📘 Tafakkur olami 📘
Aziz kitobxonlar!
Mantiqiy savollarni sevuvchilar va tafakkur olamiga sho'ng'ishni istovchilar uchun ajoyib yangilik! 🧠✨
Sizlar uchun "Tafakkur olami" deb nomlangan kitobimizni taqdim etmoqdamiz. Ushbu kitobda sizni befarq qoldirmaydigan va zeriktirmaydigan 1000 ta qiziqarli mantiqiy savollar jamlangan. Ularning 100 tasining javoblari ham kitobda keltirilgan.
📚 Nega bu kitobni o'qishingiz kerak?
- 💡 Aqlingizni charxlaydi va fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.
- 🤔 Har bir savol yangi bir sirli olamni kashf etishga yordam beradi.
- 🔍 Mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingizni rivojlantiradi.
Agar kitobning to'liq shakli sizni qiziqtirib qolsa, uni atigi 50 ming so'm evaziga to'liq sotib olishingiz mumkin. Ishonchimiz komilki, oladigan foydangiz bundan ancha katta bo'ladi! 📈
Fikr-mulohazalaringizni @baxtiyoruzadminbot boti orqali kutib qolamiz.
---
Kitobni o'qing va tafakkur olamiga sho'ng'ing! 🌟
O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?
Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Shuningdek, bunda o‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra haftasiga 36 soat (yuqori sinf o‘qituvchisi bir kunda 6 soat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
🔹 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:
18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat;
🔹 5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni: 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat.
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun bo‘yi maktabda bo‘lishi kerakligini haqida talab qo‘ya olmaydi.
✅ O‘qituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meyoridan kelib chiqib belgilanadi.
Misol uchun 10 soat dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qo‘shgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.
Mavzuga doir:
O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?
O’qituvchi uchun to’garak o’tish majburiymi?
Pedagog xodimlar dars tahlil qilishi kerakmi?
@baxtiyoruz
O‘qituvchilar oyligi qachon oshadi?
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, 2017 yil sentyabr oyida mutaxassis toifali o‘qituvchi 1 stavka ish uchun o‘rtacha 900 ming so‘m oylik olar edi. U pulning o‘sha vaqtdagi harid qobiliyatini chamalaydigan bo‘lsak 33-34 kilogramm mol go‘shti (27 mingdan) sotib olish mumkin bo‘lgan.
2023 yilga kelib mutaxassis toifali o‘qituvchi 2 mln 575 ming so‘m oylik oladi. Hozirgi kunda mol go‘shtini o‘rtacha 75-80 ming so‘m deb olsak, 32 kilogramm go‘sht berar ekan. Agar boshqa mahsulotlar narxlari bilan taqqoslasak ham shunga yaqin natija kelib chiqadi. To‘g‘ri oyliklar ancha oshirildi, daromad solig‘i bir muncha tushirildi. Ko‘proq dars soati, oliy toifa, direktor fondi va boshqa qo‘shimcha ustamalar, chekka hududlar, sinf rahbarliklar qo‘shib hisoblanganda bundan ancha ko‘p oylik olish ustozlarning o‘zini qo‘lida. Lekin har kimda ham chekka hududda ishlash imkoniyati yo‘q, direktor fondi ustamasi ham har yerda har xil o‘lchov bilan beriladi. Sinf rahbarlik ham hammaga berilavermaydi.
Umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, o‘qituvchilar oyligi oshirilyapti lekin inflyatsiyadan o‘tib keta olmayapti. Shuning uchun inflyatsiyaga nisbatan ko‘proq oshirilishi kerak va hech qanday shartlar, imtihonlar, tanlovlarni nazarda tutmasdan oshirish kerak. Ozod Sharofutdinov aytganidek, mehnatga yarasha haq to‘lanmasa, haqqa yarasha mehnat qilinadi.
© O’qituvchi kanali
Mavzuga doir:
Bugungi kunda o’qituvchilar oyligi qancha? 2023-yil
o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?
Dunyoda o‘qituvchilar oyligi qancha?
@baxtiyoruz
Bu tong qalbim azob chekib,
Og‘rinibman,Otajon!
Kulib turgan chehrangizni,
Sog‘inibman, Otajon!
Na bir taskin, na – da dalda,
So‘zsiz qolgan mamlakat.
Balki menday yig‘layotir,
Sizsiz qolgan mamlakat.
Bugun 30-yanvar Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun.
Birinchi Prezidentimiz hozir hayot bo‘lganlarida hozir 85 yoshni qarshi olgan bo‘lar edilar.
Islom Karimovga bag‘ishlangan sara she’rlarni mana bu sahifada o‘qishingiz mumkin.
@baxtiyoruz
Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar va qaysi soha vakillari ishlagan?
Ko‘pchilik mustaqillik yillaridan buyon Xalq ta’limi vaziri lavozimida kimlar ishlagani va ularning aslida qaysi soha egasi bo‘lganligiga qiziqishadi. Shu sababli Xalq ta’limi Info kanalida vazir lavozimida ishlagan shaxslar haqida ayrim ma’lumotlar taqdim etildi.
1-vazir – Jo‘ra Yo‘ldoshev pedagogika fanlari doktori, professor. (boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar topilmadi)
2-vazir – Risoboy Jo‘rayev 1968 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 2000 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
3-vazir – Turopjon Jo‘rayev 1990 yilda (Toshkent xalq xo‘jaligi instituti) hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2004 yilda Moliya vaziri o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
4-vazir – G‘ayrat Shoumarov 1973 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Asli kasbi o‘qituvchi. 2008 yilda O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti rektorligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
5-vazir – Avazjon Marahimov 1983 yilda Toshkent politexnika institutini amaliy matematika ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor. 2010 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
6-vazir – Temur Shirinov Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Asli kasbi tarix va geografiya fani o‘qituvchisi. 2011 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti rektorligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
7-vazir – Ulug‘bek Inoyatov 1985 yilda Toshkent politexnika institutini, 1998 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2013 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
8-vazir – Sherzod Shermatov 1998 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2000 yilda AQSHning «Yel universiteti»ni tamomlagan. 2018 yilda «IT» va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
9-vazir – Baxtiyor Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2002 yilda bakalavriyat, 2004 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Asli kasbi iqtisodchi. 2021 yilda Xitoy Xalq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
10-amaldagi vazir – Umarova Xilola Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — tashqi iqtisodiy faoliyat. 2022 yilda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimidan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.
❕Eslatib o‘tamiz, hozirda Xalq ta’limi vazirligi nomi Maktabgacha va maktab vazirligiga o‘zgartirilgan.
Mavzuga doir:
Barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda
Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari
Xalq ta’limi vazirining Prezident murojaatnomasiga munosabati
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Maktab xonalarida havo harorati qanday bo‘lishi kerak?
Taʼlim muassasalarining o‘quv xonalarida havo harorati 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati eslatib o‘tdi.
Taʼlim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.
Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.
Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarda joylashtirish taqiqlanadi.
O‘quv ustaxonalaridagi ish o‘rni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan bo‘lishi kerak.
Mavzuga doir:
Sinf xonalarga jihozlarni joylashtirishda qanday talablar bor?
Maktablarni jihozlashda davlat unitar korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqildi
Maktab farroshlari zimmasiga sinf xonalarni yig’ishtirish kirmaydimi?
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
kundalik.comda sinf rahbari vazifalari nimalardan iborat?
⚡️kundalik.comda sinf rahbarining vazifalari quyidagicha:
1⃣ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib, vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;
2⃣ota-onalar va o’qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o’quvchi vа ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma’lumotlarini uzatish uchun javobgar bо’lish;
3⃣ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug’ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o’z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа’lumot kiritish;
4⃣sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o’quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;
5⃣o’quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to’plamini yig’ib, muassasa rahbariga taqdim etish;
6⃣umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.
Mavzuga doir:
Sinf rahbari hujjatlariga nimalar kiradi?
Sinf rahbarlar oylik maoshini keskin oshirish yoki alohida shtat qilish kerak
Kundalik.com platformasida jarima mexanizmi qo’llasa bo’ladi, ammo
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Talaba va o‘quvchilar uchun “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” tanlovi e’lon qilindi
🗣Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan talaba-o‘quvchi yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60
Mavzuga doir:
“Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
“Men kichik tadqiqotchiman” ko‘rik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Kanalga obuna bo‘lish👇
/channel/baxtiyoruz
O‘zbekistonda 5 yilda nechta maktab qurildi?
O‘zbekistonda 2017–2021 yillarda umumta’lim maktablari soni 571 taga ko‘paydi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, harakatlar strategiyasi doirasida umumta’lim maktablari soni 2017 yilgi 9 718 tadan 2021 yilda 10 289 taga ko‘paygan. Jumladan:
• 135 ta nodavlat umumta’lim maktablari;
• 14 ta Prezident maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada maktablardagi o‘quvchilar soni 5 million 271 ming 300 nafardan 6 million 304 ming 600 nafarga yetgan.
Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida mamlakatda 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta joriy etilgan. Shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokida boshlang‘ich sinflar uchun 170 nomdagi yangi avlod darsliklari yaratilgan.
2020—2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan.
Mavzuga doir:
O‘qituvchi uchun eng yaxshi maktab, uning qanday belgilari bor?
O’zbekistonda maktab-internatlari soni nechta?
O’zbekistonda Qizil maktablar soni nechta?
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
Malaka toifasi oshirilgan o‘qituvchilarga qachondan boshlab toifa bo‘yicha maosh to‘lanadi?
Savol: O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tgandan keyin uning malaka toifasi (lavozimi) oshirilsa, ana shu toifa bo‘yicha haq to‘lash qachondan boshlanadi? Attestatsiya komissiyasi qaroridan so‘ngmi yoki sertifikat berilgan sanadanmi, yoki yangi o‘quv yilidanmi?
Javob: Attestatsiya yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.
Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
Shundan so‘ng pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
Asos: "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom.
© Ulug‘bek Po‘latov
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
📌 Maktablarda masofaviy ta'lim tajriba-sinovdan o'tkaziladi.
Masofaviy ta'lim jarayonidan Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf o'quvchilari saralab olinadi.
Ularni test orqali saralab olishadi.
Batafsil
P/S: Masofaviy o'qish uchun test topshirilar ekan. Undan o'tganlar onlayn o'qir ekan. Ya'ni bilimi borlar saralab olinadi va onlayn o'qitiladi, menimcha ularni o'zlashtirish natijalari tushib ketadmi yoki yo'qmi shuni tekshirishadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruzBatafsil
❗️Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi
“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-798, 28.10.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Yaxshi o‘zgarishlar bor.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Milliy sertifikat faqat abituriyentlar uchunmi yoki o'qituvchilar uchunmi?
Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
❔ Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.
🔰 Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.
❕ Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.
✅ Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.
👩🏫 Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.
🏢 O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.
© Davlat test markazi
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
2022 yil 11 maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:
➖ xalqaro tan olingan va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
➖ xalqaro talablarga javob bermaydigan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.
❓Qaysi fanga qaysi sertifikat o‘tadi?
Ko‘pchilik shu savolni bermoqda. Masalan, men informatikadan dars beraman va IELTS sertifikatim bor, menga ustama beriladimi, deb so‘rashmoqda.
Yuqoridagi ustama o‘z ixtisosligi bo‘yicha beriladi. Qaysi fan bo‘yicha qaysi sertifikat ustama olish huquqini berishi yuqoridagi faylda belgilangan, ro‘yxatdan ko‘rib olishingiz mumkin.
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
Attestatsiyaga kirayotgan ustozlarga maslahatlar
Ma’lumki, ayni shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari boshlandi.
Bu jarayondan negadir juda ko‘pchilik qo‘rqadi. Eng achinarli tarafi esa test sinoviga kelgan o‘qituvchilarga ayrim «kuzatuvchilar» yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi.
O‘qituvchilar test ishlash xonasiga kirishi bilan ularga huddi huquqbuzarlardek muomala qilinadi. «Tezroq o‘tiring», «gaplashmang», «atrofga alanglamang», «joyingizni topolmaysizmi», «yana bir marta sherigingizga qarasangiz chiqarib yuboramiz», «qanaqa odamsiz o‘zi» kabi qo‘pol gaplarni eshitishga majbur bo‘lishadi.
Bunga aslida o‘qituvchining o‘zi aybdor. Sababi ular o‘z huquqlarini yaxshi bilmaydi. Go‘yoki ortiqcha nimadir deyilsa test sinovidan past natija oladigandek vahimaga tushishadi. Ammo bu havotirlarning umuman keragi yo‘q.
Shuning uchun umuman qo‘rqmang! Siz pedagogsiz, siz ziyoli qatlamsiz, siz shu sohaning kelajagisiz. Sizga huquqbuzar yosh boladek munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymang. Hech kimga siringizni bermang.
Balki test sinovidan biroz pastroq natija qayd etarsiz, ammo bu hammasi tugadi degani emas. Natijangiz yomon chiqdimi, demak yana o‘z ustingizda ko‘proq ishlashingiz kerak bo‘ladi xolos. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham sizga nisbatan hurmatsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Doim mard bo‘ling!
Bilimingiz yetarli emasmi, buni mardlarcha tan olib qo‘yavering. Ammo qaddingizni hech qachon bukmang! O‘qituvchini hurmatini to‘kilishiga, shu ham o‘qituvchimi deyishlariga yo‘l qo‘ymang.
Attestatsiyaga qattiq tayyorgarlik ko‘ring. Sinov xonasiga qaddingizni g‘oz tutib kiring, toki sizga ehtiyotkorlik bilan, hushmomalalik bilan gapirishga majbur bo‘lishsin. Kim sizning nafsoniyatingizga tegsa, qo‘pol gapirsa, hurmatsizlik qilsa ta’sirchan javobingiz bilan kim ekanligingizni bildirib qo‘ying.
Bilib qo‘ying, hech kimni o‘qituvchiga hurmatsizlik qilishga, test sinovi oldidan ularni asabiy holga keltirishga haqqi yo‘q. Shuning uchun hotirjam bo‘ling. Siz barchasini uddalaysiz. Barchangizga omad yor bo‘lsin!
© Ulug‘bek Po‘latov
Mavzuga doir saytimizdagi maqolalar:
Pedagog xodim attestatsiyada necha ball to'plashi lozim?
Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchiga dars beriladimi?
Kuzgi Attestatsiya savollari 2022 barcha fanlardan
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
Hozirda o‘qituvchilar qanday ustamalar olmoqda?
⚡️Hozirda o‘qituvchilar quyidagi ustamalarni olmoqda:
Prezident qarori bo‘yicha👇
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4940-son qaroriga muvofiq:
bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 4306-son qaroriga muvofiq:
xalqaro olimpiadalar g’oliblarini tayyorlagan o’qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o’quv yili uchun direktor jamg’armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo’yicha tegishincha 150, 175, 200 foiz;
Ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan:
xalqaro olimpiadalar g’oliblari lavozim maoshiga 150 foiz;
asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g’oliblari lavozim maoshiga 100 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’ektlarida band bo’lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ – 1315-son qaroriga muvofiq:
qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o’qituvchisi hamda sport ustozi bo’lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz ustama;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi PF – 134-son qaroriga muvofiq:
a) umumta’lim fanlari bo’yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama quyidagi tartibda to’lanadi:
xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.
Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;
mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo’yicha sertifikatlar bundan mustasno);
B) mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo’yicha olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama:
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to’lanadi;
v) har oylik qo’shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko’p bo’lmagan vaqt mobaynida to’lanadi;
g) umumta’lim fanlari bo’yicha bir nechta sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo’yicha to’lanadi.
Bunda har yili 1-avgustga qadar xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro’yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasi tasdiqlanadi.
Uzedu.uz saytidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi
Mavzuga doir:
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati
Har oylik ustama uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
@baxtiyoruz
Ona tili Milliy sertifikat imtihoniga kirgan ustozning fikrlari
Imtihon savollarini o‘qirkanman , noto‘g‘ri ish qilganimni tushundim.Bu testlarni ustozimiz Omonullo Madayev aytganlaridek bolasi yo‘q(befarzand) odam tuzgani aniq edi.Qo‘liga qalam berib ,»Test tuzing» desa,yeng shimarib butun «ilm»-u «tajribalari»dan foydalanib, o‘qituvchi-yu abituriyentni «ko‘karmasligini» niyat qilib, «ilohi yecholmagin» deb dam solib,»,yechsang,rozimasman» deb qarg‘ab(astag‘firulloh) tuzganmi,deb o‘ylab qoldim.
Savollar kitobi-yu javoblar varaqalarini yirtib,mayda-mayda qilib axlat paqirga tashlab chiqib ketmoqchi bo‘ldim-u,bunday qilolmadim.Qilolmayman ham-da.Men ingliz tili yoki rus tili kabi tuzukroq fan o‘qituvchisi ekanmanmi,bunday qilib.Biz qatori o‘qib,ishlab yurgan do‘stlarimiz ozgina tayyorgarlik bilan Ielts yoki S1 sertifikat olib 50 foizli ustama bilan ishlab,ba’zida «chet»ga ketsammikan,axir imtiyozim bor ,deyishadi.
Aytishlaricha,informatika o‘qituvchisi (o‘tirgan joyida) imtihon topshirib,ustama olayotgan ekan.Shunday paytda «Nima,ona tili yerdan chiqqanmi,-deging keladi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida shuni aytamanki,maktabda biror tadbir sizsiz o‘tmaydi.Ora kunda insho,ora kunda bayon.Birov yo‘talsa «grippga qarshi»,birov sariq bo‘lsa «sariqqa qarshi»,giyohvanlig-u yong‘inga qarshi…Birovning tug‘i lgani-yu birovning o‘lgani sizga tegishli…
Ona tili o‘qituvchisi- qaymoq o‘qituvchi,
Yuguraverib oyog‘i — maymoq o‘qituvchi.
Men ahmoq shu paytgacha millat bolalarini aldaganimga afsuslanib ketyapman.Nima emish,yaxshi o‘qib,yaxshi mutahassis bo‘lib,ta’lim,tibbiyot,bank va boshqa sohalarda(o‘z yurtimizda) faoliyati yuritadigan kadrlar bo‘lishga intiling,yurtimiz iqtisodiyotini baquvvat qiladigan,uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shadiganlar,albatta,siz bo‘lasiz.( tavba)
Bizda «imkon ber, yuksalsin» degan gap yo‘q.
Qo‘limga mikrofon berib,mana shu bolalarining(ko‘proq qizlarining) ortidan kelib turgan ota-onalarga «nima deysiz» desangiz «Aziz ota -onalar, farzandlaringizga rus tili,ingliz tili,axborot texnologiyalari kabi muhim fanlarni o‘qiting,ilojini topsangiz eng rivojlangan mamlakatlarda o‘qitib,ishlating»- degan bo‘lardim.
Bechora qizlar.( sertifikatni qo‘lga kiritsam,keyin boshqa fanlardan bemalol tayyorgarlik ko‘raman, deb o‘ylashganda).Qizlarim, bu hali boshlanishi,hali kech emas.Siz o‘zingizni o‘zgartiring,siz fikringizni o‘zgartiring…
Bu nolish emas(nolishdan Alloh asrasin).Bir aytdim — qo‘ydim-da…
Siddiqali To‘xtasinov
Mavzuga doir:
Milliy sertifikat Ona tili namunaviy savollar javobi bilan
Barcha fanlardan milliy sertifikat namunaviy test savollari javobi bilan
Ona tili haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar
@baxtiyoruz
Maktabga kelmagan o‘quvchiga Kundalik.com’ga belgi qo‘yilmagani uchun chora ko‘riladimi?
Maktabga kelmagan o‘quvchiga Kundalik.com’ga belgi qo‘yilmagani uchun direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbariga intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladimi?
Savol: Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariman. Yaqinda maktabimizga IIB xodimlari kelib davomatni o‘rgangandi. Shunda sinf rahbari tomonidan ayrim o‘quvchilarning darsga kelmaganligi yuzasidan Kundalik.com platformasiga hech qanday belgilar qo‘yilmaganligi aniqlandi. Shu sababli menga va «zamdirektor»ga intizomiy jazo chorasi qo‘llashmoqchi. Men «zavuchman» bu vaziyatda faqat «zamdirektorni» o‘ziga chora ko‘rilmaydimi desam, yo‘q ikkingizga ham chora ko‘ramiz deyishdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 6 sentyabrdagi «Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 284-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra sinf rahbarlari elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirishi lozim.
Sinf rahbarlari elektron jurnalni o‘z vaqtida yuritishi deganda — bu o‘quvchining darsga kelmagan kunida ham uning bor yoki yo‘qligi, unga baho qo‘yilishi kabi holatlarni, o‘quvchining shaxsiy faylidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgandan so‘ng zudlik bilan yangilab borish, ota-onalarga maktab va sinfdagi voqealar hamda o‘qish jarayoni to‘g‘risida xabarlarni berib borishi tushuniladi.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyundagi «Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash to‘g‘risida»gi 205-son buyrug‘ida barcha o‘rinbosarlarning Kundalik.com’dagi vazifalari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari fan o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o‘quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik ma’lumot to‘plab, maktab direktoriga taqdim etadi.
Sinf rahbarlar ish faoliyatini ham asosan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari muvofiqlashtiradi. Bu ularning lavozim majburiyatlarida ham aks etgan.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari asosan fan o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan dars mavzulari va o‘quvchilarga qo‘yilgan baholarni Kundalik.com platformasiga o‘z vaqtida qo‘yib borilishini nazorat qiladi. Bu haqda XTVning 205-son buyrug‘ida qayd etilgan.
Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 206-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlarining lavozim majburiyatlari»da ham o‘quvchilar davomatini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilganligi aytilgan.
Xulosa shuki, maktabga kelmagan o‘quvchiga Kundalik.com’ga belgi qo‘yilmagani uchun direktor o‘rinbosariga ham sinf rahbariga ham intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha taqdimnoma kiritilsa, xodimlarga jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Bu vaziyatda faqat ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda sinf rahbariga jazo chorasi qo‘llaniladi. Shuning uchun bunday masalalarda o‘ta xushyor bo‘lish talab etiladi.
© Ulug‘bek Po‘latov
Mavzuga doir:
O‘quvchilar davomati yaxshilanmasa kim javobgarlikka tortiladi?
O‘quvchilar davomatini yaxshilash, eng yaxshi chora va yechim
Kundalik.com platformasida jarima mexanizmi qo’llasa bo’ladi, ammo
@baxtiyoruz
Maktablarni isitolmaganimiz uchun onlayn ta’limga o‘tish aslida sharmandalik
Agar maktablarimizni anomal sovuq tugagandan keyin ham ocholmayotganimizni Finlyandiyaliklar eshitsa bormi… Avval maktablaringiz infrtuzilmasini o‘nglab, bizni tizimni 10-15 yildan keyin joriy qilinglar deyishsa kerak.
Eng oddiy istish tizimini yo‘lga qo‘yolmaganmiz shu vaqtga qadar. Maktablarning issiqlik radiatorlariga moy quyib berolmaydigan, arzimagan mablag‘ sarf qilinadigan harajatlarni ham direktor va o‘qituvchilardan undiradigan darajada abgor ahvoldamiz.
Katta muammo yasamasdan tuzatsa bo‘ladigan ishlarni ham qilmaymiz. Maktablarga gaz bermaymiz, ammo chet elga sotamiz. Shuning uchun Finlyandiya maktablaridagi sharoitlarni hozircha orzu qilmay turishimiz kerak.
To‘g‘ri bizning ta’limni har tomonida muammosi bor. O‘qituvchilarda ham, o‘quvchilarda ham ota-onalarda ham.
Zo‘r maktab qurib bersangiz ham farzandini ta’limi bilan qiziqmaydiganlar bor albatta. Lekin, bu maktab sharoitini yaxshilamaslik kerak degani emasda.
Finlyandiya maktablaridagi sharoitlarni ko‘rib, ertakmi bu deb yuboradi odam. Agar vakolatim bo‘lganda edi barcha loyihalarni to‘xtatib bo‘lsa-da, faqat maktab sharoitini yaxshilashga sarflardim pullarni.
O‘zimiz baland-baland sitiylarni qurib unda yashasa-gu, farzandimiz maktab sharoiti og‘irligi sabab onlayn o‘qib tursa, undan ko‘ra kulbada yashaganimiz avzalroq.
Xalq ta’limi Info
Mavzuga doir:
Maktab xonalarida havo harorati qanday bo‘lishi kerak?
Maktabda onlayn ta’lim o’zini oqlaydimi – Vazir munosabati
Finlandiya raqamli ta’lim qanday yo’lga qo’yilgan?
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Ibrat Farzandlari YouTube kanalida chet tillarini bepul o‘rganing
Tashabbuskor yoshlar, ibratfarzandlari">Ibrat Farzandlari nomi ostida YouTube platformasida o’rganuvchilar uchun sodda va tushunarli tarzda Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O’zbek tili bo’yicha bepul darslarni yo’lga qo’yishibdi. Tez orada Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham yo’lga qo’yilar ekan.
1. Ingliz tilini 0 dan o’rganish
2. Nemis tilini 0 dan o’rganish
3. Turk tilini 0 dan o’rganish
4. Rus tilini 0 dan o’rganish
5. O’zbek tili (xorijliklar uchun)
Eslatib o’taman, saytimizda ingliz va rus tilini o’rganish uchun o’zbekcha audio darslik joylangan, ushbu darsliklarni quyidagi havolaga o’tib yuklab olishingiz mumkin:
Ingliz tilini mustaqil o’rganish uchun o’zbekcha audio darslik
Rus tilini mustaqil o’rganish uchun o’zbekcha audio darslik
Mavzuga doir:
Ingliz tilini tez o’rganish uchun aniq tavsiyalar
Ingliz tilida gapirishni tez o’rganish, 10 kunlik video dars
Rus tilini o‘rganishning eng samarali usullari qo‘llanmasi
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
O‘qituvchilar attestatsiyasi xorijda qanday?
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilar faoliyatini baholash bilan bog‘liq tartiblar o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan:
Janubiy Koreya
O‘qituvchilar faoliyatini baholash “O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash” tizimi asosida olib boriladi.
Ushbu tartib joriy etilgunga qadar o‘qituvchilar faoliyati faqat direktor tomonidan baholab kelingan bo‘lsa, yangi tizimga ko‘ra kamida uchta o‘qituvchi, maktab direktori va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari baholash jarayonida ishtirok etishadi.
Baholovchilar o‘qituvchiga turli kompetensiyalar bo‘yicha 5 balli likert shkalasida ball qo‘yadi, bunda 1 ball eng past ball, 5 ball esa eng yuqori ball hisoblanadi.
Baholashda past ball olgan pedagoglar O‘qituvchilar malakasini oshirish muassasalarida 60 soatdan 210 soatgacha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Agarda ular keyingi yili o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmasalar, olti oyga dars mashg‘ulotlaridan chetlashtiriladi va Ta’lim, fan va texnologiyalar milliy institutida 730 soatlik kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi .
AQSH
O‘qituvchilar faoliyatini baholash tartiblari shtatlar tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 31 ta shtatda o‘quvchilarning o‘qituvchi faoliyatiga bildirgan fikrlaridan asosiy baholash ko‘rsatkichlaridan biri sifatida foydalaniladi.
Ilg‘or tajribani inobatga olgan holda, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kasbiy salohiyatini baholash jarayonlariga o‘quvchilar va ota-onalarni ham jalb etish, bunda «kundalik.com» ning texnik imkoniyatlaridan foydalanish taklif etiladi.
© Bahodir Ahmedov
Mavzuga doir:
Qanday o‘qituvchilar attestatsiyaga jalb etilmaydi?
Attestatsiya bo’yicha eslatma
O‘qituvchilar attestatsiyasi ta’lim sifati uchun xizmat qilishiga ishonmayman
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Assalomu alaykum!
Barcha yigitlarni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Vatan posbonlariga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, ko'tarinki kayfiyat va uzoq umr tilayman.
Saytimizda bugungi bayram bilan bog'liq sahifalarni jamlab e'tiboringizga havola etmoqdaman.
Istalgan sahifaga tashrif buyurib mehmonim bo'lishingiz, ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.
14-yanvar tabriklari, 2023-yil uchun eng sara tabrik va tilaklar
14-yanvar vatan himoyachilari kuniga tabriklar va tilaklar to’plami
Askarlar haqida she’rlar to’plami 14-yanvar uchun
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni tarixi haqida
14-yanvar vatan himoyachilari kuniga she’rlar to’plami
14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar to’plami
Vatan himoyachilari kuni uchun harbiy qo’shiqlar to’plami
Bayram yana bir bor qutluq bo'lsin!
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Hozirgi vaziyatda maktablardan davomat talab qilinishi to‘g‘rimi?
Bilamizki, hozirda ayrim viloyatlarda dars jarayonlari boshlangan. Ammo, havo harorati sovuq ekanligi hisobiga juda ko‘p ota-onalar farzandini maktabga yubormayapti.
Maktabda o‘quvchilar kam bo‘lgani uchun esa maktab ma’muriyatidan davomat talab qilishni boshlashibdi. Arim pedagoglar shunday vaziyatda bizga nisbatan jazo chorasi qo‘llashsa nima qilamiz deb yozmoqda.
Bizningcha, bu vaziyatda maktab xodimlariga jazo chorasi qo‘llab bo‘lmaydi. Birinchidan, hozirgi sovuq havoni hisobga olish lozim. Ikkinchidan esa bunga ularning huquqiy asosi yo‘q.
Masalaning huquqiy jihatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, qishki ta’tilni 18 yanvargacha uzaytirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6 yanvardagi 1-sonli buyrug‘i hozir ham amalda.
Maktablarni 11 yanvardan boshlab ochish esa og‘zaki topshiriq bilan amalga oshirildi. Agar bu Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy buyrug‘i bilan bo‘lganda edi o‘quvchilar davomatini talab qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.
Umumiy qilib aytganda hozirgi vaziyatda davomat uchun pedagog xodimlarni javobgarlikka tortish mantiqsizlikdan boshqa narsa emas.
Quyi tizimdagi ayrim o‘zini tushunib, tushunmaslikga olib yuraveradigan mutasaddilar maktab ma’muriyatidan davomat talab qilsa, ularga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy buyrug‘i va havo haroratini yaxshilab ko‘rsatib qo‘yish kerak.
© Xalq ta’limi Info
Mavzuga doir:
Maktabda kunlik davomat kim tomonidan aniqlanishi kerak?
O‘quvchilar davomati yaxshilanmasa kim javobgarlikka tortiladi?
O‘quvchilar davomatini yaxshilash, eng yaxshi chora va yechim
Kanalga obuna bo‘lish👇
/channel/baxtiyoruz
2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqi oshiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi 2023 yil 1 yanvardan boshlab 25 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bu xabarni mutlaqo yolg‘on yoki asossiz deyolmaymiz. Chunki xuddi mana shu xabar 2022 yilning 25 yanvar kuni bizning kanalda e’lon qilingan. Ayni kunlarda o‘sha eski xabar ijtimoiy tarmoqlarda qayta-qayta tarqatilyapti. Hozir bunining sababini to‘liq tushuntirib berishga harakat qilamiz.
Yodingizda bo‘lsa, 2022 yil 11 mayda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli farmoni imzolangandi. Mana shu farmon imzolanishdan avval ya’ni yanvar oyida uni loyihasi e’lon qilingan. Biz ham 25 yanvar kuni aynan ana shu farmon loyihasini nazarda tutib post joylaganmiz.
Barchaga ma’lumki, normativ hujjatlar hukumat tomonidan tasdiqlanib, OAVda e’lon qilinmasdan avval yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Ammo normativ hujjat loyihasida nazarda tutilgan yangiliklardan fuqarolar xabardor bo‘lishi va tanishib chiqib o‘z fikrini bildirishi uchun ommaga e’lon qilib turiladi.
Xullas “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi 2023 yil 1 yanvardan boshlab oshirilishi nazarda tutilgandi.
❕Ammo mazkur farmon imzolanishdan avval o‘qituvchilar oylik maoshini oshirish to‘g‘risidagi bandi Milliy dasturdan chiqarib tashlangan. Keyinroq esa ya’ni 2022 yil 11 mayda Prezident tomonidan mazkur Milliy dastur tasdiqlangan.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilar oylik maoshi oshirilishi kerak bo‘lgan ushbu bandlar farmondan chiqarib yuborilgan. Shu sababli 2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi oshirilmaydi.
P.S: Hozircha boshqa normativ hujjatlarda ham pedagog xodimlarning oylik maoshlari oshirilishi bo‘yicha hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
© Ulug‘bek Po‘latov
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Darslar vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirsa bo‘ladimi?
Savol: Assalomu alaykum. Havo haroratining keskin sovuganligi hamda kunning qisqarib ketganligi munosabati bilan maktablarda dars vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqagacha o‘zgartirib, tanaffuslar vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirsak bo‘ladimi?
Javob Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizom"ning 25-bandida ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.
❕Ya’ni, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga to‘liq amal qilinadi:
👉o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
👉o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun);
👉dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
👉dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).
❗️Maktab ma’muriyati yuqorida belgilab berilgan muddatlarga to‘liq rioya qilishi zarur. Xulosa qilib aytganda dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.
© Ulug‘bek Po‘latov
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 31 oktabrdagi 339-sonli buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida xodimlar nomenklaturasining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Oyligimizni ko‘taring! Hazil she'r
.....oyligimizni ko‘tarib bering!
Ertalab 9 dan to kechgacha ish
Bola-chaqa ro‘zg‘or yetarli tashvish,
Ishda menga begonamas hech qanday yumush,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering!
Ko‘ryabsiz narxlar ham oshib boryapti,
Qo‘shimcha ishlar ham vaqtni olyapti,
Ishxonaga ko‘chib kelishim qolyapti,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering!
Siz sabab ishlayman gohi tongacha,
Shanba ham kelaman bazan shomgacha,
Bu pul bilan yetolmayman yangi oygacha,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering!
O‘z ishim biryonu, buyruqlar biryon,
Bajarmasam oyligimdan chopasiz tamom.
Ozgina insofu, gar bo‘lsa vijdon,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering!
Kasal chog‘imda ham ishdan qolmadim,
Uyingizda hashar bir, shunga bormadim.
Shu desangiz sizga qoyil qolmadim,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering!
Iltimos xodimlarga bo‘ling hurmatda,
Rag‘bat puli bering yilda bir marta,
Pulni qumsaydi bu bo‘sh hamyon- plastik karta,
Boshliq oyligimni ko‘tarib bering.
Ishni unumdorligi oshsin desangiz,
Rozilikda gap ko‘p agar bilsangiz.
Qashshoqlashib qolmaysiz shunday qilsangiz,
Boshliq oyligimizni ko‘tarib bering.
Mavzuga doir:O’qituvchi qalbidagi gaplar hazil she’rlarda
Sertifikat haqida hazil maqollar (o‘qituvchilar uchun
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanishini ko‘rib chiqamiz.
Agar yuqori sinf o‘qituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o‘qituvchining haftalik ish yuklamasi har bir o‘quv soatini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish natijasida 16 soat qo‘shish orqali 36 soat qilib belgilangan.
Shunga muvofiq o‘qituvchi daqiqa hisobida 900 yoki 15 (astronomik) soat o‘quvchilar bilan ishlasa, qolgan 21 soatni ish yuklamasida belgilangan boshqa vazifalar hamda maktab rahbariyati bergan topshiriqlarni bajarishga sarflashi lozim. Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Shundan kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Albatta, ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo‘lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to‘lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.
E’tibor bering. Mehnat kodeksining 118-moddasiga asosan yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Maktab rahbarlari, ish vaqtining qisqartirilgan muddati qoidasiga rioya qiling.
Ish vaqti o‘qituvchilar uchun yuqori sinflarda 6 soat, boshlang‘ich sinflarda 7.2 soatdan ortiq bo‘lmasligi qoidasini ham inobatga olib qo‘yinglar. Buning uchun ushbu ro‘yxat bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?
O’qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
attestatsiya bo'yicha yangi qaror
Vazirlar Mahkamasi 612-sonli qaror (19.10.2022)
Unga ko‘ra pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qaror bilan ushbu hujjatda to‘liq tanishib chiqing
Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qarori
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz
⚠️ Qanday hollarda attestatsiyadan chetlashtirish mumkin?
⚠📌 Attestatsiyadan chetlashtirish asoslari belgilandi.
🔔 Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktabrdagi "Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirish shart-sharoitlar yaratilishi va pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 692-sonli qaroriga ko‘ra,
📌1️⃣ Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan NIZOMga 43¹⁰-bandi qo‘shildi.
🍌 Pedagog kadr quyidagi hollarda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlaridan chetlashtiriladi:
🪩 sinov o‘tkazilayotgan auditoriyada har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
🤔 sinov o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilsa;
✍️ savollarni ko‘chirib olishga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa;
🎙 sinov materiallarini boshqa talabgorlarga bersa, sinovni o‘tkazish jarayoniga halaqit qilsa;
❎ sinov jarayoniga boshqa talabgorning o‘rniga kirganligi aniqlansa;
🤔 sinovlar uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng sinov materiallarini topshirishfan bosh tortsa;
♾ sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Eslatib o'taman, kuzgi attestatsiya savollari namunalarini saytimizning mana bu sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.
Kanalga obuna bo'lish👇
/channel/baxtiyoruz