bdu_yoshlar_ittifoqi | Unsorted

Telegram-канал bdu_yoshlar_ittifoqi - BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

3434

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Subscribe to a channel

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi


Bugun, 29-mart kuni Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#ZIYORAT_VELOMARAFONI

🚴‍♀️ BuxDU jamoasi haftaning har juma kuni bo'lib o'tadigan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili tomon yo'l olishdi.🚴‍♀️

Bugun erta tongda viloyatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, BuxDU professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlar an' anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manziliga, ya'ni Chor bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi.

☝️"Ziyorat Velomarafoni" har haftaning JUMA kuni bo'lib o'tadi. BuxDU jamoasi barchangizni "Ziyorat Velomarafoni"ga chorlab qoladi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🆕 👍👍👍 👍👍👍


🇺🇿 O'zbekiston Yoshlar ittifoqi BDTI boshlang'ich tashkiloti Yoshlar Kengashi, 😎BUXORO E'LONLARI oav hamda 🙍‍♀️ Buxoro "Qizlar ovozi" klubi faol yoshlari hamkorligida 🤎🤎 Buxoro yoshlari uchun maxsus " 🍕Pizza Time" nomli navbatdagi loyihasiga start berdi 💥🎆

🗣️Shartlari juda oson: shunchaki aksiyada ishtirok eting va 1 marotabalik ✉️vaucherni qo'lga kiriting


🖥 Online aksiya qabul rejasi:
Jami -150 nafar OTMda tahsil oluvchi talaba-yoshlar
📌shundan dastlabki ro'yxatdan o'tgan 100 nafar talaba qizlar, 50 nafari esa o'g'il talabalar ro'yxatga olinadi

Ro'yxatdan o'tish muddati:
🗓 26.03.2024 - 02.04.2024

☎️ Murojaat uchun:
📱@Dr_Shavkatovnaaa
📞 +998(97)852-77-80

#️⃣ Loyiha 💯 ishonchli va haqqoniy, har 10 kunda 1 nafar omadli ishtirokchiga bepul vaucher taqdim etiladi
📈 O‘yin shu tariqa 5 tur davom etadi. Jarayonlarni, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi ma‘lumotlari, ularning natijalari bilan bevosita mazkur e‘lon komentariyasida doimiy kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.



🌟🌟🌟|😎 BUXORO E'LONLARI

© 😎😎😎😎😎😎

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan, "BuxDU Wiki targ'ibotchi" talabalari tomonidan "WikiStipendiya marafoni: maqsad va kutilayotgan natijalar" mavzusida ma'lumotlar berish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi.


✅ Seminarda Vikipediaga bir necha marotaba WikiStipendiya marafonlariga qatnashib o'z tajribasiga ega bo'lgan, BuxDU Yoshlar ittifoqi Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori Shahboz Hasanov tomonidan universitet talaba-yoshlariga "Vikipediya" to'g'risida ma'lumot berildi.

📌Seminar-treningni o'tkazishdan asosiy maqsad Vikipediyaga o'zbekcha maqolalar sonini ko'paytirish hamda universitetda "Wiki klub" ni tashkil qilib, unga talabalarni  ko'proq jalb qilishga qaratilgan.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Koordinator_faoliyati

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti koordinatori M. Boboyeva tashabbusi bilan Bandlik va karyera markazi hamkorligida "Rivojlanishda sun'iy intellektning ahamiyati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida talabalar o'zini qiziqtirgan savollariga Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash tizimlar kafedrasi o'qituvchisi S. Polvonov tomonidan javob olishdi.


Qachonki, oʻzingizda oʻzgarish sezsangiz, unutmang siz yashayapsiz

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#LIVE
#ONLINE
#JADIDLAR

⚡️Jadidlar merosini o‘rganish, anglash – ildizi baquvvat daraxtga aylanish imkonidir.


Ayni paytda BuxDUning filologiya fakulteti tashabbusi bilan bosh bino katta faollar zalida "Jadidlar va bugun" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tmoqda.

Tadbirni BuxDU Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azizbek Amonov ochib berdi. BuxDU o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustam Jumayev hamda BuxDU professori Shoira Ahmedovalar jahon intellektual merosi taraqqiyoti tarixida jadid ma’rifatparvarligining ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy g‘oyalarining o'rni xususida mulohazalarini o'rtoqlashdilar.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️ Talabalarning vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Buxoro davlat universiteti TTJsida Xorijiy tillar fakulteti koordinatori Mustaqimov Yusufbek tomonidan shaxmat, shashka va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi

🎗 O‘yinlarda yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etib bu sport turlariga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi 🏓 ♟

✅ Bunday o‘yinlar keng miqyosda o‘tkazilib talabalar qamrovini oshirish rejalashtirilmoqda

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️ Diqqat diqqat siz uchun yana bir yangi loyihamiz  🤩🤩

📌 "Zukko kitobxon" fakultet bosqichi.

✅ Tanlov  yakkalik tarzida o'tkaziladi.
Gʻ'oliblar Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi 😇😇


⚡️ Murojaat uchun:@Fiz_mat_koordinator

Kitob oʻqimagan odamning murdadan farqi yoʻq.

Loyihada sizlarni kutib qolamiz!
Kitob oʻqish —imkoniyat eshiklarining ochilishidir.


@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:👇

📌Batafsil: https://is.gd/Ov61i4👈

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

📌 O‘zbekistonliklar Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shicha dam olish kuni;
12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;
14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

🎗Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun ushbu hafta davomida qanday loyihalar tayyorlanmoqda?

📌 Batafsil infografikada👆

👀Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

💡Bugun Oʻzbekistonda bir soatga chiroqlar oʻchadi

25-mart kuni butun Oʻzbekistonda boʻladigan “Yer soati” tadbiri doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soatga elektr energiyasi tarmoqdan uziladi.

Rahbarlar va xodimlar, taʻlim oluvchilarga 1 soat davomida ixtiyoriy ravishda tashqarida sayr qilishi tavsiya etiladi.


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini aksiyaga qoʻshilishga va elektr energiyasini tejash uchun bir soatga oʻchirishga chaqirmoqda.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️O’qishni ko’chirish bo’yicha savollarga batafsil javoblar!

Bir taʼlim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, bir taʼlim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas.
👉 Kunduzgi taʼlimdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).

! Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

👉 Sirtqi taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• kechki (smenali).

! Sirtqi taʼlimdan maxsus sirtqi taʼlimga ko‘chirib bo‘lmaydi.


👉 Kechki taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kechki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• kunduzgi.

`
! Kechki taʼlimdan sirtqi hamda maxsus sirtqi taʼlimga ko‘chirib bo‘lmaydi.

• Maxsus sirtqi taʼlimdan faqat bir taʼlim sohasi doirasida maxsus sirtqiga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
• Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Diqqat

❗️25-mart kuni elektr energiyasini bir soatga o‘chirish so‘ralmoqda.

Shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chirilarkan.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

🗣🖼Talabalarni rasmlar tanloviga chorlab qolamiz.

⚡️Buxoro davlat universitetining devorlarini rangtasvir asarlari bilan bezatish maqsadida talaba-yoshlar o'rtasida rasmlar tanlovi e'lon qilinadi.

➡️ Ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar fakultetlaridagi Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

📍Tanlov quyidagi tartibga asosan 25.03.2024 yil, soat 11:00 da, universitet Bosh bino foyesida o'tkaziladi.

❗️Eslatma:
✅ Ishtirokchilar tomonidan rasmlar belgilangan vaqtda Xolst ya'ni "Xolst – rasm chizish uchun ramkaga olingan va shaffof rangdagi soha" ga chiziladi.

🎉 G'oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yangiliklari

⚡️Buxoroda "Avtomobilsiz kun" doirasida "Sog‘lom hayot uchun" shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi
.

Ushbu marafonda 400 dan ortiq Buxoro davlat universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_Ittifoqi
#Koordinator_faoliyati

⚡️Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti koordinatori tomonidan tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yini har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.


👫O'yin qizg'in bahs va muhokamalarga boy bo'ldi.

✅O'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇1-o'rin "Monsterra" jamoasi;
🥈2-o'rin "Alfraganus" jamaosi
🥉3-o'rin "Gold star" jamaosi

🏆 "Monsterra" jamoasi ushbu "Zakovat" intellektual o'yinida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🔥 Jamoalarga keyingi tur oʻyinlarida omad tilab qolamiz!


@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#ZIYORAT_VELOMARAFONI

🚴‍♀️ HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI! PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!🚴‍♀️

🔈Sizlarni 29-mart kuni soat‼️ 06:00 ‼️CHOR BAKR me'moriy majmuasi tomon yo`l oladigan velomarafonga barchangizni taklif etamiz!


👀Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Koordinator_faoliyati 
#Zakovat
#Dekan_kubogi

Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori M.Raxmadova  tomonidan fakultet talabalari orasida "Zakovat" intellektual o‘yini doirasida "Dekan Kubogi" o‘yinlari o‘tkazildi.


📊 Bahs munozalarga boy o‘tgan o'yin yakunida  quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇"Uzbioleft"
🥈"Everest" va "G'oliblar"
🥉"Unikum"

G'olib jamoaning kelgusi ishlarida omad hamda zafarlar tilaymiz☺️

Bizni kuzatishda davom eting.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#LIVE
#ONLINE
#JADIDLAR

⚡️FOTOREPORTAJ "Jadidlar va bugun" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbiri


Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_Ittifoqi
#onlayn_tanlov_natijalari

⚡️BuxDU yoshlar ittifoqi rasmiy telegram kanalida "Navro'zim-o'zbegim" deb nomlangan onlayn tanlov e'lon qilingan edi!

✅Tanlov natijalariga ko'ra:

🥇1-o'rin Dilfuza Narzulloyeva;
🥈2-o'rin Behruz Boymurodov;
🥉3-o'rin Mohinabonu Kamolova

🏆 Tanlov g'oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🎉G'olib talabalarni tabriklab, keyingi tanlovlarimizda ham faollikka chorlab qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting...

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Koordinator_faoliyati
#Zakovat
#Dekan_kubogi

Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori tomonidan fakultet talabalari orasida "Dekan Kubogi" o‘yinlari doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

📊 Bahs munozalarga boy o‘tgan o'yin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

Uzbioleft -16 ball
Everest va G'oliblar -13 balldan
Unikum -12 ball
New stars va Biologlar -8 balldan
Osmondagi bolalar-6 ballni qo'lga kiritishdi.
Ertangi hal qiluvchi o'yinda barchangizga omad tilaymiz☺️

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

DIQQAT! DIQQAT!

Buxoro davlat universiteti Wiki targ'ibotchi talabalari tomonidan "WikiStipendiya marafoni: maqsad va kutilayotgan natijalar" mavzusida ma'lumotlar berish yuzasidan seminar trening jarayoni o‘tkaziladi.

📍Tadbirga Wikipediaga qiziquvchi barcha fakultet talaba-yoshlari hamda o'qituvchilarni taklif etamiz!

🕰 Vaqt: 28-mart kuni soat 13:00
🏢 Manzil: BuxDU faollar zali

Murojaat uchun: @Shahboz_Hasanov

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#Koordinator_faoliyati

Talabalarda kitobxonlik madaniyati!

⚡️Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Y.Mustaqimov boshchiligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida TTJ da joylashgan axborot resurslar markaziga tashrif buyurishdi


📚 Dastlab kutubxona xodimlari talabalarni kutib olib, kutubxona, undagi kitoblar fondi haqida ma'lumotlar berdilar. Shundan so'ng talabalar kitoblar olamiga sayohat amalga oshirdilar, o'zlari uchun o'qishlari zarur bo'lgan asarlar ro'yxatini tuzib oldilar.

@BDU_yoshlar_ittifoqi

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#qopqon
#BuxDU_YI

📍BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "QOPQON" o'yinining navbatdagi bayram soni BuxDU Filologiya fakultetida tashkil etildi!


✅ Filologiya fakulteti boshlang'ich tashkiloti koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilgan o'yin fakultet talabalarida juda ham katta qiziqish paydo qildi.

@buxdu_uz

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Bilasizmi?

⭐️ 37037 sonini 1 dan 9 gacha bo'lgan sonlardan biriga ko'paytirib, natija yana 3 ga ko'paytirilsa antiqa sonlar hosil bo'ladi. Buni albatta sinab ko‘ring!

#bilasizmi  #qiziqarli  #malumotlar

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#dayjest 18-23.03.2024


#BUXDU_YOSHLAR_ITTIFOQI

⚡️#Hafta_yangiliklari

1. 📌 BuxDUda bayram shukuhi o'zgacha. O‘zaro hamjihatlik, shukronalik ayyomi munosib tarzda boshlandi.

2. 📌 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" shiori ostida "Sumalak party" konsert dasturi o'tkazildi.

3.📌 Yurtimizda olib borilayotgan keng miqyosidagi umumxalq xayriya hasharida BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari o'z hissasini qo'shishda davom etmoqda.

4. 📌 "Navro'zim-o'zbegim" deb nomlangan onlayn tanlovda start berildi.

5. 📌 Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti a'zolari tomonidan "Navro‘z" bayrami munosabati bilan o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz, keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar holidan xabar olindi.

📲 BuxDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | buxduyoshlarittifoqi">YouTube | Instagram l Facebook

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#Kinotavsiya: "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" filmi.

Kartina maktabda oʻqituvchining hali qurol ushlashni ham bilmaydigan g‘o‘r yigitchalarni "Vatanga xizmat qilish kerak" deya niqoblangan balandparvoz nutq ostida dahshatli urushga yo‘llayotgani tasviri bilan boshlanadi.

Jang maydonida esa bu yigitchalarni o‘lim, ochlik, yo‘qotish va bir umrlik ruhiy jarohatlar kutib turardi.

Filmda urush sabab yo‘qotilgan nemis avlodining, umuman, butun insoniyatning fojialari ta'sirli kadrlarda ochib beriladi.

Film "Madaniyat va maʼrifat" telekanalida oʻzbek tiliga dublaj qilingan.

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

⚡️O'zgalar ko'magiga muhtoj keksalar holidan xabar olinmoqda

🏢Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti a'zolari tomonidan "Navro‘z" bayrami munosabati bilan o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz, keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar holidan xabar olindi.

🎗Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat ko'rsatish, ular ahvolidan xabar olish, hech bo'lmaganda ularni ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash biz yoshlarning burchimizdir. Ezgulik sari ildamlab, shu kabi savobli ishlarni har qachon, har qayerda amalga oshirish zarur. Insonlar orasida mehr-oqibat tushunchalarini boyitish, keksalar, yaqinlar holidan xabar olish azal-azaldan xalqimizga xos qadriyatdir.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube

Читать полностью…

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

#diqqat #tanlov

💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali o‘tkazayotgan “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon;
🔹4-10-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.

Tanlovda ishtirok etish👇

/channel/oyinatanlovbot?start=1313578636

Читать полностью…
Subscribe to a channel