7-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Sun’iy intellekt 9-bet
🎧Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy 24-bet
🎧Reytingi eng baland kasblar 64-bet
🎧Hisob soʻzlar 87-bet
🎧Syurpriz 115-bet
🎧Dron nega “dron” deyilgan? 145-bet
🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet
🎧Sharq taronalari 172-bet
🎧Sharq taronalari haqida 173-bet
🎧Mualliflik huquqi 191-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Anvar Obidjonning tarjimayi holi 19-bet
🎧Qayta ishlanadigan chiqindilar 41-bet
🎧Optikaning otasi 52-bet
🎧Qontomirlar 59-bet
🎧Chegarada nega boj toʻlanadi 112-bet
🎧Sayyohlarga gidlik qilsam-chi 151-bet
🎧Minorayi Kalon 168-bet
🎧Buyuk ipak yoʻli 171-bet
🎧Miniatyura – mo‘jaz surat 177-bet
🎧Parlamentlar 204-bet
🎧Deputat kim? 208-bet
🎧Rangi quv oʻchdi 216-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Videolarni tanlash
Oʻquvchilar guruhlarga boʻlingach, YouTube platformasidagi "Subyektiv" kanalini ochdim. Ularga tanlash mumkin boʻlgan mavzularni koʻrsatdim. Oʻquvchilar oʻzlari istagan mavzuni tanlab oldi.
Nega aynan "Subyektiv"?
Birichidan bu kanaldagi videolarda ma'lumotlar mavjud, ikki kishining suhbati, savol-javob qilib oʻtirishgani emas. Oʻzbek tilida ma'lumot ulashuvchi kanallar juda kam. Oʻzbek tilidagi kontentlarning ahvoli juda achinarli. "Subyektiv" Toshkent shahri shevasida gapirsa ham tanlashga majbur boʻldim, chunki kontent yaxshi.
Quyidagi videolarni tavsiya qilaman, chunki bularda ma'lumot bor, oʻquvchilarni juda qiziqtiradigan mavzular:
1. Chiqindilar haqida
https://youtu.be/l9RLq4X6s8g
2. Loʻlilar haqida
https://youtu.be/1QIprB0dxKg
3. Oʻlikxona haqida
https://youtu.be/8Pp6QY_4NvI
4. Elektr energiyasi haqida
https://youtu.be/WhcMd-zVYzI
5. Narkotik moddalar haqida
https://youtu.be/-R6ir7uAYy8
6. Kiberjinoyatlar haqida
https://youtu.be/4CUqbn7TYYs
7. Oʻyinlar va ularga qaramlik haqida
https://youtu.be/ny0CUi9m_uE
Qiziqish bildirgan barchaga rahmat! Video asosida taqdimot tayyorlash topshirigʻi, baholash mezonlari va jarayon haqida batafsil yozishni boshlayapman.
P.S.: koʻrolmaganlar kuyib oʻlsin😁
@birgap
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida "H" va "X" qatnashgan soʻzlarning umumiy soni 2352 tani tashkil etadi.
1776 tasida "H" qoʻllangan
1039 tasida "X" qoʻllangan
"H" va "X" birlashtirilsa, 24 ta yangi omonim paydo boʻladi.
Shu harflar qatnashgan 2352 ta soʻzning 376 tasi ismlardir.
Ma'lumot uchun aytib qoʻyyapman.
@birgap
davomi, boshi avvalgi postda
Taʼlim dasturi – taʼlim standartlarida belgilangan manzilga eltuvchi yoʻl. Unda maqsadga erishish uchun qaysi yoʻldan yurilishi, nimalar qilinishi belgilangan boʻladi. Bir manzilga eltuvchi turlicha yoʻllar boʻlgani kabi, bir standart talabiga javob beradigan bir necha dasturlar boʻlishi mumkin. Yurtimizda hozircha yagona dastur amal qilmoqda. Lekin esayotgan shamollarga qarasak, muqobil dasturlar ham joriy qilinishiga yaqin qolgan. Masalan, RTI tashkiloti, Komil Allamjonov aytgan “fin darsliklari”.
Darslik – maʼlum dastur asosida yaratilgan vosita. Ha, shunday, darslik bu shunchaki vosita. Xattaxta, marker, ruchka, daftar qanday vosita boʻlsa, darslik ham shunday vosita. Darslik tabu, u taʼlim yoʻnalishini belgilab beradi deyish katta xato. Bir dastur asosida bir necha xil darslik yaratish mumkin. Eng maʼquli har bir darslik uchun alohida dastur boʻlishi. Yurtimizda muqobil darsliklar havosi ham esa boshlagan. Masalan, RTI tashkiloti tomonidan tayyorlangan, hozirda Namangan va Sirdaryoda tajriba-sinovdan oʻtayotgan darsliklar (bu darsliklar 100% muqobil); Komil Allamjonov vaʼda berayotgan, 2023 – 2024-oʻquv yilidan boshlab amalga kiritiladigan darsliklar (ular aynan muqobil boʻladimi, yoki amaldagi darsliklar oʻrniga kiritiladimi aniq bilmayman).
Xulosa shuki, bir mamlakatda bir fandan bir necha xil darslik mavjud boʻlishi oʻta tabiiy hol. Lekin oʻsha davlat qatʼiy taʼlim standartlarini belgilab olishi kerak. Hukumat komissiyasi dasturlar va darsliklarning standartlarga mos yoki aksincha ekani haqida xulosa berib tursa bas. Taʼlim standartlari ham bir davlatda yagona boʻlishi lozim. Prezident maktablari uchun alohida standart, ijod maktablari uchun alohida standart, ixtisoslashgan maktablar uchun alohida standart, umumiy oʻrta talʼim maktablari (oddiy maktablar) uchun alohida standart boʻlishi – mantiqsizlik.
@birgap
7-sinf Ona tili "Temiryoʻllar" hamda "Boburnoma – memuar asar" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
10-sinf Ona tili 44 - 49-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
Jamiyatimizda ajoyib odat bor: sening boshing, uning ichidagi gʻoyalar emas, yoshing muhim. Yoshmisan, gapirishga, katta yoshdagi odamlarga qarshi chiqishga haqqing yoʻq.
Tushunmayman shu qadriyatimizni.
P.S.: rasm UNICEF tashkil etgan yigʻinda olingan. Bugun oʻquvchilarning taʼlim natijalarini baholash yuzasidan qilinishi kerak boʻlgan ishlarni aniqlash borasidagi yigʻinda edim.
@birgap
#7_sinf_audio_matn
7-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Soʻrovnoma natijasini yozish 150-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
6-sinf Ona tili "Sayyohlarga gidlik qilsam-chi?" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
Assalomu alaykum!
6-7-sinf nazorat ishlariga tavsiyalarni ertaga e'lon qilamiz, Xudo xohlasa. Ungacha, qaysi nazorat ishiga yetib kelganingizni izohlarda yozib keting.
P.S.: yuqoridagi grammatikaning betartib ekani haqidagi masalani unutmadik. Toʻychilik deganday, ishlar juda koʻpayib ketdi.
@birgap
7-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:
"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali
Oliy Majlis
Mualliflik huquqi
Oʻquv yili oxirida takrorlash
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
6-sinf Ona tili. Oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchilar uchun qaydlar). Mavjud mavzular:
Buyuk ipak yoʻli
Miniatyura - moʻjaz surat
Oqsaroyga bitilgan hikmat
Konstitutsiya - bosh qomusimiz
Davlatni kim boshqaradi?
Oʻz deputatingizni bilasizmi?
Oʻquv yili oxirida takrorlash
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
Oʻquvchilarning ishlaridan namunalar
Ushbu taqdimotlarni oʻquvchilar tayyorlashgan, ularda imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolar mavjud.
Taqdimotlardan keyin oʻquvchilarga bu xatolar batafsil tushuntirilgan.
Namunalar quyida👇
@birgap
Vazifani tushuntirish
Oʻquvchilarni guruhlarga boʻldim, videolarni tanladik. Endi topshiriq shartlarini tushuntirishim kerak edi. Oʻquvchilarga quyidagi gaplarni aytdim:
Hamma oʻz videosini koʻradi, videodagi maʼlumotlar asosida taqdimot tayyorlaydi. Taqdimot oʻzbek adabiy tilida boʻlishi lozim. Taqdimot tayyorlash uchun istalgan dasturdan foydalansangiz boʻladi. Baholash mezonlarini beraman va oʻsha mezonlar asosida baholayman. Bajarish uchun 14 kun vaqtingiz bor – yaʼni keyingi hafta emas, undan keyingisida qabul qilib olaman. Mezon asosida olingan ball guruhning hamma aʼzosiga birdek tegishli boʻladi.
@birgap
Oʻquvchilarni guruhga boʻlish
Guruhdagi oʻquvchilar soni kamida 2ta koʻpi bilan 4ta boʻlishi lozim. Toʻrttadan koʻp boʻlsa oʻquvchilarga juda osonlik qiladi.
Shaxsan men oʻquvchilarg biroz vaqt berdim oʻzlari guruhlarga boʻlinib olishlarini aytdim. Bunday qilganimga sabab ular hali 1 yil ham birga oʻqishmadi, bir-birlarini yaxshi bilmasliklari mumkin. Bundan tashqari, bu birga ishlashni talab qiladigan topshiriq, oʻquvchilar oʻzaro yaxshi (yaqin) munosabatda boʻlishlari, bir-birini tushuna olishlari kerak.
Oʻquvchilarni ana shunday qilib guruhlarga boʻldim. Har bir guruhning roʻyxatini shakllantirdim.
@birgap
Oʻtgan hafta 9-sinflarda taqdimot qilish haftasi boʻldi (men dars oʻtadigan oʻquvchilarni nazarda tutyapman). Oʻquvchilarni guruhga boʻldim, video berdim. 15 kun vaqt belgiladim. Ular videodagi maʼlumotlar asosida taqdimot tayyorlashlari kerak edi. Tayyorlashdi. Ochigʻi bunaqa yaxshi taqdimotlarni kutmagandim. Maza qildim!
Shu topshiriq bahona taqdimotni baholash mezonlarini ham ishlab chiqdim.
Agar sizga ham topshiriq qiziq boʻlsa, qilinadigan ishlarni qadam-baqadam kanalimga yozishim mumkin. Mezonlarni ham ulashaman. Izohlarga shunchaki "+" belgisini qoldirsangiz bas.
@birgap
Hurmatli oʻqituvchilar!
Metodistlar sizlarga nimalarda yordam berishlarini istaysiz?
Metodistlardan nimalarni kutasiz?
Savolga befarq boʻlmasangiz yaxshi boʻlardi. Metodistlar faoliyati yuzasidan takliflar ishlab chiqayotgan edim.
Javoblar uchun oldindan rahmat!
@birgap
Bir mamlakatda bir fandan bir necha xil darslik amal qilishi mumkinmi?
Bu savolga javob – ha. Lekin buni tushunish uchun standart, dastur va darslik tushunchalarini farqlab olmoq kerak.
Taʼlim standarti – maʼlum fan yuzasidan, taʼlimning maʼlum bosqichi (davri)da taʼlim oluvchi oʻrganishi, oʻzlashtirishi lozim boʻlgan koʻnikmalar jamlanmasi. Oddiyroq aytganda, taʼlim orqali boriladigan manzil. Masalan, oʻquvchi oʻquv yili oxiriga borib nimalar qila olishi kerakligi taʼlim standartlarida aks etadi. Shuning uchun uni malaka talablari, taʼlim natijalari deb ham nomlashadi. Taʼlim standartlari har bir sinf uchun alohida ishlab chiqilishi toʻgʻri boʻladi. Oʻzbekistonda avvalgi Davlat taʼlim standartlarida har bir sinf kesimida oʻquvchilarga malaka talablari qoʻyilmagan edi. 4-sinfga, 9-sinfga, 11-sinfga mavjud edi xolos. Shu muammoni hal qilish uchun Milliy oʻquv dasturi loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Milliy oʻquv dasturi nomi ostida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1 – 11-sinf oʻquvchilari uchun barcha fanlardan taʼlim standartlari ishlab chiqilgan. Milliy oʻquv dasturi qisman tasdiqlangan boʻlib, hozircha 4-, 5-, 8-, 9-, 11-sinflar loyiha darajasida turibdi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yildan Milliy oʻquv dasturi toʻliq joriy qilinishini aytmoqda.
davomi keyingi postda
@birgap
6-sinf Ona tili "Peshtoqdagi bitiklar" hamda "Minorayi Kalon" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
#yakshanba_motivatsiyasi
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!
🔹Nega bolaligida favqulodda isteʼdod egalarining hammasi ham hayotining keyingi qismida muvaffaqiyatga erisha olmaydi? Yoki sodda qilib aytganda isteʼdod soʻnib qoladi?
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Ommalashtirish platformasi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak.
Nima deb oʻylaysiz, ushbu platformaga keladigan ishlarning mazmuniga qoʻyiladigan talab yuqori boʻlishi ma'qulmi yoki oʻqituvchilarni qiynamaylik degan qarash bilan ishlarni baholash mezonlari oson boʻlgani ma'qulmi?
Shaxsiy fikrim shundayki, mezon talablari oʻta qattiq boʻlishi lozim. Toʻgʻri, ommalashgan ishlar uchun beriladigan mukofot katta emas, lekin bu ish namuna deyilishi uchun u texnik, metodik, pedagogik talablarni toʻliq bajarishi lozim. Qachongacha boʻlaveradi, qiynamaylik, ezmaylik yondashuvida ishlaymiz?
Oʻqituvchi sifatida kelgan ishlarning koʻpi bilan tanishdim. Ular haqida keyinroq yozaman. Bir narsani tushundimki, ommalashtirish uchun ish deganda oʻqituvchilar boshqa narsani tushunadi. Koʻpchilik bir texnologiyani koʻrsatib, mana shunaqa oʻqitish kerak degan. Menda haqli savol tugʻilyapti:
1. Bu texnologiya nimasi bilan boshqalardan ustun?
2. Bu texnologiya samarali ekanini qanday statistika bilan aniqlashgan?
3. Bu texnologiyaning samarali boʻlishini qaysi omillar ta'minlab turadi?
Mana shu savollarga javob bera olmaydigan ishlar ommalashmasligi kerak, deb oʻylayman.
Ommalashtirish mezonlari boʻyicha fikrlarimni yozib turaman.
@birgap
7-sinf Ona tili "Ochiq osmon ostidagi muzey" mavzusi uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).
Baʼzi oʻrinlarda topshiriqlarning javobi berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababga koʻra, faylni oʻquvchilar koʻrmasligi maqsadga muvofiq.
DIQQAT!!! Ushbu manba tasdiqlanmagan, norasmiy hisoblanadi. Rasmiy manbani rasmiy kanallar orqali olishingiz mumkin. Ushbu manbada texnik kamchiliklar boʻlishi mumkin.
@birgap
#6-sinf_audio_matn
6-sinf Ona tili fanidan tayyorlangan audio matn
🎧Sayyohlarga gidlik qilsam-chi 151-bet
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
"Sunday Talks" navbatdagi soni
Filologlar xorijda o‘qishi uchun qanday yo‘nalish va grantlar bor?
👩🎓 "Sunday Talks" ushbu soni spikeri jamoamiz a'zosi, kompyuter lingvistikasi yo'nalishi magistratura talabasi — Mohiyaxon Uzoqova
Suhbat davomida filologiya talabalari uchun chet elda o'qish uchun qanday yo'nalishlar va grantlar mavjud ekani haqida ma'lumot berib o'tamiz
Barcha qiziquvchilarni 12-fevral, Yakshanba soat 20:30 da @grantgouz kanalida kutib qolamiz!
Kimlar uchun
— Filologiya fanlari talabalari
— Chet elda o'qishni davom ettirish uchun o'ziga mos yo'nalish topishga qiynalayotganlar
Suhbat vaqti
12.02.2023 20:30
Suhbat joyi
@grantgouz kanali
Mohiyaxon Uzoqova blogi
@komp_ling_uz
#sunday_talks
Telegram | Youtube | Instagram
10-sinf Ona tili 39 - 43-darslar uchun oʻqituvchi kitobi (oʻqituvchi uchun qaydlar).