Aniqlik kiritamiz!
#muxlissavoli
Savol: Hozirgi kunda xordalilar tipi qaysi sinflarga bo'linadi? Oldin 5 sinf edi. Hozir lansetniklar va tog'ayli baliqlar ham qo'shilgan. Avval tog'aylilar baliqlar sinfining 1 ta kenja sinfi edi. Hozir mustaqil sinfmi?
Javob: Sistematika va organizmlar klassifikatsiyasi biologiya fanlarining gultoji hisoblanadi. Sistematiklar esa eng kuchli biologlar bo'lib, ular bir vaqtning o'zida anatomiya, morfologiya, embriologiya, genetika, molekulyar genetika, paleontologiya, ekologiya, etologiya kabi fanlarni bilishi talab etiladi. Haqiqiy sistematiklarning shakllanishi 30-40 yil vaqt oladi. Organizmlar klassifikatsiyasi bu dinamik sistema bo'lib, sohada yig'ilgan ma'lumotlar asosida doimiy o'zgarib boradi. Shunday eka,n Siz o'qigan klassifikatsiya bugungi kunda o'zgargan bo'lsa, buning ajablanarli tomoni yo'q. Faqatgina fan yangiliklari bilan hamnafas bo'lish talab etiladi xolos.
Demak, bugungi kunda xordalilar tipi (Chordata) quyidagi kenja tip va sinflarga bo'linadi:
I kenja tip: Bosh skeletsizlar (Acrania)
— Lansetniklar sinfi (Leptocardii) - 30 ga yaqin turi mavjud.
II kenja tip: Lichinka xordalilar (Tunicata) - 3051 ta turi mavjud
— Appendikulyariyalar sinfi (Appendicularia) - 69 ta turi ma'lum.
— Assidiyalar sinfi (Ascidiacea) - 2300 ga yaqin turi mavjud.
— Salplar sinfi (Thaliacea) - 1250 ga yaqin turi bor deb hisoblanadi.
— Sorberacea sinfi - ilgari bu sinf assidiyalarning Hexacrobylidae nomli bir oilasi edi. 2011 yilgi rDNA tahlili asosida alohida sinf sifatida ajratildi.
III kenja tip: Umurtqalilar (Vertebrata)
— Miksinalar sinfi (Myxini) - 81 ta turi mavjud.
— Minogalar sinfi (Petromyzontida) - 46 ta turi mavjud.
— Plastinkajabralilar sinfi (Elasmobranchii) - ushbu sinfga ilgari tog'ayli baliqlar sinfiga mansub akula va skatlar kiradi. Ularning 1206 turi mavjud.
— Yaxlitboshlilar yoki ximeralar sinfi (Holocephali) - ushbu sinfga ilgari tog'ayli baliqlar sinfiga mansub ximeralar kiradi. Ularning 55 turi mavjud.
— Ko'pqanotlilar sinfi (Cladistii) - ushbu sinf ilgari shu'laqanotlilarga kirgan, hozir mustaqil sinf sifatida ajratilgan. 12 turi ma'lum.
— Shu'laqanotli baliqlar sinfi (Actinopterygii) - umurtqali hayvonlarning eng yirik sinfi. Suyakli baliqlar nomi bilan ham mashhur. Ushbu sinfga 33582 tur baliq kiradi.
— Panjaqanotlilar sinfi (Coelacanthi) - ushbu sinfga 2 tur latimeriya kiradi.
— Ikkiyoqlama nafas oluvchilar sinfi (Dipneusti) - ushbu baliqlar sinfi ilgari panjaqanotlilarning katta turkumi hisoblanar edi. Hozir alohida sinf sifatida ajratilgan. 6 tur baliq kiradi.
— Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi (Amphibia) - ushbu sinfga 7932 tur hayvon kiradi.
— Sudralib yuruvchilar sinfi (Reptilia) - singa 10793 tur hayvon kiradi.
— Qushlar sinfi (Aves) - ushbu sinfga 10711 tur, kenja turlar bilan hisoblaganda 20 055 qush kiradi.
— Sutemizuvchilar sinfi (Mammalia) ushbu sinfga 6495 tur hayvon kiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ayni vaqtda xordalilar tipi 3 kenja tip 17 ta sinfga mansub hayvonlarni o'z ichiga oladi.
Hurmatli hujayra.uz muxlislari, sizlarda ham savollar bo’lsa bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin. Imkoniyat darajasida savollaringizga javob berishga harakat qilamiz.
Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEumtlDaF6ujt5TuHA
Hujayraning turfa ta'mli modeli.
Qani oling, hujayra... eyyy yog'e..osh bo'lsin!😉😋
@bioprofess
#Bugun
🐬19-fevral - Xalqaro kitlar va dengiz jonvorlari kuni.
Ushbu kun 1986-yildan joriy qilingan. Shu yilda Xalqaro Kitlar komissiyasi tomonidan kitlarni ovlash moratoriysi (moratorius - sekinlatuvchi, ortga suruvchi) kuchga kirgan. Bu hozirgi kunga qadar ham faoliyat yuritmoqda va butun jahon bo'yicha kitlarni ovlash va go'shtini sotishni taqiqlab keladi.
Xabaringiz bo'lsa, qiziq bir xabar - bugungi kundagi xalqaro taksonomiya qoidalariga ko'ra kitsimonlar bu alohida turkum emas. Sutemizuvchilarning juft tuyoqlilar turkumi tarkibiga kiruvchi infraturkum sifatida qo'llaniladi. Boisi, filogenetik tahlil va paleontologik qazilmalariga ko'ra bu ikki guruh hayvonlarining ajdodlari bir bo'lgan. Ya'ni kitsimonlar qadimgi juft tuyoqlilarga mansub evolytsion o'zgarishlar natijasida bugungi morfologik va fiziologik o'zgarishlarga uchragan. Zamonaviy taksonomiyaga ko'ra ularni Kitsimonlar Cetacea va Juft tuyoqlilar Artiodactyla bilan birga Cetartiodactyla - kit-juft tuyoqlilar deya nomlash qulay va munosibroq bo'lsa kerak.
Quyidagi maqola bugungi kun uchun yaxshigina ilmiy yondashuv va asosli fikrlar bilan sizni yanada qiziqtirishiga ishonaman.
Bugunga mos maqola.😉
@bioprofess
https://hujayra.uz/kitlar-evolutsiyasi/
Ushbu sur'at oxirgi 10 yil asnosidagi eng ta’sirli surat hisoblanadi. Chunki u fotografni ulkan qayg‘usiga sabab bo‘lgan suratdir. U aytadi: "Yirtqichlar kiyikka hujum qilgan mahal u bolalari bilan o‘ynab turgan edi. Kiyik uchun orqasiga qochib ketib hayotini saqlab qolish uchun qulay fursat bor edi. Ammo u, bolalari qochib ketishi uchun o‘zini gepardlar oviga taslim qildi".
Suratda bolalarini o‘ljaga aylanmasdan salomat qochib ketganligiga ishonch hosil qilgan kiyikning oxirgi onlari tasvirlangan.
Ona — sen uchun hayotini hech qanday taraddudsiz qurbon qilishga tayyor bo‘lgan dunyodagi yagona shaxsdir. Hatto hayvonot dunyosida ham...
©Kanaldan
☘ @BioProfess
Piton, Asalxo'r, Shoqol.
O'zaro biotik munosabat.
Yirtqichlik.
https://youtu.be/JgKN3BuvC3E
Bugun 12-fevral "Evolutsiya otasi" Charlz Darvinning tug'ilgan kuni. Hayot bo'lganlarida olim 212 yoshni nishonlar edi. Kim bilsin bu paytgacha kelsa balki tug'ilgan kuni ham esidan chiqib ketgan bo'larmidiii?🤓
@bioprofess
Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti.
Shotlandiyalik bakteriolog Aleksandr Fleming, laboratoriyada mehnat qilar ekan, hamkasblari orasida unchalik saranjom emasligi va ish joyini ko‘pincha yig‘ishtirmasdan, pala-partish saqlashi borasida tanqidga uchrar edi. U haqiqatan ham o‘ta betartib ish yuritadigan fe'l-atvor egasi bo‘lgan. Lekin, baxtli tasodif tufayli uning bu xurmacha qiliqlari, 1928-yilda, XX-asr tibbiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo‘lmish - antibiotiklarning kashf etilishiga sabab bo‘ldi.
O‘z odatiga sodiq ravishda Fleming, bakteriyalar bilan tajriba o‘tkazilgan maxsus idishchalarni, 2-3 haftalab yuvmay, tashlab qo‘ygan. Saranjom hamkasblar esa, o‘z idishlarini doimo toza tutishar edi. U yangi tajriba uchun ishlatish maqsadida idishlarni yuvishga chog‘lanar ekan, ulardan birida saqlangan bakteriyani o‘rab olib, halok qilayotgan po‘panakni ko‘rib qoladi. Shu tarzda tarixdagi ilk antibiotik - pensillin kashf etilgan edi.
Fleming o‘z kashfiyotidan nafaqat tibbiyotda, balki, tasviriy san'atda ham foydalangan ekan. U mikroblarning shtammlaridan foydalanib, ajoyib asarlar hosil qilgan.
@bioprofess
Hayotning rivojlanish evolutsiyasi.
600 mln yilni 15 soniyada xis qiling! Uyqusiragan ko'zlarni biroz kattaroq ochib, diqqatliroq bo'lmasangiz anglolmay qolishingiz aniq.🤓
Tongingiz hayrli bo'lsin, homo sapienslar!))😊
(Skreenshot qilib ko'rish esdan chiqmasin.🙄😇)
@bioprofess
"...Insonni foydalanishdan ko'ra ko'proq egalik qilish istagi tashvishga solmayapdimi?!"
Miya faoliyatining evolutsiyasi haqida sodda va tushunarli tildagi kichik maruzacha. Ma'ruza qilayotgan o'qituvchiga, fikrlarga va tinglayotganlarning zavq bilan eshitayotganiga alohida e'tibor bering. Qachon bizda ilm-fan mana shu darajaga yeta olarkin?!
@bioprofess
Mikrografiyada mitoz.
Bo'linish fazalarining mikroskopik ko'rinishi.
Chiroyli jarayon, to'g'rimi?!🤓
@BioProfess
Ushbu o'simlikning ilmiy nomi Olabo'ta (Silybum). O'simlikni atiga 3 ta obunachimizgina to'g'ri topa oldi. Olabo'ta qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, bu turkum o’z ichiga ikki turni oladi. Ulardan biri dog’li olabo'ta (Silybum marianum) bo’lib, O’zbekiston hududining janubiy viloyatlarida o’sadi. Bu o'simlikning yana bir nomi "rastoropsha" ham deyishadi.
@BioProfess
Bugungi zamonaviy sistemada "hayvon" nomi taksonomik ma‘noda faqat ko'p hujayralilar bilan bog'liq. Hayvonot dunyosiga muayyan belgi va xususiyatlar, xususan, oogamiyyaga, to'qimali tuzilishga, kamida ikkita murtak varag'iga, embrional rivojlanish davrida blastula va gastrula davrlariga ega bo'lgan organizmlar kiradi. Ko'pchilik hayvonlarning nerv va muskullari rivojlangan.
Bunday xususiyatga ega bo'lmaganlar esa hayvonot dunyosi vakili sanalmaydi. Shubhasiz, o'sha biz tanigan amyoba, evglena, xlamidomonadalar endi hayvon emas, balki protistlar degan o'zining katta dunyosiga ega.
Protistlar (Protista), ya‘ni eng sodda organizmlar dunyosiga tuzilishi va hayot kechirishi har xil bo'lgan yadroli (eukariot) organizmlar kiritiladi. Hujayralarning ixtisoslashmaganligi, ya‘ni to'qima
va organlarning bo'lmasligi barcha Protistlar uchun umumiy xususiyat hisoblanadi. Protistlar infuzoriya, amyoba, xlamidomonada kabi bir hujayrali organizmlar bilar bir qatorda qo'ng'ir, qizil, yashil suv o'tlari kabi ko'p hujayrali suv o'tlarini ham o'z ichiga oladi.
@bioprofess
O'zbekiston o'simliklaridan ushbu o'simlikni dala-dashtimizda ko'p uchratamiz. Xo'sh, biologjon, sur'atdagi o'simlikning ilmiy nomi qanday?
@bioProfess
21-mart Navro'zi olam bayrami muborak bo'lsin, qadrdonlar.
Bugun biologlar nigohi bilan qaralganda esa Xalqaro Daun sindromi kuni. Bu kun 2006 yildan buyon genetik olimlar tashabbusi bilan nishonlanadi. Daun sindromida 23-juft xromasomaning trisomik holatga kelib qolishi tufayli ushbu kun ya'ni 21.03 ni shunday atashgan. Daun sindromi bugungi kunda har 1000 ta boladan birida kuzatiladi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra Daun bilan kasallangan o'g'il bola nasliy ko'rsatkichlarini saqlab qola oladi. Olimlar bugungi kunda Daunlarning nasliy qobilyatlarini chuqurroq o'rganishmoqda ulardan yana ko'plab ijobiy yangiliklar kutib qolamiz.
@bioprofess
Osteologiya — suyaklarning tuzilishini o‘rganadi. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmuyi skeletdir. Skelet (grekcha skeletos) quritilgan degan so‘zdan olingan. Maktab darsliklarida kelgan 206 ta suyak soni aslida biroz nisbiyroq tushuncha. Har qaysi insonda suyaklar soni turlicha. Shu sababli odam organizmi 206 tadan ortiq suyaklardan tuzilgan deyilsa nisbatan haqiqatga yaqinroq bo'ladi.
Skeletning og‘irligi 5—6 kg bo'lib, erkaklarda gavda umumiy og‘irligining 10% ini, ayollarda 8,5 % ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalarni bajaradi.
@bioprofess
Insonning tabiatga munosabati va oqibati haqida 3 daqiqalik tragedik multfilm....
Tomosha qiling va yig'lang!(
https://youtu.be/WfGMYdalClU
Hayvonlarga antropogen ta'sir turlari:
1. Hayvonlarni bevosita to'g'ridan-to'g'ri qirib yuborish.
2. Insonning turli ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida hayvonlar yashaydigan tabiiy hududlarni qisqarib ketishi.
3. Antropogen ta'sirlar ostida atrof-muhitni ifloslanishi va landshaftlarni kuchli o'zgartirilishi oqibatida hayvonlarning yashash sharoitini og'irlashuvi bilan bog'liq ta'sirlar.
@bioprofess
Asalxo‘r (Mellivora capensis) – suvsarlar oilasi(Mustelidae)ga mansub sutemizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 68 – 75sm, dumi 17 –20sm. Oyoqlari kalta, panjalari keng bo‘lib, kuchli tirnoqlari yerni kovlash uchun moslashgan. Junlari siyrak va qattiq. Tanasining pastki tomoni qora-oq, ustki tomoni oqish. Afrika, Old, O‘rta va Janubiy Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. O‘rta Osiyoda Turkmaniston janubida uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3 – 4 ta bola tug‘adi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal bilan oziqlanadi. Juda noyob, kam o‘rganilgan, muhofaza qilinadi.
@bioprofess
Darvin tug'ilgan kun sharafiga Evolutsiya haqidagi videofilm tomosha qilishga nima deysiz?
Oddiy va ko'cha tilda " Odamning yaralishi"ni tushuntirilgan ekan.
YouTube👇
https://youtu.be/vt659WJ6Jb0
Itsigak lot. Anabasis aphylla - uzunligi 25-75(120) smgacha o'sa oladigan deyarli bargsiz yarim buta. Tuzlangan dashtlar, past tog' etaklari, dengiz sathidan 400-800 m balandlikda o'sadigan kserofit o'simlik. Loy, loyli sho'r suvlarda, cho'l, yarim cho'l tuproqlarida o'sib, tuproqni yumshatishda ahamiyatli. Tibbiyotda, alkaloidli o'simlik sifatida, qishloq xo'jaligida hasharotlarga qarshi modda olishda foydalaniladi. Ko'pincha uni xalq tilida Bargsiz deb ham atashadi. Bunga sabab yer usti organlari tuzulishi kserofitlarga mosligi, barglarining yo'qligi, transpiratsiya yuzasining pasayishi, ikki qavatli epidermis, qalin kutikula va shu kabi fiziologik moslanishlarga egaligidandir. Bir qarashda esa cho'l o'rtasida o'sib yotgan bargsiz o'simlikdagi g'aroyib kurtaklarning ko'rinishi har qanday qiziquvchan botanikni diqqatini torta olsa kerak, menimcha.))
Sistematikasi:
Bo'lim - Magnoliyatoifa Magnolyaphyta
Sinf - Magnoliyasimon Magnoliopsida
Oila - Sho'radoshlar Chenopodiaceae
Turkum - Buyurg'un Anabasis
Tur - Itsigak. Anabasis aphylla
@bioprofess
🌱Isiriq (Peganum) — isiriqdoshlar oilasi( Peganaceae)ga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 60—70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida joylashgan. Mevasi dumaloq koʻsakcha meva. Hozirgi kunda fanda 6 ta turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 ta turi (Peganum harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq va boshqa moddalar bor. Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi.
@bioprofess
Ko'pchiligimizga tanish bo'lgan ushbu o'simlik Tikan daraxt yoki Gledichiya (Gleditsia) edi. Burchoqdoshlar (lot. Fabaceae) oilasiga mansub bo'lgan bu manzarali daraxtni aksariyat biologlarimiz topa olishdi.
Javob biroz kechikkani uchun ma'zur tutasiz!:)
Biz bilan qoling, eng keraklilari hali oldinda!)
😊
@bioprofess
Drozofilla pashshasidagi normal va mutant belgilar.
1. Uzun mo'ylov - kalta mo'ylov.
2. Tekis qanot - notekis qanot
3. Uzun oyoq - kalta oyoq
4. Kulrang tana - qora tana
5. Qizil ko'z - ko'k ko'z
6. Uzun qanot - vestigial(qadimgi pashshalarnikiday) qanot.
7. Tekis qanot - egilgan qanot.
8. Qizil ko'z - jigarrang ko'z.
@BioProfess
Siz bu o'simlikni taniysiz. Ko'chalarda xiyobonlarda manzarali daraxt sifatida ekiladigan ushbu o'simlikning ilmiy nomi qanday? Biroz o'ylaning va asosan o'simlikdagi mevalarga e'tibor bering.🤓
@BioProfess
@biosistematika - taksonomiyani o'rganishga qiziquvchilar bo'lsa marhamat.
Birga "Linneylashamiz"!😉😁
Sizningcha jirafa kuchlimi yoki she'r. Videodan aynan shunga javob topasiz.
Boshqa chiroyli bo'ynimga osila ko'rma, degan komment ham qoldirib qo'ygan ma'qul.😉
@bioprofess
Odamning kelib chiqishi haqida ikkita so'z.
Bir maqolada yozilisha, Darvin odam maymundan kelib chiqqanligini davo qilgan, deb bilish nafaqat Darvinni, balki oddiy dialektikani ham anglamaslik oqibati ekan. Unda aytilishicha, Darvinning o'zi ham bunday insonlar ustidan kulib, bazi tanqidlarga e'tibor bermagan. Masalan, bir kuni go'zal bir xonim uni mot qilmoqchi bo'lib:
- Janob Darvin, nahotki meni ham badbashara bir maymundan bino bo'lgan deb bilsangiz, deganda, olim unga:
- Yo'q, xonim, siz eng chiroyli maymundan yaralgansiz, deb lutf qilgan.
Darvinning ayollarga nisbatan axloqi va xushmuomalaligi ham havas qilsa arzigulik darajada ekanligi uning ilmiy izlanishlari ustidan kulmoqchi bo'lgan kishiga topqirlik bilan javob bera olganidan ham bilsa bo'lar.
Pastdagi sur'atda, 1926 yilda Gibraltarda suyaklari topilgan neandertal bolasining tiklangan ko'rinishi. Tashqi ko'rinishini tiklashda Syurix universiteti Paleoantropologiya instituti mutaxassislari kompyuter texnologiyalarining so'nggi yutuqlaridan foydalanganlar.
Negadir shu rasm bilan Darvin holatida bog'liqlik bordek tuyildi menga. Yana bilmasam.🤓
@bioprofess