BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi
Yozning chilllasida shunaqa video yasashni oʻrganishni xohlovchilar bormi?😱
Читать полностью…Demak, hamma taʼtilda va bir kishi qiziqibdi.
Biz yoshlar ham ajoyibmizeey
Agarda xohlovchilar boʻlsa commentariyada oʻz fikringizni qoldirishingiz mumkin.
Читать полностью…#fifavolunteers
#futzalWC
Hеy gang!
This autumn in Uzbekistan, the largest sports event in Central Asian history will take place -
FIFA Futsal World Cup 2024!
Volunteers will be provided with:
🔥 special trainings;
🔥unique experience and new friends;
🔥 exclusive Adidas uniforms;
🔥 gifts from organizers and partners;
🔥 enjoy free public transport and a 50% discount on intercity travels during September and October;
🔥 restaurant meals during shifts;
🔥 international certificates from FIFA and UFA;
🔥 be a part of the FIFA Volunteers international family;
For this, you need to register as a volunteer in Tashkent, Bukhara, or Andijan venue as soon as possible!
‼️Few spots left ‼️
What you should do⁉️
⚠️
Helpful links
📌 Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
❌ Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.
❎ Batafsil javob: Telegramda shu xabar rosa aylandi. Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lgani uchun, izoh berib o‘tmoqchiman.
Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.
Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Maʼlumot uchun:
“suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.
#BuxDU #Yoshlar_qurilish_otryadi
⚡️Buxoro davlat universitetida tashkil qilingan "Yoshlar qurilish otryadi" talabalarning qo'shimcha daromad topishlariga imkon bermoqda...
💥Qo'shimcha daromad topish istagida bo'lgan, band bo'lmagan universitet talabalarini ish bilan ta'minlash hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Buxoro davlat universitetida "Yoshlar qurilish otryadi" tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Биласизми
❗️2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун
#Yoshlar_qurilish_otryadi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
✊ SIZDA IMKON BOR!
Hurmatli BuxDU yoshlari!!!
Band bo'lmagan yoshlarni ish bilan ta'minlash hamda ularning ijtimoiy muhofazasini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Yoshlar_qurilish_otryadi" ga sizlarni ishga taklif qilamiz.
🖐 "Yoshlar_qurilish_otryadi"
- Siz izlagan, yaxshi daromad manbai bo'lgan ish topish imkonini beruvchi maydon!
🚀 Mehnatga haq to'lash quyidagicha amalga oshiriladi👇
- Bajariladigan ishi uchun ish beruvchi firma tomonidan mehnatga haq to'lanadi.
✍"Yoshlar_qurilish_otryadi" ga a'zo bo'lib yaxshi daromad topish istagida bo'lgan yoshlar ushbu @tolibjonqurbonboyev orqali ro'yxatdan o'ting.
@buxdu_uz
🗣O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 14 nafar faol aʼzolari Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiya etildi
Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida eʼtibor qaratgan holda o‘rganib chiqilib, 14 nafar eng munosib yoshlarga mazkur imtiyoz taqdim etildi.
🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu yoshlarimizning oliy ta’lim muassasalaridagi tahsili va kelgusi ish faoliyatlariga omad tilaydi!
✅Bizni kuzatishda davom eting!
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
#Yoshlar_kuni
⚡️Butun Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan yuqori kayfiyat va yoshlik zavqini tarannum etuvchi bayram- 30-iyun "Yoshlar kuni" Buxoro davlat universitetida ham yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda.
Universitet bosh binosi foyesida "Zakovat" intellektual turniri oʻtkazildi. Ushbu jarayonlarda universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar faol tarzda ishtirok etdilar.
Bellashuvlarda yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar diplomlar bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun madaniy-musiqiy ko‘ngil ochar tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Qutlov
#BuxDU
#Yoshlar_ittifoqi
30-iyun ''O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni'' muborak bo‘lsin!
🏢 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti.
👉 @BDU_yoshlar_ittifoqi
30-iyun – Yoshlar kuni
Qadrli Yoshlar!
Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!
🔥Hurmat bilan BuxDU yoshlar yetakchisi Feruz Karimov
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_rektori
⚡️Yoshlar muammolari ijobiy hal etildi
✨Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan yoshlar muammolari ijobiy hal etilmoqda.
💥 Bugun universitet rektori G'ijduvon tumanidan biriktirilgan Beshtuvo MFY da yashovchi O'ktamov Yoqubjon, Rustamova Feruza hamda Ashrapov Azizning holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida ushbu biriktirilgan yoshlarning qilgan murojaatlari esa o'z yechimini topdi.
❇️ Jumladan, Beshtuvo MFY da yashovchi Ashrapov Azizning bandligini ta‘minlash maqsadida unga Payvandlash invertori topshirildi.
✅ Buxoro davlat universiteti rektoriga G'ijduvon tumanidan biriktirilgan 18 nafar yosh bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...
@buxdu_uz
Ëшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш масалалари юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
Bunisinichi?😃
Egizaklar yasash
/channel/vaxshiy_smm
Bot yaratuvchilarni izlamang, balki yaratuvchi boʻling!
Читать полностью…Telegramda bot yaratishni oʻrganishni xohlovchilar bormi??
Читать полностью…#Munosabat
O'zbekiston — yoshlar mamlakati
🇺🇿 Yoshlar kelajagimiz bunyodkori. Shu bois, yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e'tibor qaratiladi. Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmog'i, ma'naviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi. Yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol a'zosi, ta'bir joiz bo'lsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️“Бухоро” телеканалида “Долзарб мавзу” кўрсатуви давом этади
Кўрсатувнинг навбатдаги сони бугун, 4 июль куни соат 18:30 дан бошлаб тўғридан-тўғри эфирга узатилади. Унда Бухоро вилоятидаги олий ва профессионал таълим муассасаларида 2024/2025 ўқув йилида қабул жараёнларини ташкил этиш ҳолати, шунингдек, хизматлар кўрсатиш борасидаги муаммоларни бартараф этиш масалалари муҳокама қилинади.
📢 Спикерлар:
1. Обиджон Ҳамидов — Бухоро давлат университети ректори;
2. Садоқат Сиддиқова — Бухоро муҳандислик -технология институти ректори;
3. Шухрат Тешаев — Бухоро давлат тиббиёт институти ректори;
4. Шавкат Имомов — Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти ректори;
5. Баҳодир Маъмуров — Бухоро давлат педагогика институти ректори;
6. Азамат Наимов — Вилоят олий таълим, фан ва инновациялар бошқармаси бошлиғи.
Кўрсатув трансляциясини вилоят ҳокимлигинингижтимоий тармоқлардаги Telegram, Facebook ҳамда buxorouz_official">YouTube платформалари орқали ҳам томоша қилишингиз мумкин.
❗️Савол ва мурожаатларингизни эфир вақтида 65-223-66-01, 65-223-66-02 телефон рақамлари, шунингдек, телеграмдаги @btvuzbot манзилига йўллашингиз мумкин.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Яхши_ҳабар
⚡️⚡️Хусусий университетдан давлат олийгоҳларига имтиҳонларсиз ўқишни кўчириш мумкинлигини билармидингиз?
Видеони томоша қилинг ва яқинларингизга тарқатинг!
Бухорода фан ва таълим
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent
Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.
✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
#Prorektor_tabrigi
🎙Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azizbek Amonovning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Bizni kuzatishda davom eting:
#YoshlarKuni #Tabrik
🙋 Aziz yoshlar! Barchangizni bugungi shodiyona, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman!
👥 Siz bizning bebaho xazinamiz, kuch-qudratimiz, yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi va ertamizning umidisiz!
📍 Jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilayman!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
⚡️ Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti yoshlar yetakchisi - Feruz Karimov
@buxdu_uz
#Yoshlar_kuni
⚡️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida universitet va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi yoshlar uchun shaxmat, shashka, stol tennisi, boks, yengil atletika, gimnastika sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bugun viloyat hokimi kubogi uchun"Zakovat" intelektula o'yini bo'yicha turnir o'tkaziladi. Turnirda ishtirok etmoqchi bo'lgan jamoalar 6 kishilik jamoa shakllantirishi zarur. Turnir Nodir devonbegi madrasasida bo'lib o'tadi. Jamoalarni ro'yxatga olish 17-00 da boshlanadi. Turnirda dastlabki ro'yxatdan o'tgan 20 ta jamoa ishtirok eta oladi.
Ha aytgancha turnirda yaxshigina sovg'alar o'z egasini kutmoqda!!!
#LIVE
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida katta shodiyona!
⚡️Universitet rektori Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar holidan xabar oldi
💥Bugun universitet rektori Obidjon Xamidov talabalarni "30-iyun Yoshlar kuni" bilan tabriklash hamda ularning ta'lim olish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.
✅ Talabalar bilan bo'lgan samimiy uchrashuvda talabalarning fikri, takliflari eshitildi. Takliflardan kelib chiqib tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#LIVE
#rektor_va_yoshlar_uchrashuvi
⚡️REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Ayni damda Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi doirasida iqtidorli talabalar, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, akademik guruh vakillari, oltin fond a’zolari va stipendiyalar sovrindorlari, BuxDU Volleybol qizlar jamoasi, BuxDU futbol jamoasi ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu uchrashuvda talaba-yoshlar takliflari va murojaatlari tinglanmoqda.
Shuningdek, kuni kecha prezidentimizning 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar va imkoniyatlar to'g'risida ma`lumotlar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️⚡️⚡️BuxDU jamoasi "YANGI NAFAS" yugurish musobaqasida ishtirok etdi
Yoshlar, shuningdek, aholining barcha qatlamlari uchun o‘z sog‘liga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usin rivojlantirishni maqsad qilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bugun, 29-iyun kuni Buxoro shahrida tashkil qilindi.
"Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!" shiori ostida tashkil etilgan ommaviy yugurish marafoni Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog‘i oldidan start oldi.
Shuningdek, ushbu yugurish musobaqasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting: