azizrakhimov_blog | Unsorted

Telegram-канал azizrakhimov_blog - Aziz Rahimov

49329

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov Reklama olmaymiz.

Subscribe to a channel

Aziz Rahimov

Oldinga o'tib ketasan

Tengdoshing ko’proq pul topyapti

O’rtog’ing o’qishga kirdi, sen esa yo’q

Ota-onang tinmay tanishining “yaxshiroq” farzandi bilan solishtiryapti

Sendan kichkinalar ham ancha ish qilib qo’yayapti

Ular oldinda, sen esa orqadasan xuddi

To’xtamay o’zingni solishtirayapsan

Siqilyapsan

-Nimani xato qildim?

-Bilmadim

Hammada har xil

Lekin, senga savollarim bor

Tahajjudga turib necha marta Allohdan yordam so’rading?

8 soatlik ish vaqtining necha soatida rostdan ham ishlading?

O’qishing shart bo’lgan kitoblarni nechtasini o’qiding?

Bilganingni nechi foiziga amal qilding?

-Shularni qilsam oldinga o’tib ketamanmi?

-Shularni qilsang oldinga o’tib ketasan

Yoki

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Izohlar kuchi

Post ostidagi izohlar (kommentlar) ba’zan postdan qiziqroq bo’ladi

Ba’zida izohlar yangi postlarga g’oya bo’ladi

Izohlarda qiziqishlari yaqin odamlar tanishishadi

Urishishadi

Blog reklama qilishadi

Izohlarda gaplashishning, hayotda gaplashishdan katta farqi yo’q

Har bir izoh ortida real odam turibdi

Izohlarni o’qish kerak

Izohlarni yozish kerak

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Mening kuchli tarafim nima?

So’zi o’tkir odam — yozishi, yelkasi keng odam — suzishi kerak

Iqtidoring bor ishni qilsang, qiynalmaysan, oson pul topasan, kattaroq natijalarga erishasan

Ibn Hazm aytganlaridek, Jo’xori o’sadigan joyga bug’doy ekkan odam nodondir. Yerni bekorga sarflabdi. Hech narsa ekmagan emas karl, bug’doy ekkan odam!

Lekin muammo shundaki sen o’zingni kuchli taraflaringni bilmaysan

Nafaqat sen, hech kim bilmaydi

Tez yuradigan odam o’zini tez yuraman deb o’ylamaydi, boshqalarni sekin yuradigan deb o’ylaydi

Yaxshi tinglovchi, o’zini zo’r tinglovchigini emas, boshqalarni eshita olmasligini sezadi

Iqtidor shunday narsa, egasiga ko’rinmaydi

Biror narsaga qiziqasan degani, iqtidoring bor degani emas (O’yin o’ynashu, kino ko’rishga kim qiziqmaydi?)

Iqtidor = boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi.

Shu darajada yaxshiroq chiqadiki, boshqalar buni sezishadi. Aytishadi.

Agar aytishmasa so’rash kerak

Ota-onadan

Ustozlardan

Yaqin do’stlardan

“Mening kuchli tarafim nima?” deb

Takror - takror keladigan javob iqtidorning belgisi bo’ladi

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Ijtimoiy ekperiment

Ko’chada ketyapsan

Oldingdan Elon Musk chiqib qoldi

1 daqiqa vaqting bor

Istalgan narsa so’rashing mumkin

Istalgan narsa aytishing mumkin

Nima degan bo’larding

Javob qiziq, hammasini o’qib chiqaman

Oxirida o’zimnikini maqola qilib chiqaraman

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qadriyatlar gapirilmaydi, yashaladi

“Men aldamayman, bilasan-ku”

“Qachon yolg’on gapirganimni ko’rgansan?”

Yolg’on gapirmasligini ko’p aytadiganlar — eng ko’p aldaydiganlar bo’ladi

Doim to’g’risini gapiradigan odamlar, aldamasligi haqida hammaga gapirib yurmaydi

Nega?

Chunki ular buni fazilat deb bilmaydi

Halol odam uchun halollik oddiy holat. Har kuni qiladigan ishi

Tog’riso’z odam uchun aldamaslik oddiy holat, boshqachasini bilmaydi

Oddiy ishlar bilan hech kim maqtanmaydi

Men har kuni uxlayman

Yoki

Tishimni yuvaman deb maqtanmaysan-ku?

Alohida ta’kidlab gapiryaptimi, rost gapirish bu odam uchun oddiy holat emas

Buning misoli

Bir marta Pradoga o’tirib, rasmga tushib, hammaga ko’rsatib yurgan bolaga o’xshaydi

Hayotida bunday voqea kam bo’lgani uchun alohida ko’rsatadi, maqtanadi.

Huddi shunday mantiqda:

Allohdan qo’rqishini ko’p aytadiganlar, kam qo’rqadiganlar

Qanchalar ko’p va zo’r ishlashini gapiradiganlar, kam ish qiladiganlar

Halolligini hadeb gapiraveradiganlar, halollikka kam e’tibor beradiganlar

Do’stim, jigarim deb ko’p takrorlaydiganlar, qiyinchilikda birinchi bo’lib tashlab ketadiganlar bo’ladi

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qadringni oshir

Ishga kirasan

Uzoq yillar ishlasam, qadrlab ko’tarishadi deb o’ylaysan

Unday bo’lmaydi

Xato qilmasam, oyligim oshadi deb o’ylaysan

Unday bo’lmaydi

Oylik oshishi uchun qadring oshishi kerak

Qadring oshishi uchun — qiyin ishlarni qilishing kerak

Muammolarni mustaqil hal qilish

Shikoyatlarni eshitish

Rahbarlarga takliflar berish, mas'uliyat bilan bajarish

Jamoani o’stirish, o’rgatish

Xatolaringni tan olib, ularni to’g’rilash

Bu ishlarni qilish qiyin, lekin past oylikka ishlash undan ham qiyin

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

O’rganish yagona yo’l

Bugun GPT-3 (sun’iy intellekt) bilan 3 soat suhbatlashdim

Bunday chuqur va qiziq suhbatlar menda faqat ustozlar bilan bo’lar edi

Bilim va ma’lumot farqi

Fobiyalarni davolash

Tafakkur turlari va foydalari

Miyaning magnit stimulatsiyasi

7 yoshli bolaning miyasidagi o’zgarishlar

Navoiy sherlari va yana boshqa mavzular

Haqida gaplashdik

Juda ko’p mavzularda 95% odamlardan ko’ra yaxshiroq fikr beryapti

Google endi kerak emas

Bundan tashqari GPT-3, rasm chizyapti, kod va matn yozyapti

Ishlari 80% dizayner, koder, jurnalistlardan yaxshi

Avvalari doimiy o’rganish yaxshi ish topishga sabab bo’lardi

Endi doimiy o’rganmasang ishsiz qolasan

Eh, ajoyib davrlarda yashayapmiz

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Suv sachratib ketishdi

Yomg’ir yog’di, chuqur suv bilan to’lgan

Ustidan mashina o’tib senga suv sachratib ketdi

Usting ho’l va loy, kim aybdor?

Suv ustidan sekin haydamagan befarosat haydovchimi?

Chuqurni vaqtida yopmagan yo’lchilarmi?

Yo’l sifatiga e’tibor bermagan davlatmi?

Yomg’irni ko’p yog’dirgan ob-havomi?

Balki hamma baravar aybdor

Yoki

E’tiborsiz bo’lganing uchun o’zing aybdormisan?

Aslida kim aybdorligini farqi yo’q

Boshqalarni ayblash — nasfga yoqimli, asabga zarar

O’zingni ayblash — yoqimsiz, lekin foydali

Aybdor o’zim deb bilsang — o’rganishga imkoniyat paydo bo’ladi

Har bir vaziyat o’rganish uchun imkoniyatga aylanadi

Hikmating oshadi

Chunki hikmatli kishi — o’ziga aloqasi bo’lmagan narsalar haqida o’ylamaydigan kishidir

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Ingliz tili, arab tili, dasturlash o’rganmoqchiman

Zo’r odamlar bilan tanishmoqchiman

Kitob o’qimoqchiman

Quron yodlashim kerak

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Time-management sirlari bormi?

Bir kosa ovqat bilan 4ta och kishini to’ydirsa bo’ladimi?

Iloji yo’q. Kosa hajmi o’zgarmaydi. Ozgina ovqatga odam to’ymaydi.

Yoki bir kishi to’yadi, yoki 4ta chala to’ygan odam bo’ladi.

Vaqt o’zgarmas. Cho’zilmaydi, qo’shilmaydi. Yoki bitta ishni yaxshi qilasan, yoki 4ta ishni chala.

Biror narsani qilishni boshlash uchun boshqa narsani qilishni to’xtatish kerak.

Fokus — nima qilishni emas, nima qilmaslikni tanlash.

Keyingi safar maqsad qo’yganda

Ingliz tilini o’rganaman deb qo’yma.

Vaqt topa olmaysan baribir

Kuniga 2 soat instagram o’rniga 2 soat ingliz tili o’rganaman deb qo’y.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Mashhurlar

Biror sohadagi eng mashhur odam — eng kuchlisi degani emas

Hech kim tanimaydigan olim, domlalar bor, mashhurlaridan ancha ilmi

Hech kim tanimaydigan tadbirkorlar bor, mashhur tadbirkorlardan aqlliroq, sahiyroq, tizimliroq

Hech kim tanimaydigan ustozlar bor, mashhur ustozlardan yaxshiroq dars berishadi

Mashhur bo’lishda muammo yo’q

Shunchaki, taniqli bo’lish — vaqt oladi:

Syomkalar, uchrashuv, tushlik, shogirdlar, tadbirlar, kechki ovqatlar

Qattiq mehnati ortidan taniqli bo’lgan odam, tanilib qolgach ayni shu qattiq mehnatga vaqti kamayib ketadi

Buni yuta olgan odamlar sanoqli

Seni hamma tanishi emas, hech kim tanimasligi katta imkoniyat aslida

Vaqting borida foydalanib qol

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Abdulloh 2 yil avval Merit Schoolni tizimlashtirishga yordam bergani kelgandi

O’tgan oy Merit schoolda operatsion direktor bo’ldi

To’g’ri qurilgan tizim katta kuchligini shu ikki yilda ko’rdim

Endi esa o’zi yaxshi tushungan narsa: tizim qurish va nocode dasturlash bo’yicha kurs boshladi

1 oyda yaxshigina kasbli bo’lish imkoniyati

Eng yaxshi bitiruvchini o’zimiz ishga olamiz

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Gapir

Nimadir gapirish kerak, aytmasang bo’lmaydi

Lekin gapirmaysan

O'zi tushunib yetar deb o’ylaysan

Yoki fikrimni o’qib oladi deysan

O’zi shundoq ham bilsa kerak deb o’ylaysan

Vaqtim yo’q-ku, ko’rmayaptimi?

Oyligimni oshirmaydimi, ahvolimni biladiku

Qo’pol-ku juda, nahotki sezmasa?

Oddiy narsa-ku bilmaydimi?

Yo’q, bilmaydi.

Sen uchun oddiy bo’lgan narsa kim uchundir yangi Amerika

Seni ahvolingni ham bilmaydi

Unutib qo’ygan, odamlarni o’z dardi yetarli

Odamlar yomon emas, shunchaki bilmaydi yoki unutib qo’ygan

Shuning uchun

Kimdir yoqib qoldimi, oldiga bor, ayt

Hamkasbing noto’g’ri ish qildimi, ayt

Bajara olmaysanmi, ayt

Qiynalyapsanmi, ayt

Yoqmayaptimi, ayt

Odamlar fikrlarni o’qiy oladigan darajaga chiqmadi hali (ba’zilar ishoralarni ham tushunmaydi)

Gapirmasang bilishmaydi

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Qanday yordam bera olaman?

Organizm yashab qolish uchun resurs to’plashi kerak. Biologiyada yashash uchun kurash deyishadi buni

Nafsing, shaytoning ham doim o’zingni o’ylashingni xohlaydi

Odam qaror chiqarishdan oldin, miyasining bir chetida bundan menga nima foyda? degan savol yotadi

Tanlangan ozchilikni hisobga olmasa

Ko’pchilik dunyodan nimadur olishni xohlaydi

“Shu boy nima qilib bera oladi?”

“Shu aqlli odamdan savol so’rasam edi”

“Falonchi meni shogirdlikka olsa…”

“Davlat, ishxonam, ota-onam nima qilib berarkin menga?”

Shaxsiy rivojlanish (ya’ni o’zini rivojlantirish) bo’yicha kitoblar, kurslar sanoqsiz

Boshqalarni rivojlantirish bo’yicha esa deyarli yo’q

Men unday emasman deyish oson

Lekin raqamlar aldamaydi

Kechagi so’rovda deyarli hamma nimadur so’ragan (Savol, pul, iltimos, dav’at)

Vaqti kam odam bunday narsalarga e’tibor bera olmaydi

Twitterning o’zida Maskdan kuniga minglab narsa so’rashadi

Bitta Maskdan emas, e’tiborli har qanday odamdan

Shuning uchun to’g’ri savol:

“Qanday yordam bera olaman?”

(2ta odam yozibdi shunday)

Yordam berishni xohlash kamyob

Shuning uchun qadrli, tinglashga arziydi.

Nimadur olish emas,

Nimadur berish va yaxshilik qilish yo’lini tanlar ekansan

Bu yo’lda juda kam ham odam borligiga hayron qolasan

Lekin aynan shu yo’l uzoqqa olib boradi

Muvaffaqiyat siri ham aynan shu yo’lda.

Chunki

Biz aynan shunday yashash uchun yaratilganmiz (Mulk surasi:2)

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Merit jamoasiga sotuv menejerlar kerak.

Agar yosh va o'zini ustida ishlaydigan katta jamoada ishlamoqchi bo'lsangiz, bizning o'quv markazlarimiz sizga to'g'ri keladi. Ish 13:30-20:00 va o'qish bilan birga olib borsa bo'ladi.

Agar vakansiyada yozilgan talablarga javob bersangiz va bizning qadriyatlarimiz sizga to'g'ri kelsa, @merit_hr akkauntida sizni rezyume'ingizni kutamiz.

@aqlli_ikkichi

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Blog boshla

Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.

P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan afzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Javoblar endi muhim emas

Javoblar endi tekin

Google orqali 30 sekundda, GPT orqali 10 sekundda javob olish mumkin

Javoblarning qadri tushgan paytda, savollarning qadri oshadi

To’g’ri javobni smartfoni bor hamma topa olsa, savolni faqat fikrlaydiganlar bera oladi

Savol - qiziqqon miyaning natijasi

Savol - chuqur suhbatning boshi

Savol - bilimga ochlikning belgisi

Aqlli odamlarda javoblardan, savollar ko’proq bo’ladi

Bu postga ikki xil reaksiya bo’ladi

1. Hmm qiziq, bilmagan ekanman

2. Qanday qilib savollarni ko’paytirsa bo’ladi?

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Kim aytgan?

Uni intervyuga chaqirishdi

Qanday yashash haqida maslahatlar so’rashdi

Yana biznes haqida so’rashdi

Yana uylanish haqida

Nega aynan uni chaqirishdi?

Axir, u

Yuz yillardan beri kitoblarda bor gaplarni gapirayaptiku

Balki chiroyli gapirgani uchun chaqirishgandur

Balki yutuqlari borligi uchun

Yutuqlari bor odam gapirsa, gap ta’sirli chiqadi

Biror maslahat eshitsak, kim aytganini so’raymiz

Maslahatni o’zidan, uni kim aytgani muhimroq

Biz tanisak, xurmat qilsak, mashhur odam bo’lsa

Amal qilishimiz oson bo’ladi

Xo’sh unda

Nega hadislar bizga ta’sir qilmayapti?

Amal qilmayapmiz?

Bilmaganimiz uchun emas

Juda ko’pini yoddan bilamiz

Biz shunchaki

Hadislarni aytgan odamni yaxshi tanimaymiz

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Stress haqida

Mashinani tez haydasang mazza qilasan

Lekin tez haydalayotgan mashinada o’tirsang stressga tushasan

Stressga sabab tezlik emas

Tormozga oyog’ing yetmasligi

Yomon vaziyatni o’zi stress qilmaydi

Vaziyatda hech narsa qila olmasliging stress qiladi

Siqilasan, chunki boshqa narsa qila olmaysan

Imtihondan oldin talabalar siqiladi

Lekin, rektor kelib — sen aniq kirasan — desa siqilish qolmaydi.

Hech narsa qila olmasang ham

Yordam bera oladigan tanishing bo’lsa siqilmaysan

Tanishing Alloh bo’lsachi?

Va senga, siqilma (9:40) deb aytgan bo’lsachi?

Shunda ham stressga tushasanmi?

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Aziz Rahimov

Vaqt bu — pul emas

Bu ikkalovi hech qachon teng bo’lmaydi

Vaqt puldan muhimroq

Pulni ishlab chiqarsa bo’ladi, qarzga olsa bo’ladi, yig’ib qo’ysa bo’ladi

Vaqt esa faqat sarflanadi, foydaga yoki bekorga…

Vaqti bor odam pul topa oladi

Puli bor har doim ham vaqt topa olmaydi, buni millioner qariyalar tasdiqlaydi

Vaqtni pulga tenglashtirish — vaqtni yerga urish degani

Vaqt bu = hamma narsa

Vaqtingdan boshqa hech narsang yo’q

Uyingda yashash, mashinangni minish, sayohatingni qilish

Ishlash, kitob o’qish, do’st orttirish, muzqaymog’ingni yeyish

Hammasi uchun vaqt kerak

Bechora odam - “pulim yo’q” degan odam emas

Haqiqiy bechora

Muhim ishlar uchun ‘vaqtim yo’q’ degan odam

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…
Subscribe to a channel