

Savollarini ochiq berishadi. Tanqidlarni ochiq olishadi.

Noqulay suhbatlar - hayot haqiqati. Hech qayerga qochib keta olmaysiz. Yoki o’zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o’zingiz bilan.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Yozish uchun maslahatlar

Bo’sh sahifadan boshlash eng qiyini. Birinchi gapni yozib oling, qolgani ulanib ketadi.

Nimani o’qishar ekan deb yozmang, o’zingizga qiziq bo’lsa yozing.

Tiniq yozish uchun tiniq fikrlash kerak. Tiniq fikrlash uchun ko’p yozish kerak.

Boshida, yozganlaringiz o’zingizga yoqmaydi. Keyin o’zingizga yoqadi, boshqalarga yoqmaydi. Oxirida hammaga yoqishni boshlaydi. Shu bosqichlardan o’tish uchun doimiy yozish kerak.

Yozilgan ma’lumotning foydalilik belgisi — saqlashlar soni. 2% dan yuqori bo’lishi yaxshi belgi.

Odam soniga kamligiga e'tibor bermang. Yozganlaringiz kimlarga qanday ta'sir qilishini oldindan bilmaysiz. Sizga foydali bo'lgan narsani yozgan bo'lsangiz, yana kimdur aniq foyda oladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Nega reklama chiqarmaysiz

Botga savol kelib qoldi.

Nega reklama chiqarmaysiz?

Blogdan maqsadni ko’p aytganman:

Qiziqarli odamlar bilan tanishish,

Jamoaga chaqirish,

Birga loyihalar qilish.

Shu kungacha blogdan 10 dan ortiq iqtidorlarni topdim.

Tabiiyki meni qiziqtirayotgan odam boshqalarni ham qiziqtiradi.

Ularga talab katta bo’ladi.

Talab katta bo’lishiga sabab:

Iqtidor + vaqtdan samarali foydalanish.

Vaqtidan samarali foydalanadigan odam bekorchi bloglarda o’tirmaydi,

Vaqtini bekorga sarflagisi kelmaydi.

Chiqib ketishi uchun 2-3 ta befoyda reklama yetarli bo’lishi mumkin.

Fursatdan foydalanib iqtidor qidirishda davom etamiz:

Bizga (Iftixor maktabimiz uchun) odamlar bilan ishlashga qiziqadigan.

Mentor sifatida ularni o’stiradigan.

Yangi kelganlarni kompaniyaga moslashtiradigan HR kerak.

O’qituvchilik, psixologlik yoki HR tajribasi bo’lsa yana yaxshi.

Ariza qoldirish.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Kitob o’qimaslik sababi

Odamlar o’qimasligim dangasaligimdan deydi.

Men qo’shilmayman.

Kitob deganda — zerikarli matnni tushunib qolgansiz xolos.

Maktab va universitetlarda qiziqarli kitoblar o’qitishmaydi.

Dasturda borini o’qitishadi.

Kitoblar muammoingizni yechib tursa qiziq bo’ladi.

Dunyoqarashni kengaytirsa qiziq bo’ladi.

Berishgani uchun o’qimang.

Borligi uchun o’qimang.

O’qish uchun o’qimang.

Qiziq bo’lgani uchun o’qing.

Kitob sizga qiziqligining belgilari:

Ikki bet o’qiganingizda so’zlar sizni ushlab oladi.

O’qib turganda qo’ldan tushira olmaysiz.

Olingan bilimlarni qayerda qo’llashni aniq tasavvur qilasiz.

Dangasaman demang.

Qiziq kitoblar uchratmadim deng.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Hayot marjasi

Ko’pchilik topadigan pulim muhim deb o’ylaydi.

Ortib qoladigani muhimroq.

Ortib qolgan pul, marja - foyda deyiladi

Hayot sifatiga marja ko’proq ta’sir qiladi

Rivojlanishga, investitsiyaga, sayohatga aynan shu pullar ketadi.

Oyiga 1000 so’m topib, 800 harajat qiladigan odam, oyligini 20% ga oshirsa marjasi (foydasi) ikki barobar oshadi.

200 -> 400

Muammo shundaki, daromad oshganda odam harajatini ham oshiradi.

Ba’zan daromadi oshishi eshitsa bo’ldi, harajatini oshiradi.

Ba’zan atrofdagilari oshirsa, daromadi oshmasa ham oshiradi.

Men bilgan yechim oddiy:

Xarajatlarni yozib borish.

O’lchashni o’zi ko’p narsani ortiqchaligi ko’rsatib qo’yadi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Tan olishlik tanqid bilan ham bo’ladi

NY times Jordan Bellfort (Wolf of wall street) haqida tanqidiy maqola chiqaradi.

Ertasi kunidan u bilan ishlash uchun brokerlar navbat kutishadi.

1976 yilda Rokki filmini tanqidlarga ko’mib tashlashadi.

Hamma qiziqib kinoga tushadi.

Film Stalloneni mashhur qiladi.

Trumpning tandiqchilari 2015 - yilda tinmay ustidan kulishadi.

Ismi ko’p takrorlangach, Tramp reytingni oshib, favoritlarga chiqib oladi.

Shvedlar qilgan ishi ham shunday.

Qarshi kurashish ham da'vat.

Jiddiylikni tan olish.

E’tiborga tushganlik belgisi.

Natija uzoq kuttirmadi.

Shvetsiyada “Quron”ga qiziqish bir hafta ichida 500%ga oshgan.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

O'sha payt bilmaganman

Ortga qaraysiz

Yuzlab xatolar qilgansiz,

Xatoligi aniqku? Nega qilgandim shu ishni?

Urushib qo’yasiz o’zingizni.

Urushmang.

Hech kim qilib turgan ishini noto’g’ri demaydi.

Qilayotgan payti to’g’ri tuyuladi.

Bilim keladi,

Tajriba olinadi,

Maslahat eshitiladi.

Vaqt o’tib xatoligi ko’rinadi.

“Hindsight bias” tufayli xatoligi oldindan ma’lumdek tuyuladi.

Qaror esda turadi, qabul qilingan vaziyat va yangi bilimlar esdan chiqadi.

Shayton bundan foydalanadi.

Ichki ovoz bilan depressiyaga soladi.

Harakatsiz qilib qo’yadi.

Keyingi safar ichki ovoz tushkunlikka tushurmoqchi bo’lganida,

Unga Allohning va’dasini eslating (39:53).

Va

O’sha payt bilmaganman, to’g’ri deb o’ylaganman deb ayting.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Bir dona mashina

Tasavvur qiling.

Otangiz sizga mashina sovg’a qildi.

Faqat sharti bor.

Umringizni oxirigacha boshqasiga almashtira olmaysiz.

Bu mashinani olganda,

Ehtiyot bo’lib haydaysiz,

Duch kegan yo’llardan yurmaysiz,

Yaxshi benzin va moy quyasiz,

Bekorchilikka haydamaysiz.

Aslida tasavvur qilish shart emas

Umrimiz, tanamizni boshqasiga almashtira olmaymiz.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Eng muhim kurash

Talabaligimda eng muhim kurash — bu raqobat, eng zo’ri bo’lish uchun kurash deb o’ylardim.

Birinchi ishga kirganimda -- boshqalarni fikri bilan kurashish, uni o’zgaritish deb o’ylardim.

Eng muhim kurash — o’zim bilan ekan.

Nafsim bilan, noto’g’ri fikrlarim va niyatim bilan, shaytonim bilan.

Kurash har kuni erta tongda bo’ladi deb o’ylardim,

Har daqiqa, har bir so’z, har bir ishdan oldin ekan.

Ilm olsam, yutishim osonlashadi deb o’yladim,

Yutqazishim ham osonlashar ekan.

Solih insonlar bilan tanishdim,

Ular ham shu kurashda ekan.

Ba’zan mag’lub, ko’pincha g’olib ekan.

Ustozlar oldiga bordim,

Dardimni aytdim,

Yutish yo’qligini,

Bu kurash o’limgacha davom etishini tushunib yetdim.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Tanqid

Qilayotgan ishing daraxt bo’lsa, tanqid bu — suv

Sifatli tanqid — sifatli suv

Tanqidni so’rab yuraman

Kamchiligimni aytadiganlarni yaxshi ko’raman

Qayerda nima xato qildim?

Merit maktablarida nimani noto'g'ri qildik?

Blogda nimalarni adashib yozib yubordim?

@Aziz_Rahimov_Bot ga yozing

Hammasiga o'qib javob beraman

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Oldinga o'tib ketasan

Tengdoshing ko’proq pul topyapti

O’rtog’ing o’qishga kirdi, sen esa yo’q

Ota-onang tinmay tanishining “yaxshiroq” farzandi bilan solishtiryapti

Sendan kichkinalar ham ancha ish qilib qo’yayapti

Ular oldinda, sen esa orqadasan xuddi

To’xtamay o’zingni solishtirayapsan

Siqilyapsan

-Nimani xato qildim?

-Bilmadim

Hammada har xil

Lekin, senga savollarim bor

Tahajjudga turib necha marta Allohdan yordam so’rading?

8 soatlik ish vaqtining necha soatida rostdan ham ishlading?

O’qishing shart bo’lgan kitoblarni nechtasini o’qiding?

Bilganingni nechi foiziga amal qilding?

-Shularni qilsam oldinga o’tib ketamanmi?

-Shularni qilsang oldinga o’tib ketasan

Yoki

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Xotirjam emassiz

O’ylaganingizdek gapirmaysiz.

Gapirganingizni qilmaysiz.

Qilganingizni oqibatlariga turib bermaysiz.

Yana nega xotirjamlik kutasiz?

Xotirjamlik = xavotirdan xolislik degani.

Xavotir olasiz, chunki bilasiz:

Yoki gapingiz, yoki harakatingiz, yoki sabringiz pand berib qo’yadi.

Xotirjamlik qidirmang.

O’ylaringiz, gapingiz, harakatlaringiz orasida moslik (integrity) qidiring.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Jim turish

Suhbatlarimni kuzatdim.

Gaplarimni 40 foizini gapirmasam ham ishim bitar ekan.

Ba’zi gaplar (maqsadsiz savollar, yangiliklar, odamlar muhokamasi) jim turmaslik uchun gapirilishini tushundim.

Maqsadsiz savollar berilganda, maqsadlilarining qadri tushishini ko’rdim.

Yangiliklar gaplashilganda, vaqt bekor ketishini ko’rdim.

Odamlar gaplashilganda, g’iybat boshlanishini ko’rdim.

Biron gapni gapirmaganim uchun hali afsuslanmadim.

Gapirganim uchun ko’p afsuslandim.

Gapira olish san’at deb yurardim.

Jim tura olish kattaroq san’at ekan.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Muallifga vaqt

Kuzatgim keladigan kanallar juda ko’p.

O’qigim keladigan mualliflar ham.

Kontent ko’p, vaqt oz.

Zo’r layfxak topib oldim.

Telegramda kuzatadiganlarim 70 ta.

Twitterda 30, Youtube - 10

Yangi odam qo’shmoqchi bo’lsam, bittasidan chiqishim kerak. (One in, one out)

Demak qo’shadiganim chiqaradiganimdan foydali bo’ladi.

Vaqtim ham ko’p ketmaydi, foydani ham maksimal olaman.

100ta muallifni chala kuzatgandan, 10ta zo’r muallifni to’liq kuzatish menga foydaliroq.

Bu xuddi 20 ta uzoq o’rtog’ingga emas, 2ta do’stingga vaqt ajratishga o’xshaydi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Oxiriga yetkazish

Bir yarim yil oldin kindleda kitob o’qishni boshladim.

Har bir kitobni, qancha odam, qayerigacha o’qigan haqida ma’lumot olsa bo’ladi.

Kitoblarning tugatilish foiziga hayron qoldim.

O’ta foydali kitoblarni ham (Morgan Housel, Taleb) 28% odam oxirigacha o’qigan.

Boshqa kitoblarda ko’rsatgich undan ham past.

Hayolimga fikr kelib qoldi:

Online kurslarni 3% odam oxirigacha o’qiydi. *

Beginner larning 20%i IELTSgacha boradi. **

Blog, podcastlarning 90%i 10-songa yetib bormaydi. ***

Ko’pchilik erishmagan natijalarga chiqish uchun, ko’pchilik qilmagan ishlarni qilish kerak.

Demak,

Tugatilmaydigan ishlar davrida eng katta muvaffaqiyat = bir ishni qilaman deyish va oxirigacha tugatib qo’yish.

Shuni o’zi sizni 90% odamlardan oldinda qilib qo’yadi.
-------

*EdSurge, pullik kurslarda 25-40%
**Merit statistikasi 2017-2020
*** Convertkit, Musicoomph 2019

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Shovqin va bilim

Yuzminglab obunachisi bor yangiliklar kanaliga kirib qoldim. Shu hafta chiqqan yangiliklar qiziq. Qolgani zerikarli. Eski yangiliklar hech kimga kerak emas. Yozgan odamga ham.

Yozilgan narsaning umri bir hafta.

1000 ta obunachisi bor kichkina blogga kirib qoldim. O’qiganlarini bo’lishib borarkan. Hamma eski postlarini o’qib chiqdim. Bir tonna foyda oldim.

Qo’shni davlatda nima bo’lganini bilganim bilim emas. Bilimning muddati 1 haftada o’tib qolmaydi.

Harakatimni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan narsa bilim.

Hech qayerda ishlata olmasam - men bilim olmadim. Shovqinga aldandim. Baland gapirgani uchun, hamma yerdan gapirgani uchun qaradim.

Yangilik o’qimang. U bilish illuziyasini beradi.

Eskirmaydigan postlarni o’qing. Olingan bilimlar o’zgartiradi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Muammolar

Yaxshi ish topa olmayapman.

Uylanishga tayinlik qiz yo’q.

Jamoada meni qadrlashmaydi.

Ota-onam meni tushunmaydi.

Topgan pulim yetmayapti.

Muammolar ichida yurilganda hammasi katta bo’lib ko’rinadi.

Kecha gaplashib o’tirgan yaqining o’lib qolganida,

Kecha yashab turgan uying zilzilada yo’q bo’lib ketganida,

Qolgan hamma muammolar atomdan ham kichikligini tushunib yetasan.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Siqilishdan o’zgarishgacha

Birinchi bosqich:

Odamlardagi kamchiliklarni ko’rardim. Ba’zilariga e’tibor bermasdim. Ba’zilari asabimga tegardi. Siqilardim. Ayblardim. Qanday qilib shunday yashash mumkinligiga tushunmasdim.

Ikkinchi bosqich:

Kamchiliklarni yo’qotish uchun maslahatlar berdim. Ba’zilar qabul qildi, xursand bo’ldi. Ko’pchilik xafa bo’ldi, o’zini oqladi, talashib ketdi.

Uchinchi bosqich:

Gapirmay qo’ydim. Odamlarda xatolar bo’lishini qabul qildim. Kamchiliklar asabimga tegsa ham bildirmadim.

To’rtinchi bosqich:

Asabimga tegayotgan kamchiliklarga e’tibor berdim. Ular o’zimda ham bor ekan. Boshqalarni o’zimdagi kamchiliklarni topish uchun oyna qilib ishlatishni boshladim. O’zgarishim tezlashdi. Siqilmay qo’ydim.

Odam o’zidagi kamchilikni boshqa odamda ko’rganda asabiylashadi. Yechim ikkita:

1. Shunday kamchiligi bor insonlardan uzoqda yurish (ehhe, good luck with that).
2. Oynadan foydalanib o’zini to’g’rilashni boshlash.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Ro’yxat

Yigitlar uylanishdan avval talablar ro’yxatini tuzishadi.

Qizlar talabdagisi uchramaguncha tegmay turishadi.

Talabdagi odam bilan turmush qurishning eng tez yo’li bor:

Kutilayotgan xislatlar ro’yxati tuziladi:

Odobli,

Ko’p o’qiydigan,

Eshitadigan,

Qori(ya)



Huddi shu ro’yxat bo’yicha o’zimizda shu xislatlar rivojlantiriladi.

Kutiladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Kurash

Yaxshi go’ya, yozib qo’yish kerak.

Oy oxiri, to’lovlar kelib qoldi.

Oldimdagi tez harakat qilarkan.

Boshqalarga ham aytishim kerak.

Do’stim yordam beradi, ishonaman.

Nima qilsam ekan shu holatda?

Nega shu g’oyalar boshqa payt kelmaydi?

Assalomu alaykum va rohmatulloh.

Assalomu alaykum va rohmatulloh.

Hayollar tugadi.

Shaytonning borligiga bundan ortiq dalil kerakmi?

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Harakatning ovozi baland

Va’dani bajarish muhim deyman,

Kech qolaman.

Ilmda foyda ko’p deyman,

Kitob o’qimayman.

Vaqtni asrash kerak deyman,

Kino ko’rib yotaman.

Gapimga qarash kerakmi?

Harakatimgami?

Harakatimga.

Gaplar o’zimniki bo’lmasligi mumkin,

Harakatlarim o’zimniki.

Ishni qilib qo’yaman.

Sababini keyin topaman.

Teskarisi emas.

Gap quruq deyilishi bekorga emas.

Gapga kuchni harakat beradi.

Harakatning ovozi baland.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Chang’idan maqsad

Birinchi marta chang’i uchganimda,

Maqsad — finishga tez yetib olish deb o’ylardim.

Professionallar biladi,

Tez yetib olish emas,

Yo’l tugab qolgunicha chiroyli burilishlar qilish — maqsad.

Jarayondan zavqlanish — maqsad.

Qolgan narsalar ham shunday.

Farzand katta qilib, uzatib yuborish maqsad emas,

Har bir kulgusidan mazza qilish — maqsad.

Biznes qurib boyib ketish maqsad emas,

Jamoa bilan birga o’sish — maqsad.

Yuzta kitob tugatish maqsad emas.

Kitob o’qishni o’zi maqsad.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Tanqidiy fikrlash

Ma’lumot ko’p.

Maslahat ko’p.

Ba’zilari bir-biriga teskari.

Kimga ishonishni bilmaysiz.

Bunda eng keraklisi tanqidiy fikrlash.

Tanqidiy fikrlashni bugundan boshlash mumkin.

Shu postdan keyin ham boshlash mumkin.

Buning uchun oddiy savollarni berishni boshlash yetadi:

1. Nima maqsad bor bu yerda?

2. Aslida shuni teskarisi bo’lsachi?

3. Manbaasi qayerda buni?

Manba topillgach esa yana boshidan 1,2,3

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Muhim odamlar

Hamkasblaring kim bo’lishi o’ta muhim.

Nima ish qilishingdan muhimroq.

Qancha pul topishingdan muhimroq.

Hamkasblaring bilan ota-onangdan ko’proq vaqt o’tkazasan.

Farzandlaringdan ham.

Do’stlaringdan ham (hamkasbing do’sting bo’lsa omading kelibdi)

Ular nimani muhim deb bilishi,

Qay darajada tez o’rganishi,

Turli sohalarda bildirgan fikrlari,

Ozginadan keyin seniki bo’lib qolganini bilmay qolasan.

O’zing o’xshaging keladigan odamlar bilan ishla

Birga ishlamagan bo’lganingda ham, gaplashadigan odamlaring bilan ishla


@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

Bir

Tahajjudga turishga kuchli imon kerak

Imoni kuchli odam orqada qolayotgan bo’lsa ham hotirjam bo’ladi

Hammasi reja bo’yicha ketayotganini biladi

Ikki

80% odam sakkiz soatlik ish vaqtining to’rt soatidagina ishlaydi*

To’liq ishlashlik bilan ikki barobar samaraliroq bo’lasan

Yoningdagilardan ajralib, o’tib ketishni boshlaysan

O’zing esa o’tish haqida o’ylamay qo’yasan

Vaqting bo’lmaydi, o’ylashga

Uch

Kunlik qilayotgan har bir ishing haqida kitob o’qiding

Dining, nafsing, ishing, munosabatlar, ovqatlanish va hattoki uxlash haqida ham

Uchta kitob seni sohadagi 97% odamdan ajratib qo’yadi

Dunyoqarashing kengayib, poyga faqat pulda emasligini ko’rasan

Sog’liqda, savobda, hotirjamlikda, fikrlashdagi poygalar ko’rinmasligini sezasan

Faqat bittagina poygada o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

To’rt

Imoning va ilming oshdi

Amallaring orqada qolayotganini sezasan

Boshqalar bir chetda turib tursin

Amalingni ilmingga yetkazish poygasi

Haqiqiy poyga ekanligini tushunib yetasan

——————

Kechagi postning oxirgi gapiga izoh

*Amerika statistikasi, Den Kennedy — No B.S. Management

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Abdulloh 2 yil avval Merit Schoolni tizimlashtirishga yordam bergani kelgandi

O’tgan oy Merit schoolda operatsion direktor bo’ldi

To’g’ri qurilgan tizim katta kuchligini shu ikki yilda ko’rdim

Endi esa o’zi yaxshi tushungan narsa: tizim qurish va nocode dasturlash bo’yicha kurs boshladi

1 oyda yaxshigina kasbli bo’lish imkoniyati

Eng yaxshi bitiruvchini o’zimiz ishga olamiz

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…
Subscribe to a channel