birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquv yili boshlanishi arafasida eski masala yana oʻrtaga chiqdi.

sentabrmi yoki sentyabrmi?

Sentyabr deb yozish eng toʻgʻrisi ekani mana bu yerda juda yaxshi tushuntirilgan.

2013-yilda Fanlar Akdemiyasi tomonidan tuzilgan imlo lugʻatiga koʻra sentyabr yozish kerak. Nega bunday ekani shu lugʻatning oʻzida ham batafsil tushuntirilgan. Ammo bu lugʻatni tan olmaydiganlar bor. Ular keltiradigan sabab quyidagicha:

Bu lugʻatni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlamagan, imlo qoidalarini hukumat tasdiqlashi kerak. Shunday ekan bu lugʻat tan olinmagan hisoblanadi.

Aslini olganda, imlo lugʻati bilan Vazirlar Mahkamasi emas, Fanlar Akdemiyasi shugʻullangani yaxshi va mantiqqa mos.

Endi 2013-yildagi lugʻatning tasdiqlanishi borasida bir fikr:

Mana bu havola orqali oʻtsangiz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti saytining "Lugʻatlar va ensiklopediyalar" boʻlimiga borasiz. U yerda Oʻzbek tilining imlo lugʻatini tanlasangiz, 2013-yilda Fanlar Akdemiyasi tomonidan tuzilgan kirillcha imlo lugʻatini yuklab olish sahifasi ochiladi. Bu lugʻat ham hech qanday qonun yoki qaror bilan tasdiqlab qoʻyilmagan, ammo Vazirlar Mahkamasi saytida turibdi. Bu deganiki, Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akdemiyasi tayyorlagan lugʻatga rozi. Ammo bu saytda lugʻatning oʻzbek-lotin alifbosidagi nusxasi mavjud emas. Departament yo hafsala qilmagan, yo hali lotin yozuviga oʻtmagan.

Xulosam, demak, Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akdemiyasi chiqargan kirillcha lugʻatni tan olgan ekan, bu tashkilotning alohida ruxsat olmasdan lugʻat tayyorlashiga rozi. Demak, 2013-yilda chiqqan oʻzbek-lotin alifbosidagi imlo lugʻati ham toʻgʻri. Chunki uni ishonchli tashkilot chiqaryapti. 2013-yilda chiqqan har ikki alifbodagi imlo lugʻatini tayyorlagan tashkilot ham, tahrirchi ham, tuzuvchilar ham bir xil.

Kelinglar, biz oʻqitivchilar kelishib, bolalarga sentyabr deb yozishni (yaʼni hamma oʻrinda y bilan yozishni, lustra emas, lyustra) oʻrgataylik. Bunga hech qanday qarshilik yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas.

P. S. lyustra oʻrnida qandil soʻzini ishlatish mumkinligini bilaman, y orttirilgan va orttirilmaganda farq yaqqol seziladigan misol boʻlgani uchun shuni yozdim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boʻlmagan voqea

Shermat degich oshpaz boʻlardi. Juda ham katta oshxonaga bosh oshpaz etib tayinlandi. Unga aniq vazifa qoʻyilgan edi – oshxona ishini yaxshilash. Isteʼmolchilar uchun foydali ovqatlar tayyorlash. Shermat oshxonadagi jamoani yangiladi. Yangi usullarda ovqat pishira oladiganlarni, chet el oshxonalarida tajriba orttirib kelganlarni yigʻdi. Jamoaga maqsadni tushuntirdi va ishga kirishildi. Yangi jamoa avvalgi jamoa tuzgan menyuni oʻzgartirishga qaror qildi. Dastlab menyuni butkul oʻzgartirmoqchi boʻlishdi, ammo keyinroq hozircha menyudagi ovqatlarning tarkibini va pishirish uslubini oʻzgartirish bilan cheklanishga kelishishdi.

Yangi menyu ishlab chiqildi, ovqatlar retsepti yangilandi. Shermatning jamoasi Sattorning yetakchiligida oshxonadagi ovqatlar oldingilaridan totimliligi, toʻyimliligi, talabga mosligi, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangani jihatidan ustun ekaniga diqqat qilishdi. Ana shu ustunlikni maqtanibgina qolmay, amalda koʻrsatib ham qoʻyishdi.

Oradan ikki yil oʻtib oshxonaning mijozlari koʻpayganini koʻrgan Aʼlamning alami keldimi, Shermatni oshxonadan ketishiga erishdi. Sattor ustiga ham rosa magʻzava agʻdardi. Ovqatlardagi juda mayda kamchiliklarni topib olamga jar soldi. Nihoyat oshxonaga oʻzi ega chiqdi. Keyin u ham menyuni oʻzgartirmoqchi ekanini aytdi. Endi biz ovqatlarni 4T modeli bilan pishiramiz dedi. Hozir hamma oʻsha totimli, toʻyimli, talabga mos, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar oʻrniga 4T modelida tayyorlangan ovqatlarni tatib koʻrishni intizorlik bilan kutmoqda.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xoʻp, oʻtgan vaqt mobaynida oyliklarimiz 2,5 barobar oshibdi. Oʻsha oʻtgan vaqt davomida oddiy buxanka hamda nonvoy nonlar narxi ham 2 barobarga oʻsdi.

Bundan tashqari, inflyatsiya ham oshgan, masalan, 7 yil oldin 1 AQSH dollari 8500 atrofida boʻlgan boʻlsa, hozir 12.200 soʻm atrofida.

Oshgan toʻlovlar, oshgan narx-navolarni hisoblab chiqsak oyligimizning real oshishi 0,5 barobar boʻlgan boʻlsa kerak. Qurilish, marketing, IT kabi sohalar bilan qiyoslaganda bu kulgili natija boʻladi.

Xullas, real oyliklarimiz oshmagan, 2,5 barobar esa bu illyuziya xolos.

P. S. yana bilmadim, iqtisodchilar koʻproq biladi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Menga oʻxshab oʻylaydigan va Oʻzbekistondan koʻngli sovib ketadigan yoshlar qancha ekan-a?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) rahbari aytishicha bu yil umumiy qozondan tashqarida 13.000 odam qabul qilingan.

Demak, davlatning hozir umumiy qozonni 13.000 odamga koʻpaytirishga va hammaga teng jang qilish imkonini berishga salohiyati bor.

Yaʼni turli imtiyozlar olib tashlansa, umumiy kvotalar soni yana 13.000 taga koʻpayadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boshlangʻich sinflarning taqvim-mavzu rejalari ham e'lon qilina boshladi. Bu rejalar 4K modeli asosidagi darsliklarning (ya'ni yap-yangi) rejalari hisoblanadi.

Bu yerda faqat birinchi chorak uchun rejalarni koʻrishingiz mumkin.

P. S. imloviy, ishoraviy va texnik xatolarga men javobgar emasman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 2-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 10-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 6-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻtgan yili shu turnirda maktabimiz jamoasi qatnashgan edik, saralashdan oʻtib, finalga chiqqanmiz. Finalda 3-oʻrinni olgandik (kuchli uchlikda faqatgina biz maktab jamoasi boʻlgan ekanmiz).

Bu safar 1-oʻrinni olishni niyat qilib turibmiz. Yaxshi niyat yarim mol deyishadi. Niyatning oʻzi yetmaydi, shugʻullanish ham kerak.

Qatnashadigan hammani kutamiz. Ustozlar bilan bellashish yoqimli baribir.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

🌱Daraxtning kuchi

Ushbu videoda ikki ko’cha, Parkent hamda Mahtumquli ko’chalari kesimida daraxt bor hamda yo’q joylarini solishtirib ko’rdim.

🔥Daraja o’lchaydigan asbob yordamida, 1metr balandlikka qo’ygan holda ko’chalarning asfalt qismlariga quyosh tushgan hamda soyali qismi, trotuarlarda daraxt bor joyi hamda yo’q qismlarini o’lchab ko’rdim.

🔹Ko’chada havo harorati 37°c bo’lgan kunda, Mahtumquli ko’chasida trotuarda daraxtlar borligi uchun havo salqin, havo harorati 33.4°c, deyarli 4°c salqin, balkim bu vaqtda sug’orish uskunalari ishlagani sabab pastdir, lekin daraxt borligi uchun ham bu yerda ko’chadagi haroratdan pastroq.
🔹Trotuarning o’rtadagi quyoshda qolgan beton qoplamali qismida esa 2°c issiq, ya’ni 39.4°c.
🔹Avtomobil yo’lining soya joyida 37.4°c
🔹Avtomobil yo’lining quyosh tushgan qismida deyarli 5°c issiqroq, ya’ni 41.9°c

🔻Parkent ko’chasida daraxtlarning deyarli yo’qligini hisobga olsak, bu yerda soyali joyning o’zi yoq, agar faqat binolarning soyasini aytmaganda.
🔻Avtomobil yo’lining asfalt qismida, havo harorati 5°c’dan ko’proq issiq, 42.2°c
🔻Trotuarning soyasiz beton qoplamali qismida 40.9°c
🔻Va trotuarda binoning soyasi tushgan qismida 38.5°c

🤔🌱Natijadan ko’rishingiz mumkin, daraxt bor ko’chalarimiz havo harorati issiq bo’lgan kunlarda ham, havo haroratidan bi necha gradusga salqinroq saqlaydi. Ko’chalarning asosan soya beradigan daraxtlari bor qismlari anchayin salqin, soya bermaydigan archa va shunga o’xshash daraxt va butalardan bizning iqlimda mos kelishi-kelmasligi haqida o’ylab ko’rish kerak. Ko’chalarning keng bo’lishi ham, bizning iqlimga unchalik ham to’g’ri kelmas ekan deb o’ylayman.

P.S. Bu shunchaki harorat o’lchangandagi farq. Agar havo namligi, havo tarkibidagi zaharli gazlar, shovqin va yana boshqa narsalarni o’lchanganda, ko’chalar haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni solishtirib ko’rish imkoni bo’lardi. Bularni endi keyingi safarga qoldiraman😉.

🇷🇺—на русском

👍👉🏻 @archemistryurban 👈🏻👍

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yaqin kunlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi "oila"si paydo boʻlishiga sabab boʻlgan Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi oʻrtasidagi nikoh bekor qilinsa hayron qolmayman. Aytishlaricha, nikohlanuvchilardan biri nikoh shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza bergan. "Adolatli sud" esa bunga qarshi emasdek.

Bu nikohdan jabr koʻrgan yana bir tashkilot - Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ham "ajrashish"dan foydalanib qolishi mumkin.

P. S. gaplarimni jiddiy qabul qilmanglar yana, hammasi hazil boʻlishi ham mumkin.

Oʻzbekistondagi ajrashishlar statistikasi bilan bu yerda tanishsangiz boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

5 - 11-sinflar uchun filologiya yoʻnalishidagi fanlarning taqvim-mavzu rejalari.

Avvalgi faylda qardosh tillar yoʻq edi, bunisida bor.

Manba: Metodik xizmat kanali

Bizni tojik tilida oʻqing: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Filologiya yo'nalishidagi fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tilini (umuman tilni) samarali oʻqitish biz shu paytgacha oʻrgangan usuldan boshqacharoq ekanini oʻqituvchilarga tushuntirish juda ham mushkul kechmoqda. Argumentlar kor qilmayapti, tushunishni istamaydiganlar bisyor.

Men universitetda ishlash orqali ona tili taʼlimiga kichik boʻlsa-da taʼsir oʻtkazishni orzu qilaman. Yaxshi niyat bilan Ona tilini oʻqitish metodikasi fani yuzasidan OTM talabalari uchun oʻquv kursi materiallarini tayyorlash (yigʻish, saralash, topshiriqlar tuzish)ga kirishdim. Oʻylaymanki, OTMlarni endi bitirayotgan talabalar ona tilini oʻqitishning boshqacha, samarali usullari ham borligini anglagan holda ketishadi. Bu borada ustozlarim Iroda Azimova hamda Klaraxon Mahmudovnalar anchayin salmoqli ishlarni amalga oshirishgan. Mening maqsadim boshlangan ishlarni koʻngildagidek davom ettirish xolos.

Kecha tarqalgan xabarlar hamda oʻqituvchilarning munosabatlarini oʻqib universitetda ishlashga qaror qilganim (hali ishga olishsa) naqadar toʻgʻri boʻlganini tushundim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabimiz "Zakovat" oʻyinlarining Pofessional hamda Ikkinchi liga oʻyinlarida qatnashadi. Men Ikkinchi ligadagi jamoada oʻynayman (shu ligada oʻynab ustozlar chempionatiga tayyorlanish qulay).

Jamoamiz bilan yozgi mavsumda 3-oʻrinni oldik.

Professional ligadagi asosiy jamoamiz esa 1-oʻrinni oldi.

Oʻquv yili oldidan yana bir yutuq bilan maktab jamoasini qutlayman!

P. S. sizlardan ham qutlovlar qabul qilinaveradi 😁

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bilasizlar, men xususiy maktabda ishlayman. Xususiy maktablar, odatda, aniq hamda chet tili fanlariga ixtisoslashgan boʻladi. Bizning “Sodiq School” maktabimiz ham ingliz tili hamda matematikaga ixtisoslashgan. Maktabimizda har oy reyting imtihonlari oʻtkaziladi hamda oʻquvchilar natijasiga koʻra sinflarga qayta taqsimlanadi. Ana shu reyting imtihonlari ingliz tili va matematikadan oʻtkazilar edi. Bu oʻquv yilidan boshlab yuqoridagi fanlar qatoriga ona tili ham qoʻshilgan. Endi ona tili fani oʻquvchining reytingiga taʼsir qiladi. Uning grant sohibi boʻlishida ham rol oʻynaydi. Yaʼni oʻquvchi ona tilini oʻzlashtirishga majbur boʻladi. Menimcha, maktabimiz ona tili fanini ana shunday darajaga olib chiqqan birinchi xususiy maktab boʻlsa kerak.

Yaqinda lotin alifbosiga asoslangan 6 jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” nashrdan chiqqan edi. Oʻtgan hafta maktab maʼmuriyatiga shu kitob kerakligi, sotuvda boʻlmasligi, turli byurokratik jarayonlardan oʻtib uni qoʻlga kiritish mumkinligini aytgan edim. Ertalab xushxabar eshitdim, endi maktabimizda lotin yozuvidagi izohli lugʻat bor. Oʻquvchilarning lugʻat bilan ishlash koʻnikmasini rivojlantirishda, oʻzbek tilining jilosini koʻrsatishda bu juda ham yaxshi qurol hisoblanadi, ayniqsa, u lotin alifbosida boʻlsa.

Ana shunaqa gaplar, yangi oʻquv yili shunaqa zoʻr yangiliklar bilan boshlayapmiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

O'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar majmuasi

📘6,-7-,10-sinf Adabiyot (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Algebra (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Biologiya (7 tilda)
📘10-sinf CHAQIRUVGA QADARBOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK (o'zbek va qaraqalpoq tilida)
📘7,-10-sinf Fizika (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Geometriya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Geografiya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Kimyo (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Tabiiy fanlar (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Matematika (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Qadimgi dunyo tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf O'zbekiston tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Jahon tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6,-7-,10-sinf Ona tili (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf O'zbek tili (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Rus tili (rus)
📘3-11-sinf Rus tili
📘7-sinf Texnologiya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-7-sinf Tasviriy san'at (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

13.000 kishi umumiy kvotadan tashqarida ekan-ku, bizning farzandlarimizga taʼsir qilmabdi-ku deyishga shoshilmang. Tushuntirishga harakat qilaman.

Tasavvur qilaylik, sizning farzandingiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga oʻqishga kirmoqchi. U tanlagan yoʻnalishda umumiy kvota 100 tani tashkil etadi. Sizning bolangiz esa testdan 171 ball toʻplab, 110-oʻrinda turibdi. Yaʼni kira olmadi. Imtihonlar oʻtgach, umumiy kvotalardan tashqarida oʻsha yoʻnalishga imtiyozi borlar qoʻshila boshlaydi. Endi bu yoʻnalishga jami 110 ta odam olinadi. Lekin 10 tasi imtiyozchilar.

Agar ijtimoiy adolat taʼminlanib, imtiyozlar bekor qilinganda edi, sizning farzandingiz ham talaba boʻlishi mumkin edi. Chunki davlat 100 kishini emas, 110 kishini ham oʻqita olar ekan. Agar oʻqita olmaganda yana 10 ta umumiy kvotadan tashqari oʻrin ajrata olmasdi.

Xullas, umumiy kvotadan tashqari deyilgani bilan, imtiyozchilar baribir imtiyozsizlar (davlat imtiyoz berishni xohlamagan “qora qatlam”)ning oʻqishga kirishiga xalaqit bermoqda.

Komil aka aytganidek, bunday imtiyozlarni Konstitutsiyaviy sud koʻrib chiqishi va konstitutsiyaga zid ekani sababidan bekor qilishi zarur.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yuqoridagi taqvim mavzu rejalarni ulashar ekan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshlangʻich sinflarda Ona tili va Oʻqish fanlari ajratilganini rasman e'lon qildi.

E'tibor bering, faqatgina rasman e'lon qildi. Hali uning ilmiy tomonlari ham bor. Ularni ham e'lon qilishlarini kutamiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 3-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish savodxonligi 1-sinf. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

P. S2. bu sinf darsliklari yangilanishi aytildi, mayli, kimgadir kerak boʻlsa deb tashlab qoʻyyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili 7-sinf. Metodik qoʻllanma.

P. S. ayrim imloviy va texnik xatolari boʻlishi mumkin, oxirgi nusxa qoʻlimizda yoʻq.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻtgan yili oʻqitivchilar oʻrtasidagi "Zakovat" turniri saralash bosqichida oʻynalgan savollar va javoblar.

P. S. bu savollar tushmasligi aniq, qanday savollar boʻlishi haqida moʻljal olish uchun ulashyapman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

👨‍🏫O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning!

📣O‘qituvchilar uchun xushxabar! Bu yil ham ushbu soha vakillari o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda!

Turnirda turli xususiy o‘quv kurslari, o‘quv markazlari o‘qituvchilaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ta’lim muassasalarining (shuningdek, turli davlat tashkilotlari tizimidagi malaka oshirish markazlarining) o‘qituvchilari qatnashishi mumkin.

Turnirda har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoaga zaxira o‘yinchisini jalb qilish ixtiyoriy hisoblanadi.

Turnir quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:

- saralash bosqichi;
- respublika bosqichi.

Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichida hududlarga beriladigan yo‘llanmalar soni ushbu hududlardan kelib tushgan arizalar soniga qarab ko‘paytirilishi mumkin.

Turnirda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi turnir nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasi orqali 11-sentabr kuniga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishlari lozim.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m;
2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m;
3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va adabiyot fanlaridan 2023-2024-oʻquv yili uchun 5-11-sinflarga moʻljallangan taqvimiy mavzular rejasi. Nusxalab olish imkoni bor fayl (Microsoft Word)

Bizni tojik tilida oʻqing: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

OTMlarga qabul qilishdagi diskriminatsiya - imtiyozlarning mavjudligi haqida hudud24.uz sayti yaxshi maqola tayyorlabdi. Masalaning turli tomonlarini ochishga harakat qilishgan.

Ta'lim mutaxassislari qatorida mening ham fikrlarimdan foydalanishibdi.

Maqolani toʻliq oʻqish uchun:
https://hudud24.uz/?p=18109

Tojik tilidagi kanalimiz: @birgap_tj
@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Universitetda biz oʻqigan davrda oʻz sohasining yaxshi mutaxassislari anchayin koʻp chiqqan. Shulardan biri Shohroʻz Moʻminzoda. Shohroʻzni dastlab shoir sifatida taniganman, keyinchalik tarjimon, matnshunos va muharrir sifatida koʻproq bildim. Oʻzbek matnshunosligining kelajagi deganda Shohroʻz Moʻminzoda ham koʻz oldimdan oʻtadi.

Shohroʻz metodikaga ham qiziqadi. Shu sababdanmi kanalimdagi har bir postni tojik tiliga oʻgirib, @birgap_tj kanaliga joylab bormoqda.

Til o'qitish va ta'lim mavzulari qiziq bo'lgan tojik kuzatuvchilarimizni va o'zbek-tojik tillaridagi tarjima matnlariga qiziqadiganlarni (ikki tildagi postlarni solishtirish uchun) kanalimizga taklif etamiz!

Bizni tojik tilida oʻqish uchun: @birgap_tj

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu yil maktabda 7-8-sinflarga Ona tili va adabiyot fanlaridan dars oʻtishni reja qilyapman. U maydondagi voqealardan ham sizlarni imkon qadar xabardor qilib boraman.

Kanalim izohlarida Barxudarovdan yuqqan metodika davomchilari bilan tortishishni, ularga tushuntirishga urinishni bas qilmoqchiman. Bu jarayonlar yuragimni siqib, energiyamni soʻrib olyapti. Hamma gapimni shu blogimda qisqa-qisqa yozib boraveraman. Tushungan (tushunishni istagan) tushunar, qolganiga bir gap boʻlar.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ona tili va oʻqish, Milliy oʻquv dasturi joriy qilinishidan oldin boʻlganidek, alohida-alohida fanlar sifatida oʻqitilishi haqidagi xabar toʻgʻriga oʻxshayapti. Shu oʻrinda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbari Vohid Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga savollar:

1. (Agar bu xabar rost boʻlsa - ilovadagi fotoga qarang) Qaysi ilmiy asoslarga koʻra bu qarorga kelindi? Bu qaror qayerlarda, qaysi ilmiy-metodik davralarda muhokama qilindi, kim tasdiqladi?

2. Bu darsliklar (alohida ona tili, alohida oʻqish) qaysi standart asosida yozildi? Bu standartni kim(lar) ishlab chiqdi, qayer(lar)da muhokamadan oʻtkazildi, kim tasdiqladi? Bu standartni ochiqlashning imkoni bormi?

3. Davlat rahbarining "boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish fanlari bitta darslik asosida olib borilsin" degan qarori nima boʻldi?

4. Davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan fotosuratga koʻra, oʻtgan yili oxirida davlat rahbari ishtirokida oʻtkazilgan taqdimotda "Ona tili va oʻqish savodxonligi" darsligi namoyish etilgan. Taqdimotda bitta darslikni koʻrsatib, amalda boshqa darslik joriy qilinmayaptimi?

Читать полностью…
Subscribe to a channel