birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

#soʻznoma

"Soʻzchi" loyihasidan navbatdagi soʻz.

Bu soʻzning boshqa tillardagi tarjimasini biladiganlar boʻlsa, yozib ketishi mumkin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

“Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga koʻtardim. Men Singapurda moʻjiza yaratmadim. Davlatdagi “moʻjiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir."

© Li Kuan Yu

Hamma qahramonlar ham qahramonlik kiyimida boʻlavermaydilar. Millatga taʼlim va tarbiya berishdek sharafli mehnatingiz uchun tashakkurlar bildirib, chin qalbimdan qutlayman.

👉@rashidtojiboev👈

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Senatorlar "Pedagog maqomi toʻgʻrisida"gi qonun bilan odamni xafa qilib turganda, oʻquvchilarim meni "Eng zukko ustoz" nominatsiyasiga loyiq koʻrishibdi.

Boshimizga toj ham kiyidirshdi.

Juda xursandman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi savol:

hushiga kelmoq
xushiga kelmoq

Qaysi biri toʻgʻri?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Qiziq, mana shu yerda birinchi rasm oʻrnida nima soʻz boʻlishi mumkin?

Mavzuni hisobga olsak, soʻz tarkibida M harfi boʻlishi kerak.

Sizlar nima deysizlar?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xushnud Xudoyberdiyev yangi alifboga sekin-asta oʻtamiz debdi. Demak, yaqin yillarda amalda 3 ta alifbomiz boʻladi:

1. Kirill yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi
3. Lotin yozuviga asoslangan Yangi Oʻzbekiston alifbosi

Mazzzami?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻqituvchilar oʻrtasidagi "Zakovat" turniri Toshkent shahar bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Dastlabki 3 oʻrinni olgan jamoalar keyingi - final bosqichiga yoʻl olishdi.

1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 25 ochko

2. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 24 ochko

3. Sodiq School 23 ochko (oʻzi 24 boʻlishi kerak edi)

Oʻtgan yili ham saralashda 3-oʻrin bilan shahardan yagona maktab sifatida chiqqan edik. Bu safar ham shunday boʻldi.

Finalga chiqqan boshqa jamoalarni qutlayman va finalda koʻrishguncha deyman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi shu topshiriqni qanday qilib samarali qilish mumkin edi degan savolni koʻrib chiqamiz.

1. Sheʼrdan oldin oʻquvchiga quyidagi savollarni beramiz:

a) Vatan deganda xayolingizga nimalar keladi?

b) Nima deb oʻylaysiz, Vatan insonga nima uchun kerak?

2. Sheʼr matnini toʻliq beramiz (oʻzi bu sheʼr matn talablariga uncha mos emas, mayli qoʻlimizda faqat shu sheʼr bor deb hisoblaymiz-da endi)

3. Sheʼrni oʻqib beramiz, keyin oʻquvchilarga oʻqitamiz (kamida 2 tasiga)

4. Quyidagi savollarni beramiz:

a) Kindik qoni toʻkilgan diyor deganda nimani tushundingiz? (javoblarni tinglab boʻlgach, oʻqituvchi kindik qoni haqida maʼlumot berib ketadi)

b) Nima uchun Vatan yagona va betakror boʻladi deb oʻylaysiz? Sizningcha Vatanimizning nimasi betakror? (oʻquvchilar javobini tinglab boʻlgach, Vatan sogʻinchi, yantoq haqida, oq ayiqlar haqida, yaqin-qarindoshlarni, tanishlarni sogʻinish haqida aytib beradi)

d) Ayting-chi, Vatan bu binolar, bogʻlar, daraxtlar, oʻsimliklardangina iborat joymi? Vatan tushunchasi yana nimalarni oʻzida jamlaydi, deb oʻylaysiz?

5. Klaster chizamiz, oʻrtaga Vatan deb yozib qoʻyamiz. Oʻquvchilar sheʼr, oʻqituvchining nutqi asosida shakllangan tasavvurlari asosida klasterni toʻldirishlari kerak.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys

Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.

Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.

Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.

Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?

Bu - kreativ gʻoya.

Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:

“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”

Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 6, 7, 10 sinf yangi Adabiyot darsliklari Respublika bolalar kutubxonasining kitob.uz portaliga va Ziyouz portaliga ham yuklangan. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar yuklab olib foydalanishlari, adabiyotga va metodikaga qiziquvchilar tanishib koʻrishlari mumkin.

Ziyouz portaliga, shuningdek, ijod maktablarining 11-sinfi uchun yaratilgan Adabiyot darsligi ham joylashtirilgan. Bu darslik ham Milliy oʻquv dasturi asosida ijod maktablarining xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan.

P.S. Fikrimcha, oʻtgan oʻquv yilida 10-sinf uchun yaratilgan yangi darslikdan foydalangan oʻqituvchilar bu oʻquv yilida ijod maktablarining 11-sinf darsligidan foydalanishsa (umumtaʼlim maktablariga moslashtirilgan holda), ayrim mavzular takrorlanishining oldi olinadi va izchillik taʼminlanadi.

Adabiyot 6-sinf

Adabiyot 7-sinf

Adabiyot 10-sinf

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 1-qism

Adabiyot 11-sinf (ijod maktablari uchun) 2-qism

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Javob: tepa sochi tikka boʻlmoq yoki sochi tikka boʻlmoq

Izoh:

Etik choʻtkasiga yozilgan sheʼr

Duch kelsang
Kir etikka
Sochlaring
Boʻlar tikka

Borganingda
Gʻijinib
Etik turar
Qichinib

P. S. bahonada tepa sochi tikka boʻlmoq iborasi haqida ham aytib bersa boʻladi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#ustozgayordam

Oʻquv yili boshidan beri maktabimizda yangi tashkil etilgan 7- va 8-sinflarga ushbu fayldagi topshiriqni bajartiryapman. Bu topshiriq yangi yigʻilgan jamoaning bir-biri haqida koʻproq narsani bilib olishi, shu orqali yaqinroq tanishishi hamda keyingi munosabatlarga oson kirishishiga yordam beradi.

Bajarish tartibi
1. Oʻquvchilarga tarqatiladi
2. Tanishib chiqishlari soʻraladi (1 daqiqa)
3. Oʻzlari ham orqasiga shunga oʻxshash gapdan ikkita yozishi kerakligi aytiladi (2 daqiqa)
4. Shu talabga mos keladigan sinfdoshini topib, ostiga ismini yozish kerak boʻladi (oʻquvchi soniga qarab 5 – 10 daqiqa).
5. Keyin har bir oʻquvchi ikkitadan misolni oʻqishi kerak boʻladi.

Oʻquvchi oʻz ismini yozishi mumkin emas. Bundan tashqari, bir sinfdoshining ismini ikki martadan koʻp ishlatmasligi lozim.

Toʻgʻri, bu bir necha yildan beri sinfdosh boʻlib oʻqiyotgan oʻquvchilar uchun juda ham qiziq boʻlmasligi mumkin, ammo savollarni toʻgʻri qoʻyish orqali bunga erishsa boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻquv yili boshlanishi arafasida eski masala yana oʻrtaga chiqdi.

sentabrmi yoki sentyabrmi?

Sentyabr deb yozish eng toʻgʻrisi ekani mana bu yerda juda yaxshi tushuntirilgan.

2013-yilda Fanlar Akdemiyasi tomonidan tuzilgan imlo lugʻatiga koʻra sentyabr yozish kerak. Nega bunday ekani shu lugʻatning oʻzida ham batafsil tushuntirilgan. Ammo bu lugʻatni tan olmaydiganlar bor. Ular keltiradigan sabab quyidagicha:

Bu lugʻatni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlamagan, imlo qoidalarini hukumat tasdiqlashi kerak. Shunday ekan bu lugʻat tan olinmagan hisoblanadi.

Aslini olganda, imlo lugʻati bilan Vazirlar Mahkamasi emas, Fanlar Akdemiyasi shugʻullangani yaxshi va mantiqqa mos.

Endi 2013-yildagi lugʻatning tasdiqlanishi borasida bir fikr:

Mana bu havola orqali oʻtsangiz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti saytining "Lugʻatlar va ensiklopediyalar" boʻlimiga borasiz. U yerda Oʻzbek tilining imlo lugʻatini tanlasangiz, 2013-yilda Fanlar Akdemiyasi tomonidan tuzilgan kirillcha imlo lugʻatini yuklab olish sahifasi ochiladi. Bu lugʻat ham hech qanday qonun yoki qaror bilan tasdiqlab qoʻyilmagan, ammo Vazirlar Mahkamasi saytida turibdi. Bu deganiki, Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akdemiyasi tayyorlagan lugʻatga rozi. Ammo bu saytda lugʻatning oʻzbek-lotin alifbosidagi nusxasi mavjud emas. Departament yo hafsala qilmagan, yo hali lotin yozuviga oʻtmagan.

Xulosam, demak, Vazirlar Mahkamasi Fanlar Akdemiyasi chiqargan kirillcha lugʻatni tan olgan ekan, bu tashkilotning alohida ruxsat olmasdan lugʻat tayyorlashiga rozi. Demak, 2013-yilda chiqqan oʻzbek-lotin alifbosidagi imlo lugʻati ham toʻgʻri. Chunki uni ishonchli tashkilot chiqaryapti. 2013-yilda chiqqan har ikki alifbodagi imlo lugʻatini tayyorlagan tashkilot ham, tahrirchi ham, tuzuvchilar ham bir xil.

Kelinglar, biz oʻqitivchilar kelishib, bolalarga sentyabr deb yozishni (yaʼni hamma oʻrinda y bilan yozishni, lustra emas, lyustra) oʻrgataylik. Bunga hech qanday qarshilik yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas.

P. S. lyustra oʻrnida qandil soʻzini ishlatish mumkinligini bilaman, y orttirilgan va orttirilmaganda farq yaqqol seziladigan misol boʻlgani uchun shuni yozdim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Boʻlmagan voqea

Shermat degich oshpaz boʻlardi. Juda ham katta oshxonaga bosh oshpaz etib tayinlandi. Unga aniq vazifa qoʻyilgan edi – oshxona ishini yaxshilash. Isteʼmolchilar uchun foydali ovqatlar tayyorlash. Shermat oshxonadagi jamoani yangiladi. Yangi usullarda ovqat pishira oladiganlarni, chet el oshxonalarida tajriba orttirib kelganlarni yigʻdi. Jamoaga maqsadni tushuntirdi va ishga kirishildi. Yangi jamoa avvalgi jamoa tuzgan menyuni oʻzgartirishga qaror qildi. Dastlab menyuni butkul oʻzgartirmoqchi boʻlishdi, ammo keyinroq hozircha menyudagi ovqatlarning tarkibini va pishirish uslubini oʻzgartirish bilan cheklanishga kelishishdi.

Yangi menyu ishlab chiqildi, ovqatlar retsepti yangilandi. Shermatning jamoasi Sattorning yetakchiligida oshxonadagi ovqatlar oldingilaridan totimliligi, toʻyimliligi, talabga mosligi, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangani jihatidan ustun ekaniga diqqat qilishdi. Ana shu ustunlikni maqtanibgina qolmay, amalda koʻrsatib ham qoʻyishdi.

Oradan ikki yil oʻtib oshxonaning mijozlari koʻpayganini koʻrgan Aʼlamning alami keldimi, Shermatni oshxonadan ketishiga erishdi. Sattor ustiga ham rosa magʻzava agʻdardi. Ovqatlardagi juda mayda kamchiliklarni topib olamga jar soldi. Nihoyat oshxonaga oʻzi ega chiqdi. Keyin u ham menyuni oʻzgartirmoqchi ekanini aytdi. Endi biz ovqatlarni 4T modeli bilan pishiramiz dedi. Hozir hamma oʻsha totimli, toʻyimli, talabga mos, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar oʻrniga 4T modelida tayyorlangan ovqatlarni tatib koʻrishni intizorlik bilan kutmoqda.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xoʻp, oʻtgan vaqt mobaynida oyliklarimiz 2,5 barobar oshibdi. Oʻsha oʻtgan vaqt davomida oddiy buxanka hamda nonvoy nonlar narxi ham 2 barobarga oʻsdi.

Bundan tashqari, inflyatsiya ham oshgan, masalan, 7 yil oldin 1 AQSH dollari 8500 atrofida boʻlgan boʻlsa, hozir 12.200 soʻm atrofida.

Oshgan toʻlovlar, oshgan narx-navolarni hisoblab chiqsak oyligimizning real oshishi 0,5 barobar boʻlgan boʻlsa kerak. Qurilish, marketing, IT kabi sohalar bilan qiyoslaganda bu kulgili natija boʻladi.

Xullas, real oyliklarimiz oshmagan, 2,5 barobar esa bu illyuziya xolos.

P. S. yana bilmadim, iqtisodchilar koʻproq biladi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar

Siz ushbu maqol aslida boshqacha boʻlgani, hozirgi, biz biladigan (yoki taxmin qiladigan) ma'nosidan anchayin oʻzgacha boʻlganini bilarmidingiz? Menimcha, bu yerda keltirilgan shakl va mazmun hozir biz biladiganimizdan koʻra mantiqli.

Maqolani toʻliq oʻqish

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Barcha oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan qutlayman!

Shogirdlar kamolini koʻrish nasib etsin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu savol oʻzi biroz "fitnakor" edi. Oʻzbek "h" va "x" ni koʻrganda ikkisidan birini tanlashga kirishib ketadi.

Komila burniga tutilgan spirtdan hushiga keldi (oʻziga keldi).

Komil ancha oʻzgargan, darsda ham xushiga kelgan (oʻziga yoqqan, maʼqul boʻlgan) ishni qilib oʻtiradi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabimiz (Sodiq School)da yangi loyiha ishga tushdi

Maktab oʻquvchilari (xodimlari ham) "Soʻzchi" loyihasi orqali tilimizni yanada yaxshiroq oʻrganishlari mumkin.

Har kuni maxsus ajratilgan joyga soʻznoma ilinadi. Unda koʻp adashtiriladigan birliklarni farqlash, tilimiz etimologiyasi, paremiologiyasi, soʻz boyligiga oid maʼlumotlar boʻladi.

Shu munosabat bilan kanalimda ham #soʻznoma heshtegi paydo boʻldi. Maktabga ilingan soʻznomalar shu heshteg ostiga birlashadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#Эълон

✅ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!

📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🗣️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar ''tiltanlov_bot'' orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joylashtirishlari lozim.

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;

🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

🔔 Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir oʻqituvchi sifatida alifbo “islohoti”ga munosabatim

Ha, Saʼdulla aka aytganday bu hech qanaqasiga islohot emas. Muammolarning bir qisminigina yechyapmiz xolos.

Birinchidan, “x” va “h” harflarini birlashtirib, yagona “h” harfini kiritish taklifi qanday asoslar bilan rad etildi? Buni qilib boʻlmasligiga qanday ilmiy asoslar bor oʻzi? Oʻzbek xalqi bu ikki tovushni aniq farqlashiga oid biror tadqiqot bormi?

Ikkinchidan, alifbodagi oʻzgarishlar texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida qilinayotgani aytilgan edi. Tutuq belgisini muomalada saqlab qolish, lekin alifbodan chiqarib tashlash yoki ham alifbodan, ham muomaladan chiqarib tashlash borasidagi fikrlar qanday ilmiy asoslar bilan rad etildi? Oʻzi tutuq belgili nechta soʻzimiz bor? Talaffuzda bizga tutuq belgisi kerakmi oʻzi?

Xullas, alifbodagi bu oʻzgarishlar toʻliq emaski, qachondir yana kimdir buni toʻgʻrilashga kirishishi hech gap emas.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi ikkala topshiriqni (bir darslikdagi va men taklif qilgan) istang 4K boʻyicha, istang Blum boʻyicha, istang boshqa pedagogik qarash boʻyicha solishtirib koʻring.

Xulosa oʻzingizdan.

P. S. bir darslik bu qaysi darslik ekanini tushundingiz, menimcha.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xuddi shu narsa darsliklardagi topshiriqlarga ham tegishli. Topshiriqlar qiziqarli boʻlishidan koʻra, samarali boʻlishi muhim. Masalan, bir topshiriqqa koʻzim tushdi:

Tushirib qoldirilgan soʻzni toping.

Kindik qoni toʻkilgan,
Tugʻilib oʻsgan diyor.
Ona kabi mehribon,
Yagona va betakror.
Bagʻrida biz quvnaymiz,
Uni ___ ataymiz!

Qoʻygan soʻz
ingizga tushuncha bering.

Katta ehtimol bilan boʻshliqqa “Vatan” yoki “Oʻzbekiston” soʻzlari qoʻyiladi.
Bu topshiriq bir qarashda qiziq koʻrinishi mumkin, ammo oʻqish savodxonligi koʻnikmalarini (ayniqsa, 4K koʻnikmalarini) rivojlantirishga aloqador emas. Xoʻp, oʻquvchi istagan soʻzini qoʻydi, bu bilan undagi qaysi koʻnikmani tekshiryapmiz yoki qaysi koʻnikmani rivojlantirmoqchimiz. Samarasiz deganda shuni aytyapman.

Bundan tashqari, topshiriq sharti ham juda gʻalati – qoʻygan soʻzingizga tushuncha bering. Tushuncha bering deganda uni izohlash nazarda tutilmoqdami? Nega tushuncha bering, izohlang emas? Ogʻzaki nutqda ham biror soʻzga tushuncha ber deb ishlatmaymiz-ku!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi dam olinadigan bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelib qolsa, undan keyingi kun (dushanba yaʼni) dam olish boʻladi.

Masalan, 1-oktyabr dam olinadigan bayram kuni, ammo u yakshanbaga toʻgʻri kelmoqda, demak, 2-oktyabr, dushanba ham dam olinadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzbek tilining izohli lugʻati (4-jild).

Menga ishonmaganlar uchun.

Sentyabr deb yozadigan lugʻatlar soni yana bittaga oshibdi mana.

Izohli lugʻatda hamma bahsli soʻzlar (valuta, lustra kabi) y bilan yozilgan (valyuta, lyustra)

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

#ustozgayordam

Darsni boshlashdan oldin yoki bolalar zerika boshlaganda zakovat usulida bir yoki ikkita savol beraman. Albatta, har bir savolni ona tili va adabiyotga aloqador qilishga harakat qilaman. Oʻshanday savollardan biri:

Anvar Obidjon oyoq kiyim tozalovchi choʻtkaga bagʻishlangan sheʼrida choʻtkaga murojaat qilib, agar kir etikka duch kelsang senda BIR HOLAT yuz beradi deydi. Aytish kerakki, bu holat choʻtkaga juda ham mos tushgan.

Diqqat savol: BIR HOLATni yoshi katta odamlar amalda qila olmaydigan ibora bilan yozib bering.


P. S. bunday savollar berish bolalarda 4K modelida nazarda tutilgan koʻnikmalarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

​​Bildirish!

Kamina shu o‘quv yilidan amaliyotga joriy etilgan 2-sinf ona tili darsligining muallifiman. Biroq men uni hozirgi sharoitda amaliyotga joriy etilganini jiddiy xato deb bilaman.

Sababi, bu darslik 2019–2020-yillarda yozilgan bo‘lib, unda “fin tajribasi” yoki tilni o‘qitishga doir biror zamonaviy metod konseptual ravishda aks etmagan. Imkon qadar yangilik qilishga harakat qilganmiz, biroq zamonaviy metodni to‘la joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi obyektiv sabablar bor edi. Yaʼni darslikni yozishda buyurtmachining talabiga ko‘ra o‘sha vaqtdagi taʼlim standartlari va o‘quv dasturi asos qilib olingan (tabiiy, boshqa asos ham yo‘q edida). Menimcha, buni ortiqcha sharhlashga zarurat yo‘q. Zero grammatikani tizimli o‘qitishga asoslangan eski dastur asosida butunlay yangi yondashuv va metodni qo‘llab darslik yozib bo‘lmasligini sohadagi talabalar ham yaxshi biladi. Men darslikni qiziqarli hamda metodik jihatdan foydali qilishga maksimal harakat qilmay, u mohiyatan 30 yil davomida amalda bo‘lib kelgan eski darslikning egizi bo‘la olardi, xolos. 

Keyinchalik, men faoliyatimni Respublika taʼlim markazida davom ettirdim. UNICEF tomonidan biriktirilgan xorijiy ekspertlar rahbariyatga amaldagi o‘quv dasturlari eskirganini, taʼlimga zamonaviy yondashuvlarni olib kirish uchun avvalo ishni taʼlim standarti va o‘quv dasturlarini shu yangi metodlarga mos ravishda qayta ishlab chiqish kerakligini tushuntirishgan. Shunday qilib, biz ishni Milliy o‘quv dasturini yaratishdan boshladik. 6 oy davomida xorijiy mutaxassislar qo‘lida tilni o‘qitishdagi zamonaviy metodlar yuzasidan tahsil oldik. Keyin (2021-2022-yillar) shu dastur asosida kommunikativ yondashuvga (“fin tajribasi”, 4K va boshqa shunga o‘xshash zamonaviy metodlarning umumiy nomi) tayanib “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklarini yozdik. 

Shu kunlarda amaliyotga joriy etilgan darslikka kelsak, uni taʼlimga joriy etish xato bo‘lishini qariyb bir yil oldin hozirda Taʼlimni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi rahbari o‘rinbosari bo‘lib turgan Yuliya Risyukovaga bildirganman. O‘shanda u vaziyatni to‘g‘ri baholab, mening darsligim amaliyotga joriy etilmasligini, balki yangi Milliy o‘quv dasturi asosidagi darsliklarimizni takomillashtirish rejalashtirilganini aytgan. Ammo bizga nomaʼlum bo‘lgan sabablarga ko‘ra, MO‘D asosidagi zamonaviy darsliklar qolib, balki eski dastur va yondashuv asosida yaratilgan darsliklar amaliyotga joriy etilmoqda!

Bu bayonotni “Saʼdullo nega eski yondashuvni tanqid qila-qila, endi o‘zi grammatikani yodlashga asoslangan darslik yozdi” deya taʼna qilayotgan do‘stlar uchun yozdim. Bilib qo‘ying, bu eski darslik! U faqat 2020-yil uchungina yangi bo‘lgan, xolos!

Saʼdullo Quronov
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi

@bolalar_yozuvchisi

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Maktabimiz "Zakovat" oʻyinlarining Pofessional hamda Ikkinchi liga oʻyinlarida qatnashadi. Men Ikkinchi ligadagi jamoada oʻynayman (shu ligada oʻynab ustozlar chempionatiga tayyorlanish qulay).

Jamoamiz bilan yozgi mavsumda 3-oʻrinni oldik.

Professional ligadagi asosiy jamoamiz esa 1-oʻrinni oldi.

Oʻquv yili oldidan yana bir yutuq bilan maktab jamoasini qutlayman!

P. S. sizlardan ham qutlovlar qabul qilinaveradi 😁

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bilasizlar, men xususiy maktabda ishlayman. Xususiy maktablar, odatda, aniq hamda chet tili fanlariga ixtisoslashgan boʻladi. Bizning “Sodiq School” maktabimiz ham ingliz tili hamda matematikaga ixtisoslashgan. Maktabimizda har oy reyting imtihonlari oʻtkaziladi hamda oʻquvchilar natijasiga koʻra sinflarga qayta taqsimlanadi. Ana shu reyting imtihonlari ingliz tili va matematikadan oʻtkazilar edi. Bu oʻquv yilidan boshlab yuqoridagi fanlar qatoriga ona tili ham qoʻshilgan. Endi ona tili fani oʻquvchining reytingiga taʼsir qiladi. Uning grant sohibi boʻlishida ham rol oʻynaydi. Yaʼni oʻquvchi ona tilini oʻzlashtirishga majbur boʻladi. Menimcha, maktabimiz ona tili fanini ana shunday darajaga olib chiqqan birinchi xususiy maktab boʻlsa kerak.

Yaqinda lotin alifbosiga asoslangan 6 jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” nashrdan chiqqan edi. Oʻtgan hafta maktab maʼmuriyatiga shu kitob kerakligi, sotuvda boʻlmasligi, turli byurokratik jarayonlardan oʻtib uni qoʻlga kiritish mumkinligini aytgan edim. Ertalab xushxabar eshitdim, endi maktabimizda lotin yozuvidagi izohli lugʻat bor. Oʻquvchilarning lugʻat bilan ishlash koʻnikmasini rivojlantirishda, oʻzbek tilining jilosini koʻrsatishda bu juda ham yaxshi qurol hisoblanadi, ayniqsa, u lotin alifbosida boʻlsa.

Ana shunaqa gaplar, yangi oʻquv yili shunaqa zoʻr yangiliklar bilan boshlayapmiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

O'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar majmuasi

📘6,-7-,10-sinf Adabiyot (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Algebra (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Biologiya (7 tilda)
📘10-sinf CHAQIRUVGA QADARBOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK (o'zbek va qaraqalpoq tilida)
📘7,-10-sinf Fizika (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Geometriya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Geografiya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Kimyo (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Tabiiy fanlar (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Matematika (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-sinf Qadimgi dunyo tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf O'zbekiston tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘7,-10-sinf Jahon tarixi (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6,-7-,10-sinf Ona tili (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf O'zbek tili (7 tilda)
📘6,-7-,10-sinf Rus tili (rus)
📘3-11-sinf Rus tili
📘7-sinf Texnologiya (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)
📘6-7-sinf Tasviriy san'at (o'zbek, qaraqalpoq, rus tilida)

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…
Subscribe to a channel