"Uzum market", "Uzum bank", "Uzum tezkor"ga ham oʻzbek tilini biladigan oʻzbek muharrir kerak, juda ham kerak...
Kirganda miyam portlab ketay deydi.
Bunday tadbirkorlar oʻzbeklarni hurmat qilmaydi, deb hisoblayman. Ular oʻzini oʻzbek mijozlar ahamiyatsizdek tutadilar.
Oʻzimiz ham oy emasmiz, talab qilib olishni bilmaymiz.
@birgap
Men maktab darsliklarida faqatgina bir xil shriftdan foydalanishni yoqlamayman. Kerak boʻlsa har bir mavzu oʻzining shriftiga, dizayn yechimiga ega boʻlsin.
Matndagi harflarning joylashuvi ham ma’no tashiydi. Shunday ekan, oʻquvchilarda sarlavhalarning turli koʻrinishlarini oʻqish koʻnikmasini shakllantirish lozim. Ayniqsa, ona tili fani bu ishni oʻz zimmasiga olmogʻi kerak.
Darsliklarda turli shriftlardan foydalanish asnosida oʻquvchilarda harf va soʻzlar orqali yaratilgan goʻzallikni anglash, oʻzlari ham goʻzallik yaratishlarini qoʻllab-quvvatlash mumkin, deb hisoblayman. Negadir Oʻzbekiston darsliklarida yagona shrift qoidasi ishlaydi. Bunga chek qoʻyish vaqti kelgan, menimcha.
Kalligrafiya san'ati bekor paydo boʻlmagan.
P.S. rasmlarda harflar orqali goʻzallik yaratishga urinish aks etgan
@birgap
Imlosini toʻgʻrilab qoʻyishibdi. Yetkazganga ham, quloq solib, rostlaganga ham rahmat!
@birgap
Oʻqituvchisiz, darslaringizni qiziqarli, noan’anaviy tashkil qilishni xohlaysiz, xoʻsh, buni qayerdan oʻrgansa boʻladi?
Sizga Kelajak ustozlari kanalini tavsiya qilaman. Bu kanalda turli qiziqarli metod va texnologiyalarni oʻrganishingiz mumkin:
“Qoʻsh daraxt”
“Bilim lotto”
“Aqlli qoʻllar”
“Oqmi qora”
Madina Qayumova tomonidan ishlab chiqilgan shu kabi yuzga yaqin metod va texnologiyalarni oʻrganishni istasangiz, Kelajak ustozlari kanaliga marhabo.
* reklama huquqlari asosida
@birgap
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining rasmiy vebsaytini qanday qilib oʻzbek-lotin yozuviga oʻtkazish mumkinligini aytvoringlar. Hech yerida tugmacha koʻrmayapman.
Aytganday, vazirlikning saytiga kirill yozuvi nima uchun kerak? Maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalari bu yozuvdan voz kechganiga aaancha boʻldi-yu?
OʻZGARTIRISH: muammo hal etildimi deyman, sayt oʻzbek-lotin yozuvida ochila boshladi
@birgap
Qozogʻistonda 2023-yilda korrupsionerlardan musodara qilingan pulga 43 ta maktab qurildi
Natijada hududlarda 54,4 mingta yangi o‘quvchi o‘rni paydo bo‘lgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/20762
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
Mamlakatning eng yirik tashkilotlaridan birisan, lekin avtoturargoh soʻzining qanday yozilishini bilmaysan (bir soʻzda ikkita xato). Bilmaganing yetmaganday biladigan odamdan soʻrab olishga-da aqling yetmaydi.
Rasm Toshkent xalqaro aeroportiga kiraverishda olingan.
P.S. aeroportda tanishi borlar aytib qoʻyar-a.
@birgap
Gapda bir tushunchani ifodalovchi bir nechta soʻz(lar)ni qoʻllash pleonazm deyiladi. Masalan:
- yomon illat (yomon soʻzi ortiqcha, odatlarning yomoni illat deyiladi uning olidan yomon soʻzini ishlatish notoʻgʻri, illat deyish yetarli: Uning illatlari bor.);
- yaxshi fazilat (yaxshi soʻzi ortiqcha, odatlarning yaxshisi fazilat hisoblanadi, fazilat deyish yetarli: Uning fazilatlari koʻp.);
- oldindan ogohlantirish (ogohlantirish degan soʻzning mazmunida oldindanlik mazmuni mavjud, ya’ni ogohlantirish faqatgina oldindan boʻladi, ogohlantirmoqning oʻzi yetarli: Akam meni ogohlantirmaganiga hayronman.);
- kutilmagan syurpriz (syurpriz soʻzining oʻzida kutilmaganlik mazmuni mavjud, syurpriz hech qachon kutilgan boʻlmaydi, syurprizning oʻzi yetarli: Bu syurprizdan keyin nima deyishni ham bilmay qoldim.);
Pleonazm uslubiy xato hisoblanadi. Ya’ni insho, esse kabi ijod qilib yaratilgan matnlarni tekshirayotganda pleonazmga ham diqqat qilish kerak, uni uslubiy xato sifatida sanash lozim.
Pleonazm haqida oldin ham yozgan ekanman.
P.S. izohlarda + qoʻyuvchilar koʻp boʻlsa, pleonazm haqida taqdimot, dars ishlanma (topshiriqlar toʻplami hamda nazorat ishi bilan birga) tayyorlab kanalimga joylayman.
@birgap
Mana bu xabarni oʻqidim-u xursand boʻldim. Oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilarining ham yelkasiga shamol tegarkan dedim.
Endi Milliy sertifikatga ega oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilariga ham 50%lik ustama toʻlanar ekan (avval bu 20% edi, adashmasam).
Boshlab qoʻygan esse yozish boʻyicha qoʻllanmamizni tezroq yakunlash uchun motivatsiya bu. Chunki milliy sertifikat olish uchun esse yozish shartini ham bajarish kerak.
P.S. oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi deyilganda ham ona tili sifatida ham davlat tili sifatidagisi aytilyapti deb oʻylayman, har holda shunday maʼno chiqyapti.
@birgap
Yuqoridagi post ostida qoldirilgan izohlardan biri:
Kelinglar, tasavvurga erk beramiz!
Mayli deng, eski va yangi darsliklarning “yaxshi yoki yomon” ekani subyektiv masala bo‘la qolsin, har kim ko‘rpani o‘ziga tortadi-da.
Mayli, shu 4K darsliklari rostdan ham finlarning nufuzli ilmiy dargohidan litsenziya olgan bo‘lsin (shu joyda tasavvurga erk berasiz).
Mayli, o‘sha darsliklar ko‘p jihatdan yaxshi ham bo‘la qolsin.
Mayli, yuqoridagilar “subyektiv” bo‘lgani uchun hozircha ikkinchi darajali masala bo‘la tursin...
Endi sog‘lom aqlga tayanib 1-2 ta aniq — obyektiv savol qo‘yamiz (bu faqat boshida miyasi borlar uchun). Agar shu savolga javob berilsa, shaxsan men TRMni haq ekanini tan olaman.
Savollar:
1. 2020–2022-yillarda milliardlab pul sarflab yaratilgan darsliklar qaysi ilmiy asos (ilmiy bo‘lmasa ham biror jo‘yali sabab)ga ko‘ra ta’limdan olib tashlandi va nima sababdan soliq to‘lovchilardan yana milliardlab pul undirilib, “fin” yoki "4K" darsliklari joriy etildi?
2. Metodik jihatdan “talabga javob beradigan” 4K darsliklari qaysi dastur va standartlar asosida, umuman qaysi ilmiy metodga tayangan holda yaratildi?! TRM bu bo‘yicha muayyan metodologik hujjat taqdim eta oladimi?
Javob bo‘lsa, xo‘p-xo‘p, yo‘q bo‘sa, bu reklama-intervyular ommani asosiy muammolar (savollar)dan chalg‘itish vositasidan boshqa narsa emas, menimcha.
Xo‘sh, shu darsliklar yaxshi bo‘lsa, atigi shu ikki savolga javob bering-chi?
Sa’dullo Quronov
@birgap
Baʼzi kanal va saytlarda ushbu mazmundagi sarlavhalarni koʻrdim:
Yurtimizning ayrim hududlarida kuchli tuman tushadi.
Ustozlar, oʻquvchilaringizga aytib qoʻying, tuman kuchli boʻlmaydi, qalin, quyuq boʻlishi mumkin. Yaʼni:
Ayrim hududlarimizda quyuq tuman tushadi.
Siz oʻquvchilarga oʻrgatingki, kelajakda hech kim bunday xato qilmasin.
@birgap
Tadqiqot natijasiga koʻra qogʻoz kitobdan oʻqish elektron kitobdan oʻqishga qaraganda yaxshi ekan.
Qogʻozdan oʻqiganda tushunish samaraliroq boʻlarkan.
Batafsil hali yozaman yana. Yaxshi tadqiqot qilishibdi.
@birgap
Rostdan ham, davlat maktablarining hojatxona qogʻozi, sovuni, sochigʻi qayerdan olinishi kerak? Mablagʻ manbasi qayer?
Oʻzim bilgan juda koʻp maktablarda bu narsalar yoʻq. Yuqoridagi hujjatda oʻquvchilar tomonidan yasalgan oʻyinchoqlar bilan bezating deyilibdi-ku, bu narsalar (hojatxona qogʻozi, sovuni va sochiq) ham oʻquvchilar tomonidan "tayyorlangan" boʻlishi kerakmi yoki?
@birgap
Xulosa
Diagnostik testlar quyidagi sabablarga koʻra ehtiyojlarni aniqlash uchun yaroqsiz:
1. Testlarda juda ham koʻp imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolar bor.
2. Test texnik xatolarga boy.
3. Testda ilmiy xatolar ham mavjud (ham fanga oid, ham pedagogikaga oid).
4. Test savollari orqali oʻqituvchilarning qanday ehtiyoji borligini aniqlash imkonsiz.
5. Testlar fan, pedagogik malaka yuzasidan bilimlarni yetarlicha qamrab olmagan.
6. Oʻqituvchilarning ehtiyojlarini aniqlash uchun 4 ta muqobilga ega test eng yomon usul.
@birgap
PISA, o‘qish ko‘nikmasi va bolalar adabiyoti
PISA tadqiqotlaridan yomon natija qayd etganimiz bolalar adabiyotidagi muammolarimiz bilan ham bog‘liq ekanini unutmaylik. O‘qish savodxonligi bolalarda kichik yoshdan rivojlantirib boriladigan muhim ko‘nikma. Sir emas, adabiyotimizda zamonaviy bolalar ehtiyojiga mos, sifatli matnlar juda-juda kam.
Qolaversa, o‘qib tushunish ko‘nikmasi aniq ta’limiy maqsadlarni qamrab olgan, o‘qishlilik darajasi (readability) bolaning yoshiga mos matnlar asosida shakllantiriladi. Ya’ni 8 yoshli bolaga 10 yoshli bolaning matni berilmaydi. Afsuski, bizda bolalar uchun yozilgan matnlarning yosh toifasini aniqlab beruvchi ilmiy metodlar mavjud emas. Bu haqida ko‘p yozganman.
Yana o‘zbek ijodkorlariga xos g‘alati qarashlar ham yo‘q emas. Emishki, bolalar uchun yozilgan asarda albatta katta hikmat, tarbiyaviy g‘oya bo‘lishi shart. Mana shu qarash tufayli biz 5 yoshli bola uchun ham "hikmatli" asarlar yozib ularni bezdiramiz. Yo‘q, bola shunchaki o‘qib malaka oshirishi, matnni his qilishi, harakat va ma’lumotlar ketma-ketligini kuzatishi uchun ham sodda asarlar yozish mumkin-ku! "Kitob stolning ustida. Kitob stolning ostida. Kitob stolning ortida. Endi kitob qayerda? (rasm)" kabi juda sodda matnlar biz uchun ma’nisizdek, badiiy asar emasdek tuyuladi. Sababi bola shu matn vositasida juda muhim "boshqa" ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi haqida tasavvurga ega emasmiz.
Umuman, biz o‘qish savodxonligi faqatgina ravon o‘qish, badiiy asardan zavqlanish va undan hikmat izlash emasligini anglab olishimiz shart!
Ta’limimiz rivojlanishi uchun bizga sifatli bolalar adabiyoti zarur!
@bolalar_yozuvchisi
Katta biznes ochasan-u yaxshiroq matn muharriri yollamaysan, yoki shunchaki oʻzbek tilini ham, oʻzbeklarni ham hurmat qilmaysan. Hurmat qilganingda bunday eʼtiborsizlik qilmasding.
Xatolarini koʻrsatish sizlardan...
P.S. "Evy Baby"dagilar menga chiqsa toʻgʻrilab beraman bu bechora matnni
@birgap
"Imon" spektakli. Bugunning dolzarb mavzusi haqida 63 yil oldingi sahna.
Izzat Sulton asari asosida ishlangan.
Manba
@birgap
Dars uchun topshiriqlar ishlab chiqamizmi?
Ushbu hikoya asosida dars uchun material tayyorlang. Uni shu post izohlarida qoldiring. Materiallar istang ona tilidan, istang adabiyotdan boʻlsin.
Oʻzaro fikr almashamiz. Materiallarning samarasi haqida fikr almashamiz. Har bir topshiriqqa oʻz munosabatimni bildirishga (yoki umumiy munosabat bildirishga) harakat qilaman.
@birgap
Kanalimni anchadan beri kuzatadiganlar biladi - maktablardagi hojatxona haqida bir necha marta yozganman.
Shaxsan men uchun hojatxona har qanday bino (uy, ishxona, ovqatlanish maskani, mehmonxona va shu kabi)dagi eng muhim hudud hisoblanadi. Chunki u yer odamning eng muhim ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Istasak-istamasak oʻsha ehtiyojimizni qondirishdan xavotir olmasak halovatimiz toʻkis boʻladi.
Maktablarimizda esa bunday emas. U yerdagi sharoit har qanday odamni (oʻqituvchi, oʻquvchi, rahbar) stressga qoʻyadi. Halovatini oladi.
Xullas, biz ham korrupsionerlardan olingan pullarga maktab qurvormasak-da maktablarimizdagi xarob hojatxonalarni havo aylanish tizimi, suv, qogʻoz bilan taʼminlab qoʻysak boʻlardi.
@birgap
Pleonazm borasida va'da qilingan taqdimot. Ichida topshiriq va uning tahlili ham mavjud.
Birinchi izohda faylning PDF nusxasi bor.
Iltimos, oʻzlashtirib, oʻz nomingizdan e'lon qilmang. Bu yerda Orif Tolib, Abduazim Ahror, Mansur Siddiq ("Sodiq School" maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi)larning materiallaridan foydalanilgan.
@birgap
Maqsadi til koʻnikmalarini rivojlantirish, shu jumladan, oʻqish savodxonligini oshirish boʻlgan darsliklarni maktablardan yigʻishtirib, affillangan "Novda" xususiy nashriyotining usti yaltiroq, metodik yondashuvi eski boʻlgan darsliklarini joriy qilgan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi "maktab oʻquvchilarining savodxonligini oshirish boʻyicha rejalar ishlab chiqar ekan".
Maktab oʻquvchilarining savodxonligini oshirish boʻyicha "qisqa va uzoq muddatli loyihalar" emas, maqsadi aynan shu koʻnikmani rivojlantirish boʻlgan oʻquv fani boʻlishi kerak. "Novda" kirib kelishidan oldin bunday fan bor edi.
Bugun Respublika bolalar kutubxonasi hamda bir nechta kitob doʻkonlarini aylandim. Ular haqida alohida yozaman.
Hozir mana bu kitoblarning goʻzalligidan bahra olib turing. Qachondir oʻzbek adabiyoti turkumidagi kitoblar ham mana shunaqa goʻzal jildlarda chiqishiga ishonaman.
@birgap
#maqol
Yoy egriligi tufayli shoh yonidan joy olar, Oʻq toʻgʻriligi tufayli uzoqqa borib tushar
Yuqorida maqol orqali yomonlar tilyogʻlamalik, laganbardorlik qilishlari, “doʻppisini olib kel” deb buyursalar, boshini olib kelishlari tufayli baland martabalilar yonidan oʻrin oladilar. Yaxshilar esa haqiqatni talab qilganlari, toʻgʻrisoʻz boʻlganlari, boʻyin egishni or deb bilganlari uchun xoʻrlanadilar, quvgʻin qilinadilar deyilmoqchi.
“Ma’nolar maxzani” kitobidan
@birgap
Tuhmatdan uyalsangiz boʻlardi
Avvalgi o‘quv darsliklari o‘z davri uchun yaxshi edi, lekin bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. Hozirgi o‘quv darsliklari esa, eski darsliklardan tubdan farq qiladi. Ular bolalarni tanqidiy va kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari Yuliya Risyukova
Hurmatli Yuliya Risyukova, siz ilmiy-metodik markazda rahbarlardansiz, sizning tashkilotingizda ilmiy kengash ham bor, mana shu gaplaringizni asoslaydigan birorta ilmiy xulosa mavjudmi?
Tuhmat qilishga sal uyalsangiz boʻlardi.
Yuliya Risyukova bizning jamoa tayyorlagan "Ona tili va oʻqish savodxonligi" darsliklari haqida gapirmoqda. Bu darsliklar menga farzanddek azizdir. Unga asossiz tosh otishsa oʻksinaman, dilim xufton boʻladi. Tosh otganlarni yomon koʻraman, qoralayman va ...
@birgap
Sovg‘alar mavsumi boshlandi!
Hafta yakunida maktab o‘quvchilari uchun qishki ta'til boshlanadi. Bolalar ta'tilni maroqli va foydali o‘tkazishlari uchun yangi nashr etilgan bolalar kitoblarini tavsiya etamiz.
To‘plamdagi kitoblar:
▪️Galaktikada bir kun: Koinot xaritasi (35 000 so‘m)
▪️Galaktikada bir kun: Koinot javohiri (35 000 so‘m)
▪️O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi (35 000 so‘m)
▪️Tolqonbotir yoxud paqir kiygan (35 000 so‘m) ritsar
▪️Aqlni charxlovchi o‘yinlar (45 000 so‘m)
🎁 Mushuklar malikasi Minush (50 000 so‘m)
Narx: 185 ming so‘m
P/S: Aksiya doirasida sizning xohishingizga qarab kitoblarni o‘zgartirgan holda, 30 ming so‘mdan boshlanadigan sovg'a to'plamlarini ham taklif qilishimiz mumkin. Bunda to‘plam uchun 15% dan 25% gacha chegirmalar taqdim qilamiz.
👉 Kitoblar ro‘yxati
Qo‘shimcha ma'lumot va xarid uchun: t.me/akademsavdo
📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
📘 @akademnashr
Yaxshidir, yomondir barchamizga qutlugʻ boʻlsin!
P.S. nimaligini keyinroq aytaman, soʻramanglar.
@birgap
Menimcha, bu tavsiya va koʻrsatmalar qatoriga mana bunaqa bandni ham qoʻshib qoʻyish kerak:
- bayram munosabati bilan barcha maktab hojatxonalari kerakli gigiyenik buyumlar (hojatxona qogʻozi, sovun, sochiq) hamda issiq suv bilan ta'minlansin
Bayram bayramday boʻlsin, bolalar bir maza qilsin deyman-da.
P.S. yana qanday tavsiyalarni qoʻshish kerak deb hisoblaysiz?
@birgap
Diagnostik testlar yuzasidan aytarlarimni davom ettiraman
4-dekabrdan 15-dekabrgacha butun Oʻzbekiston boʻylab maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu bilan A. Avloniy nomidagi MTI shugʻullanmoqda.
Demak, testning maqsadi o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash. Ammo testlarga nazar tashlasak, bu maqsadga erishilmayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Batafsil:
https://shokiryuldash.medium.com/diagnostik-testlar-iddaoga-mos-emas-mi-b6c1c2353e07
#PISA_tahlillari
Ushbu grafikdan koʻrinyaptiki, 2022-yilgi natijalar 2000-yillardagi natijalardan sezilarli past.
Bunga koʻpchilik COVID-19 pandemiyasini sabab qilib koʻrsatmoqda. Ammo bu yerda boshqa sabablar ham bisyorga oʻxshaydi, chunki koʻrib turibmizki, natjalar pandemiya boʻlmagan vaqtlarda ham doimiy tushib borgan.
Bu raqamlar qatnashuvchilarning oʻrtacha balli hisobalanadi.