birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

Ikki xabar

17-iyul kuni “Qirgʻiziston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun imzolangan edi. Unda davlat xizmatchilari va yana qator soha vakillari uchun qirgʻiz tilini bilish majburiy etib qoʻyilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ushbu qonunni “demokratiyaga zid” deb atadi.
27.07.2023

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi qonunchilikka mehnat migrantlari tilidagi reklamalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi oʻzgarishlarni kiritishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Deputatlar Rossiya banklari tomonidan qirgʻiz, oʻzbek va tojik tillarida xizmat taklif qilish holatlari koʻpayib borayotganidan norozi.
12.08.2023

© Bizga boʻlaveradi, sizlarga sholpillab qoladi.

@oriftolib

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Aytgandek, Surxondaryodagi direktor muammosini nima qildik keyin?

Unutvordikmi? Qozonning ochilib qolgan qopqogʻini sekin yopib qoʻydikmi?

IIB, sud, hukumat oʻzi uchun minus "ochko"lar ishlab olgandi, muammoni qonun doirasida hal qilib, yoʻqotilgan "ochko"larni ortigʻi bilan qaytarib olish imkoni bor edi-ya. Polittexnologlarimiz juda yomon ishlaydi-da.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xoʻoʻoʻoʻp, bu yilgi Ustozlar forumi ham oʻtdi. Lekin hech yerdan savollarga aniq javob ololmadim hali. Vazirlikkka aloqador barcha rasmiy kanallar ham jim.

1. Boshlangʻich sinflar qaysi darsliklardan oʻqiydi (fin darsliklarimi, MOʻD darsliklarimi)?

2. MOʻD boʻyicha 4-sinf yangilanmay qolib ketdimi shunda? Ular qaysi darslik va dasturdan oʻqiydi?

3. Darsliklar almashishidagi avvaldan buzuq boʻlgan reja yana ham buzilib ketgani oqibatida hosil boʻladigan nomutanosibliklar qanday hal qilinadigan boʻldi?

4. Tajriba-sinov uchun tasdiqlangan tanlov fanlar gʻoyasi boʻyicha oʻquv dasturlari va boshqa metodik mahsulotlar tayyormi? Qachon tayyor boʻladi? Ularda nimalar aks etyapti oʻzi?

5. Oʻzi umuman, boshlangan islohotlar davom etadimi yo umidimizni uzib qoʻyaveraylikmi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#2_ustozlar_forumi
#adabiyot
Yangi o'quv yilida adabiyot fani o'qituvchilarini qanday yangiliklar kutmoqda?

Respublika ta'lim markazi adabiyot fani metodisti Xurshid Ibrohimov fandagi muhim yondashuv haqida ma'lumot beradi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kun.uz bilan Surxondaryolik direktor va hokim mojarosi tahlilini davom ettirdik.

Abdurrahmon aka bilan vaziyatning huquqiy jihatlari, hokimlar maktabning ishiga bu qadar chuqur aralashishi oqibatlari haqida suhbatlashdik.

Oʻsha gap, bu juda muhim nuqta. Yo qulligimizcha qolamiz, yo huquqiy davlat ekanimizni isbotlab, qullik zanjirini uzamiz.

https://youtu.be/v_gik5nTums

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kun.uz sayti Surxondaryolik direktor voqeasi boʻycha shaxsiy munosabatimni soʻragan edi. Boshqalarning ham tosh bosadigan (menikidan koʻra yukli) fikrlari bilan video tayyorlabdi (maqola ham bor).

Aynan mana shu voqeaning qanday hal boʻlishi pedagog xodimlar faoliyatining keyingi davri qanday kechishini belgilab beradi, deyishim mumkin. Yo yutib qullik zanjirlaridan birini uzamiz, yo qullik rejimida davom etamiz.

https://kun.uz/uz/news/2023/08/05/hokimlar-qolida-qolayotgan-talim-bu-yol-porloq-kelajakka-eltadimi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qolgan umrimizning eng sovuq yili

UNICEF tashkiloti 2022-yil oktyabrda shu nomdagi hisobotini eʼlon qilgan edi. Bu hisobot global isish va uning bolalarga taʼsiri haqida boʻlib unda UNICEF bolalarni ekstremal issiqdan asrash boʻyicha hukumatlarga tavsiyalar beradi. Hisobotdan quyidagi juda qiziq va muhim maʼlumotlarni olish mumkin:


Markaziy Osiyo bolalarining 50 foizi ekstremal issiq taʼsirida yashamoqda. 2050-yilga borib bu koʻrsatkich 100 foizga chiqishi mumkin.

Issiqlik bolalaring ruhiy hamda hissiy salomatligiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Haroratning yuqori boʻlishi yosh bolalar va oʻsmirlarda stress hamda depressiyani keltirib chiqaradi.

Yuqori havo harorati va past namlik bolalarning diqqatni jamlash qobiliyatiga taʼsir qiladi,
bu esa oʻz-oʻzidan oʻzlashtirishga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Issiq havo bolalarning maktabdagi muvaffaqiyatlarini pasaytiradi.

Harvard professori Joshua Gudman oʻzi ishtirok etgan tadqiqot natijalari haqida yozarkan shunday deydi:

Dunyodagi nisbatan issiq davlatlar nisbatan qashshoq davlatlar hamdir. Bundan tashqari, issiq oʻlkalardagi oʻquvchilarning yillik yuklamani oʻzlashtirish darajasi ham pastroq. Biz millionlab amerikalik oʻquvchilarda tadqiqot oʻtkazdik. Havo harorati issiq boʻlgan yilda oʻquvchilarning oʻzlashtirishi ham odatdagidan pasaydi. Haroratning har 0,56 C ga oshishi oʻquvchilarning oʻzlashtirishini 1 foizga kamaytiradi. Bu oʻrtacha koʻrsatkich boʻlib, kambagʻalroq boʻlgan, sovitish tizimi hamda yetarlicha oziqlanishga yetisha olmaydigan oila farzandlarida bu koʻrsatkich 3 barobar yuqori.

Maktablarga oʻrnatilgan konditsionerlar esa issiq sabab oʻzlashtirish pasayishi oldini olishi mumkin ekan.

Hukumat xulosa chiqarishi shart.

P.S.: bu mavzuga shu kunlarda kattaroq maqola bilan qaytaman

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

2- va 3-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi hamda 6-, 7-, 10-sinf Ona tili fanlari standartlari va oʻquv dasturlari.

Bular qanday kuchga ega ekanini yuqoridagi postda yozdim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Assalomu alaykum! Kanal faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida unda reklamalar joylashtirish imkonini paydo qilmoqchiman.

Kim ushbu kanalda oʻz reklamasini joylashtirmoqchi boʻlsa @shtursunreklama_bot orqali murojaat qilishi mumkin.

Reklama postlari reklama huquqi ostida ekanligi koʻrsatib oʻtiladi. Sizlarga befoyda boʻlgan reklamalar joylashtirilmaydi. Har kuni reklama koʻrib, bezib ketmasligingiz ham taʼminlanadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni toʻliq grantga oʻtkazish (2-qism)

Ikkinchi masala ham ancha ogʻriqli nuqtamiz hisoblanadi. Oʻqish kirganlarni oʻqitib, samarali kadrga aylantirish. Bu masalada pedagogik taʼlim beruvchi OTMlarimiz maqtana olmasligini ayon. Toʻgʻri, ular fan yuzasidan bilimlarni chuqur beradi, pedagogikadan ayrim masalalarni ham koʻrib chiqadi, lekin pedagogikaning zamonaviy yondashuvlaridan hamon bexabar. Kelinglar, bexabar demaylik, xabardor boʻlsa ham oʻquv dasturiga kiritmagan.

Masalan, biz umumiy pedagogika fanida deyarli hech bir yangi gʻoyani oʻqimaganmiz, umrimiz Alisher Navoiy, Bobur, Avloniy, Xos Hojib, jadidlar, faylasuflar taʼlim haqida nima deganini oʻrganish bilan oʻtgan (oʻsha fanni oʻqitgan ustozlarimdan uzr, ularga rahmim keladi, belgilangan dasturni oʻzgartira olmagan boʻlishsa kerak-da). Bunday qilishda davom etaversak davlat oʻqish uchun toʻlayotgan pulni suvga otayotgan boʻlamiz xolos. Yaʼni zoʻr oʻquvchilarni saralab olganimiz bilan ularga yaxshi taʼlim bera olmaymiz.

Bu masalani yechishning arzon yoʻli (Oʻzbekiston doim shunaqasini tanlaydi), taʼlim mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha eng yaxshi universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda pedagogik taʼlim beruvchi OTM oʻqituvchilarini ana shu hamkorlik asosida bir yil davomida oʻqitish. Yaʼni oʻsha eng kuchli taʼlim universitetlaridan yaxshi kadrlarni chaqirish kerak, ular bizning oʻqituvchi tayyorlovchi oʻqituvchilarimizni oʻqitib bersin.

Aslida, OTM oʻqituvchilari borsin der edim-u bu ancha qimmatga tushadi. Arzonrogʻi - ularni chaqirish.

P.S.: Navoiy va jadidlarning taʼlim haqida nima deganlarini oʻrganishning nima yomon tomoni bor deydiganlar uchun: ular pedagogika haqida emas taʼlimning qanchalik muhimligi haqida gapirishgan. Jadidlarning birorta dasturini koʻrmaganmiz, ularning taʼlim juda muhim, taʼlimsiz kelajak yoʻq degan gaplarini oʻrganganmiz xolos. Taʼlim haqida gapirish taʼlim berish jarayonini tushuntirish degani emas.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Aslida bu taxmin menda may oyidayoq bor edi. Shunchaki kutdim. Bugun taxminni ilgari surish orqali jamoatchilikni masalaga eʼtibor qaratishga majbur qilmoqchiman. Shunday qilmasam, tobora hamma ishni parda ortida, kamroq oʻylab hal etayotgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan izoh olib boʻlmayapti. Oʻzlari bilib tushuntirish berishmayapti. Zora koʻpchilik yoza boshlasa asosiy vazifalari esiga tushib ketsa. Biror munosabat bildirsa, biz shu munosabat orqali endi nima boʻlishini bilib olsak.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yana bir narsa, test spetsifikatsiyasi va test namunalarini aralashtirib yubormanglar. Bular ikki xil narsalar.

Test spetsifikatsiyasida umuman test savoli boʻlmaydi unda quyidagi asosiy savollarga javoblar boʻladi:

1. Test nima maqsadda, kimlarda oʻtkaziladi?

2. Test qaysi domen (fan desak ham boʻladi, fanning bobi desak ham boʻladi) va konstruktlarni (oʻsha fan yoki bob doirasida tekshiriladigan koʻnikmalar, masalan, kasrlarni qisqartirish) qamrab oladi?

3. Savollarning kognitiv darajasi qanday hamda qaysi kognitiv darajadagi savolga qanday ball (xom ball) yoki vazn beriladi?

Undan tashqari, Kembrij bizga testning sifati boʻyicha ham ilmiy dalillarni bersa xursand boʻlardik. Aslida haqini toʻlagan odam sifatida Kembrijdan buni soʻrashga toʻla haqlimiz.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Prezident maktablariga qabulning 1-bosqich natijalarini eʼlon qilindi

Bakiroo aytgan tasodifni koʻrdim-u “Yo qudratingdan!” deb yubordim. Bu normal testlarda kuzatilishi mumkin boʻlmagan holat. Balkim adashayotgandirman, rostdan ham eg mukammal tasodif roʻy bergan-u shunaqa natija chiqib kelgandir. Ammo mutaxassis sifatida men bunga ishona olmayman. Men test noxolis boʻlgan, tanish-bilish qilingan demoqchi emasman, test valid emas demoqchiman.

Validlik testdan chiqariladigan xulosaning yaroqli ekanini anglatadi. Bizning keysimizda bu PM da kimlar oʻqishini hal qilish. Butun dunyoda agar test yuqori taʼsir kuchiga ega boʻlsa uning validlik dalillari keltirilishi kerakligi tan olinadi. Ammo bizning test tashkilotlarimiz (hatto bizning xalqaro hamkorlarimiz ham) bu qoidaga amal qilishmaydi. Ana shu validlik dalillaridan biri test spetsifikatsiyasi hisoblanadi. Kitobi boʻyicha PIIMA kirish testlari spetsifikatsiyasini oldindan eʼlon qilishi kerak edi. Ana shu eʼlon qilinmagan spetsifikatsiya oqibatida testga kirayotgan oʻquvchi undan qanday koʻnikmalar talab qilinishini aniq bila olmayapti. Bu esa repetitorlarga borib yurgan bolaning imkoniyatlarini oshirib yuboradi. Natijada repetitorga borganlar va bormaganlar orasidagi katta jarlik hosil boʻladi.

Test spetsifikatsiyasi eʼlon qilinmagani sababli hamma oʻzicha tayyorlangan. Repetitorlar ham shunday qilar ekan.

Toshkent shahri, Nurafshon, Andijon, Xiva, Buxoro PMlarining test natijalari ham shuni aytib turibdi nazarimda. Faqat endi repetitorga borganlar ham omadi kelib repetitor ustozi oʻtib bergan mavzudan test tushsa yechgan. Yangi mavzuni esa bola topa olmagan. Ana shuning uchun ham bir xil ball toʻplaganlar bir xil smenada turibdi.

Bu holat testlarning umumiy vazni ham bir xil emasligini anglatadi. Chunki natijalar bir xilligi oʻquvchilar aynan bir xil variantlardagi bir xil savolni yecha olmagani hisobiga yiqilganini anglatadi.

Agar spetsifikatsiya boʻlganda (eʼlon qilinganda) edi bunaqa holat kuzatilmas edi. Hamma bir variantdagi bitta savolni yecha olmay qolish holati kuzatilmasdi.

Shaxsiy xulosam shunday: Toʻgʻri, PMda geniylar oʻqiydi, ammo valid boʻlmagan testlar sabab undan ham geniylar (yoki potensial geniylar) imtihonlardan oʻta olmayotgan boʻlishi mumkin.

P.S.: oʻzi bizning test tashkilotlarimiz testning validlik dalillarini eʼlon qilishini kutib qarib ketsak kerak. Kembrij validlik, ishonchlilik haqidagi ilmiy dalillarni eʼlon qilib qoʻya qolganda edi, shuncha gap, shuncha shubhaga oʻrin qolmasdi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Otabek akaning gapini xotinim bilan muhokama qilganimizda u dahshatli mulohazani oʻrtaga tashladi:

Oʻsha birinchi smenada moda haqidagi savolni yecha olmagan bola (chunki u atamani bilmaydi) ikkinchi smenada moda haqida yodlab kirgan boladan koʻra aqlliroq, potensiali yuqoriroq boʻlsa-chi? Shunda imtihon oʻquvchilarni toʻgʻri saralamayotgan boʻladi-ku!

Ha, ayolimning gapida jon bor. Bu testning validligiga ham katta xavf soladi. Validligi yaxshi boʻlmagan testlarning natijasida esa ishonish xato. Ular yolgʻon gapirayotgan boʻladi.

PMga kirgan hamma aqlli deyishingiz mumkin, ammo ulardan ham aqllilar, potensial kuchli shaxslar oʻsha birgina atama sabab qolib ketgan boʻlishi mumkin.

Oʻshaning uchun ham test spetsifikatsiyasi ochiq eʼlon qilinishi kerak deyapman. Bunaqa spetsifikatsiya test boʻladigan kundan ancha oldin, imkon boʻlsa bir yil oldin eʼlon qilinishi kerak. Oʻzi bunaqa testlarda bitta spetsifikatsiya qilinib har doim shu asosda ishlanadi. Demak, PM kamida 3 yilga kechikkan.

Agar PM test spetsifikatsiyasini qayerdadir eʼlon qilgan boʻlsa-yu, men koʻrmagan boʻlsam, uzr!

P.S.: qaramay aytmadim, qidirib topa olmagach aytdim

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktab boshlanishiga bir yarim oy qoldi, ammo hamon baʼzi savollar ochiqligicha turibdi:

1. Boshlangʻich sinflarda “fin tajribasi” asosida yangi dastur va darsliklar chiqadi deyilgan edi. 2023 – 2024-oʻquv yilida boshlangʻich sinf oʻquvchilari qaysi dastur va darslikdan foydalanadi?

2. Yuqori sinflarda MOʻDning joriy qilinishi choʻzilishi sababidan qolib ketgan mavzular taqdiri nima boʻladi? Ular tigʻizlashtirib oʻtiladimi? Asosiy mavzularni bunday tigʻizlashtirish oqibatlari qanday hal qilinadi?

3. Milliy oʻquv dasturi 2026-yilgacha bosqichma-bosqich tasdiqlanishi kerak edi. Ushbu dasturni takomillashtirish ishlari davom etadimi?

4. RTI tashkiloti tomonidan vazirlikka taqdim etilgan darsliklar taqdiri nima boʻladi? Ular muqobil darslik sifatida bozorga kirib keladimi yoki keyinroq foydalanish uchun olib qoʻyiladimi?

Bular haqida vazirlik oʻz kanallari orqali xabar qilgan boʻlsa-yu men koʻrmay qolgan boʻlsam, oldindan uzr!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

O'zbekistonda maktab darsliklarini ishlab chiqarish tizimi yangi kuchlar egaligiga o'tarkan, jamoatchilik bu sohadagi nazoratni to'liq qo'ldan chiqarganini ko'ryapman.

Tasavvur qiling, yangi o'quv yili yaqinlashmoqda, ammo odamlar kelajak masalasi bo'lgan darsliklar haqida hali hech narsani bilmaydi (hatto vazirlik, vazir bilishiga shubham bor).

Shu paytga qadar masʼullar keskin o'zgartiriladi, degan darsliklar, yangisining mazmuni qanday bo'lishi, o'quvchilar endi nimani o'qishi borasida na bir matbuot anjumani, brifing va na biror uchrashuvda xalqqa ma'lumot bermadi. Darsliklar yangi o'quv yili boshidan kechiktirilmay o'quvchilarga yetkaziladimi, yo'qmi, bu ham noma'lum.

O'z vaqtida Respublika ta'lim markazi eski darsliklarni zamonaviylashtirish borasida xalqaro olimlarni jalb qilib, katta ishlar qildi. Shu bilan birga, har qanday harakati borasida jamoatchilik oldida hisob berib bordi. Markaz vakillari ketayotgan ana shu jarayonlarni yoritishga chaqiraverib, yaxshi ma'noda bezor qilib yuborgani juda yaxshi esimda.

Ammo pul va elitaga yaqinlik uchun vijdonini sotgan ba'zi bloger va tahririyatlar o'sha darsliklar ichidan kir qidirib, markaz mehnatlarini qoraga chiqargan edi.

Xo'sh, o'sha "ta'lim jonkuyarlari" bugun nega darsliklar haqida gapirmayapti, mas'ullarga savol bermayapti, qiziq.

O'rtoqlar, yaxshi, siz uchun biznes oliy qadriyat ekan, lekin bizni ham uka-singillarimiz, farzandlarimiz nimani o'qishi haqidagi ma'lumotdan mahrum qilmang.  Ta'lim qayoqqa qarab ketyapti-yu, darsliklar qanday o'zgarishlarga uchragani haqida zudlik bilan tushuntirishlar berishingiz shart.

Esdan chiqarmang, hamma jurnalist va bloger ham pul, daromad deya yo'rig'ingizga kirib ketavermaydi.

@haqiqatdaIlyos

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ha, Komil aka, omon boʻlsak koʻrarmiz

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 6, 7, 10 sinf yangi Adabiyot darsliklari Respublika bolalar kutubxonasining kitob.uz portaliga va Ziyouz portaliga ham yuklangan. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar yuklab olib foydalanishlari, adabiyotga va metodikaga qiziquvchilar tanishib koʻrishlari mumkin.

Ziyouz portaliga, shuningdek, ijod maktablarining 11-sinfi uchun yaratilgan Adabiyot darsligi ham joylashtirilgan. Bu darslik ham Milliy oʻquv dasturi asosida ijod maktablarining xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan.

P.S. Fikrimcha, oʻtgan oʻquv yilida 10-sinf uchun yaratilgan yangi darslikdan foydalangan oʻqituvchilar bu oʻquv yilida ijod maktablarining 11-sinf darsligidan foydalanishsa (umumtaʼlim maktablariga moslashtirilgan holda), ayrim mavzular takrorlanishining oldi olinadi va izchillik taʼminlanadi.

Adabiyot 6-sinf

Adabiyot 7-sinf

Adabiyot 10-sinf

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 1-qism

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 2-qism

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Masxarabozlikni koʻryapsizmi, hokim va direktor tortishib qolyapti, jabrlanuvchi esa butkul boshqa odam. Ali bilan Vali janjallashganda Yo Ali, yo Vali jabrlanuvchi boʻladi. Hozirgi vaziyatda esa Ali bilan Vali janjallashyapti, Halil jabrlanib qolyapti. Agar hokim haq boʻlsa, nega oʻzi jabrlanuvchi sifatida koʻrsatilmagan. Bu mana shu ish butkul noqonuniy ekanini koʻrsatadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir narsani aytishim shart, hozir direktorning kimligi, oldin nima ishlar qilganining ahamiyati yoʻq. Gap hokimning noquniniy harakatlari, IIB xodimining "labbay xoʻjayin" deb hokimning noquniniy talabini bajargani, sud esa sharmandalarcha qaror qilgani haqida. Direktorning vazifasini qanchalik bajargan-bajarmaganiga alohida baho berish lozim. Bu keysga uni aralashtirmaslik kerak.

Jamoatchilik direktorni himoya qilishi kerak, trollarning unga qarshi harakatlaridagi manipulyatsiga uchmasligi lozim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

❇️ Tahrirchini endi Telegramda ishlating!

@Tahrirchi_UzBot — Tahrirchining rasmiy Telegam botini sizga taqdim etamiz!

🔄 O‘girish

Botimiz matningizni lotin yoki kirill yozuviga o‘girganda undagi formatlarni saqlab qoladi (qalin, qiya kabi). Botga nafaqat matnli, balki rasm yoki videoga ega matnli xabarlar yuborsangiz ham bo‘ladi.

Bot yordamida Word, Excel va PowerPoint fayllarini ham o‘girishingiz mumkin.

📝 Tahrirlash

Biron-bir matnni tahrirlash uchun yuborsangiz, bot imloviy xatolarni topib, ularni to‘g‘rilashda ko‘maklashadi.

Botdan foydalanish mutlaqo bepul!

@tahrirchi_uz

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Umumtaʼlim maktablarida yuqori sinf oʻquvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi chiqibdi. Buyruqdagi bir gʻalati holat (bunaqa holat koʻp) diqqatimni tortdi:

Shu paytgacha 10-sinflarda ona tili fani 2 soat oʻtilar edi. Bu buyruqqa koʻra esa matematika-fizika, kimyo-biologiya, matematika-chet tili yoʻnalishini tanlagan oʻquvchilarga ona tilining majburiy soatlari 3 soat etib belgilanibdi. Ona tili va chet tili yoʻnalishini tanlaganlarga esa oʻsha 2 soatligicha qolgan. Ammo bu yoʻnalish qoʻshimcha 3 soat ona tili oʻqiydi.

Qiziq, vazir qolgan yoʻnalishlarga qoʻshilgan 1 soatni qayerdan oldi ekan? Oʻsha qoʻshilgan 1 soatda oʻqituvchilar qaysi dastur asosida shugʻullanar ekan, chunki dastur 68 soatga moʻljallangan edi. Endi bu soatlar hajmi 102 ga yetgan.

Bu soatlar hammaga emas, tanlovni amalga oshirgan oʻquvchilarga nisbatan qoʻllanadi.

P.S.: bu buyruq yuzasidan juda koʻp savollarim bor hammasini beraman hali.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

1-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi standartlari (bitiruvchida rivojlantirilishi lozim boʻlgan koʻnikmalar) hamda oʻquv dasturi.

Kimdir 1-sinf uchun darslik yozganda shu standartga asoslanishi shart. Dasturga asoslanish majburiy emas, dastur standartda belgilangan talablarni bajarishga xizmat qiladi xolos.

Shu standartlar talabiga javob bermaydigan darsliklardan foydalanish amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi.

Agar kimdir bu standartlar asosida emas, oʻzi istagan darslikni yozsa, undan maktablarda ommaviy foydalanish uchun avval yangi standartlar tasdiqlanishi lozim.

IZOH: asosiy husnixat qoidalari deyilganda quyidagilar nazarda tutilgan:

- katta va kichik harflarni farqlash mumkin boʻlgan darajada yozish;

- harflarni bir-biridan ajratish mumkin boʻlgan koʻrinishda yozish (oʻqisa boʻladigan);

- harflarning belgilarini qoʻyish (masalan, i ning nuqtasi)
.

Boshqa sinflar ham tez orada e'lon qilinadi.


@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Koʻp kitob oʻqiydiganlar yaxshiroq tushunishini isbotlovchi bir tajriba


https://shokiryuldash.blogspot.com/2023/08/kop-kitob-oqiydiganlar-yaxshiroq.html


Bu tajriba haqida avval ham yozgan edim, yana eslatib qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni toʻliq grantga oʻtkazish (1-qism)

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni toʻliq davlat grantiga oʻtkazish haqida vaʼda bergandi. Bu vaʼda amalga oshadimi yoʻqmi bilmayman. Shunisi aniqki, bu yildan unday boʻlmasa kerak, chunki “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2023-yilga moʻljallangan amaliy ishlar roʻyxatida bunday gapni koʻrmadim. Oʻzi bunday gap butun strategiya matnida ham uchramaydi.

Garchi hujjatlar hozircha bu ish amalga oshishida dalolat bermayotgan boʻlsa ham, kelinglar, amalga oshadi deb hisoblaymiz. Men mana shu vektordan qarab fikrlarimni aytmoqchiman.

Bakalavr pedagog kadrlarni toʻliq davlat puli evaziga oʻqitmoqchi ekanmiz birinchi navbatda pedagogik yoʻnalishlarga qabulni butkul qayta koʻrib chiqishimiz lozim. Oʻzbekistonda toʻliq davlat puliga oʻqitiladigan yoʻnalishlar koʻp emas (masalan, DXX va IIB akademiyalar). Ularning har bir alohida imtihon shakliga ega DXX akademiyasiga qabul qilish nizomi hamda IIB akademiyasiga qabul qilish nizomi bilan tanishib koʻrishingiz mumkin.

Yuqoridagi nizomlardan xulosa qilish mumkinki, ular talabgorlar orasidan maksimal darajada layoqatlilarini ajratib olishga urinishadi. Ammo Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) oʻtkazadigan saralash imtihonlari haqida bunday deya olmaymiz. Bu imtihonlar pedagoglikka talabgorlar orasidan layoqatlilarini maksimal darajada yaxshi aniqlashga urinmaydi ham.

Demak, birinchi qilinadigan ish pedagogik yoʻnalishlarda oʻqish istagini bildirganlar orasidan layoqatlilarini saralab olishni butkul qayta koʻrib chiqish lozim. Hozircha bu qanday boʻlishi kerakligini aniq ayta olmayman, ammo amaldagidek boʻlmasligi kerakligi aniq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu faqat taxmin

2023-2024-oʻquv yilida ona tili darsliklaridan birortasi yangilanmaydi. 4-sinf oʻquvchilari, katta ehtimol bilan, Milliy oʻquv dasturi asosidagi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligini olmaydi. Ona tili va Oʻqish nomli alohida darsliklardan oʻqiydi.

5-, 8-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari ham avvalgi yillarda ishlatilgan ona tili darsliklaridan foydalanadi.

Oʻzgarishi mumkin boʻlganlari 1-, 2-, 3-sinflar uchun moʻljallangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklaridir. Lekin ularda katta oʻzgarish yoʻq, oʻqituvchilardan yigʻilgan maʼlumotlar asosida kichik kamchiliklar bartaraf etilgan xolos. Ammo bu sinflar ham yangilanmasligi ehtimoli yuqori.

P.S.: sarlavhaga diqqat qiling

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Agentlik spetsifikatsiyani eʼlon qilishni Kembrijdan soʻraymiz debdi. Rahmat!

Menimcha, agentlik toʻgʻri xulosa chiqarib oldi. Endi keyingi yil testlaridan ancha oldin, iloji boʻlsa 10-11 oy oldin, test spetsifikatsiyasini eʼlon qilib qoʻyishsa mana shunaqa muammolar girdobiga kirib qolishmaydi.

Ubbiyev aytganidek, buning uchun Vazir Mahkamasi, prezident yoki vazirlikning qandaydir bayoni, qarori, nizomi kerak emas. Spetsifikatsiyani eʼlon qilish test oʻtkazishning qoidalaridan biri. Vazirlar Mahkamasi test oʻtkaz degan buyruq berganmi, boʻldi, spetsifikatsiyani eʼlon qilish test oʻtkazishga masʼul tashkilotning ishi boʻladi. Xuddi vazirlik 4 karra 4 16 ekani toʻgʻrisida qaror chiqarib bermaganidek, spetsifikatsiyasini eʼlon qilish boʻyicha ham qaror chiqarib berishi shart emas. Alisher aka Ubbiyev mana shuni tushunib olsalar bas.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qiziq, PMga kirish imtihonida ishlatilgan testlar aprobatsiyadan oʻtkazilganmikin, ularning diskriminatsiya indeksi nechchi ekan? Ishonchlilik koʻrsatkichlari qanday ekan? Nega bunday yuqori taʼsir kuchiga ega testning ochiqlanishi shart boʻlgan maʼlumotlari ochiqlanmagan?

Hamma narsani soʻrab olish kerak, oʻzlari bilib-bilib, qonun-qoidaga amal qilgan holda ishlashsa oʻlib qolishadi. Yana, soʻrasang aybdorsan-ey. Dushmanga qaraganday qarashadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Men Prezident maktablariga qabulda Kembrijday tashkilot bilvosita ishlayapti. Hammasi normal, oʻyin qoidalariga amal qilinyapti deb oʻylardim. Otabek Rahmonberganovning mana bu gapidan keyin shubha uygʻondi.

PM kanallarini, saytini titkilab chiqdim. Qabulda ishlatiladigan test spetsifikatsiyasini hech qayerdan topa olmadim.

Test spetsifikatsiyasi bu test haqida barcha maʼlumot saqlanadigan rasmiy hujjat hisoblanadi. Unda testning qaysi mavzularni qamrab olishi, kimlar uchunligi, nimalarni maqsad qilgani, qanday baholanishi kabi muhim maʼlumotlar boʻladi. Bunday hujjat har doim omma uchun ochiq boʻlishi kerak. Ammo PM bunday qilmagan ekan. Yaʼni oʻyin qoidasini qoʻpol ravishda buzgan.

Kanal va saytlarda faqat testdan namuna bor xolos. Bu spetsifikatsiya oʻrnini bosa olmaydi. Shuning uchun ana namuna berib qoʻyganmiz deb chiqishmasin. Bu gapimni Otabek akaning gapi isbotlab turibdi. Demak oʻsha yili chiqarilgan namunalarda moda haqida test boʻlmagan.

Mendagi savol shuki, PM qabul imtihonlarining spetsifikatsiyasi bormi?

Spetsifikatsiya qaysi koʻnikmalarni qamrab olganini qanday bilsak boʻladi?

Spetsifikatsiyaning Oʻzbekiston oʻquv dasturlariga mosligi toʻgʻrisida kimlar xulosa bergan?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Sayohatchi soʻzlar

https://daryo.uz/2023/07/19/bular-aslida-ruscha-emas-rus-tiliga-ozlashgan-turkiycha-sozlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel