Aksiyaning birinchi kunida qariyb 65 litr qon yig‘ildi.
Xayriya aksiyasi 13 sentabrgacha davom etishini eslatib o‘tamiz!
📍 Hududlardagi aksiya bo‘lib o‘tadigan manzillarni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/714
⚡️ 9-sentabrda “Biz — donormiz!” aksiyasi boshlanadi
Birinchilardan bo'lib Toshkent shahar, Navoiy va Xorazm viloyatlari aholisi qon topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agar siz poytaxtda bo'lsangiz, 👉 41.312295,69.24064,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.312295!4d69.24064?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDkwNC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">ushbu manzilga 👈 tashrif buyurishingiz mumkin 👉 qon donori bo'ling va hayot baxsh eting!
⏰ Soat 10:00 dan 13:00 gacha.
📌 Hududlar boʻyicha jadval bu yerda.
Bobur Bekmurodov
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Biz donormiz!”
2024-yilning 9-13-sentabr kunlari “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda mamlakatimizning 14 ta hududida qon topshirish aksiyasini o‘tkazmoqda.
➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/707
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
🔔 Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi.
MSKga koʼra, imzo varaqalarini birinchi OʼzLiDeP, soʼng “Milliy tiklanish” partiyasi topshirgan. Shunday qilib, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha boʼladi:
1⃣✅ Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
2⃣✅"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi
3⃣✅Oʼzbekiston Ekologik partiyasi
4⃣✅Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi
5⃣ ✅Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasi
📱 Saylov2024
Сенат ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимлари видеоларини «обрўсизлантириш мақсадида» тарқатишни тақиқловчи қонунни рад этди
Ҳуқуқ-тартибот органлари ходимларининг фото ва видеоларини уларни обрўсизлантириш мақсадида интернетда тарқатганлик учун жазо белгилашни кўзда тутувчи қонун сенаторлар томонидан маъқулланмади. Ҳужжат қайта кўриб чиқиш учун қайтарилди.
👉 https://kun.uz/kr/93162105
Bugungacha bo’lgan barcha medallarimiz!
Oltin medallar jamg’arish bo’yicha tarixiy rekord!
😎 Delegatsiyamiz hisobidagi medallar:
🥇 8 ta oltin
🥈 2 ta kumush
🥉3 ta bronzaga
❓Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкаларини қандай расмийлаштириш мумкин?
❓Қонунга кўра расмийлаштириш учун қандай талаблар қўйилган?
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi sport yutuqlari
Bu yil O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 19 turi bo‘yicha ishtirok etadi. Bu rekord ko'rsatkich. Vatandoshlarimiz oldida katta miqyosli, qiyin vazifalar yuklaydi. Ular raqiblar bilan kurashishlari va eng yaxshi natijalarini ko'rsatishlari ishonch bildiramiz.
🔖 Parijda bo'lib o'tadigan XXXIII Olimpiya o'yinlari jahon sport arenasida yangi yulduzlar porlasin!
Shin Agrippina Vasilevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga mas’ul shaxs sifatida Agrippina Shin o’zidan qator ijobiy natijalarni qoldirdi.
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📣"Yuksalish" harakati "Biz — donormiz!" qon topshirish aksiyasini o'tkazadi
Sizda saraton kasalligiga chalingan, baxtsiz hodisalarda jarohatlangan yoki murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlarga yordam berish imkoniyati bor.
❗️21-iyun kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, "NNTlar uyi", 8-qavat
18 yoshdan oshgan, tibbiy qarshi ko'rsatmalari bo'lmagan barchani donorlik harakatida ishtirok etishga chorlaymiz!
Qon donori bo‘ling va hayot baxsh eting!
➡️Rus tilida
Telegram📱Facebook📱Instagram📱
🤝 Шавкат Мирзиёев инвесторларни 5 йўналишда мамлакатимиз билан ҳамкорликка чорлади:
1. “Яшил” энергетика
2. Банк-молия соҳаси
3. Фойдали қазилмалар
4. Мамлакатнинг ИТ трансформацияси
5. Транспорт инфратузилмасини ривожлантириш
👉 Ҳар куни - Инфографика
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti iste’molining bazaviy me'yorlari tasdiqlandi.
➖Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moliga bazaviy me'yorlar joriy etish nimaga kerak?
➖Tariflarni o‘zgartirish va bozor mexanizmlariga o‘tish nima beradi?
➖Islohotlar bilan birga yana nimalarga e'tibor qaratilishi zarur?
Masalaning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bobur Bekmurodov
Boylar o'z xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotatsiya olmasligi kerak
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti iste’molining bazaviy me'yorlari tasdiqlandi.
Ta'kidlash kerak, O‘zbekistonda elektr energiyasi iste'moliga to'lovlar uning tannarxiga mos kelmaydi, oradagi tafovut davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. Bunday yondashuv fuqarolarning moddiy imkoniyatidan qat’i nazar, butun aholi uchun qo‘llaniladi.
Energiya resurslarining jiddiy tanqisligi sharoitida moddiy ta'minlangan fuqarolar xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotatsiya olmasligi kerak, deb hisoblaymiz.
Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kW•soatdan ortiq elektr energiyasini iste’mol qiladi. 75 foiz aholining iste’moli esa 200 kW•soatdan oshmaydi.
Albatta, O‘zbekistonning energetika tarmog‘i tub islohotlarga muhtoj, shu munosabat bilan tariflarni o‘zgartirish va bozor mexanizmlarini joriy etish zarur.
Islohotlar bilan birga, biz mas’ul vazirlik va idoralarni quyidagilarni inobatga olishga chaqiramiz:
➖ Qaror ijrosi doirasida markaziy isitish tizimi va tabiiy gazdan foydalanish imkoni yo'q hududlardagi sharoitlarni hamda asosiy issiqlik manbalari pechka va konditsionerlar ekanligini hisobga olish zarur;
➖ Energetika vazirligi yuqori kuchlanish bo'lganda maishiy texnikalariga zarar yetgan iste’molchilarga kompensatsiya to'lash mexanizmlarini ishlab chiqishi zarur;
➖ Hukumat davlat byudjetidan energiya tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘larning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashi kerak;
➖ Xorijiy tajribani o'rganish ham muhim. Masalan, differensiyalangan tariflar qo'llaniladigan mamlakatlarda elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan paytlarda (anomal havo sharoitlarida) tarif normalari sezilarli darajada oshiriladi.
BOBUR BEKMURODOV
Moskva viloyati “Crocus City Hall” majmuasidagi terroristik hujum munosabati bilan murojaat
…bunday gʻayriinsoniy harakatlarni keskin qoralagan holda, Harakatimizning koʻp ming sonli aʼzolari nomidan fuqarolarimizni, ayniqsa, xorijdagi vatandoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz…
YUKSALISH HARAKATI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bizning paraatletlarimiz Parijdagi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 13-o‘rinni egalladi!
Bu mamlakatimizning ushbu musobaqalarda ishtirok etgan tarixidagi eng yaxshi natija. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 🥇10 ta oltin, 🥈 9 ta kumush va 🥉 7 ta bronza medali — jami 26 medal bor.
Markaziy Osiyo davlatlari, MDH a’zolari va Turk davlatlari tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda, Osiyo davlatlari orasida esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda.
👍 Biz sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!
На русском
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Ayni paytda O’zLiDePning I-Kongressi bo’lib o’tmoqda.
Kongressda Partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatilishi rejalashtirilgan.
Bobur Bekmurodov
Mustaqillik — bu erkinlik va yuksalish uchun bosib o’tayotgan mashaqqatli yo’limizdir.
Yurtning kuchi birlikda, qadri esa tinchlikdadir!
Mustaqillik kuni muborak bo’lsin!
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yuksalish” harakati 2023-yilda “Tashabbusli budjet” tanlovlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar holati yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
O'rganilgan 433 ta g'olib loyihalardan 121 tasida, yoki 28% da kamchiliklar aniqlangan. Jumladan:
- 88 ta loyiha sifatsiz bajarilgan
- 24 ta obyekt foydalanishga topshirilmagan
- 68 ta obyektda ishlar to'liq bajarilmagan.
➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/705
⚡️2024-yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o'tkaziladigan saylovlarda beshta siyosiy partiya ishtirok etadi. Bu haqda MSK qaror qabul qildi.
Partiyalarning ketma-ketligi quyidagicha:
👍| O'ZLiDeP
👍| "Milliy tiklanish" partiyasi
👍| Ekopartiya
👍| XDP
👍| "Adolat" partiyasi
🇺🇿 Chunki, u -- O'zbekistonlik!
🥈 Parij Olimpiyadasining kumush medali sovrindori
— Svetlana Osipova!
Bobur Bekmurodov
Odamlarimiz uy-joy subsidiyasidan foydalanishda qanday muammolarga uchramoqda? Mazkur tizimni yaxshilash uchun qanday takliflar ilgari surilmoqda?
Masalan, takliflar orasida uy-joy ipotekasini subsidiyalashni ikkilamchi bozor uchun ham ruxsat berish kabilar bor.
2024-yilda O‘zbekistonda 27 ming fuqaroni subsidiyalash vazifalari belgilangan. Joriy yilda, olti oyda ko‘p qavatli uylar o‘tgan yilga nisbatan 63 foizga ko‘p foydalanishga topshirildi.
#Saylov_2024
🖥 2024-yil 27-oktabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi saylovlar "Mening tanlovim — obod Vatanim!" shiori ostida o'tkaziladi.
Aholini saylov jarayonlaridan keng xabardor qilib borish maqsadida "Yuksalish" harakati tomonidan "Saylov-2024" axborot kampaniyasiga start bermoqda. Shu maqsadda, ijtimoiy tarmoqlarda Saylov-2024 sahifalari ochildi.
🔖 Saylovlar haqida doimo xabardor bo'lish uchun bizning sahifalarmizga obuna bo'ling!
📱 Telegram
📱 Saylov2024">Youtube
📱 X
📱 Instagram
📱 Facebook
🌍💧 Hamkorlarimiz ko‘magida vatandoshlarimizni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun quduqlar qazib, filtrlash tizimlarini o‘rnatishda davom etmoqdamiz.
Xorazm viloyatining Shovot, Xiva va Urganch tumanlaridagi 3 ta tibbiyot muassasasida filtrlar va quduqlar ishga tushirildi. Endi bu yerda har kuni minglab bemorlar va tibbiyot xodimlari minerallashgan va filtrlangan toza suv iste'mol qiladilar.
Yangibozorda ham yangi toza ichimlik suvi punkti ochildi.
Biz Samarqand, Navoiy va Surxondaryoda ham shunday quduqlar qazib, yurtdoshlarimizga toza ichimlik suvi ulashishga ulgurdik.
"Hayot ulash" hayriya loyihamiz allaqachon 20 mingga yaqin odamlarga hayot ulashmoqda!
Bobur Bekmurodov
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Baxtsiz hodisalarda jarohatlanganlar, operatsiyalarga muhtoj, og'ir kasalliklarga chalingan bemorlar uchun har doim qon kerak. Bunday paytlarda donorlar ko‘magi zarur.
Siz ham qon donori bo‘lishingiz mumkin.
"Qayerda qon topshirsam bo‘ladi?" deysizmi?
"Yuksalish" harakati raisi Bobur Bekmurodov Toshkentda bo'lib turgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi.
Norasmiy uchrashuvda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va siyosiy erkinliklarni ta'minlash istiqbollari haqida fikr almashildi.
YUKSALISH HARAKATI
Ҳукумат ютмаган лойиҳалар билан ҳам тизимли ишлаши лозим
“Ташаббусли бюджет”, кўп бора таъкидланганидек, минглаб муаммоларни ҳал қилиш билангина чекланиб қолмайди. У жамиятдаги тизимли муаммолар ўчоғини кўрсатиб беради, ўзига хос барометр вазифасини бажаради.
Ютган лойиҳалар бўйича олинадиган бўлса, 1) мактабларни таъмирлаш ва жиҳозлаш (953 та), 2) ички йўллар (897 та), 3) тиббиёт муассасалари (295 та)даги муаммолар етакчилик қилади.
Лекин ҳукумат киритилган лойиҳаларга кўпроқ эътибор қаратиш мақсадга мувофиқ бўлар эди. Масалан, киритилган лойиҳалар рейтингида 1) ички йўллар, 2) мактаб, 3) электр муаммолари (чироқлар, электр устунлари, трансформаторлар) биринчи учталикни эгаллаган.
Аммо айрим жойлар учун ичимлик суви ҳаёт-мамот масаласи саналади. Киритилган 1334 та лойиҳадан бор-йўғи 31 таси ғалаба қозонган.
Яна бир мисол. 1886 та лойиҳасида болалар майдончаси сўралган, 17 та ютган. Бундай мисолларни яна кўплаб келтириш мумкин.
Чиновниклар айнан ютмаган лойиҳалар асосида ҳам кейинги қадамларини режалаштириши керак. Гап бу ерда "Ташаббусли бюджет" алгоритмини ўзгартириш ҳақида эмас, балки маблағ миқдорини кўпайтириш, номутаносиблик юзага келган соҳаларга қўшимча ресурс ташлаш керак. Икки ойлик кампания тугади, бюджетдан ажратилганини олади - тамом, бўлмаслиги керак. Ташаббусли бюджет ҳукумат юзига тутилган кўзгу, ютилмаган лойиҳалар билан ҳам ишлаш лозим. Тизимли ёндашилиши зарур.
❗️Ogoh bo‘ling
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi ogohlantirishicha, ayrim mamlakatlarda sodir etilgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga pul evaziga jamoat joylarini minalashtirish taklif qilinayotgan xabarlar yuborilmoqda. Ehtiyot bo‘ling, ular yovuz niyatli shaxslardir.
❓Bunday holatga duch kelganda nima qilish kerak? Tavsiyalar 👉 videoda.
YUKSALISH HARAKATI
«Crocus City Hall»dagi fojia munosabati bilan rus xalqiga hamdardlik bildiramiz, terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralaymiz.
Harakatimiz Rossiyadagi vatandoshlarimizni shaxsiy xavfsizlik bo’yicha ehtiyot choralarini ko’rishlarini so’raydi.
BOBUR BEKMURODOV