BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi
#live
#Munozara
✅ Ayni damda Buxoro davlat universitetida viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari o'rtasida "Munozara" intellektual o'yinining viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda. Talabalar qizg'in bahslar olib borishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Kino_time
🏛Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida bugun 2-may sanasi soat 16:30 da "KINO TIME" loyihasi galdagi soni BuxDU bosh bino faollar zalida bo'lib o'tadi.
Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogika fakulteti dekani A.Sh.Inoyatov tashabbusi bilan erta tongdan yurish hamda ertalabgi badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.
Bugun 1-may erta tongdan boshlab fakultet dekani A.Sh.Inoyatov boshchiligida fakultet professor-oqituvchilari, fakultet tyutorlari va ishchi-xodimlari bilan birgalikda yurish marafoni undan so
ng esa ertalabki badan tarbiya tashkil etildi..
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lomturmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni yuzasidan Buxoro davlat universiteti Sport faoliyati va pedagogika fakulteti ertalabgi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Bugungi kunda yurtimiz bo’ylab ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida olib borilayotgan sport tadbirlariga barchani chorlab qolamiz.
Sport faoliyati va pedagogika fakulteti Tyutori J.O`. Ravshanov
@BDU_Yoshlar_Ittifoqi
#qopqon
#koordinator_faoliyatidan
🎭 Ana'anaviy tarzda bo'lib o'tayotgan "QOPQON" o'yinining navbatdagi soni Xorijiy tillar fakultetida bo'lib o'tdi!
✨ Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Besh tashabbus loyihalari koordinatori Firdavs Jo'rayev va Xorijiy tillar fakulteti koordinatori Yusufbek Mustaqimov hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorligida fakultet talabalari o'rtasida o'yinning navbatdagi soni tashkil etildi.
🗞 “Buxoro universiteti” gazetasining yangi sonini kutib oling!
📌 Bu sonda siz universitetimiz hayoti, o’qituvchilari va talabalaridan bir qator qiziqarli ijodiy ishlarni mutolaa qilishingiz mumkin:
✨R. Jumayev “Forum haqida”
✨ T. Faxriddinova “Universitetimiz keng imkoniyatlar eshigi”
✨G’.Murodov “Qodiriy qadri”
✨ L. Sharipova “Sadriddin Ayniy va “Esdaliklar”
✨B. Bafoyev “Milliy liboslar
haftaligi”
✨ M. Askarova “Chor Bakrga sayyor dars“
#koordinator_faoliyatidan
✨ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Xorijiy tillar fakulteti koordinatori Y. Mustaqimov tomonidan fakultet tyutori Rahmonova Lola Tolibovna bilan hamkorlikda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning ahvolini o'rganish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator loyihalar tashkil etildi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#BuxDU_yangiliklari
🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
📌 Batafsil infografikada👆
📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook
#BuxDU_yangiliklari
⚡️ Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
@buxdu_uz
#BuxDU_rektori
⚡️ Buxoro davlat universiteti rektoriga biriktirilgan 18 nafar yoshlar bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda...
📌Joriy yilning 27-aprel kuni universitet rektori o'ziga biriktirilgan G'ijduvon tumanidagi "Bobur" hamda "Beshtuvo" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
✍️ Uchrashuv davomida avvalo yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillariga o'qitish, bandligini ta'minlash bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi hamda vatanparvarlik va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi.
🔥Shuningdek, yoshlarning muammosi va takliflari eshitildi. Universitet rektori tomonidan ushbu yoshlarning o'zlarini o'qish va ishlarini davom ettirishlari bilan bog'liq ijobiy takliflar berilib, kitoblar sovg'a qilindi.
@buxdu_uz
@buxdu_rektori
#BuxDU_yangiliklari
🎧 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "BuxDU Party" konsert dasturining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_Fizika_matematika
#5_tashabbus_forumi
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Besh tashabbus doirasida jarayonlari so’ngi forum kuni bo’lib o’tdi.
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
6-2 uzb 23 guruh talabasi
Aminova Sevinch
Tyutor: Oripova.Sh.N
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi
🎗Agronomiya va biotexnologiya fakultetida bo'lib o'tgan "Tug'ilmagan qo'shiqlarim sizdan uzur..." nomli tadbirdan lavhalar
Afsusdan egildi boshlar ham,
Sog`inib uyildi qoshlar ham.
Firoqdan dengizdir yoshlar ham,
Unutmoq osonmas sizlarni.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
💧 “Ayol va siyosat”
“Siyosatga marhamat” loyihasi doirasida deputat ayollardan navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
✓Ushbu darslarda Buxoro viloyatida mavjud boʻlgan Oliy taʼlim muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi. Jumladan, Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzolari ham oʻz faolliklarini koʻrsatishdi.
Bizni kuzatishda davom eting
Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakultetida 26-aprel Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlab "Aytilmagan qo'shiqlarim sizdan uzur..." nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan kuy-qo'shiqlar,sahna ko'rinishlari va raqslar ijro etildi.
Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar...
Bizni kuzatishda davom eting...
@BDU_YOSHLAR_ITTIFOQI
@BuxDU_agro_uz
#БухДУ
#Ижтимоий_ролик
"Халқ хизматчиси" номли ижтимоий ролик.
Роликда оғир ижтимоий муҳитдан илми ва меҳнати билан чиқиб, давлат хизматига ишга кирган, одамларнинг дуосини олаётган халқ хизматчиси ички кечинмалари, оғриқлари, армонлари ва мақсадлари акс этган.
Бугун давлат хизматида қаҳрамонимизга ўхшаган кадрлар жуда кўп. Ҳар бирингизни қадрлаймиз.Токи бугун давлат хизматчиси бўлиш қанчалик шарафли йўл эканлигини англаган экансиз, Ўзбекистон тараққиёт йўлидан дадил боради.
◽️Ёшларимизга, давлат хизматчиларимиз ва кенг жамоатчиликка томоша қилиш тавсия этилади.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#favvoralar_kuni
✅ Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi qarori bilan O‘zbekistonda 1-may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.
⭐️ Ayni vaqtlarda #BuxDU talaba-yoshlari 1-may – Favvoralar kunini nishonlashmoqda, favvora atrofida ko'ngil yozib, bo'sh vaqtlarini maroq bilan o'tkazmoqdalar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
📣 BuxDU yoshlar ittifoqi koordinatorlari tashabbuslari davom etmoqda…
Talabalik oltin davr!
Unda o’tadigan har bir onimiz unitilmas xotiralarga boydir. Biz bu loyihamiz orqali universitetimizda tahsil olayotgan va oliygohni bitirganlar talabalarning ta’lim maskani haqida qisqa taassurotlarini bir joyga jamladik.
#tezkor #vinetka
✨BuxDU bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat!
Buxoro davlat universitetining qadrli bitiruvchilari diqqatiga
- universitetning maxsus manzillariga takrorlanmas suratlarni
- universitet rahbariyati bilan estalik suratlari
- so‘nggi trenddagi uslubdagi videolar va rasmlarni tushish uchun o'z xizmatlarimizni taklif etamiz!
Murojaat uchun: BuxDU Matbuot xizmati @jpege22
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
⚡️Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.
✅ O'yin Buxoro davlat universitetining har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.
🎤 O'yinda Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori Navro'z Amonov tomonidan savollar o'qib eshittirildi.
#zakovat #buxduyoshlari #talabaminbari #yoshlarittifoqi
@buxdu_uz
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
YOSHLAR-MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI
DIQQAT!!!
Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!
Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari so'raladi.
#dayjest 15-27.04.2024
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Munozara_fakultet_bosqichi
⚡️ Buxoro davlat universitetining Karyera markazida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega bo'lgan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlari o'rtasida "Munozara" intellektual turnirining fakultet bosqichi o'tkazildi.
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
Har sohadan bir shingil deganlaridek endi bizning jamoa yangi yoʻnalishda.
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasining iste'dodli qizlari tomonidan universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlarni turli hunarlarga jalb qilish maqsadida "Lider qizlar" nomli klub faoliyatini yoʻlga qo'yishgan. Ushbu klubda qizlar turli xil yoʻnalishlarni oʻrganishlari mumkin.
🇺🇿 "Tozalik o'yinlari"ning bir qismiga aylaning!
Ko'pchilik qatnashishni istagan loyihaga endi buxorolik faollar ham qatnashishi mumkin. Shartlar esa juda oson:
O'zingizga 3 kishidan iborat jamoa tuzing. Ro'yxatdan o'qish uchun @nargiza_karimovna29 profiliga yozing.
➡️Ishtirok etish uchun:
1. Koordinator ro‘yxatdan o‘tishi (3 kishilik jamoasi bilan);✔️
2. Termos yoki krujkaga ega bo‘lish;✔️
3. Qulay kiyim-kechakda bo‘lish;✔️
4. Bosh kiyimga ega bo‘lish;✔️
5. 2 kg ijobiy kayfiyatni o‘zi bilan olib kelishi kerak✔️
Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 27-aprel, 23:59
🇺🇿 Manba
#Audioshèr
#obunachilarimizdan
Kapalaklar odamlardan mehribon...🦋😔
✍Muhammad Yusuf
🎙Nilufar Halimova
BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti talabasi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
26-aprel O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
⚡️El suygan shoir tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tayyorlangan chellenj.
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor, O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
✍Muhammad Yusuf she’ri
Bizni kuzatishda davom eting:
#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_70yilligi
Гарчи зуғум қилганларни ёқтирмадим,
Шеър ёздиму бўлак ишни қотирмадим.
Тилим туриб ўз тилимда гапирмадим,
Бир эсласам эзилади бағри-дилим,
Она тилим, кечир мени, она тилим.
Buyuk shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab Agronomiya va biotexnologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan chellenj.
@BDU_YOSHLAR_ITTIFOQI
#Forum #oliytaʼlim #prorektor
Buxoroda oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlarining I respublika forumi o‘tkazilmoqda
Ilk bora tashkil etilayotgan ushbu anjumanga Buxoro davlat universiteti mezbonlik qilmoqda. Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari mas’ullari hamda respublika oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlar ishtirok etmoqda.
___
В Бухаре проходит I республиканский форум проректоров вузов по учебной работе
Конференцию, которая проходит впервые, проводит Бухарский государственный университет. В форуме, посвященном приоритетным задачам развития высшего образования, принимают участие руководство Министерства высшего образования, науки и инноваций, подведомственных организаций, а также более 100 проректоров по учебной работе вузов республики.
Bizni kuzatishda davom eting: