birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆10-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆6-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

📗7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

📌Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

10-sinf "Ona tili" darsligidagi ushbu savolning javobi quyidagicha:

Javob: 10-15 ta oila oʻgʻlonlari tishlagan non oʻsha xonadonda osigʻliq turardi

Izoh: Qashshoqlik hukm surgan deyildi. Hatto urushga otlangan oʻgʻlonga tishlatish uchun non ham topilmay qolardi. Qaysi oilada non topilsa, hamma shu nonni tishlagan va oʻsha non saqlanadigan xonadonga ayollar yigʻilishgan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆7-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu dunyoda psixolingvistika degan soha bor ekanidan xabardormisiz?

Biz universitetda oʻqiganimizda Ona tilini oʻzlashtirishning psixolingvistik asoslari fani oʻqitilgan. Oʻsha fan doirasida olgan bilimlarimiz bugun Ona tili oʻqitishda burilish qilishda (nokamtarlik boʻlsa ham aytaman shuni) mislsiz yordam bermoqda.

Ushbu soha miya va til munosabatini oʻrganadi, til insonning miyasida qanday “harakatlanishi” haqida bilimlarni beradi. Ayni mana shu bilimlarning sizda boʻlishi hozirgi ona tili oʻqitishga joriy qilinayotgan yondashuvni tushunishga, oldingizdagi tumanning koʻtarilishiga yordami tegadi.

Oʻzbekistonda psixolingvistika va neyrolingvistika yoʻnalishida ilmiy ish qilgan birinchi tadqiqotchi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Iroda Azimova shu sohani oʻrgatish maqsadida onlayn kurslar tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari Iroda Azimova (ustozim) MSc European Masters in Clinical Linguistics (Yevropa Ittifoqining Niderlandiya va Germaniya universitetlarida tashkil etilgan Klinik tilshunoslik boʻyicha qoʻshma magistraturasi bitiruvchisi), psixolingvistika, neyrolingvistika va til taʼlimi boʻyicha qator ilmiy maqolalar muallifi, Xalq taʼlimi aʼlochisi hisoblanadi.

Bilimni shu sohaning egasidan olish juda muhim, unday mutaxassis sizga soha haqida gapirib bermaydi, sohaning aniq maʼlumotlarini beradi, kerakli koʻnikmalarni shakllantiradi (oʻzimdan misol). Ishontirib aytamanki, mana shu kursni tamomlasangiz darsliklarda berilayotgan topshiriqlar ortidagi mazmunni, shunga oʻxshash topshiriqlar yaratishni oʻrganib olasiz.

Kurs haqidagi toʻliq maʼlumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

/channel/psixolingvist/74

P.S.: Iroda Azimova yangi yondashuvdagi Ona tili oʻqish savodxonligi va Ona tili darsliklari mulliflaridan sanaladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kelinglar, fikrlashamiz.

Bu Qarshidagi Oʻzbek oilasi yodgorligi. Shu yodgorlikni sinchiklab kuzatib, oʻz munosabatingizni izohlarda yozib keting.

Ertaga men oʻz munosabatimni post qilib yozaman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ishonasizlarmi, yoʻqmi, Oʻzbekistonda bir mutaxassis bir kishining oyligiga ikki kishining ishini qiladi (kamida ikki kishi, ba'zan uch kishi).

Tan olamizmi, yoʻqmi, kambagʻal davlatmiz. Ilm esa qimmat narsa.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Chet ellik mutaxassislarning koʻpchiligini yoqtirmayman

Bir necha yildan beri Oʻzbekiston tomonidan chaqirilgan oʻnlab xalqaro ekspertlar bilan ishlashga toʻgʻri keldi. Koʻplab yaxshi ekspertlar bor ekanini rad etmagan holda aytamanki, chet elliklarning juda koʻpchiligi Oʻzbekistonda yaxshi mutaxassislar yoʻq deb oʻylaydi. Mavzuning juda-juda elementar, bakalavr darajasidan ham quyiroq qismlarini tushuntirishadi.

Toʻgʻri, mavzuni bir boshidan tushuntirmoqchidir deb oʻylashingiz mumkin, lekin tinglovchilari kim ekanini, ularda qanday bilimlar borligini bilmay turib maʼruza qiladigan odamni yaxshi mutaxassis deya olmayman. Bundan tashqari oʻsha boshidan nariga ham oʻtmaydi, chuqurlashmaydi. Mavzu haqida gapiradi, xolos.

Shuning uchun chet ellik ekspert dars oʻtarkan, desa ensam qotadigan boʻlgan. Oʻzim bilgan narsalarni eshitgani borishim kerak ekan-da deb qoʻyaman.

Bu gaplarni yozishimdan maqsad, chet elda Oʻzbekistonning imidji juda yomon, donor tashkilotlar bizni oʻta yomon ahvolda deb bilishadi. Uchinchi dunyo davlatlaridan biri sanaydi. Afrikaning eng chekka hududlari uchun tayyorlagan maʼruzalarini gapirishadi (oʻxshatish qilish uchun aytyapman).

Shunaqa payti, “hey, nima bizni saviyasiz, omi deb oʻylayapsanmi, yigʻishtir karamshoʻrvangni, tuzukroq narsalardan gapir” degim keladi-yu, andisha qilaman. Anchagina mablagʻ evaziga kelgan axir.

Oldin ham aytgan edim, oʻzimizda potensial yuqori, lekin bizda sharoit yoʻq. Agar bizga oʻsha ekspertlarga toʻlanadigan darajada haq toʻlashsa, ularning davlatidagi sharoitlarni yaratib berishsa, oʻzimiz qila olamiz oʻsha ishlarni. Tizimda gap koʻp.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Toʻgʻrisi, hech qachon bunaqa post yozmasdim, lekin shu safar bu qoidamni buzdim.

Oʻzim guvoh boʻlganim uchun.

Operatsiyaga 32 million kerak ekan.

https://telegra.ph/Ehson-vaqti-11-02

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Quyidagi manzilda oʻquvchilarimga ayrim imlo qoidalarini qanday oʻrgatganim haqida yozdim.

Oʻquvchilarim qoidalarni formulaga aylantira olishgan.

Matnni oʻqish uchun yoʻnaltma:

https://shokiryuldash.medium.com/o%CA%BBquvchilarimga-ayrim-imlo-qoidalarini-qanday-o%CA%BBrgatdim-d7634f34b330

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Fargʻona Davlat Universtitetining qatagʻonlar davri muzeyidagi bu arxiv fotosuratlarda 1933-38yi qatagʻon qilingan ayollar aks etgan.

Insonparvar Sovet hokimiyati qamagan, surgun qilgan, otgan ojizalar...

Basya Mitkul Germaniyada oʻqib kelgan, dars bergan va 1939-yili qatl etilgan.

Oʻn toʻqqiz yil oʻtirib chiqqan Tojixon Shodiyevaning achchiq qismatini bilmagan Farg'onalik yoʻq.

Abdurauf Fitratning ayoli Hikmat Fitratovaning suratini qizi Sevara Fitratning arxivida koʻrgandim...

Yana bir suratga qadalgan koʻzlarimda yosh qalqdi. U qayerda olingani maʼlum emas. Balkin umuman Oʻzbekiston xududi ham emasdir.
Muhimi ojizalarga miltiq oʻqtaganlar biz yarim asr qargʻagan fashistlar emas, bolalikdanoq savlatiga havas qilib, “chest”bergan va koʻr-koʻrona faxrlangan shonli armiya askarlaridir.

Safga tizib otilayotgan xotin-qizlar orasida esa... Qornini ushlab , jallodining koʻziga moʻltirab turgan homilador ayolning nigohlariga koʻzingiz tushdimi? Manfur, qotil, tizimga boʻlgan nafrat aks etmaganmi?

Mana nima uchun bu zolimliklarga koʻz yumayotgan manqurt qullardan nafratlanaman.

***

Soʻldirsa gulingni, ilohim, yonsin,
Yeru osmon koʻrsin koʻz yummay bedor.
Vaqt — ulugʻ hakamdir.
Ruhing uygʻonsin,
Asriy umidim — Sen. Sen borsan. Sen — bor.

Roviylar ne uchun?
Haq va Haqiqat!
Asirlik zanjirin parchalab tashla.
Vujudingni yoqsin alamli fikrat,
Ayon haqiqatga, haq yoʻlga boshla...

Rauf PARFI

©️Feysbukdan, Muazzam Ibrohim sahifasidan olindi.

📱@fakultetFilologiya

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bugun ertalab ishga kelishda shu qoʻshiqni eshitib qoldim. Oʻquvchilarim bilan tahlil qilamiz deb koʻnglimga tugib qoʻygandim.

Kelib, sheʼrni koʻrsatdim-da, mantiqsizliklar, xato qoʻllangan soʻzlarni topinglar. Umuman, mana shu toʻrtlikka baho beringlar, faqat asosli boʻlsin dedim.

Oʻquvchilarim juda yaxshi ishlashdi, "shoir" xatolarini men kutgandan koʻra yaxshiroq ochishdi.

Oʻquvchilarimga mana shunaqa topshiriqlarni koʻp beraman. Tilga ehtiyotkorlikni, soʻzga xushyorlikni oshiradi bu.

Bu topshiriq orqali qaysi koʻnikmalar rivojlantirilmoqda degan haqli savol tugʻilishi mumkin sizda. Javob beraman.

1. Soʻzlash. Soʻzlaganda ham omma oldida va asosli soʻzlash. Chunki oʻquvchi sinfdoshlariga oʻz fikrlarini tushuntirib, asoslab berishi kerak.

2. Tanqidiy fikrlash. Oʻquvchilar oʻz bilimlarini ishga solib "shoir"ning ixtirolarini tahlil va tanqid qiladilar.

3. Leksikologiya boʻyicha bilimlar. Oʻquvchilar har bir soʻzning maʼnosini alohida tahlil qiladilar.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Vatan taqdiri mening qoʻlimda" tanlovi uchun kelgan ishlarni tekshirib boʻldik

Mening faoliyatimda birinchi marta maktabdan yuborilgan ishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Respublika komissiyasi koʻrib chiqdi. Yaʼni, hududlar saralamadi bu safar.

Toʻgʻrisi, hayotimdagi eng ogʻir tanlov boʻldi. Sabab esa, koʻchirmakashlar, tanlov mohiyatini anglamagan (oʻqituvchisi tanishtirmaganmi deyaman-da), mavzu qolib vatanning bebaholigi haqida yozganlar boʻldi.

Ochigʻi, birortasini finalga chiqarmaslik kerak deb ham oʻyladim, lekin final boʻlishi kerak baribir.

Deyarli hamma vatanni sevish, vatan muqaddasligi haqida yozgan. Prezidentga rahmatlar yogʻdirgan (shundan hech qutulmadik-da).

Tanlov mavzusi esa "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" edi. Unda oʻquvchi kelajakda vatan uchun nimalar qilishi, bugungi muammolarni qanday bartaraf etishi haqida yozishi kerak edi.

Deyarli hammada bir xil gap, "yaxshi oʻqib, aʼlo baholar olib, vatanimga xizmat qilaman", sharoitlar uchun prezidentga rahmat".

Jon bolajonlar, tushuninglar, sharoitlar uchun prezidentga rahmat aytish kerak emas, bu uning xizmat vazifasi. U xalqqa manfaatli qarorlar qabul qilishi uchun saylangan, shuning uchun oylik oladi, shuning uchun oilasi va oʻzi daxlsiz yashaydi. Xizmat vazifasini bajargan hammani ulugʻlab, unga rahmatlar, olqishlar yogʻdiravermaymiz-ku!

P.S.: natijalarni soʻramanglar, vazirlik dushanba kuni eʼlon qilib qolsa kerak.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boʻlajak turmush oʻrtogʻimga shu xulosam haqida aytganimda qiziq bir gʻoyani ilgari surgandi:

"Oʻzi jamiyatimizda tuygʻular bilan ishlash yoʻq, tuygʻular yashiriladi, yaqinlar tugul oʻsha odamni oʻziga ham aytilmaydi. Kimnidir sevish juda uyatli deb qaraladi. Bu jinoyat darajasiga chiqariladi."

Ha, juda qiziq. Biz rostdan ham tuygʻular haqida gaplashmaymiz, tuygʻularni boshqarishni oʻrgatmaymiz. Ichimizdagi tuygʻular kun kelib "sasib" qoladi keyin.

Balkim, jamiyatimizdagi alamzadalikda mana shuning ham hissasi bordir.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆7-sinf Adabiyot
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

6-sinf Ona tili "Dehqon yurtni boqadi" mavzusi uchun o'qituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).

Ba'zi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga ko'ra, faylni o'quvchilar ko'rmasligi maqsadga muvofiq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

7-sinf Ona tili "Kelajak kasblari" mavzusi audiomatni.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆10-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#yangi_darslik

🔆6-sinf Ona tili
📌2-chorak

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ushbu monumentni koʻrganimda quyidagilarni oʻyladim:

1. Ha, bu rostdan ham tipik oʻzbek oilasi boʻlibdi:
a) otaning qoʻli oʻgʻilning yelkasida, qizidan uzoq;

b) oʻgʻil zamonaviy kiyingan va oʻqiydi (oʻqimishli);

d) qizning qoʻlidagi qumgʻon (koʻza boʻlishi ham mumkin) uning roʻzgʻor ishlariga koʻmib qoʻyilgan xoʻjalik odami ekanini anglatadi.

Tipik oʻzbek oilasi shunaqa edi, hamma urgʻu oʻgʻilga qaratilardi. Hamma yaxshi narsalar unga edi, lekin hozir koʻp narsa oʻzgaryapti, qadriyatlar doim oʻzgarib, rivojlanib turishi bor gap. Monument ana shu oʻzgarishlarni oʻzida umuman aks ettirmagan.

2. Gʻoyaviy jihatdan juda boʻsh asar boʻlgan ekan. Odamlarga mafkuraviy ta’sir qila olmaydi. Bu turdagi yodgorlik mafkuraviy kuchga ega boʻlmasa, uning mavjud boʻlmagani yaxshi.

3. Nega oilada faqat oʻgʻil zamonga mos, nima butun kelajak shu oʻgʻildanmi, jamiyatning kelajagida ayol-qizlarning oʻrni yoʻqmi?

4. Umuman bu yodgorlik bilan nima demoqchi boʻlishgan oʻzi?

5. Qizning yuzidagi tabassummi? Yoʻq, alamga oʻxshash bir narsa, alamli tabassum. Ichingda darding lim, armonlarga toʻlib qolgansan, lekin jilmayishing kerak. Bu xuddi shunga oʻxshaydi.

Mana shu monumentni koʻrganimda Aziz Nesinning "Gʻaroyib bolalar" romanidagi sakkizta qiz koʻrgan va bir qizini oʻgʻil bola koʻrsatish uchun Hikmat deb ism qoʻygan, uni oʻgʻil bolacha kiyintirib yuradigan ota haqidagi parcha esimga tushib ketdi, bizda ham qanchalab Hikmatlar bor ekan-a...

P.S.: bu shunchaki mening oʻylarim, xolos. Shunchaki oʻylarim...

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzim bilan boʻlgan voqea

XTVga boshlangʻich sinflarda baholashni oʻzgartirish, tizimlashtirish, obyektivlashtirish haqida gʻoya bilan bordim (XTVning oʻzi soʻragan edi, baholashni oʻzgartirish kerak deb).

U yerdagi vallomatga esa, qarashlarim yoqmadi. Tushuntirishga, asoslashga urina boshlaganimda esa, "nechanchi yilsiz, necha yil maktabda ishlagansiz, qaysi universitetni bitirgansiz", deb soʻradi. Hozir buning nima ahamiyati bor desam, "ha, endiii, sizga oʻxshagan bitta aqllini deb ta'limning oyogʻini osmondan qilmaymiz-ku" javobini oldim. Laptopimni yuziga qaratib qoʻygandim, shart yopdim-da, boshqasiga qildira qolinglar deb chiqib ketdim.

Vazirlikdan chiqyapman-u, hammasini tashlab ketvorgim keldi, "oʻl-a, baholashning "B"sini ham tushunmaydigan, testologiyadan butkul xabarsiz bir vallomat seni haqorat qildi, shu kerakmidi senga" dedim oʻzimga. RTMga borib arizamni yozaman deb ham oʻyladim, lekin fikrimdan qaytdim. Tushunadiganroq, tushunmasa ham eshitib koʻradigan odam kelsa yana urinib koʻrarman deb qoʻydim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ya'ni oʻz darajangdagi odamdan oʻzingning darajangdan past ma'ruza eshitishni yoqtirmayman.

Yana ham yomoni - xoʻrozqand chet elniki desa yotvolib yalaydigan hukumat.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qisqa qilib aytsam, Qarshiga kuyov boʻladigan boʻldim.

Hammaga baxt nasib etsin!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Маддоҳ тайёрлаб берамиз!

Нега бунақамиз а? Қайтага ҳокимга муаммомизни айтишимиз керак эмасми? Балки у айнан муаммоларни ўрганишга келаётгандир?

Қачонгача "фаровон ва бахтли фуқаро" ролини ўйнарканмиз а?

@tentakminds

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Teacher Azam taxallusi bilan videoblog yuritadigan shaxsning oʻqituvchi haqidagi fikrlari.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Asosiy koʻnikma til materialini tanqidiy baholash. Aslida ona tilining oxirgi maqsadi shu boʻlishi kerak.

© Iroda Azimova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili hamda Ona tili va oʻqish savodxonligi fanlaridan namunaviy nazorat ishlari 2-chorakdan boshlab toʻliq eʼlon qilinadi.

P.S.: Adabiyot haqida hozircha bir nima deya olmayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

- Eshitdingmi, yangi darsliklar “otmen” boʻlganmish.
- Qayoqdan bilding?
- Ana, mahallaning xotinlari aytyapti.
- Ularga kim aytibdi?
- Axir DTM
test tuziladigan darsliklar roʻyxatini e’lon qilibdi-ku!

DTM mana shu yil juda toʻgʻri qaror qildi. 2023-yilgi OTMga kirish imtihonlarida bu yil chiqarilgan darsliklardan emas avvalgi yillarda chiqarilgan darsliklar asos qilib olinarkan. Toʻgʻri-da!

Tushuntiraman
Oʻzimdan misol, men oʻqigan paytda darsliklar boshqa edi, keyin OTMga topshirgunimcha ancha oʻzgargan, men oʻsha oʻzgargan darsliklar asosida test ishlaganman (oʻqimaganlarim asosida ham, chunki men kollejda oʻqiganman, imtihonda esa litsey darsliklaridan ham savollar boʻlardi). Bu juda gʻalati-ku! Men imtihonga kirganimda men maktabga oʻqigan davrdagi darsliklardan savol tuzilsa maʼqul boʻlardi. Adolatdan ham. Bu safar imtihonga kiradiganlar yangi darsliklarni koʻrmagan, shuning uchun ularga oʻzlari oʻqigan darsliklardan test tuzish qaysidir maʼnoda adolatni taʼminlashdir.

Endi boshqa masala
Umuman darslikdan savol tuzish bu katta xato. Darslikdan tuzilgan savol baribir xotirani tekshirishga aylanib ketaveradi. Test koʻnikmalar asosida tuzilishi kerak. Shu paytgacha Ona tili darsliklaridan aynan test tuzilmagan, tilshunoslikning qaysidir qoidasi asosida test tuzilgan. Bu qaysidir maʼnoda koʻnikmani tekshirishga kiradi.

Yangi darsliklarda ham tilshunoslikda tan olingan biror qoida oʻzgargani yoʻq. Oʻsha koʻrsatish olmoshi – oʻsha koʻrsatish olmoshi. Savol esa koʻrsatish olmoshidan tuziladi, darslikdagi misoldan emas. Agar shu paytgacha tan olingan biror qoidani buzib tashlagan boʻlsak, masalan, kesimni ikkinchi darajali boʻlakka aylantirib qoʻyish, buni aytinglar. Unday qilmaganmiz-ku, toʻgʻrimi?

Demak xulosa qilamiz:
1. Yangi darsliklardan emas, eskilaridan tuzilishi qaysidir maʼnoda abituriyentlar uchun adolatdan.

2. Darslikka asoslanish xato yondashuv.

3. Testlarda koʻnikmalar tekshirilishi kerak (esingizda men 1-nazorat ishlari uchun ana shunday namuna bergan edim).

4. Yangi darsliklarda tilshunoslikning biror qoidasi oʻzgarib qolmagan. Shunchaki, qoida berish, qoidani qoʻllashni oʻrgatish usuli oʻzgargan.

5. DTMda imtihonda savol tuzish uchun tasdiqlanmadi degani darslik tasdiqlanmadi degani emas, mezon DTM emas. Darsliklar tasdiqlangan.

DTMni toʻgʻri qaror bilan yana bir marta tabriklayman!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bugun dam olish kuni (menda), shuning uchun bir kuzatishim haqida aytmoqchiman

Oʻzbek estradasida (shou biznesida) sevgi izhor qilingan, muhabbat joʻsh urgan, baxt haqidagi qoʻshiqlar juda kamayib ketibdi. 20-30 yil oldin aytilgan qoʻshiqlarda bu mavzu ancha koʻp boʻlgan ekan.

Hozir qoʻshiqchilar koʻproq ayriliq, hijron haqida kuylayapti, menimcha.

Xullas, oʻzbek estradasi "aldab ketding" "tashlab ketding", "bevafosan", "boylikka uchding", "xiyonat qilding" kabi diydiyolarga toʻlib ketgan.

Gʻamga botib ketganmizmi deyman.

Oʻzi munosabatlarda muammolarni hal qilishga urinishdan koʻra koʻproq sherikni ayblab qoʻya qolish qonimizda bor, shekilli.

Baxtni his qilishni, hayotga sal pozitiv qarashni oʻrganaylik.

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel