#yangi_yiling_muborak_Oʻzbegim
Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
1-1ATTM-23 Gulboyeva Ruxshona
Eng yaxshi videorolik yoʻnalishida
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#15_ishtirokchi
Onajonimga yangi yil tabrigi!
Aziz va mehribon onajonim! Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman! Mening bu dunyodagi eng katta baxtim – bu Siz kabi mehribon, sabrli va fidoyi onaning farzandi ekanligimdir.
Meni mana shu yoshga yetkazguningizcha chekkan mashaqqatlaringizni hech bir so‘z bilan ifodalay olmayman. Menga bergan oq sutingiz, o‘zingizni ayamasdan qilgan mehnatlaringiz va mehringiz – bularning hammasi hayotimning eng katta boyligi. Kasal bo‘lganimda tuni bilan bedor bo‘lib, mening sog‘ayishim uchun qilgan duolaringizni ham, har bir tashvishimni yuragingizga yaqin olganingizni ham unutmayman.
Yangi yilda Yaratgandan tilagim – Sizga sog‘lik, umrga baraka, qalbingizga cheksiz xotirjamlik va hayotingizga quvonch ulashsin! Doimo kulib turing, onajon, chunki Sizning bir tabassumingiz butun olamni yoritadi. Siz mening nurim, kuchim va ilhomimsiz.
Yangi yil Sizga hamisha yaxshi kunlar, shirin damlar olib kelsin! Meni tarbiyalab, hayotda orzu qilishni va unga intilishni o‘rgatganingiz uchun cheksiz minnatdorman.Har doim Sizni faxrlantirish uchun harakat qilaman.
Sizni juda ham yaxshi kõraman, Onajon! Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Beshimova Maftuna
Fizika Matematika va Axborot texnologiyalar fakulteti
1-1 Fiz 24
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#13_ishtirokchi
Assalom u aleykum yaqinlarim, jonajon kursdoshlarim, ilm dargohimizning fidoyi, jonkuyar ustozlari, qadri osmon qadrdonlarim!
Tobora shahdam qadamlar bilan yaqinlashib kelayotgan Yangi yil muborak bòlsin.☃️🎇
Bilasizmi , bu hayotda hech bir narsa besabab bòlmaydi.Siz- u bizning hayotimizda ròy bergan har holatning bir hikmati bor aslida.Bekorga kuyunishlar, taqdir sinovlarini òylab jonni siqishlar kerak emas.Shunchaki har bir kunni qadriga yetib, yaqinlarni e'zozlab, Alloh bergan ne'matlarga , tan soģligiga , yurt tinchligiga , suyana oladigan qadrdonlarimiz borligiga shukrona aytib yashashimiz kerak.
Shunday ekan , umrning har lahzasidan unumli foydalanib , quvonch- zavqqa tòlib, gòzal yashaylik.Chunki hayot bizdan olgan narsalarini hadeganda qaytarib beravermaydi.
Yaqinlarim, dòst- u qadrdonlarim!
Kirib kelayotgan yangi yilda barchangizga mustahkam soģlik, bitmas- tuganmas hayrli boylik, eng gòzal , sermazmun kunlar, orombaxsh hayot, òqish va ishlaringizda zafarlar, omad va hayru barokat tilab qolaman!!!☺️Doim bu hayotda orzu va maqsadlar bilan yashang.Gòzal kelajakni bunyod qilish uchun siz u bizdan ancha mashaqqat , uyqusiz tunlar, izlanishlar, sabr va chidam talab etiladi. Ertaning gòzal bòlishi bugun qilayotgan harakatlarimizga boģliq emasmi?Shunday ekan yangi yilda barchangizga harakatlardan tòxtamaslikni va Allohning qadariga rozi bòlib , chiroyli umr kechirishlikni, " inson" degan qutluģ nomga doģ tushirmaslikni, odamiylikni, saxovat va yaxshilikda ildam bòlishni, birdamlikni tilab qolaman.
Barchamiz òz kasbimizdan faxr topib, zavq-u shavqqa tòlib tashaylik. Yurtimizning tinchligiga kòz tegmasin.
2025- yilingiz qutluģ bòlsin azizlarim!!!❄️🎇☃️
Hamroqulova Rushana
Filologiya fakulteti
6-5 - uzb 22- guruh 3- bosqich talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#11_ishtirokchi
"Oilangiz va yaqinlaringiz bilan mehrga to‘la lahzalar ko‘p bo‘lsin!"❤️❤️❤️
Yangi yil har bir onani, har bir suhbatni va har bir uchrashuvni unutilmas va mazmunli qiladigan iliq his-tuyg‘ularga boy bo‘lsin! Oilangiz davrasida birgalikda o‘tkazilgan har bir lahza sizni quvontirsin, samimiyat va birdamlik kuchini his eting. Hayotning haqiqiy boyligi — yaqin insonlaringizning tabassumi, qo‘llab-quvvatlashi va mehr-muhabbati ekanligini unutmang.
Keling, bu yilni birgalikda yaratilgan quvonchli xotiralar, iliq quchoqlar va unutilmas hikoyalar bilan to‘ldiraylik!🥰🥰🥰 Har bir daqiqangiz baxt va sevgi bilan yoritilsin, qalbingizni yaxshi niyatlar va orzular bilan boyitsin. 😊🥳🥳
NE'MATOVA XADICHA
TABIIY FANLAR VA AGROBIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 2-1BIOTEX-24
GURUH TALABASI
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#9_ishtirokchi
Yangi yilning har bir kuni biz uchun yangi boshlanish va yangi imkoniyatlar eshigidir.Yangi yil bizni o'zgacha baxt va omad bilan siylasin.Kelayotgan yilda qalbingizga xotirjamlik, hayotingizga farovonlik va orzu-intilishlaringizga erishish yo‘lida cheksiz imkoniyatlar yor bo‘lsin. Oilangiz tinch,ishlaringiz barakali,hayotingiz gôzallikka boy bo'lsin.Har bir yangi kuningiz quvonch va omadga to‘lsin.Orzularingiz faqat tilak bo'lib qolmasin-ular o'z oyog'ida yurib,hayotingizni gullatib yuborsin.2025-yil kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo'lsin!❄️❄️❄️
Nasilloyeva Sabrina
Xorijiy tillar fakulteti 11-1 Fra 22-guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#8_ishtirokchi
🎆. Yangi 2025-yilingiz bilan tabriklayman! 🎆
2025-yilga qadam qo‘yar ekanmiz, bu yil sizga cheksiz quvonch, cheksiz imkoniyatlar va yodda qoladigan go‘zal lahzalarni olib kelsin. Kunlaringiz kulgu bilan to‘lsin, orzularingiz ro‘yobga chiqsin va qalbingiz sevgi va minnatdorchilik bilan to‘lsin. ✨
Har bir tong sizni umid bilan to‘ldirsin, har bir oqshom esa xotirjamlik olib kelsin. Yangi boshlanishlar, hayajonli sarguzashtlar va avvalgidan ham porloq bir yil bo‘lsin! ✨💫
Siz va yaqinlaringizga ajoyib, omadli va mo‘jizaviy 2025-yilni tilayman!🥳 🌟
Aziza Sayfilloyeva
Xorijiy tillar fakulteti 11-2TNI-24 guruhi talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#6_ishtirokchi
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Ushbu yil hayotingizga tinchlik, baxt, sog‘lik va barakot olib kelsin. Orzularingiz amalga oshsin, har bir boshlagan ishingiz omad bilan yakunlansin. Har kuningiz quvonch va ilhom bilan to‘lsin, yaqinlaringiz bilan mehr-oqibatda yashash nasib qilsin! Yangi yil sizga yangicha imkoniyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! Kelayotgan yangi yil hammaga tugamas baxt olib kelsin. Yangi yilingiz muborak boʻlsin!
SAIDOVA RA'NO
Fizika-matematika va axborot texnologiyalar
fakulteti 2-kurs talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#5_ishtirokchi
Yangi yil - yangi umidlar, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar davri. Ushbu yangi yil sizga baxt va muvaffaqiyat olib kelsin. Har bir kuningizni quvonch va ilhom bilan o'tkazing, orzu qilishdan va ularga erishishdan to'xtamang.
Har bir yangi yil hayotimizda yangi sahifalarni ochadi, bizga o’zimizni sinab ko’rish va yangi g‘oyalar bilan quvvatlanish imkonini beradi. Yil davomida baxt sizlarni tark etmasin!
Yangi yil barchangiz uchun quvonchlar va samimiy uchrashuvlar olib kelsin! Har kuni hayotingizda kichik-u katta quvonchlar bo’lsin.
Yana bir bor barchangizni Yangi yilingiz bilan chin qalbdan tabriklayman!☃️
🇫🇷Que le temps des fêtes soit l'occasion de belles réjouissances et l'annonce d'une heureuse nouvelle année! Je vous souhaite de belles fêtes et une nouvelle année de paix, de santé et de bonheur.
Bonne année !☃️
Hurmat bilan, Narzulloyeva Dilfuza
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#3_ishtirokchi
2025-yil sizni oʻzingiz kutmagan katta muvaffaqiyatlar, unutilmas xotiralar va yorqin kunlar bilan quvontirsin.
Yangi yil qadamlaringizni barakatli qilsin, harakatlaringizni muvaffaqiyatga olib borsin. Omad hamisha siz bilan boʻlsin.
Yangi yil qalblarimizga iliqlik va umid olib kelsin.Har bir tongingiz yangi imkoniyatlar eshigini ochsin.
Yaqinlaringizning sogʻligi mustahkam, hayotingiz farovon boʻlsin. Kelgusi yil sizni chin maʼnoda baxtli qiladigan moʻjizalarga toʻlsin.
Yangi yilda koʻzlaringizda faqat quvonch yoshi bilan to'lsin, dilingizda shukronalik va tinchlik boʻlsin. Hamisha sizni quvontiradigan insonlar yoningizda boʻlsin.
Yangi yil yangi boshlanish, yangi imkoniyatlar va yangi zafarlar eshigini ochsin.
Har kuningiz go'zal va mazmunli o'tsin.Oilangizdan tinchlik, qalbingizdan esa muhabbat arimasin!
Bozorboyeva Laylo
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 2-1GEO_24 guruh talabasi.
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#2_ishtirokchi
Men yangi yil tilagimni eng chiroyli gulim,JANNAT iforligim onajonimni va mehribon ,hamisha dalda beradigan,ona qizim deb suyadigan otajonimni Olloh UMRA ziyorati bilan siylasin,ularni hoji ona va hoji Ota bôlishlilikni nasibi rôz aylasin🤲🤲🤲
Farmonova Aziza
Filologiya fakulteti 6-3 uzb 22 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#1_ishtirokchi
"Kirib kelayotgan yangi yil hayotingizga iliqlik, tinchlik va muvaffaqiyat olib kelsin. Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan unutilmas onlarni baham ko‘rib, har bir kuningiz quvonch va ilhom bilan to‘lsin. Orzularingizga erishishingizda yangi yil yangi imkoniyatlar eshigini ochib bersin!
Baxtli lahzalar va qutlug‘ voqealarga boy yil bo‘lishini tilayman. Har bir qiyinchilik o‘rnini yengillik egallasin, har bir maqsadingizga bosilgan qadam omadga eltuvchi bo‘lsin. Hayotingiz sevgi va farovonlik bilan yoritilsin!"
Abdullayev Shoxboz Rasulbek o'g'li
Tarix va Yuridik fakulteti yurispridensiya yo'nalishi 5/1-guruh-24
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
📣📣📣📣📣
"Yangi yil tilaklari"! 🎉
🎄Yangi yilga ajoyib kayfiyat bilan kirish uchun "Eng yaxshi yangi yil tilagi" tanlovini e'lon qilamiz!
‼️ Shartlar juda oddiy:
1️⃣ Yangi yilga o‘z tilagingizni yozing.
2️⃣ Eng ko‘p layk yig‘gan va ijodiy topilgan tilaklar g‘olib bo‘ladi!
🏆 Mukofotlar:
🥇 Diplom va shirinliklar to'plami
🥈 Diplom va badiiy kitob.
🥉 Diplom
📆 Tanlov muddati:
Tilaklar 2024-yilning 20-dekabriga qadar qabul qilinadi.
Natijalar 21-dekabr kuni e'lon qilinadi.
🎁 O'z tilaklaringizni 👉@firdavs_juraev_00 sahifasiga yo'llashingiz mumkin!
⚡️ Orzularingizni bayon etib, yangi yilni birgalikda nishonlaylik!
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️Zukko Kitobxon - bilimlar manbai!
Zukko kitobxon tanlovi sizga – fikrlash, izlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish yo'lida yordam beradi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⛔️⛔️⛔️
⚡️ Ayni damda Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida "Zukko kitobxon" intellektual oʻyini boʻlib oʻtmoqda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram ▶️ BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#16_ishtirokchi
Assalomu aleykum🦋
17 yildan beri men uchun eng omadli yil bo'lib kelgan 2024-yilga rahmat aytaman🥹meni maqsadlarim ichidan anchaginasi amalga oshdi, avvalo sertifikat oldim o'zim xoxlagan darajada, grant asosida o'zim xoxlagan Universitetga o'qishga kirdim🥹Shuncha qiyinchiliklarim ortda qoldi☺️
2025-yil bundan ham ko'p omad va zafarlar olib keladi men albatta bunga ishonaman😇kirib kelayotgan yangi yil hammaga muborak bo'lsin🥳
RAHMONOVA MASHHURA
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11-5ing 24 talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#14_ishtirokchi
"Yangi 2025-yil hammamiz uchun baxt, sog‘lik va baraka olib kelsin! Har birimiz uchun ushbu yil yorqin imkoniyatlar eshigini ochib, orzularimizga yetishish yo‘lida katta muvaffaqiyatlar keltirsin.
Yaqinlaringiz bilan har kunni quvonch va mehr bilan o‘tkazishingizni, qalbingizda tinchlik va hotirjamlik hukm surishini chin dildan tilayman. Har bir niyat va maqsadlaringizga erishishda kuch-quvvat va qat’iyat sizning doimiy hamrohingiz bo‘lsin.
2025-yilda hayotingizni yoritadigan unutilmas damlar ko‘p bo‘lishini, ishlaringizda omad, oilangizda esa tinchlik va baxt bo‘lishini so‘rayman. Bu yil hammamiz uchun yangi marralar, yangi ilhom va ulkan yutuqlar olib kelsin!
Yangi yil muborak, barcha ezgu tilaklaringiz ro‘yobga chiqsin!"
Olima Sayfullayeva
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#12_ishtirokchi
🎊Qalblarimiz pok niyatlarga toʻlib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin dildan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, oilaviy baxt-u saodat tilayman.
Bu yilda ushalmagan barcha orzu-niyatlar yangi yilda istaganimizdanda yaxshiroq boʻlishiga ,ushalishiga tilakdoshman.
Yangi yilning qadami qutlugʻ kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!🥳
Qurbonova Parizod
Filologiya fakulteti 6-4 Uzb-24 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#10_ishtirokchi
🥳🥳Yangi yil bilan🥳🥳
-Ilohim jonu taniz sog' kayfiyatiz doim chog' bo'lsin🙂
-Organizmingizga cheksiz ATF lar, O'pkangizga musaffo kislorod, yuragingizga bir me'yorda ritm tilayman😜
-Ilohim boshingiz og'riqni, yuragingiz miokardni, o'pkalaringiz koronavirusni, jigaringiz gepatitni umuman ko'rmasin😁
-Doimo qon bosimingiz 120/70 bo'lsin🙃
-Pulsingiz faqat xursandchilikda ko'tarilsin😄
-Tomirlarda oqayotgan qoningiz hech qanday to'siqlarga uchramasin🤭
-Hech qanday mikrob, bakteriya va zamburug'lar sizni yenga olmasin🤪
-Yana bir bor YANGI YIL BAYRAMI muborak bo'lsin🎄🎅🥳 deya:
RAHMONOVA LOLA❤️
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 1 kurs talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#yangi_yiling_muborak_Oʻzbegim
Xorijiy tillar fakulteti, 11-1FRA22 Narzulloyeva Dilfuza
Eng yaxshi audio yoʻnalishida
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#7_ishtirokchi
Yangi yil sizga yangi imkoniyatlar, baxt, sogʻliq va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Har bir kuningiz quvonch, sevgi va ilhomga toʻlsin. Yangi yil har bir orzularingizni amalga oshirishga yordam bersin. Hayotingizda faqatgina yorqin va goʻzal lahzalar boʻlsin. 2025-yilni chin dildan, xursandchilik va omad bilan qarshi oling!
Yangi yil muborak boʻlsin!!!
Baxriddinova Nastarin
Filologiya fakulteti 6-4 UZB-24 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_tarovati
#BuxDU_bugun
❤️Bugun yangi videorolikli loyiha ustida ishlashni boshladik!
📹 Loyiha bizni yanada ijodiy qadamlar tashlashga undadi va yangi g'oyalar bilan to'la.
Har bir detaliga alohida e'tibor qaratib, eng yaxshi natijalarga erishishga intilamiz.
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#4_ishtirokchi
Mana 2024 yilning ham oxirgi oylari, kunlar, daqiqalari, soniyalari o'tib bormoqda...🫠
Bu yilda ushalmagan orzu niyatlarimizga kelayotgan yilda erishib yuraylik💙!
Har doim martabangiz bundanda ulugʻ bo'lsin, izzatda, hurmatda boʻling😇. Hamisha oilangizda mehr oqibat, sevgi muhabbat, baxt saodat hukm sursin❤️. Bundan yuqori choʻqqilarni zabt etib, olg'a qadam tashlab yuring🥰. Kelayotgan yangi yil oilalarimizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik olib kelsin🎄❄️
Yangi yilda yaxshi tilak bildirmoq odat❤️,
Yili boʻy boshingizga yogʻsin shafoat 💜
Tark etmasin "o'n ikki oy" baxtu saodat🩵,
Tark etmasin "ellik ikki hafta" halovat💛!
Ishq o'tida "sakkiz mingu yetti yuz soat"🩷
"Uch yuz oltmish besh kun" koʻring💙 rohat-farog'at,💞,
Kulib "besh million ikki yuz ming soniya" omad💗,
Yaratganning panohida yuring salomat💖!
Yangi 2025 yilingiz muborak boʻlsin 🎉
Sharipova Parizod
Tarix va yuridik fakulteti 5-2Tar23 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida nogironligi bo'lgan talabalarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning ta'lim olishi uchun qulaylik yaratish maqsadida inklyuziv ta'lim ilmiy-amaliy laboratoriyasi ochildi.
Jumayev Rustam G'aniyevich,
BuxDU O'quv ishlari bo'yicha prorektori
Bizni kuzatishda davom eting:
Бемалол Қорбобо ясаб, қорбўрон ўйнасак ҳам бўлар экан☃️☃️☃️☃️☃️
Ушбу биринчи қор нафақат чанг ва ғуборларни, дилдаги ғуборларни ҳам ювиб кетгани рост бўлсин❄️❄️❄️❄️
👉 @BDU_yoshlar_ittifoqi
❄️ ❄️ Қ О Р Х А Т ❄️ ❄️
Биринчи Қор муборак бўлсин!
❗️Бухоро вилоятида биринчи қор ёғмоқда!
Аввало сизни биринчи қор билан табриклайман.
Сизга мустаҳкам соғлиқ,
битмас-туганмас бойлик,
чинор умридек умр,
сермазмун ҳаёт,
чиройли бахт ва савлатли тахт тилайман.
Илоҳим, қалбингиз мана шу ❄️ қор каби оқ ва соф бўлишини, шу ❄️ қор каби одамларга азиз бўлишингизни тилаб қоламан...
Бу қорларнинг қадами қутлуғ бўлсин🤲
Группаларга ва яқинларингизга тарқатинг, азизларим!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Yangi_yil_shukuhi
🎄Filologiya fakultetida yangi yil shukuhi!
☃️Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rish boshlandi. Fakultet rahbariyati, Yoshlar ittifoqi kengashi, tyutorlar hamda talabalar tomonidan o'quv xonalari va fayelar turli xildagi o'yinchoqlar, rasmlar bilan bezatilmoqda.
#yangi_yil_shukuhi
⚡️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan TTJ yashovchi talaba-yoshlar o'rtasida "ENG NAMUNALI XONA" nominatsiyasiga start berildi.
📆 Bugun 14-dekabr 17:00 dan boshlab eng namunali xonani aniqlash jarayonlari boshlanadi.
Eng yaxshi deb topilganlar xona "yangi yil karnavali"da diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
✅ DIQQAT ONLAYN TANLOV
⚡️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan 31-dekabr Yangi yil munosabati bilan "Yangi yiling muborak Oʻzbegim" shiori ostida onlayn tanlovga start beramiz.
‼️ TANLOV HAQIDA QISQACHA:
✅ Tanlov 2 yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:
📹 #Eng_yaxshi_videorolik
🎙 #Eng_yaxshi_audio
📆 Onlayn tanlovda ijodiy ishlar 22-dekabrga qadar qabul qilinadi.
🏆 Gʻoliblar 🥇,🥈,🥉darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
✅ Tanlov uchun ijod namunalaringizni 👉@amrullayevna_24 ga yoʻllashingiz mumkin.
❗️Yoʻllangan ijodiy ishlaringiz jonli ijro etilishi shart.