Бугун қиймати 3,7 миллиард долларлик 18 та янги қувватлар ишга туширилди ва навбатдаги 6 та лойиҳа қурилишига старт берилди.
Хусусан, Бухоро, Навоий, Наманган ва Тошкент вилоятларида салкам 2,3 минг мегаватт қувватга эга 5 та қуёш ва шамол электр станцияси ҳамда 5 та юқори кучланишли подстанция ишга туширилди.
Ўзбекистонда илк бор Андижон ва Фарғонада 300 мегаваттли йирик сақлаш тизими барпо этилди.
Шунингдек, Қашқадарёда 400 мегаваттли электр станцияси, Тошкент шаҳрида замонавий когенерация қурилмаси, Андижон, Сурхондарё ва Тошкент вилоятларида 4 та кичик ГЭС фойдаланишга топширилди.
Хорижий шериклар билан ҳамкорликда Фарғона, Самарқанд, Навоий, Тошкент вилоятлари ва Тошкент шаҳрида қиймати 3,5 миллиард доллар бўлган 2,5 минг мегаваттли 6 та электр қувватлари қурилиши бошланди.
👉 @deputat_f_zayniyev
2-6 dekabr kunlari "Biz — donormiz!" aksiyasi doirasida 260 litrdan ortiq qon yig‘ildi, butun mamlakat bo‘ylab 600 nafardan ortiq odam ishtirok etdi.
Tasavvur qiling, ushbu to‘plangan qon taxminan 780 kishining hayotini saqlab qolish yoki salomatligini tiklashga yordam beradi!
Befarq bo‘lmang! Aksiyani qo‘llab-quvvatlagan va ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Bosh qonunimiz — mustaqilligimiz timsoli va farovon kelajagimiz asosi. U adolat, erkinlik va taraqqiyotga xizmat qilib, xalqimizni buyuk maqsadlar sari birlashtiradi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
1-dekabr – Qaraqalpaq tili kúni
Qádirli tuwısqan qaraqalpaq xalqımız! Sizlerdi shın júrekten qutlıqlaymız!
Кеча Президент Шавкат Мирзиёев Қонунчилик палатаси депутатлари билан учрашувда парламентда мухолифатни жонлантириш зарурлигини айтди.
Айрим манбаларда бу масалани нотўғри талқин қилинаётганлиги ва турли янглиш фикрлар янграётганлигига гувоҳ бўлмоқдамиз. Жамоатчилик фикрини чалғитмаслик учун парламент мухолифатининг қонуний асосларига мурожаат қиламиз.
Демак, Қонунларга ("Сиёсий партиялар тўғрисида"ги Қонуннинг 13 прим 1-моддаси, “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг регламенти тўғрисида”) кўра янгитдан шакллантирилган ҳукуматнинг тутган йўли ва дастурига ёки унинг айрим йўналишларига қўшилмайдиган сиёсий партиялар фракциялари ўзларини мухолифат деб эълон қилиши мумкин.
Мисол учун, 2015 йилда Адолат СДП ва Халқ демократик партияси фракциялари парламентда кўпчиликка нисбатан ўзларини мухолифат деб эълон қилган.
Шу нуқтаи назардан, расмий рўйхатдан ўтмаган, республикамиз қонунларидан ташқари ўзларини мухолифат деб атайдиган кучлар ёки фуқаролар мухолифат мақомига эга бўла олмайди. Шунга кўра, Президент нутқида ўзини мухолифат деб элон қилган сиёсий партиялар фракциялари назарда тутилмоқда.
Шунингдек, парламентдаги мухолифатга кафолатланган ҳуқуқлари сонини 3 тадан 6 тага ошириш, 1 нафар қўмита раиси ва 2 нафар қўмита раиси ўринбосари лавозимларини кафолатли эгаллаш, ҳар чоракда “Ҳукумат соати” ва парламент сўрови доирасида камида биттадан масала киритиш каби қўшимча ҳуқуқлар бериш таклиф қилинди.
P.S. Гап парламентдаги мухолифат ҳақида бормоқда.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga munosib deb topib, menga bildirilgan ishonch uchun saylovchilarimga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, eng ko‘p ovoz olishda yordam bergan barchaga – maslahat berib turgan ustozlarimizga, jamoamga va volontyorlarimizga alohida tashakkur izhor etaman!
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov va uning ishonchli vakillarining 22-oktabrdagi uchrashuvlari haqida ma’lumot
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Millatga, xalq va uning qadriyatlariga e'tibor mana bunday bo'ladi.
Tasanno, amerikalik do'stlarimizga!
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov va uning ishonchli vakillarining 21-oktabrdagi uchrashuvlari haqida ma’lumot
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Mironov Sergeyga.
Birinchidan, biz vatandoshlarimiz boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi bo‘lmaymiz. Konsulligimiz fuqarolarimizni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli.
Ikkinchidan, Vatandoshlarimiz o‘z mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qo'shyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi "Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida"gi shartnomaning 7-moddasida shunday deyilgan:
"...bir Tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa Tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar ko‘radilar."
Bugun, 17 oktabr kuni Toshkent shahrida “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida turli sohalarga doir muloqotlar boshlandi.
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov va uning ishonchli vakillarining 17-oktabrdagi uchrashuvlari haqida ma’lumot
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
⚡️ Muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
📍 Muddatidan oldin ovoz beruvchi saylovchilar quyidagi havola orqali saylov uchastkasini aniqlab olishlari mumkin:
✍️ Batafsil
📱 Saylov2024
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov va uning ishonchli vakillarining
14-oktabr kuni saylovchilar bilan uchrashuvlari haqida ma’lumot
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Спикер депутатларга уларнинг сайловчилар олдидаги жавобгарлигини эслатди
Қонунчилик палатаси Спикери Н.Исмоилов ИИВ томонидан тайёрланган “А” полосали йўлларни тартибга солиш билан боғлиқ қонун лойиҳасининг ялпи мажлисдаги муҳокамаси давомида сўнгги пайтларда йўл ҳаракати хавфсизлиги билан боғлиқ бўлган қонунларда тақиқловчи, чегараловчи ва жазо чораларини кучайтирувчи нормаларга кўп урғу берилаётганлигини танқид қилди.
“Эртага сайловчиларга нима деймиз? Сайловчилар сўрайди-ку, сизлар қачонгача жазони оширавераслар деб. Биз буни тушинтира олишимиз керак”, деди Спикер.
Konstitutsiya — bu shunchaki qonun emas, balki xalqni birlashtiruvchi va kelajakni belgilab beruvchi bosh g’oyadir.
Uni yod bilish va hurmat qilish har birimizning mas’uliyatimizdir.
Bobur Bekmurodov
Президентнинг Тошкент вилоятига ташрифи: транспорт, энергетика ва туризмдаги улкан салоҳиятни рўёбга чиқаришдан мақсад – иқтисодиётни ва ҳаёт сифатини янада юксалтириш
—
Визит Президента в Ташкентскую область: реализовать огромный потенциал в транспорте, энергетике и туризме для дальнейшего роста экономики и качества жизни
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Пропан нархи кескин ошиб кетгани юзасидан масъул ташкилотларга депутатлик сўровлари юборилди
Bobur Bekmurodov Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Saylovoldi tashviqotlar ham o’z nihoyasiga yetmoqda.
Biz bir oy ichida ishonchli vakillarimiz bilan birgalikda saylovchilar bilan jami 67 ta uchrashuv o’tkazdik.
Uchrashuvlarda qariyb 4000 nafar saylovchilar bilan bevosita muloqot qildik. Volontyorlarimiz va ishonchli vakillarimiz ko’magida, turli ilg'or vositalar orqali esa 90 mingga yaqin elektoratni qamrab oldik.
Men shtabimiz rahbari Javohir Muhitdinovga, shtab a’zolariga, ishonchli vakillarimiz Umidillo Qobilov, Davron Shodmonov, Saida Mustafaeva, Guzal Karimova va boshqalarga, volontyorlarimizga, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga o’zimning minnatdorligimni bildiraman!
Ertaga sukunat kuni, yakshanba esa saylov. G’alaba uchun barcha kuchlarni ishga soldik, tanlov esa saylovchilarda.
Natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, odamlarga xizmat qilishdan charchamaymiz!
O’zbekistonimiz taqdiriga befarq bo’lmang! Saylovda faol ishtirok eting!
Aziz do‘stlar, hamkasblar!
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi besh yillik faoliyatimiz yakunlanmoqda.
Bu yillar men uchun xalqimizga xizmat qilish mas'uliyatini his qilish davri bo‘ldi. Faxr bilan bu yo‘lni bosib o‘tdim.
21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni muborak bo'lsin!
Pushkin o’z asarlarida 21 ming betakror so’z ishlatgan, Shekspir salkam 20 mingta, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta betakror so’z ishlatgan!
Buyuk tilimizni asrab-avaylaylik!
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning 19 oktabrdagi uchrashuvlari haqida ma’lumot
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Saylov shtabimiz volontyorlariga rahmat!
Ular saylovchilarimizga ma'lumot beruvchi plakatlarimizni Qarshi shahri va tumani, Nishon tumani bo'ylab joylashtirishmoqda.
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
📚Biz xalqimizning kelajagini ta'lim va yangiliklar orqali o'zgartirishni xohlagan edik. Bugun sizda bu imkoniyat bor!
✅ Saylovlarda ishtirok eting! Ovozi bering!
📱 Saylov2024
63-Saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov va uning ishonchli vakillarining 16-oktabrdagi uchrashuvlari haqida ma’lumot
(yangilandi)
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Давлат идоралари томонидан бюджет ҳисобидан ҳарид қилинадиган қимматбаҳо буюмларнинг (автомобиль, мобил телефон ва бошқалар) сони ва нархини аниқ белгилаб қўйиш керак.
www.bekmurodov.uz
Bobur Bekmurodov
Қарши шаҳридаги Осиё технологиялар университети ўқитувчилари ва талабалари билан сайловолди дастуримиз юзасидан учрашув ўтказдик.
Учрашувда 200 га яқин сайловчи билан мамлакатимиз иқтисодиёти, таълим ва тиббиётни ривожлантириш бўйича фикр алмашдик.