#BuxDU_Yi
#shirin_shashka
⚡️🇺🇿 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil qilinayotgan "Shirin shashka" loyihamizga taklif qilamiz!
🌟Shirin Shashka - shunchaki shashka emas, bu shirin o‘yin, qiziqarli damlar va yangi do‘stlik imkoniyati!
Shirin Shashka o‘yin qoidalari:
1️⃣ Har bir shashka shirinlik shaklida bo‘ladi (konfet, shokolad yoki boshqa mazali variantlar).
2️⃣ Kim raqibning shashkasini yutsa, o‘sha shashkani yeyish huquqiga ega!
3️⃣ G‘olib – nafaqat o‘yinda, balki shirinliklar jamg‘arishda ham yetakchi!
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#38_ishtirokchi
Здравствуйте, дорогие преподаватели и мои дорогие ученики. От всей души поздравляю вас с наступающим праздником. Дай Бог, чтобы наступающий 2025 год был благословенным, удачливым и полным счастья. Пусть этот год откроет для нас двери многих возможностей, еще раз желаю всем счастливого нового годаДорогие мои 🥳🥳🥳🥳🥳🥳🎆🎆🎆🎆
Safarova Sitorabonu
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 2-1bio-22 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha "Talaba-yoshlar klubi" o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Universitetimizning faol, jonkuyar, sofdil talabalari klub a'zoligiga suhbat asosida qabul qilinadi.
⏳ Klub a'zosi bo'lishga shoshiling !
📣 Klub faoliyati bilan tanishish istagida bo'lgan talaba-yoshlar bo'limga murojaat qilishlari mumkin.
————————-
📲 Bo'lim rasmiy sahifalariga obuna bo'ling va do'stlarga ham ulashing:
📱Telegram | 🎞YouTube | 🌍 Web-sayt |
#kayfiyat_ulashamiz
#yangicha_formatda
⚡️🙋♂️ BuxDU Yoshlar ittifoqi talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida "Kayfiyat ulashamiz" nomli loyiha tashkil etdi.
⚡️Loyihada talabalarga quvonch va ijobiy energiya ulashish, stressdan xalos bo‘lish va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratildi. Ushbu loyiha nafaqat talabalarning kayfiyatini yaxshilab, balki ularni birlashtirib, o‘zaro iliqlik va do‘stlikni mustahkamladi.
#yangi_yiling_muborak_Oʻzbegim
Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
1-1ATTM-23 Qadimova Nilufar
Siz ham bemalol ijod namunalaringizni yoʻllashingiz mumkin👉@amrullayevna_24
Eng yaxshi videorolik yoʻnalishida
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#34_ishtirokchi
Umr sahifalaridan yana biriga yakun yasayotgan aziz yurtdoshim😇😍
Mana 2024-yilning ham oxirgi kunlari,daqiqalari,soniyalari õtib bormoqda.🤩🤩🤩Barchaga kelayotgan 2025-yil muborak bõlsin. Bu yilda ushalmagan orzu-maqsadlar yangi kelayotgan yilda Alloh izni ila barchasi rõyobga chiqsin🤗🤗🤗. Barcha,siz aziz insonlarga omad😻,baxt😘, farovonlik yor bõlsin. Yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyatlar tilayman😊😊😊. Har bir õtkazgan kuningiz qutluĝ va barokotli bõlsin. Ustozlarimizning bilimlari va tajribalari bilan bizga yõl kõrsatayotganlari uchun tashakkur,bu muqaddas bilimlar bizning ilm yõlimizni yoritguvchi mash'ala bõlsin😘😘😘. Barcha talabalarga esa ilm ummonida yulduzday porlashlarini,ilm dengizidan bahramand bõlishlarini tilab qolaman😚😚😚. Bizga ham professor ustozlarimizning yõllaridan borish nassib qilsin insha'Allah 😉😉😉.
🎆Yana elimizda muqaddas ayyom,
Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.
Muborak bõlgusi shu qutluĝ bayram-🪅🎁🎁🎁
⛄️⛄️Qutluĝ tilagimiz dillarga payvand.✨💫🎄🎄🎄
TOXIROVA RUXSHONABONU RUSTAMOVNA
Filologiya fakulteti 6-2 UZB 24 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#32_ishtirokchi
HAMMA QATORI "YANGI YIL SIZGA BAXT OLIB KELSIN" DEMAYMAN!!!
Sababi:
Inson oʻzi baxtli boʻlishga harakat qilmas, intilmas ekan, hech qanday yillar unga baxt berolmaydi. Aslida, yangi yil deb ataydiganimiz - bu ,shunchaki, kalendardagi yangi bir sahifa xolos. Biz - insonlarning oʻzlari "eski" yilni tezroq ortda qoldirish uchun yangi yilni intiqib kutamiz. Oʻylaymizki, yangi yil umuman boshqacha keladi. Yoʻq, aslo!
Yangi yil ham "eski yil" kabi oʻsha 24soatdan iborat sutkalar, oʻsha oylar, oʻsha fasllar, oʻsha hafta kunlari ila keladi.
Yangi yilda bizga berilishi mumkin boʻlgan eng ajoyib voqelik esa bu - IMKONIYAT! "Eski yil" dagi xatolarimizdan toʻgʻri xulosa chiqarib, keladigan kunlarimizda ularni takrorlamaslik imkoniyati;
Oʻzimizning ichki holatimizni anglab, isloh qilish imkoniyati;
Yangi orzu-umidlarimizni amalga oshishi uchun koʻproq va yana koʻproq harakat qilib qolish imkoniyati!
[ Shu sababli muhimi yangi vaqt emas, balki, biz erishishimiz mumkin boʻlgan yangicha turmush tarzidir!!! ]
Bu imkoniyatlardan kelayotgan oʻsha-oʻsha 24soatli sutkalar, yanvardan boshlab, dekabrgacha davom etadigan oʻsha-oʻsha oylari mavjud boʻlgan 2025-yilda foydalanish uchun har biringizga Xudodan kuch va sabr, ishtiyoq va matonat berishini soʻrayman. Oʻzingiz harakat qilayotganchalik baxtga erishishingizni tilayman. Dunyo shovqin-suronlari orasidan oʻzingizni topishingiz uchun berilgan yana bir yilni mazmunli oʻtishini (oʻzimga istagan kabi) har biringizga tilayman!
"Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilida nafaqat atrof-muhitni, balki qalbingizdagi samimiy va insoniy tuygʻularni ham asrab qolishingizga, atrofgagina emas, koʻngillarga ham yashillik urugʻini sepishingizga tilakdoshman.
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#30_ishtirokchi
Mana 2024-yil ham oʻtib boryapti.Kirib ketayotgan 2025-yil barchamizga xayrli va barakotli kelsin.Hech birimizni ota onamiz qarimasin, Allohim jonlarini erta olib qoʻymasin, yaqinlarimizni, doʻstlarimizni oʻz panohida asrasin.Hech kimga farzand dogʻini koʻrsatmasin,barcha kasal, bedavo dardga chalingan bolajonlarimiz tuzalib, sogʻayib ketishsin,ota onasini qariyalar uyiga tashab ketayotgan hamda shunday niyati boʻlgan farzandlarga Allohim iymon- insof, mehr -oqibat bersin.Hech birimizning ota onamiz koʻz yosh toʻkmasin, nochor qolmasin.Mehribonlik uyi, muruffat uyi tarbiyalanuvchilari kirib kelayotgan yilda oilali boʻlishsin barchalari.2025-yilda hamma mehribonlik uylari, qariyalar uylari, kasalxonalar boʻshab qolsin,yoʻqolayotgan mehr -muhabbat,oqibat,qadr qimmat yana qaytib kelsin.Oʻqishlarimizga ,ishlarimizga unum barakat qoʻshilsin,Ota onamiz barchamizdan faxrlanishlarini tilab qolaman
JO'RAYEVA MADINA
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
⚡ Ayni daqiqalarda talabalar turar joyida ''Karaoke time'' koʻngil ochar dasturi boshlandi.
🎤 Siz ham oʻzingiz yoqtirgan taronani kuylash imkoniyatiga egasiz.
✨ Bizni kuzatishda davom eting...
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#28_ishtirokchi
Mana 2024-yil ham oxirlab bormoqda. Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu niyatlarimizga kelayotgan yilda erishib yuraylik💫. 2025-yilni ham biz mo'jizalar bilan qarshi olish istagidamiz🤩. 2025-yil ham o'z mo'jizalarini barchamizni hayotimizga olib kirsin🎇. Kelayotgan 2025-yil barchangizni qalbingizni samimiylik va bir olam quvonch tark etmasin🎉. Yangi 2025-yil barchamizga yangi imkoniyatlar va yaxshi yangiliklarni olib kelsin🎆. Ushbu yil siz shu qadar baxtli bo'lingki baxtdan qochib omadga qoqiling🎀. Eng asosiysi har bir kuningiz baxtli lahzalarga limmo-lim bo'lsin🪄. Yana bir bor kirib kelayotgan 2025-yil muborak boʻlsin❄️.
Umrimizning o'tibti yana bir yili☺️
O'ynaylik, kulaylik yangi yil kuni🎄
Yilda bir marta bo'lar axir bu damlar ☃️
Yangi yil muborak aziz talabalar 🌟
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#26_ishtirokchi
Yangi yil – yangi imkoniyatlar☺️, yangi umidlar😉, yangi baxtlarga qadam qo'yish demak😇.
Har bir kuningizda g'am-g'ussangizni unutib🥰, quvonch☺️ va xursandchilikda😘 yashashingizni tilayman🥳.
Yangi yil🎄 sizga hayotingizdagi eng go'zal lahzalarni✨️, o'zgacha yutuqlarni🏆 va eng ulkan orzularni😇 ro'yobga chiqarishni olib kelsin. O'zini sevgan💞, baxtli😍, kuchli✊️ va orzu qilgan inson bo'lib yashang😘.
Yangi yil❄️ barcha xohishlaringizni amalga oshirishi va eng yorqin orzularingizga🌟 erishishingizni tilayman🤲.
Hayotingizning har oni rang-barang o'tishi tilakdoshiman🤗.
Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
🥰
Tuganmas Baxt shodlik hamishai hamrox
😍
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
😘
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
💖
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.🎄🎄🎊🎊🎊🎊
Kirib kelayotgan 2025-yil barchaga baxt va omad olib kelsin!!!
Turdiyeva Mohinur
1-ATTM-23-guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🤍✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
⚡️Batafsil infografikada 👇
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#24_ishtirokchi
Mana 2024-yilning oxirgi haftalari, kunlari, daqiqalari...
Kelgusi yilda sizlarga hayotingizning eng omadli, unumli, sermazmun yili bòlishini tilab qolaman. Kasbiy muvafaqqiyatlar sizni yil bòyi tatk etmasin. Xonadoningizda bitmas-tuganmas baxt-saodat quvonch tashrif buyursin. Oilangizda har doim tinchlik-xotirjamlik, òzaro mehr-oqibat tuyģulari hukmron bòlsin!
Barcha kelgusi ishlaringizda har qanday tòsiqlarni mardonavor yengib òtib, ezgu maqsadlar sari dadil qadam bilan borishingizni va omad kaliti hamisha chòntagingizni tark etmasligini tilab qolaman!
Charchaganda mehr chashmasidan, omad buloģidan suv ichib hayot yòllarida xushnud davom eting.
2025-yilda qadringiz nondek aziz, qalbingiz qordek nafis bòlsin✨
Umarova Maftuna
Xorijiy tillar fakulteti
11-5TNI-24 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#22_ishtirokchi
Sevgili Arkadaşlarım,
2025’i karşılama heyecanını birlikte yaşıyoruz. Bu yılın herkese sağlık, mutluluk, huzur ve başarı getirmesini temenni ediyorum. Neredeyse geride bıraktığımız yıldan aldığımız dersler ve kazandığımız deneyimlerle dolu ve daha umutlu bir duruş sergiliyoruz.
Yolculuğumuz boyunca yepyeni başlangıçlar, yeni fırsatlar ve yeni hatıralar biriktirmek suretiyle bir yolculuğumuz var. Aşk ve dostlukla dolu bir sene geçirelim. Herkesin kalbinden bir arzu da hatıra kalsın, asla peşini bırakmasın.
Yinelim: Hedef çizerseniz, hayal ettiğiniz şeye ulaşacağınızı asla unutmamanız için her türlü yardımda madalayacağınızı düşünüyorum. Sadece huzurla ve sevgiyle dolu olan bir 2025 yılı bizlerin olsun.
Yeni yılınız kutlu olsun! Beraberliğimizin her bir günü bir önceki günden daha iyi geçsin.
Yürekten,
Umutları 2025’ten olan dostunuz.
Isxakova Aleksandra
Xorijiy tillar fakulteti 11-8 ING-24
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#21_ishtirokchi
Yangi yil tabrigi
Kimga armon bo'ldi, kimgadir ertak
Yana kim soniya kutmay berdi jon?
Ammo...biz tirikmiz, shukrkim beshak
So'nggi nafasgacha qolur hayajon....
Yana bir yilni kuzatib, yangi yilni qarshi olayapmiz. 2025-yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, yorqin xotiralar va katta yutuqlar yili bo‘lsin! Ushbu yil hayotingizga baxt va quvonch olib kelsin. Oilangiz tinch, farzandlaringiz sog‘lom, ishlaringiz esa barakali bo‘lsin.
Yuragingizda doimo ishonch va muhabbat yashasin. Yangi yil siz kutgan barcha orzularingizni ro‘yobga chiqarib, ko‘nglingizni xotirjamlik bilan to‘ldirsin. Har bir tongingiz shodlikka, har bir kuningiz quvonchga burkansin!
Yangi yilda barcha orzularingiz amalga oshsin! Yaxshilikda, sog‘likda, tinchlikda ko‘rishaylik!
Xayriyeva Nargiza Ixtiyor qizi
BuxDU adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-bosqich magistranti
G'ijduvon tumani 25-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#39_ishtirokchi
Assalomu aleykum!
2024 yil tugashiga ham bir necha soatlar qoldi
Shu yil ichida nimalarga erishdingiz va nimalarni yoqotdingiz?
Endi bularni óylashga vahtingiz ham bólmaydi chunki sz yana yangi sahifani yozishga tayyorlanyapsz.
Ha chindan ham 2024 yilni ham tugashiga va 2025 yilni eshik qoqib kirishiga ham nechi soat balkim... nechi soniyalardir.... Bizga yana Allohim 1 yil yangi hayot berayotganiga shukronalik aytsak arziydi. 2025 yildagi hayotimizni yangi kitob yozishdan boshlaymiz bu ajoyib a? Sizlarni shu yangi kitobingizni yozishizni boshlayotganiz bilan tabriklayman. Siz bahtli inson ekansiz. Bu hayot kitobingizga quvonchli. Bahtli kulguli voqealaringizni yozing a aytgancha hayot faqat yahshi bólavermaydi ónqir chónqirlar ham hayotimizda bóladi. Lekin siz bularni kitobingizga yozayotganingizda oxirida " ... " qóyib "Sabr bilan bu yólni ham bosib ótaman" dep yozing
Chunki bizning hayotimizda kóp ishlatiladigan sózlardan biri bu "SABR" dir... shunday emasmi? Hayot qisqa lekin uni tabassum bilan yashash xuddikim moviy dengizi kabidir. Yana shu 1 yilni óziz xohlagandek qilib yashang. Chunki bu sizning hayotingiz, chunki bu siz yozayotgan kitobdir... Baxtli yoki qiyinchilik bular ham Allohning sizga bergan in'omi yo sinovidir...
Yaqinim sizga 2025 yili juda ham kòp baxt, omad, sihat-salomatlik, soģlik olib kelsin! 2025-yil eng omadli yil bólsin, yil davomida ishlaringiz hayrli va barokatli bólsin, bunaqa kunlarni kópisini kutish nasib qilsin!
1 yanvar 365 varoqli kitobingizni birinchi varoģida bahtli kuningizni yozishingizga omad tilayman.
Biz bahtli bólishga har doyimo va har soat, har daqiqa , har bir kun, har bir soniyagacha haqlimiz.
Tabriklayman!
Yana yangi bir kitobni yozishga nasib qilgani uchun!
2024 yilda erisholmagan rejalaringiz 2025 yilda erishishiga tilakdoshman!
2025 yil sizga:
Allohning cheksiz inoyati, Ka'ba ziyorati, Tóyib zam zam suvidan ichishni, Qur'on tilovati, chin qalbning ibodati, Yoringizning sadoqati, farzandlar itoati, sayohatlar rohati, qalb xotirjamligi saodati, boylik va serobgarlik barokati, ehson qilish odati, nasib qilsin!
Hurmat ila Bahronova Maftunabonu
San'atshunoslik fakulteti 12-1(AS)BK-21 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#koordinatorlar_faoliyati
#mehr_ulashib
⚡️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti rahbariyati hamda fakultet Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan Buxoro shahridagi 27-sonli maktab internatidagi imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun "Mehr ulashib" loyihasi amalga oshirildi!
⚡️ Loyiha doirasida internatda tarbiyalanuvchi bolajonlarga oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar hamda kiyim-kechaklar taqdim etildi.
‼️ Hech kim mehr va muruvvatdan chetda qolmasin!
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram ▶️ BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#37_ishtirokchi
▎Yangi Yil Tabrigi 🎉
Aziz va qadri baland qadrdon do‘stlarim! 🎓
2024-yil ham sekin-asta yakuniga yetmoqda. Bu yil biz uchun sinovlar, imkoniyatlar va unutilmas xotiralar olib keldi. 🌈 Ba’zan yutuqlarimizdan quvondik, ba’zan esa yangi saboqlar oldik. Har bir o‘tgan yil biz uchun hayot kitobidagi bir bobdir. 📖 Ushbu yilni yodimizda saqlaylik – uning bizga o‘rgatganlari kelajak sari mustahkam qadam tashlashimizga xizmat qiladi.
Yangi yilga kirar ekanmiz, o‘zimizga savol beraylik: “Bugungi kunimni ertangi orzularimga aylantirish uchun nima qila olaman?” 🤔 Javob oddiy – harakat va ishonch! 💪 Oldimizda ochilayotgan imkoniyatlar eshigini ochishga jur’at qiling, orzularingiz sari qat’iyat bilan intiling! ✨ Har bir kuningiz yangi boshlanish, har bir qadamingiz esa katta yutuq sari yo‘l bo‘lsin.
Yangi yil barchamizga shijoat, baxt va kuch olib kelsin! 🌟 Katta orzularingizni amalga oshiradigan ulug‘ yil bo‘lishini tilayman!
O‘zingizga ishoning, hayot yo‘lingizni quvonch va muvaffaqiyat bilan charog‘on qiling! 🌼 Yangi yil muborak, yangi marralar muborak! 🎊
Qo'shmurodova Orzigul
1-1ATTM-24 Guruh Talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#36_ishtirokchi
Assalomu aleykum orzulari,maqsadlari limo lim,yuzlaridan kulgu arimaydigan kulsa porlagan quyoshdek korinadigan dostlarim.Sizlarni 2024 -yilni kuzatib 2025-yildagi omadlarizni kutayotganingiz , rejalar tuzayotganiz bilan tabriklayman. Yangi yil sizlarga baxt omad 365(366) kunlik quvonch,❄️🎄🎆🎇🎊Marianadek tubsiz daromatni❤️🤓yer sayyorasini toliq sayohat qilish baxtini 🌏Himolay toğidek Baland hurmatni tilab qolaman.Talabalarga sesiyada omad tilovchi geogrif talaba🤓
Shavkatova Zebo
Tabiiyhanlar va agrobiotexnalogiya fakulteti
Geo 24 2-2
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#35_ishtirokchi
Assalom-u alaykum hurmatli Buxoro Davlat Universiteti talabalari .!
🎄Yangi yilingiz muborak boʻlsin!🎄
❄️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️❄️
Mana,2024-yil ham asta sekinlik bilan o'z poyoniga yetmoqda.
Bu yil biz uchun juda katta muoffaqiyatlar,yutuqlar va turli xil yangiliklarga boy bo'ldi desam adashmagan bo'laman.
Kimlar turli sovrinlarni qo'lga kiritdi.
Bazılar esa ilk marotaba 🎓talabalik🎓 baxtiga muyassar bo'ldi. Yangi yil ham biz uchun o'zgacha yangiliklarga boy yil bo'lishini tilab qolaman. Bu yil har birimiz uchun ezgu kunlar, ulkan zafarlar va baxtli lahzalar olib kelsin!
Kelayotgan yangi yil,
Bizga omadni bergil.
Oraliqlardan o'tib,
Yakuniylarni "5" qil.
Baxt va barakalar sizni tark etmasin!
Sizlarga filosof Bertrand Russelldek uzoq umr, Aristoteldek bilim va Ibn Sinodek soğlom bo'lishingizni tilayman!
🎄Yangi yilingiz muborak boʻlsin!🎄
Farhodov Ramazon
Tarix va Yuridik fakulteti 5.1 Fals-24 guruh talabasi!
Bizni ko'zatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#33_ishtirokchi
Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Ilmga chanqoq talaba yoshlar, ezugulik nurlarin sochib shiddat-la kirib kelayotgan yangilanish va mehr-oqibat bayrami bo'lgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.
2025-yil barcha xonadonlarga cheksiz baxt, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, tuganmas quvonch, omad-u boyliklar ila kirib, yuraklarga bir umrlik unutilmas xotiralar, qalblarimizni esa iliqliklarga to'ldirsin.
Bu yil qalbi ilm ziyosi ila ravshanlanayotgan tolibi ilmlarimizga yangidan-yangi yutuqlar, imkoniyatlar, g'oyalar, izlanishlar-u, cheksiz muvaffaqiyatlar hamda yutuqlar yor bo'lsin!
Sharopova Shahlo
Filologiya fakulteti o'zbek tili yo'nalishi 6-2 Uzb 23 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#31_ishtirokchi
Assalomu aleykum aziz vatandoshlarimiz mana 2024 yil ham oxirlab qoldi,🥹
2025 yil esa eshik qoqib kirib kelmoqda🥰...
Kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan barchangizni muborakbod etaman.😊 Yangi 2025-yil barcha xonadonlarga omad va ulkan zafarlar olib kelsin.😀Ushalmagan ezgu niyatlaringiz, maqsad hamda orzularingiz kelgusi yilda ushalishini tilab qolaman.🎉Yangi yil barchamiz uchun muvaffaqiyatli, omadli va barokatli yillardan biri boʻlsin.🤩 Agar oʻzingiz yoqtirmagan yomon hislatlaringiz boʻlsa uni eski yilda qoldirib, yangi yilda yaxshi hislat egasi boʻlishingizga tilakdoshman.😜 Oila aʼzolarimiz bilan oʻtkazgan har bir damalarimiz sermazmun boʻlsin.😍Yangi yilda ota-onamizni haj va umra safarlariga olib borish nasib etsin.😇
Shu fursatdan foydalanib oʻz oila aʼzolarimni ham kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan tabriklayman.😘 Sogʻlik , baxt va yaxshi kayfiyat yil davomida hamrohingiz boʻlsin.☺️ Mendek yaqinlaringiz baxtiga doim sogʻ-salomat boʻling.🥰Yangi yil omadli yillarimizdan biri boʻlsin.🤗
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉YANGI YIL BARCHAMIZGA MUBORAK 🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉BOʻLSIN🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁
Azamatova Aziza
Fizika Matematika va axborot texnologiyalar fakulteti 2- kurs talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#29_ishtirokchi
Янги йил билан☃️⛄🎄🎄!
Ushbu yangi yil sizga baxt🎉, sevgi❤️ va hayotda yangi yutuqlar olib kelsin! Har bir yangi kun, yangi imkoniyatlar va yangi boshlanishlar bilan to'la bo'lsin. Yil davomida orzularingiz amalga oshsin🎁, sog'lig'ingiz mustahkam bo'lsin va har doim o'z yaqinlaringizni quvontirish uchun vaqt toping.
Oila va do'stlaringiz bilan birga, qiziqarli lahzalar va yodda qolarli xotiralar yil davomida xamroxingiz bòlsin.Yangi yil- inoyat, tinchlik va farovonligini olib kelsin!
🕊️ 🕊️
Yil davomida yorqin va mehrga to'la kunlar sizni tark etmasin!
Yuldasheva Nazokat
Tarix va yuridik fakulteti 5-1 falsafa 23-gurux
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🎄 Yangi yil karnavaliga taklif!
⚡️⚡️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan "Yangi yil karnavali" da sizni sehirli oqshom, Qorbobo, qorqiz hamda unutilmas xotiralar kutmoqda!
⚡️ Do‘stlar bilan bayramona atmosferada yangi yilni kutib oling
🤍 Yangi yilni yorqin va unutilmas kayfiyatda kutib olishni xohlasangiz biz bilan birga bo‘ling!
💥 An’anaviy yangi yil karnavalida sizni kutib qolamiz!
🔥Biz bilan birga sessiyani 😉 unuting!
📆 Sana: 18.12.2024
⏰ Vaqt: 19:00 da
🗺 Manzil: Buxoro davlat universiteti
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#27_ishtirokchi
Ҳурматан ба шумо ва ҳамаи дӯстону наздикон табрикоти самимиамро ба муносибати фаро расидани соли нав мерасонам !
Соли нав барои ҳар яки мо як фурсати нави ҳаёт аст, ки бо омадани он мо умед ва орзуҳои навро ба эҳсос меорем.
Мехоҳам, ки соли нав ба ҳамаи шумо бахт, саломатӣ ва рӯзгори пурборро биёрад.Ҳар рӯзатон шод, хурсанд ва пур аз муҳаббат бошад.Ҳамеша рӯи худро ба фардо, ки беҳтар аст,нигаред.
Бо дил ва ҷон тасаввур кунем, ки соли нав барои мо ба вусъат ва рӯшноии тамоми саъю талошҳоям ояд.
Соли нав пур аз ризқу рӯзӣ, хотироти ширин ва дастовардҳои бузург бошад!
Некмуродова Зилола
Бо арзи беҳтарин орзуҳо, аз гурӯҳи 6-1 тоҷ 22
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
💜🤍💜🤍💜🤍🤍⚪️
🤍 Karaoke kechasi,ovoz va kayfiyatni birlashtirishga tayyormisiz?
📆 Sana: 16.12.2024
⏰ Boshlanish vaqti: 19:00 da
🗺 Manzil: BuxDU talabalar turar joyi
🔥 Sevgan qo‘shiqlaringizni jonli ijro qiling!
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#25_ishtirokchi
Mana, 2024-yil ham yakunlanishiga qisqa fursat qoldi...
Bu yil men uchun eng unutilmas yil bo'ldi desam yolg'on gapirmagan bo'laman. 2024-yil davomida doimo meni qo'llab-quvvatlagan, yordam qo'lini ayamagan insonlar- ota-onamga bayram tabrigini yo'llamoqchiman 🥳
DADAJONIM VA ONAJONIM!! Yangi yil hayotingizda eng yaxshi yil bo'lib kelsin. Sizlar uchun omadning barcha eshiklari ochilsin. 2024-yilda ushalmay qolgan orzularning barchasi 2025-yilda ijobat bo'lsin. Umringiz uzoq bo'lsin ❤️ Sizlarni juda yaxshi kóraman
Aziz kursdoshlarim! Sizlarni ham kelayotgan bayram bilan chin qalbimdan qutlayman. Sizlar men uchun 2024-yilda berilgan eng yaxshi sovg'asizlar. 😊 2025-yilda omad eshigingizni qoqsin. Baxt sizni ko'rgani kelsin. Bayramni oila davrasida kutib olish nasib etsin deya tilak bildirib qolaman
Hasanova Zarina
Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti
11-5 ing-24 guruh talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#23_ishtirokchi
Yangi yil bayrami – bu yangilanish, umid va baxtning ramzi. Har birimiz uchun bu davr yangi maqsadlar belgilash, o'zimizni yangilash va yaqinlarimiz bilan mehr-muhabbatni baham ko'rish imkoniyatidir.
Yangi yil arafasida qalam olgan har bir inson, tabriklar yozib, o'zining eng yaqin insonlariga iliq tilaklar yetkazishga intiladi. Yangi yil sizga sog'liq, baxt va muvaffaqiyat olib kelsin! Har bir kuningiz shodlik va quvonch bilan o'tsin. Yangi yilda barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin!
Yil yangi, umid yangi! O'zimizni yangilab, yaqinlarimizga mehr bilan quchoq ochaylik. Bayramingiz muborak bo'lsin!
Adizova Zebo
Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti va “BCT textile” korxonasi hamkorligida faqatgina BuxDU talabalari uchun “BCT textile” korxonasi "B-jeans" brendi ostidagi kiyim-kechaklar sotuvida aksiya tashkil qilinadi. Har bir sotib olingan mahsulotning ikkinchisi bepul beriladi yoki 50 foiz narxlarda sotiladi.
Aksiyadagi kiyimlar “BCT textile” korxonasining tayyorlov xonasidan to‘g‘ri BuxDU talabalariga sotuv uchun olib kelinmoqda.
Ta`kidlab o'tamiz, BuxDU talabasi bo‘lishi va talabalik guvohnomada kelishi shart.
Sotuv 17-dekabr kuni soat 14:00dan BuxDU TTJ 4-binosi qarshisidagi foyeda tashkil qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#TANLOV
#Yangi_yil_tabrigi
#20_ishtirokchi
Hurmatli yuristlar va huquq himoyachilari!
Yangi yil — faqat yangi imkoniyatlar emas, balki yuridik haqiqatlarni yanada chiroyli qutlash vaqti!
Bu yil sizga:
Qonuniy kuchga ega bo'lgan salomatlik
Oqilona shartnoma kabi mustahkam do'stlik
Sud majlislaridagi yutuq kabi g'oliblik
Ishonchli shartnoma kabi mustahkam munosabatlar
Va albatta, "protsessual" sabr va iroda tilab qolamiz!
Shuni unutmang: Yangi yil — yangi "huquqiy norma"lar yaratiladigan davr. Katta orzularingizni "yuridik haqiqat"ga aylantirishni unutmaslik kerak. Har qanday muammo bo‘lsa, uning yechimiga biz odatdagidek "dastlabki tergov"dan o‘tamiz!
Yangi yilda hech qanday huquqiy "muddati o'tgan ishlar" qolmasin! Sizning orzularingiz qonun oldida ham, hayot oldida ham ustuvor bo'lsin!
Yangi yil muborak!
Jinoyat kodeksi emas, baxt kodeksi sizni boshqarsin! Huquqdan qudrat, baxtdan tinchlik toping!
Saburbayev O'tkirbek
Yurisprudensiya 5-6-guruh
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi