"Mutolaa" ilovasidan oʻta samarali foydalanyapman, menimcha. Har kuni kamida 2 soat umrim yoʻlda oʻtadi. Ana shu payt ilovadagi asarlarning audiosini eshitib yuribman. Masalan, oʻtgan 2 hafta ichida oʻqigan kitoblarim:
"Buzrukning kuzi" – Gabriel Garsia Markes
"Otoyining tugʻilgan yili" – Erkin Aʼzam
"Qatlnoma" – Nabijon Boqiy
"Olmos jilosi" – Hojiakbar Shayxov
Kelasiga reja qilingan kitoblar:
"Lolazor" – Murod Muhammad Doʻst
"Otamdan qolgan dalalar" – Togʻay Murod
"Ovoraning koʻrgan kechirganlari" – Salomat Vafo
"Oʻtkan kunlar" – Abdulla Qodiriy (takror)
"Mehrobdan chayon" – Abdulla Qodiriy (takror)
"Kuza..." – Xurshid Doʻstmuhammad
"Abadiyat qonuni" – Nodar Dumbadze
"Galaktida bir kun: Koinot javohiri" – Saʼdulla Quronov
Ilovani "Play Market" yoki "App Store"dan yuklab olish mumkin.
@birgap
Sizlarda ham shunaqa kafolat xatlari yozdirishyaptimi?
Qonunni qoʻpol buzish bu.
Komil akaning hamma gapiga qoʻshilaman.
P.S. nega bu xatlar kirillchada?
Men doim bir narsani oʻylayman. Tasavvur qiling, Maktab ustozlari bir kun ishga chiqmasa nima boʻladi?
Butun Oʻzbekistonda ish toʻxtaydi. Xaos boshlanadi. 6 million bola uyda, koʻchada. 1–4- sinf bolalarining ota-onasi ham uyda qolishga majbur boʻladi.
Lekin ustozlar unday xalq emas. Ular ish tashlamaydi. Ustidan istalgan chinovnik ch***b tashlasa ham ishga kelaveradi. Chinovniklar-da buni biladi. Bilgani uchun ham oʻqituvchilar va taʼlim ustida doim tajriba qiladi.
@birgap
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda loyihaga texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Lingvodidaktika yo‘nalishida esa, asosan, ma’lum bir tilni xorijiy til sifatida o‘qitishda loyihaga asoslangan ta’limning ahamiyati bo‘yicha ilmiy ishlar e’lon qilingan.
Ona tili ta’limida esa loyihaga asoslangan topshiriqlarga murojaat qilinayotganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, xususan, ona tilini o‘qitishda loyiha texnologiyasidan foydalanishning samaradorligini aniqlash, ona tili darslarida foydalanish mumkin bo‘lgan loyihaviy topshiriqlar, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘quvchilarning o‘quv-loyihaviy faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish kabi masalalarning nazariy-metodik taraflari hali to‘liq o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida shu kabi masalalarga ilmiy jihatdan yechim topish, metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan avval o‘qituvchilarning fikrlarini o’rganishni muhim deb topdik.
Quyidagi so‘rovnoma ayni damda maktabda faoliyat yurituvchi ona tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, ona tili ta’limida loyiha texnologiyasidan foydalanish bo’yicha mavjud holatni va o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini tahlil qilishga qaratilgan.
Soʻrovnoma manzili:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScOKqnWkEzRBXKYm1VhH3dem9H-9850J9CpTbYBf2BYoaCuzw/viewform?usp=sf_link
P.S. hurmatli ustozlar, shu soʻrovnomani xolis toʻldirib, bir ilmiy tadqiqotchining ishiga yordam bersangiz, ilmiy tadqiqotning real chiqishiga koʻmaklashsangiz.
@birgap
Bolalarga juda kichkinaligidan chet tillarini o‘rgatish shart emas deb hisoblayman. Chunki chet tili shunday narsaki, uni ona tilingday bilishni sedan hech kim talab qilmaydi. Muloqot va ilmiy ish yozish darajasidagi tilni esa uzog‘i bilan 4 yilda o‘rgansa bo‘ladi.
Yosh bolalarni til kurslariga yetaklashdan ko‘ra ularga atrofni tushunishni, narsalarning mohiyatini anglashni o‘rgatish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan band qilish yaxshiroq samara beradi. Etika qoidalarini o‘rgating. Bozor qilishni, kiyim tanlashni o‘rgating. Boshqalar bilan muloqot odobini o‘rgating. Rus tilini ham, ingliz tilini ham 9-sinf bo‘lgandan boshlasa, 11-sinfgacha bemalol kerakli darajada o‘rgana oladi.
Tilni, dunyoni endi anglayotgan odamchaning miyasini umuman boshqa bir til, boshqa bir struktura bilan portlatish kerak emas.
Gap ko‘p-u ko‘mir oz deganday, bu mavzuda aytarlarim bisyor, ammo yozishga imkon kam. Vaqti-vaqti bilan sekin-sekin yozib borarman bu haqida ham.
@birgap
Men doim gapiradigan, baʼzilarga biroz yoqimsiz, ammo taʼlim sifati uchun anchayin muhim mavzuda ekan maqola.
Oʻqinglar, koʻringlar, xulosa qilinglar.
https://kun.uz/news/2024/04/30/ozbekistondagi-maktablarning-87-foizida-kanalizatsiya-yoq-delivery-unit
@birgap
Shu qarorni ishlab chiqqanlar OTMlardagi xarob ahvolga kelib qolgan pedagogik taʼlimni zoʻr deb oʻylashsa kerak.
Elmurod Haqnazarovning Ahad Qayumga qarata aytgan gapi esimga keldi.
@birgap
O'zbekistonda yangi loyiha - Teach for Uzbekistan ish boshladi. Loyihaning maqsadi - maktablarni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda yordam berish. Bunda nopedagogik OTMlar bitiruvchilari tanlovdan va intensiv pedagogik tayyorgarlikdan o'tib, maktablarga o'qituvchi sifatida ishlashga yuboriladi. Ularga pedagogik faoliyati davomida yordam beradigan kuratorlar biriktiriladi. Bu, bir tarafdan, maktabda malakali o'qituvchilar yetishmovchiligini hal qilishga hissa qo'shadi, ikkinchi tarafdan, OTMlar bitiruvchilariga o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish, keyingi ish faoliyati uchun kerakli ko'nikmalarni egallashga yordam beradi.
Yuqorida tasvirlangan model asosida ishlaydigan loyihalar ko'p davlatlarda bor. Masalan, o'zim Nyu Yorkda o'qib yurgan paytimda "Teach for Amerika" loyihasining konferensiyasida qatnashganman.
Qiziquvchilarni loyihada qatnashib ko'rishga chaqiraman - balki o'zingizning yangi qirralaringizni kashf etarsiz? Qolaversa, yurt kelajagini qurishga hissa qo'shish imkoniyati. Zero, yoshlarimiz bizdan bilimliroq bo'lsa, tanqidiy fikrlay olsa, biz ko'rmagan orzudagi O'zbekistonni qurishi mumkin ....
Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" asari haqidagi filmni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/PYNopQErSuQ?si=W6wOAEGs8v8RYXWZ
P.S. menga yoqdi, sizga ham nimalardir ayta olishiga ishonaman
@birgap
Mana shu attestatsiyada ishlatilgan testlarning validlik koʻrsatkichlari eʼlon qilinmadi.
Normal test tashkilotlari bunday koʻrsatkichlarni testlar boshlanishidan oldin eʼlon qilib qoʻyadi. Mana, biz senga qoʻyadigan baho haqiqatga oʻta yaqin chiqadi, degan mazmunda.
Gap kelganda aytib ketay, Prezident maktablariga qabul spetsifikatsiyasi va testlar validligi xulosasi hamon eʼlon qilinmadi. Oʻtgan yili vaʼda berishgandi.
@birgap
Ikkinchi muammo – yosh mutaxassis so‘zi
Bilmadim-u, attestatsiya testlarida eng ko‘p asabimga teggan narsa – testlarda yosh pedagog, yosh mutaxassis degan so‘zlar bo‘di.
Berilgan testlarni o‘qib ko‘rib, ayting-chi, savol matnidagi yosh mutaxassis so‘zi olib tashlansa, vaziyatda nima o‘zgaradi? Javobni topishga ta’sir qilmaydigan tushunchani savol matniga tiqishtirishdan maqsad nima?
Masalan, didaktik tahlil yoki metodologik tahlil yosh mutaxassis qilsa boshqacha, 15 yillik mutaxassis qilsa boshqacha yo‘sinda qilinadimi? Didaktik, metodologik, metodik tahlillarning hammasini o‘z qoidasi bor – uni kim qilishida qat’i nazar o‘sha qat’iy yo‘sin bo‘yicha qiladi.
Sinf rahbari yosh bo‘lishiga qaramay, bu ona bilan xushmuomala bo‘ldi va tinchlantira oldi emish. Tovba, yosh bo‘lsa xushmuomala bo‘la olmasligi, tinchlantira olmasligi kerak edi, ammo buni qarangki, bu oʻqituvchi shuni qila oldi, deyishmoqchimi shunda?
@birgap
Attestatsiya boshlanganiga ham bir haftadan oʻtdi, bu orada koʻplab tanish ustozlar testlarga kirib chiqishdi. Meni pedagogik mahorat yoʻnalishida qanday testlar tuzishgani qiziqtirar edi. Hammadan bilishga intilganim ham shu boʻldi – pedagogik mahoratdan qanday test tushdi?
Quyidagi bir necha postda shu yoʻnalishdagi testlarni tahlil qilishga harakat qilaman.
@birgap
Bir yoqda suyguling ko‘zingdan g‘oyib,
Bir yoqda vataning g‘arlarga talosh.
Bir yoqda anduhing bormoqda boyib,
Bir yoqda qaroqqa to‘lqin urar yosh.
Bir yoqda shimolga surgun yigitlar,
Bir yoqda juvonlar jamiyatga qul.
Bir yoqda yalog‘i tillodan itlar,
Bir yoqda tanglayi teshilgan bulbul.
Bir yoqda Orolday sho‘rlagan manglay,
Bir yoqda adashgan yo‘lchiday avom.
Bir yoqda yolg‘onni aytishar chinday,
Bir yoqda aldanish etadi davom.
Bir yoqda qullikni tusar keksalar,
Bir yoqda yoshanglar farqi yo‘q har yoq.
Bir yoqda kelajak hissiz ingranar,
Bir yoqda qabrlar hayqirar uzoq...
Najmiddin Ermatov
Maqtanish vaqti
Xabaringiz bor, men “Attestatsiya uchun pedagogika” nomli kurs ochib, unda oʻqituvchilarni attestatsiyaning ikkinchi qismi uchun tayyorlashga harakat qildim.
Hozirga kelib deyarli hamma qatnashchilar imtihonga kirib chiqdi, hammada natijalar yaxshi (10 tadan 10 ta, 9 ta, 8 ta yechib chiqishmoqda). Umumiy ballar ham havas qilarli – 96, 94, 92, 88, 86, 82, 80 kabi.
Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, bu yerda mening xizmatim yoʻnaltirish va ilhomlantirishdan iborat boʻldi. Natijalarning asosiy sababchilari oʻzlari. Berilgan maʼlumotlarni diqqat bilan oʻrganishgan va boshqa vaziyatda qoʻllay olishgan.
Endi yangi kurslar haqida ham oʻylasam boʻladi, taʼlimda foydalanish mumkin boʻlgan dasturlar va topshiriqlar hamda imtihon materiallarini yaratish haqida kurslar qilgan edim. Tez kunlarda dars davomida qoʻllasa boʻladigan taʼlimiy dasturlar haqidagi kursni eʼlon qilaman.
Attestatsiyada erishilgan natijalar hamma uchun xayrli boʻlsin!
@birgap
Bu yerda qilinmasligi kafolatlanayotgan ishlarning hech biri qonun bilan taqiqlanmagan. Oʻquvchilar bunday kafolat xati yozishga majbur emas. Ayniqsa, ota-onalar bunga qarshi turmogʻi lozim.
Bundan tashqari, oʻquvchi (voyaga yetmagan shaxs) yozgan kafolat xatining hech qanday kuchi yoʻq. U biroz yumshatib, ishlatib yuborishga yaraydi xolos.
@birgap
Universitetda maʼruza yoki seminar oʻtishni juda-juda istayapman.
Bir-bir shunaqa kasalim qoʻzib turadi. Avval bu xumorni magistratura amaliyoti, yangi darsliklar boʻyicha seminarlar bilan qondirib turardim. Hozir unaqasi yoʻq.
@birgap
Erkin Bozor oʻsha mashhur sheʼrni oʻqibdi.
Talagani oʻqituvchi yaxshi. U yuvosh, u fidoyi.
Oʻquvchining onasi kelib, sochini yulsa ham, majlislarda hokim ogʻzidan koʻpik sachratib soʻksa ham, oyligidan indamay ushlab qolishsa ham jim. Boshi egik.
Mayli, bir kun oʻqituvchi ahli birlashar-ku.
@birgap
https://youtu.be/_2qaUDvkfZc?si=SHJHVbS3Fzp1lU8c
U "Mostbet"dan yutgan pullarini bolalar xayriya fondiga oʻtkazdi.
Muallif: Abdurahmon Abdumoʻminov ("Sodiq School", 8-"B" sinf oʻquvchisi)
@birgap
O‘tgan yili o‘quvchilarim bir ideografik lug‘at ustida ish boshlab qo‘ygan edik. G‘oya shunday – biz turli mavzularni tanlaymiz (tana a’zolari, tabiat hodisalari, uy hayvonlari kabi). Tanlangan mavzuga oid so‘zlarni ajratamiz (tana a’zolari tanlangan bo‘lsa: qosh, ko‘z, soch, burun, oyoq kabi). Keyin har bir so‘z bilan birgalikda ishlatsa bo‘ladigan so‘zlarni ajratamiz (soch so‘zi bilan: hilpiramoq, uchmoq, kaltalamoq, sariq, qora, jingalak kabi). Keyin shu so‘zlar qatnashgan iboralar, shu so‘zga oid iboralar ham qo‘shiladi.
Tasavvur qilyapsizmi? Bunday lug‘at tilning boyligini ko‘rsatishda qanday qimmatli bo‘lar edi-ya.
Sun’iy idrokka ham, tarjima dasturlariga ham tilni o‘rgatishimiz yanada osonlasharmidiii.
Kimnidir shu g‘oya qiziqtirsa, olsin, ilmiy ish qilsa ham bo‘ladi, lug‘at tayyorlasa ham bo‘ladi. Xususiy nashriyotlar bolalar uchun rasmli qilib chiqarsayam bo‘ladi.
@birgap
Kecha 8-sinf oʻquvchisi yozgan qisqa hikoyalardan biri:
U oʻgʻlining xonasiga kirdi. Oʻgʻli yigʻlab oʻtiribdi, koʻzi toʻla yosh. U negadir roʻparadagi koʻzguda oʻzini koʻrmadi.
Muallif: Davronbekov Behzod
@birgap
Prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun spetsifikatsiyalar eʼlon qilinibdi.
Ma, ollaring, teshib chiqsin. Senlarga shu ham boʻlaveradi, qabilida ekan.
Normal spetsifikatsiya bunday boʻlmaydi.
https://portal.piima.uz/page/qabul-imtihon-materiallari-spesifikatsiyasi
@birgap
Ta'lim tizimi ustidan tushunarsiz tajribalar davom etadi ...
Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (№242, 2024-yil 24-aprel) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2024/25 o'quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida maktablarning 10-11-sinflarida "pedagogik sinflar" ochiladi. Bu sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga maktabgacha ta'lim muassasalarida (bog'chalarda) tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash huquqini beradigan sertifikat beriladi.
Pedagogik sinflar kasbiy ta'lim yo'nalishida o'quv rejasiga ajratilgan soatlar hisobidan o'qitiladi. (Bu degani - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hali maktab dasturini to'liq o'zlashtirmagan maktab o'quvchisini haftasiga 3 soatdan, jami 204 soat o'qitib, qo'liga "pedagog" degan hujjat bermoqchi degani). Qarorda belgilanishicha, o'quvchilarga 10-sinfda pedagog kasbining ahamiyati, o'ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, odob-axloqi, tarbiyachining kasbiy sifatlari haqida tushunchalar beriladi, 11-sinfda esa pedagogika, psixologiya, metodika (!!!) bo'yicha boshlang'ich bilimlar beriladi va chuqurlashtiriladi, tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi - bolani vaqtincha ushlab turadigan joy emas. Kichik yoshdagi bolaning ta'limi va tarbiyasi - murakkab va mas'uliyatli jarayon, chunki bolaning kelajak hayoti uchun fundament aynan shu yoshda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bola ta'limi bilan shug'ullanadigan mutaxassis bu yoshdagi bolalar ta'limining hamda ijtimoiy, emotsional rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari, yosh bolaning rivojlanishiga oid nazariy qarashlar, nutqi va savodxonligining o'ziga xususiyatlari, bu yoshdagi bola uchun muhitga qo'yiladigan talablar, bu yoshdagi bolalarning o'rganishini baholashning o'ziga xos xususiyatlari haqida yetarlicha bilimga ega bo'lishi kerak. Vazirlik bu narsalarni hali maktab dasturini o'zlashtirib bo'lmagan o'quvchiga qanday o'rgatmoqchi? Yoki tarbiyachi yordamchisi bu narsalarni bilishi shart emasmi?
Yana bir narsa. Pedagogik sinflarni bitiradigan o'quvchilarga Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi sertifikat berilishi belgilanmoqda. Oldinroq yozganimdek, milliy makalar ramkasida 2-daraja - bu standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar orqali bajarish, yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilish usulini tanlay olish ko'nikmasini talab qiladigan kasblar degani. Bolaning rivojlanishida o'ta muhim o'rin tutadigan davrida ta'lim va tarbiya berishga mas'ul kasblardan biri "standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalar va instrumentlar orqali bajarish" tavsifiga mos keladi deb o'ylaysizmi?
Ta'lim bo'yicha har xil takliflar tayyorlanayotganda, ular asosida qarorlar qabul qilinayotganda bu taklif va qarorlarning hech bo'lmaganda sog'lom mantiqqa mosligini kimdir tahlil qiladimi?
Ustozimning Sevinch ismli qizi bor. Ustoz u qiz chizgan rasmlarni Facebookda ulashib turadi. Haqiqiy isteʼdod egasi Sevinch oʻzi kanal ochibdi. Kanalida nafaqat oʻzi chizgan rasmlar turli mobil ilova, oʻyinlar uchun yaratgan UX / UI dizaynlari, grafik dizaynerlikka oid ishlari va ish jarayonidan lavhalarni ulashib borayotgan ekan. Sohaga qiziquvchilar bor boʻlsa, deb ulashib qoʻyyapman.
Kanal manzili:
/channel/sevinchmavlonova
@birgap
Uchinchi muammo – to‘g‘ri javoblar qanday?
Ayrim testlarda to‘g‘ri javoblarning mavjud emasligi yoki berilganlar orasidan hammasini to‘g‘ri deyish mumkinligi haqida Komil Jalilov yozdi. Komil akaning gaplarini takrorlab o‘tirmayman, bu yerdan o‘qib olsangiz bo‘ladi.
Yuqorida rasmi berilgan testda to‘g‘ri javob didaktik tahlil bo‘ladi. Ammo bazadagi kalit metodologik ekan. Buni qanday bildik? Testga kirib 10 tadan 10 ta ishlab chiqqan ustozlar didaktikni emas, metodologikni tanlagan ekan.
Xo‘sh, to‘g‘ri javobni tanlagan o‘qituvchining baholarini kim qaytarib beradi? Aynan shu testda xato qilganini bilmagan o‘qituvchi balldan quruq qolaveradimi? Bazadagi xato kimlarningdir bahosi tushishiga, kimlarningdir bahosi ortishiga sabab bo‘lyapti-ku.
@birgap
Birinchi muammo – vaziyatlar pedagogik mahoratni aniqlashga qaratilmagan
Attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga taʼrif berisharkan, “pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi”, – deyishgan edi. Ammo berilgan vaziyatlar yuqorida aytilganlarni qoʻllashga emas, darsliklardagi atamalarni yodlab olishga qaratilgan.
Yuqorida rasmi berilgan testlarni koʻring. Bir qarashda qoʻllash soʻralayotgandek, ammo unday emas. Sizdan bu harakat qanday nomlanishini bilishingiz soʻralmoqda. Iddaolariga butkul teskari. Bu pedagogik mahoratni emas, xotirani, atamalarni qanchalik yaxshi bilishini tekshirish ekanini taʼkidlashim shart emasdir.
@birgap
Abdulla Avloniydan taklifnoma oldim
Garchi bu sun’iy idrok orqali yaratilgan bo‘lsa-da, chin millatparvarning nomidan millatni kitobxonlikka, ilmga chorlovchi loyiha taqdimotiga taklifnoma kelishi odamni sevintirar ekan.
Uzoqda bo‘lib, taqdimotga kela olmasangiz, o‘ylanmang – sizda jonli yoyinda kuzatish imkoniyati bor. Jonli yoyin boshlanganda xabardor bo‘lish uchun "Mutolaa" loyihasining ushbu YouTube sahifasiga obuna bo‘lib, qoʻngʻiroqchani bosib qo‘ying.
Taqdimot 27-aprel, shanba kuni soat 18:00 da boshlanadi.
P.S. aytishlaricha, "Qo‘rqma" asari asosida ishlangan film taqdimoti ham bo‘larkan.
@birgap
16 aprel kuni Florensiya shahrida joylashgan Palazzo Pitti saroyidagi Uffitsi galereyasida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” yirik ko‘rgazmasining "Nur va rang" nomli birinchi qismi ochildi.
17-aprel kuni esa ushbu koʻrgazmaning "Shakl va ramz" qismi ish boshlagan.
Men savol bor: nega koʻrgazmaning nomi "Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard"?
Oʻzbekiston sahroda joylashmagan-ku, yurtimizda toʻlaqonli sahro deb atasa boʻladigan hudud ham yoʻq. Yoki men tushunmayotgan qandaydir yashirin sir bormi?
https://kun.uz/news/2024/04/24/sahrodagi-avangard-florensiya-va-venetsiyada-ozbekiston-korgazmalari-ochildi