Zulfiya Rashidovaning mana bu fikrlarini oʻqib koʻring:
Boshi: /channel/birgap/1545
Davomi: /channel/birgap/1546
@birgap
🎧3-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi (2-qism) uchun tayyorlangan audiomatnlar👇
🔰Egiluvchan robot. 6-bet
🔰Teleskop. 12-bet
🔰Mikroskopda aks etgan olam. 23-bet
🔰Aqlli buyumlar. 32-bet
🔰Nima degan ma'qul. 43-bet
🔰Ish nima? 47-bet
🔰So'zlashish odobi. 57-bet
🔰Matmusaning qo'shig'i. 67-bet
🔰Matmusaning dutori. 67-bet
🔰Afsonaviy Xivaga sayohat. 73-bet
🔰Rishton kulolchilik markazi. 80-bet
🔰Kitob kompyuterdan yaxshi. 88-bet
🔰Oltin tarvuz. 97-bet
🔰Xaridor huquqlari. 106-bet
🔰Birovning mulki. 117-bet
🔰Nay poyasi. 126-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#yangi_darslik
Ta'lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchum
🔆10-sinf Adabiyot
📌2-qism
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Assalomu alaykum! Quyida sizlarga "Ma'rifat" gazetasida e'lon qilingan 2 maqolani ulashyapman.
1. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/GIBRID-DARSLIKLAR.htm
2. http://marifat.uz/marifat/v_pomosh_uchitelu-marifat/Ona-tilimi-yoki-har-sohadan-bir-shingil.htm
Toʻgʻrisi, ikkala maqolani ham boshlaridan va oxiridan biroz oʻqidim (oʻqiy oldim), chunki hammasi siyqasi chiqqan, minglab marta tushuntirish berilgan, asoslangan, hissiyot bilan "yaratilgan" muammolar.
Oʻylab qolaman, shu odamlar biror marta oʻzimiz bilan gaplashmay, bahslashmay, haqiqatni anglashga urinmay yugurib borib, "Ma'rifat"ga yozaveradi. Gazeta ham biladi, necha marta shunday maqolalarga tushuntirish berganmiz, ammo qayta-qayta bir xil gapni chaynayveradi ular ham. Bilamiz, gazetaga "xayp" kerak.
Bizga esa oʻrganish yoqimsiz, 40 yildan beri oʻrganib qolgan issiq joyimizdan turgimiz, ketimizni koʻtarib olamga boqqimiz kelmaydi-da yuqoridagi kabi maqolalarni yozib tashlaymiz. Yomonotliq qilish shunchalik osonki bizga.
Xullas, koʻp gapirmayman, bu maqolalarda keltirilgan "ona tilida hamma fandan bir shingil ma'lumot bor", "ona tili emas gibrid", "oʻzi bu ona tilimi?" kabi e'tirozlarga mana shu kanalda ham, rasmiy kanallarda ham, saytlarda ham koʻp marta yozdik. Shunda ham tushunishmagan (tushunishni istashmagan) boʻlsa, menda boshqa gap yoʻq. Battar boʻlishsin!
Xulosa esa oʻzingizga, sizning xulosangizga men aralashmayman, oʻz fikrimni aytdim, sizda ham fikr boʻlsa bemalol qoldirib ketavering.
P.S.: darsliklarning yetkazib berilishiga muallif javobgar boʻlmaydi (buni ham milyard marta aytganman)
@birgap
10-sinf Ona tili 33-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
Bilamizki, oʻqituvchi oʻquvchi bajargan ishga, uning javobiga oʻz munosabatini, mulohazasini bildirishi kerak. Men buni izoh-mulohaza deb atayman, ingliz tilida feedback (fidbek) deyiladi.
Izoh-mulohazaning samaralisi va samarasizi boʻladi.
Endi savol:
Sizningcha, samarali izoh-mulohaza qanday boʻladi-yu, samarasizi qanday boʻladi?
Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Toʻgʻri javobni esa keyinroq yozaman.
@birgap
7-sinf Ona tili “Fizika hayotni yengillashtiradi” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
Respublika ta'lim markazi metodistlari Mansur Siddiq (Ona tili) va Sevara Xasanova (tabiiy fanlar) 6-sinf darajasida "Qayta ishlanadigan chiqindilar" mavzusida integratsion dars tashkillashtirishibdi.
Chiqindi mavzusi kesimida ona tilining ham, tabiiy fanlarning ham oʻz koʻnikmalari mavjud. Metodistlar esa ana shu koʻnikmalarni yaxlitlash, umumiy maxrajga keltirish mumkin deb hisoblabdilar va namuna sifatida dars ham oʻtib berishibdi.
Koʻrishni qattiq tavsiya qilaman!
Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=8fgoAc-Uu_g
Video Respublika ta'lim markazi matbuot xizmati tomonidan suratga olingan hamda qayta ishlangan.
P.S.: integratsiya nima, uning foydasi qandayligi haqida keyinroq gaplashamiz.
Hurmatli ustozlar! Maktabgacha va maktab ta'limi (bunchayam uzun boʻlib ketibdi bu nom😁) vazirligi uchun darslarni hafta kunlariga taqsimlash boʻyicha bir taklif kiritmoqchi edim. Buning uchun menga amaldagi dars jadvallari ham kerak boʻlyapti. 6-7-sinflarniki kerak. Kimdadir rasmi boʻlsa izohlarda qoldira oladimi?
Taklif mazmuni qisqacha bunday:
Oʻquvchilarga hozir bir kunda kamida 4 ta fan oʻtiladi shular sonini kamaytirishni oʻylayapman. Masalan, dushanba kuni matematika va adabiyot oʻtilsin faqat. Yoki Matematika, adabiyot va bitta bir soatlik fan qoʻshib oʻtilsin.
Bu hozircha taklifning xomakisi, bu fikrni rivojlantirib, baland pastini oʻylab keyin yana alohida e'lon qilaman.
@birgap
Ona tili darsliklarining barchasi (1-, 2-, 3-, 6-, 7-, 10-sinf) nashrdan chiqqan, hududlarga tarqatish uchun yuborilgan. Ya'ni Ona tili darsliklari bilan yuqoridagi muammo mavjud emas.
@birgap
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Yoʻq boʻlib qolganim uchun uzr. Mana 20 kun boʻlibdiki, kanalga umuman e'tibor qila olmadim.
Bu vaqt davomida bir tomondan oilam bilan bogʻliq ishlar bilan band boʻlgan boʻlsam, ikkinchi tomondan 4-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi ustida qizgʻin ishlayotgan edim. Bugunga kelib hammasi joyiga qaytdi. Yana sizlar bilan birgaman. Kerakli ma'lumotlarni ulashib turishga harakat qilaman.
Hurmatli ustozlar!
Dushanba kundan 10-sinf Ona tili darsliklari uchun ham oʻqituvchi qaydlarini yuborishni reja qilyapmiz.
Qaysi mavzu va qaysi darsga kelganingizni bilib olishim kerak.
@birgap
Kamola Alieyeva maʼlumotni toʻliq bermagan yoki yaxshi tushunmay uzatgan.
Hozir BMT saytini koʻrdim. Oʻzgartirilgan ertaklar faqat bizning millatga tegishli emas. Butun dunyoning jami 28ta mashhur ertagi qayta yozilibdi. Uning ichida "Alisa moʻjizalar mamlakatida", "Qurbaqaga aylangan malika", "Jek va loviya poyasi" ertaklari ham bor.
Inglizchani bilganlar ertaklarni mana shu manzildan oʻqishi mumkin:
eca.unwomen.org/fairytales
Ushbu ertaklar "Uxlama, uygʻon: yangi avlod uchun ertaklarni qayta yarat" loyihasi doirasida yaratilgan.
@birgap
“Birodar” soʻzi haqida
Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.
➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.
➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.
Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.
“Shevashunos”dan.
@oriftolib
6-sinf nazorat ishi yuzasidan kichik tavsiya.
Ushbu faylda esse va uni baholash mezonlari mavjud.
Siz mana shu mezonlarga tayangan holda oʻquvchilar uchun qiziq boʻlgan biror mavzuda matn yozdirsangiz boʻladi.
Mavzular quyidagi shaklda boʻlgani maʼqul:
Yoʻl harakati qoidalarini buzish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Eng yoqtirgan oʻyiningiz qaysi? U haqida maʼlumot bering.
Sizga qor va yomgʻir yoqadimi? Nima uchun? Qor yoki yomgʻir yoqqanda nimalar qilasiz?
Diqqat! Soʻzlar sonini bu faylda keltirilgan sondan 30 - 50 ni ayirib hisoblashingiz mumkin.
@birgap
#mana_grammatika
"Ona tili" darsliklarida grammatika yoʻq deydiganlar uchun (2-qism)
Koʻpchilik yangi yondashuvdagi “Ona tili” darsliklarida grammatika yoʻq deb jar solmoqda. Men ular bilan tortishmoqchi emasman. 7-sinf darsligidagi grammatik mashqlar va qoidalarni rasm koʻrinishida yigʻib chiqdim, shuni e’tiboringizga havola qilmoqchiman xolos. Xulosani oʻzingizga qoldiraman.
Qoida emas, topshiriq koʻrinishidagi grammatika berilgan rasmlar ostiga qaysi grammatik koʻnikma uchun ekanini yozib qoldiraman.
Ushbu turkum maqolalarda matn yaratish, oʻqib tushunish, tinglab tushunish, soʻzlashga oid mashq va topshiriqlar kiritilmaydi. Hammasi grammatik koʻnikmani shakllantirish uchun ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlardir.
Diqqat! Ushbu material darslikning 3 ta mavzusi ("Qutb yulduzi", "C vitamini", "Kurash - milliy sport turi") doirasida toʻplangan. Ushbu maqola koʻp qismli boʻlib boshqa mavzulardan olingan suratlarni keyingi qismlarda koʻrishingiz mumkin boʻladi.
Maqolani oʻqish uchun quyidagi yoʻnaltmaga bosing:
https://shokiryuldash.medium.com/ona-tili-darsliklarida-grammatika-yoʻq-deydiganlar-uchun-2-qism-738295c3c72f
Maqolaning birinchi qismi
@birgap
Tovba, ruslar nima qilsa shuni toʻtiday takrorlash qon-qonimizga, genlarimizgacha oʻrnashib ketgan-ey.
Bugun bir savol soʻrashdi.
Olimlar reytingini aniqlashga qaratilgan bir indeks bor ekan - "Hirsch index" oʻshaning oʻzbekchasi qaysi harf bilan yoziladi "x"mi yoki "h"mi?
Men koʻp oʻylamasdan, "h" dedim. Chunki ingliz tilidagi bu atama oʻsha tilning oʻzida ham "Hirsch index" deb yoziladi. Ya'ni "h" bilan.
Keyin Fanlar Akademiyasi "xirsh" deb yozarkan-da deyishdi.
Saytlarini qarab koʻrsam rostdan ham xirsh indeksi deb yozisharkan. Bundan tashqari Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar akademiyasi, Yangi Oʻzbekiston gazetasi ham "xirsh" deb yozarkan.
Endi menda savol tugʻildi. Nega "hirsh" emas "xirsh", bunda hikmat ne?
Tanish muharrirdan soʻrasam Vikipediyada rus tilidagi Индекс Хирша degan maqolaga havola yubordi. Tushundimki, bu atamani ruslar qanday yozsa shunday olganmiz. Oʻsha Fanlar Akademiyasining ham, gazeta muharrirlarining ham aqliga ruslarda "h" yoʻq, shuning uchun hamma narsani "x" bilan yozishadi, bizda "h" bor oʻshandan foydalanaylik degan fikr kelmagan boʻlsa deb tutaqdim.
Nega hamma narsani ruslar qanday qilsa shunday qilishimiz kerak? Nega asl manbadan emas, ruslar orqali olib kelishimiz kerak hamma narsani? Haliyam ulardan ozod boʻlmadikmi? Oʻzi O.Henryni O'Genri, Harry Potterni Garri Potter, Heinrich Heineni Genrix Geyne qilib olganimiz kam edi. Endi ingliz tili bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqamiz boʻlsa ham oraga rus dallolini qoʻshaveramizmi?
Birinchi navbatda ongni mustaqil qilib olmoq zarur, tananing mustaqilligiga oʻshandagina erishiladi.
@birgap
Izoh-mulohaza haqida eslatma
Maqolani toʻliq oʻqish uchun👇
https://shokiryuldash.medium.com/izoh-mulohaza-haqida-eslatma-2a73ca12a7d6
@birgap
10-sinf Ona tili 34-dars uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
Yaxshi yangilik bor, ertaga, Xudo xohlasa, 10-sinf "Adabiyot" darsligining oʻzbek tilidagi nusxasi rasman e'lon qilinar ekan. Ungacha esa, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillaridagi nusxalarini ulashib turaman.
Bu kitoblarni mana bu kanaldan olganman.
#audiomatn
Sinf: 3
Darslik: Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-qism
Mavzu: Zamonaviy texnologiyalar
Nom: Egiluvchan robot
Bet: 6
@birgap
6-sinf Ona tili “Raqamlashgan dunyo” mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
@birgap
Qiziq, yuqoridagi postimni odamlar fanlarni qisqartirish haqida deb tushunishyapti.
Men fanlarni qisqartirish haqida emas, dars jadvalini optimallashtirish haqida taklif ishlamoqchiman.
Fanlarni qisqartirish yoki fakultativ koʻrinishga oʻtkazish haqida FIKRlarimni esa alohida katta post qilib yozaman.
@birgap
Kirib kelayotgan yil barchangizga omad, baxt va salomatlik olib kelsin.
2022-yil men uchun zoʻr oʻtdi. Koʻp ishlar qilishga ulgurdim, lekin ikki voqea boʻldiki, hammasidan aʼlo. Biri chindan sevib qolganim boʻlsa, ikkinchisi ayamning oyoqlari operatsiya qildirganimiz boʻldi. Ayam salkam 10 yillik ogʻriqlardan qutuldilar.
Ulugʻbek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” degan qoʻshigʻiga ishlangan klipda yigit qizni koʻrib qolishi bilan rangsiz hayotiga rang kiradi. Sevish mana shunaqa narsa ekan, klipning shu bir necha soniyasida juda yaxshi ochib berishgan ekan.
Hammangizga sevib, sevilib yurishni tilayman!
@birgap
Oxirgi yangilik sifatida aytishim mumkinki, 10-sinf "Adabiyot" darsligining ogʻirligi belgilangan me'yordan oshib ketganligi sabab uni ikki qismga ajratib nashr qilish masalasi koʻrib chiqilayotgan ekan. Shu sabab bilan ushbu darslik sizlarga yetib bormagan.
Demak, xulosa qilamiz, agar siz yil boshidan beri yangi darslik asosida oʻqitayotgan boʻlsangiz oʻz ixtiyoringiz bilan oʻsha darslikdan foydalanishda (elektron) davom etishingiz mumkin. Agar yil boshidan beri eski darslikdan foydalanayotgan boʻlsangiz unda oʻsha darslikdan davom ettirishingiz mantiqan toʻgʻri boʻladi.
@birgap
Muammoni tuyaqushchasiga hal qilish
Respublika taʼlim markazi direktor oʻrinbosari Isroil Tillaboyev oʻz blogida maʼlum qilishicha, fan oyligi degan tushuncha bilan birga metod kunlari ham bekor qilingan va shu asosda dars jadvallariga oʻzgartirish kiritish haqida buyruq berilgan.
Bundan shuni tushunish kerakki, endi metod kunlari deb ataladigan kunda ham darslar qoʻyilishi mumkin.
Oʻzi metod kuni samarasiz deyishardi, qaysidir maʼnoda bunga qoʻshilaman. Samarasiz degani uni bekor qilish kerak degani emas-da. Aksincha, shu kunni samarali qilish ustida ishlash kerak edi.
Nima demoqchiman, metod kuni qaysidir maʼnoda oʻqituvchining oʻz ustida ishlash kuni edi. Darslardan ozod boʻlgan oʻqituvchi boshqa oʻqituvchilar bilan tajriba almashishi, turli kurslar orqali oʻzini rivojlantirishi kerak edi. Afsuski, bu yaxshi tashkillanmadi. Shunday ekan, ayb metod kunida emas, uni samarali tashkillay olmagan tizimda-ku. Tizimning aybini deb oʻqituvchilarni kasbiy rivojlanish (PD – professional development) kunidan mahrum qilish toʻgʻri qaror emas, muammoni shunchaki koʻrmaganga olishdir.
Yaqin doʻstim Iqboljon Kamolov (Ustoz – 2021 gʻolibi) aytganidek, 4 yil oliy ta’limda ololmagan bilimni bir kunlik mahorat darslarida olish mumkin. Buni oʻz boshimdan oʻtkazganman.
Muammo shuki – oʻqituvchilar tayyorlash tizimimiz yetarlicha yaxshi emas, pedagogik kvalifikatsiya beradigan taʼlim dargohlari kerakli koʻnikmalarni bera olmayapti. Taʼlim dargohlaridan yaxshi oʻqituvchi tayyorlab berishini kutish ham unchalik toʻgʻri emas. Amaliyot baribir nazariyadan farq qiladi. Oʻqituvchilar har doim oʻzidan tajribali, oʻzining vaziyatidagi odamlar yordamiga, maslahatiga muhtoj. Metod kunlari ana shu muammoni qisman hal etish uchun juda yaxshi vosita edi. Tizim esa bu kunni bekor qildi, sabab sifatida metod kunlari samarali oʻtmayotgani aytilmoqda. Yuqorida aytganimday, bu muammoni yechish emas, undan qochishdir.
Metod kunining tartibini qayta koʻrib chiqish mumkin edi. Uni samarali qilish imkoni bor edi. Sizlarga qanday bilmadim-u, lekin men afsusdaman. Chuqur oʻylamay tashlangan qadam boʻldi, deb hisoblayman.
Xoʻsh, metod kunini bekor qildik, oʻrniga nima beryapmiz, oʻqituvchi qachon oʻz ustida ishlaydi, yangiliklarni qayerdan oladi? Muqobil manbalar mavjudmi? Yangisini ekmay turib eskisini chopaverish, muammoni hal qilish oʻrniga tuyaqush kabi boshimizni qumga tiqib olishni qachon bas qilamiz?
@birgap
❗️Rasman: Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2022-yil 5-dekabr kuni ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.
📆 Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.
Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
@magistrlarofficial
Kamola Aliyeva (Ayollar huquqlarini himoya qilish faoli)ning aytishicha, "Zumrad va Qimmat" ertagining yangi versiyasi yozilgan. Oʻzi koʻp eshitayotgan edim, bu ertakda ayollar huquqlari toptalishi yaqqol koʻzga tashlanadi, qizlar uy ishlarini qila olsagina yaxshi qiz boʻladi degan gʻoya mavjud degan gaplarni.
"Yaxshi qiz"ning oʻzbek modeli haqidagi qarashga qarshiman. Yaʼni uy qizi boʻlish yaxshilikning mezoni boʻlmasligi kerak. Yangi ertak borasida biror fikr aytishdan yiroqman, matnni koʻrishim kerak.
Yana aytiladiki, shunga oʻxshash qayta yozilgan ertaklar soni 30dan ortiq.
Demak, bizda endi "Yangi oʻzbek xalq ertaklari" ham boʻladi.
Qoʻllab-quvvatlayman, gʻoyalarni mana shunday qilib singdirish kerak, lekin mavjudlarini qayta yozish bilan emas, yangilarini boshidan yaratish bilan qilinsa yaxshiroq boʻlarmidi degan qarashim ham yoʻq emas.
@birgap
Yil so'zi: bezrayib turib odobsizlik qilish yoki "goblin mode"
Oksford lug'ati "goblin mode" - goblin rejimi slengini yil so'zi deb e'lon qildi. Fan tilida aytganda, bu bila turib, odatiy ijtimoiy me'yorlar va odob-axloq qoidalarini rad etadigan xatti-harakatlar qilish.
"Metaverse", ya'ni metaolam so'zi ham yil davomida eng ko'p qidirilgan va qo'llangan so'zlardan biri.
#IStandWith heshtegi kimnidir yo nimanidir qo'llab-quvvatlashni bildiradi. Bu ham oxirgi siyosiy mojarolar fonida eng ko'p qo'llanilgan jumla ekan.
Shu 3ta so'z butun dunyo nimani muhokama qilayotganini oynadek ko'rsatadi, deyapti Oksforddagilar.
2021-yilda yil so'zi "vax" - vaksina deb e'lon qilingandi. 2009-yilda esa "selfie".
@Sinchalak_blog