Mamlakatimizdagi o'qituvchi va muallimlar mavqeini oshirish va o'qituvchilik kasbini ommaga targ'ib qilish maqsadida ochilgan telegram kanal. Pedagoglarning ijodiy ishlari yoritiladi. 👩🏫📚 K A N A L G A U L A N I SH 👇
Синиқ тухум методи математикада😊😊😊
Читать полностью…Ziyodaxon Ummatova:
Ertangi dars uchun enerjayzer
#Turon_yoʻlbarslari
🤩 Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi.
⚡️Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Milliy gvardiya izdoshlari” jamoasi 1-o’rin;
🥈Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Jasorat” jamoasi 2-o’rin;
🥉Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Qaldirg’ochlar” jamoasi 3-o’rinni egalladi.
Musobaqa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o’quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
⚡️Mentor-oʻqituvchilarga ustamalar belgilanishi haqida xabar berilgandi. Ushbu ustama miqdori qancha va qachondan boshlab toʻlanadi?
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida bu haqida aytib oʻtilgan. Unga koʻra:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab — barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
Mentor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
👉 Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
©Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
/channel/maktab_e
Ўқитувчи 160% гача устама олиши мумкин, биласизми?
Assalomu alaykum.Yoshim 53da. Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisiman. Toifam oliy. B+ darajadagi MSga ham egaman. Yanvar oyidan 50%lik ustama ham toʻlanar ekan. Savolim shunday: Bahorda boʻladigan 70% ustama uchun muddatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etsam, 50%lik MS ustamaga ta'sir qilmaydimi? Mabodo 86 balldan oshirsam, hammasi birgalikda 120% lik ustama olishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 17.09.2021 йилдаги 572-сон қарори 6-1-бандига кўра 2025-йил 1-январдан бошлаб педагог кадрларга халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш ҳамда сертификат олган педагог кадрларга базавий тариф ставкасининг 70 фоизи миқдорида устама ҳақ тўлаш амалиётини жорий этилди.
✅ Бунда синовларда 86 ва ундан юқори балл олган педагоглар қўшимча 70 фоиз устама олади.
Мисол учун, олий тоифали биология ўқитувчиси ўз фани бўйича халқаро сертификати бўлса — 50 фоиз, директор жамғармасидан 40 фоизгача ва янги талабга жавоб берса, яна 70 фоиз устама олади. Шу тариқа унинг умумий ойлик маоши 4 миллион 500 минг сўмдан 12 миллион сўмга етади.
❗️Шунга кўра сиздаги вазиятда устамаларнинг барчасини тўлашнинг алоҳида мезонлари борлиги сабабли уларнинг ҳар бири тўлиқ тўланади.
Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin!
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇
Telegram | Instagram | Facebook | Mahoratli_pedagog286">Yotube
2025 йил 1 январдан бошлаб малака ошириш курслари 1 ойлик муддатга ўзгармоқда, Шунингдек педагоглар 5 йилда бир мартта малака ошириши белгиланмоқда
Rahbarlar (direktor, o‘rinbosarlar, psixolog) va maktab kutubxonachilar
lavozimdagi staji 4 yilgacha bo‘lsa 2025-yilga,
lavozimdagi staji 6 yilgacha bo‘lsa 2026-yilga,
lavozimdagi staji 8 yilgacha bo‘lsa 2027-yilga,
lavozimdagi staji 10 yilgacha bo‘lsa 2028-yilga,
lavozimdagi staji 10 yildan oshiq bo‘lsa 2029-yilga reja qilinadi.
Ўқитувчилар бўйича
2024-yilda onlayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi hamda amal qilish muddati 1 yil qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2025-yilga,
2024-yilda onlayn malaka oshirgan ikkinchi toifali o‘qituvchilarning barchasi va qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2026-yilga reja qilinadi.
2024-yilda oflayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi 2027-yilga,
ikkinchi va birinchi toifali o‘qituvchilar 2028-yilga,
oliy toifali va toifasini umrbotga saqlab (ikkinchi, birinchi, oliy) 2024-yilda onlayn va oflayn malaka oshirgan barcha o‘qituvchilar 2029-yilga reja qilinadi.
#kun_hikmati
📌 Yaxshi kitoblarni bugun o‘qing, yomon kitoblarni o‘qishga ertaga albatta vaqt topiladi.
©️ Isaak Barrou
Bizni kuzating:
📣📣📣📣📣
O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
📣Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!
❗️Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
⭕️⭕️⭕️
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma👈
📌Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.
💠Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
SHOSHILING!
Imkoniyatdan samarali foydalanish oʻz qoʻlingizda!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#sohaga_doir_hujjatlar
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi tegishli koʻrsatma xatiga asosan:
➖ 2025-2026-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda baholash uchun fan olimpiada, koʻrik tanlov, musobaqa va tadbirlar roʻyxati tasdiqlandi.
📍 Ushbu ro‘yxat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.
👉 Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom
Bizni kuzating
Maxsus reportaj | «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida
#14jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
#тадбир #ватанпарварлик #ёшлар #мактаб #уч_авлод
Ватанпарварлик фестивали
Самарқанд шаҳридаги Президент мактабида Самарқанд ҳарбий прокуратураси, ҳарбий қисм ва кенг жамоатчилик вакиллари иштирокида
"Янги Ўзбекистон армияси — мамлакат таянчи, халқимиз фахри!" шиори остида ватанпарварлик фестивали ўтказилди.
Сўз олганлар томонидан миллий армиямиз куч-қудрати, ҳарбий хизматчилар ва уларнинг оила аъзоларига яратилган кенг имкониятлар, шунингдек, юртимизда ёшлар учун кўрсатилаётган алоҳида ғамхўрлик ва эътибор ҳақида батафсил маълумотлар бериб ўтилди.
Ватанни мадҳ этувчи куй-қўшиқлар, фахрий қоровулнинг кўргазмали чиқишлари ёшлар қалбида ватанпарварлик туйғуларини янада оширди.
🇺🇿 Бизни кузатиб боринг:
✅ Telegram ‖ 💬 Facebook
🌍 Web_site ‖ 📹 harbiyprokuratura">YouTube
#vatan_himoyachilari
O‘zbekiston armiyasi
Eng oliy burch bilar vatan burchini,
O‘zida topadi yengilmas kuchni,
Menga daxldor deb har bir qarichni,
Mard yigit qo‘riqlar yurtning baxtini!
Bizni kuzating:
#SERTIFIKAT
IJODKOR ustozimizni qutlaymiz!!!
👍👍👍👏👏💐🌸💐
Admin @IjodUz82
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
#SERTIFIKAT
IJODKOR ustozimizni qutlaymiz!!!
👍👍👍👏👏💐🌸💐
Admin @IjodUz82
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
#SERTIFIKAT
IJODKOR ustozimizni qutlaymiz!!!
👍👍👍👏👏💐🌸💐
Admin @IjodUz82
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
Дунё иморатлари ичида энг улуги мактаб булса,
Касбларнинг ичида энг шарафлиси укитувчилик ва мураббийликдир!!
⭕️⭕️⭕️⭕️
“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALINING 2-MAVSUMIGA START BERILDI
BIZ BOSHLADIK!
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.
📍Festivalning ilk manzili Surxondaryo viloyati!
🫥Surxondaryoda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili)
⚠️ DIQQAT! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!
✨ Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
#malaka_sinovi
📣 Joriy yilda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir zarur adabiyotlar roʻyxati tasdiqlandi
✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilda umumtaʻlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
👉 BATAFSIL
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#tanlov
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda
✅ Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovining sektor bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.
➖ Yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda milliy huquq tizimiga nisbatan hurmat tuygʻusini kuchaytirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tanlov maktablarning 14-17-yoshli yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
📍 Tanlov 5 bosqichdan iborat boʻlib, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning fevral oyida, respublika bosqichi mart oyida oʻtkaziladi.
👉 Foto: joylarda oʻtkazilayotgan tanlov jarayonlaridan
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣📣📣📣📣
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda!
Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
➖Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
➖Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
➖Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.
⭕️⭕️⭕️
💠Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
SHOSHILING!
💠Barcha iqtidorli o‘quvchilarni mazkur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz!
Zero bilim qudratdir! Muhammad al-Xorazmiy kabi, kelajakni ilm bilan yoritaylik!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
📹Таъсирли видео: Мадҳияни бутунлай бошқача – овозсиз ва бармоғида куйлайдиган ўқувчилар(такрор)
Андижон вилояти Хўжаобод туманидаги 17-махсус интернати ўқувчилари Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳиясини имо-ишорали нутқ ёрдамида ижро этиб беришди.
✔️ Улар Ватан қўшиғини кўзда қувонч ва дилда фахр билан, бармоқларида меҳр билан куйлашди.
⏳⏳⏳⏳
Bugun 17-yanvar haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Bolalar ixtirolari kuni.
🇹🇭Tailand – sut mahsulotlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1773 – Jeyms Kuk tarixda birinchi bo‘lib Janubiy qutb doirasini kesib o‘tdi.
🔹1929 – T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti O‘zbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan.
🔹1935 – Jondor tumani tashkil etildi.
🔹1991 – Fors ko‘rfazida “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasining boshlanishi.
🔹1992 – O‘zbekiston va Vetnam davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
#tavalludlar
🔹1600 – Pedro Kalderon de la Barca – asarlari “Oltin asr” adabiyotining eng yuqori yutuqlaridan biri bo‘lgan ispan dramaturgi va shoiri.
🔹1706 – Benjamin Franklin – siyosatchi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, jurnalist, noshir. AQSh mustaqillik urushi yetakchilaridan biri.
🔹1942 – Muhammad Ali – og‘ir vazn toifasida ringga chiqqan amerikalik professional bokschi, jahon boks tarixidagi mashhur bokschilardan biri.
🔹1962 – Jim Kerri – Kanada va amerikalik aktyor, komediyachi, ssenariynavis va prodyuser.
🔹1991 – Farrux Sayfiyev – futbolchi, O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi va Qarshining Nasaf futbol klubining yarimhimoyachisi.
Bizni kuzating:
eMaktab.uz га иш режани осон киритиш усули (импорт қилиш)
Батафсил👉https://muallimlar.uz/?ru=1406
➖➖➖➖➖➖➖➖
Простой способ создать КТП в eMaktab.uz.
Подробно👉https://muallimlar.uz/?ru=1406
🚀«Ўқитувчи» канали
📱Ойлик маошни ҳисобловчи бот
⏳⏳⏳⏳
Bugun 16-yanvar haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro issiq va achchiq taomlar kuni.
🇹🇭Tailand – O‘qituvchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1992 – Kabo-Verde, Portugaliya va Shvetsiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olishdi.
🔹1995 – O‘zbekiston Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
🔹2001 – Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tashkil topdi.
#tavalludlar
🔹1914 – Fattoh Abdullayev – o‘zbek tilshunosi.
🔹1916 – Ikroma Boltayeva – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1931 – Shuhrat Abbosov – taniqli kinorejissyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1974 – Keyt Moss – britaniyalik supermodel va aktrisa.
🔹1979 – Bobur Yo‘ldoshev – o‘zbek aktyori.
Bizni kuzating:
Poytaxtimizdagi umumta'lim maktablari soni yana bittaga ko'paydi
✅Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi Abay mahallasida 358-umumta'lim maktabi yangi qurilib, foydalanishga topshirildi.
😄Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i, Bektemir tumani hokimi, sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
✅Yangi maktab 990 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, to'liq zamonaviy jihozlangan. Kutubxona, oshxona va sport zallarida o'quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Бугун Фарғона вилояти ташкил топган кун
Фарғона вилояти 1938 йил 15 январда ташкил этилган.
Фарғона Ўзбекистоннинг кўҳна тамаддун марказларидан биридир. У Помир-Олой ва Тяншан тоғлари тизими оралиғидаги Фарғона водийсида жойлашган.
Бу жойни “Қадимий цивилизациянинг бешиги” деб ҳам номлашади. Вилоятда жуда кўп қадимий ёдгорликлар, архитектура қолдиқлари ва эски шаҳар харобалари топилган. Қўқон, Марғилон, Риштон каби шаҳарлар Марказий Осиё халқларининг бебаҳо тарихий мероси бўлиб ҳисобланади.
Фарғона вилояти бугунги кунда улкан иқтисодий салоҳиятга эга ҳудуд бўлиб, барча соҳалар ривожланган.
Аҳолиси: 4,123,629 минг киши (2024 йил 1 октябрь ҳолатига)
Ҳудуди: 6,8 минг км²
Маъмурий маркази: Фарғона шаҳри
Вилоятда 4 та шаҳар, 15 та туман мавжуд.
Fergana.uz|Facebook|Instagram|fvhokimligi">Youtube|X
Assalomu alaykum, oilasi , yurti tinchligi, farovonligi , rivoji fayz-u kamoloti uchun ko'ksi qalqon, mard-u maydon, mehribon otalar, o'g'illar, yigitlar- Vatan himoyachilari!
Bayramingiz muborak bo'lsin.
Dunyodagi eng ezvu tilaklar hamrohingiz bo'lsin.El-yurt tinchligi, farovonligi yo'lida kamarbasta bo'lib qilayotgan har bir ishingizdan Olloh rozi bo'lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtboshimiz omon bo'lsin.
Yangi O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lishdan , oldingi saflarda harakat qilishdan aslo charchamanglar.
Bayram muborak
Siz borki, tunlar tinch, tonglar serjilo,
Yog'iy yo'q, yurt obod, osmon musaffo.
Tinchlik yalovini tutgan sheryurak -
Posbonlar, o'g'lonlar, bayram muborak.
Siz - ota, oilaga ustun, tog'dek qoya,
Siz - o'g'il, yurt ertasi, ori, hamsoya.
Sizga quyosh boqqn, ta'zimda falak -
Otalar, o'g'illar, bayram muborak.
Siz - har o'zbekning sharafi, ori,
Ko'z tikkan nigohning sevimli yori.
Samimiy tilaklar Sizga mushtarak,
Vatan posbonlari, bayram muborak!
Lolaxon Iminchayeva.
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
Muloyim takomil
Yurakda to'lqinlar mavj urganda ham,
Sokin ovoz bilan muloyim so'zla.
Azoblar, nafratlar to'lib, toshsa ham,
Muloyim takomil mehr-la so'zla.
Ravon nutq insonga -obro'li libos,
Suhbatdosh qalbiga nurli bir mayoq,
Ravon nutq bu-da'vat, e'tibor, ishonch,
Dildagi orzular, musafgo buloq.
O'quvchim, so'zingni terib so'zlagin,
To'kilsin labingdan durlar shodasi.
Tilingdan bol tomsin, bol tomsin doim,
Odamlar poyingga gullar to'shasin.
Quva tumani, 12-maktab , boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Yuldasheva Marhabo A'zamjonovna
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
Ilm izla
O'tdi qancha buyuk zotlar,
Vatan uchun berib jon.
Kashfiyotlar qildi ular,
Qalbida ziyo -ummon.
Farg'oniy, Xorazmiy, Beruniy,
Har satrida olam ma'no.
Buxoriy, Marg'inoniy, Sino,
Hikmatlari dardga davo.
Temur, Bobur, Jaloliddin,
Bo'ldilar vatanparvar Hoqon.
Navoiyning o'tkir qalami
Elga qidi "Hazrat", "Sulton"
Ilm- bepoyon bir ummon,
Qancha olsang, to'lar toshib.
Izla ilm, angla ilm,
Ziyosida yasha g'olib.
Quva tumani, 12- maktan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Sattorova Faridaxon Fozilovna
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg
Suvni asragin, bolam
Tabiat saxovati,
Hayot zavqi- suv bilan.
Yurt jamoli, el ko'rki,
Tarovati- suv bilan.
Suv-zar, suvchi- zargar,
Deydi dono xalqimiz.
Suvsiz hayot bo'lmaydi,
Buni bilish-burchimiz.
Suvni asragin, bolam,
Teja, saqlagin toza.
Suvga tashlama axlat,
Aksincha tut ozoda.
Raxmanova Nargizaxon Sotvoldiyevna. Quva tumani, 12- maktab , boshlang'ich sinf o'qituvchisi
https://t.me/joinchat/AAAAAFTtTtw77HP_1lEckg