birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

"Ona tili" 6-sinf, 157-betdagi audiomatnning yozma koʻrinishi

Ushbu audiomatn tayyorlanmagan ekan shekilli, hech yerdan chiqmadi. Topilguncha, ushbu matnni oʻquvchilarga oʻzingiz oʻqib berishingiz mumkin.

Islomdagi eng avvalgi astronomik asarlar “Zij” deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat bo‘lgan. Movarounnahrda mog‘ul istilosidan keyin birorta Zij yozilmagan edi. Ana shu sabablarga ko‘ra Ulug‘bek eng avvalo astronomik izlanishlarni yo‘lga qo‘yishi, buning uchun rasadxona barpo etishi kerak edi. Bu haqida Abu Tohirxo‘ja shunday xabar qiladi: “Madrasaga asos solinganidan 4 yil keyin Mirzo Ulug‘bek Qozizoda Rumiy, Mavlono G‘iyosiddin Jamshid va Mavlono Muyiniddin Koshoniylar bilan maslahatlashib Kuhak tepaligida Obi Rahmat arig‘ining bo‘yida rasadxona binosini qurdiradi. Uning atrofida esa baland hujralar barpo etadi. Rasadxona qurilishi 1424-yildan 1429-yilgacha davom etadi. Mazkur rasadxona ishga tushirilganda uning bosh teleskopining aniqlik darajasi atigi bir necha yoy sekundigicha borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan asrga qadar uning samaralari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan yuqori natija bo‘lib xizmat qildi.


@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Nega aqlli, olim obrazlar har doim katta galstuk taqqan, oynasi qalin koʻzoynakli, oʻziga katta kostyum, keeeng shim kiygan qilib tasvirlanadi?

Oʻqituvchi zoti koʻrsatilgan yumoristik koʻrsatuvmi, kinomi, klipmi – nima boʻlsa borki, hammasida oʻqituvchi ham yuqoridagi "talablar" asosida kiyintiriladi. Bundan tashqari ular juda ham laqma, sodda, qoʻrqoq qilib koʻrsatiladi.

Menimcha, oʻqituvchini shunday tasvirlagan barcha oʻqituvchilarni obroʻsizlantirgani uchun uzr soʻrashi, lozim boʻlsa, jazolanishi kerak. Bilaman, ular aniq bir shaxsni obroʻsizlantirmaydi, ammo aholi orasida oʻqituvchining yomon imijini yaratishga katta hissa qoʻshishadi.

Oʻzi oʻqituvchilarni shunaqa tasvirlash qayerdan kirib kelgan? Qachondan boshlangan?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Biror topshiriq yoki oʻyin yaratar ekansiz oʻzingizga berishingiz lozim boʻlgan savollar bor:

1. Bu topshiriq kimlarga moʻljallangan?

2. Bu topshiriq orqali oʻquvchida qanday koʻnikma rivojlantiriladi?

3. Bu topshiriq oʻquvchiga qanday bilim beradi?

4. Topshiriqni bajara olmagan oʻquvchidagi muammoni aniqlay olamanmi?

Mana shu savollarni berib, toʻlaqonli javob olmasdan ishlab chiqilgan topshiriq kreativ topshiriqdan boshqa narsa emas. Kreativlik va samaralilik boshqa-boshqa narsalar ekanini avval ham aytgan edim.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nashr ettirilgan kitoblarning elektron nusxalarini yuklab olishingiz mumkin.

Lugʻatlar va ensiklopediyalar

Qoʻllanmalar

Badiiy va publitsistik asarlar

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ruslarning (kamida Rossiyadagi) gʻirt natsist ekanini bilish uchun mana shu post izohlarini oʻqish yetarli.

Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya tarkibiga qaytishi kerak, oʻzbeklar "chernojop"lardir, bu sassiqlarni Rossiyadan haydash kerak, biz boʻlmaganimizda koʻtingni barmoq bilan artib yurgan boʻlarding (tovba, hojatga kirib chiqqandan keyin qoʻl yuvmaydigan odamlar shunaqa desa kulgili boʻlarkan) deyishmoqda. Nega ruslar haqida qilt etgan ovoz chiqsa Rossiya darrov munosabat bildirib, jazo talab qiladi-yu, biznikilar doim sukutda.

Aslida Oʻzbekiston mana shu kanalni sudga berishi va har bir haqoratli izoh yozganni jazolashni talab qilishi lozim. Normal, oʻzini hurmat qilgan davlatlar shunday qiladi.

Eʼtibor berganmisiz, biz hech qachon rus millati haqida haqoratlarni baralla yogʻdirmaymiz. Bular shunday qilaveradi, uyalishmaydi. Chunki oʻzlarini hamon bizning egamiz, podshohimiz deb bilishadi. Biz ularning nazdida qulmiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Asar sharhini yozish mavzusida bugungi bir soatlik darsimni tinglab turishingiz mumkin.

Dars 9:00 da boshlanadi.

Darsni kuzatish uchun yoʻnaltma:

/channel/birgap?livestream

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

8-"A" sinf, asar sharhi uchun sarlavha izlashyapti. Muhokama qizgʻin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Agar ushbu xodim notoʻgʻri ish qilgan boʻlsa, uning ogohlantirilgani haqidagi maʼlumot Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilinishi lozim. Oʻqituvchilar oʻzlarining himoyada ekanini his qilishlari, ortiqcha stressga berilmasliklari uchun ham kerak bu.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya xodimlari videodagi xodim singari ish tutgan paytda pedagoglar qanday javob qaytarishi, nimalar qilib oʻzini himoya qilishi mumkinligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berilishi lozim, deb oʻylayman.

Vazirlik pedagoglarni himoya qilishi va ular himoyada ekanini his qildirishi kerak.

Agar ushbu xodim hammasini toʻgʻri qilgan boʻlsa, unda boshqa gapim yoʻq. Oʻqituvchilikni (hech yoʻq sinf rahbarlikni) tashlash vaqti kelibdi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ikkinchi soatga keldimi, oʻqituvchi jazolanadi

degani nima?

Masalan, mening darsim 4-soatda boshlanadi. Shunda men maktabga 8-00 da borishim kerak, bormasam, Milliy gvardiya menga jazo tayinlaydimi?

Umuman, ushbu xodimning gaplarini oʻqituvchi oʻlaroq, maktab xodimi oʻlaroq kimdir tushuntirib bera oladimi? Nima demoqchi?

Kim ikkinchi soatga kelsa oʻqituvchi jazolanadi? Bola kech kelsami, oʻqituvchining oʻzi kech kelsami?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻylaymanki, 10-sinf "Adabiyot" yangi darsligi ikkinchi oʻquv yili oʻtyaptiki, nashr etilmagani vazir, oʻrinbosarlar, vazirlikda darslikka aloqador hammani qiynayapti. Ular tuni bilan uxlolmay, u yondan bu yonga agʻdarilib chiqishyapti.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Kelayotgan attestatsiya testlari spetsifikatsiyasining adabiyotlar roʻyxati qismida 2023-yili nashr etilgan "Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati" ham bor ekan. Bu lugʻatning na elektron, na matn nusxasi hamma yeta oladigan tarzda tarqatildi, adashmasam.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bir narsani eslasam kulib qo'yaman. Bir paytlar universitetlarda bunkerni gullatganlar endi ta'lim sifati uchun jon kuydirib, adolatparvar bo'lib yuribdi. Kulib qo'yinglar sizlaram)

@ostonovminbari

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi xodimning ishdan tashqari vaqtida rahbari telefon qilsa, jarimaga tortiladi

Manba: https://oyina.uz/uz/posts/21312

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bu mavzuni koʻp gapirish endi foydasiz. Hammasi tasdiqlanib boʻlgan. Bizda adashib kirib qolingan yoʻldan qaytish yoʻq, hamma vazirlik shunday tarbiyalangan.

Endi soʻraydiganimiz nima boʻlishi kerak:

1. Testlarning aprobatsiyadan oʻtkazilgani toʻgʻrisida ochiq maʼlumotlar (raqamlar yetarli, qayerlarda, nechta oʻqituvchida, ularning malakalari qanday edi kabi raqamlar).

2. Aprobatsiya natijasida testning validligi boʻyicha xulosalar (istalgan test nazariyasi boʻyicha).

Mana shu ikki maʼlumot ochiq boʻlishi lozim. Biz oʻzimiz topshiradigan testlarning sifatli ekaniga, bilimimizni toʻgʻri oʻlchayotganiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Aks holda shaxsan men bu testlarning natijasiga ishonmayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Naqadar goʻzal bayt-a?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Kung fu panda"dan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Badiiy asar (har qanday matnni ham) tushunishdagi eng muhim jihat bu – matnning nima haqida ekanini aniqlashdir.

Aksar oʻquvchilarga asar nima haqida ekan, – deb savol bersangiz, asarning syujetini aytib bera boshlaydi.

Mening oʻquvchilarimda ham shu holat uchradi. Tushuntirishga biroz qiynaldim. Misollarim bekor ketaverdi.

Shu vaziyatda "Kung fu panda" multfilmidan foydalanishga qaror qildim. Voqealari qiziq, hamma koʻrgan, hammaga yoqadi. "Nima haqida?", – degan savolga javob olish ham juda qulay. Xullas, dars materiali sifatida ideal.

Oʻquvchilardan "Kung fu panda" multfilmi nima haqida ekanini soʻradim. Hammaning fikrini tinglab olgach birinchi va ikkinchi qismlarini tahlil qilib berdim. Multfilm nima haqida ekanini bir ogʻiz gapda aytdim. Fikrimni voqealar zanjiri asosida isbotladim. Har bir voqeaning umumiy gʻoyani ochishda qanday xizmat qilayotganini batafsil gapirdim.

Oʻquvchilarning aksari koʻzidan maʼlum ediki, ular koʻz oʻngida "Kung fu panda"ning yangi qiyofasi ochilmoqda.

Multfilmning uchinchi qismi tahlilini oʻquvchilarning oʻziga qoʻyib berdim. Natija aʼlo. Maqsadga erishildi.

Bu faqat bir oʻrinda foydalanish. Undagi jumla va iboralardan esa ona tili darslarida foydalanish mumkin. Bu haqida alohida yozarman.

P.S. sizningcha, "Kung fu panda"ning 1-, 2-, 3-qismlari nima haqida?


@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Oʻzbek tilining katta imlo lugʻati"

90 000 ga yaqin soʻz.

2023-yilgi nashr

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Kung fu panda" multfilmidan adabiyot darslarida qanday foydalanish mumkin deb oʻylaysiz?

Ona tili darslari uchun boʻlsa ham boʻlaveradi.

Kechgacha hamma xayoliga kelgan gʻoyani yozaversin. Oʻzimnikini keyinroq aytaman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Sherzod Qudratxoʻja 1966-yilgi voqealarni eslar ekan, zilzildan keyin Toshkentni qayta tiklash uchun SSSRning turli hududlaridan odamlar koʻngilli boʻlib kelgani, koʻp qavatli uylarni qurishda ishlashgani, keyinroq Toshkent yoqqanidanmi, bu yerda qolib ketishganini (zilziladan oldin Toshkent aholisi 400 ming atrofida boʻlgan, qayta tiklashdan keyin 1 millionga yaqinlashgan) aytarkan, Qudratxoʻja 60 yilga yaqin vaqt oʻtdi, ular hamon mahalliy tilni oʻrganmagan deydi. Sherzod Qudratxoʻja Karl Marksdan iqtibos keltirarkan, kimki mahalliy tilni oʻrganmas ekan yo u oʻzini okkupant (bosqinchi, hukmron) deb hisoblaydi, yo til oʻrganishga aqliy imkoniyati yetmaydi degan soʻzlarni ishlatadi.

Mana bu yerda esa ushbu gaplarni Qudratxoʻja mamlakatdagi ruslarni okkupant va ahmoq deya atadi deb yozishmoqda (nazarimda, Qudratxoʻjaning gaplari notoʻgʻri talqin qilinmoqda). Jumladan ular shunday deydi:

Qudratxoʻja Sovet Ittifoqi vaqtida Toshkentga kelib, zavod, fabrika, yoʻllar qurgan odamlarni haqorat qilmoqda. SSSRning turli hududlaridan kelgan odamlar Toshkent aholisi boshiga tushgan baxtsizlikni yelkama-yelka turib yengishdi, qulab tushgan yogʻoch uylar oʻrniga oʻsha davr uchun zamonaviy boʻlgan koʻpqavatli uylar qurishdi. Buning uchun minnatdorchilik oʻrnida okkupant va ahmoq degan haqoratni qabul qilib olmoqdalar. Ha, koʻrinadiki, SSSR qulagach respublikalarda rusofoblik kuchaygan.


E’tibor beryapsizmi, bular bergan yordamlarini minnat qilishmoqda, biz boʻlmaganizmida senlar koʻpqavatli uyni tushingda ham koʻrmasding, yogʻoch iningda yashayverarding demoqchi. Mana shu gaplarining oʻzi Karl Marksning gaplarini isbotlab qoʻymayaptimi? Ular hali ham oʻzini bizdan ustun qoʻyib, bizning hukmdorimizligini ta’kidlashmayaptimi? Bundan tashqari, biz ularga har doim hurmat koʻrsatib kelyapmiz, birorta rusning huquqi oʻzbeknikidan kam etib belgilangan oʻrin mavjud emas. Rus tilli maktablarimiz, kitoblarimiz, televideniyalarimiz ishlab turibdi.

Minnat-minnat oʻynaydigan boʻlsak, biz ham Ikkinchi jahon urushini eslarmiz. Oʻzbekiston hududidan yuzlab ming odam nemislar bilan jang qilganini, front ortida ham oʻzbeklar eng oldi yordam koʻrsatuvchilardan boʻlganini esdan chiqarishmasa boʻlardi.

Qudratxoʻja aytganday, bu yerga qurilishda ishlash uchun juda ham koʻp qamoqxonada saqlanayotgan jinoyatchilar kelgan. Ularning koʻpi shu yerda qolgan. Shaxsan men mamlakatdagi koʻplab jinoiy guruhlarda oʻsha "quruvchilar"ning izi bor deb taxmin qilaman (bu oʻta shaxsiy qarashim).

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Malaka oshirish tizimi, diagnostika testlari, pedagoglarning malakasi haqida fikrlarimni aytib keldim.

Maqolani toʻliq oʻqish:

https://kun.uz/uz/news/2024/02/13/malaka-oshirish-tizimida-koproq-ilmga-asoslanish-kerak-talim-eksperti

P.S. videosi ham bor

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bolalarning bolaligini kuniga ikkita repetitorga qatnash, tinimsiz o‘qish-o‘rganish bilan o‘g‘irlab qo‘ymayapmizmi?

Bu bolalarda inson o‘z taqdirini faqat o‘zi, tinimsiz mehnat va harakat evaziga yaratadi degan tasavvurni shakllantirib qo‘ymaydimi?

Ertaga ular ishlamasang o‘lasan, bu dunyo tinimsiz raqobat va mehnat ustiga qurilgan degan xulosa bilan halovatsiz umr kechirmaydimi?

Rizq, baraka, tavakkul, muhimi xotirjamlik kabi tushunchalardan mosuvo bo‘lib qolmaydimi?

Bular shunchaki savol, xulosa emas.

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Mening xulosam shuki, ushbu videodagi xodim taʼlim jarayoniga toʻgʻridan toʻgʻri aralashishga, oʻqituvchilarni qoʻrqitishga, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha yuklamani pedagog boʻyniga ilishga urinmoqda.

Masalan, oʻquvchi birinchi soatga kelmasa (atay qilar, kelgisi kelmas, poliklinikaga tahlil topshirib chiqar va h.k.), oʻqituvchi nega jazolanishi kerak? Qaysi qonun, qaror, farmon, buyruqqa koʻra? Bu xodim yaqindagina Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzo chekilgan pedagoglar maqomi toʻgʻrisidagi qonunni buzmayaptimi?

Umuman, bu xodimning harakatlari yuzasidan MMTV, Milliy gvardiya izoh bersa, xursand boʻlardik. Balkim biz bu xodimni tushunmayotgandirmiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Izohsiz...

Manba

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

2023-yilda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida chiqarilgan "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" elektron nusxasi til.gov.uz saytiga joylanibdi.

Harflar kesimida yuklab olishingiz mumkin.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Tan olishimiz kerak, hozir taʼlimda Sherzod Shermatovdan qolgan inersiya bilan yuribmiz.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Gʻalati holat

Oʻgʻri soʻziga -la qoʻshimchasi qoʻshilsa, oʻgʻirla hosil boʻladi. Lekin undan boshqa qoʻshimcha qoʻshilsa, oʻgʻri oʻzgarmaydi. Masalan, oʻgʻri + lik = oʻgʻrilik

Toʻgʻri soʻziga qaysi qoʻshimcha qoʻshilsa ham hamma harf oʻz oʻrnida qoladi:
toʻgʻri + lik = toʻgʻrilik

toʻgʻri+ la = toʻgʻrila


Gʻalatilikni sezdingiz-a. Nima keragi bor shunaqa qilib? Yo hammasida harflar tartibi almashadigan, yo hammasida almashmaydigan qilish kerak.

Manba: imlo lugʻatlari

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Tavba, hatto 1-4-sinflarning taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini eʼlon qilishni oʻziga ep koʻrmagan vazirlikdan (vaholanki, standard va oʻquv dasturi taʼlimning 3 ustunidan biri) attestatsiyada ishlatiladigan testlarning validligi boʻyicha ilmiy xulosalarni ochiqlashni soʻrayapman.

Umidim borki, oʻqituvchilarga toifa berishdan taʼlimga aloqasi boʻlmagan novdalar suv ichmayapti. Xulosalarni bemalol eʼlon qila olishsa kerak bunday vaziyatda.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Attestatsiya testlari haqida yozganimdan keyin koʻpchilik oʻqituvchining kasbiy standarti qanaqa, u hujjatni qayerdan olaylik deb soʻradi.

Ochigʻi, bilmas edim, qidirib koʻrdim. Oʻzbekistonda profstandart.mehnat.uz sayti bor ekan, oʻsha yerda hamma kasbning standartlari berilgan ekan. Ushbu hujjatni ham shu yerdan oldim. Saytdagi ma'lumotga koʻra ushbu hujjat 2021.19.01. sanasidan boshlab amaliyotga joriy qilinishi kerak ekan.

P.S. Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel