Bitta sinfda nechta o‘quvchi o‘qishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ning 28-bandida va Adliya vazirligidan ro‘yxadan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko‘ra bitta sinfdagi o‘quvchilar soni ko‘pi bilan 35 nafar bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.
Shuningdek, boshqa normativ hujjatlarda ham sinf xonalarida o‘quvchilar uchun yaratilishi kerak bo‘lgan sharoitlar va bir nafar bolaga to‘g‘ri keluvchi xona maydoni haqida belgilab qo‘yilgan talablar mavjud.
“Umumta’lim maktablarining saqlanishi va o‘quvchilarni o‘qitilishiga qo‘yiladigan sanitar epidemiologik talablar” (SanQvaM (SanPiN) № 0341-16)ga asosan minimal me’yor va talablar belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra bir nafar o‘quvchiga kamida 2 m² sinf maydoni to‘g‘ri kelishi kerak.
Ushbu normativ hujjatning 4 va 5-bo‘limlariga asosan bir nafar o‘quvchiga 1-4 sinflar uchun 2.5 m², 1-sinf uchun 4 m², tabiiy fanlar xonasi uchun 2.4 m², informatika xonasi uchun 4.5 m², mehnat ustaxonalari uchun esa 6 m² sinf maydoni to‘g‘ri kelishi kerak.
Demak, 35 nafar o‘quvchini bir sinf xonasida o‘qitmoqchi bo‘lsak, eng kamida 70 m² maydonga ega sinf xona talab etiladi. Ushbu sinfda birinchi parta va sinf doskasi o‘rtasidagi masofa 2.4 m, oxirgi partadan sinf doskasigacha masofa 8.6 m, sinf yon devori va parta orasidagi masofa 0.5-0.7 m, ikki o‘rinli parta qatorlari orasi 0.6 m, oxirgi parta va devor orasidagi masofa 1 m bo‘lishi kerakligini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Agar sinfda 36 nafar o‘quvchini joylaydigan bo‘lsak, oxirgi partadagi o‘quvchi doskadan 8.6 m dan ham ko‘proq uzoqlashib qolishi mumkin. Aslida ushbu talab bo‘yicha bir sinfga 30 nafar ortiq o‘quvchini joylash ham qiyin masala. Hozirda aksariyat maktablarda sinf xonalar maydoni 24 m² dan 50 m² gacha xolos. Bu degani u sinf xonalar aslida 12-25 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.
Aksar hollarda hududiy moliya bo‘limlari qo‘shimcha sinf ochishga ruxsat bermaydi va bir sinfga 40 nafargacha o‘quvchilar tahsil olishiga to‘g‘ri kelish holatlari ham kuzatiladi. Agar moliya bo‘limlari talabiga ko‘ra bolalarni bir sinfga jamlaydigan bo‘lsak, bu vaziyatda maktab direktori sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzgan hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga binoan eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
©Fazliddin Xabibxonov
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O ‘qituvchi ustama olmasa, ustamasiz qolsa kim aybdor?
Savol: Biz bu yil ustama olmoqchi edik, lekin bu haqda "zavuch" bizga hech narsa demagandi. O‘qituvchilarga ustama tayinlash "zavuch"ning vazifasi emasmi? Uqituvchi ustamasiz qolsa kim aybdor hisoblanadi?
Javob: Pedagog xodimlarga ustama tayinlash faqatgina "zavuch"ning vasifasi emas. Bu jarayonlar maktabda tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruhi rahbari — umumta’lim muassasasi direktori hisoblanib, ishchi guruh a’zolari esa o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, pedagog xodimlar orasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning ota-onalari vakillaridan iborat bo‘ladi.
Ishchi guruh o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog xodimlar faoliyatini VMning 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilab berilgan baholash mezonlari asosida aniqlaydi, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilaydi, umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlaydi hamda ularga moddiy yordam belgilaydi.
Pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatishning to‘g‘ri, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun javobgarlik Ishchi guruh rahbari — umumta’lim muassasasi direktori zimmasiga yuklatilgan.
To‘g‘ri, mazkur ishchi guruh umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilib, bu haqda pedagog xodimlarni xabardor qilib, yaxshi ishlaydigan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun ustamalar belgilashi kerak.
Ammo bu yerda pedagog xodimlarning ham aybi bor. Chunki "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 19-bandiga ko‘ra ustama haq olishga da’vogar bo‘lgan o‘qituvchi ariza yozib ishchi guruhga hujjatlarini taqdim etishi lozim.
Ustama olish istagi bo‘lgan pedagog xodim albatta VMning 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tanishib chiqishi, eng muhimi buning uchun bir yil avvalroq harakat qilishi lozim. Negaki pedagog xodimlarga belgilanadigan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Agar o‘qituvchi meni xabarim yo‘q edi, hech qanday hujjat tayyorlamaganman, bu haqda bilmas edim desa hato qilgan bo‘ladi. Chunki pedagog xodimlar umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi lozim.
Manba
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Magistraturaga onlayn hujjat topshirish tartibi
📌 Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.
📹 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Magistratura bo‘yicha uchta katta yangilik haqida
Magistraturaga kirishda imtihon bekor qilindi – nomzodlar bakalavriat diplomi balli va til sertifikatidagi ball bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinadi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning davlat oliygohlari magistraturasida o‘qishi bepul bo‘ldi. Qabul yiliga ikki marta – avgust va yanvar oylarida bo‘ladi.
“Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarorida magistratura bo‘yicha ham qator yangiliklar belgilangan.
✅ Imtihon bo‘lmaydi.
🔰Endilikda davlat oliygohlari magistraturasiga kirishda mutaxassislik fanidan imtihon bo‘lmaydi. Abituriyentlarni saralash ularning bakalavriat diplom balli o‘rtacha ko‘rsatkichi va xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat balli asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
✅ Qabul yiliga ikki marta.
Davlat OTMlari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:
🔰avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq;
🔰yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
🔰Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotalari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasini OTMlarning o‘zlari mustaqil belgilaydi. Narx belgilashda bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqiladi.
✅ Xotin-qizlar uchun magistratura bepul.
Quyidagilar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi:
🔰2021/22 o‘quv yilida davlat OTMlari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;
🔰2022/23 o‘quv yilidan boshlab, davlat OTMlari magistraturasiga ajratilgan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.
Bunda faqat bazaviy kontrakt to‘lovi budjetdan qoplanadi, bu “super kontrakt”ga taalluqli emas.
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini qoplab berish tartibi 2 oy ichida ishlab chiqiladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O‘quvchilar maktabni tamomlashi bilan o‘qishga kirishi shart emas
Maktabni tamomlagan yili o‘qishga kirish shart emas. Rivojlangan davlatlarda maktabni bitirgan o‘quvchilar asosan bir yil vaqt olishadi, odatda buning nomini “gap year” bo‘sh yil deb nomlashadi. Mana shu yilda voyaga yetgan o‘quvchi dunyo aylanadi, turli kasblarda ishlab ko‘radi.
Bu yilning shunday xususiyati borki, bu yilda o‘quvchi o‘zini anglab olishga, qaysi kasbni tanlashi kerakligini tushunib olishga harakat qiladi. O‘quvchi keyingi yili mustaqil qarori bilan oliygohga topshiradi yoki boshqa biror kasb o‘rganishga kirishadi.
Bizning jamiyatda esa bu sal boshqacharoq shakllangan, o‘quvchi o‘qishni bitirgan zahoti oliy ta’limga kiritishga harakat qilamiz, qanday bo‘lmasin bizga oliy ma’lumotli bo‘lib olish kerak. Sen o‘qib olaver diplomli bo‘lsang, bir ish topilib qoladi deymiz. Qanday ish? U ish o‘quvchiga yoqadimi? Oliygohni bitirib nima ish qiladi? Albatta bu savollar aksar hollarda o‘ninchi darajali bo‘lib qolaveradi.
Keyin esa diplomi chang bosib yotgan taksistlar ham ko‘payib ketdi deb yuraveramiz. Aslida yaxshi daromadli ish topish uchun oliy ma’lumotli bo‘lish ham shart emas, faqatgina nima qilishingizdan qat’iy nazar o‘sha ishni seving va chin ko‘ngildan bajaring, bo‘ldi pul oqimi siz tomon kela boshlaydi.
Buning uchun esa hali endi maktabni bitirgan o‘quvchiga o‘zini anglab olishimizga vaqt berishimiz kerak.
© Bektosh Hatamov - «Profi school» hususiy maktabi asoschisi.
-----------------------------------------------------------
Bektosh akani fikriga 100 foiz qo‘shilaman. Aslida maktablar reytingini bitiruvchidarni OTMga kirish ko‘rsatkichiga qarab belgilanishi ham mutlaqo xato. Chunki hamma faqat oliy ta’limga kirish ko‘rsatkini ko‘tarish uchun harakat qilyapti xolos. Raqamlar ketidan quviyapmiz, sifat esa o‘lib boryapti.
Ayrim amaldorlar bitiruvchilarga o‘qishga kirish istagingiz bo‘lsa, imkon qadar pastroq ball bilan ham kirsa bo‘ladigan yo‘nalishlarga topshiringlar deb ochiqchasiga ko‘rsatma berishi esa achinarli holat. Bizga raqamlar kerak, oliy ta’limga kiruvchilarning soni kerak. Sifat esa hech kimga qiziq emas. Shu sababli ko‘pchilik o‘qishni bitirganlar hozir ham ish topolmay yuribdi.
Manba: Xalq ta'limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
⚡️O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun muhim yangilik
Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga endi faqat besh yil ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglar qabul qilinadi.
2023-2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga faqatgina kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi.
Mazkur qarorga ko‘ra 2023-2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining matematika va informatika, fizika va astronomiya, kiyo, biologiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, o‘zbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha), o‘zbek tili guruhlarda o‘zbek tili, xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), chaqiriqqacha harbiy ta’lim, maktab menejmenti, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha) va maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Mutaxassis kuchli bo'lsa ham nega yondosh fanlardan dars berish mumkin emas?
Ushbu murojaat foydalanuvchidan kelgan bo'lib tahrirsiz taqdim qilinmoqda. Biz bu morojaatni haqli deb hisoblaymiz va vazirlik tomonidan munosabat bildirishlarini kutib qolamiz.
Assalomu alaykum hurmatli admin. Sizdan ba'zi masalalarda maslahat olmoqchi edim.
Men O'zMUning fizika fakultetini tamomlaganman. Toifam oliy. Ilgari "Mutaxassis" degan to'siq qo'yilishidan oldin matematika va informatikadan ham dars berar edim. U fanlardan ham toifam oliy edi. Deyarli har yili fan olimpiadalarida viloyatgacha qatnashib munosib o'rinlarni egallab kelar edik. Lekin, bu fanlar bir biri bilan qanchalik bog'liq bo'lmasin ularni ajratib, alohida mutaxassislik deb hisoblashdi.
Hozirgi paytgacha bu fanlarga juda qiziqaman. Matematika va fizika fanlaridan repetitorlik qilaman. Yuzlab shogirdlarim OTMga kirishmoqda, tamomlab o'z mutaxassisligi bo'icha ishlashmoqda ham. Informatikadan ta'lim uchun bir qancha dasturlar yaratganman va ularning ko'pchiligi allaqachon ommalashib ulgurgan. Bu fanlar bo'yicha tumanda o'z o'rnimga egaman.
Meni qiziqtiradigan narsa shuki, nega shu kabi malakali o'qituvchilarga yondosh (matematika, informatika) fanlardan dars berilmaydi. Arziydigan sababni topolmasdan qiynaldim.
Misol uchun, mutaxassis matematik yoki informatikka nisbatan shu fanlarni ulardan ko'ra ancha yaxshi biladigan fizika o'qituvchisi bor bo'lsa-yu, unga dars berish ta'qiqlansa, bundan kim yutadi?! Dars o'z o'zidan bilimsizlarga berilmaydimi?!
Bu kabi holatda bilimsiz "mutaxassis" raqobatsiz dars berishi mumkinligidan o'z ustida ishlamasligi aniq. Chunki, unga darslar kafolatlangan. Eng yomoni yondosh fanlar ham o'z yo'nalishidan boshqa yo'nalishlarni o'rganishdan to'xtaydi. Bu esa orqaga ketish degani emasmi?!
Shundan ko'ra raqobatni kuchaytirish uchun yondosh fanlarni, balki boshqa fanlarni ham (masalan men geografiya, kimyo fanlariga ham juda qiziqaman) o'rtaga qo'yib, "zo'r bo'lsang raqobatda yutib ol va darslarga egalik qil" deyish kerak emasmi?! Shunda darsini oldirib qo'yishdan qo'rqqan o'sha "mutaxassis"larning o'z ustida ishlashi kuchayarmidi?
Xulosa shuki, hozirgi paytda attestatsiya, imtihon, test kabilar yordamida haqiqiy mutaxassisni saralab olish muammo emas. Shunday ekan qonunchilik "qog'ozi" bor mutaxassisdan ko'ra bilimi bor mutaxassislardan foydalanish usullarini ko'rib chiqishni yo'lga qo'ysa yaxshi bo'larmidi?!
Masalan bizning maktabda fizika darslari kam, boshqa darslarni o'tosh menga qonunan ta'qiqlangan. Shu tufayli maktabni tashlab ketsam kim yutadi? Menga o'xshaganlar ko'pchilik bo'lsachi? Ta'limning ahvoli ne kechadi?
Agar fikr va taklifim ko'rib chiqishga arziydi, deb hisoblasangiz kengroq variantini taqdim qilishim mumkin.
Men bu fikrlarni ishsiz qolayotganimdan emas, balki, ta'limning orqaga ketayotgani uchun yozdim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
Nyu-Yorkdagi o'zbek maktabida odobnoma darsi o'tiladi
Bugungi kunda O'zbekistondan AQShga borib yashayotgan o'zbek oilalari farzandlari hamda boshqa qiziquvchilar uchun Nyu-York shahrida o'zbek tili o'quv markazi faoliyat olib boradi.
Ko'p yillar Samarqanddagi oliy o'quv yurtlarida, pedogog xodimlarning malakasini oshirish institutida faoliyat ko'rsatgan, ayni paytda esa Amerikada yashayotgan filologiya fanlari nomzodi, dosent Abduvohid Xudoyberdiev ana shu maktabda saboq beradi. Bu haqda UzA yozmoqda.
Domla 2015 yilda “gren kart” bilan okean orti mamlakatiga ketgan va o'sha erda mehnat faoliyatini olib bormoqda. O'sha erda turib “Amerikadan maktublar”, “O'zbek tili dunyo kezmoqda” deb nomlangan kitoblar yozdi. Bu kitoblarda AQShda yashayotgan o'zbekistonliklar va o'zbek millatiga mansub kishilarning hayot tarzi, oila va farzandlar ta'lim-tarbiyasi, milliy an'ana va qadriyatlarimizga, o'z ona tilimizga munosabati haqida so'z yuritgan edi.
Abduvohid aka ikki yil oldin yurtimizga kelganida hozirda AQShda yashayotgan o'zbek oilalarida tug'ilgan farzandlar ona tilimizni bilmasligi, milliy urf-odatlar ham unutilib borayotgani haqida kuyinib gapirgan edi. Shu bois AQShning ko'plab shtatlaridagi o'zbeklar jamiyatlari tomonidan milliy bayramlarimiz birgalikda nishonlanayotgani, turli qadriyatlar davom ettirilayotganini aytgandi. Xususan, Nyu-Yorkdagi vatandoshlarimiz tashabbusi bilan o'zbek tili o'qitish maktabi tashkil etilgani va o'zi ham shu maktabda o'quvchilarga saboq berayotganini bildirgandi. Yaqinda Abduvohid akaning “Nyu-York maktabida odobnoma” deb nomlangan darsligi nashr etildi. O'zimizning maktablarimizda ham odobnoma darsi o'tiladi. O'quvchilarga yoshligidan milliy tarbiya beriladi, ota-onaga, kattalarga munosabat, ko'cha-ko'yda odamlar bilan muomala madaniyati va boshqa shu kabi xususiyatlar o'rgatiladi. Shu jihatdan “Nyu-York maktabida obodnoma” biroz farq qiladi. Avvalo, kitobda Alisher Navoiy asarlaridagi ilohiy ishqning mohiyati, Ahmad Farg'oniy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'inoniy singari allomalarning hayoti va faoliyati, sohibqiron Amir Temurning oila va farzand ta'lim-tarbiyasiga oid qarashlari, muqaddas Islom dini g'oyalari sodda va tushunarli tilda bayon etilgan. Shuningdek, O'zbekiston xalq yozuvchilari Tohir Malik, Muhammad Ali va boshqa ijodkorlarning asarlaridan namunalar keltirilgan.
Misol uchun Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobidan “Pul go'yo o'tkir qilich, do'stlik zanjirini kesadi”, “Inson baxtiyor bo'lishi uchun yaralgan, boy bo'lish uchun emas” singari hikmatli so'zlar keltirilgan. Shuningdek, mehmonda va dasturxon atrofida o'tirish odoblari sanab o'tilgan: taomni kam eyish foydali, taomni yoshi kattalar boshlashi kerak, non ikki qo'l bilan sindiriladi. E'tiborlisi, kitobda muhojirlikda yashashning ham o'ziga xos tartib-tamomillari borligi bayon etilganki, bu mutlaqo boshqa turmush tarzi, boshqacha muomala-munosabat qaror topgan davlatda o'zga bir yurtdan borgan kishilar va ularning farzandlari uchun juda kerakli tavsiyalardir.
Darslikda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va boshqa ajdodlarimizning bolalik yillari, ular bilan bog'liq ibratli hikoyalar ham keltirilgan. Balki, kitobda yozilgan pand-nasihatlarni ota-onalar oila davrasida farzandlariga aytar, ular onggiga singdirib borar. Lekin maktabda o'z tengdoshlari bilan birga bu kabi odob-axloq me'yorlarini o'rganib borish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir qilishi shubhasiz.
Umuman, bugun dunyo globallashib, farzandlarimiz ko'p vaqtini internetda, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib o'tkazayotgan paytda ularni boshqalar emas, o'zimiz tarbiyalashimiz, o'zimizga xos an'ana va qadriyatlarimizni o'rgatishimiz, ular yurtda yoki xorijda bo'lishidan qat'iy nazar o'zligini anglashiga, hayotda to'g'ri yo'lni topishiga yordam beradi. Bu aslo, kimlardir jar solayotganidek erkinlikni cheklash emas.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari
Mavsum boshida vitaminlar yetishmasligi, immunitet pasayishi kuzatilishi mumkin. Qanday sqilib bahorda immunitetni ko‘tarish mumkin?
Qish oxiri va bahorning dastlabki haftasi - avitaminozlar, kuchsizlanish va immunitet tushib ketishi vaqti. Quyida Sputnik Gruziyaning bahorda immunitetni ko‘tarish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashamiz.
Ko‘proq quyosh nurlaridan bahramand bo‘lish, to‘yib uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish - mana bahorda immunitetni ko‘tarish uchun nima qilish kerak.
Mutaxassislarning ta’qidlashicha, D vitamini miqdoriga alohida e’tibor qilish lozim. Odatda qishdan keyin organizmda D vitamini tushib ketadi va immunitet bundan aziyat chekadi.
Shuningdek, kun tartibiga jismoniy faollikni ko‘shish yaxshi natija beradi. Qiyin va murakkab mashqlar bilan shug‘ullanish shart emas. Ochiq havoda o‘ttiz daqiqalik sayr ham organimzga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmni kislorodga to‘yintiradi.
Bundan tashqari, uyquni me’yorlashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Qishda inson quyosh nurlarini kam ko‘radi. Bundan esa gormonlarda muammolar kuzatilishi mumkin.
To‘g‘ri ovqatlanish haqida unutmaslik lozim. Meva va sabzavotlar har kungi rasionda bo‘lishi lozim. Va albatta, yaxshi kayfiyat haqida ham ko‘proq o‘ylash lozim. Kamroq stress va ko‘proq yaxshi kayfiyat.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Namanganda o‘qituvchiga mukofot olib berish evaziga pul talab qilgan direktor ushlandi
2022 yil 4 fevral kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktab o‘qituvchisi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktab direktori, 1986 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali “Xalq ta’limi a’lochisi” davlat mukofotini olib berishini aytib, evaziga 150 AQSh dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB JQB KIJQKB tezkor vakillari va IJQKD viloyat boshqarmasi xodimlari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ayol Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan kafeda arizachidan 1.650.000 so‘m pullarni olgan vaqtda ushlangan.
Bu haqda aniq.uz nashri xabar bermoqda.
Ushbu holat bo‘yicha IJQKD viloyat boshqarmasi tomonidan 2022 yil 7 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Namangandagi 29 ta maktabda autsorsing shaklida oʻquv kurslari tashkil etiladi
Joriy yilning 28-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan maktab taʼlimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov oʻquvchi-yoshlarga xorijiy tillarni chuqur va mukammal oʻrgatish barobarida ularni oliy taʼlimga tayyorlash borasida yangi taklif bilan chiqqan edi. Unga koʻra Namangan viloyatida reyting darajasi past boʻlgan maktablarda nodavlat taʼlim tashkilotlari tajribalarini qoʻllagan holda autsorsing shaklida taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.
Shunday qilib, viloyat shahar va tumanlaridagi 29 ta maktabda joriy qilinadigan autsorsing taʼlim tizimiga ehtiyojmand oilalarning farzandlari boʻlgan 580 nafar 10-sinf oʻquvchisi qamrab olinadi. Ularga tajribali, yetarli malaka va mahoratga ega pedagoglar tomonidan xorijiy tillar oʻrgatiladi. Oʻquv kurslari mashgʻulotlari, saboqlar va dars jarayonlarini mukammal tashkil etish maqsadida nodavlat taʼlim tashkilotlari autsorsing tizimi uchun tender usulida tanlanadi. Talablarga koʻra oʻquv kurslari mashgʻulotlarini olib boruvchi pedagoglar yuqori malakali, xalqaro miqyosda tan olingan, eng kamida 6 ball darajada IELTS yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishi, mashgʻulotlar haftada uch kun ikki soatdan tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Jarayon bir yil davom etib, kurslarga jalb etilgan oʻquvchilarning yakunda kamida 5,5 ball darajadagi IELTS sertifikatiga ega boʻlishi kabi mezonlar belgilangan.
Maʼlumot uchun, loyiha qiymati 1 milliard 824 million soʻmdan iborat boʻlgan autsorsing taʼlim jarayonlari mutlaqo bepul tashkil qilinib, nodavlat taʼlim muassasalarining bu boradagi faoliyati xarajatlari Namangan viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy byudjetdan orttirilgan mablagʻlar hisobiga qoplab beriladi.
Manba: XS.uz
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Maktab oʻqituvchilari onlayn malaka oshirishi mumkin
“Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasi (onlinedu.uz) orqali maktab oʻqituvchilari onlayn malaka oshirish imkoniyatlari yaratildi.
Dastlab uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari uchun 29 ta fan yoʻnalishda 1 120 ta maʼruza, taqdimot hamda videodars, 7 840 ta qoʻshimcha adabiyot, 7 308 ta nazorat topshirigʻi yaratilib, platformaga joylashtirildi.
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtayotgan navbatdagi “Hukumat soati”da qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, xalq taʼlimi tizimining Yagona boshqaruv dasturiy majmuasi ishlab chiqildi. Mazkur tizimda 10 mingdan ortiq umumtaʼlim muassasalari va tashkilotlarining pasporti, 6,2 mln. nafardan ortiq oʻquvchi hamda 700 ming nafardan ortiq oʻqituvchi va xodimlarning maʼlumotlar bazasi 10 ta manfaatdor vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya orqali shakllantirildi.
Ushbu dasturning toʻliq ishga tushirilishi natijasida xalq taʼlimi tizimini boshqarish bilan bogʻliq jarayonlar, xususan, statistik maʼlumotlarni olish, moliyaviy hisob-kitob qilish, rejalashtirish va tahlil qilish avtomatlashtiriladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
“Pedagog xodimning maqomi to'g'risida”gi qonun loyihasi taqdiri nima bo'ldi?
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov kecha bo'lib o'tgan ochiq muloqotda ushbu savolga javob berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, ushbu qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasida turibdi. Bu erda qo'shimcha kafolatlar masalasida muammo bo'lyapti, chunki bu pul bilan bog'liq. Bu sohaga har bitta eъtibor qo'shimcha mablag'ni talab qiladi, sababi sohada 500 ming nafar o'qituvchi ishlaydi. Hozircha bu qonun Parlamentga kiritilmagan, Vazirlar Mahkamasida ko'rib chiqilmoqda.
P.S: Maъlumot Xushnudbek Xudoyberdiev telegram kanalidan olindi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
#Mantiqsizlik
Endi o‘qituvchilar tungi paytda ham ishlashga majbur(mi?)
Bizni rahbarlarga bir topshiriq berilsa, uni mazmun-mohiyatiga e’tibor bermay ishni doim teskarisiga bajaradi. Bizga kelayotgan murojaatlarga ko‘ra maktablarda to‘garaklar faoliyatini endi nafaqat kunduzi, balki kechki soat 22:00 ga qadar yuritish bo‘yicha maktab direktorlariga topshiriqlar berila boshlabdi.
Bunday topshiriqlar esa hududiy hokimlik va xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan berilayotgani aytilmoqda. Bundan maqsad nima? Bu o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishmi yoki ularni majburlab 22:00 ga qadar maktabda, muzlab yotgan sport zallarida ushlab turishmi?
To‘g‘ri, bu tadbirlarning bajaralishi qaysidir ma’noda yaxshidir. Lekin hech qanday sharoitni yaratmay, kamiga sport targ‘ibotchilari uchun ustama to‘lashni ham ortga surib, o‘qituvchilarni qishning qirovli kunlarida majburiy mehnatga jalb qilish to‘g‘rimi?
Shunday topshiriqni berayotgan mutasaddilar tushuning, hozir maktablarda isitish tizimi yaxshi emas. Ko‘p maktablarga tabiiy gaz etib bormagan. Hozirgi kunda hatto oddiy aholining uyini istishda muammolar bo‘layotgan bir paytda katta-katta sport zallari umuman isimasligi aniqku. Nega bu topshiriqni berishdan avval bunday to‘garaklarni qaysi hududlarda amalga oshirish mumkinligi o‘rganilmaydi?
Nega biz ta’lim sifatiga emas, mana shunday faqat suratga tushib olish uchun tashkil etiladigan ishlarga o‘ralashib qoldik? Nega bir topshiriq quyi tizimga etib kelguniga qadar mantiqsiz bo‘lib ketadi? Nega aqlni ishlatmaymiz? Shunday topshiriq berayotganlar o‘z farzandini isitib bo‘lmaydigan sport zallarga yuboradimi?
Maktab o‘quvchilarga ta’lim berish joyimi yoki mana shunday ko‘zbo‘yamachilik uchun qilinadigan ishlar amalga oshiriladigan maskanmi? O‘qituvchilarning vazifasi dars o‘tishmi yoki faqat o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini qanday bo‘lmasin band qilib turishmi? Nega hech kim mantiqni ishlatib ko‘rmaydi? O‘qituvchi va o‘quvchilarni maktabga chaqirishdan nima naf? Undan ko‘ra onlayn ta’limni tugatib qo‘yaqolganimiz ma’qul emasmi?
To‘garak, to‘garak deymiz, lekin haligacha o‘qituvchilar tomonidan fan to‘garaklarini kim, qachon, qaysi payt o‘tishi to‘g‘risida aniq bir normativ hujjat mavjud emas? Qachongacha tutriqsiz topshiriqlar berib hammani ishdan bezdiramiz? Nega Xalq ta’limi vazirligi bunga chek qo‘yolmaydi?
Mayli sport zallar kerak bo‘lsa ertalabgacha ochiq tursin, u erga kirib mahalladagi yoshlar sport bilan shug‘illansin. Lekin bunga o‘quvchi va o‘qituvchilarni jalb qilmaylik. O‘sha hokimligu, boshqarmalar qo‘lidan kelsa "uyushmagan" yoshlarni jalb qilsin. Maktabda tekin ishchi kuchi bor ekan deb pedagog xodimlarga yopishib olmasligi kerak. Hamma o‘z ishini qilsin.
Manba: Xalq ta‘limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
⚡️2023 yil 1 yanvardan boshlab ayrim o'qituvchilarning oylik maoshi keskin oshirilishi mumkin
“2022-2026 yillarda Xalq taъlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident farmoni loyihasida aytilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo'lgan o'qituvchilarining oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
🔰Yaъni malaka toifasiga ega bo'lgan o'qituvchilarning oylik maoshi quyidagicha oshiriladi:
👉2023 yil 1 yanvardan boshlab oliy toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 100 foizga;
👉birinchi toifali o'qituvchilarning oylik maoshi 50 foizga.
👉2023 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy hamda birinchi toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalari yana 50 foizga.
👉2024 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga;
👉birinchi toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 25 foizga oshirish nazarda tutiladi.
❕Shuningdek, milliy yoki xalqaro sertifikatsiya belgilangan yuqori talablariga javob beradigan o'qituvchilarni qo'shimcha rag'batlantirish tizimi joriy qilinadi. Bunda:
👉2022 yil 1 sentyabrdan tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarga 50 foiz miqdorida;
👉2023 yil 1 sentyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy tilni (ingliz, frantsuz, nemis) bilish darajasiga ega bo'lgan STEM (fizika, kimyo, biologiya, informatika, matematika, geografiya) fanlari o'qituvchilariga qo'shimcha 50 foiz miqdorida har oylik ustamalar qo'llash nazarda tutiladi.
Manba: @dokument_zamdirektor
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Yagona maktab formasiga qanday talablar qo‘yilgan?
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartibda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
❗️Yagona maktab formalarining shakllari quyidagicha bo‘lishi lozim:
❕1-6 SINFLAR UCHUN:
👉Ko‘ylak oq, 100% paxtadan oddiy klassik bichimda, yengi kalta variantda ham tikiladi.
👉Nimcha ko‘k, ko‘k katak 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalaniladi. Qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikiladi.
👉Shim ko‘k, 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
👉Yubka ko‘k katak 65% paxta, 35% poliesterdan trapetsiya shaklida tikiladi va yon qismida to‘rtta yig‘ma bo‘ladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
👉Yengil kurtka ko‘k, 65% paxta, 35% poliesterdan erkin bichimda tikilib, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bo‘lishi lozim.
❕7-11 SINFLAR UCHUN
👉Ko‘ylak oq, 70% paxta, 30% poliesterdan klassik uslubda tikilib, yengi uzun va kalta variantlarda ham tikiladi.
👉Nimcha to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. O‘g‘il bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud bo‘lishi kerak.
👉Shim to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida cho‘ntaklari bo‘lishi lozim. Shim kiyib yurilganda oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
👉Yubka to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan, tizzadan yuqori bo‘lmagan, klassik uslubda tikiladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
👉Pidjak to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan, klassik uslubda tikilib, relef vitochkalari va cho‘ntaklari bo‘lishi lozim.
Manba
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Texnikumni tugatganlar OTMga o‘qishga kira olmaydimi?
✅ Javob: 2022-yil 15-iyun kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi ma’lum qilingan edi.
Mazkur xabar ayrim abituriyentlar tomonidan endilikda texnikumni tamomlaganlar oliy ta’lim muassasasiga topshira olmas ekan degan mazmunda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda ekan.
Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.
Manba
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Bu yil bitiruvchilar soni ancha kamroq, maktabga kiruvchilar esa deyarli 2 karra koʻproq: demak maktab yetishmovchiligi yana ortadi
Bu yil 11- sinfni 392,9 ming nafar oʻquvchi bitiradi. Solishtirish uchun oʻtgan yili 11- sinflarni 454,3 ming nafar oʻquvchi tamomlagan.
Bu yil 2015-yilda tugʻilganlar maktabga kirishadi. Statistikaga tayanilsa, 2015-yilda 734 141 nafar bola tugʻilgan. Demak, umumtaʼlim maktablariga qoʻshimcha yuklama 300 mingdan oshadi. Hatto bu yil maktablarda 141 ming atrofida qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratilishi borasidagi rejalar ham maktab yetishmovchili muammosini yumshatmaydi.
Darvoqe, bitiruvchilar soni kamligining yaxshi taraflari ham bor. Avvalo, qayd etish kerakki, bitiruvchilarning mutlaq koʻpchiligi qizlar - 209,6 ming nafar.
Bitiruvchilarning nisbatan kamligi (kollej va akademik litseylar birituvchilari toʻgʻrisida maʼlumotlar ochiqlanmagan) OTMlarga kirish uchun konkurs va talabgorlik bir oʻrin uchun oʻtgan yildagidan kamroq va oʻtish ballari pastroq boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O‘qituvchi intellekti tushunchasiga nimalar keradi?
O‘qituvchi intellekti tushunchasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Ijod —o‘qituvchi faoliyatida mehnatning moddiy va ma’naviy mahsulotini yaratish, yuksak natijalarga erishish qobiliyati;
Fikrlash tezligi—ta’lim-tarbiya jarayonida yangi holatga tez va to‘g‘ri munosabat bildirish; faoliyatni tanlashda tafakkur tezligi;
Mahorat— pedagogik faoliyatda erishilgan muvaffaqiyatlar o‘lchovi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Taklif:Yozgi ta’tilda pedagog xodimlarga sayohat uchun yo‘llanmalar berilsa...
«Yaxshi dam - mehnatga hamdam» deganlaridek, birinchi nabatda yoz keldimi, o‘quvchilar ta’tilga chiqdimi hech bo‘lmasa bir oyga hamma maktablarni to‘liq yopish kerak. Majburiy tarzda to‘garak o‘tish, qandaydir soxta oromgohlar tashkillamay barcha pedagoglar birdek hordiq chiqarishi kerak. Yangi o‘quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikchi demoqchimisiz? Shoshmang, oldimizda yana ikki oylik ta’til bor. Bejizga bir oyga demadim.
Shu bir oylik ta’tilda o‘qituvchilar maroqli dam olishlari uchun har oyda o‘qituvchilar oylik maoshidan avtomatik tarzda 30-40 ming so‘m ushlab qoladigan tashkilot ya’ni Kasaba uyushmasi o‘zini mavjud ekanligini bildirib, pedagog xodimlarga chet elga desam yig‘lab yuborishsa keragu, hech bo‘lmasa O‘zbekistondagi dam olish maskanlariga bepul yo‘llanmalar berishi kerak. 100% foiz hamma o‘qituvchilarga yo‘llanma bergani imkoni bo‘lmasa, hech bo‘lmasa yaxshi ishlagan o‘qituvchilarga shunday yo‘llanmalar bersin.
Direktor, uning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilar mazza qilib dam olib, yil davomida charchagan asablariga dam bersin, maktab tashvishlarini biroz bo‘lsada unutsin. Men o‘qituvchilar bir oy sayohatda yursin demayapman, ularga 10 kunlik sayohat ham yetib ortadi. Qolgan 20 kunini oilasi davrasida o‘tkazsin, hech kim yig‘ilishga chaqirmasin, maktabga ishchi guruhlar, komissiyalar kelmasin.
P.S: Aytaveramiz, gapiraveramiz lekin, man shu muammolarni hal qiladigan bir mard topilmaydi. Mayli, vaqti kelib shunday kunlar ham kelar. Hozircha buni orzu qilib tursak yetadi.
Manba: Xalq ta'limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi chora
O‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi chora bu davomotni avtomatlashtirishdir.
Ma’lumki, maktab o‘quvchilarining davomatini yuritish Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 3 oktabrdagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi.
Bu usul ancha eskirganiga qaramay, biz hali ham undan foydalanib kelyapmiz. Aniqrog‘i o‘zimizni-o‘zimiz aldab yuribmiz.Chunki o‘quvchilar davomati o‘ta achinarli darajaga yetgan. Faqat «komissiya» kelgandagina yuqori sinf o‘quvchilari maktabga kelishga odatlanib bo‘ldi.
Tan olib aytishimiz kerak hozir ta’lim muassasalrida davomat masalasi achinarli holga kelib bo‘ldi. 10-11 sinfni qo‘yib turaylik, hatto, 7-9 sinf o‘quvchilari ham maktabdagi darslarga emas, repititorga borishni afzal ko‘rmoqda.
Ming afsuski, o‘quvchilarni ta’limga qaytarish uchun qilinayotgan harakatlarning barchasi besamar ketmoqda. Inspektor-psixologlar ham hech nima qilolmayapti. Chunki amaldagi tizim faqat pedagog xodimlarni ayblaydi. Hozir bunga tuzatish kiritilmasa keyin kech bo‘ladi.
Shuning uchun o‘quvchilar davomatini avtomatlashtirish kerak. Buning uchun kundalik.com platformasidan foydalansak bo‘ladi. Maktabga kelmagan o‘quvchining ota-onasiga jarimalar qo‘llashda inson omilini kamaytirish lozim.
Haydovchilarga qoidani buzganlik uchun jarimlar qanday qo‘llanilsa, dars qoldirgan o‘quvchining ota-onasiga ham shunday tartibda jarimalarni qo‘llash kerak. Shundagina o‘quvchilar ham ularning ota-onalari ham maktab ma’muriyati bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladi.
Manba: Xalq ta'limi Info
Bizning kanal👇
/channel/baxtiyoruz
O‘Qituvchilar Malaka Oshirishga Chiqishi Majburiymi?
Savol: Men matematika fani o‘qituvchisiman. Yaqinda metodistimiz malaka oshirishga chiqishim lozimligini aytdi. Meni esa malaka oshirishga chiqishga ehtiyojim yo‘q. Umuman malaka oshirish kurslariga chiqmasam bo‘ladimi? O‘qituvchilarning malaka oshirishga chiqishi majburiymi?
Javob: Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.
Soddaroq tilda tushintiradigan bo‘lsak, pedagog xodim o‘z qaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmasa egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.
Shu sababli pedagog xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.
Manba: Xalq ta'limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
21 FEVRAL - XALQARO ONA TILI KUNI
YUNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
Ona tilimizni sevuvchi do'stlarga yuboramiz.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
O'quvchi ixtirosi: Tikodan samosval yasaldi
Andijonning Paxtaobod tumanida havaskor mexanik “Tiko” avtomobilini 2,5 tonna yuk tashib ag'daruvchi samosvalga aylantirdi. Qizig'i, bu ixtiro muallifi – 12 yashar Hayitali Orifjonov. Bu haqda kun.uz yozmoqda.
Hayitali Orifjonov Paxtaobod tumanining Qumshaydon mahallasida yashaydi. 69-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabining 6-sinfida o'qiydi.
To'g'risi, avvaliga Hayitalining mana shu yoshda engil avtomobil va motosikl detallaridan yuk mashinasi yaratgani aniq ishonmadik. Lekin u bilan suhbat davomida fikrimiz o'zgardi.
“Bu kichik yuk mashinasini dadam bilan birga yasadik. G'oya meniki. Dadam katta yuk avtomobillari, avtobuslar tuzatadi. “Motor”, “xodovoy” qiladigan usta. Bolalagimdan temir-tersaklar ichida o'sdim. Men motosikllarga qiziqaman. Uyimizda “Munis” yuk tashiydigan motosiklimiz bo'lib, u og'ir yuk ko'tara olmay doim orqa kuzov ostidagi ramasi sinib qolardi. Dadamga “keling dada, “Munis”ni ramasini kuchaytirib, “Tiko” matorini o'rnataylik. Yuk ag'daradigan samosval teraylik” dedim. Shu bilan 6 oyda shuni yasadik.
Bu meni birinchi ishim emas. Bundan oldin nogironlar aravachasi va “Matiz” va motosikl detallaridan xuddi shunaqa yuk mashinasi yasaganman. Buxoroga 25 million so'mga sotib yuborganmiz.
Kimdir “mana shu mashinani 12 yoshli bola yasaganiga ishonmayman?”, deyishi mumkin. Xohlasa kelib ishlarimni ko'rishi mumkin”, – dedi Hayitali Orifjonov.
Hayitali bizga mashinasi qanday detallardan tashkil topgani bilan tanishtirdi:
“Orqa kuzov ramasi “Kamaz” mashinasiniki, “Gidrobachok” va mashinani gidravlika qismi “Munis”dan olingan. Motor, ya'ni dvigatel “Tiko”niki. Rul “Matiz”niki, o'rindiqlar eski avtobusga tegishli. Oldi kuzov ham “Tiko” avtomobilidan olingan”.
Hayitali o'z mashinasini “Tiko-pekap” deb nomlabdi. Mashinani boshqarish juda qulay.
“O'g'lim men avtomobil ustasi bo'lganim uchun temirlarni ichida katta bo'ldi. Doim nimadir ixtiro qilishga qiziqadi. Ishonsangiz hozir o'zi motosikl “motor”ini tuzatib qayta yig'a oladi. Uchta shunaqa yangilik yasadi. Nogironlar aravachasi, velosiped va “Matiz”dan yuk tashiydigan mashina. Uchalasi ham ishlayapti.
Bilasiz qishloqda yuk mashinasiga ish ko'p. Shuning uchun o'g'lim motosikl va “Tiko” avtomobili detallaridan yuk tashib, o'zi ag'daradigan mashinaga urinishni boshlagach, yaqindan yordam berdim. O'xshadi. 2,5 tonna yuk ko'taryapdi. Unda qurilish materiallari – g'isht, guvala, qum, shag'al, shifer tashish juda qulay”, deydi uning dadasi Soyibjon Hasanov.
Shuni aytib o'tish kerak Hayitali va uning akasi Abdulaziz “Vatanparvar” tashkilotida sportning “karting” turi bilan ham shug'ullanishadi. Abdulaziz yoshlar o'rtasida viloyat chempioni.
Paxtaobod tuman hokimligi yosh qahramonimizni be'etibor qoldirmadi. Uni voyaga etkazgan onasiga qimmatbaho sovg'ani bizning ishtirokimizda topshirdi.
Biz ixtirochi va uning dadasi bilan yangi samosvalni ish ustida sinab ko'rdik. Yangi “Tiko-pekap” 2 tonna qumni yuklab, yaxshi tezlikda boshqa joyga olib borib to'kdi. Hech qanday texnik kamchiliklar bo'lmadi. Mashina sinovdan zo'r o'tdi, hisob.
Yoshlar ichidan mana shunday ixtirochilar etishib chiqishi quvonarli holat. Qaniydi, yurtda minglab, o'n minglab izlanuvchan, yangilik yaratishga shijoatli Hayitalilar bo'lsa. Biz yosh mexanikka kelgusida omadlar tilab qolamiz.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Sinf rahbarlari «sinf soati» uchun konspekt yozishi kerakmi? to‘garak rahbarlarichi?
Savol: Ma’lumki, o‘qituvchilar konspekt yuritishdan rasman ozod qilingan. Bunda sinf rahbarlari ham "Sinf soati" uchun konspekt yuritishi shart bo‘lmaydimi? Undan tashqari to‘garak rahbarlari ham to‘garak mashg‘ulotlari uchun konspekt yuritishi shart emasmi?
Javob: Bu savol juda ko‘pchilikni qiynaydi. Haqiqatdan ham mazkur masala bo‘yicha aniq bir holat aytib o‘tilmagandi. O‘tgan davr mobaynida sinf rahbarlari «Sinf soati» uchun albatta konspekt yozishi shart bo‘lgan. Chunku u paytda o‘qituvchilar konspekt yozishdan ozod qilinmagandi. Shuning uchun sinf rahbarlari ham konspekt yozgan.
❕Ho‘sh endichi? Hozir bu borada qanday yo‘l tutish lozim? Sinf rahbarlari konspekt yozadimi yoki yo‘q?
Ma’lumki, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 3058-I-sonli qarorga ko‘ra o‘qituvchilar faqat sinf jurnalini yuritadi.
Sinf rahbarlari Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq sinf rahbari daftari va maktabning ichki ro‘yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og‘ir va surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar bilan amalga oishirlgan ishlar yig‘ma jildini yuritadi.
Demak sinf rahbarlari ham sinf soatida konspekt yozmaydi. Ammo ta’lim sifatini oshirish maqsadida "Sinf soati"da tarqatma va ko‘rgazmali material hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi zarur.
Shu o‘rinda to‘garak rahbarlari tomonidan ham to‘garak mashg‘uloti uchun konspekt yozilishi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanmagan.
Manba: Xalq ta‘limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Joriy yilda qancha maktablarda “Elektron taʼlim tarmogʻi” tatbiq etilishi ma'lum qilindi
Keyingi yillarda yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, oʻquvchilarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, sohani zamon talablari asosida modernizatsiya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, umumtaʼlim maktablaridagi internet tarmogʻi va ulardagi mavjud kompyuter texnikasini onlayn monitoring qilish maqsadida yagona “Elektron taʼlim tarmogʻi” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Mazkur axborot tizimi Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tajriba-sinovdan oʻtkazilib, oʻtgan davr mobaynida 2 mingta maktabga belgilangan tartibda oʻrnatildi. 2022-yilda esa 3 ming 200 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga oʻrnatish rejalashtirilgan.
Bu haqda parlament quyi palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Xalq ta’limi tizimi «tajriba quyonchasi» emas
So‘ngi yillar mobaynida go‘yoki maktablar to‘liq mustaqilligidan ayrilgandek tuyulmoqda. Negaki, xalq ta’limiga kim bo‘lsa aralashadigan bo‘lib qoldi. Deyarli har yili maktablardagi lavozimlar o‘zgartirilishi yoki qisqartirilishi haqida kimdir taklif kiritadi.
Hamma o‘zicha nimanidir tajriba qilib ko‘rgisi keladi. Kimdir o‘qituvchilarni ota-onalardan uzr so‘ratishga majburlasa, yana biri o‘qituvchilarni 22:00 gacha maktabda ushlab o‘tiradi. Ertasiga esa yanada boshqacharoq tajriba o‘ylab topishadi.
Eng yomoni, maktablar bora-bora Xalq ta’limi vazirligiga emas aksincha, hududiy hokimliklarga tobe bo‘lib bormoqda. Chunki, ta’lim muassasalari har tomonlama mahalliy hokimliklarga bog‘lab tashlandi. Direktorni deputatlar saylaydi, o‘rinbosarni ma’naviyat markazi, targ‘ibotchini ma’naviyat markazi. Barchasining ildizi esa hududiy hokimliklarga borib taqaladi. Hamma narsani hokimliklar hal qilsa, unda hududiy xalq ta’limi bo‘linmalarini nima keragi bor degan savol ko‘pchilikni qiynasa kerak.
Har tarafdan hokimliklarga tobe bo‘lib qolgan maktab ma’muriyati yana ilgarigidek hokimlarning chizgan chizig‘idan chiqolmay qoldi. Tungi vaqtdagi natija bermaydigan to‘garaklar, maktabda uyushmagan yoshlar uchun tashkil qilinayotgan «Gulhan atrofida» tadbirlari, majburiy obuna, pullik teatr va kontsert tomoshalaraliga o‘qituvchilarni majburiy jalb qilish kabi topshiriqlar kimlar tomonidan berilayotganligi barchaga ma’lum.
Xullas xalq ta’limidagi bunday boshqaruv tizimi bizga hali ko‘p pand beradi. Buning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi deb o‘ylayman. Chunki bunga bir nechta sabablar bor.
Birinchidan, kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yishda muammolar yuzaga keladi. Joylarda qancha-qancha direktorlik yoki mudirlik uchun tajribasi yoki salohiyati etarli bo‘lgan kadrlar bor. Lekin, ular hokimga yoqmaydi. Shuning uchun ham lavozimga o‘tib ishlashga imkoni yo‘q. Ayrim kadrlar esa, maktablar hududiy hokimliklar ko‘rsatmalari bilan ishlashini bilgani sabab u lavozimda ishlashni xohlashmaydi.
Ikkinchidan, ish hajmining haddan ziyod ko‘payib ketishi. Maktab ma’muriyatining asosiy boshqaruvdagi kadrlarini hokimlik qo‘l ostidagi tashkilot rahbarlari tavsiya qilganligi sababli, ular endi maktablarga qo‘shimcha topshiriqlar berishni boshlaydi.
Tan olib aytish kerak, hozirgi kunda pedagog xodimlar o‘z vazifalariga kirmaydigan juda ko‘p ishlardan ozod qilindi. Ammo, bir tomondan maktablar mahalliy hokimliklarga bog‘lab qo‘yilgani yaxshi bo‘lmadi. Shu sababli maktablarning to‘liq mustaqilligini ta’minlash juda ham dolzarb masala deb o‘ylayman.
Manba: Xalq ta‘limi Info
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
#Tezkor_xabar
7-Fevraldan mamlakatimizda o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklga o‘tkaziladi
2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
▶️@ssvuz
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
Elektr toki yo'qligi uchun o'qituvchiga chora ko'rish noto'g'ri
Kuni-kecha O'zbekistonning deyarli barcha joylarida elektr energiyasida uzilishlar bo'lganligi sababli joylarda o'quvchi va o'qituvchilar kundalik.com platformasiga kirolmagan.
Natijada esa o'qituvchilar o'quvchilarni vaqtida baholay olmagan. Obunachimizning xabar berishicha, baъzi joylarda buning uchun o'qituvchilarga chora ko'rilishi, ular 25-26 yanvar` kunlari kundalik.com platformasiga kirib o'z vazifalarini bajarmaganligi uchun ularning oylik maoshidan ushlab qolinishi aytilibdi.
Ming afsuski, ayrim joylarda byurokrat rahbarlar hali ham bor ekan. Ikki kundan buyon butun Respublika bo'yicha elektr energiyasida muammolar kuzatilayotganligini bog'cha bolasi ham bilsa kerak.
Lekin mana shunday mantiq yoki «farosat» etishmaydigan ayrim masъullarimiz shunday og'ir vaziyatda o'qituvchilarga chora ko'rish bilan ovora.
Tushuning elektr tokini o'qituvchilar ataylab uzib qo'ygani yo'q. Elektr tokining uzilib qolishi umuman inson omiliga bog'liq emas. Bunday vaziyatlarda xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo'llash umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydi.
Elektr toki yo'q bo'lsa, internet ishlamasa, hattoki baъzi joylarda aloqa vositalari ham uzilgan bo'lsa pedagog xodimlar qanday qilib kundalik.com platformasiga kirib o'quvchilarni baholay olishi mumkin?
O'qituvchilar elektr toki bilan bog'liq bo'lgan mehnat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda bekor turib qolsa, bunday vaziyatda ularning oylik maoshini ushlab qolish qonunchilikka ham to'g'ri kelmaydi. Chunki, Mehnat kodeksining 159-moddasiga ko'ra xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o'rtacha ish haqi saqlanishi kerak.
Shuning uchun butun mamlakat bo'ylab elektr energiyasi bilan bog'liq muammoli vaziyatda ayrim masъullardan ozgina mantiqni ishlatib ish ko'rishlarini so'rab qolamiz. Aql bilan hal qilsa bo'ladigan arzimas ishlar uchun ham Xalq taъlimi vazirligini ovora qilish shart emas.
P.S: Ha aytgancha, bizga murojaat yo'llagan obunachimizdan maktab raqami va manzilini so'rasak, birdan izsiz yo'qolib qoldi. Murojaatchi shaxsi oshkor qilinishidan qo'rqqan ko'rinadi.
Manba: @dokument_zamdirektor
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz
⚡️2022 yildan boshlab o'qituvchilarga bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda
2022 yildan boshlab pedagog xodimlarga er, mol-mulk solig'i hamda kommunal to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berilib, ularga uy-joy hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun bir qancha imtiyozlar berilishi mumkin.
Bu haqda “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.
❕Mazkur farmon loyihasida pedagog xodimlarga asosan quyidagi imtiyozlar berilishi nazarda tutilmoqda:
👉pedagog va boshqa xodimlarga er va mol-mulk solig'i hamda kommunal xizmatlarga haq to'lash bo'yicha 50 foiz miqdorida imtiyoz beriladi;
👉umumta’lim maktablari rahbariyati va pedagoglari uchun shahar yo'lovchi transportidan foydalanishida 50 foiz chegirma beriladi;
👉Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan ro'yxat asosida tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog va xodimlarga uy-joy sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr hamda yillik 3 foiz stavkasi bilan 20 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi;
👉xalq ta’limi tizimidagi xodimlarga har yili umumiy xodimlar soniga nisbatan bir foizdan kam bo'lmagan miqdorda foizsiz muddatli to'lov asosida avtotransport vositalarini sotib olish imkoniyatini yaratiladi;
👉15 yildan ortiq tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar hamda oliy va birinchi malaka toifasiga ega o'qituvchilarni bir yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanishga yuboriladi.
❗️Eslatib o'tamiz, yuqorida sanab o'tilgan imtiyozlar Prezident farmoni loyihasi. Ushbu farmon loyihasi hozircha hech qanday kuchga ega emas. Farmon loyihasi barcha manfaatdor vazirliklar tomonidan ko'rib chiqib, ma’qullanib, Prezident tomonidan izolangandan so'ngina kuchga kiradi.
Manba: @dokument_zamdirektor
Kanalga ulanish👇
/channel/baxtiyoruz