birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

10-SAVOL

Ushbu ixtiro insoniyat rivojiga juda ham katta taʼsir oʻtkazgan. Yevropa reformatsiyasining yuzaga kelishida ham katta rol oʻynagan boʻlsa ne tong.

Tarixiy romanlardan birida oʻrta asrlar oxirida yashagan ruhoniy yoshlar “yangi nemis vabosi” kasofati bilan aynib ketayotganini aytgan.

Diqqat savol: Ruhoniy “yangi nemis vabosi” deb atagan ixtironi yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

8-SAVOL

Ushbu suratda bir soʻz yashirib qoʻyilgan.

Diqqat savol: siz bizga oʻsha yashirilgan soʻzning oʻzbek tilida ishlatiladigan muqobilini yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

6-SAVOL

Qoidani eslab qoling.
-gich qoʻshimchasining -kich hamda -qich shakllari ham bor.

Kommunistik siyosat paytida tejamkorlik rejimi sabab qish faslida UNDAN foydalanish taqiqlangan.

Diqqat savol: siz bizga uning nimaligini yuqori aniqlikda yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

4-SAVOL

Hozirgi savol darslarda oʻquvchilar tomonidan ishlatiladigan bir soʻzga aloqador. Matematikaga kirish uchun ona tili darsidan ruxsat soʻraydiganlar ham shu soʻzni albatta ishlatadi. Ammo hozir savol oʻsha soʻzning aborigen tilidagi koʻrinishiga bogʻliq. Matematikani yaxshi biladiganlar oʻsha aborigencha soʻzni qoʻllashlari mumkin.

Yevropaliklar esa ularni ilk bor 1770-yil uchratganlar. Gap kimlar yoki nimalar haqida ekanini tushunmagan boʻlsangiz ham savolga javob berishga harakat qilib koʻring.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

2-SAVOL

Ham shaklan, ham talaffuz jihatidan oʻxshash bu ikki harfni oʻzbeklar orasida adashtirish juda ham koʻp uchraydi. Shu adashtirishlardan biri biz sizga Ona tili darslarida tushuntirgan bir ibora mazmunining oʻzgarib ketishiga sabab boʻlgan. Agar "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"ga ishonsak, ushbu ibora tarkibidagi eng muhim soʻzning 8 ta maʼnosi bor. Ulardan biri quyidagicha: ikki voqea, hodisa yoki payt oʻrtasidan oʻtgan vaqt, fursat.

Diqqat savol: siz bizga oʻsha iboraning toʻgʻri variantini yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktab kunlari oxirlab qolganda 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida musobaqa oʻtkazdik. Gʻolib boʻlgan sinf oʻquvchilari yakuniy nazoratlardan 5 baho bilan ozod boʻlar edi. Finalga chiqqan, lekin gʻolib boʻla olmagan sinf oʻquvchilari esa yakuniy nazorat baholariga 20 balldan ishlab oladi. Juda ham qiziq oʻtgan musobaqada 8-“C” sinf oʻquvchilari gʻolib boʻlishdi (ular A va B sinfni dogʻda qoldirishgani koʻpchilik uchun kutilmagan boʻldi). 8-“C” sinfning oʻzidan ancha kuchli sinflarni qanday yenggani alohida mavzu. Hozir sizlarga oʻsha musobaqaning 1-sharti – “Zakovat” shartining savollarini yuborib turaman. Izohlar qismida javob berishingiz mumkin. Savollarning hammasi qandaydir yoʻl bilan Ona tiliga oid boʻladi.

Savollarni tuzishda Iqbol Kamolovning savollar omboridan ham foydalanilgan.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

Iboralar – tilning go‘zalligi, kuch-quvvatini oshiradigan vosita. Ular obrazlari, mubolag‘a, kinoya va tagmaʼnolari bilan jumlaga betakrorlik, taʼsirchanlik, zavq, joziba bag‘ishlaydi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib xalq tilidan munosib joy egallagan ana shunday iboralarning baʼzilarini sharhlaydi.

Batafsil — http://dy.uz/KpWRs

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ota-onalar Ona tili oʻqituvchisi boʻla oladi(mi?)

Kecha bir seminarda qatnashdim, oʻqituvchilar, Ona tilida uyga vazifa yoʻq, ota-onalar nima qilishni bilmayapti, biz ham avval bunaqasini koʻrmagan edik, nima deb javob bergan boʻlardingiz, – deya savol berdi.

Javobimni sizlar ham bilib qoʻysangiz yaxshi deb oʻyladim.

Ota-onalar uyda Ona tilidan vazifa bajartirgisi kelsa, bolasiga kitob olib berishsin. 1-sinfda oʻzlari oʻqib berishsin. Birga tahlil qilishsin, qanday maʼlumotlar, qahramonlar borligi, ular nimalar qilgani, qanday qilsa toʻgʻri boʻlishi haqida suhbat qurishsin. 2-sinfdan boshlab esa, kitobni bolaning oʻzi oʻqisin, lekin baribir muhokama boʻlsin. Ota-ona har bir kitobdagi voqeani, maʼlumotni muhokamaga tortishga harakat qilsin. Oʻz xulosalarini yozishni mashq qilishsa nur a'lo nur boʻladi.

Kitoblarning mavzusi yoshga mos boʻlishini hisobga olish kerak. Bundan tashqari, faqat ertaklar ham boʻlmasin. Boshqa janrdagi kitoblar ham olib bering. Maʼlumotlar ham foydali, ham aniq boʻlsa yanada yaxshi.

Xoʻsh, kitob oʻqish, oʻqib berishni Ona tiliga nima aloqasi bor dersiz.

Miyamizda tilga javob beruvchi sohalar va neyronlar bor. Oʻshalarning aloqasi qancha yaxshi boʻlsa til ham shuncha yaxshi oʻzlashtiriladi, tushunish ham rivojlanadi. Miyamizdagi tilga javob beradigan sohalarning rivojlanishi uchun koʻproq oʻqish kerak. Oʻqiganimizda miyamiz tilning qonun-qoidalari, gap shakllari, ifodalarni, oʻzaro birika oladigan soʻzlar, tushunchalarni yodlab boradi. Biz bularni sezmasak ham jarayon amalga oshadi.

Ota-ona ana shunday qilib qaysidir ma'noda Ona tili oʻqituvchisiga aylanishi mumkin.

Kanalga ulanish: @birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ustozim magistrlik dissertatsiyamni kitob shaklida chiqarib qoʻyishni maslahat berdi.

Tez orada uni tahrirlab, toʻldirib, mualliflik huquqini olaman. Shundan soʻng kanalga ham toʻliq kitob holida joylab qoʻyaman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#dissertatsiyamasosida

Yuqoridagilarni hisobga olib oʻqib tushunishni matnda muallif tomonidan ochiq aytilgan va aytilmagan, lekin nazarda tutilgan maʼlumotlarni anglash jarayoni deya tushuntirish mumkin. Oʻqib tushunishning mohiyati yozuvchi tomonidan taqdim etilgan barcha maʼlumotlarni tushunishdir. Shuningdek, u matndagi soʻzlar, jumlalar orasidagi bogʻlanish, matnda aytilgan fikrlar va ular oʻrtasidagi munosabatni anglash qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#dissertatsiyamasosida

Koʻpchilik oʻqish deganda faqatgina dekodlashni tushunadi. Dekodlash harflarni (ilmiy tilda ular grafema deyiladi) ongimizdagi tovushlarga moslashtirish jarayonidir. Ya’ni dumaloq shaklli grafema bu “o” degandek.

Oʻqishni dekodlashdangina iborat deb qarash standartlar, oʻquv dasturlari, baholash mezonlari ishlab chiqish jarayonimizga ham ta’sir oʻtkazgan. Oʻquvchi matnni oʻqiy (dekodlay) olsa bas deganmiz.

Ammo oʻqish va tushunish istilohlari doim birga yuradi. Umuman olganda biz “tushunish” tushunchasiga ham jiddiy qaramaganmiz. Matnni yoddan aytib berishi yoki matn voqealarini qayta soʻzlab berishi tushunganini anglatadi deb qaraganmiz. Ba’zilarda undan ham dahshatli qarash bor – oʻzbek oʻzbekcha matnni oʻqigandan / eshitgandan keyin tushunadi-da.

Yozilgan matnning mazmunini tushunish – bu oʻqib tushunish jarayoniga berilgan eng dastlabki va eng sodda taʼrif. Ammo u jarayonning qanchalik murakkab ekanini tushuntirib berish uchun yetarli emas.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tilida oʻqib tushunishni baholash mavzusida magistrlik dissertatsiyani himoya qildim (95 ball bilan).

Endi oʻsha dissertatsiyadagi ma'lumotlarni publitsistik usulda shu kanalga ham yozib boraman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzi oʻzbek taʼlim tizimi butkul diskriminatsiya ustiga qurilgan

Prezident maktablari tizimidagi maktablar hamda qolgan hamma maktablarga ajratiladigan pul bir xil. Yaʼni 1000ta maktabga ham 1000 soʻm. 10.000 maktabga ham 1000 soʻm tizimi ishlaydi. Bu - diskriminatsiya.

OTMga qabul qilinishda sening otang harbiy, militsiya yoki bojxona xodimi boʻlishi yetarli, senga imtiyoz bor, qoʻshimcha ballar bor. Agar oʻqituvchi, shifokor, koʻcha supuruvchi, avtobus haydovchisining bolasi boʻlsang, senga zambarakning oʻqi. Bu - diskriminatsiya.

Magistraturada pul toʻlamay oʻqishing uchun sen ayol jinsiga mansub boʻlishing yetarli. Davlat sen uchun hamma pulni toʻlab beradi (albatta xalq hisobidan). Toʻgʻri-da, u oʻgʻil bola boʻlsa, bir kunini koʻradi, ishlab, mardikor yurib boʻlsa ham kontraktni toʻlaydi. Qizlar bunaqa qilolmaydi. Bu - diskriminatsiya.

Xullas, Oʻzbekistonning taʼlim tizimi mana shunaqa ishlaydi. Qachondir, kimdir, tadqiqot qilib, mana shunaqa diskriminatsiya taʼlim tizimiga, bu orqali boshqa sohalarga qanday taʼsir qilgan, qanday oqibatlarga olib kelgan degan savollarga javob berishi kerak.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#Prezident_maktablari

✅ Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!


✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan bo’lib, tadbir avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Mana shu xabarni oʻzbekchaga oʻgirishga urinaman.

Demak, yetti yildan keyin oyligimiz $600 boʻladi.

Endi inflyatsiyani (pulning qadrsizlanishi) yaʼni dollarning mana shu tezlikda oshishini hisobga olsak, yetti yildan keyin ham koʻpi bilan $350 yoki $400 olayotgan boʻlamiz.

Xulosa, $1000 deya berilgan vaʼda 7 yildan keyin ham bajarilmaydi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

9-SAVOL

Oshxonadan uzoqlashmagan holda davom etamiz.

Diqqat savol: yarim oy soʻzining fransuzchasini yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

7-SAVOL

Afsonani tinglang:
Buyuk ipak yoʻlida qatnab savdo qilganlar yoʻlda dam olgan kezlari oʻchoq oʻrnida atrofdan terib kelingan toshlardan foydalangan. Ketayotganda oʻchoqdagi olovni suv sepib oʻchirganlarida esa toshlar ovoz chiqarib, rangi oqarib qolgan.

Diqqat savol: Oʻzbekistondagi qaysi aholi yashash manzilining nomi ushbu afsonadan kelib chiqqan boʻlishi mumkin?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

5-SAVOL

Oʻzbek tilidagi ayrim soʻzlar qadimda biroz boshqacha boʻlgan. Masalan, tuproq emas, turpoq; yomgʻir emas, yogʻmir. Yaʼni bir harf oʻrni almashgan. Sharqiy Osiyo xalqlarining bir topishmogʻi javobi ham shunday soʻzlardan hisoblanadi.

Topishmoq quyidagicha:
Ikki jamalaksoch uchrashsa, dunyoni qorongʻilik bosadi.

Diqqat savol: topishmoqning javobini qadimgi oʻzbek tilidagi soʻz bilan yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

3-SAVOL

Ushbu savolning javobini topishda maʼnodosh soʻzlarni yaxshiroq bilishingiz yordam beradi.

Fargʻona viloyati hududida bir shahar mavjud. Uning nomi bir son va suv obyektiga oid soʻz qoʻshilmasidan hosil boʻlgan. Nomdan oʻsha suv obyektidan shuncha miqdorda bor degan mazmun anglashiladi. Ammo koʻpchilik, yoʻq, bunday emas, aslida bu jannatga aloqador, yaʼni birinchi soʻz sonni anglatmaydi, talaffuz oʻzgarib shu holga kelib qolgan deyishadi.

Diqqat savol: siz bizga oʻsha shaharning hozirgi nomini emas, jannatga aloqador boʻlgan eski nomidagi birinchi soʻzni yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

1-SAVOL

Bu ikki soʻz oʻzaro bir harfga farq qiladi. Bu soʻzlardan biri hammamiz oʻqigan kitobni bildirsa, ikkinchisi shu kitobning mazmuniga juda mos. Ikkala soʻzni bir xil aytib xatoga yoʻl qoʻyadiganlar ham talaygina.

Diqqat savol: siz bizga shu ikki soʻzni emas, ularni farqlab turuvchi ikki harfni yozib bering.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Hurmatli ustozlar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi  UNESCO xalqaro tashkiloti hamkorligida o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini oshirish maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.

Mazkur ANONIM so‘rovnoma 10 ta savoldan iborat bo'lib, o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari va munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan.

Ishtirokingizni qadrlaymiz va  minnatdorchilik bildiramiz!

So'rovnoma havolasi: https://www.surveymonkey.com/r/FVFWXK7

P.S.: maʼlumot Zulfiya Rashidovadan olindi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan qutlayman!

Yurtimizni tinchlik, tanimizni sogʻlik, oilamizni baxt-quvonch, roʻzgʻorimizni baraka tark etmasin!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maqolani oʻqish orqali koʻproq kitob, gazeta, jurnal oʻqiydigan, ota-onasidan ertak eshitib turadigan oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasi boshqalarnikidan yaxshiroq rivojlangan boʻlishi haqidagi xulosalar qanday paydo boʻlgani haqida bilib olasiz.

Maqola yoʻnaltmasi:

https://telegra.ph/Ko%CA%BBp-kitob-o%CA%BBqiydiganlar-yaxshiroq-tushunishini-isbotlovchi-bir-tajriba-08-07

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Izoh: "mazgi" bu ruscha "mozg" soʻzidan olingan, miya degan maʼnoni beradi. "Mazgi" deb bosh qotiradigan, koʻp gapiradigan odamlarga aytiladi (biz tomonda). Soʻkinyapti deb oʻylamanglar tagʻin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#dissertatsiyamasosida

Nunanning fikricha, oʻqish bu dinamik jarayon boʻlib, unda matn elementlari matndan tashqari boshqa omillar bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi. Oʻqish jarayoni rivojlantiruvchi, interaktiv va oʻrganish jarayoni sifatida akslanadi. Bundan tashqari oʻqish oʻqirmanning lingvistik bilimlarini ham oʻz ichiga oladi. Oʻqish jarayoniga lingvistik boʻlmagan omillarning ham ijobiy yoki salbiy taʼsiri boʻlishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, oʻqish barcha belgilarni tanish hamda ular asosida yasalgan soʻzlarni maʼnoga aylantirish kabi murakkab jarayonni oʻz ichiga olgan faoliyat hisoblanadi.

Yuqoridagi taʼrifdan shuni tushunish mumkinki, oʻqish – maʼlumot olish hamda bilimlarimizni rivojlantirish uchun yozma nutqni tushunish jarayonidir.

Nuttalning fikri esa quyidagicha, oʻqish muallif idroki hamda oʻqirman idroki oʻrtasidagi oʻzaro munosabatdir. Bu oʻqirmanning muallifdan maʼlumot olish usuli hisoblanadi. Oʻqirman muallif nazarda tutgan fikrni anglashga urinadi

Pang esa oʻqish jarayonini tushuntirishga urinib shunday deydi, oʻqish bir-biriga bogʻliq ikkita jarayondan iborat – soʻzni tanish va tushunish. Soʻzni tanib olish yozma nutqdagi belgilarni soʻzlashuv tilidagi muqobili bilan moslashtirish jarayoni boʻlsa, tushunish soʻzlar, jumlalar va matnning maʼnosini yaratish jarayonidir. Oʻqirmanning umumiy va lingvistik bilimlari, soʻz boyligi, matn bilan ishlash koʻnikmasi uning tushunish jarayoniga bevosita taʼsir oʻtkazadi.

Pangning tushuntirishicha, oʻqib tushunish soʻzlar, jumlalar va bogʻlanishli matnni anglash jarayonidir. U taʼkidlaydiki, tushunish jarayoni bir soʻzning maʼnosini matndagi boshqa soʻzning maʼnosi bilan uygʻunlashtira olishdir.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Prezident maktablarining ayrim oʻquvchilari bizga (davlat hammani teng koʻrmayapti deganlarga) infohujum qila boshlagan koʻrinadi.

Bittasi (PM oʻquvchisi, adashmasam), "men qilgan ishlarim bilan maqtansam belingizni koʻtarolmay qolasiz" dedi.

Yana biri davlat siyosatiga qarshi chiqayotganimni aytyapti.

PM oʻquvchilari shunchalik boʻlib ketdimi-ye. Tovba qildim! Men bilgan PM oʻquvchilari unday emasdi. Vaziyatni tushuna olishardi. Oʻylovdimki, hamma oʻquvchisi ham shunaqa. Adashgan ekanman. Hamma guruchda kurmak doim boʻlarkan.

Yana qaytaraman, men yozganimda hech qachon PM oʻquvchilari, oʻqituvchilari, maktabning oʻzini ham yomon demadim, davlat oʻz bolalarini ajratmasin dedim. Hammaga adolat qilinsin dedim.

Hurmatli PM oʻquvchilari
Agar mana shu gaplarni anglay olmay, bu bizni yomon deyapti, PMlarni yomonlayapti deb oʻylayotgan boʻlsanglar, tushunish darajanglar ancha past ekan. Buni matnni oʻqib tushunishni tekshirish bilan 3 yildan beri shugʻullanayotgan odam sifatida aytyapman (bu gapim hammaga emas, oʻsha tushunmay yozayotganlarga, maqtanayotganlarga tegishli).

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Taʼlimdagi diskriminatsiya haqida oxirgi yozigʻim (boshqa bu mavzuga qaytib oʻtirmayman)

Bu safar tilga oladigan jihatim oldin tilga olganlarimdan-da xavfliroq, menimcha.

Bu odam ajratishning nafaqat tizim miqyosida borligi, balki, tizim ichidagi tashkilotlararo va shaxslararo ham mavjudligidir.

Bizning gapimizni eshitishmadi, toʻgʻri gapirsak ham, sizlar bilmaysizlar, mana bu tashkilotdan kelganlar yaxshi biladi deb ogʻzimizga urishdi degan gapni koʻpchilikdan eshitganman. Bu taʼlimga javobgar ikki tashkilotdan biriga doimiy ustunlik berilishidan darak. Bu ajratishning oqibati 11.000ga yaqin maktabning hayotini belgilovchi qarorlarga taʼsir qilishini tushunayotgan boʻlsangiz kerak.

Yuqoridagi ajratish shaxslararo ajratishning oqibati hisoblanadi. Yaʼni kimningdir, qaysidir tashkilot yoki shaxsga simpatiyasi bor va u har doim haq boʻlib koʻrinaveradi.

Shaxslararo ajratish shaxsan oʻzim bilan ham boʻlgan. Xalqaro tashkilotlar bilan boʻladigan munozaraga (oʻrtada Oʻzbekiston taʼlimiga berilishi mumkin boʻlgan 400 mln. dollar turibdi) baholash boʻyicha mutaxassis sifatida yuborishgan. Baholash boʻyicha muammolarni sanashim, ularni tizimli hal qilish takliflarini berishim va shu yoʻnalishga pul soʻrashim kerak edi. Shunday qildim. Men MMTV nomidan kelgan jamoaga moderator boʻldim, ularning fikrlarini umumlashtirib, xulosalab xalqaro tashkilotlarga yetkazishim kerak edi. MMTVning yuqori mansabli vakillari bildirgan fikrlarni xato ekanini aytib, bir-ikki qayirdim. Bunday boʻlmaydi, qoidasida bunday, bizda ahvol bunday deb hech tushuntira olmadim. Shunda mansabdorlardan biri mening yoshim, qayerni bitirganim, qanday pedagogik kvalifikatsiyaga ega ekanim haqida soʻray ketdi. Men barchasini aytdim. Keyin u qolganlarga qarab, biz shuning gapini eshitib oʻtiramizmi dedi. Jahlim chiqib, oldiga bordim-da, siz vazir qilib olib oʻtirgan Hilola Umarovaning pedagogik kvalifikatsiyasi qanday? Necha yil maktabda dars bergan? Qaysi pedagogik yoʻnalishni bitirgan? deya soʻroqqa tutdim. Men bu yerga mutaxassis sifatida kelganman, siz meni bunday kamsitishdan oldin, taʼlimdagi hamma qarorni chiqaradigan vaziringizga shu savollarni bering. Keyin menday maydalar bilan shugʻullanasiz deb chiqib ketdim.

Koʻryapsizmi, bu yerda oʻzini mansabdor ekani, qaysidir yuqori tashkilotdan kelganini peshlash orqali muhim va toʻgʻri gaplarni “ignor” qilish bor. Bu men uchun odam ajratishdan boshqa narsa emas. Goʻyoki fikr bildirish uchun sening biliming emas, mansabing, kelgan tashkiloting muhimdek.

Menimcha, taʼlim tizimi hozir ana shunday odam ajratishga moyillar qoʻliga oʻtib ketyapti. Menga shunday muomala qilgan odam ham boshqaruvda ishlaydi hamon.

Bu ajratish oldin aytilgan ajratishlardan-da xavfliroq. Chunki kimningdir kimgadir boʻlgan xusumati sabab qarorlarning oyogʻi osmondan boʻlib ketishi mumkin. Bu qarorlar esa butun taʼlim tizimini boshqarishda ishlatiladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Hurmatli oʻqituvchilar-u oʻquvchilar. Endi mana shu tadbirni oʻzingizdagi "oddiy" maktabda boʻlgan bitiruv oqshomi bilan solishtirib koʻring.

Oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlarni tenglashtirmasdan (hech yoʻq 1 km yaqinlashtirmasdan) turib xalqaro tajribalarni joriy qilish yoki xalqaro reytinglarda yuqoriga koʻtarilish haqida oʻylash mantiqsizlik.

Yana tepadagi maqolni esladim...

P.S.: hech kim mana bu qorakoʻz oʻquvchilarni ayblamayapti. Hammasiga mana shunday katta diskriminatsiyani oʻylab topgan, yaratgan hukumat aybdor.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maqolni tushuntirish uchun hayotiy keyslar

7-sinf Ona tili darsligining “Maqsadli xarajatlar” mavzusida hisob-oʻlchov soʻzlar haqida ham ma’lumot berish nazarda tutilgan. Ushbu mavzuda oʻquvchilar quyidagi uchta maqolning ma’nosini izohlashga harakat qilishlari kerak:

Obroʻ misqollab keladi, botmonlab ketadi
Uyida chaksa uni yoʻq, tom boshida qoʻsh tandir
Tentakka Quva bir tosh

Oʻquvchilarga bu maqollarning hammasi ham tushunarli boʻlmasligi mumkin. Masalan, oʻquvchilarim ikkinchi maqolning ma’nosini toʻgʻri tushuna olishmagan. Keyin oʻzim taxminan mana bunga oʻxshash gaplar bilan tushuntirib bergan edim.

Maktabgacha va maktab ta’limi hamda saylovoldi chiqishlar qilayotganlar sabab bu maqolni tushuntirish yana ham oson boʻlib qoldi. Endi ta’limning oʻzidan hayotiy keyslar aytish mumkin:

1. 2023 – 2024-oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

2. Ingliz tilini oʻqitish uchun chet ellik oʻqituvchilarning jalb qilinadi.

3. 1-sinf oʻquvchilariga planshet tarqatiladi.

Haaa, yuqoridagi maqol imkonidan ortiq narsaga urinadigan, holiga yarasha ish qilmaydigan, yaʼni koʻrpasiga qarab oyoq uzatmaydigan kishilar haqida.

Ta’limda ta’limning oʻzidan keyslar chiqib tursa qanday yaxshi. Tushuntirish biram oson boʻladi-ye.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Layoqatning 4 bosiqichi

1. Ongsiz layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglamaslik bosiqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmaydi yoki tushunmaydi. Bilmagani va tushunmagani yetmagandek, buni tan ham olmaydi. Undaylar yangilikning foydali ekanini rad etadilar. Bu bosqichda turgan odam oʻzining harakatlarini toʻgʻri deb hisoblaydi va shu harakatlariga zid kelgan hamma narsani xato bilaveradi. Layoqat bosqichlari orasida bu eng xavflisi boʻlib, undan tezroq chiqib ketish lozim. Aks holda odam zamondoshlaridan ancha ortda qoladi, qaysi vaziyatda qanday ish tutish toʻgʻri boʻlishini hech qachon oʻrgana olmaydi. Bundan chiqishning yagona yoʻli bor – oʻzining layoqatsizligini tan olish va yangiliklarga ochiqroq munosabatda boʻlish.

2. Ongli layoqatsizlik
Nimani bilmasligini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni bilmasa, tushunmasa ham oʻzining layoqatsizligini tan oladi. Yangiliklarning qiymatini anglaydi. Bu bosqichdagi shaxs juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin, lekin doim oʻzining xatosini tan ola biladi. Aynan mana shu tan olish uni oʻrganishga, izlanishga chorlab turadi. Bu bosqichdagi odam oʻrganishni sevib qoladi. Bu esa doim yaxshi.

3. Ongli layoqatlilik
Nimani bilishini anglash bosqichi. Shaxs biror narsani qanday qilishni tushunadi va biladi. Bunda barcha harakatlar ongli amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi shaxs eng yaxshi kasbiy mahoratga ega xodim sifatida qabul qilinadi, chunki u nimani, qachon, qanday amalga oshirishni biladi.

4. Ongsiz layoqatlilik
Nimani bilishini anglamaslik bosqichi. Shaxs biror narsani toʻgʻri bajaradi, lekin uni ichki intuitsiya boshqaradi. Ya’ni nega bu harakat toʻgʻri ekanini anglamaydi. Bu xuddi insonning tabiati sifatida qabul qilinadi. Bu bosqichda koʻp turib qolish insonni yana 1-bosqichga qaytarib qoʻyishi mumkin. Ya’ni odam toʻgʻri bajarayotgan ishlarini uzoq vaqt anglamasa nimani bilmasligini ham anglamay qoladi.

Endi oʻzingizni taftish qilib koʻring-chi, siz qaysi bosqichdasiz?

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel