Ёш ёзувчи Байрам АЛИнинг телеграм канали. [Илтимос, мавзу кўчирганингизда манба кўрсатинг.] Боғланиш учун: @Bayram_Ali Канал муаллифи ҳақида: @muallif_haqida_1
#iqtibos
Pul sizni baxtli qilolmasligi mumkin, lekin u sizni savdolashib ko‘rish imkoniga ega qiladi.
© Stendal
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
O‘zgarish og‘riqli emas,
o‘zgarishga qarshilik qilish og‘riqli.
© Shams Tabriziy
👉 @BechinchiTomon
#voqeot #kechinma
Qizim bir ko‘zini bog‘lab qaroqchiga aylanadi. So‘ng mendan ham qaroqchiga aylanishimni so‘raydi.
⸺ Dada, sizam ko‘zingizni bog‘lab oling! Yomon qaroqchilar echkini o‘g‘irlabdi. Biz borib qutqaramiz!
⸺ Keyin nima qilamiz, ⸺ deyman, hazillashib. ⸺ Tandir qilib yeymizmi?
⸺ Yo‘q, ⸺ jahli chiqadi qizimning. ⸺ Biz echkilarni yemaymiz! Biz yaxshi qaroqchimiz!!!
"Qaroqchining yaxshisi, qaroqchining yaxshisi"... O‘ylab qolaman men. Keyin, ha, ehtimol ularning ham yaxshisi bo‘lar, degan omonat to‘xtamga kelaman. Axir hunari talonchilik bo‘lgan qaroqchilarning orasida yaxshisi bo‘lishi mumkinligiga qat'iy ishonish uchun, inson qalbi qanchalar uyg‘oq bo‘lishi kerak?..
© Bayram Ali
👉 @BechinchiTomon
#kechinma
Ayrim yolg‘onlar birovni ishontirish uchun emas, o‘zni ishontirish uchun gapiriladi.
© Bayram Ali
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
Barcha itlardagi hid bilish hissi ularning atrofidagi dunyoga asosiy eshigidir.
© Robert Srais
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
Uning yo‘li bor.
Mening yo‘lim bor.
Sizning yo‘lingiz bor.
To‘g‘ri yo‘lga kelsak, yo‘q,
bunday yo‘l mavjud emas.
© Fridrix Nitshe
@BeshinchiTomon
#xayrlikech #kechinma
Bolalarni baxtli qilish judayam oson. Ularga orzu berish!
... va kattalar ham bu borada ko‘pincha boladir.
© Bayram Ali
👉 @BeshinchiTomon
Боя бозордан келиб, "Мени нимага байрамим билан табрикламадинг, ана ҳамсоя Қумрини қара, эрига соққол олайткан обберибди",- десам...
Шарапат айтади. "Бугун Халқаро эрлар кунийкан. Сиз халқаро эр эмассиз-ку", - дейди...
👉 @Bozortoy ⚖️
#kuzatish
Pulga baxtni sotib olib bo‘lmaydi, deganlarida jon bor. Chunki inson shunday mavjudotki, puli ko‘paygani sari, baxti "qimmatlashib" boradi.
© Bayram Ali
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
Ер куррасидаги одамлар асосан гўдаклар, улғайганлар жуда озчиликни ташкил этади. Чунки нафсга бандилик ⸺ гўдакликнинг сифати.
© Мавлоно Румий
👉 @BeshinchiTomon
#xayrlikun #kechinma
Кимнингдир ҳаётига булут соя солганда биринчи бўлиб нажот кутадиган инсон бўл. Мен билган энг катта шараф шу...
© Байрам АЛИ
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos #munosabatlar
Аёллар никоҳдан олдин апрель, никоҳдан кейин ноябрь. Эркаклар эса никоҳдан олдин июнь, никоҳдан кейин декабрьдир.
© Уильям Шекспир
👉 @BeshinchiTomon
#ruhiyat_manzaralari
кўзларинг устина инар моҳ
юлдузлар бошинга қўнадир
фалак хайолинга чўмадир
Фарангис билмассан оҳ
дунёни ҳайратлар кўмадир
ул кеча Сен учун то сабоҳ
ишқдан бир анжуман тузалар
сабурлар йўлингга узалар
Фарангис келмассан ооҳҳ
фарёдлар дунёни бузалар
бир ғариб тонг отар ул кеча
йо йетам
йо йетмам тонггача
© Беназир Муҳаммад
Тошкент, 1989
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
Тарбия ⸺ асосан фарзандларимизга тўғри нарсаларни исташни ўргатиш демакдир.
© Платон
👉 @BeshinchiTomon
#xayrlikech #iqtibos
Хаёлий қувонч аслида реал ғамдан изтироблироқдир.
© Стендаль
👉 @BeshinchiTomon
#voqeot #kechinma
IKKINCHI YOʻL...
Boshlangʻich sinfda oʻqib yurganimizda zilzila boʻlib maktab devorlarimiz yorildi. Biz qoʻshni qishloq maktabiga qatnaydigan boʻldik.
Bir kuni ertalab shoshib maktabga ketayotgan edim, notanish hovli darvozasidan ikki-uchta bolakay chiqib, menga tosh otishdi. Bola emasmanmi, oʻchakishdim. Bir vaqt izidan yoshi 15-16 lardagi boʻyi terakdek akasi koʻrinsa, deng...
Men yigʻlamsiragancha darsga kech qolayapman deb yalinar, boʻyi terakday bola sumkamni osmonga otib oʻynardi...
Shu payt uzoqdan bir sinfdoshi bilan maktabga kelayotgan amakim Lutfulloga koʻzim tushdi. Manavi yigitdan yoshi kichik boʻlsa ham, bilaman, amakim qaytadiganlardan emas. Ichimda umid nuri yilt etdi! Yana deng, yonida sinfdoshi ham bor...
Ular yetib kelishar ekan, sherigi yonimizdan indamay oʻtdi, ammo amakim, kutganimday biz tomonga yurib keldi.
⸺ Nimaga sumkasini bermayapsan? Boshqa oʻyin topolmadingmi?
Bolalarning akasi amakimning oʻziga gapirayotganini koʻrib turar, lekin negadir, ishongisi kelmasdi.
⸺ Kimga aytayapsan?
⸺ Senga.
Yigit sumkamni bir yonga irgʻitdi. Tirjayib kelib, amakimning bilagidan tutdi.
⸺ Duxing balandku, uka? Uyda enangayam shunday gapirasanmi?..
⸺ Enangni qoʻshsh...
Gapi boʻgʻzida qoldi, amakimning. Qorniga tushgan mushtdan yuzi bujmayib, gavdasi chayqalib ketdi. Biroq muvozanatini saqlagan zahoti, "qoqma" deb ataladigan kurash usuli bilan haligi yigitni qulatdi, qoʻydi...
Voqeaning buyogʻi juda tez rivojlandi. Oʻzimga kelib qaraganimda amakim yigit bilan yoqa bugʻishib yotar, uning ukalari tosh boʻronga tayyorlanib, etaklariga tosh toʻldirardi...
Shosha-pisha yerdan sumkamni olarkanman, qarshimda ikkita yoʻl borligini tushundim. Biri amakimga oʻxshab yordam berish va kaltak yeyish, ikkinchisi amakimning sinfdoshiga oʻxshab quyonni surish va tinch turish...
Men... Men... Ming afsuski, ikkinchi yoʻlni tanladim...
Ortimga qaray qoʻrqoq quyonga oʻxshab qochib borar ekanman, Lutfulloning yuziga qon chaplanganini, ham yigitning zarbalariga, ham ortidan otilayotgan toshlarga chap berishga ulgurmayotganini koʻrib turardim...
Mana, shu voqeaga ham 20 yillar boʻlib qoldi, ehtimol oshgandir, hisoblagim kelmayapti. Lekin hanuz oʻsha amakimning koʻzlariga tik qarashga xijolat boʻlaman.
Amakim biror marta mening yuzimga soldi deb oʻylaysizmi? Yoʻq!
Umuman, voqea esida qolgan deb ishonasizmi? Katta ehtimol bilan yoʻq!
Men-chi? Men haligacha unutolmayman, qilmishimdan xijolat tortganim, tortgan...
Shunday, doʻstim! Ayrim ishlarni birov uchun emas, aslida oʻzimiz uchun, oʻz-oʻzimizni hurmat qila olishimiz uchun ham bajarishimiz kerak. Hayot vijdonimizni yuvish uchun ikki bora imkon bermasligi mumkin.
© Bayram Ali
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
Meni hayratga soladigan narsa: inson o‘zini boshqalardan ko‘ra ortiqroq sevadi, ammo negadir o‘zining fikridan ko‘ra boshqalarning fikri haqida ko‘proq qayg‘uradi.
© Mark Avreliy
👉 @BechinchiTomon
#xayrlikech
"Hayot yoki mamot!", degan ibora bor. Unga yondosh qilib "Suzish yoki cho‘kish!" deyish ham mumkin...
Xayrli kech.
👉 @BeshinchiTomon
#xayrlikech #rivoyat
⸺ Бундай гўзал сўзлашни кимдан ўргандинг? ⸺ деб сўрадилар Луқмони ҳакимдан.
⸺ Кўзи ожиз бандалардан ўргандим, ⸺ деб жавоб берди Луқмони ҳаким.
⸺ Қандай ўргандинг?
⸺ Кўрдимки, кўзи ожиз бандалар оёқ босишдан олдин ҳассалари билан йўлни пайпаслаб, йўлнинг баланд- пастини текшириб кўрди. Бунга гувоҳ бўлганимдан сўнг, мен ҳам бирор сўз айтишдан олдин яхшилаб ўйлаб, сўзимнинг баланд-пастидан хабардор бўлмоққа одат қилганман.
👉 @BeshinchiTomon
#kechinma
Hammamizning ichimizda bir farishta, bir jin uxlaydi. Kimdir kelib farishtani uyg‘otadi, kimdir kelib jinni!..
© Bayram Ali
👉 @BeshinchiTomon
#kechinma
Yana aytaman, bolalar baxtli. Yolg‘iz qolganlarida yolg‘iz bo‘lishmaydi.
© Bayram Ali
@BeshinchiTomon
#iqtibos
«Ko‘rlarni ahmoq yetaklab yurishi qandayin dahshat!»
© «Shoh Edip»
👉 @BeshinchiTomon
#kechinma
Biz uloqtirgan pista puchog‘i yer qa'riga singib, chirindiga aylanadi. U yo‘q bo‘lmaydi, boshqa bir jinsga aylanadi, xolos.
Demak, bizning biror qilmishimiz ham izsiz yo‘q bo‘lishi sira mumkin emas. Anglayapsizmi? Tabiatning tabiati shunaqa!
© Bayram Ali
@BeshinchiTomon
#xayrlikech
Bir joyda ajoyib gap o‘qigandim. "Kechagi kunning buguningizni tortib olishiga yo'l qo'ymang". Kechagi ranjlar, ko‘ngilsizliklarni o‘ylab ba'zan juda ko‘p vaqt yo‘qotamiz...
Xayrli kech, yaxshilar.
👉 @BeshinchiTomon
#umr_manzaralari
Қадимда йўқолган ёки қочиб кетган эшакларни қидириб топувчилар бўлган. Эшак қидирувчилик касби. Бир эшак қидирувчиси бир йилда олтмиш, етмиш марта бу ишни қилганидан кейин унга ажал етган эди. Ажали келганида деразадан бошини чиқариб, қора эшакни ким кўрди, эшакни кўрганлар борми дея бақириб жон берган эди. Эшак қидирувчилар эшак каби яшайди, эшак каби ўлади, эшак каби тирилади. Ҳаётдан кир, иллат қидирувчиларнинг оқибати каби.
© Марзия Сайдам
👉 @BeshinchiTomon
#xayrlikech #kechinma
Инсондаги ҳар қандай фазилат уни севишимиз учун камлик қилади. Токи, бизда бунга нисбатан хайрхоҳлик бўлмагунича...
Хайрли кеч.
© Байрам АЛИ
👉 @BeshinchiTomon
#iqtibos
•••
Ўзининг кичик эканин тан олмай туриб ҳеч кимса ўсмайди.
•••
Тафаккур инсонни камтарликка, жоҳиллик эса такаббурликка етаклайди.
•••
Озгина шафқат дунёни илиқ ва адолатлироқ қилиши мумкин.
© Форобий. Файласуф, қомусий олим, астраном, математик в.ҳ
👉 @BeshinchiTomon
#xayrlikech #kechinma
Кетганларни ҳеч қачон чорламанг, барибир ортларига қайтишмайди. Мабодо қайтсалар ҳам, улар энди бошқа одамдир...
Хайрли кеч.
© Байрам АЛИ
👉 @BeshinchiTomon
#rivoyat
Шогирдлари Будда Шакя Мунидан:
⸺ Бизга ёмонлик қилганларни қандай қилиб оғир жазога тортиш мумкин? ⸺ дея сўрадилар.
У жавоб берди:
⸺ Яхшилик қилиш йўли билан.
⸺ Бизга қаҳрини сочганларни-чи?
⸺ Ғазабланмаслик йўли билан.
👉 @BeshinchiTomon
#ruhiyat_manzaralari
ҚЎШСАТРЛАР
•••
Кураш кўп, огоҳ бўл, дўст, ғолиб бўлсанг,
Мағлублар бор экан – тугамайди жанг.
•••
Мардлар ҳарбу зарбдан чиқиб саломат,
Кўпинча фитнадан кўрган талофат.
•••
Эътибордан улғаяр назар,
Шарафланган – Шахсга айланар.
•••
Дунёнинг ишига ташласак назар,
Бари бир – шунчаки гурунгга ўхшар.
•••
Сабоқ бўлмаса гар кечаги кун,
Эртан ҳам шу тарзда кечади кун.
•••
Гапингни маъқуллаб турган ҳар инсон
Фозилу фусаҳо туюлар чунон.
© Сафар Оллоёр
👉 @BeshinchiTomon