Hijriy 1445-yil, milodiy 2024-yilning ramazon oyi taqvimi.
Jadvaldagi vaqt Toshkent shahri uchun boʻlib, qolgan hududlarning farqi chap tomonda berilgan.
@birgap
Bir narsaga tushunmayman:
Nega emaktab.uz saytiga ota-onalarning kirishi maktab tomonidan nazorat qilinadi?
Masalan, farzandining baholari, davomati bilan qiziqmagan ota-ona uchun oʻqituvchi balogardon. U gaplashib, yalinib, pul toʻlatishi kerak.
Agar ota-onaning kirib turishi majburiy boʻlsa, unda bepul boʻlsin. Majburiy boʻlmasa, oʻqituvchiga osilishmasin.
Ochigʻi, shunaqa qilaverishgani uchun vazirlik emaktab.uz platformasining ishlab chiquvchilari choʻntagiga pul tushirishga majbur shekilli deb oʻylayapman.
Toʻgʻri, bolasining natijalarini bilishi uchun arzimagan summa toʻlab qoʻysa nima qilibdi, dersiz. Ammo ularning kirishi bizga kerak boʻlsa, bepul qilib berishimiz kerak-da.
@birgap
Taqlid soʻzlar mavzusida taqdimot.
PDF nusxasi izohlarda turibdi.
Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun
@birgap
Kanalda bugundan boshlab har kuni ikkita test chiqadi. Bitta test soʻzlar izohiga oid, ikkinchi test imlova savodxonlikka oid. Testlardan olingan bilim hayotingizda bir marta boʻlsa-da kerak boʻlib qolishi mumkin.
@birgap
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt ishga tushibdi.
Saytdan Bobur haqidagi hamma narsani topish mumkinga oʻxshayapti:
- Kutubxona boʻlimida qoʻlyozmalar, ilmiy izlanishlar, mediamahsulotlar;
- Shajara boʻlimida Boburning shajarasi;
- Virtual sayohat boʻlimida Boburga aloqador joylarga virtual sayohat qilish.
https://baburid.uz/
@birgap
Menimcha, ushbu asarni hamma oʻqituvchilar, ayniqsa, maktabdagi rahbar xodimlar oʻqishi shart.
Bloeg egasiga choychaqa qoldirish uchun havola:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun
@birgap
Bugun adabiyot darsida berilgan asar tahlilidan keyin biroz vaqt ortib qoldi. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmasiga qoʻshayotgan hissamni oshirish maqsadida bir savol berdim:
Bolalar, hozir men bir qoʻshiqqa ishlangan klipdan parcha qoʻyaman. Klipning oʻsha joyini koʻrdim-u izohlarga: "Professionalroq klipmeyker ishlatmabsizlar-da", deb yozdim. Sizlar nega shunaqa deb yozganimni topishingiz kerak.
Klip shu:
https://youtu.be/ljHEg503RQQ?si=btNIqjo3v2pRAkkd
Men klipning 1:11-soniyasidayoq xulosa qilib boʻlgan edim. Keyin oʻquvchilar bilan yarmigacha koʻrdik. Boshqa kamchiliklarni ham topishdi.
Sizlar ham urinib koʻringlar.
P.S. hamma oʻqituvchilar shunaqami, yurgan yoʻlida uchragan narsadan darsda qanday foydalansam ekan deb yuradigan. Bu klipni ham YouTubeda shunchaki koʻrib qolgan edim. Abdujalil Qoʻqonovning mashhur qoʻshiqlaridan birini qanday kover qilgan ekan deb koʻrgandim.
@birgap
AQSHning Texas shtatida “Charter schools” mudirligi bor. Charter maktablari ham davlat maktabi boʻlib, oddiy maktablardan oʻquvchi soni kamligi, STEAMga asoslangani va istagan hududdan kelib oʻqish imkoniyati borligi bilan farq qiladi (AQSHda ham maktabga “propiska”ga qarab olishadi).
“Charter schools” mudirligi direktor oʻrinbosari oʻzbek olim ayoli, pedagogika fanlari doktori, Abdulla Oripovning qizlari Mavluda Oripova ekan. Yaqinda shu opa bilan dildan suhbatlashgan edik. Baholash borasida qilmoqchi boʻlgan oʻzgarishlarimiz haqidagi fikrlari, AQSHdagi holat haqida koʻp narsalarni soʻrab, bilib oldim.
Shu suhbatda koʻtarilgan, oʻsha kundan beri xayolimdan ketmayotgan bir holatni aytib bergim keldi.
Texas shtatida ham darsga xalal beradigan, oʻqituvchini hurmat qilmaydigan, gapga kirmaydigan oʻquvchilar juda koʻp ekan. Baʼzi maktablarda politsiya ham yurarkan. Yaʼni umuman tinchlanmagan oʻquvchini maktab hovlisida yurgan politsiya zobitiga topshirib qutulisharkan. Texas oʻqituvchilariga ham oʻquvchini urish, kaltaklash taqiqlangan ekan. Yaʼni oʻquvchi butkul tarbiyasiz boʻlsa ham uni oʻqitishga majbur ekanlar, chunki davlat maktabi.
Shunday boʻlsa ham oʻqituvchining qoʻlida ajoyib richag bor ekan. Yaʼni oʻquvchining tarbiyasiga qoʻyiladigan minus baholar. Masalan, oʻquvchi gap qaytarsa -5 ball ishlab oladi. Shunday ballar maʼlum davrda -40 ga yetganda oʻquvchining ota-onasiga rasmiy xat borarkan. Bu holat takrorlanaversa, oʻquvchining papkasi tayyorlanib tarbiyasizlar oʻqiydigan maxsus maktabga joʻnatilarkan.
Oʻzimizdagi holat haqida oʻylay ketdim. Bizda ham toʻpolonchilar koʻp, qoni buzilgan oʻquvchilar talaygina. Bizda ham oʻquvchini urish mumkin emas. Oʻqituvchining qoʻlidan kaltakni olib qoʻydik, lekin oʻrniga birorta ham richag bermadik. Yaʼni oʻqituvchida oʻquvchiga qarshi qoʻllay oladigan qurolning oʻzi qolmadi hisob. Bori ham oʻqituvchining ziyoniga ishlaydi, bir tashvishini oʻn qiladigan xilidan.
Texasdagi shu amaliyotni yaxshilab oʻrganib, sinov tariqasida qoʻllab koʻrish kerak ekan. Bu oʻzaro tiyib turish tamoyilini eslatib yuboradi. Ota-ona rasmiy xatni olgach bolasining tarbiyasi ustida ishlashi kerak, ishlamasa, marhamat, qattiq rejimdagi sifatsiz taʼlim uning farzandini kutib turadi. Davlat oʻz resurslarini foydasiz oʻquvchiga ishlatib oʻtirmaydi.
P.S. bu gaplarni 1,5 yil oldin yozganman. Hozir toʻliq oʻqituvchi boʻlib ishlab aytamanki, oʻquvchilarni maxsus tarbiyasizlar maktabiga yuborish yechim emas. Yechim ancha ichkarida. Uzoq yoʻl bosish kerak yechimga borguncha. 20 yildan ortiq vaqt davomida pishirgan oshimiz. Ichamiz ham.
@birgap
O‘zbek tilini yaxshi bilish xodimga va talabalarga qo‘shimcha ustunlik berishi kerak. Kirish imtihonida 30 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob bersa-yu, eplab jumla tuzolmasa yoki beshta so‘zdan to‘rtta xato qilsa, buni til bilish deb bo‘lmaydi.
Orif Tolib, tadqiqotchi
📺 “Agar...”
@mm_telekanal
Maktabda bolalarni sochi olinishi haqida fikrlarimni bildirmoqchi edim, lekin oʻylasam hammaga ham ayon bu gaplar. Shunga men sal boshqa narsaga ahamiyatni qaratmoqchiman. Yaqinda PISA natijalari chop etildi, oʻsha yerda koʻrildiki, aksar maktab oʻquvchilarimiz yozilgan bir necha satr matnni oʻqib tushuna olishmaydi. Ha, bu ayanchli natija, normal mamlakatlarda bunday narsa boʻlmasligi kerak.
Oʻsha PISA testida boshqa savollar ham bor edi, masalan maktabda va uyda oʻquvchilarni moddiy taʼminoti haqida. Oʻsha yerda yozilganidek, juda koʻp maktablarda, oʻquvchilarni uylarida taʼlim olish uchun bazaviy narsalar — kitoblar, kompyuter yoki internet yoʻq. Maktab bolalarni uchdan biri yetarli ovqat yeya olmayapti. Bundan tashqari, Unicefni yaqinda chiqqan raqamlariga koʻra, vatanimizda taxminan 20 foiz maktablarda oddiy suv va sanitariya taʼminoti mavjud emas. Oddiy tilda aytsak, taxminan har beshinchi maktabda hojatxona va suvda qoʻlni yuvish uchun minimal sanitariya sharoitlari qilinmagan. Lekin maktablarga sarmoyani biz “xavfsizlik” niqobi ostidagi teatrga sarflamoqdamiz. Davomatni tekshirish kerak emas demayapman, lekin hozirgi sharoitda, pullarni maktablarni qurollangan qoʻriqlovga emas, masalan, maktablarga suv, hojatxona, kutubxona va kompyuterlarni olib berishdan boshlasak, menimcha taʼlim sifati va davomat kabi narsalarga yaxshiroq taʼsir qilar edi. Oʻqituvchilarga koʻproq toʻlasak, menimcha, forma kiygan odamlarni maktabda yurishga zarurati qolmaydi.
Aytmoqchimanki, uchdan bir maktab oʻquvchilari qorni yetarlicha toʻymaydigan joyda, beshdan bir maktablarda oʻquvchilar hojatxonadan foydalana olmaydigan sharoitda, oʻquvchilardan formasini sarishtaligi yoki soch turmagini soʻrash va bunga shuncha resursni sarf etish, menimcha, ortiqcha. Chunki boshqa joylarga shu resurslarni sarf qilsak — foydasi ancha koʻproq boʻlar edi.
Oʻzi uzun sochni yomon koʻradigan katta avlodning aksari talabalik yoki yoshlik paytida sochlarini yelkadan oʻstirib, gulli koʻylak, klyosh shim kiyib yurishgan.
Men togʻalarimning rasm albomini koʻrsam doim shunga diqqat qilaman.
@birgap
Milliy gvardiyaning taʼlimga jalb etilishi katta xato edi.
Toʻgʻri, maktablarda davomat past, tartib-intizom yomon.
Ammo Milliy gvardiyaning usullari vaqtinchalik chora xolos. Gvardiya yoʻq boʻlgan kuniyoq intizom va davomat yana avvalgi holiga qaytadi.
Maktabgacha maktab taʼlimi vazirligi muammoning ildizi qayerda ekanini oʻrganishi, oʻsha ildizga zarba berish bilan shugʻullanishi kerak. Bosim qilish bilan hech narsaga erishib boʻlmaydi.
@birgap
Latif Mahmudovning asarlarini hozirgi imloda qayta nashr etish kerak deb oʻylayman.
@birgap
Bu bilan hamma rus tilini oʻrgansin demoqchi emasman, ingliz tilida yaratilgan manbalar rus tilinikidan aaancha koʻp, ham sifatli.
Ingliz tilini ham targʻib qilmoqchi emasman.
Men aytmoqchi boʻlgan masala shundaki, agar oʻquvchilarda qoʻshimcha shugʻullanish uchun vaqt, oʻqituvchida yetarli akademik erkinlik, bir mavzu yuzasidan turli manbalardan foydalanish imkoni mavjud boʻlsa, natija ham yaxshilanadi. Oʻzbek tilida ham shunday boʻlishi kerak. Oʻquvchilarni yoppasiga rus yoki ingliz tilida oʻqitish emas, oʻzbek tilidagi ma'lumotlarni koʻpaytirish ustida ishlamoq kerak.
@birgap
Hisobot uchun hisob...mi?
Va nihoyat Ta'limni rivojantirish respublika ilmiy-metodik markazining saytini ochishga muyassar bo'ldim. Qiziq ma'lumotlar qo'shilibdi. Shunday diqqatga savozor ma'lumotlardan biri - markaz xodimlari tomonidan e'lon qilingan ilmiy maqolalar ro'yxati. Bu - oldingi postlardan birida ko'tarilgan "Markaz xodimlari xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda, konferensiyalarda e'lon qilgan 50dan ortiq ilmiy maqolalar bilan markazning rasmiy manbalarida tanishish imkoni bormi?" degan savolga javobanmi yoki bu maqolalar ro'yxatini saytda oldindan bormidi, bilmadim. Xullas, 50ta bo'lmasa ham, 10ta maqola ro'yxati berilibdi.
"Xalq ta'limi info" kanali e'lon qilgan videohisobotda markaz xodimlari e'lon qilgan ilmiy maqolalar "ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilghan ishlar" sifatida taqdim etilgan edi. Qizig'i, markaz saytidagi ro'yxatda keltirilgan 10ta maqoladan 8tasining, tushunishimcha, ta'limga aloqasi yo'q. Bu maqolalar:
- nanokatalizatorlarning elektrokatalitik oksidlanishi haqida (maqola hammuallifining ish (yoki tadqiqot) joyi (affiliation) sifatida TRM emas, Andijon davlat pedagogika universiteti va Yangi O'zbekiston universiteti ko'rsatilgan),
- qora tuynuk atrofidagi gravitatsion kuchsiz linzalashish haqida (maqola 2022-yilda, TRM tashkil topshidan bir yil oldin e'lon qilingan),
- qora tuynuklar atrofidagi kvazidavriy tebranishlar haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan),
- fotonlar harakati haqida (bu maqola mualliflari affiliationida ham negadir TRM yo'q),
- Lesli-Gauer tipidagi diffuzion yirtqich-o'lja modeli haqida;
- elektron to'lov tizimlarida yuzni tanish orqali autentifikatsiya qilish haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan va mualliflar affiliation'ida, tabiiyki, TRM yo'q);
- chakana savdo logistikasida katta ma'lumotlar simulyatsiyasi haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan va mualliflar affiliation'ida, tabiiyki, TRM yo'q);
- tarmoqni aniqlash tizimlarida Aho-Korasik algoritmlar haqida (bu maqola ham 2022-yilda, TRM tashkil topshidan oldin e'lon qilingan).
Ro'yxatdagi ta'limga aloqador 2ta maqoladan bittasi "American Journal of Interdisciplinary Research and Development" degan jurnalda e'lon qilingan ekan. Nomi "American" bo'lsa ham, tahrir hay'atining (editorial board) mutlaq ko'pchiligi O'zbekistonliklardan iborat bu jurnal asosan yurtdoshlarimizning maqolalarini chop qilishga ixtisoslashgan shekilli. Masalan, TRM ro'yxatidagi, lekin muallif affiliation'i sifatida TATU ko'rsatilgan maqola e'lon qilingan 2023-yil 23-sonida ham faqat O'zbekistonlik mualliflarning ta'limdan tortib tibbiyotgacha, iqtisodiyotdan tortib tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslikkacha maqolalari e'lon qilingan. (Bizga yaqinda bir ilmiy seminarda bunday xususiyatlar, masalan, har qanday sohadan maqola e'lon qilish "qaroqchi" jurnallarga ("predatory journals") xos deb o'rgatishgandi).
Va TRM ro'yxatdagi ta'limga aloqador 2ta maqoladan 2chisida ham negadir bironta muallifning TRMga aloqadorligi qayd etilmagan.
Sarlavhaga chiqarilgan savolga qaytamiz: Hisobot uchun bo'laveradi...mi? Ta'limga va (yoki) TRMning o'ziga aloqasi yo'q, hatto tashkilot tuzilishidan oldin chop qilingan maqolalarni tashkilot tomonidan "ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilghan ishlar" sifatida o'z ro'yxatiga kiritib e'lon qilish ... qay darajada etikaga to'g'ri keladi?
Men oʻqituvchilar uchun turli kichik kurslar tashkillashni reja qildim. Hozircha uchta mavzu aniq. Talabga qarab uchalasidan birini tez orada boshlamoqchiman.
1. Ta’limiy platformalar bilan ishlash (ta’lim jarayonida qoʻllasa boʻladigan turli platformalar bilan ishlash va ularni darsda samarali qoʻllash oʻrgatiladi)
2. Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik doirasida pedagogika (pedagogika boʻlimi boʻyicha attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan asarlar tahlili+topshiriqlar)
3. Topshiriqlar va imtihon varaqalarini tayyorlash metodikasi (mustaqil ravishda turli kreativ va samarali topshiriqlarni ishlab chiqish hamda nazorat ishlari uchun mustaqil ravishda sifatli material tayyorlash oʻrgatiladi)
Kurslarning oʻquv dasturlarini ularga ehtiyoj bor ekanini aniqlagach joylamoqchiman.
Ushbuni yozishimdan maqsad shuki, agar men turli mavzularda kichik kurslar tashkil etsam (albatta, onlayn), qatnashadiganlar bormi?
Kurslar pulli boʻladi 100 000 – 150 000 atrofida. Kurslar oʻzini rivojlantirish tipida boʻlib, bitiruvchilarga sertifikat yoki diplom berilmaydi (oʻzi shaxslar, turli telegram kanallar tomonidan beriladigan sertifikatlar qiymatsiz hisoblanadi). Bepul qilishni ham oʻyladim, ammo bepul qilsam uzoqqa ham bormaydi, sifatli ham boʻlmaydi. Chunki men kurslarga quvvat va intellekt sarflar ekanman, oʻrnini qoplashim kerak (bozor iqtisodiyoti deganday).
Talabga qarab kurslar qoʻshib boraveriladi.
Quyida uchta kurs nomini qoldiraman, ovoz berib ketishingiz mumkin. Men tez orada boshlamoqchiman.
@birgap
Taqlid soʻzlar mavzusini mustahkamlash uchun topshiriqlar.
Bu topshiriqlarni A5 formatda, orqa-oldi qilib chiqarsa, bitta oq qogʻoz ikki oʻquvchiga yetadi.
Meni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun
@birgap
"Alohida mavzu" loyihasining navbatdagi sonidan ba'zi iqtiboslar:
Axborot yetkazishda erkinlik (soʻz erkinligi) boʻlmas ekan, ta'lim rivojlanmay qolaveradi. Chunki soʻz erkinligi yoʻq joyda hech kim biror sohada tadqiqot ham qilmaydi.
Ilmni diniy va dunyoviyga ajratishimiz notoʻgʻri. Biz har qanday ilmni musulmon oʻlaroq qanday talqin qilamiz degan masalani koʻrsak bas.
Bizning ajdodlarimiz naql bilan oʻrganiladigan bilim (dinga oid) va aql bilan oʻrganiladigan bilim (fanga oid)ni bir oʻzanga olib kela olganlari uchun buyuk edi.
Ulamolarimiz aytgan, mudarris va masjid imomlari jamiyatdagi oʻrta tabaqadan yaxshiroq yashashi kerak. Shunda ilmga qiziqish ortadi.
Islom ulamolarining bir ta'rifi bor: kishi olim boʻlishi uchun hamma fandan nimadir bilishi kerak va bitta fandan hamma narsani bilishi kerak.
Oʻqituvchining oyligi masalasida gap ketsa, ularning yetarli miqdorda koʻp oylik olishi doimiy orzuligicha qoladimi deyman-da.
Oʻqituvchining oyligini $1000 qilamiz deyishgan edi, endi $1000 yetmaydi.
@birgap
"Jelsamino yolgʻonchilar mamlakatida" – barcha, ayniqsa, oʻqituvchi va jurnalistlar oʻqishi shart boʻlgan asar.
Janni Rodari nega mashhur emasligini hamon tushuna olmayman.
Undan ham koʻproq tushunmaydiganim – bu asarning tarjimasi oʻsha davr senzurasidan qanday oʻtgan?
@birgap
Javob
60 yoshlardagi vrach oldiga hamshira kiradi, bemor sizni tanirkan, soʻrayapti deydi. Vrach borib qarasa, yoshlikdagi suygani. Keyin vrach eslay ketadi. Tanishgan kunlarini. Taxminan 25 yoshligini.
Demak, voqealar 1989-1990-yillarda boʻlyapti. Chunki 60-25=35; 2024-35=1989.
Yigit va qiz kutubxonada bir-biriga urilib ketadi. Kutubxona javonlarida esa 2021-, 2023-yillarda chiqqan kitoblar.
Yigitning qoʻlida iWatch soatlar.
Qizning onasida smartfon avlodiga tegishli telefon.
Xullas, shunaqa qoʻl uchida ishlangan klip.
Oʻquvchilarga qoʻyib berganimki, ularning tanqidiy, tahliliy fikrlashini oʻssin. Turli mediamahsulotlarga baho berishni oʻrgansin.
@birgap
Oʻzbekistonda blogerlarni qoʻllab-quvvatlash uchun "Tirikchilik" nomli platforma ishga tushibdi.
Oʻzingiz doim kuzatib boradigan blogerni choychaqa berish orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin ekan.
Masalan, quyidagi havolaga oʻtib, turli toʻlov tizimlari orqali menga choychaqa uzatishingiz mumkin:
https://tirikchilik.uz/shokirtursun
Choychaqaning minimal miqdori 5000 soʻm ekan.
Ushbu xizmatga ulanish orqali men ham kanalim faoliyatini yaxshilashni niyat qilganman. Oʻqituvchilar uchun koʻproq foydali qilmoqchiman. Oʻzim darslarda ishlatadigan topshiriqlar, taqdimotlar, darslik boʻyicha qoʻshimcha manbalar, nazorat ishlarini ulashib bormoqchiman. Bundan tashqari, oʻzim oʻqigan pedagogikaga oid kitoblar, turli tadqiqotlarning xulosalarini ham berib boraman. Darslarimni jonli yoyinda koʻpaytirish ham niyat qilingan (lekin buning uchun oʻquvchilarimdan ruxsat olish kerak).
Choychaqa berish majburiy emas.
P.S. sinab koʻrdim, hech qanday xavfli tomoni yoʻq, kartangiz firibgarlar qoʻliga oʻtmaydi. Faqat yuqorida koʻrsatilgan havola orqali kirishingiz kerak.
@birgap
Elektron kitoblarni qogʻoz kitoblardan koʻra deyarli 1 barobar sekin oʻqirkanman.
@birgap
Oʻquvchilarni sinfda qoldirish tizimini amalga qaytarish lozim deb bilaman.
Hamma oʻz aqliy yoshiga mos paytda bitirsin maktabni.
P.S. albatta, buning oʻz yoʻrigʻi bor. Pala-partish qoldirib tashlash ham yaramaydi.
@birgap
Koʻpchilik maktabda zoʻr oʻqiganlar keyinroq muvaffaqiyatli boʻla olmagani, "ikki"chilar esa boy boʻlib ketgani, yaxshi yashayotgani haqida gapiradi.
Turmush oʻrtogʻim bilan suhbatda nega shunday ekani haqida oʻzimizcha xulosa qildik.
Birinchidan, bizning maktablarda koʻnikmalar emas, maʼlumotlar oʻqitiladi. Bunday taʼlim tizimidagi “besh”chi va “ikki”chining asosiy farqi xotira bilan bogʻlanadi. Yaʼni xotirasi yaxshilar “besh”chi, qolganlar “ikki”chi. Kelajak hayotda esa xotira kuchi emas, koʻnikmalar koʻproq rol oʻynaydi. Maktabda “ikki”chi boʻlgan oʻquvchining hayotiy koʻnikmalari turli sabablarga koʻra rivojlanishi mumkin (ishlash, koʻchadagi munosabat va muloqotlar). Xotira kuchi bilangina yashaganlar esa hayotda qiynalib qolishi mumkin.
Ikkinchidan, bizning baholash tizimimiz ham oʻqitishimizga mos. Oʻquvchilarni “besh”chi va “ikki”chi ajratib beradigan tarozimizning oʻzi buzuq. Shuning uchun kimnidir “besh”chi yoki “ikki”chi deyishga shoshilmaslik kerak. Agar tarozilarimiz tuzalsa hammasi boshqacha boʻlib chiqishi ham mumkin. Koʻpchilik oʻqituvchilar turli loyihaga asoslangan, kreativlikni ishlatishni talab qiladigan topshiriqlarni gapirmay oʻtiradiganlar, “ikki”chilarning “besh”chilardan koʻra yaxshiroq bajarishi haqidagi fikrlari ham shundan.
Biz oʻquvchilarni “besh”chi va “ikki”chilarga ajratishda quyidagilardan foydalansak boʻladi:
Kognitiv domen (Blum taksonomiyasi nomi bilan mashhur)
Turfa idroklar (Hovard Gardner gʻoyasi)
Peter prinsipi (kompetensiya bosqichlari)
Psixomotor domen
Affektiv domen (hissiy domen)
@birgap
Koʻpchilik maktabda zoʻr oʻqiganlar keyinroq muvaffaqiyatli boʻla olmagani, "ikkichi"lar esa boy boʻlib ketgani, yaxshi yashayotgani haqida gapiradi.
Turmush oʻrtogʻim bilan suhbatda nega shunday ekani haqida oʻzimizcha xulosa qildik.
Sizlar nima deb oʻylaysizlar, nega aksar aʼlochilar hayotda muvaffaqiyatga erisha olmaydi-yu, "ikkichi"lar buni eplaydi?
Bizning xulosa keyinroq, hozir sizlardan bilgim keldi.
@birgap
Марк Твеннинг машҳур гапи бор: "Агар вазифангиз қурбақа ейиш бўлса, уни эрта тонгдан бажаринг. Агар қурбақани емасангиз, у сизни ичингизни еб битиради". Шунга ўхшаш айрим мактаб раҳбарлари ҳам сочи ўсган, жинси, кросовка кийиб олиб, эмин-эркин юрган болани кўришса ичларини қурбақа кемира бошласа керак. Бутун салоҳиятини фақат шу ишга бағишлаяпти айримлар.
Дунёда қадимий ёмон одат бор — бу кичкина авлодни катта авлод қулликда ушлашдан завқланиши, энергия олиши. Дунё олимлари замонавий боланинг руҳиятини қандай кўтарсак экан, деб изланишлар олиб бораётган бир пайтда бизникилар бола руҳини қандай аёвсиз синдирсак экан, токи умрбод бошини кўтармай яшасин, деб бош қотираётганга ўхшайди. Соч олиш, кийимини, қўйингки, бутун юриш-туришини назорат қилиш ва бошқа шу сингари тақиқлар тўғридан-тўғри боланинг руҳиятига зарба беради. Ўша бола ёшликдан қолибдан чиқолмай, исён қиладиган пайти муте қулликни афзал кўради. Алоҳа, у келажакда шахсий ташаббус кўрсатиш, ихтиролар қилиш, креатив фикрлаш каби илғор хусусиятлардан мосуво бўлиб қолади.
"Бола бошдан маълум" дейишади, лекин ўша "бошни" чопиб ташлаш билан шуғулланувчи кишилар қўрқоқ, ўзига ишончи паст, қултабиат авлодни етиштириб чиқаряпти. Собиқ иттифоқ ва ундан кейинги давр қарашлари мана шундай ситамли ўтмишимиз ва бугунимизни келтириб чиқарди, агар келажакда ҳам мақсад айни шу бўлса — унда тўғри йўлдасиз!
🔥@fayzboguz
Taʼlim vazirligining aqlli kishilari baʼzi narsalarni tushuntirib berishsin:
1. Oʻsgan sochning taʼlim olishga salbiy taʼsiri qanday?
2. Agar oʻsgan soch taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilsa, qizlarning sochini nima qilamiz? Yoki qizlar oʻsgan soch bilan oʻqiyveradimi? Axir sochning uzunligi sifatga yomon taʼsir qilarkan, qizlarning soch oʻstirishiga ruxsat berishimiz ularni sifatsiz taʼlimga mahkum qilishimiz emasmi?
3. Bu maktabning ichki tartib-qoidasi deyishingiz mumkin. Lekin ichki tartib-qoidalar konstitutsiyaga, inson erkinligiga zid boʻlmasligi lozim. Odam oʻzining sochi qanday turmaklanishini hal qila olmasligi bu uning konstitutsiyaviy huquqining qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Ichki tartib-qoidaning sochga aloqador qismi konstitutsiyaga zid emasmi?
4. Bu bolalarning sharmanda qilinishi ortidan olgan ruhiy travmalari bilan kim shugʻullanadi? Shu bolalar endi maktabni sevib qoladimi?
5. Mana shu bolalarning hukumatga nafrat bilan katta boʻlmasligining oldi qanday olinadi?
@birgap
Imlo lugʻatining qidirsa boʻladigan nusxasi.
Kimgadir kerak boʻlar dedim, chunki oʻzimga shunaqasi qiziq. Qidirishdan foydalana olmasam, topishim juda qiyin boʻlib ketadi.
Diqqat! Material rasmiy saytga qidirish imkoni oʻchirilgan holda yuklangan edi. Men shaxsiy ehtiyojlarim yoʻlida uni qidirsa boʻladigan qilib oldim. Kanalga ham biror moddiy manfaat ortidan yuklayotganim yoʻq.
Lugʻat mualliflarida e'tiroz boʻlsa, @shtursunreklama_bot ga yozishlari mumkin.
@birgap
Xushnudbek Xudoyberdiyevning YouTubeXushnudbekXudoyberdiyev/videos"> kanalidagi suhbatlarning biri PISA natijalari haqida boʻldi. Shu sonda chiqish qilgan Behzod Hoshimov PISAning maʼlumotlarini turli usullarda tahlil qilayotganini aytib, bir juda qiziq maʼlumotni boʻlishdi:
Agar Oʻzbekistondan faqatgina rus tilli sinflarda oʻqiydigan bolalar PISA testi topshirganda oʻrnimiz 10 pogʻonacha yuqori boʻlishi, hatto 81 davlat ichida 60-oʻrinlarda joylashishimiz mumkin ekan.
#audiomatn
"Ona tili", 6-sinf, 157-betdagi "Ulugʻbek rasadxonasi haqida" audiomatni
@birgap