BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi
🔤🔤🌷🔤🔤🌼🔤🔤
⚡️🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘zbek adabiyotining yirik vakilasi, iste’dodli shoir va jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining navbatdagi soni bo’lib o’tdi.
📖 Ushbu intellektual o’yin kitobxonlikni targ‘ib qilish, talabalar orasida intellektual salohiyatni oshirish hamda Zulfiya ijodini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qilish maqsadida o‘tkazildi.
✨ Unda turli fakultetlardan bilimdon talabalar ishtirok etib, o‘zaro fikr almashdi va adabiyotga oid qiziqarli savollarga javob berishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Buxoro Davlat Universiteti
6-3 Uzb-22-guruh talabasi
Axtamova Oygul.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Zulfiya Isroilova xotirasiga bagʻishlangan videorolik
Tayyorlovchi:
Filologiya fakulteti 6-5 UZB-23 talabasi Ròzimurodova Muhabbat
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Zulfiya Isroilovaning ijodi
Buxoro Davlat Universiteti
6-3 Uzb-22-guruh talabasi
Axtamova Oygul.
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
UMRIMNING BAHORI
Bir bahor boʻlaman qalblarga otash,
Xotiralar eslansa, yurak boʻlar gʻash.
Hayot kitobimda koʻrdim koʻp jafo,
Bu dunyo kimgadir qilganmi vafo?
Nelarni koʻrmadi, bu aziz boshim,
Tunlari ingranib oqqanda yoshim.
Oʻylar edim endi, yetmas bardoshim,
Ammo meni qoʻllar, Alloh, quyoshim.
Yomon xabar kelsa, oqmay qolar qon,
Ne qilishin bilmas, hattoki, bu jon.
Muammolar bir yon, ayriliq bir yon,
Meni tashlab ketdi Hamid Olimjon.
Bir ovoz yangrardi yodimda hamon,
Boʻynimdan uzildi tizilgan marjon.
Azizim, bu dardlar ezadi yomon,
Sogʻinchdan yigʻlar Hulkar va Omon.
Tunlari ayovsiz qiynardi hijron,
Hayot sinov berar, chorasiz inson.
Nola qilar edim har soat, har on,
Hech kimga bu dardni berma, Xudojon.
Yuzim kular, qalbim yigʻlardi pinhon,
Sheʻrlarim dardimga malhamdir hamon.
Oʻtgan umrimga achinmay bu zamon,
Yaqinlar qilmasin mendan deb gumon.
Nokaslar qalbimga sanchdilar tikon,
Gap-soʻzlar vujudim tilkalar chunon.
Tabassum oʻrnida men kuldim xandon,
Faqat soʻzlaringdan topardim darmon.
Tushlarimga kirsang, Hamid Olimjon,
Qalbimni tark etar qish va qahraton.
Har bir soʻzlaringdan yashnardi bu jon,
Uygʻonsam, yonimda Hulkar va Omon.
Qalbim oʻyib yozardim, yetarmi nolam?
Charxpalakdek tinmay aylanar olam,
Nasihatim tingla, iltimos, bolam.
Men va otangdan qolar shu qalam.
Sogʻinchmi? Hijronmi? Ayladi giryon,
Seni izlab, kezib boqardim har yon.
Kelib, soʻzlarimni tinglagin bir on,
Umrimning bahori eding, Olimjon.
✍ Oʻgʻiloy Tuyboyeva.
BuxDU Filologiya fakulteti, 2-bosqich talabasi
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Zulfiyaga
Azizim, lobarim deya bizlarni,
Kulib turgan sizga qaro ko'zlarni,
Qanot boylab ishqga marjon so'zlarni,
Sabrdan qalblarga saboq berdingiz.
Ko'ngilga saqlasak ajib shukrona,
Xayollar ketmasa aslo har yona,
Katta hayot bizga buyuk darsxona,
Unutmaylik ishq azal yagona.
Muhabbat Muhammaddan meros erur,
Muhammadsiz muhabbat yo'qqa tengdir,
Ollohimga taqdir uchun ming bor shukr,
Muhabbati bergan neʼmatiga.
Oʻzbegimning Zulfiyasi nomingiz,
Vafo erur hamisha hamrohingiz,
Davomchingiz bo'lay deydi har bir qiz,
Gulg'unchaday yashnar istiqlolimda.
Sog'inchlarda yakka kuygan shoiram,
Mushtiparim, munisginam dilporam,
Ulug'larning yodi bilan xotiram,
Bahor boʻlib mudom yashaysan manda.
Nizomova Kamola
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#koordinator_faoliyatidan
💥Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori S.Karimova tomonidan talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida "Sog'lom tanda sog'lom aql" shiori ostida sport mashg'ulotlari tashkil etildi.
💫Loyiha davomida talabalar bilan birgalikda bir qator umumrivojlantiruvchi mashqlar o’tqazildi!
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalar uchun ajoyib bayram – "BuxDU Party" konsert dasturi tashkil etildi.
➡️Tadbir davomida talabalar san'at va madaniyatga bo'lgan mehrini namoyish etib, o'z iste'dodlarini ko'rsatishdi. Jonli ijro, raqs va turli chiqishlar barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.
🎯Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni birlashtirish, ularning ijodiy qobilyatlarini qo'llab-quvvatlash va universitetning madaniy hayotida faol ishtirokini ta'minlashdir.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti rahbariyati bilan tanishing:
✅ Rektor
— Xamidov Obidjon Xafizovich
✅ Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
— Yavmutov Dilshod Shoyimardonqulovich
✅ O‘quv ishlari bo’yicha prorektor
— Jumayev Rustam G'aniyevich
✅ Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
— Samiyev Kamoliddin A‘zamovich
✅ Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor
—Rashidov O'lmas Umarovich
✅ Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
—Jo'rayev Abror Turobovich
✍️ Murojaatlar uchun telegram bot:
👉 @BuxDUMatbuotkotibi_bot
➡️ Qabulxona raqami:
📞 (65) 221-29-14
Bizni kuzatishda davom eting:
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️✅ 🧠”Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.
Ushbu o'yinda universitetimizning har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.
Natijalar:
1-oʻrin "Uzbek power"
2-oʻrin "Triple S"
3-oʻrin " Anticrime"
Kun savoli : 1596-yilda bu ingliz kapitanining vafot etgan kuni ispanlar tomonidan milliy bayram sifatida nishonlangan
Savol:Bu dengizchi kim?
Javob: Frensis Dreyk
Bizni kuzatishda davom eting:
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
BAHORMAS BAHOR...
Tongda lablarimga qo'ndi shabnamlar,
Yana qaytib keldi men kutgan bahor.
Ammo men shunchaki pichirlab aytay
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor...
Betaktor bahorim har bir nafasin,
Jismim-la sog'inib takror va takror.
Qo'ygin sen o'tkinchi dunyo havasin
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor.
Bahorim gullari qalbimga malham,
Meni moychechaksiz qoldirma zinhor.
Chin so'zim, men senga ichaman qasam
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor...
Sog'inch-ku aslida davosiz bir dard,
Sog'inching haqida aytsang ham ming bor -
Balki qalbginangga yetkazdim men gard,
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor...
Asli menga kun yo'q sendan yiroqda,
Duolarda so'rab seni har nahor.
Yashab bo'ladimi axir firoqda?
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor.
Saqlab keldim sukut, aytmasdan bir so'z,
Shoirning izhori she'rida oshkor:
Ta'rifga hattoki qalamim jonsiz -
Yonimda bo'lmasang bahormas bahor.
✍Nilufar Halimova,
BuxDU, Xorijiy tillar fakulteti 2-bosqich talabasi
@BDU_yoshlar_ittifoqi
🕓🕔🕕🕖🕗
☄️✅🙋♂️ BuxDU Yoshlar ittifoqi talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida "Kayfiyat ulashamiz" nomli loyihasi Filologiya fakultetida tashkil qilindi.
Endi yangi shartlar bilan! Siz ma’lumot ayting, biz shirinlik beramiz!
Jadidlar hayotini o’rganish, targ’ibotlaridan o’rnak olish avlod sifatida bizning vazifamizdir. bugungi loyhamiz ma’ rifatparvar Abdurauf Fitrat ijodi va faoliyatiga bag’ishlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🇺🇿Buxoro davlat universiteti Tarix yuridik fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti a'zosi A.Boltayev tashabbusi bilan talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning "SHAXMAT VA SHASHKA" turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
‼️Shaxmat va shashka—bu faqatgina o‘yinga bo‘lgan qiziqish emas, balki aqlni charxlaydigan, strategik fikrlashni rivojlantiradigan, sabr va donolikni o‘rgatadigan sport turlari.
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠
Yangi kunning ikkinchi yarmi o’tib bormoqda 🤩
Bugun o’zingiz uchun qanchalik foydali ko’nikma bilimlarga ega bo’ldingiz?
Video orqali oz bo’lsada kayfiyat ulashkan bo’lsak biz maqsadimizga erishdik 🙃
#Subsidiya #Imkoniyat
🙋 Yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratilishini bilasizmi?
🖋 Bunda ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilganda mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilishga ko‘maklashadi va ariza beruvchining sog‘lig‘i holati baholanadi.
🔤🔤🔤🔤🌹 🔤🔤🪷🔤🔤
✅🇺🇿Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan ajoyib chellenj
⌛Kelarmish bahor – bu faqat yangi fasl emas, balki qalbimizni tozalash, yangi boshlanishlarga tayyor bo'lish va hayotga yangi qarashni anglatadi. Endi har bir kunni quvonch bilan kutib olish va go'zallikni qadrlash vaqti keldi. 🌼
Bizni kuzatishda davom eting:
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
To'rayeva Shahruza
Fizika-Matematika va Axborot texnologiyalar fakulteti
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Zulfiya ijodidan "Bahor keldi seni soʻroqlab"
✨Oʻgʻiloy Tuyboyeva
Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
San'atshunoslik va pedagogika fakulteti 12_1mad21 guruh talabasi Samandarova Madina G'ayratovna
@BDU_yoshlar_ittifoqi
#Bahor_keldi_seni_sõroqlab
#Yoshlar_ittifoqi
Shaftolizorlar (Bahordan kuzga)
Sen oʻzgarding, bunda men ham oʻzgardim,
Bahorni zabt etdi bemahal qorlar.
Gʻunchalar toʻkildi, soʻldi betinim,
Faqat oʻzgarmadi shaftolizorlar.
Bir eski avtobus: bir yoʻlki ulkan
Qadrdon yoʻldir bu - bezabon, beun.
Boraman chor yonga termulib oʻychan,
Nigohim qadalgan joylar noma'lum.
Bekor va'dalashdik, bekor ahdlashdik,
Arosatda qoldi muhabbat - nochor.
Balki xato qildik, balki adashdik,
Bizlarni avradi oʻylar beozor.
Istaklar oʻzgardi, hislar oʻzgardi,
Oʻzgardi biz qolmoq istagan dunyo.
Bu koʻhna zaminning ne ekan dardi -
Yam-yashil bogʻlarni qoplagan tillo?
Yoʻlimni bogʻlaydi barglar - sargʻaygan,
Hislarim yoʻliga tortibon parda.
Men boqib oynadan najot izlayman,
Yuzdagi yoshimni ohista arta.
Hatto, daraxtlardan hislar toʻkilgan,
Bu bogʻlar huvillab qolgan sevgisiz.
Sobit, oʻzgarmagan, vafoli "maskan" -
Biror joy bormikan kuz bosmagan iz?
Avtobus yurmoqda.
Koʻrindi birdan
Shafaqqa ulanib ketgan bir dala.
Qup-quruq, oʻlik bu olam ichinda
Bir makon turibdi ishqdek lovullab.
Esingdami, birga etardik sayr,
Pushtiga burkangan edi gulzorlar.
Tuygʻular toʻkildi, soʻldi birma-bir,
Faqat oʻzgarmabdi shaftolizorlar...
Juraqulova Sevinch
Tarix va yuridik fakulteti 3-kurs talabasi
@BDU_yoshlar_ittifoqi
⚡️🇺🇿Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori Sevarabonu Karimova tashabbusi bilan “Speaking Club” loyihasi tashkil etildi.
‼️Bu loyiha orqali biz ingliz tilini o'rganayotgan va o'z til ko'nikmalarini rivojlantirishni istagan barcha ishtirokchilarni birlashtirdik
Sizni ham Speaking Club ga qo'shilishga chaqiramiz! 🎯Agar ingliz tilida o'z fikrlaringizni erkin ifoda etish va yangi bilimlar olishni xohlasangiz, bu loyiha aynan sis uchun.
#koordinator_faoliyatidan
⚡Xorijiy tillar fakultetida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti fakultet koordinatorlarining navbatdagi kengashi bo'lib o'tdi!
✨Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sevarabonu Karimova hamda fakultet koordinatorlari bilan navbatdagi fakultet kengashi tashkil etildi.
🔥Kengash davomida koordinatorlar hafta davomida fakultetda tashkil etiladigan loyihalar bo'yicha kelishib olishdi.
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#koordinator_faoliyati
☄️Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti hamda Tarix va yuridik fakultetlarida talaba-yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining “Dekan kubogi” musobaqalari bo’lib o’tdi.
✔️Natijalar quyidagicha qayd etildi:
🥇”Akatsuki” jamoasi
🥈”Yosh tarixchilar” jamoasi
🥉”Everest” jamoasi
‼️
Zakovat — bu insonning bilimga, tushunishga, va tafakkurga bo'lgan kuchli qobiliyatidir. U, ayniqsa, murakkab vaziyatlarni tezda tahlil qilish va aqlni ishlatish orqali muammolarni hal qilishda o'zini namoyon qiladi.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
📣 "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2-mavsumi start oldi! 📖✨
⚡️Hurmatli ijodkorlar va adabiyot ixlosmandlari!
"Mushoira" klubi yosh qalam ahli uchun yana bir katta imkoniyat eshigini ochmoqda. Sizni "Beg'ubor yoshlik bitiklari" antologiyasining 2- mavsumida ishtirok etishga chorlaymiz!
Agar sizda she’riyatga, nasrga bo‘lgan muhabbat bor bo‘lsa, o‘z ijod namunalaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etib, kitob shaklida ko'rishni istasangiz, bu loyiha aynan siz uchun!
📝 Qanday asarlar qabul qilinadi?
😀 She’rlar
😀 Hikoyalar
🌟 Yosh qalamkashlarning beg‘ubor tuyg‘ulari, hayotga, yoshlikka bo‘lgan mehr-muhabbati ushbu to‘plam sahifalarida mujassam bo‘ladi.
✉️ Ijodiy ishlaringizni: (@firdavs_juraev_00 ) yuboring!
Keling, yoshlik izlarini adabiyotda qoldiraylik!
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
☄️ Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan "NET+" loyihasi amalga oshirildi!
‼️ Bizni kuzatishda davom eting...
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#live
#zakovat
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagi soni bo’lib o’tmoqda.
Jarayonlarni kuzatishda davom eting!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
✔️Buxoro davlat universiteti talabalari bilan
“Talaba travel" loyihasi doirasidagi navbatdagi sayohat
"Toshkent" viloyatida bo'ladi.
📆SAYOHATIMIZGA 5 KUN QOLDI
📝Roʻyxatdan oʻtish uchun😀@BuxDu_yi_sayohat
📞+998933768877
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
🔠🔠🔠🔠🔠 🔢➖🔠🔠🔠
🇺🇿Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan tashkil etilgan "TALABA FORUM" loyihasining to'rtinchi kuni qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi
‼️Forumning so'nggi kun doirasida talaba-yoshlarning vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida quyidagi loyihalar oʻtkazildi:
✔️Zukko kitobxon loyihasi;
✔️Forumda milliylikni targ'ibot qilish maqsadida shahar bo'ylab milliy kiyimda "O'zbegimning milliyligini targ'ib qilamiz"shiori ostida sayohat;
✔️Eski shahar bo'ylab PLOGGING aksiyasi
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️ 🙋♂️ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?
⚡️ Batafsil infografikada 👇
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube
#️⃣🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
⚡️🙋♂️ BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan oʻtgan hafta davomida tashkil etilgan qaynoq loyihalarning qisqacha tafsiloti
➡️ "Bir asar muhokamasi" 👉 Batafsil
➡️ "Munozara" intellektual oʻyini targʻibot aksiyasi 👉 Batafsil
➡️ "BuxDU party" kechki koʻngilochar dasturi 👉 Batafsil
➡️ Tarix va yuridik fakultetida sportning stol tennisi boʻyicha musobaqa tashkil etildi 👉 Batafsil
➡️ "Munosabat" 👉 Batafsil
➡️ "Dekan kubogi" sport musobaqalari Tarix va yuridik fakultetida 👉 Batafsil
➡️ "Mehr ulashamiz" loyihasi 👉 Batafsil
➡️ "Gerodot izdoshlari" 👉 Batafsil
➡️ "Yashil makon" umummilliy loyihasi 👉 Batafsil
➡️ Sportning shaxmat turi boʻyicha sport musobaqa 👉 Batafsil
➡️ "Zakovat" intellektual oʻyinining navbatdagi soni 👉 Batafsil
➡️ "Milliy liboslar" Xorijiy tillar fakulteti 👉 Batafsil
➡️ "Plogging aksiyasi" 👉 Batafsil
➡️ "Milliy doʻppi" chellenje 👉 Batafsil
😎 Telegram 😎 Facebook
😎Instagram 😎 BuxDU_Yi_rasmiy">You tube