bestseller_kitob | Unsorted

Telegram-канал bestseller_kitob - Bestseller

-

Adabiyot Iqtiboslar Aforizmlar Elektron kitoblar 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hamkor kanal: @al_bilal Aloqa: @bestseller_asarlar_bot Guruhimiz: https://t.me/bestseller_group

Subscribe to a channel

Bestseller

Zamonaga toʻldi zahmlar,
Kimlar erkak, kimlar ayollar.
Bilmay qoldik rosti tan olay,
Olislarga ketdi hayollar.

Eri yoʻqqa osilib koʻrar,
Beva boʻlsa , yana xush koʻrar.
Mashinasi , puli boʻlsa gar,
Ishq dostonin mendan zoʻr bitar.

Nima deyay uyalar odam,
Borda shunday toza ayyorlar.
Tadbirkorlik qilib berishsa,
,,Kelin "boʻlishga ham tayyorlar.

Yoki qarang gul rayhonlarni,
Tepib-tepib hazon qilganlar.
Bilishmaydi janozasiga,
Halitdanoq azon aytganlar.

Ayollardek raqslar tushib,
Gulzoriga gunoh ekkanlar!
Shaytonga oʻz Orini sotib-
Qimorlarga yorin tikkanlar!

Hullas gapning poʻsti kallasi,
Erkakning ham boʻlsin sallasi.
Ayol aytsin oʻzin allasi,
Shusiz ham bir tahlik pallasi.

,,Hayf qilmanglar erkaklik nomin,
Saqlab yuring otalik shonin.
Kelajakka Mard avlod qolsin,
Bulgʻamanglar oʻzbekning qonin!"

D.A.A
8.01.24
22:49

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Agar kimdir yuqori lavozimlarni egallab, chiroyli uylarda yashasa, ma’lumot va bank hisobiga ega bo‘lsa, demak, bu odam shunga munosib odam deb o‘ylagan paytlarim qanchalik ahmoq bo‘lgan ekanman.

© Jek London
📚 Martin Iden

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Ayni kunlarda qaysi asar mutolaasi bilan bandsiz?

Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring 😊

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Kitob o‘qishlikda bir xatar bor - Aqilli bo‘lib ketishimiz mumkin)

© Abdulloh domla

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Xaloyiq to'rt nav bo'lur, biri ulkim, bilir va bilg'onin ham bilur. Ul olimdur, unga tobe bo'lmoq kerakdir. Biri uldurkim, bilmas va bilmag'onin bilur, ul qobildur, unga o'rgatmoq kerak. Biri uldurkim, bilur va bilg'onin bilmas, ul uyqudadir, uni bedor qilmoq kerakdir. Yana biri uldurkim, bilmas va bilmag'onin ham bilmas, ul johildur, undan qochmoq kerakdur.

✍ Nurali Qobul
📖 Sukut suiqasdi

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

"…Agar birov ko'ylagimizga yopishgan chayonni ko'rib: "Ana ichingga chayon kirib ketyapti" desa, uning bu ogohlantirishidan minnatdor bo'lamiz, tezda bu zaharli hasharotni o'zimizdan uzoqlashtirishga harakat qilamiz, uni o'ldiramiz. Chayon zaharining badanga ta'siri bir kun yoki undan ko'proq bo'lar. Ammo yomon axloqning qalbga ta'siri bundan xavfliroq. Negaki, u o'limdan so'ng ham davom etadi.

Afsus, biz yomon xulqimizdan ogoh etgan kishidan xursand bo'lmaymiz, tezda bu yomon xulqdan qutulishga harakat qilmaymiz. Balki, nasihat qiluvchiga: «O'zing ham falon-falon ishlarni qilarding-ku!» - deb ta'na yog'diramiz. Bu qalbimiz qotganligidan dalolat. Qotgan qalbda esa faqat gunohlar "ko'karadi", gunohlar "meva beradi".

© Abu Homid Gʻazzoliy
📖 "Ihyou ulumid-din" (Din ilmlarini jonlantirish)

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​– Necha kun azoblanaman, Portuga?
– Uzogʻi qirq kun.
– Qirq kundan keyin oʻtib ketadimi?
– Yoʻq, koʻnikasan.

©️ Joze Vaskonselos
📖 Azizim, poʻrtaxol

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Ibrohim Adham uning boshini yorgan odamni Alloh kechirishini so'rab duo qilgan edi. Buning sababini so'rashganida u shunday javob qilgan edi: "Axir men u tufayli ajr-mukofot qozonaman-ku! U menga yaxshilik qildi. Endi men unga yomonlik tilaymanmi?"

©️ Imom G'azzoliy
📖 Shuhratparastlik va riyo

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Дунёдаги энг футуристик китоб дўкони

Дўкон архитектор Ли Сян томонидан ишлаб чиқилган. Интерьер юлдузлар денгизи томон аста-секин кўтариладиган астрономик сфераларни эслатади.

Китоб дўкони Хитойда жойлашган экан.

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Men Ali Sog‘uniy yoshlik-yigitlik kunlarimdan boshlaboq arabiy, forsiy tillarni to‘liq ravishda o‘zlashtirdim. Zamonning menga ko‘rsatgan to‘sqinliklariga qaramay Tangri yordami bilan keng ko‘lamda diniy, tibbiy, ayniqsa tarixiy maʼlumotlarga ega bo‘ldim. Arabcha, forschalarni yozish, so‘zlashgina emas, balki bu ikki tilda kitob yozish, sheʼr aytish qobiliyati menda bo‘lsa ham, o‘z ona tilim turkchani boshqa tillardan ortiqroq ko‘rdim. Chunki qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tay olmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uch­rab, tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq insoniy huquqlaridan ajraydi va uning hayot daftarlari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Bunday millatlar yolg‘izgina vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

©️ Alixonto‘ra Sog‘uniy

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Ibrohim Adham uning boshini yorgan odamni Alloh kechirishini so'rab duo qilgan edi. Buning sababini so'rashganida u shunday javob qilgan edi: "Axir men u tufayli ajr-mukofot qozonaman-ku! U menga yaxshilik qildi. Endi men unga yomonlik tilaymanmi?"

©️ Imom G'azzoliy
📚 Shuhratparastlik va riyo

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Do‘sting bo‘lsa yaxshi-da, qo‘rqmay o‘limga ham boraversang bo‘ladi.

©️ Antuan de Sent-Ekzyuperi
📖 Kichkina Shahzoda

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Bu bevafo dunyoda bir-birini ming bir mashaqqat bilan topgan ikki qalbni bogʻlagan rishtalar aslo uzilmasligi kerak!

©️ Sabohaddin Ali
📖 Mo’ynali mantodagi Madonna

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​“Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi.
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.“

©️ Umar Xayyom

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Hozirgi odam - iste'molchi. U sifatli ichimlik, lazzatli ovqat, ulkan siynalar ortidan nay ovoziga sehrlangan kalamushdek ketib boryapti!


✍ Erix Fromm
📖 Insoniyatning bugungi ahvoli

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

,,Mening onam juda ko‘p ishlaydilar.  Ularga juda rahmim keladi.  Kechqurun uyga horib-charchab,qaytadilar.  Kir yuvaverganlaridan qo‘llari qizarib,shishib ketgan.  O‘zlari birovlarning kirlarini yuvadilar. Men onamlarni juda-juda yaxshi ko‘raman,ammo buni hech qachon ularga aytmayman,chunki hayajonlanib ketib,darrov yig‘lab yuboradilar. Ko‘z yoshlarini ko‘rsam, ichim achishib ketadi.  Meni juda yaxshi ko‘radilar,nuqul menga biror narsa sotib olib keladilar-u,o‘zlarini hech o'ylamaydilar... Onam hamma vaqt g‘amgin yuradilar, kasal bo‘lib qoladilarmi deb qo'rqaman..."

Popovskiyning   ,,Milening onasi " hikoyasidan.  (Dunyo bolalar adabiyoti turkumidan. )

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Agar kitob o‘qishni yoqtirmasangiz, shunchaki o‘zingizga mos asarni hali uchratmagansiz.

© J. K. Rouling

Bu fikrga qo‘shilasizmi?


@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

✍ Abu Homid G‘azzoliy
📚 Mukoshafatul qulub


Vahb (roziyallohu anhu) deydiki: «Ilm osmondan yog‘gan chuchuk va sof yomg‘irga o‘xshaydi. Daraxtlar ildizlari orqali uni emadi. Ammo mazasi qanday bo‘lsa ham, uni o‘ziga moslab o‘zgartirib oladi. Mevasi achchiq bo‘lganining achchiqligi ortadi, shirin bo‘lganining shirinligi!.. Ilm ham shundaydir. Insonlar uni g‘ayrat va himmatlariga yarasha o‘rganib, yod oladilar. Lekin oxir-oqibatda kibr-havoli kishida kibr ortadi, adabli inson yanada adabliroq bo‘ladi».

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Eng katta qullik - ozodlikka ega bo'lmay ózini ozod deb xisoblashdir

© Gyote

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho‘lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?
Hukmlar o‘qulur sening nomingdan,
Tarixlar to‘qulur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman,
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon?!

©️ Abdulla Oripov

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Ketayotgan nimagaki
achinsang, o‘sha yo‘qotishdir.

©️ Usmon Azim
📚 So‘ngso‘zlar

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​Bu hayotda hech kimga o‘zingni isbotlashga majbur emassan. Shuni unutmaki, insonning qalbida nima bor bo‘lsa, uning ko‘zlari ham o‘sha narsani ko‘radi.

©️ Mirach Chag’ri Oqtosh
📚 O’zingga hush kelding

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

🪡 Игна айтар эмиш инсонга,
Қадримга ет, кўзни оч, дермиш.
Кийим тикдим жумла жаҳонга,
Ўзим эса - яланғоч дермиш.

Асли унга либос нима ғам,
Бу ҳасратнинг сабоғи бордир.
Шу беминнат игначанинг ҳам
Раҳматга зор қулоғи бордир.


Эркин Воҳидов,
Ўзбекистон Қаҳрамони, Халқ шоири


@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Улов

— Бизнинг хотин икки йилдан бери «Эмират»да. Яқинда машина сотиб олинг деб, доллар юборибди. Нима олсам экан: «Неския»ми, «Матиз»ми?
— Маслаҳат шуки, сен эшак арава сотиб ол.
— Аравани нима қиламан?
— Нима қилардинг, торте-е-еб юрасан.


✍ Ўткир Ҳошимов
📖 Дафтар ҳошиясидаги битиклар

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Ko'ngil ishi o'zni fido etmoq ekan,
Kuyub yonib dilni ado qilmoq ekan.
Bandasini sevmay turib, Yaratganni-
Sevaman deb nola qilsa gunoh ekan.

Nuqsonlarsiz Pok Allohni kim ham sevamas?
Bu ishq bilan tugʻilajak inson bilmas!
Ammo ishqsiz oʻtgan qancha odamiy zot?
Aybi bilan sevmoqlik ham oson emas!

Muhabbatni mavzu qilar har bir shoir,
Sheʼrlarining eng koʻpi ham ishqqa doir.
Iztrobsiz yashashlik ham badbaxtlikdir,
Ishqni tuygan har bir ishga boʻlar qodir.

Ey sevgilim qadrim bilmay qolgan boʻlsam,
Ostonangga koʻmishmaydi agar oʻlsam.
Ustimdan ham kulmagin bu baytlarimga,
Sevarmidim sevgi nimaligin bilsam?!

✍ D.A.A
05.07.2022
21:05

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

Kitoblar yoqib yuborilgan joyda odamlar ham yondirilajak.

© Haynrix Hayne

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​O'lim-kimlargadir bayram, kimlar uchundir to'y ekan. Yana shuni angladimki, qalbi ishqdan mosuvolar o'lishdan qo'rqar ekan...

©️ Fotih Duman
📚 Sir

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

​So‘rdilar, umr nedir, deya,
Dedik: o‘tkan kun o‘tdi, endi qaytmas sira.
Ertamiz noma’lum, kelarmi bilmas kimsa…
Bizga ma’lumi bugundir, bugun!
Shu sababdan umr asli bir kun,
U kun esa bugundir…

©️ Ramazon Demir
📚 Yelkangga ishq qo’nsa

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

“Umrim davomida inkor qila olmaydigan haqiqatim
shuki, kichkintoylarning to‘g‘ri yo‘lni topib dunyoqarashini shakllantirish, axloq-odobini yo‘lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yoʻq ekan, shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otish deb bilaman.

© Hakim Nazir

@bestseller_kitob

Читать полностью…

Bestseller

...Siz esa qaydlaringizga mana bu narsani yozib qo'ying: ODAMLAR ERKINDIRLAR. Siz odamlar erkinlik nima ekanligini unutib ham yuborgansizlar.


© Entoni Byorjess
📚 1985

@bestseller_kitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel