best_master_uz_official | Unsorted

Telegram-канал best_master_uz_official - BM SECURITY Group 🇺🇿

-

👨‍💻 IT va Kiberxavfsizlik bo'yicha multimediali videokurslar va onlayn videodarslar ! Biz bilan uyda turib IT ustasi bòling! https://www.youtube.com/shoxmalik Aloqa: @shohmalik Chat: @bestmasteruz https://www.best-master.uz [C]

Subscribe to a channel

BM SECURITY Group 🇺🇿

Eronlik hackerlar proof taqdim qilishdi 😁

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

❗️ Internetda biror bir kanal , blog , chat va shunga o`xshash virtual auditoriya yaratish va yuritish uchun biror davlat idorasidan ruxsatnoma yoki reestrga yozilish talab qilinmaydi.
Hech qanday bunga cheklov yoki taqiq ham yo`q , ammo qonun bilan taqiqlangan aytaylik kategoriyalar mavjud: Qimorga asoslangan o`yinlar , pornografiya , taqiqlangan diniy ma`ruzalar , qurol-yarog` va hokozo shunga o`xshash taqiqlangan maxsulotlar va ular savdosiga sabab bo`luvchi har qanday tarmoq qonun doirasida yopiladi.

Lekin ba`zi mayda holatlar borki buni jarayon , makon , holatga qarab baholash zarur. Yon atrofingizga qarang , oxirgi vaqtda davlatlar o`rtasidagi holat juda agressiv va kuchli reaksiyalarga boy bo`lmoqda. Bunday holatda omma ongiga eng tez ta`sir qiluvchi vosita bu OAV dir! Bundan 2-tomon ayniqsa juda moxirona foydalanadi.

Yuqorida aytilgan hech qanday ruxsatsiz yoki reestrsiz tarqalib ketgan auditoriyalar esa bunday paytda o`z manfaati yo`lida feyk , buyurtma va turli ommani jalb qiluvchi xabarlar dan ustamona foydalanishadi.

Tinchlik davrida O'zbek internet segmentidagi juda ko`p telegram kanallar kontentlarini analiz qilganimda , haddan tashqari ko`p eski xabarlarning qayta nom berib tarqatilishi , feyk va asossiz xabarlar , montaj va buyurtma xabarlar , kimningdir yoki qaysidir maxsulot savdosiga ta`sir qiluvchi holatli kadrlarni uchratdim , buni siz ham xar kuni ko`rasiz.

Auditoriyasi ming , millionlab odamlarga ega kanallar yanada ko`proq jalb qilish va mavjud traffikni ushlab turish uchun boshqa kanallarda bo`lmagan kontentlar topishi , buning uchun esa aniq qayerlargadir borishi , jurnalistik izlanishlar qilishi va hokozo o`z standart vazifalarini bajarishi zarur . Ammo hozir turli AI va feyk kontentlarni tayyor generatsiya qilib beruvchi resurslar tekinga ko`payib ketganini xisobiga va umuman jurnalistik izlanishlar orqali yangilik yaratishga salohiyati bo`lmagan bunday kanallar adminlari, o`tirgan joyida orqa oldiga qaramasdan "olamshumul" feyk yangilikni tayyorlab tarqatadi.

Albatta omma ruxiga va fikriga keskin ta`sir qilmasa, kundalik hayot kechirishida aniq o`zgarishlarga sabab bo`lmasa bunga ko`z yumish mumkindir , lekin keling misol keltiraylik , falonchi kanalda quyidagi mazmunda xabar tarqaldi. "Dekabr oyida O'zbekiston butunlay svetsiz qoladi".

Xabar haqiqatdan dolzarb va aholi noroziligiga sabab bo`luvchi. Ko`p o`tmay bu xabarni boshqa kanallar tarqatishni boshlaydi , shu tariqa bir necha soat ichida butun O`zbek internet qatlamida bu xabar yoyiladi.

Bunday holatlarda mas`ul tashkilotlar odatda tushintirish va tuzatish javoblarini e`lon qilishadi va buni qancha tez amalga oshirishsa shuncha yaxshi. Lekin mavzu svet yoki gaz bilan emas boshqa holatlar haqida bo`lsachi ? shunday mavzular borki unga hech bir tashkilot javob yoki raddiya bera olmaydi , chunki buni iloji ham yo`q.

Yuqoridagi holatlarni man shunchaki tinchlik holatida , bugungi kunlarimiz misolida tarifladim. Tasavvur qiling vaziyat boshqacha va bunda o`z manfaatini o`ylab teskari,feyk ma`lumotlar tarqatuvchi vatan xoyinlari chiqmas balki , lekin bundan dushman tomon qurol sifatida foydalanishi aniq .

Ya`ni ommaga juda agressiv ta`sir qiluvchi materiallar tarqatish orqali , aholiga o`z yurti , boshqaruvi , ximoyachilari haqidagi fikrlarini o`zgaritrishiga intilinadi. Bunday jiddiy quroldan hozirda urush holatidagi davlatlar juda keng foydalanishmoqda va bunday ma`lumotlarni tarqatuvchi kanallar son mingta. Biz bunday kanallardan har kuni minglab xabarlarni qabul qilamiz , asil holat esa faqat tor doiralarda bevosita ishtirokchilargagina ayon xolos.

Dushman tomon rasmiy bayonot va OAV lar xabarlarini uydirma sifatida ko`rsatishga urinadi , bu bilan u o`zining yolg`on va manipulyatsiya xabarlari oqimini o`tkazishga xarakat qiladi. Shu sabab bir davlat ichida bir nechta taraf qatlamlari paydo bo`ladi , aholi orasida bo`linish yuzaga keladi. Bu bor haqiqat do`stlar man kiber terrorizm alomatlari va uning ta`siri haqida gapirayapman va bu bunday qurollarga bir misol xolos.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

❗️Hakerlar tomonidan Isroilning MEKOROT suv kompaniyasi kuzatuv kameralaridan lavha taqdim qilindi..

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

⚠️ GlorySec guruhi bugun juda keskin bayonot bilan chiqdi , unda Five Families - GhostSec ga qarshi , ularni deanonimlashga oid ma`lumotlar, jumladan guruh a`zolarining IP manzillarini qo`lga kiritishganini aytishdi.

Bundan tashqari GlorySec #OPPalestine da Isroil tomonidan harakatlanishini ma`lum qildi .

" biz AQSh hukumati va Yevropa-NATO hukumatlari bilan bevosita hamkorlik qilamiz"

deyiladi ularning bayonotida.

GlorySec bundan tashqari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ham ishlamoqda :
#OPISIS #OPPakistan #OPTaliban #OPRussia #OPArmenia

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 Xabaringiz bor Hindiston xakerlari Isroilni qo’llashini ochiq e’lon qildi , #OpIsrael da qatnashayotgan GANO SEC TEAM , bunga qarshi hindiston saytlariga xujum qilmoqda …

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🥷 Nihoyat MCA - Muslim cyber army ham qaytganini va shu xafta davomida ommaviy isroil davlatiga kiber xujumlar olib borishini e’lon qildi…


Lets pray together and hope Allah protection to our Palestinian brother and sister there.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

⚡️Predatory Sparrow ham qaytdi , u Isroilga qarshi - Falastin tomonidan xujum qiladi...

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🩸 Isroil va Falastin o`rtasidagi kiber urushlarda nihoyat birinchi ochiq data leak tarqaldi.

🤚 Isroilning Archivists xakerlar guruhi quyidagicha xabar bilan chiqdi

"Men sizga Falastinning butun sog'liqni saqlash tizimining ma`lumotlarini taqdim etaman.
Umumiy soni - 1,304,324 yozuvlar (Falastinning umumiy aholisi ~ 4,9 million kishi)
" deyiladi xabarda va ma`lumotlar ochiq tarqatildi.

🤚 Falastin tomonidagi AnonGhost xakerlari esa , Isroilning Red Alert ilovasi foydalanuvchilariga yadroviy tahdid haqida yolg‘on xabar yuborishdi.

🤚 Islamic Hacker Army , GB ANON , Indonesian Hackers va bir qancha boshqa yangi guruhlar #OpIsrael ga qo`shilishmoqda.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

⚡️Isroil meri Yavnedagi elektr uzilishlari tufayli energetika vaziriga tahdid qildi!

Yavne
meri Roei Gabay , Energetika va infratuzilma vaziri Isroil Katsga murojaat qilib, Yavne shahrida so'nggi yillarda sodir bo'lgan ko'plab nosozliklar va elektr ta'minotidagi uzilishlarni hisobga olgan holda "zudlik bilan" tekshiruv qo'mitasi tashkil etishni talab qildi. Davom etayotgan muammolar aholi hayotini izdan chiqarganini qo'shimcha qildi u.

Munitsipalitet tomonidan toʻplangan va elektr taʼminoti kompaniyasiga berilgan maʼlumotlarga koʻra, shahar aholisi millionlab shekel (isroil pul birligi) miqdorida moddiy zarar koʻrgan.

Isroilda elektr to'kining yuqori kuchlanishda tarqatilishi aholini bir necha yillardan beri , aniqrog'i 2020-yildan buyon sarosimaga solib kelmoqda.

Eronlik xakerlar 2020-yildan buyon aholiga normal kuchlanishdan ko'ra ko'proq elektr to'kini tarqatishi natijasida aholi orasida sarosima va kiber terrorizm harakatlarini amalga oshirishmoqda.

Oxirgi elektr stansiyalariga qilingan xujum shu yilning 17-sentyabr kuni bo'lib o'tdi , Isroilliklar internetda tarqalgan lavhalarda binolar va uylarning chiroqlari , umuman elektr to'ki ulangan barcha narsalarning portlashini guvohi bo'lishdi.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 Birinchi CyberKent standoff juda zo'r o'tdi , tashkiliy masalalar , dizayn , Dj, kiber poligon hammasi xalqaro darajada ishlangan!

Biz kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish , kadrlarni tayyorlash , O'zbekistonning virtual hududlarini kiber insidentlardan himoyalash bilan shug'illanar ekanmiz , CyberKentda qatnashgan ishtirokchilar holati , bilim darajasi haqida gapirib o'tishni zarur deb bildik.

Ochiq CTF dan boshlasak , odatda doim ctflar bir xil yo'nalishda aniq ssenariyda bo'ladi , masalan OSINT , Cryptografiya, Reverse,De/Encode .. ammo juda ko'pchilik oddiy masalalarda ham juda ko'p vaqt sarflashdi. Fundamental narsalarga e'tiborsizlik , bilmaslik sizni har qanday katta natijalaringizni nolga teng qilishi mumkin.

Smart TV - task juda qiziq va qiyin ko'rinadi , lekin siz masalaning shartini va tashkilotchilar taqdim qilgan "hint" lar orqali bu 2x2 ekanini tushinasiz... Ammo naq 6 soat vaqt o'tgach "hint" lar seriyasidan keyingina masala yechildi. Aslida server va Smart TV o'rtasidagi traffikni ochiq wifiga ulanib eshitishingiz , header dan cred'ni olib serverga kirish kifoya edi😵‍💫

Standoff - masalalari boshqacha , unda umumiy kompleks tizimlar yaratilgan , bir-biriga bog'liq obektlar edi. Ishtirokchilar va kuzatuvchilarning o'zlari holatni ko'rib baho berishdi :) Bajarilmay qolgan tasklar soni juda ko'p edi..

Umumiy qilib aytganda bizda bu sohaga qiziquvchi yoshlar juda ko'p, ammo barchasi tarqoq va tartibsiz chala bilim olishmoqda. Fundamental bilimlarning yo'qligi , nazorat va rejasiz harakat hech qanday natijaga olib kelmaganini guvohi bo'ldik ochig'i.

Biz CYBER-BRO Academy da bunday turnirlar uchun "CTF-Standoff" jamoalarini tayyorlash bo'yicha alohida o'quv mashg'ulotlarini tashkillashtiramiz va unda barcha yoshlar ta'lim olishi mumkin bo'ladi. Maqsad xalqaro turnirlarda keyinchalik O'zbekiston sharafini loyiq o'rinlarda egallash. 🫡

Yana bir bor ushbu ajoyib turnirni tashkillashtirgan Kiberxavfsizlik markazi , CyberPark rahbariyati va barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 Microsoft dan 38TB ma`lumotlar leak bo`ldi 🥶

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

O`tgan oy bir qator "file hosting" servicelar maxsus xizmatlar tomonidan yopilgani e`lon qilindi.

Ushbu Temp servicelar o`z o`rnida hacker va firibgarlarga o`girlangan fayllarni anonim almashishda foydalanilar edi.

Servisni yopilishiga esa unga to`liq kirish huquqini olishga egalik qilish motivini ko`rish mumkin.

Bu juda yaxshi natija maxsus xizmatlar uchun , sababi ular hackerlar mehnati maxsulini tekinga qo`lga kiritishadi 😁

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

Google kompaniyasi foydalanuvchilarni joylashuv lokatsiyasi maxfiyligi haqidagi ma`lumotlarni adashtirgani va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunlarni buzgani haqidagi Kaliforniya da'vosini hal qilish uchun 93 million dollar to'lashga rozi bo'ldi.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

👀 Buyuk Britaniya internet xavfsizligi bo‘yicha yirik qonun loyihasini qabul qildi!

Jumladan unda :

⏺ Bolalar uchun xavfli kontent paydo bo'lgan ijtimoiy saytlar uchun jazo choralari qo`llanadi. ( IT Kompaniyalar katta miqdordagi jarimalar va qamoq jazolariga duch kelishi mumkin.)
⏺ Onlayn firibgarlik va ayollar/qizlarning onlayn haqoratiga qarshi kurashish uchun yangi choralar. Intim tasvirlarni shaxs roziligisiz tarqatganlik uchun qamoq jazosi.
⏺ Deepfakelarni ruxsatsiz tarqatish uchun jazoni kuchaytiruvchi yangi qonunlarni kiritishda ijobiy yondoshuvlar.

Ijtimoiy tarmoqlar allaqachon bunday akkauntlarga chora ko'rishni boshlagan. Snapchat voyaga yetmaganlarning akkauntlarini o'chirib tashlamoqda va TikTok yanada qattiqroq yoshni tekshirishni amalga oshirmoqda.

Buyuk Britaniyaning aloqa regulyatori Ofcom qonunning bajarilishini nazorat qiladi. Agar ijtimoiy platformalar qoidalarga rioya qilmasa, agentlik ularni 18 million funt sterlinggacha yoki yillik daromadining 10 foizigacha jarimaga tortishi mumkin!

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

Qihoo 360 labaratoriyasidan exclusive news 🔥

Xabar berilishicha NSA ga tegishli SecondDate kiber quroli orqali xujum qilingan obekt va unga xujum qilgan NSA xodimi ma’lumotlarini qo’lga kiritishgan 😵‍💫😁

Old brolar xafa bo’lmasligi kerak , NSA da hatto bunday holatlar bo’lishi mumkinligini ko’rib turibsiz :)

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

❗️ Biz ko`rgan bilgan narsalarimizdan xulosa qilishimiz zarur. Xo`sh bunday xabarlar oqimidan qanday ximoyalanishimiz mumkin ?

👀 Internetdan foydalanish madaniyatini tadbiq etish va tarqatish
👀 Fakt cheking , ma`lumotning ishonchliligini o`quvchi hech kimning yordamisiz tekshirishi qobiliyatini shakllantirish uchun turli video lavhalar tayyorlash.
👀 Turli vaziyat va holatlarda eng ishonchli ma`lumotlarni qayerdan olish mumkinligi haqida doimiy ma`lumotlarni berib borish
👀 Ijtimoiy tarmoqlarni umumiy monitoringlash va feyk xabarlarga javob berish tizimini shakllantirish
👀 Tashqaridan kirib keluvchi xabarlar oqimini filtrlash va alohida kategoriyalash
👀 Axborot xurujlari bo`layotgan davrda , turli rejimlarni joriy etish.
👀 OAV larining resurslari xavfsizligi holati va kiber xujumlarga bardoshliligini doimiy nazorat qilish

va boshqalar ..

Sanab o`tganlarim sizni internetda erkin fikr bildirishingiz yoki faoliyat yuritishingizga hech qanday cheklov yoki kuzatuv qo`yish haqida emas. Maqsad omma fikriga notog`ri ta`sir qilishni oldini olish uchun tizimli mexanizm ishlab chiqish. Bu xar hil keskin vaziyatlarda ham odamlar ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishi uchun juda muhim.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

Kiber terrorizm va kiber xujumlar davrida asosiy nishonlar shifoxona , davlatning muhim ahamiyatga ega saytlari , omma foydalanadigan interaktiv saytlar , OAV saytlari va boshqalar asosiy xujumga uchraydi.

Bunga sabab aholida sarosima , navbat , tartibsizliklar keltirib chiqarishdan iborat.

Urush vaqtlarida obektlarni "mahorat" bilan buzish emas , shunchaki ishdan chiqarish va tezroq effektini qo`llash samaraliroq hisoblanadi. Bunga DDOS xujumlari juda mos keladi. Sayt juda ko`p yuklamani ko`tara olmay ishdan chiqadi. Maqsad ham shu , ko`pchilik oddiy ddoser ekan deb o`ylashadi ba`zida bunday guruhlarni , ammo asl maqsad professionallikdan kelib chiqib qadam qo`yishda ekanini tushinishmaydi.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

⚡️ Eronlik Cyber Avengers hakerlari "Biz Isroilning MEKOROT milliy suv kompaniyasini qo`lga oldik va butun Isroil bo'ylab turli stantsiyalarga kirishimiz mumkin!" deb xabar bermoqda.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

Yemen Legions Team , team_r70 va AnonGhost guruhlari Isroilga qarshi alohida OpSec boshlashdi , #Operation Al-Aqsa Flood !

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 2023-yilning eng oxirgi 6 oylik onlayn kiberxavfsizlik kursiga qabulni ochiq deb e`lon qilamiz!

Ha , endi 5oy emas 6oy davomida onlayn kiberxavfsizlik sohasini o`rganasiz . Yangi qo`shilgan oltinchi oyda real keyslarga oid tajribalar bilan ishlaysiz va praktika qilasiz. Obektlarni tekshirish va natijasi haqida reportlash , tartiblash va standartlashtirish kabi ish uchun zarur mavzular kiritildi.

👀 Kurs narxi o`zgarmaydi , 6 oy uchun 10 million so’m .
👀 Kurs uchun to`lovni oyma-oy 2mln so`mdan bo`lib to`lashingiz mumkin.
👀 Agar 6oy uchun to`liq bir martada to`lov qilinsa 15% chegirma beriladi.
👀 Darslar onlayn , xaftada 4kun , kechki soat 19:00 dan keyin videodars shaklida beriladi.
👀 Xar 2 xaftada 1 marta , zoom orqali qo`shimcha dars bo`ladi.
👀 Kurs oxirida sizga ushbu kursni yakunlaganligingiz haqidagi sertifikat beriladi.
👀 Kursdan keyin sizni CYBER-BRO da ish o`rganishga taklif qilamiz , natijalaringizga qarab sizni o`z jamoamizga qabul qilamiz.

Kurs haqida va yangilangan darslar bilan batafsil saytda tanishing : https://cyber-sec.uz/complect
Admin bilan bog'lanish uchun : @Educyber_admin
Telegram kanalimiz : @best_master_uz_official

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

😂 Cyber Dragonz guruhi Isroil davlati saytlarini ommaviy deface qilmoqda ..

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

#Update❗️ 9-Oktyabr holatiga ko`ra , tomonlarning kiber guruhlari soni oshdi.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥Tomonlarning kiber guruhlari soni taqqoslandi.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🧬 Xakerlar Amerikaning mashhur genetik test xizmati provayderi 23andMe ni buzib, uning 7 milliondan ortiq mijozlari maʼlumotlarini oʻgʻirlaganliklarini daʼvo qilmoqdalar.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

GNU ning 40 yilligi 27-sentyabr kuni katta bayram qilindi , unda Richard Stallman aka GNU rak bilan kurashayotganini aytdi 😥 , hozir u 70 yoshda!

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 Ukrainalik xakerlar Rossiyaning Sirena-Travel aviakompaniyasi yo‘lovchilari va ularning sug‘urtasi haqidagi ma’lumotlar bazasini qo`lga kiritishdi.

Xakerlar 16 yil davomiylikdagi (2007 yildan 2023 yilgacha) 664 million parvozlar haqida ma’lumot olishgan. Maʼlumotlar orasida yoʻlovchilarning familiyasi, ismlari, hujjat raqamlari va telefon raqamlari, yoʻnalishlar, tariflar, chiptalar narxi haqidagi maʼlumotlar bor.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥Eronlik hackerlar yana 🚃 Isroil temir yo`llari tizimlarini buzib kirishdi (o`tgan oy).

Hozirda :

1. 3000 dan ortiq temir yo'l xodimlari haqida ma'lumot.
2. 10 milliondan ortiq sayohatlarchi yo`lovchilar haqida ma'lumot, jumladan: yo'lovchi tafsilotlari, kelib chiqish va boradigan stantsiya, sayohat sanasi,shaxsga doir ma`lumotlar sotuvda..

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

🔥 Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatidan fishing xabar!

Tadqiqotchilar Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining maktubidan foydalangan holda amalga oshirilgan hujumni aniqladilar. Fishingdagi hujjat birinchi marta 11-sentabrda topilgan. U Armanistonning davlat tashkilotlariga murojaat qilib, Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro mavzusidan foydalangani aytiladi.

Pochta kimlarga qaratilganligi va uning ortida kim turgani haqida hozircha ma'lumot yo'q (tadqiqotchilardan biri buni APT hujumi deb atagan).

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

👁 GCHQ (Government Communications Headquarters - Buyuk Britaniya hukumati va qurolli kuchlariga axborot ta'minoti bilan ta'minlash uchun mas'ul razvedka va xavfsizlik tashkiloti) - ikki chet el fuqarosining shaxsiy daxlsizlik huquqlarini buzdi.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi GCHQ Buyuk Britaniyadan tashqarida yashovchi ikki chet el fuqarosiga qarshi ommaviy kuzatuv dasturi doirasida shaxsiy daxlsizlik huquqlarini buzgan, deb qaror qildi.

AQShlik IT mutaxassisi Joshua Vider va Berlinda istiqomat qiluvchi italiyalik maxfiylik va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Klaudio Guarnieri - Strasburg sudiga o‘zlarining shaxsiy daxlsizlik huquqlari buzilgani haqida shikoyat qilishdi.

Qarorga ko‘ra, Buyuk Britaniya o'z chegaralaridan tashqarida yashovchi odamlarning elektron aloqalarini noqonuniy ravishda tinglagan bo‘lsa, inson huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Читать полностью…

BM SECURITY Group 🇺🇿

Kecha shaxsga doir ma`lumotlar daxlsizligi , uni qayta ishlash , yig`ish ,foydalanish kabi amallarni hech bir shaxs ruxsatisiz amalga oshirib kelayotgan "yovuz" kompaniyalardan biri , apple maxsulotlarining yangi sonlari e`lon qilindi..

Gap qurilmaning boshqalardan ustunligi va rivojlanish protsessining tezligi haqida emas , gap shaxsga doir ma`lumotlar , erkin va daxlsiz ma`lumotlar , hayotiy o`ta shaxsiy bo`lgan ma`lumotlarning 3-tomon kiprik qoqmasdan kuzatishi haqida.

Oxirgi vaqtda bir qancha davlatlar o`zining davlat organlari xodimlariga apple maxsulotlarini foydalanishni taqiqlashganidan xabaringiz bor , aslida bu aynan apple maxsulotlariga emas bozordagi barchaga tegishli . Ammo siyosiy o`yinlarning aralashuvi sababiga ko`ra, aytaylik o`zlariga teskari bo`lgan davlatlar maxsulotlariga taqiqlar qo`yishmoqda xolos.

Xar gal Mac OS foydalanuvchilarini ko`rganimda ularni xar kungi qilgan ishlarini ko`rib turishlarini his qilaman 😁 , istalgan vaqtda ular kompyuteriga masofadan kirishlari mumkinligi mani hech hotirjam bo`lishimga yo`l qo`ymaydi , ammo buni ne ne niyatlarda xarid qilgan odamga aytish notog`ri :)) , bu daxshat 🔥

Tanlov barchani o`zida , siz shunchaki quyidagi postlar bilan yana bir tanishib chiqing:

1) Internetda qaramlik ?!
2) VIP foydalanuvchilar!
3) Har 4,5 daqiqada siz haqingizdagi eng oxirgi ma`lumotni olishadi!
4) Shaxsiy hayot!
5) Suhbat :)

Читать полностью…
Subscribe to a channel