birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

Menga oʻxshab oʻylaydigan va Oʻzbekistondan koʻngli sovib ketadigan yoshlar qancha ekan-a?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) rahbari aytishicha bu yil umumiy qozondan tashqarida 13.000 odam qabul qilingan.

Demak, davlatning hozir umumiy qozonni 13.000 odamga koʻpaytirishga va hammaga teng jang qilish imkonini berishga salohiyati bor.

Yaʼni turli imtiyozlar olib tashlansa, umumiy kvotalar soni yana 13.000 taga koʻpayadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boshlangʻich sinflarning taqvim-mavzu rejalari ham e'lon qilina boshladi. Bu rejalar 4K modeli asosidagi darsliklarning (ya'ni yap-yangi) rejalari hisoblanadi.

Bu yerda faqat birinchi chorak uchun rejalarni koʻrishingiz mumkin.

P. S. imloviy, ishoraviy va texnik xatolarga men javobgar emasman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 10-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 6-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻtgan yili shu turnirda maktabimiz jamoasi qatnashgan edik, saralashdan oʻtib, finalga chiqqanmiz. Finalda 3-oʻrinni olgandik (kuchli uchlikda faqatgina biz maktab jamoasi boʻlgan ekanmiz).

Bu safar 1-oʻrinni olishni niyat qilib turibmiz. Yaxshi niyat yarim mol deyishadi. Niyatning oʻzi yetmaydi, shugʻullanish ham kerak.

Qatnashadigan hammani kutamiz. Ustozlar bilan bellashish yoqimli baribir.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

🌱Daraxtning kuchi

Ushbu videoda ikki ko’cha, Parkent hamda Mahtumquli ko’chalari kesimida daraxt bor hamda yo’q joylarini solishtirib ko’rdim.

🔥Daraja o’lchaydigan asbob yordamida, 1metr balandlikka qo’ygan holda ko’chalarning asfalt qismlariga quyosh tushgan hamda soyali qismi, trotuarlarda daraxt bor joyi hamda yo’q qismlarini o’lchab ko’rdim.

🔹Ko’chada havo harorati 37°c bo’lgan kunda, Mahtumquli ko’chasida trotuarda daraxtlar borligi uchun havo salqin, havo harorati 33.4°c, deyarli 4°c salqin, balkim bu vaqtda sug’orish uskunalari ishlagani sabab pastdir, lekin daraxt borligi uchun ham bu yerda ko’chadagi haroratdan pastroq.
🔹Trotuarning o’rtadagi quyoshda qolgan beton qoplamali qismida esa 2°c issiq, ya’ni 39.4°c.
🔹Avtomobil yo’lining soya joyida 37.4°c
🔹Avtomobil yo’lining quyosh tushgan qismida deyarli 5°c issiqroq, ya’ni 41.9°c

🔻Parkent ko’chasida daraxtlarning deyarli yo’qligini hisobga olsak, bu yerda soyali joyning o’zi yoq, agar faqat binolarning soyasini aytmaganda.
🔻Avtomobil yo’lining asfalt qismida, havo harorati 5°c’dan ko’proq issiq, 42.2°c
🔻Trotuarning soyasiz beton qoplamali qismida 40.9°c
🔻Va trotuarda binoning soyasi tushgan qismida 38.5°c

🤔🌱Natijadan ko’rishingiz mumkin, daraxt bor ko’chalarimiz havo harorati issiq bo’lgan kunlarda ham, havo haroratidan bi necha gradusga salqinroq saqlaydi. Ko’chalarning asosan soya beradigan daraxtlari bor qismlari anchayin salqin, soya bermaydigan archa va shunga o’xshash daraxt va butalardan bizning iqlimda mos kelishi-kelmasligi haqida o’ylab ko’rish kerak. Ko’chalarning keng bo’lishi ham, bizning iqlimga unchalik ham to’g’ri kelmas ekan deb o’ylayman.

P.S. Bu shunchaki harorat o’lchangandagi farq. Agar havo namligi, havo tarkibidagi zaharli gazlar, shovqin va yana boshqa narsalarni o’lchanganda, ko’chalar haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni solishtirib ko’rish imkoni bo’lardi. Bularni endi keyingi safarga qoldiraman😉.

🇷🇺—на русском

👍👉🏻 @archemistryurban 👈🏻👍

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yaqin kunlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi "oila"si paydo boʻlishiga sabab boʻlgan Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi oʻrtasidagi nikoh bekor qilinsa hayron qolmayman. Aytishlaricha, nikohlanuvchilardan biri nikoh shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza bergan. "Adolatli sud" esa bunga qarshi emasdek.

Bu nikohdan jabr koʻrgan yana bir tashkilot - Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ham "ajrashish"dan foydalanib qolishi mumkin.

P. S. gaplarimni jiddiy qabul qilmanglar yana, hammasi hazil boʻlishi ham mumkin.

Oʻzbekistondagi ajrashishlar statistikasi bilan bu yerda tanishsangiz boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

5 - 11-sinflar uchun filologiya yoʻnalishidagi fanlarning taqvim-mavzu rejalari.

Avvalgi faylda qardosh tillar yoʻq edi, bunisida bor.

Manba: Metodik xizmat kanali

Bizni tojik tilida oʻqing: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Filologiya yo'nalishidagi fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tilini (umuman tilni) samarali oʻqitish biz shu paytgacha oʻrgangan usuldan boshqacharoq ekanini oʻqituvchilarga tushuntirish juda ham mushkul kechmoqda. Argumentlar kor qilmayapti, tushunishni istamaydiganlar bisyor.

Men universitetda ishlash orqali ona tili taʼlimiga kichik boʻlsa-da taʼsir oʻtkazishni orzu qilaman. Yaxshi niyat bilan Ona tilini oʻqitish metodikasi fani yuzasidan OTM talabalari uchun oʻquv kursi materiallarini tayyorlash (yigʻish, saralash, topshiriqlar tuzish)ga kirishdim. Oʻylaymanki, OTMlarni endi bitirayotgan talabalar ona tilini oʻqitishning boshqacha, samarali usullari ham borligini anglagan holda ketishadi. Bu borada ustozlarim Iroda Azimova hamda Klaraxon Mahmudovnalar anchayin salmoqli ishlarni amalga oshirishgan. Mening maqsadim boshlangan ishlarni koʻngildagidek davom ettirish xolos.

Kecha tarqalgan xabarlar hamda oʻqituvchilarning munosabatlarini oʻqib universitetda ishlashga qaror qilganim (hali ishga olishsa) naqadar toʻgʻri boʻlganini tushundim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabgacha va maktab ta'limi matbuot xizmati hech qanday rasmiy ma'lumotlar bermagach tasdiqlanmagan ma'lumotlarni tarqatishga majburman

Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga koʻra boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish fanlari alohida-alohida oʻqitilar emish. Bugun boshlangan seminarda shunday gap yangragan. Rus tilli maktablar uchun ona tili (Русский язык) hamda oʻqish (Чтение) fanlari ajratilishi 90 foizga aniq. Oʻzbek tilli maktablarda bu taxmin hozircha 50 foiz.

Bu umuman aqlga sigʻmaydigan narsa.

Agar alohida oʻqitilsa, quyidagi savollarga javob berish zarur:

1. Nima uchun qoʻshilgan fanlar ajratilmoqda? Qanday sabab, qaror, qonun, mantiqqa koʻra?

2. MOʻD asosida yozilgan darsliklarning qanday kamchiliklari aniqlandiki, ular bekor qilinmoqda?

3. Ajratilgan darsliklarning standartlari va dasturlari nega muhokamaga qoʻyilmadi? Ilmiy-jamoatchilikdan fikr olinmadi? (MOʻD shunday qilingan edi)

4. Prezidentning PQ-4884 qarori nima boʻladi? Unda aniq-tiniq qilib, ona tili va oʻqish fanlarini qoʻshib yuborish orqali yangi fan joriy qilish aytilgan edi. U qaror bekor boʻlib ketdimi yoki prezidentning ta'lim borasidagi qaroriga zid yurish qilindimi?

5. Ona tili va oʻqish fanlari qoʻshilishi ilmiy jihatdan ham asoslangan edi, ajratish tarafdorlari buni qaysi ilmiy asosga koʻra qilishmoqda?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

N. Mahmudov (Toshkent DPI)
Maktabdagi ona tili taʼlimining bosh maqsadi savodxonlik, savodli ogʻzaki va yozma nutq, fikrni loʻnda va favqulodda muvofiq holda ifodalay olish malakasini tarkib toptirishdan iborat boʻlmogʻi zarur. Bu taʼlimda hozirgiday “grammatika-grammatika uchun” emas, balki “grammatika fikrning aniq va loʻnda ifodasi uchun” shiori asos boʻlmogʻi kerak

Grammatik qoidalarni yodlashdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, darsliklardagi mashqlarni ijodiy fikrlash malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsadga muvofiq. Mashqlarda va umuman oʻqitishda shaklning maʼnosini emas, maʼnoning muvofiq shaklini izlash bosh tamoyil boʻlishi kerak. Aks holda ona tili darsligi baribir oʻta zerikarli bir ishga aylanaveradi.

Oʻ. Kenjayev (Qarshi shahar XTB)
Ona tili darslarida oʻquvchilarga beriladigan bilim va malakaning keyingi yillarda faqat nazariy asosga qurilayotganligi maʼlum boʻlib qolmoqda.

Oʻzbek tili darsligida mavzudan keyin 3 – 10 ta mashq tahlil uchun berilgan. Hammasida bir xil koʻchiring, oʻqing, nuqtalar oʻrniga u yoki bu ..... ni qoʻying degan talablar qoʻyilgan. Natijada oʻqituvchi oʻsha mashqlarni yozdirish bilan ovora boʻlib qolyapti.

O. Madayev (ToshDU)
Koʻp yillardan buyon anʼana tusiga kirgan maktab tajribasi oʻzbek tili hamda oʻzbek adabiyotini bir-biridan ajratib, ularni chegaralab qoʻydi. Yakuniy maqsad bir boʻlishiga qaramasdan bu fanlar hamon alohida-alohida oʻqitilmoqda. Endilikda mazkur chegarani buzmasdan turib oʻquvchilarni savodli, badiiy adabiyotni sevuvchi inson qilib tarbiyalab boʻlmasligini tan olish vaqti yetdi. Xalq taʼlimi vazirligi dastlab 5 – 7-sinflar keyin 8 – 9-sinflar uchun yangi – oʻzbek tili va oʻzbek adabiyoti yagona fan boʻlgan dasturni ishlab chiqmogʻi, bu uchun ijodiy ilmiy-metodik guruh tuzmogʻi lozim.

Asqar Gʻulomov (BuxDU)
Amaliylikka ona tili oʻqitishda induktiv usuldan unumli foydalanish orqali erishiladi. Shuning uchun ona tili mashgʻulotlarida topshiriqlar, asosan, “Mantnni oʻqish va matn asosida falon, falon ishlari bajaring”, “falon mavzuda matn yarating”, “matnni oʻqing va uni falon sharoitga moslab qayta tuzing”, “gap va matnning mazmunini saqlagan holda uning shakliy ifodasini oʻzgartiring” va h.k. qabilida boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Topshiriqlarning bunday mazmun kashf etishi oʻquvchini bilish jarayonining faoli, oʻqituvchini esa shu jarayonning tashkilotchisi va boshqaruvchisiga aylantiradi.


1993-yilda tashkil etilgan “Ta’lim boʻgʻinlarida ona tili oʻqitish mazmunini yangilash asoslari” mavzusidagi Oʻzbek tili doimiy anjumanining 2-yigʻini tezislaridan olindi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Barxudarov hamda Dosichevaning darsligini mamlakatdagi birinchi shaxs maqtab qoʻygach, barcha mamlakatlarning milliy tilidagi ona tili darsliklari va ulardagi grammatika ham shu darslik asosida ishlab chiqila boshlandi.

Hozirgi Oʻzbekiston hududida 1938-yilgacha ona tiliga boʻlgan yondashuvda grammatik struktura birinchi oʻrinda emasdi. Jadidlarning darsliklari bunday xulosa qilishimizga asos boʻla oladi. Ularda savod chiqarish hamda oʻqish yozishga oʻrgatish asosiy maqsad ekani yaqqol sezilib turadi. Ammo 1938-yildan keyin oʻzbek tilining grammatik strukturasi ham, metodikasi ham Stalin “menga yoqdi” degan darslik asosida oʻzgarib ketdi. A. Gʻulomov, O. Usmonov, B. Avezov tomonidan yozilgan darslik va qoʻllanmalar oʻzbek tili metodikasi va adabiy til meʼyorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Barxudarovning darsligi qolipidan chiqmaslik, uning qolipini aynan oʻzbek tili grammatikasiga koʻchirish davr talabi edi. Oʻsha paytdagi Stalin dahosi hamda SSSR siyosati shuni taqozo qilardi.

Keyinroq bu qoliplardan chiqish kerakligi bir necha bor taʼkidlandi, qarorlar, yangi oʻquv dasturlari qabul qilindi ammo qonga singgani jon bilan chiqar deganlaridek, Barxudarov uslubidan chiqib ketishga hamon urinayotirmiz.

davomi bor...

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

13.000 kishi umumiy kvotadan tashqarida ekan-ku, bizning farzandlarimizga taʼsir qilmabdi-ku deyishga shoshilmang. Tushuntirishga harakat qilaman.

Tasavvur qilaylik, sizning farzandingiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga oʻqishga kirmoqchi. U tanlagan yoʻnalishda umumiy kvota 100 tani tashkil etadi. Sizning bolangiz esa testdan 171 ball toʻplab, 110-oʻrinda turibdi. Yaʼni kira olmadi. Imtihonlar oʻtgach, umumiy kvotalardan tashqarida oʻsha yoʻnalishga imtiyozi borlar qoʻshila boshlaydi. Endi bu yoʻnalishga jami 110 ta odam olinadi. Lekin 10 tasi imtiyozchilar.

Agar ijtimoiy adolat taʼminlanib, imtiyozlar bekor qilinganda edi, sizning farzandingiz ham talaba boʻlishi mumkin edi. Chunki davlat 100 kishini emas, 110 kishini ham oʻqita olar ekan. Agar oʻqita olmaganda yana 10 ta umumiy kvotadan tashqari oʻrin ajrata olmasdi.

Xullas, umumiy kvotadan tashqari deyilgani bilan, imtiyozchilar baribir imtiyozsizlar (davlat imtiyoz berishni xohlamagan “qora qatlam”)ning oʻqishga kirishiga xalaqit bermoqda.

Komil aka aytganidek, bunday imtiyozlarni Konstitutsiyaviy sud koʻrib chiqishi va konstitutsiyaga zid ekani sababidan bekor qilishi zarur.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi taqvim mavzu rejalarni ulashar ekan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshlangʻich sinflarda Ona tili va Oʻqish fanlari ajratilganini rasman e'lon qildi.

E'tibor bering, faqatgina rasman e'lon qildi. Hali uning ilmiy tomonlari ham bor. Ularni ham e'lon qilishlarini kutamiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 3-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 1-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 7-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻtgan yili oʻqitivchilar oʻrtasidagi "Zakovat" turniri saralash bosqichida oʻynalgan savollar va javoblar.

P. S. bu savollar tushmasligi aniq, qanday savollar boʻlishi haqida moʻljal olish uchun ulashyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

👨‍🏫O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning!

📣O‘qituvchilar uchun xushxabar! Bu yil ham ushbu soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda!

Turnirda turli xususiy o‘quv kurslari, o‘quv markazlari o‘qituvchilaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalarining (shuningdek, turli davlat tashkilotlari tizimidagi malaka oshirish markazlarining) o‘qituvchilari qatnashishi mumkin.

Turnirda har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoaga zaxira o‘yinchisini jalb qilish ixtiyoriy hisoblanadi.

Turnir quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:

- saralash bosqichi;
- respublika bosqichi.

Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichida hududlarga beriladigan yo‘llanmalar soni ushbu hududlardan kelib tushgan arizalar soniga qarab ko‘paytirilishi mumkin.

Turnirda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi turnir nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasi orqali 11-sentabr kuniga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishlari lozim.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m;
2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m;
3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va adabiyot fanlaridan 2023-2024-oʻquv yili uchun 5-11-sinflarga moʻljallangan taqvimiy mavzular rejasi. Nusxalab olish imkoni bor fayl (Microsoft Word)

Bizni tojik tilida oʻqing: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

OTMlarga qabul qilishdagi diskriminatsiya - imtiyozlarning mavjudligi haqida hudud24.uz sayti yaxshi maqola tayyorlabdi. Masalaning turli tomonlarini ochishga harakat qilishgan.

Ta'lim mutaxassislari qatorida mening ham fikrlarimdan foydalanishibdi.

Maqolani toʻliq oʻqish uchun:
https://hudud24.uz/?p=18109

Tojik tilidagi kanalimiz: @birgap_tj
@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Universitetda biz oʻqigan davrda oʻz sohasining yaxshi mutaxassislari anchayin koʻp chiqqan. Shulardan biri Shohroʻz Moʻminzoda. Shohroʻzni dastlab shoir sifatida taniganman, keyinchalik tarjimon, matnshunos va muharrir sifatida koʻproq bildim. Oʻzbek matnshunosligining kelajagi deganda Shohroʻz Moʻminzoda ham koʻz oldimdan oʻtadi.

Shohroʻz metodikaga ham qiziqadi. Shu sababdanmi kanalimdagi har bir postni tojik tiliga oʻgirib, @birgap_tj kanaliga joylab bormoqda.

Til o'qitish va ta'lim mavzulari qiziq bo'lgan tojik kuzatuvchilarimizni va o'zbek-tojik tillaridagi tarjima matnlariga qiziqadiganlarni (ikki tildagi postlarni solishtirish uchun) kanalimizga taklif etamiz!

Bizni tojik tilida oʻqish uchun: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu yil maktabda 7-8-sinflarga Ona tili va adabiyot fanlaridan dars oʻtishni reja qilyapman. U maydondagi voqealardan ham sizlarni imkon qadar xabardor qilib boraman.

Kanalim izohlarida Barxudarovdan yuqqan metodika davomchilari bilan tortishishni, ularga tushuntirishga urinishni bas qilmoqchiman. Bu jarayonlar yuragimni siqib, energiyamni soʻrib olyapti. Hamma gapimni shu blogimda qisqa-qisqa yozib boraveraman. Tushungan (tushunishni istagan) tushunar, qolganiga bir gap boʻlar.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish, Milliy oʻquv dasturi joriy qilinishidan oldin boʻlganidek, alohida-alohida fanlar sifatida oʻqitilishi haqidagi xabar toʻgʻriga oʻxshayapti. Shu oʻrinda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbari Vohid Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga savollar:

1. (Agar bu xabar rost boʻlsa - ilovadagi fotoga qarang) Qaysi ilmiy asoslarga koʻra bu qarorga kelindi? Bu qaror qayerlarda, qaysi ilmiy-metodik davralarda muhokama qilindi, kim tasdiqladi?

2. Bu darsliklar (alohida ona tili, alohida oʻqish) qaysi standart asosida yozildi? Bu standartni kim(lar) ishlab chiqdi, qayer(lar)da muhokamadan oʻtkazildi, kim tasdiqladi? Bu standartni ochiqlashning imkoni bormi?

3. Davlat rahbarining "boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish fanlari bitta darslik asosida olib borilsin" degan qarori nima boʻldi?

4. Davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan fotosuratga koʻra, oʻtgan yili oxirida davlat rahbari ishtirokida oʻtkazilgan taqdimotda "Ona tili va oʻqish savodxonligi" darsligi namoyish etilgan. Taqdimotda bitta darslikni koʻrsatib, amalda boshqa darslik joriy qilinmayaptimi?

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Vazirlik ma'lumot berishicha, Toshkent shahridagi 60-maktabda “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda ekan.

Tarqatilgan xabarga ilova qilingan rasmlardan birida oʻqituvchi rus tilli maktablar uchun "Alifbe" (Букварь)ni qoʻlida tutib turganini koʻrish mumkin.

Keyin RTM tomonidan nashr qilingan "Букварь" kitobini ochdim. Jild umuman oʻxshash emas. Demak seminarda taqdim etilayotgan darslik butkul boshqa.

Bundan xulosa qilish mumkinki, bu yil kamida 1-sinflar darsliklari yangilanadi. Men rasmdagi kitob burchagida belgi turganini koʻryapman. Bu belgi, adashmasam, Finlandiyadagi xususiy ta'lim tashkilotining sifat belgisi. "Fin tajribasi" doirasida ana shu xususiy firma bilan hamkorlik qilinayotgan edi.

Demak, xulosa shuki, "fin tajribasi"joriy qilinar ekan. Bu loyiha doirasidagi darsliklar borasida savollar juda koʻp. Eng asosiysi ularning na standarti, na dasturi muhokama qilingan. Hamma uchun ochiq boʻlishi, ilmiy jamoatchilikdan fikr olinishi shart boʻlgan bunday hujjatlar bilan tanishishdan ta'lim mazmuniga javobgar tashkilotlardan biri Respublika ta'lim markazi ham mosuvo qilingan (tushunyapsanmi Karl, ta'lim mazmunini belgilaydigan tashkilotga bu hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan).

Oramizda seminarga borganlar boʻlsa, nimalar boʻlayotgani haqida izohlarda yozishsa, xursand boʻlardik.

P.S.: mana shunaqa detektivcha usullar bilan ma'lumot toʻplab, xulosalar chiqarmasak, MMT vazirligi hech narsani oʻzi aytmayapti.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi ikki post orqali ichimni tirnayotgan bir masalani olib chiqmoqchi edim.

YALTOQLANISH.

Oʻz vaqtida Stalin maqtadi deb bir darslikka yopishib olgan oʻzbek metodikasi va maorifi bugun ham jarayonlarga jim qarab turibdi. Birinchi shaxsga koʻrsatilgan va maqtaltirib olingan darsliklar hech qanday asossiz joriy qilinishi aytilayotgan boʻlsa-da, ta'lim mazmuniga javobgar boʻlgan vazirlik mum tishlab olgan.

Vazirlikka ham rahmim keladi, aytilayotgan darsliklarni joriy qilmaymiz desa, u maqtab qoʻyilgan, joriy qilamiz deb baralla aytaman desa, “dokument chatoq” (ularning na dasturi, na standarti, na ilmiy-metodik doirada muhokamadan oʻtgani haqida hujjati bor). Biroz tinchlik saqlab, vaqtni choʻzib turishsa, jamoatchilik soʻrayotgan standart va dastur hujjati ham paydo boʻlib qolsa kerak.

Ha, omon boʻlsak, koʻraveramiz...

P.S.: oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi tarixi juda qiziq, biror kun bu haqida alohida katta material tayyorlab eʼtiboringizga havola qilaman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Rasmdagi ikki insondan birini juda yaxshi taniysiz. Ha, bu oʻsha, Muhammad Yusuf qora quyosh deb atagan, Stalin. Uning yonidagi esa filolog olim Stepan Barxudarov.

Bu ikki insonning xatti-harakatlari bizning oʻzbek tili metodika va grammatikamizga ham qattiq ta'sir qilgan.

Stepan Barxudarov 1938-yilda Dosicheva bilan birgalikda "Oʻrta maktablar uchun rus tili grammatikasi darsligi"ni yozadi. U tilning funksioanl xususiyatlarini emas, uning grammatik tuzilishini oʻrgatishga moʻljallangan edi. Stalin esa uni maqtab qoʻydi.

davomi bor....

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel