❗️Milliy sertifikat masalalarini yechishni o'rganishda ushbu kitob sizga qo‘l keladi. Albatta ko'rib chiqing.
Barcha tanishlaringizga ulashing 🌐
👉 @biomaximum
🔥#Milliy_Sertifikat_masalasi🔥
3- mart 2024
Ⓜ️ Diploid navli makkajo'xorida 180 mikrosporatsitlarning 1/4 qismi mikrospora hosil qildi.Mikrosporalarning 3/5 qismidan chang, hosil bo'lgan changlarning 3/4 qismidan spermiy hosil bo'ldi.
Qo'sh urug'lanishdan so'ng endospermiyda 1620 ta xoromosoma bor
a- urugʻlanishda qatnashmagan mikrosporatsitlardagi xromasomalar sonini toping
b-urugʻlanishda qatnashmagan spermiylardagi xromasomalar sonini toping
❗️❗️❗️❗️#YECHIMI
180 ta mikrosporsit --4 qism
X tasi-----1 qism
x=45 ta
180-45=135 ta qatnashmagani
Mikrosporsit 2n
1 ta mikrosporsit 20 ta xrom
135 tasida----x=2700 ta (a)✅
1 ta mikrosporsit -4 ta mikrospora
45 tasidan---x=180 ta mikrospora
180 ta mikrospora --5 qism
X tasi ---3 qism
X=108 ta mikrospora
1 ta mikrospora --1 ta chang dona
108 tadan---x=108 ta chang d.
108 ta chang donasi --4 qism
X tasi-----3 qism
x=81 ta
1 ta chang donasi --2 ta spermiy
81 ta chang donasi --x=162 ta qatnashgani✓
108-81=27 ta chang donasi qatnashmadi
1 ta chang donasi --2 ta spermiy
27 ta chang donasi --x=54 ta spermiy qatnashmagan
spermiy n toʻplam
1 ta spermiy ---10 ta xromosoma
54----x=540 ta xromosoma (b)✅
Kanalimizga qo’shilish uchun:
@biomaximum
Ma`lum bir hayvonni maydalanish davrida jami blastomerlardagi hujayra markaziga kiruvchi mikronaychalar soni 27648 taga yetgan vaqtda jami hujayralardagi autosomalar soni jinsiy xromosomalarga nisbatan 11264 taga ko`p bo`lsa u holda maydalanish bosqichida 6 marta meridional bo`linish sodir bo`lgandan so`ng hosil bo`lgan hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang.
A)26624 B)24576 C)13312 D)12288
🌏 savollar yaxshi ekan ishlab ko’ring
Milliy sertifikat ayrim nazariy savollar ham bor ekan masalalari ham ajoyib
Kanalimizga qo’shilish uchun:👇
👉 @biomaximum
Biologiya fanidan malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar ro‘yxati 2024
❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
🔰Qalqonsimon bez
👶Chaqaloqlarda 1 gr,
👦5-10 yoshli bolalarda – 10 gr,
👨Kattalarda – 25-30 grni tashkil qiladi.
❗️Troksin garmoni ishlab chiqaradi, U moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Yurak ishini gumaral boshqarilishida ishtirok etadi. Bolalar o’sishi va rivojlanishi asab tizimining normal rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Yaqinlarga ulashing👇🏻
⚠️ Manba ko‘rsatilsin!
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
👉@biomaximum
🧩3- qism
🚦🚦🚦O'quv mashgulotlarini to'g'ri tartibda rejalashtirish🚦🚦🚦
👁Dars jarayoni va darsni takrorlashni uygun ravishda olib borish
Masalan 8- sinf biologiya o'tyapmiz sizlar 7- sinfni mustaqil takrorlab borishiz kere har kuni 1 ta mavzudan juda bo'lmaganda
😎-Qaysi darslikni qancha vaqtda o'qib tugatishni oldindan rejalashtirish vaqtni aniq taqsimlash juda muhim
🫠Darslar va tanaffuslar vaqtini togri moslashtirilgan holatda tashkil etish lozim
🤫Sekin astalik bilan rivojlanib borilishini unutmaslik
🧩1- qism
🚦🚦🚦🚦Tayyorgarlik🚦🚦🚦🚦
🏋👉Nazariy mavzularni to'g'ri va aniq shaklda(tez) o'rganib chiqish kerak
🏋👉Test va masalalarni to'g'ri va aniq yechimlarini o'rganib chiqish
🏋👉Xatolaringiz ustida ko'proq ishlab ularni tahlil qilish orqali bilimingizni oshirib borish
🏋🥇👉O'zingizni baholash uchun online test va blok testlarga qatnashib turish
🏋 Murakkabroq mavzularni You tobe orqali yoki telegram kanallari orqali yanada mustahkamroq o'rganib borish lozim
Sodda hayovonlar tipiga amyoba,evglena,volvoks,tufelka hayvonlari kiradi,bir va ikki xivchinli hayvonlarning o'zaro nisbati 1:3,qolgan hayvonlarni o'zaro nisbati 1:1,soxta oyoqlar hosil qiladigan hayvonlar soni 60 ta.Koptok singari dumalab harakatlanuvchi hayvonlar amyobadan ikki barobar kam bo'lsa,amyoba va tufelkalar sonini aniqlang.
A)40 B)70 C)90 D)120
🧣Nuklein kislotalar🧣
🌈Nuklein kislotalar ---- " Nukleos - yadro " birinchi marta yadrodan topilganligi uchun shunday nom berilgan.
Lekin xozirgi kunda Mitoxondriya va Xloroplastda xam borligi aniqlangan.
🥏DNK ( Dezeksiribonukleinkislota)
Asoschisi ---- Uotsin , Krik
DNK ikki zanjirli Nuklein kislota xisoblanadi.
DNK ning monomeri nukleotidlardir.
🎳Nukleotid 3 komponentdan tashkil topgan.
1. Azot asosi
Purin ( Adenin , Guanin )
Pirimidin ( Sitozin , Timin )
2. Fosfat kislota qoldig'i
3. Dezeksiriboza
Ikki zanjir bir biriga vodorod bog'lar orqali brikadi.
_
A _ T o'rtasida 2 ta H bog'
_
G _ S o'rtasida 3 ta H bog' boladi.
_
🔖Bir zanjirdagi Nukleotidlar bir biriga Fosfodiefir bog'lar orqali brikadi.
Ya'ni
A - G - T - S - A ko'rinishida .
👆
💥Demak Bir DNK zanjirida 120 ta nukleotid bo'lsa 119 ta Fosfodiefir bog' mavjud bo'ladi.
A - G - A - S - T - G - A - S - T - G
| | | | | 👈 H bog'
T - S - T - G - A - S - T - G - A - S
👆
Fosfodiefir bog'
🌈RNK ( Ribonukleinkislota )
RNK ning 3 xil turi mavjud
1. I - RNK ( informatsion )
2. t - RNK ( transport )
3. r - RNK ( ribasomal )
I - RNK ( axborotni kochirib olish )
r - RNK ( Ribosomalar sintezida )
t - RNK ( Biosintez reaksiyalarida - tashish )
🧤RNK bir zanjirli bo'lib Vodorod bog'larga ega emas.
RNK tarkibi :
1. Azot asosi
Purin --- ( Adenin , Guanin )
Pirimidin --- ( Sitozin , Uratsil )
2. Fosfat kislota qoldigi
3. Riboza
A - S - U - S - A - G - U - G - A - S - U
👆
Fosfodiefir bog'lar.
🐾DNK va RNK asosiy funksiyalari Irsiy axborotni saqlash va tashishdir.
@biomaximum
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
✅Ontogenez --- organizmlarning shaxsiy rivojlanish jarayoni
✅Lichinkali ontogenez --- yassi chuvalchanglar, baqalar, hashorotlar
✅Lichinkasiz ontogenez --- sudralib yuruvchilar, qushlar
✅Ona qornida rivojlanish --- yuksak sutemizuvchilar va odam.
✅Embrional davr -- zigota hosil bo'lib tug'ilgungacha bo'lgan davr
✅Postemrional davr -- embrionni tug'ilishidan o'limigacha bo'lgan davr
✅Maydalanish --- urug'langan tuxum hujayrani bo'linib, blastulani hosil qilishi
✅Blastula --- maydalanishdan hosil bo'lgan ko'p hujayrali embrion.
✅Blastosel -- blastulaning ichi suyuqlik bilan to'lgan birlamchi tana bo'shlig'i
✅Gastrulyatsiya -- embrion hujayralari o'smaydi va bo'linmaydi. Dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo'ladi
✅ Ixtisoslashish --- embrionni ayrim qismlari va hujayralarini vazifasi jihatidan farqlanishi.
✅Organogenez --- o'zak organlarining (nerv nayi, horda, ichak naychasi) hosil bo'lishi.
@biomaximum
🪵 TO'QIMALAR 🍂
( O'simliklarda barcha to'qimalar )
Bir - biriga o'xshash hujayralar birgalikda to'qimalarni xosil qiladi.
To'qimalar asosan 2 - xil :
1. Oddiy
2. Murakkab
Morfobiologik belgi va xususiyatlariga qarab :
1. Hosil qiluvchi
2. Asosiy
3. G'amlovchi
4.O'tkazuvchi
5. Qoplovchi
6. Mexanik
7. Ajratuvchi
To'qimalar farqlanadi.
1.Hosil qiluvchi ( 2-xil )
a.uchki
b. yon
2.Asosiy to'qima - (3-xil )
a. Assimilatsiyalovchi
b. suv saqlovchi
c. G'amlovchi
3. Gamlovchi to'qima - asosan o'simliklarda oziq moddalar g'amlanishida ishtirok etadi.
M - Qizil sho'ra , Baliqko'z , Sarsazan , Buzoqbosh ✅
4. Otkazuvchi to'qima ( 2-xil )
1.Ksilema ( yog'ochlik naylari , hujayralari o'lik) -
Suv va mineral tuzlar ildizdan bargga xarakatlanadi . ✅
2. Floema ( lub naylari , hujayralari tirik) -
Organik moddalar bargdan barcha organlarga xarakatlanadi
5. Qoplovchi to'qima ( 3-xil )
1. Epiderma (tirik )
2. Periderma (yarim tirik , yarim o'lik )
3. Po'stloq ( o'lik )
6. Mexanik to'qima ( 2-xil )
1. Kollenxima ( tirik ).
a) Burchaksimon
b) Plasinkasimon
c) Govaksimon
2. Sklerenxima (o'lik ).
a) lub tolalari
b) sklereid ( tosh hujayralar )
7. Ajratuvchi to'qima - zararli moddalarni tashqi muhitga chiqaradi .
M: ( Kauchok , Balzam , efir moylari , Smolalar )
@biomaximum
❗️11-синф битирувчи ўқувчилар ва уларнинг ота-оналари учун муҳим маълумот. 2024 йилдан абитуриентлар қабули ўзгаради
Кейинги йилги қабулдан ОТМга ҳужжат топширган абитуриентлар аввал кириш имтиҳонларида қатнашиб, сўнгра тўплаган баллига қараб йўналишларни танлаши мумкин бўлади. Бу тартиб ҳақида “Энди ҳамма ўқишга кириб кетаркан-да”, деб ўйлаганлар ҳам бор. Аслида, янги тартиб қандай ишлайди? Ҳамма ўқишга кирадими ёки фақат билимлиларми?
Янги тизим қандай ишлайди?
Ҳозирги тизим бўйича абитуриентлар дастлаб 1 ой муддат давомида ОТМларга кириш учун рўйхатдан ўтишади. Бунда улар 5 та таълим йўналиши ва таълим шаклларини танлайди. Лекин абитуриент қанча балл тўплашини олдиндан билмайди. Масалан, бир абитуриент ўзи ҳақида нотўғри прогноз қилиб, танлаган йўналишларига қараганда камроқ балл тўплаши, бошқаси эса топширган йўналишларига қараганда анча юқори балл тўплаши мумкин. Шунинг учун тўплаган баллари аниқ бўлгач абитуриентларда "Мен танлаган йўналишларимни ўзгартирсам бўладими?" деган савол ҳам пайдо бўларди. Лекин бунинг иложи йўқ эди.
Кейинги йилдан янги тартиб ишга тушса, рўйхатдан ўтиш 2 босқичдан иборат бўлади. Биринчи босқичда абитуриентлар агентлик тизимига ўзининг шахсий маълумотлари билан биргаликда фақатгина тест топшириш фанлари, тест топшириш тили ва жойини танлайди. Лекин ОТМлар ва йўналишларни танламайди. Дастлабки маълумотлар абитуриентларнинг тест синовида иштирок этиши учун етарли бўлади холос. Сўнг абитуриентлар имтиҳонга кириб чиқади. Мана шундан кейин абитуриентнинг қўлида ўз тўплаган балли бўлади ва у прогноз қила олади.
Масалан, абитуриент имтиҳонда 120 балл тўплаган ва у тиббиёт олийгоҳларига контрактга ўтиш балли 150 дан кам бўлмаслигини билади. Тиббиёт йўналишларини танласа, кира олмаслиги эҳтимоли юқори. Буни олдиндан тўла прогноз қилиб бўлмаслиги мумкин, бироқ олдинги йиллардаги ўтиш балларига асосланиб, анча аниқ қарор қабул қилиш мумкин. Шунда абитуриент балли пастроқлигини ҳисобга олиб, бир йил йўқотмаслик учун биология йўналишини танлаши мумкин.
Ёки тескари ҳолат ҳам бўлиши мумкин. Ўзим абитуриент бўлган вақтда бир курсдошим пойтахтдаги ОТМга грантга кира олмайман деб вилоятдаги ОТМга ҳужжат топширган. Лекин у жуда юқори балл тўплаганди ва балли бемалол Тошкентдаги ОТМларга грантга етарди.
Янги тизимда абитуриент аввал имтиҳон топшириб, кейин йўналиш танласа, бу каби абитуриентлар тўғри танлов қила олиши мумкин. Тизимнинг мақсади шундай.
Бунақа нарса йўқ. ОТМларга қабулда квота бор, ўринлар чекланган. Ҳар қанақа тизим ишлаганда ҳам қабул учун 200 минг ўрин бўлса (млн абитуриентга нисбатан), бу ҳамма ҳам бирдай талаба бўлмаслигини англатади.
Аввал тест, сўнг йўналиш танлаш имкони бўлса, билимли абитуриентлар кўпроқ танлаб олинади. Ҳозирги ҳолатда 140-150 балл тўплаб ўқишга кира олмаган абитуриентлар бор. Аксинча, 100 баллдан ҳам паст тўплаб грантга ўқишга кирганлар ҳам кўп.
Агар абитуриентлар ўзи тўплаган баллни йўналиш танлашдан олдин билса, у ўз имкониятларини ҳисобга олиб танлов қилади. Ва балларда ҳам баланс пайдо бўлади. Яъни ҳамма билими етган жойга боради.
Йўқ, ҳозирги режага кўра, 5 та йўналиш танлаш, танлов устуворлигини, таълим шаклларини танлаш имкониятлари сақланган, олиб ташланмаган. Агар ҳукумат қарори қабул қилинишида бирор ўзгариш бўлмаса, абитуриентларда шу пайтгача бор бўлган имкониятлар олиб ташланмайди. Фақат янги тизимга муваффақиятли ўтиб олиш масаласи кўриляпти.
Юқорида айтилганидек, ҳужжат топшириш 2 та босқичда бўлади ва абитуриентлар ўз имкониятларини ҳисобга олиб, тўплаган балларига қараб прогноз қила олишлари керак. Асосийси, қайси фанлардан имтиҳон топширишларини билишлари ва шунга қараб тайёргарлик кўришлари керак.Читать полностью…
Malum bir shaxar hududida ko‘k ko‘zli odamlar soni 9800 kishini tashkil etsa shu shaxar axolisi orasidagi A genlarning uchrash chashtotasini aniqlang. (Shaxar axolisi 20 ming kishi)
A) 30% B) 40% C) 60% D) 70%
#zoo ma'lumot🧩
🚦Qisqichbaqasimonlar 2 juft mo'ylovga ega
🚦 Hasharotlar 1 juft mo'ylovga ega
🚦Daryo qisqichbaqasining ayirish organi 1- juft yashil bezlar
🚦Rishtaning oraliq xo'jayini siklop
🚦 Exinokokk tasmasimon chuvalchanglar orasida eng kichigi
🚦 Askaridaning lichinkalari sirtmoqsimon bo'ladi
🚦Yomg'ir chuvalchangining har bitta tana bo'g'imida 4- juftdan kalta tuklari bo'ladi
🧩4- qism (ohirgisi va eng muhimi)
🚦🚦🚦🚦ENG MUHIMI 🚦🚦🚦🚦
🌎 Biologiyani davlat talim standartlariga mos holda tushunib o'rganish
🌸Qo'shimcha variant kitoblar, masala kitoblar va darsliklar bilan muntazam ravishda bilimlarni oshirib borish
🌺o'quv mashgulotlarida erishgan yutuqlarizni yozib borish uchun kundalik daftarcha yuriting
🌼Uyqu va dam olish rejimini togri nazorat qilishga odatlaning
🧩2- qism
🚦🚦🚦🚦Asosiy qism🚦🚦🚦🚦
✏️ BIOLOGIYA DARSLIKLARI VA QOSHIMCHA MASALA DARSLIKLARI
MIRZOBEK ULUG'BEKOVICH,BAXTIYOR SHERALIYEV VA DAVRON SULTONOV KABI TAJRIBALI REPETITORLARNING BIOLOGIYADAN MASALA YECHISH BO'YICHA METODIK QOLLANMALARINI YECHIB CHIQISH
👉✍ Konspekt va terminlar lugatini yozib borish
✏️🎤Online kanal va platformalardan biologiyadan kerakli malumotlarni izlab o'rganib yozib olish
Hamma biolog ustozlar uchun savol🚦Infraqizil nurlarni sezadigan maxsus organga ega,poykiloterm,qon aylanishning markaziy organiga ega,haqiqiy buyrakka ega bo'lmagan hayonni toping?
Читать полностью…🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
Yomg'ir chuvalchangining ichki tuzilishi
🛑Hazm qilish sistemasi
Og'iz ----- > qisqa halqum ----- > Qizilo'ngach ----- > jig'ildon ----- > oshqozon ----- > ichak ----- > anal teshigi.
Oziq chuvalchang tanasiga tuproq bilan birga kiradi va Oziq qonga so'rib olinadi. Tuproq esa tashqi muhitga chiqariladi. ✅
🛑Qon aylanish sistemasi.
Yomg'ir chuvalchanginjng qon aylanish sistemasi yopiq ya'ni , faqat qon tomirda harakatlanadi.
Yirik qon tomirlari ----- > orqa va qorin qon tomirlari.
Bu yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o'zaro tutashgan.
Yomg'ir chuvalchangida yurak mavjud emas. Qizilongach atrofidagi 5 - 6 ta yirik qon tomirlar yurak vazifasini bajaradi.
➡️Qon ----- > Orqa qon tomir bo'ylab oldinga , Qorin qon tomiri bo'ylab orqaga harakatlanadi.
To'qimalarda qon tomirlar maydalashib kapilyarlarni hosil qiladi. Qon oziq modda va kislorod tashishni taminlaydi. ✅
🛑 Ayrish sistemasi
Har bir tana bo'g'imda bir juftdan :
----- > bir uchi tana bo'shlig'iga ochilgan varonkasimon kipriklar bilan qoplangan.
----- > ikkinchi uchi teri orqali tashqariga ochiladi.
Ayrish sistemasi orqali zararli moddalar tashqi muhitga chiqariladi. ✅
🔰Halqali chuvalchanglar hilma xilligi🔰
📌 Yomg'ir chuvalchangi ---- > 180 dan ortiq turi ma'lum , tumroqni yumshatib havo o'tishini yaxshilaydi. Bir gektar maydonda bir yil davomida 250 - 600 t tuproqni qayta ishlaydi. Poliz va sabzavot ekinlari uchun qimmatli o'g'it ---- > Biogumus olishda foydalaniladi. ✅
⭕️ Qizil chuvalchang ----- > kam tuklilar sinfiga mansub. Suvni har xil ifloslikdan tozlab sanitarlik vazifasini bajaradi. Baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Akvarium baliqlari uchun yemish sifatida ko'paytriladi. ✅
🛑Nereida ---- > Ko'p tukilar sinfiga mansub. Boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan , tanasi ko'p miqdorda tuklar bilan qoplangan. Tuklar tanasining ikki yonida muskulli o'simtalarda to'p - to'p bo'lib joylashgan va bu ilk paydo bo'lgan oyoq hisoblanadi ✅
📌 Zuluklar ----- > halqali chuvalchanglarning alohida bir sinfi bo'lib 400 dan ortiq turi ma'lum.
Zuluklar tibbiyotda zararli qonni so'rib tashlashda foydalaniladi. ✅
📌 Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi
Erkin yashivchi yassi chuvalchanglar ---- > ko'p tuklilar ---- > kam tuklilar ko'rinishida kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. ✅
Bizning kanal:
@biomaximum
🏷➡️Biomolekulalar, ovqatlanish rejimiga oid masalalar;
➖Tirik organizmlar hujayrasining o‘rtacha 20–30 % ini organik birikmalar tashkil etadi;
➖ Ular xilma-xil katta va kichik molekulyar og‘irlikka ega bo‘lib, biomolekulalar deb yuritiladi.
➖Kichik molekulali organik birikmalar monomerlar deb ataladi.
➖Monomerlar birlashib polimerlarni hosil qiladi. Barcha tirik organizmlarda to‘rt xil makromolekulali moddalar uchraydi. Bular : oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalardir.
➖Bulardan ➡️ oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir-biriga o‘xshash tuzilishga ega bo`lgan monomerlardan tashkil topgan bo‘ladi.
📛 Oqsillarning monomeri ➡️ aminokislotalar
🟩 Nuklein kislotalarning monomeri ➡️ nukleotidlar
🟥 Uglevodlarning monomeri ➡️ monosaxaridlar (asosan glukoza) dir
‼️ Yog‘lar parchalansa ➡️ yog‘ kislotalari bilan glitseinga parchalanadi.
💠Biopolimerlar orasida birinchi bo‘lib uglevodlar parchalanadi va oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘larning hosil bo‘lishida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Uglevodlar karbonsuvlar deb ham yuritiladi
🟢1 gr uglevod parchalanganda 17,6 kj yoki 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi✔️
🔵1 gr oqsil parchalanganda 17,6 kj yoki 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi✔️
🟣 1 gr yog‘ parchalanganda 38,9 kj yoki 9,3 kkal energiya ajralib chiqadi✔️
🟨 Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo‘lgan energiyaning uchdan ikki qismi (2/3) to‘qima va organlar, hayotiy jarayonlarning normal o‘tishi va ish bajarishi uchun. Uchdan bir qismi (1/3) esa tana haroratining
doimiyligini ta‘minlash uchun sarflanadi.
🟩Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta‘minlash uchun 2500 kkal energiya talab etiladi
✍️: Mirzobek Ulug'bekovich
➡️ Yaqinlarga ulashing👇🏻
⚠️ Manba ko‘rsatilsin!
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬