birgap | Unsorted

Telegram-канал birgap - Shokir Tursun qarashlari

4097

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun) Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz Kanalda reklama berilmaydi

Subscribe to a channel

Shokir Tursun qarashlari

#sinonimlar

“Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni oʻqiyapman. Ammo, lekin, biroq bogʻlovchilarini bir-birining oʻrnida ishlataversak-da, ayrim kichik farqlari borligini ham bilib qoʻyganimiz maʼqul. Lugʻatda ammo, lekin, biroq, illo sinonimlariga atalgan maqola quyidagicha:

AMMO, LEKIN, BIROQ, ILLO Gap boʻlaklari yoki qoʻshma gap qismlarini zidlash munosabati bilan bogʻlaydigan zidlovchi bogʻlovchi. Ammo soʻzi umuman zidlik munosabatini ifodalaydi. Lekin soʻzi mazmunan zid boʻlsa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydigan gaplar yoki gap boʻlaklarini bogʻlaydi. Biroq soʻzi mazmunan avvalgisiga tamoman zid boʻlgan fikrning boshlanishini anglatadi. Illo alohida taʼkid ohangi bilan aytiladi va zidlik maʼnosiga taʼkid ifodasini qoʻshadi, boshqa sinonimlariga qaraganda nutqda kam qoʻllanadi, ushbu soʻzda eskilik boʻyogʻi mavjud. Ammo va lekin soʻzlari baʼzan ammo-lekin tarzida juft soʻz sifatida qoʻllanib, yuklama vazifasida keladi va boshqa bir fikrga zid yoki aloqador boʻlgan fikrni qoʻshimcha alohida taʼkidlashga xizmat qiladi, bunda zidlik maʼnosi yanada kuchayadi.

Koʻktoy oʻrnidan turdi, boʻynini choʻzib, dumaloq tumshugʻini pasaytirdi, dumini lapanglatdi, ammo kelishga jurʼat etolmadi. Sh. Xolmirzayev, Joʻraboshi.

Koʻnglingga qara, bolam! Lekin uylansang, shunday birovini topib xotin qilginki, sira-sira joningga tegmasin! E. Aʼzam, Jannat oʻzi qaydadir.

U homilador xotinga samovar koʻtartirib, qarab oʻtirgan pochchasidan oʻpkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi.

Shu bois har qanday odam nazar-eʼtiborga tushishdan mast boʻladi, rohatlanadi, oʻzini qoʻyarga joy topolmaydi... illo uni yengolmasligi tayin. X. Doʻstmuhammad, Kuza...

Qishloq odamlaridan koʻp narsani eshitdim... Ammo-lekin, tutib olib oʻldirsam ozlik qiladi juvonmargingni! Choʻlpon, Kecha va kunduz.

@sandiqchamiz

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻzi Oʻzbek tilining imlo va izohli lugʻati qaydlari degan kanal ochib qoʻyishim kerak ekan. Bu kanalda faqat taʻlim va pedagogika haqida yozsam, u kanalda shunaqa imlo va soʻzlar izohi haqida yozilardi. Bu yerda aralashib ham ketyapti.

Nima deysizlar?

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

"Attetstatsiya uchun pedagogika" kursimizda oʻqigan bir ustoz kecha oliy toifa olibdi (99% oʻzining, 1% bizning hissamiz).

Kecha xayolimga kelgan birinchi fikr – oʻzim qachon olaman oliyni. Hali endi 2-toifaman.

Attestatsiyada hammaga omad tilayman. Kirib chiqqanlar juda ham qiyin emas, hovliqmasdan, vahimaga tushmasdan, oʻylab koʻrsa mantiq bilan ham topsa boʻladi deyishyapti.

Attestatsiyada tushayotgan testlar borasida aytarlarim bor, alohida yozaman uni.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Jahlim chiqdi

Mana bu postda bir oʻqituvchining attestatsiya jarayoniga telefon olib kirgani, aks etgan. Va bunday holatni sodir etganlar chetlatilgani haqida yozilgan.

Izohlarini oʻqib, jahlim chiqib ketdi. Biz oʻqituvchilar qachondan qalloblikni yoqlaydigan, normal holat deb biladigan boʻlib qoldik.

Izoh yozayotganlar "eplasa qandini ursin" qabilida yozmoqda. Shunday firibgarlik qilganlarni yoqlashmoqda.

Hukumat oʻqituvchilarni ezdi, endi ustozlar ham shunday qilishga haqqi bor deydiganlar ham bor ekan.

Shaxsan men, kimdir menga adolatsizlik qilsa-yu, unga berishim kerak boʻlgan javobim meni gʻururimni toptasa, eʼtiqodimga qarshi borsa shu javobni bermay qoʻya qolaman. Oʻzimni sharmanda qilmayman.

Yoʻq, aytinglar, qanday qilib taʼlim berishi lozim boʻlgan odamlar qalloblikni yoqlashi, buni tabiiy hol deyishi, shunday qilganlarga tahsin oʻqishi mumkin? Jamiyatni qayerga boshlaydi bular? Qanday oʻrnak boʻladi?

Dahshat, shokdaman.

P.S. netay tabibimning oʻzi ham bemor. Ogʻir bemor.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xufiya – boshqalarga bildirilmaydigan, sir tutiladigan.

Xufya – aygʻoqchi, izquvar (agent deymiz-ku, oʻsha.)

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Endi mana bu izohga qarang. Buni "Cambridge dictionary"dan oldim.

Maʼnosi:
muayyan mavzu yoki tushunchani muayyan vaqtdagi tushunilish uslubini tushuntiradigan nazariya

Yana ham soddalashtiraman.

Mavzular yoki fanlar turli vaqtlarda turlicha tushunilgan. Masalan, uzoq vaqt davomida taʼlimning vazifasi bilim berish deb qaralgan. Bu pedagogikada anʼanaviy paradigma deyiladi. Bugunga kelib esa bu qarash oʻzgarib konstruktivizm paradigmalari paydo boʻlgan. Yaʼni taʻlim yoki pedagogikaning andozalari oʻzgargan. Oʻrgatishning yangi usullari paydo boʻlgan. Yaʻni taʻlim degan gʻoya emas, uning tushunilishi oʻzgardi.

Paradigma oʻzi yunoncha soʻz boʻlib, oʻzbekchaga andoza deb tarjima qilsa boʻladi.

Yuqoridagi darslik muallifi ham shunaqa usulda tushuntirsa, asakasi ketarmidi yoki ilmiylik mezoniga putur yetarmidi?

P.S. Hozir shoshilganda shu shakl keldi xayolga, koʻproq vaqtda yanada yaxshiroq tushuntirib berishim mumkin. Menimcha, paradigma haqida tasavvur hosil qilish uchun shu ham yetarli boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

13-aprel kuni “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi loyihasi muhokama uchun qoʻyilibdi.

Shu buyruqqa munosabatcha bildiryapman:

https://telegra.ph/Maqsadi-va-mazmuni-turlicha-buyruq-04-16

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Har bir oʻquvchida qobiliyat bor

Men oʻtgan hafta oʻzim dars oʻtadigan ayrim sinflarga telegramda guruh ochishni va 1 oy davomida quyidagi mavzularda rasm yuborishni soʻradim:
• oy
• quyosh
• osmon
• bulutlar
• gullar
• qushlar
• hayvonlar
• hasharotlar
• daraxtlar
• chiroyli binolar

Oʻquvchilar bir necha kundirki, oʻzlari suratga olgan ishlarni yuborishmoqda. Koʻrib koʻzim quvnaydi. Biroz toʻpolonchi boʻlgan oʻquvchilarning ham goʻzal rakurslardan rasmga ola bilishi meni quvontirdi. Ularning qobiliyatlari borligidan xursandman.

Oʻquvchilarning eng yaxshi ishlarini bir kanalga toʻplashga qaror qildim. Shu kanalda har kuni bir necha rasm ulashib boraman.

Kanal manzili:
@ssijod

Endi sizlarga savol, oʻquvchilarga shunday topshiriq berishimdan maqsad nima edi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

A. Xoliqovning "Pedagogik mahorat" nomli darsligini oʻqib chiqqan men:

A, oʻris pedagoglardan boshqalari yoʻqmi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ikki xil standartlar (1-qism)

Tvitterda fastfud kafelardan biriga kelgan qizning ochiq kiyinganini aytib ustiga narsa tashlab olishini soʻragan, unga bosim qilgan ishchining videosi aylanib qoldi. Toʻgʻri, biz bagʻrikeng boʻlishimiz kerak. Hammaning qadriyatini hurmat qilishimiz kerak, agar oʻsha qizga ochiq kiyinish norma va qadriyat boʻlsa, aralashmay, oʻz qadriyatimiz bilan yashayverishimiz lozim. Ammo tanganing boshqa tomoni ham bor.

Maktab oʻquvchilari, ayollarning roʻmol oʻrash qadriyatini jamiyatimizda juda ham koʻp taqiqqa uchraydi. Erkaklarning soqol qoʻyishi ham muammolar keltirib chiqaradigan omillardan biri sifatida koʻriladi. Ammo negadir shunday paytda liberallar bu uning qadriyati, bu uning huquqi degan gaplarni aytmaydi, faqatgina dindorlar yoki qadriyati oʻxshashlar soʻz qotadi.

Dindorlar qaysidir liberalni haqorat qilsa – yomon. Uni hamma radikallikda ayblaydi. Ammo dindor Qurʼonni yoqqan odamga oʻlim tilasa, ateistni haqorat qilsa – u yana yomon. Sizlarga mumkin, boshqalarga sholpillab qoladi degan jumla keladi xayolga.

Masalan, bittasi aroq, pivo, vinolar bilan toʻlgan stolda oʻtirgan rasmini qoʻygan va iftorlik qilyapmiz deb yozib qoʻygan. Xoʻsh, bu vaziyatda qaysidir dindor uni qadriyatlarini kamsitgani, ustidan kulgani uchun sudga bersa nima boʻladi? Katta ehtimol, biz dunyoviy davlatmiz degan javobni oladi. Ammo biror dindor ateistik qarashni tanqid qilsa, ularning ustidan kulsa u radikal, potensial terrorchiga aylanadi. Dunyoviy davlat degani hamma oʻz qadriyati bilan yashashi va hamma bir-birining qadriyatini hurmat qilishi degani emasmi?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Pedagogika boʻyicha attestatsiyaga tayyorlanish uchun tavsiya etilgan darslikni ochasan. Mavzu yaxshi. Rejadagi gaplar undan ham yaxshi. Oʻoʻoʻoʻ, iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash yoʻsinlarini oʻrganar ekanman deb qoʻyasan.

Davomi bor...

P.S. Iqbol aka Kamolov, bu postlar koʻproq siz uchun.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Piyoda yursam gʻoyalarga toʻlib ketaman. Ilhomim joʻshadi. Gʻoyalar, fikrlar quyilib keladi.

Masalan, Milliy oʻquv dasturining oʻzim mas'ul boʻlgan qismlarini ham, darsliklarni ham, turli boshqa gʻoyalarni ham piyoda yurgan paytim shakllantirganman. Keyin oʻtirib qogʻozga tushirilgan.

Hozir qaysi sinfga nima dars oʻtishni ham aynan yoʻlda hal qilaman. Ishxonaga hech yoʻq 10 daqiqa piyoda yurib boraman. Oʻylab olish uchun.

Bir joyda oʻtirib yaxshi oʻylay olmayman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Taʼlim sifati past, darslar esa deyarli boʻlmagan holatda toʻliq davomat talabi qanchalik toʻgʻri? — Ota-onalar fikri

Oʻquvchi kelajakda taʼlim yoʻlini davom ettirishi uchun maktabdagi darslar sifatli va oʻz vaqtida boʻlishi kerak. Aks holda, qoʻshimcha darslarni deb maktabdan qolayotgan bolaning davomatini malomat qilish – uning ilm yoʻli va kelajagiga toʻsqinlikdan boshqa narsa boʻlolmaydi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2609

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Davlat taʼlim oluvchilarni diskriminatsiya qilishda davom etmoqda.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Xay, ichlaring qizimasin, gap qadriyatda edi. Maktab oʻqituvchilarga ham nonushta, tushlik va tolmachoy va'da qilgan. Ramazon oyida esa oʻqituvchilar bularning hech birini olmaydi. Maktab oʻqituvchi ishdan chiqib ketayotganda qoʻliga iftorlik tutqazadi.

Qadriyati borlarni hurmat qilaman.

Bundan tashqari, e'tiborning oʻzidan odam xursand boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Yangi atamalar va oʻzlashmalar boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar kutamiz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi yangi tarkibda tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror loyihasi muhokama portaliga joylanibdi.

Nizom loyihasiga koʻra, Atamalar komissiyasiga bir necha vazifalar yuklanadi. Jumladan:

🔹 ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish;
🔹 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
🔹 boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
🔹 oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash.

Takliflaringiz boʻlsa, muhokama portalida yozib qoldiring:

👉 regulation.gov.uz/oz/d/97177

@oriftolib

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

“Tugʻuruqxona”dan chiqqan harf

Tugʻuruq, tugʻuruqxona soʻzlarini hatto obroʻ-eʼtiborli nashrlar ham tugʻruq, tugʻruqxona shaklida yozadi va bir u harfini soʻz tarkibidan chiqarib yuboradi. Biroq lugʻatlar bu holatni maʼqullamaydi, soʻzda u harfi boʻlishi kerak. Demak, garchi tugʻruq, tugʻruqxona deb gapirsak-da, tugʻuruq, tugʻuruqxona deb yozishimiz zarur.

Tugʻuruq farzand koʻrishni, tugʻuruqxona esa tugʻuruq bilan bogʻliq tibbiy yordam koʻrsatadigan shifoxonani bildiradi:

Tumanimizda yangi tugʻuruq kompleksi qurildi.
Tumanimizda yangi tugʻuruqxona qurildi.


@oriftolib

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Bunday ustozlarni pedagogik etikani buzgan hisoblab, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida oʻylab koʻrgan boʻlardim.

Oʻqituvchi qallob, oʻgʻri, firibgar, yolgʻonchi boʻlmasligi kerak. Undaylar bizlardan emas.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ha, Komil aka toʻgʻri savollar qoʻyyapti.

Oʻqituvchilarga toifa berish yoki bermaslikni hal qilayotgan (oʻqituvchilar uchun bu kuchli taʼsir etuvchi test hisoblanadi) attestatsiya testlarining aptobatsiya natijalari ochiq eʼlon qilinishi shart edi. Testlarning valid ekanini bilishimiz shart edi. Afsus, bunday maʼlumotlarsiz bir qancha oʻqituvchining taqdirini hal qilib boʻldik. Bunda hamon davom etyapmiz.

Men baʼzi testlarni koʻryapmanki, jiddiy savollar tugʻdiradi. Aprobatsiyadan yaxshi oʻtganiga ishonmayman.

Xay, testlar validlikning hamma talablariga javob berishini isbotlovchi dalillarni emas, hech yoʻq "kronbax alfasini" eʻlon qilinglar, koʻraylik.

P.S. lekin kronbax alfa natijalarini yasash ham juda oson-da

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

2-son

❤️‍🔥Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik.

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi?

Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin?

Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz?

Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul?


Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi:

Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori.

Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi.

Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi.

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi.

P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak.

🕸To'liq videoni ko'rish uchun
https://youtu.be/oQhNtTutVhc

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Pedagogika universitetlarida oʻqitiladigan "Pedagogika nazariyasi va tarixi" nomli darslikdan.

Xolis ayting-chi, oʻqiganda nimani tushundingiz?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Hamma maktabda bitta matnni butun sinf bo‘lishib o‘qigan paytlarini eslay olsa kerak. Bu usul boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llanadi. Aytish kerakki, bu aksar o‘qituvchilarning sevimli mashg‘ulotiga ham aylanib qolgan. Xo‘sh, matnni bo‘lishib (har bir o‘quvchi bittadan gapni o‘qishi) orqali o‘qitish qanchalik samarali? Ushbu maqolada shuni muhokama qilamiz.

https://shokirtursun.blogspot.com/2024/04/bodroqchasiga-oqitish.html

Saytdagi izohlar boʻlimi oʻz fikrlaringiz bilan boʻlishsangiz xursand boʻlaman.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Nima uchun metro bekatlaridagi ruscha nomlar haliyam turibdi? Masalan, "Узбекистанская", "Гафура Гуляма", "Чор Су" kabi. Hazm qilish qiyin.

Kirillcha nomlar lotinga almashtirilmagani ham alohida masala.

Toshkent metropolitenida tanishi borlar aytib qoʻyar-a.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Ikki xil standartlar (2-qism)

Men pedagogikada gʻarbning tadqiqotlari, ishlari va qarorlarini hurmat qilaman, havasdaman. Ammo ularning baʼzi harakatlari ham borki, ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas. Umuman olganda, hozir aytadiganlarim gʻarb pedagogikasining emas, xalqaro tashkilotlarning qiligʻi. Pedagoglar aybdor emas bunda.

Xalqaro tashkilotlar taʼlim uchun pul tikadi va baʼzi huquqlarni oʻziga oladi. Masalan, dasturlar, standartlar va darsliklarga xulosa berish.

Xalqaro tashkilotlar standart va dasturlarga global fuqarolik, dunyoviylik, boshqalarga toqatlilikni kiritishni qattiq istashadi. Darsliklarda qora tanli bolalar, nogiron bolalar, sariq sochlilar, turli din vakillari ham bosh qahramon sifatida tanlanishini talab qilishadi. Lekin hijobli qizlarning rasmlariga eʼtiroz bildirishadi (kamida hijobli qizlarning rasmini qoʻyishni talab qilishmaydi). Buni diniy targʻibot deya baholashadi.

Eng alam qiladigani, bizning hukumat ham shunday oʻylaydi. Nogiron bolaning rasmi - mayli, sariq bolaning rasmi - mayli, qora tanli bolaning rasmi - mayli, yarim yalongʻoch bolaning rasmi - mayli, lekin hijobli ayol yoki qizning rasmi - yoʻq.

Tushunmayman, tenglik deganda nimani aytishadi oʻzi. Harxillik, toqatlilik tushunchalari ortida nima yotadi ularning nazdida.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, hijob bu diniy atribut emas, masalan, hoch belgisi bu aniq diniy atribut, xristian rohibalarining kiyimi aniq diniy atribut, ammo hijob kundalik kiyim. U hech yerda rasman diniy atribut sifatida tan olinmagan. MENIMCHA.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Davomi, boshi bu yerda.

Keyin mavzuning shu qismiga yetib kelasan.

Xullas, indamadim.

P.S. Iqbol aka, oʻsha gap.

P.S.2. yana oʻldirib inglizchalab ham yozib qoʻyganini-chi

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oʻqituvchilarning kasb standarti boʻyicha qoʻllanma mana shunaqa sheva elementlari bilan yozaverilgan.

Muharrirlariga salomlar boʻlsin!

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Oliy taʼlimda korrupsion harakatlarning sababchilari kimligi borasida soʻrovnoma natijasi ekan.

Qiziq, talaba qanday qilib korrupsiyaga sababchi boʻlar ekan-a?

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili ta'limi kafedrasi tomonidan 2024-yil 16-may kuni "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.

Anjumanga maqolalar 2024-yil 20-aprelgacha qabul qilinadi.

Yoʻnalishlar:
1. Ona tili ta'limi va zamonaviy lingvodidaktika masalalari

2. Til ta'limida baholash muammolari va yechimlari

3. Adabiy ta'lim va zamonaviy yondashuvlar

4. Ikkinchi til va chet tillarini oʻqitish masalalari


Barcha ma'lumotni ushbu axborot xatidan olsangiz boʻladi.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

Umumiy oʻrta ta'lim maktablari oʻqituvchisining kasb standartlarini oʻqir ekanman, qiziq holatga tushyapman. Unda oʻqituvchiga juda ham koʻp akademik erkinlik berilgan. Yil boshidagi diagnostik nazorat natijasi asosida oʻquv yilining rejasini tuzish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga qarab uni oʻzgartirib borish, dars materiallarini erkin tanlash, tayyorlash. Xullas, biz orzu qiladigan akademik erkinlikning deyarli barchasi mavjud.

Masalan, dars vositasini tanlaydi degani, darslikni ham tanlaydi deganidir. Afsuski, amalda oʻqituvchilarga na darslikni tanlash, na oʻquv rejasini diagnostik test asosida qayta ishlab chiqish imkoni berilgan.

Vazirlik oʻzi ishlab chiqqan kasb standartlariga oʻzi amal qilsa boʻlardi.

P.S. qogʻozdagi gap boshqa, ogʻizdagi gap boshqa, amaldagi gap yana boshqa.

@birgap

Читать полностью…

Shokir Tursun qarashlari

MMT vazirligi ham, Loyiha markazi ham, BMB markazi ham, Avloniy instituti ham, pedagog tayyorlovchi barcha OTMlar ham bir narsani chuqur anglashi lozim – taʼlimda bilim emas, koʻnikma muhim. Bilim esdan chiqib ketadi, koʻnikma qoladi.

Masalan, velosiped minishni oʻrganib olgan odam hech qachon uni esidan chiqarmaydi. Uzoq yil minmasdan keyin minsa boshida biroz qiynalishi mumkin, ammo koʻnikmasi juda tez qaytadi. Yangi velosiped turiga duch kelganda ham osongina moslashadi. Biz oʻquvchilarga velosiped haqida emas, uni minishni oʻrgatishimiz zarur.

@birgap

Читать полностью…
Subscribe to a channel