azizrakhimov_blog | Unsorted

Telegram-канал azizrakhimov_blog - Aziz Rahimov

49329

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Subscribe to a channel

Aziz Rahimov

Oʻrtadagilar bemalol ketadi.

Avtobusda yurganimda konduktor baqirib qolardi: “oʻrtasi boʻsh, oʻrtasiga oʻtinglar.”

Yoʻlovchilar chiqib, eshik oldiga turib olishardi. Eshik oldi tiqilinch, oʻrtadagilar bemalol ketardi.

Professionallik ham shunga oʻxshaydi. Boshi tiqilinch. Oʻrtasi bemalol.

Ishni endi boshlaganingizda, hamma raqobatchi, hamma shu ishni qilayotgandek koʻrinadi.

Bir yil ustingizda ishlab, davom etsangiz sohadagi 90% dan oʻtib ketasiz. Raqobatchi yoʻqligi hayron qoldiradi.

98% odamlar ishini yo’qotmaslik darajadasida oʻz ustida ishlaydi. Uyogʻiga yurmaydi.

Kitob, kurs, ustoz, tajriba. Ustingizda ishlang. Professional boʻling. Boshqa yo’l yo’q.

Chunki

Tiqilinchda koʻp tursangiz ishlagingiz kelmay qoladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Rejadagi kabi bo’ladi

Ingliz tili bilishimni sezib qoldi. “-O’g’limni o’qitib bering”. Shu iltimos bilan til o’qitishim boshlanib ketdi. Bitta darsim narxi 20 000 so’m edi. Yillar o’tib bu tajriba o’z o’quv markazim, keyin Meritga ulanib ketdi.

Markazimiz binosini buzib tashlashdi. Ikki haftada ko’chishimiz kerak edi. Ko’chib o’tgan binoimiz egasi maktab ochilishiga katta sababchi bo’ldi.
Uch yilda maktab eng katta tarmoqqa aylandi.

Blogni o’zim uchun yozib yurardim. 100 ta obunachi bor edi. Avval Abdusattor reklama qilib berdi. Keyin Muhammadjon do’stim tanitib berdi. Blog orqali yuzlab nodir insonlar bilan tanishdim.

Bunday voqealar sizda ham o’nlab topiladi. Reja qilmaganingiz, rejangizdan oshib o’tadi. Fanda serendipity deyishadi. Sodda qilib, omad, rizq desa ham bo’ladi.

Yana o’sha gap.

Ishlar ba’zan rejangiz kabi ketmayotgan bo’ladi.

Shunday holatda vaqtni bekor sarflamang. Havotir olmang. Hammasi the Reja dagi kabi bo’ladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

U bilan yurgan ishsiz qoladi

Yo‘lidan siqib qo‘ydim. Jahl bilan kela boshladi. Kulib qaradim. Uzr dedim. Hayron qoldi. Uyalib qaytib ketdi. 

“Dada nima uchun shu qo‘pol, jahldor mijozingizga advokatlik qilasiz, yaqin do‘stingiz Grant McFadden bilan ishlasangiz bo‘ladiku?”

So‘radi yoshgina Charlie Manger dadasidan. 

“Aytayotgan odaming doim huquqiy muammolarga kirib yuradi. Do‘stim Grant xushmuomala va muammolarini tez hal qiladi. U bilan yurgan advokat ishsiz qoladi.” 

Qo‘pol bo‘lsangiz yaqinlaringiz uzoqlashadi. Jahl qilsangiz xatolaringiz ko‘payadi. 

Oddiy uzrlar millionlik ishlarni hal qiladi. Oddiy muomala dushmanlarni do‘st qiladi. 

Og'ir vaziyatlarda chiroyli axloq ko'rsatish qiyin, tushunaman. Siz ham tushuning, chiroyli axloq yo'qligi og'ir vaziyatlarni ko'paytiradi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

G’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.

Yoshlar kuniga 2,5 soat tarmoqda. 4 soat o’yinlar bilan. 3 soat televizor oldida.

Uxlashga qancha ketsa, isrofga ham shuncha ketyapti.

Vaqt rezinka emas, isrof ko’paymoqdami, nimadir kamayyapti.

Kitob, yurish, o’ylash, yozish, to’liq ishlash- qirilib ketish oldida turgan birinchi nomzodlar.

Qirilish arafasidagilar qizil kitobga kiradi. Qizil kitobdagilarni qidirishadi, asrashadi, katta haq to’lashadi.

Vaqtni isrof qilish bugungidan osonroq bo’lmagan.

Qadrli bo’lish ham bugungidan osonroq bo’lmagan.

Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Sababchi siz bo’ling

Ertalabki olti. Ko’cha bo’sh. Kameralar yo’q. Baribir svetoforning qizil chirog’ida to’xtadi. Orqasidan men ham to’xtadim.

Endi har kuni ertalab to’xtab o’tyapman. Yo’lda boshqa mashina bo’lsa, meni ko’rib u ham to’xtayapti.

Bir kun ichida odatim o’zgardi. Namuna ko’rganim, yuz marta eshitganimdan ko’proq ta’sir qildi.

Tavsiya - o’zgarmoqchi bo’lsangiz muhitni o’zgartiring emas. Buni hamma biladi.

To’g’ri harakatlarimiz, boshqalarning to’g’ri harakatiga sabab bo’ladi.

Yaxshiroq muhit izlab yuramiz, biz ham boshqalar uchun muhitmiz.

O’zimiz bilan kurashda yutishimiz, boshqalarning yutishiga ilhom beradi.

Turing. Erinmang. Halol bo’ling. Aldamang. Boshqalarni o’zgarishini kutib o’tirmang. O’zgarishlariga sababchi siz bo’ling.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Oʻzingizdan ayamang

Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning koʻpini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.

Maqsadini soʻradim. Javob bermadi. Iqtidorini soʻradim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.

Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida koʻproq bilib boryapmiz. Oʻzimiz haqimizda kamroq bilib boryapmiz.

Hammada befoyda yangiliklarga toʻlgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.

Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.

Oʻzimiz bilan butun umr qoladigan oʻzimizdan ayaymiz.

Oʻzingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yoʻq.

Qorongʻi xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.

Vaqtni bergandan vaqt ayamang.

Oʻzingizniki boʻlgan vaqtni oʻzingizdan ayamang.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Arziydigan ish toping

Uyga ketyapsiz. To’xtab daraxtga qaradingiz. Keyin qiziqib tepadagi bannerni tomosha qildingiz.

Tagida turgan mashinani oldida to’xtab uni ham tomosha qildingiz. Yonidagi skameyka, simyog’och, axlat qutisi…

Bittasidan ikkinchisiga o’tib kunni yarmini bekor sarflab yubordingiz. G’alati-ku, hayotta hech ham bo’lmaydigan voqea.

Hech kim uyiga ketish yo’lida chalg’ib yarim kunini yo’q qilib yubormaydi.

O’rtaga bitta smartfon qo’shsa hammasi joyiga tushadi. Bitta videodan ikkinchisiga sakrab yarim kunini yo’q qilganlar yuzlab topiladi.

Daraxt bizni manzilga yetishimizdan to’sib qola olmaydi. To’syaptimi, demak manzil aniq emas.

Chalg’iyotgan paytda telefonni ayblash oson. Chalg’imaslikka arziydigan ish toping. Bu ancha qiyinroq.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Tarafimizni ko’rsatib qo’yamiz.

Kimgadir duoning o'zi dangasalikdek ko'rinar. Duo bizning ishimiz, ijobati emas.

Kimlardir boykot ishlamaydi deb o'ylar. Boykot befarqmaslik belgisi, eng mukammal kurash emas.

Kimgadir bir yarim million kamdek tuyular. Pul kimgaligi muhim, miqdori emas.

Qilayotgan ishlarimiz kichik tuyulaveradi. Aslida katta bo’lsin, kichik bo’lsin ishlarimiz bizniki emas.

Chumoli olovni o’chira olmasligini bilar edi. Ishlarni faqatgina natijaga borish uchun qilmaymiz.

Ishlarimiz bilan qaysi tarafdaligimizni ko’rsatib qo’yamiz.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

“Bu yerda hamma darslar bo’lar ekan. O’qishimizga to’g’ri keladi shekilli.”

“Farzandimni nima qildingiz? Umuman dars qilmasdi. Hozir boshini ko’tarmayapti.”

“Ustoz men endi tushundim nima uchun o’qishim kerakligini. Vaqtim bekor ketgan ekan.”

Iqtidorli ustoz qalblarga ta’sir qiladi. Cho’g’ni olovlantiradi.

Rahimov school jamoasi iqtidorlarni qidirishda davom etadi.

Ishini sevadigan professional pedagog bo’lsangiz sizda jamoamizga qo’shilish imkoni bor.

Qiziqqan bo’lsangiz so’rovnomani to’ldiring.

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Yutaman deb yutqazish

Oldimdagi mashina sekin yurayotgandi. Sekundlar yutaman dedim, oshib o’taman dedim. Yo’l sirpanchiq edi. Boshqaruvni yo’qotib, yo’l chetidagi mashinani borib urdim.

Yarim kun ovora bo’ldim. Bitta mashinaning puli ketdi.

Ikki barobar ko’p topaman deydi. Sabr qilmaydi. Sekin yo’lni xohlamaydi. Risk oladi. Qarzga botadi.

Qizilda to’xtamayman deydi. 45 sekund yutaman deydi. Jarimadan soatlar, avtohalokatdan kunlar yutqazadi.

Kitob o’qimayman, maslahat olmayman, soatlarim yetmaydi deydi. O’zi tushunib yetguncha yillar yutqazadi.

Qiziqishimni qidirmayman, zo’r joyga tayyorlanmayman, vaqtim yo’q deydi. Noto’g’ri yo’lda umrini yarmini sarflab qo’yadi.

O’tirib tafakkur qilmaydi. Vaqtim yo’q deydi. Tafakkur qilmagani uchun vaqtini qayerga ketayotganini ham bilmaydi.

Shoshmang. Sabr qiling. Maslahatlashing.

Daqiqalar yutaman deb kunlarni boy bermang.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Yonmas edik

Ko’zlarim ko’rmasdi. Doim orqa qatorda o’tirardim. Menga e’tibor berishmasdi.

Do’stlarim yo’q edi. Hayotimda ma’no ko’rmasdim. O’zimni yo’qdek his qilardim.

Bir kuni sinfxonamizda sichqon ovozi eshitilib qoldi. Hamma qo’rqib ketdi. O’qituvchimiz tinchlantirdi:

-Bolalar jim bo’lamiz. Sinfxonada sichqon bor. Biz uni topishimiz kerak. Uni topishda bizga Stivi yordam beradi. Uning qulog’i hammadan yaxshi eshitadi!

Bu gaplar menga tok urgandek ta’sir qildi. Men kerakmanmi? Iqtidorim bormi? Sichqonni qayerdaligi topdim. Hamma qarsak chaldi. O’sha kundan men boshqa inson bo’ldim.

3-sinfidagi bitta maqtovi sabab hayoti o’zgargan bu bolakay Stivi Vonder edi. Kambag’al oila, kambag’al maktab, ko’zlari ko’rmas, qora tanli bolakay, bir marta maqtaldi. Yillar o’tib musiqasini yuz millionlab odam eshitadigan qo’shiqchi bo’ldi.

Ustozlar cho’g’ni olovga aylantiruvchi insonlar. Siz bo’lmasangiz yonmas edik. Ta’lim va tarbiyangiz uchun ming bora rahmat. Bayramingiz muborak.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

15 qadam

Piyodalar yo’lagidan ketyapman. 15 qadam tejash uchun chimni ustidan yurib tashlashgan. Tuproqli, qisqaroq yo’lak paydo bo’lib qolgan.

Uzun yo’ldan to’g’ri yurish
yoki
kesib chiqish, qisqartirish.

Shu tanlov doim oldimizdan chiqaveradi:

Ilm, tajriba orttirib, loyiq holda ishga kirish yoki qo’ng’iroq va iltimoslarni ishlatish.

Chuqur, tizimli, ustoz bilan ilm olish yoki videoda eshitganimizni ilm deb yurish.

Mutaxassis bo’lib, ustimizda ishlab, vaqt o’tib yaxshi pul topish yoki tez pul olib keladigan “тема”larni qidirib yurish.

Kasbimizni aniqlab, yo’nalish tanlab, tayyorlanib imtihonli universitetlarga topshirish yoki diplom “sotadigan” universitetlarga borish.

Qisqa yo’l o’ziga rom qiladi. “Meni tanla” deydi. Chimni ustidan kesib o’tganlar biladi, qisqa yo’l oyoqni chang yoki loy qiladi.

Qiyin bo’lsa ham uzun yo’lni tanlaganlar biladi:

Yetib borish yoki g’oliblik maqsad emas.

Yo’lni o’zi maqsad bo’ladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qoyillatib qo’ying

-Bu klubga qo’shilishingiz kerak Aziz aka.

-Nega?

-Ilm olasiz.

-Ilm olish yo’llari ko’p.

-Network qilasiz. Mana bu va mana bunday odamlar bilan tanishasiz.

-Nima qilaman tanishib?

-Iye, hamma ular bilan tanishishni orzu qiladi. Bekorchi vaqti kam. Ko’p ish qilib qo’ygan odamlar. Ular sizni tanishi faqat plyus bo’ladi.

-Yaxshi g’oya berdingiz.

-Qanday g’oya?

-Ko’p ish qilib qo’ygan, bekorchi vaqti kam odam bo’lish g’oyasi.

-Ho’p, klubga qo’shilasizmi?

-Yo’q. Yuqoridagi odam bo’lish uchun ishlash kerak. Klub esa vaqtimni oladi.

-Imkoniyatni boy beryapsiz aka

-Ishingizni qoyillatib qo’ying. Imkoniyatlar kelaveradi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Boshqalarga yo’l bo’lsin

Qattiq gapirib tashladim. Jahl qilib xafa qilib qo’ydim.

O’tirib o’yladim.

Nega jahl qildim? Qila olganim uchun. Kuchsiz deb o’ylaganim uchun.

Kuchsizlarni himoya qilishim kerakmasmidi? Yordam berishim kerakmasmidi?

Nega shu hayollar jahldan avval kelmadi?

Shoshdim. Tez xulosa qildim.

Nega shoshdim? Miya energiya tejashni xohlaydi. O’ziga kelgan birinchi xulosani olsam deydi.

Men shu xulosani olib jahl qildim. Ortiqcha energiya sarflashdan qochdim.

Energiya tejayman deb yana qanday xatolar qilayotgan ekanman, qiziq?

Shunga o’xshash xatolar kuniga o’nlab bo’ladi. O’tirib tahlil qilaman desam kunlarim yetmasa kerak.

Shunaqa paytlarda o’ylab qolaman:

O’zimda shuncha kamchilik turganda, boshqalarniki kavlashga vaqt qayerdan kelsin?

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

O’ynashni xohlamay qolish

Yoshligimizda sims, counter strike, dota o’yinlarini o’ynardim. O’yinlarning qiziq tarafi sinovlarni yengib, yutuqlar olinardi. Shu joyi qiziq va hayotga o’xshab ketardi.

O’yin qiyinlashib ketganda ba’zida chitkodlar terardim. Kodlar oson o’ldirish imkoni (counter strike, dota) yoki ko’p pul berardi (sims, dota).

Kod terilganidan keyin o’yin zerikarli bo’lib qolardi. Yutishingizni bilasiz. O’ynashga sabab qolmasdi. Yangi o’yin boshlardim yoki o’yinni ataylab qiyinlashtirardim.

Ba’zida hayotda ham chitkodlar xohlab qolamiz. Muammolarimiz bittada hal bo’lsa, xohishlarimizga bittada erishsak deymiz. Yaxshiyam hayotda hammada chitkodlar yo’q.

Ba’zilarga chitkod imkoni keladi (katta omad, lotoreya, katta tanish), ba’zilar esa chitkod bilan tug’iladi. Ularning hayotiga ichkaridan qarang. Umuman havas qila olmaysiz.

O’yin(hayot)da eng yomon narsa - qiyinchiliklar emas. Eng yomon narsa o’ynashni (yashashni) xohlamay qolish.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Bittaga ham gapirardingiz

Ko’chada turibsiz. Gapirishni boshladingiz. Yigirmata odam kelib eshitishni boshladi. Xursand bo’lasiz.

Yuzta bo’lib ketsa hayajon bosadi. Ikki yuzta bo’lsa nega shuncha odam eshitayotganiga hayron qolasiz.

Bittaga ham, yuztaga ham gapirishga bir xil vaqt ketadi. Foydasi karrasiga farq qiladi.

Blog boshlang. Bu ham ko’pchlikka gapirishga o’xshaydi.

Odam kam deb siqilmang. Ko’chada ikki yuztaga hayronmiz, onlaynda beparvomiz. Har bir kuzatuvchini ko’chada eshitib turgan odamdek tasavvur qiling.

Bittadan ko’p bo’lsa yutuqdasiz. Bittaga ham gapirardingiz.

O’zi boshida obunachini umuman o’ylamang.

Blog yurgazishda obunachisi kamlar yutqazmaydi. Blogi yo’qlar yutqazadi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

30 yoshga kirasiz. Oilangiz, farzandingiz bor. Kuchingiz avvalgidek emas. Vaqtingiz avvalgidek emas.

Do’ppini qo’yib, o’tirib o’ylaysiz:

Nimani xato qildim? Nega yoshlik bir pasda o’tib ketdi?

Bor vaqtingizni ajratib, oxirigacha birgamiz degan ulfatlaringiz - o’z hayoti bilan bo’lib ketdi.

Kechalaringizni sarflagan serial, futbollaringiz - ishingizda ham, daromadingizda ham befoyda bo’lib chiqdi.

O’yinlarda yutganlaringiz, hayotda yutishingizga yordam bermadi.

Yoshlikda vaqtlari ko’p bekor ketganiga afsusda edilar Hasanxon Yahyo

Bekor o’tgan daqiqalariga(!) achingandilar Yusuf Qarzoviy.

Biz ham ustozlardan hoziroq o’rganib, vaqtimizni tejashni boshlashimiz mumkin.

Yoki

Vaqtni uvol qilib, o’ttizga kirib, boshimiz devorga urilishini kutishimiz mumkin.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Boshqalardan baxtliroq

Bolalar bilan o’ynab o’tiribman. Qo’lida 4ta o’yinchog’i bor. Baribir singlisini qo’lidagini xohlayapti.

Yana ikkita berdim, singlisidagi bittani olib qo’yayapti.

O’zidagi emas, boshqadagi ko’rinyapti.

Baxtli bo’lishni xohlasak maqsadga oson erishardik. Biz boshqalardan baxtliroq bo’lishni istaymiz, shu uchun ham erisha olmaymiz degandi Monten 5 asr avval.

Instagram davrida hayotidan norozilar ko’paydi. O’z hayoti deb emas, o’zgalar hayoti deb.

“Nega menda yo’q bu o’yinchoqlar?”

Bir yoshli bolaning ishlari kattalarniki bilan bir xilligi, bolaga ta’rif bermaydi. Kattalarga ta’rif beradi.

Atrofimiz, katta ko’ringani bilan katta bo’lmaganlarga to’laligini ko’rsatadi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qiynalmaysiz

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.

Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qanday gaplashamiz?

Eshitib tushunish tezligi ±250 (ta so’z/daqiqasiga)

Gapirish tezligi ±125.

O’qish tezligi ±300

Yozish tezligi ±70 (Qo’lda ±25)

Xulosalar:

1. Video/podkastlarni 2x tezlashtirsa bo’ladi. Tushunaverasiz. Boshida tezlashtirib qiynalasiz. O’rganib qolsangiz, sekin bo’lganida qiynalasiz. Shu sababdan videolarni live ko’rmayman. Tugab bo’lgach tezlashtirib ko’raman.

2. Bitta materialni eshitish 30 daqiqa, 2x tezlashtirsa - 15 daqiqa, o’qish - 13 daqiqa. O’qib o’rganish eng samarali usul.

3. Audio xabar o’rniga yozma xabar jo’natish - o’z vaqtidan ko’proq ketsa ham, xabar oluvchini vaqtini tejash.

4. Yozish sekinroq va chuqurroq o’ylashga majbur qiladi. Qo’lda yozish o’ylashning eng sekin va samarali usuli.

5. Qo’lda yozilgan xatlar - eng qadrli xatlar. Bir daqiqada o'qilgan xat, o'n daqiqa yozilgan bo'ladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Yaxshi ajdod bo’lasiz.

“Buvingiz yaxshi o’qituvchi edilar. Maktabingiz yomon bo’lmasa kerak. Farzandimni beraman.”

Vafot etganlariga yigirma yildan oshgan buvim - hali ham yordam bermoqdalar.

O’qituvchilik qilishda umuman ikkilanmayman. Buvim muallim, onam muallim. Ishlarini yaxshi qilishlari meni ham yaxshiroq ishlashga targ’ib qiladi.

Qilayotgan ishim o’zimga foydali, gunohlarim o’zimgagina zarar deb o’ylaymiz. Nafaqat ota-onamizga, avlodlarimizga ham ta’sir qilishini o’ylab ko’rmaymiz.

Kun keladi, yaxshiliklaringizni kimdir farzandingizga aytib beradi. Kun keladi yomonliklaringizdan nevaralaringiz qizarib yuradi.

O’zingizni qutqaring. Avlodlaringizni qutqarasiz. Yaxshi inson bo’ling, yaxshi ajdod bo’lasiz.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Boshidan o’tkazgan yaxshi

Besh yil oldin ta’sir qilmagan maqol, iqtiboslar hozir ta’sir qilyapti.

Oldin hikmatlarni o’qib o’tib ketardim, hozir yig’latyapti.

Matn o’zgarmagan. Men o’zgardim. Yozilganlarning ko’pini boshimdan o’tkazdim.

Yaqinlar o’limi, xiyonat, chorasizlik, safar.

O’qishning o’zi o’zgarishga yetmaydi, yashash kerak. Yashashning o’zi o’zgarishga yetmaydi, uni taftishlash ham kerak.

Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi deyishadi.

Ming marta o’qigandan bir marta boshidan o’tkazgan yaxshi deyman men.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Ishonib ketavermang

Googleda Threat analysis group bo’linmasi bor. Qog’ozda dezinformatsiya bilan kurashish uchun ochilgan.

Amalda esa o’z fikriga qo’shilmaganlarga bosim o’tkazish bilan shug’ullanadi.

2023-yil 3-kvartal uchun hisobotida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O’zbek tilida qo’llab quvvatlagani uchun 22 ta kanalni Youtubedan o’chirib yuborganini yozgan.

Yomonlovchi kontent bo'lsa algoritmlar uni trendga chiqarib yuboradi.

Yomonlasangiz mayli, maqtasangiz mumkin emas.

Viktor Orban aytayotganidek G’arbda 1984 yaqinlashyapti. So’z erkinligi umuman qolmadi.

Tanqidiy fikrlashni kuchaytiring. Birinchi ko’rgan va o’qiganingizga ishonib ketavermang.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Yana qanday shikoyatlar bor?

Atrofdan shikoyat qilib shaxsiy xabarlarimga yozib qolishadi. Ularga Roman Aranin hikoyasini aytib bergim keladi.

Ishini 90-yillarda Olma-otada o’yinchoq tarqatishdan boshlaydi. Shahardagi eng katta diller darajasiga chiqadi.

Kaliningradga ko’chib borib santexnika va gulqog’oz savdosini boshlaydi.

Ekstremal sportni yaxshi ko’rganidan 44 yoshida paraplandan yiqilib, umurtqasini sindiradi.

Yuzi va ko’zlaridan boshqa hech qayeri ishlamay qoladi.

Sog’ligi ortidan biznesi va pullarini yo’qotadi.

Yillar davomida krovatga mixlanib yotadi. Gapira oladigan darajagacha keladi.

$10 000 qarz olib o’zi yuradigan nogironlar kreslosini modelini yasaydi.

Model o’xshagach ekstremal kreslolar ishlab chiqaruvchi Observer brendini ishga tushuradi. Hozirda kompaniya aylanmasi $73 000 000.

Roman Aranin nogiron holida ham tog’ cho’qqilarga chiqishda davom etyapti. (Rasmda)

Yana qanday shikoyatlar bor?

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Mimetik xohishlar

Ovqat tanlaydigan bilan yurib qoldim. Men ham tanlashni boshladim.

Qornini to’ydirsa - hisob bo’lgan bilan yurdim. Tanlamay qo’ydim.

Hamkasbimni yaxshi ishlari ochilib qoldi. Yaxshi ishlarni ko’paytirishni xohlab qoldim.

Kiyimlar olaman degandi, meni ham olgim kelib qoldi.

Mimetik xohishlarni o’qigandim. O’zimda ko’rdim. Xohishlar yuqadi. Maqsadlar yuqadi.

Xohishlarni nazorat qiling. Atrofdagilar ta'sirlanadi.

Atrofingizni filtr qiling. Uning xohishi, maqsadlari siznikiga aylanadi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Asabiy baxtlilar

Birinchi rasm eng baxtli davlatlar reytingi.

Ikkinchisi eng ko’p antidepressant ichuvchi davlatlar reytingi.

Ikkaloviga qaragan odam bir xillikni ko’rib hayron bo’ladi:

Eng baxtlilar, qanday qilib ham eng asabiy?

Anne Lembke "Dopamine Nation" kitobida yozadi: Baxt va og’riq doim balansda yuradi.
Hayot yaxshilashgani sari, oddiy narsalar yoqmay qoladigan bo’lib qoladi.

Qiyin hayotda yashayotganlar, kichkina narsalardan ham xursand bo’lishadi.

Kuzatuvlarim ham shuni tasdiqlaydi:

Restoranda ovqati sovuqroq kelganiga janjal qilgan to’qlar. To’yib ovqatlangani uchun bir kun xursand yurgan ochlar.

Odam qay darajada bo’lmasin o’zida yo’q narsalarni ko’raveradi. Baxt oshib bormaydi.

O’sha eski gap: Baxtning 99% qismi - tom, non va sog’liq. Qolgani bonus, zaruriyat emas.

Buni o’qiyotganlarda tom va nondan muammo yo’q.

Sog’ odam mingta narsani xohlaydi. Kasal odam bitta narsani xohlaydi.

Baxtli bo’lish niyatida o’zingizda yo’q narsalarni (pul, mashhurlik, sayohat) o’ylayverib,

O’zingizda bor baxt elementini (sog’liq) yo’qotib qo’ymang.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Ma’no izlab

Youtubedagi kliplari millardlab ko’rilgan. Konsertlari stadionlarni to’ldirgan. Qo’shiqlari 100 million$ dan ko’proq pul keltirgan. (Chester, Bennington, linkin park)

Komediya, TV, Kinofilm yo’nalishlarining hammasida muvaffaqiyatga erishgan. Gremmi, Oltin Globus, Emmi Sovrinlarini olgan. Butun dunyo taniydigan aktyor bo’lgan. (Robin Williams)

35-yoshida Peru Prezidenti bo’lgan. Partiyasi tarixida prezident bo’lgan yagona odam. Prezidentlik paytida davlati iqtisodini Xitoynikidan ham tez o’stirgan. Kambag’allikni ikki barobar kamaytirgan. (Alan Garcia)

5-yil Janubiy koreya prezidenti bo’lgan. Koreya wonini kuchli valyutaga aylantirgan. Davlatni dunyoning 10-iqtisodi darajasiga olib chiqqan. Boshqaruvdan keyin fermerlik qilgan, blog yozgan. (Roh Moo-Hyun)

Eng boy davlatda tug’ilgan. 21-yoshida butun dunyoga DJ (Avicii) sifatida tanilgan. Ijodi o’nlab xalqaro reytinglarda birinchi o’rinlardan tushmay kelgan. Dunyo bo’ylab uning musiqasi qo’yilmaydigan klublar qolmagan. (Tim Bergling)

Aslida ro’yxat uzun. Cho’zmayman. Tepadagi odamlarni nima birlashtirib turadi?

Ular hammasi yaqin yillarda o’z joniga qasd qilishgan.

Hayotni mazali qiladigan narsa yutuqlar emas, ma’no. Muvaffaqiyat quvlamang, ma’no quvlang.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Kichik sanamang

Ko’prikdan tushib kelish 15 daqiqalik tirbandlik.

Tirbandlikka sabab - ikkita haydovchi bir birini qirib qo’ygan. Kim haqligini hal qilishyapti. Yo’lni o’rtasida.

Ular hal qilyapti. Yuzlab odam vaqt yo’qotyapti. Kech qolyapti.

Qanday katta tirbandlik hosil qilishganini sezishmayapti. Jahli chiqqan haydovchilarga hayron qarab qo’yishyapti.

Ko’p ishlarda xuddi shunday bo’ladi.

Mebelchi ishini kechiktiradi. Nima qilibdi? deydi. Hamma mebelchilarga ishonch tushayotganini sezmaydi.

O’qituvchi darsga tayyorlanmay keladi. Bolalarga jahl qiladi. Bitta fan nimani hal qiladi? deb O’ylaydi. Bola butun umr shu fanni yomon ko’rib qolishini bilmaydi.

O’zbek chetda yurib qonun buzadi. Oddiy holdek qaraydi. Boshqa o’zbeklarga ham munosabat o’zgarishini tushunmaydi.

Hech bir ishni kichik sanamang. Katta ishlar kichik ishlardan boshlanadi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Ulg’ayish payti keldi

Eshikni taqillatib gazdan, svetdan kelishardi. Bizga qarab: Kattalarni chaqir deyishardi.

Bilishardi, yosh bola bilan hech nimani hal qilib bo’lmaydi.

Maktabda bola xato qilsa, ota-onasini chaqirishardi.

Bilishardi, yosh bola qilgan ishiga o’zi javob berolmaydi. Boladan ko’proq ota-onasi uyalardi.

18 yoshdan haydashga, nikohlanishga, chetga mustaqil chiqishga ruxsat berishadi. Bu huquqiy kattalik xolos. Hamma har xil katta bo’ladi.

Hayotda kimdir 30da ham yosh bola ekanligini, kimdir esa 15 yoshida katta bo’lganini ko’p ko’ramiz.

Katta bo’ldikmi yoki yo’qmi qayerdan bilamiz?

Bolalar muammo kelganda ota-onasiga yuguradi. Kattalar o’zi yechadi.

Bolalik belgisi - yoqmagan narsadan shikoyat qilishda.

Kattalik belgisi - nolimaslikda. Jim hal qilishda.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Lahzalar qadri

Nonushta qilyapman. Salatimga qaradim. Qaynatilgan makkajo’xori. Tuproq, suv, o’g’itlar yig’indisidan shirin sabzavot hosil bo’lgan.

Kimdur ekkan. Boshqasi sotgan. Uchinchi odam tashib, to’rtinchisi maydalab, aralashtirib oldimizga qo’ygan.

Go’shtga qaradim. Yuqoridagi usulda yetib kelgan jo’xorini tovuq yegan. Yegan narsasining 10% qismini mushak massasi sifatida yig’gan.

Kimdur so’yib, tozalab, muzlatib qo’ygan. Keyingi odam sotib olgan. Keyingisi pishirib oldimizga olib kelgan.

Mazali sabzavot yanada mazali go’shtga aylangan.

Sut, qaymoq, non, asal, yong’oq. Hammasini shunday tahlil qilib chiqdim. Nonushtamga qarab vaqt qanday o’tganini bilmay qoldim.

Bitta dasturxonimizda shuncha mehnat. Shunchaki mazza qildim. Nega bismillah deyishimizni tushundim.

Hayotdan zavq olishimiz uchun, sayohat, qimmat sovg’alar, ko’p pul kerak emas. Lahzalarga e’tibor yetarli.

Chunki

Lahzalarining qadriga yetmaydiganlar, butun hayotini ham qadriga yetmaydi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…
Subscribe to a channel