Rostdan ham, davlat maktablarining hojatxona qogʻozi, sovuni, sochigʻi qayerdan olinishi kerak? Mablagʻ manbasi qayer?
Oʻzim bilgan juda koʻp maktablarda bu narsalar yoʻq. Yuqoridagi hujjatda oʻquvchilar tomonidan yasalgan oʻyinchoqlar bilan bezating deyilibdi-ku, bu narsalar (hojatxona qogʻozi, sovuni va sochiq) ham oʻquvchilar tomonidan "tayyorlangan" boʻlishi kerakmi yoki?
@birgap
Xulosa
Diagnostik testlar quyidagi sabablarga koʻra ehtiyojlarni aniqlash uchun yaroqsiz:
1. Testlarda juda ham koʻp imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolar bor.
2. Test texnik xatolarga boy.
3. Testda ilmiy xatolar ham mavjud (ham fanga oid, ham pedagogikaga oid).
4. Test savollari orqali oʻqituvchilarning qanday ehtiyoji borligini aniqlash imkonsiz.
5. Testlar fan, pedagogik malaka yuzasidan bilimlarni yetarlicha qamrab olmagan.
6. Oʻqituvchilarning ehtiyojlarini aniqlash uchun 4 ta muqobilga ega test eng yomon usul.
@birgap
PISA, o‘qish ko‘nikmasi va bolalar adabiyoti
PISA tadqiqotlaridan yomon natija qayd etganimiz bolalar adabiyotidagi muammolarimiz bilan ham bog‘liq ekanini unutmaylik. O‘qish savodxonligi bolalarda kichik yoshdan rivojlantirib boriladigan muhim ko‘nikma. Sir emas, adabiyotimizda zamonaviy bolalar ehtiyojiga mos, sifatli matnlar juda-juda kam.
Qolaversa, o‘qib tushunish ko‘nikmasi aniq ta’limiy maqsadlarni qamrab olgan, o‘qishlilik darajasi (readability) bolaning yoshiga mos matnlar asosida shakllantiriladi. Ya’ni 8 yoshli bolaga 10 yoshli bolaning matni berilmaydi. Afsuski, bizda bolalar uchun yozilgan matnlarning yosh toifasini aniqlab beruvchi ilmiy metodlar mavjud emas. Bu haqida ko‘p yozganman.
Yana o‘zbek ijodkorlariga xos g‘alati qarashlar ham yo‘q emas. Emishki, bolalar uchun yozilgan asarda albatta katta hikmat, tarbiyaviy g‘oya bo‘lishi shart. Mana shu qarash tufayli biz 5 yoshli bola uchun ham "hikmatli" asarlar yozib ularni bezdiramiz. Yo‘q, bola shunchaki o‘qib malaka oshirishi, matnni his qilishi, harakat va ma’lumotlar ketma-ketligini kuzatishi uchun ham sodda asarlar yozish mumkin-ku! "Kitob stolning ustida. Kitob stolning ostida. Kitob stolning ortida. Endi kitob qayerda? (rasm)" kabi juda sodda matnlar biz uchun ma’nisizdek, badiiy asar emasdek tuyuladi. Sababi bola shu matn vositasida juda muhim "boshqa" ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi haqida tasavvurga ega emasmiz.
Umuman, biz o‘qish savodxonligi faqatgina ravon o‘qish, badiiy asardan zavqlanish va undan hikmat izlash emasligini anglab olishimiz shart!
Ta’limimiz rivojlanishi uchun bizga sifatli bolalar adabiyoti zarur!
@bolalar_yozuvchisi
#PISA_tahlillari
PISA tadqiqoti oʻquvchilarning natijalarini gender jihatidan ham ajratgan ekan. Unga koʻra Oʻzbekistonlik qiz va oʻgʻil bolalar yuqoridagi rasmda koʻrsatilgandek oʻrtacha ballarni toʻplashgan.
Ushbu natijalar oʻrtacha qiymat boʻlib, 2022-yilda 15 yosh boʻlgan oʻquvchilarga tegishli.
@birgap
Xullas, O'zbekison ilk bor qatnashgan PISA tadqiqotining natijalari e'lon qilindi. Qisqacha - bu yerda, batafsilroq esa OECDning rasmiy saytida tanishish mumkin: natijalarninf batafsil tahlili, grafiklar, diagrammalar har biri 400 betdan oshiqroq ikki tomda (1, 2) keltirilgan. Bu esa PISAni o'tkazuvchi OECD tashkiloti Bosh kotibining ta'lim siyosati bo'yicha maslahatchisi Andreas Shlyayxerning qisqacha tahlili.
O'zbekiston tadqiqotda baholangan uch yo'nalish (matematika, o'qish savodxonligi, tabiiy fanlar) bo'yicha oxirgi o'nlikka kirgan. Nazarimda, tadqiqot natijalarida eng katta fojia oxirgi o'nlikka kirganimizda ham emas. Eng katta fojia - o‘quvchilarning 60% dan ortig‘i savodxonlikning uchta yo‘nalishi (o‘qish, matematika, tabiiy-ilmiy) bo‘yicha minimal darajaga (2-daraja) ham erisha olmaganligi bo'lsa kerak. Ya'ni, 15 yashar maktab o'quvchilarining yarmidan ko'pining matematika, o'qish va tabiiy fanlar bo'yicha ko'nikmalari minimal talablarga ham javob bermaydi. Bu - ta'limdagi kamida oxirgi 15 yilgi sa'y-harakatlarimiz natijasi.
Darvoqe. Vazirlik (hozircha) bu tadqiqot natijalari haqida qisqacha post bilan cheklandi. Lekin natijalar tahlili yo'q. Bilishimcha, umumiy natijalardan tashqari, tadqiqotda qatnashgan har bir davlat uchun ham hisobotlar (country report) tayyorlanadi. Masalan, Buyuk Britaniya ta'lim vazirligi saytida aynan Buyuk Britaniya natijalarining 200 betdan oshiq tahlili joylangan. Bu esa kuchli o'nlikka kirgan Kanada natijalari tahlili. O'zbekiston hisoboti (country report) ochiqlanadimi? Bu - ta'lim sohasidagi barcha manfaatdor tomonlar (stakeholders) uchun - vazirlik xodimlaridan tortib tadqiqotchilar, ekspertlar, maktablar rahbariyati, o'qituvchilar, o'qituvchilar tayyorlaydigan OTMlar, ota-onalar uchun kerakli manba bo'ladi. Natijalardan xulosa chiqarish va keyingi qadamlarni to'g'ri belgilash uchun ham O'zbekiston bo'yicha batafsil hisobot ochiq manbalarda e'lon qilinishi kerak deb o'ylayman.
Diagnostik testlar borasida aytarlarimni boshladim.
Shaxsan oʻzim testlarga kirib chiqdim, testlarning texnik sifati, ularning oʻlchashga qodirligi, haqiqiy ehtiyojlarni aniqlashga yoʻnaltiril(ma)ganligi boshqa masala. Bular haqida ham alohida yozaman. Hozir faqat testdagi imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar haqida yozmoqchiman.
Ochigʻi, bu haqida yozmayman degandim, ammo bu ishga nisbatan mas’uliyatsizlik hisoblanadi. Butun Oʻzbekiston oʻqituvchilarini testdan oʻtkazayotgan tashkilot oʻz ishiga qoʻl uchida yondashishi toʻgʻri emas. Buni kechirib boʻlmaydi.
Batafsil:
https://shokiryuldash.medium.com/savodi-gullab-ketgan-malaka-oshirish-e72f9aa8f6f0
Iltimos, bunga ham ish bor joyda xato boʻladi deb javob bermanglar.
@birgap
Bugun oʻzbekchani deyarli bilmaydigan uch oʻquvchim oʻzbek tilida sheʼr yodlab kelibdi🥳
@birgap
👍👍👍
🟢Arzonlashtirilgan kurslarimizga qabul boshlandi.
👍 🔡1️⃣ guruhi - qabul 5-dekabrgacha. Bu guruhda TRIZ va mental arifmetika 50% lik kurs (ko'ngildan chiqarib to'lov AKSIYA).
👍🔡6️⃣ guruhi - qabul 6-dekabrgacha.
Bu guruhda mental arifmetika (to'liq) 0 dan boshlab o'rgatiladi.
👍🔡1️⃣guruhi - qabul 6-dekabrgacha.
Bu guruhda to'ldirilgan ma'lumotlar bilan Kalligrafiya 2.0 kursi 0 dan trenerlikkacha.
👍🔡4️⃣ guruhi - qabul 12-dekabrgacha.
Bu guruhda Tez o'qish kursi (super effektiv)
0 dan boshlab o'rgatiladi.
👍 Barcha kurslar yakunida qonuniy o'qituvchilik SERTIFIKAT ini qo'lga kiritasiz.
🕊@MentalArifmetika_Uz adminlaridan batafsil ma'lumot oling. +998916001222
✅Bizni kuzatishda davom eting.
✅ @iqromax_admin sizni guruhga qo'shadi..
Havaskor va professional ijodkorlarni "Galaktikada bir kun" nomli fantast yozuvchilar klubiga taklif qilamiz.
Klub fantastika janrini rivojlantirishni, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni, yurtimizda olim va muhandislar, ixtirochi-yu kashfiyotchilarning ko‘payishiga hissa qo‘shishni ko‘zlaydi.
Klubga aʼzo bo‘lish uchun
👤nomzodning yoshi 12 ga to‘lgan bo‘lishi;
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilishi;
🚀o‘zbek tilida, aynan ilmiy-fantastika, fentezi, komiks janrlarida ijod qilishi;
📋o‘zi yozgan asardan 200-400 so‘zdan iborat kichik parchani (imlo xatolariga eʼtibor beriladi) yuborishi lozim.
Agar nomzodning ijodiy ishlari talabga javob bersa, u klubga aʼzo etiladi.
Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi va ijodlaridan namuna yuborishi mumkin:
👉 https://forms.gle/YDJkyDLDUERSBsYf9
Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga xizmat qilmaydi
Taniqli tilshunos Iroda Azimova “Shukrona kuningiz bilan!” iborasini bugun koʻpchilik ishlatayotgani, bu esa ushbu ibora tilning umumiy tabiatiga mos kelishidan darak berishi haqida yozibdilar: “Endi oʻzbeklarning katta foizi tomonidan maʼqul koʻrilgan ifodani tahlil qilishda nega uning ingliz tilidagi, arab tilidagi ishlatilishiga qarash kerak?!”
Maqola oxirida iborani qoʻllash boʻyicha shunday xulosa berilgan: “Oʻsha “shukrona kuningiz bilan!” ifodasi koʻpchilik oʻzbeklar tomonidan “tugʻilgan kuningiz bilan!” degan ifodadan afzal koʻrilayotgan ekan buni tilning rivojlanayotganidagi bir yangilik sifatida, xalqning yondashuvini aks ettiruvchi vosita oʻlaroq kun tartibiga chiqqanini toʻgʻri qabul qilish kerak”.
Iroda opaning oʻzlashmalar haqidagi fikrlariga men ham qoʻshilaman. Oʻzbek tiliga qabul qilingan soʻz avvalo oʻzbek tili ehtiyoji, tabiatiga moslashishi kerak. Ammo bahs mavzusi boʻlgan ibora ayni shu oʻrinda oʻzlashma emas. U shunchaki xato qoʻllanyapti xolos.
Bu iborani qoʻllash xatoligi haqida aytilgan lavhani koʻrmagan ekanman, lekin undagi dalillar mening fikrlarimga juda oʻxshash ekan. Shu sababli munosabat bildirib oʻtishni zarur deb bildim.
Shunchaki tugʻilgan kun soʻzini ishlatmaslik yoki chiroyliroq, balandparvozroq ibora qoʻllash uchungina shukrona kuni iborasini ommalashtirish oʻzini oqlamaydi. Iroda opa boshqa bir maqolasida yozgani kabi bu holat “soʻz va gaplarni oʻzi tushunmasdan ishlatish” natijasi xolos.
Bu iborani qoʻllash til mustaqilligiga ham xizmat qilmaydi. Uning yanglish ekanini aytish koʻpchilik yoʻl qoʻyayotgan xatoni toʻgʻrilash boʻladi. Agar koʻpchilik xato maʼnoda qoʻllayotgan soʻzlarni oʻsha mazmunda qabul qilaversak, uni toʻgʻri ishlatadiganlar nima qilishi kerak? Masalan, juda koʻpchilik dilgir, pisanda, ismi sharif, dilovar, xilqat, baholi qudrat, tang qolmoq kabi soʻzlarni ham yanglish maʼnoda, yanglish oʻrinlarda ishlatadi. Eʼtibor bering: gap bu soʻzlarning arabcha, forscha yoki boshqa tildagi maʼnosi haqida emas. Oʻzbekchadagi maʼnosidan boshqa maʼnoda qoʻllash haqida. Shukrona kuni iborasi ham shular qatorida. U atama tarjimasi sifatida tilimizda allaqachon qoʻllanadi.
Shukrona kuni gʻalati mashhur ham emas. Gʻalati mashhur boʻlishi uchun u shu yanglish maʼnosida lugʻatlarda ham aks etishi kerak.
Xullas, bu iborani tabrik sifatida ishlatish xato.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!”
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 Ismi sharif: “sharif” nima?
🔹 Dilovarlik goʻzallik emas
@oriftolib
#musiqa_vaqti
Yevropa estradasidan eng sevgan qoʻshigʻim.
Bu qoʻshiq endi toʻyimiz boʻlgan kunni yodimga soladi.
Biram baxtliman-ey!
@birgap
Oʻquvchilarim bilan mana shunday animatsion filmlarni (qisqa metrajli filmlarni ham) koʻrib, tahlil qilishni yoqtiraman.
Masalan, mana bunday savollar berishim mumkin:
A. Savollarga javob yozing.
1. Ushbu film qanday ekologik muammo haqida?
2. Ushbu filmni yana qanday nomlagan boʻlar edingiz?
3. Siznigcha, nega dastlab uchta uchoq qizning sariq uchogʻini bulutga yaqinlashtirmadi?
4. Qizning maqsadi nima edi?
5. Sizningcha, qiz nega katta uchoqning bulutdan suv yigʻishini istamadi?
6. Nima deb oʻylaysiz, voqealar qaysi yilda sodir boʻlmoqda?
B. Filmdan qanday xulosa chiqardingiz?
Sizlarga ham tavsiya qilaman!
@birgap
Qiyin emas koʻngil bermoq, koʻngil uzmoq oson emas (1-qism)
Ona tili darsliklari yondashuvi haqidagi maqolaning birinchi qismi.
Maqola matni
@birgap
Oʻzi "Paynet"ga yaxshi muharrir kerak ekan. Hamma soʻzining toʻgʻrisini qanaqa boʻlishini oʻquvchilarim ham biladi-da endi. Eng koʻp uchraydigan soʻz-ku, bunday soʻzlarda xato qilish uyat boʻladi-ye.
"Paynet"chilar "Orif Tolib sahifasi" yoki "Toʻgʻri yozamiz" kanalini kuzatib yurishsa boʻlarkan.
*Rasm kanal kuzatuvchilaridan
@birgap
Menimcha, bu tavsiya va koʻrsatmalar qatoriga mana bunaqa bandni ham qoʻshib qoʻyish kerak:
- bayram munosabati bilan barcha maktab hojatxonalari kerakli gigiyenik buyumlar (hojatxona qogʻozi, sovun, sochiq) hamda issiq suv bilan ta'minlansin
Bayram bayramday boʻlsin, bolalar bir maza qilsin deyman-da.
P.S. yana qanday tavsiyalarni qoʻshish kerak deb hisoblaysiz?
@birgap
Diagnostik testlar yuzasidan aytarlarimni davom ettiraman
4-dekabrdan 15-dekabrgacha butun Oʻzbekiston boʻylab maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu bilan A. Avloniy nomidagi MTI shugʻullanmoqda.
Demak, testning maqsadi o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash. Ammo testlarga nazar tashlasak, bu maqsadga erishilmayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Batafsil:
https://shokiryuldash.medium.com/diagnostik-testlar-iddaoga-mos-emas-mi-b6c1c2353e07
#PISA_tahlillari
Ushbu grafikdan koʻrinyaptiki, 2022-yilgi natijalar 2000-yillardagi natijalardan sezilarli past.
Bunga koʻpchilik COVID-19 pandemiyasini sabab qilib koʻrsatmoqda. Ammo bu yerda boshqa sabablar ham bisyorga oʻxshaydi, chunki koʻrib turibmizki, natjalar pandemiya boʻlmagan vaqtlarda ham doimiy tushib borgan.
Bu raqamlar qatnashuvchilarning oʻrtacha balli hisobalanadi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun turli mavzulardagi rasmli va qiziqarli kitoblar juda kamligi hammamizga ayon.
RTI tashkiloti mana shu boʻshliqni biroz boʻlsa ham toʻldirishga yordam beradigan loyiha amalga oshirgan edi.
Loyiha doirasida bloomlibrary.org saytidagi turli yoshdagi bolalarga moʻljallangan asarlar (rasmlari bilan birga) oʻzbek tiliga tarjima qilindi.
Oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitoblarni quyidagi yoʻnaltma orqali topishingiz mumkin:
https://bloomlibrary.org/language:uz
RTI jamoasidan minnatdorman!
Meni bir bosh og'rig'idan qutqaring!
2-sinfda o'qiydigan o'g'lim shu topshiriqni bajarmasa, yana 2 baho olishi mumkin. O'zi shundoq ham baholari yaxshi emas.
Xullas, 2-sinf "Tarbiya" darsligida sinkveyn (nomiga qarang, Chorshanbi bolam, nomida qancha iddao bor!) tuzish topshirig'i berilgan ekan. Uyat bo'lsa ham aytaman, adabiyotshunos (PhD) bo'lsam-da, sinkveynning murakkab tuzilishi bo'yicha kitoblarni bir varaqlab olishga to'g'ri keldi...
Qarang, birinchi qatordagi "Minnatdorchilik" so'zi kalit so'z bo'ladi, ya'ni she'r shu so'z asosida tuziladi.
Ikkinchi qatorda – "Minnatdorchilik" so'zini ochib beruvchi 2ta sifat
Uchinchi qatorda – shunga bog'liq 3ta fe’l
To'rtinchi qatorda – 4ta so’zdan iborat jumla
Beshinchi qatorda – “Minnatdorchilik" so’zini xulosalovchi bir so'z
Keling, 2-sinf bolasiga bunaqa boshqotirma nega kerak? "Minnatdorlik" abstrakt tushuncha, uning sifatini bolalar qanday topadi? Tushunchani anglatuvchi fe'lnichi? qabilidagi savollarni berib ig'vogarlik qilmang, iltimos.
Biz ertaga "5" baho olsak bas, qolgani "kopeyka" 😊
Eng yaxshi she'r uchun "Galaktikada bir kun" kitobidan sovg'a qilaman. Pochta orqali yetib boradi.
👉 @bolalar_yozuvchisi
Komil aka, testni yechgan inson sifatida mening ham shu diagnostik testlar haqida aytarlarim koʻp.
@birgap
Mana shu qoʻshiqni eshitsam, oʻzimni dinozavrlar davridan beri yashayotgan odamday his qilaman.
Haa, yaqinda bir kam oʻttizni ham urib qoʻyarkanman oʻzi...
@birgap
"Vazir hatto kichkina maktabni ham boshqarishga salohiyati yoʻqligini namoyish qilmoqda. ... Vazir quruq shiorlar bilan ish yuritmoqda... Oʻquv dasturlari va darsliklardagi xatolar toʻgʻrilanmas ekan, "bizda hammasi zoʻr" deb yolgʻon gapira olmaymiz. ... Qayta aloqa va ochiqlik yoʻq. ... U oʻz atrofiga oʻz odamlarini toʻplab olgan".
Bir guruh pedagoglar davlat rahbariga ochiq xat bilan murojaat qilib, taʼlim vazirining isteʼfosini talab qilmoqda. Qozogʻistonda.
Bugun "Galaktikada bir kun" musobaqasini tashkilladik. Muallifning oʻzini ham chorladik. Keldi, bolalar bilan suhbatlashdi.
Bu haqida batafsil keyinroq yozaman. Hozir boshqa narsa haqida aytmoqchiman.
Musobaqaning ikkinchi sharti "Ixtirolar tanlovi" edi, unda har bir jamoa oʻz ixtirosini taqdim qilishi kerak (loyihasini, yasash shart emas). Shunda bir jamoa (oʻzlarining aytishi boʻyicha ayol-qizlar uchun global muammo) kiyimlaringiz asosida kunlik koʻrinish tavsiya qiladigan kiyim javoni gʻoyasini olib chiqishdi. Bu javon havo harorati, borar manzilingiz, qiladigan ishingiz kabi oʻlchovlarga asoslanib: "bugun mana bunaqa kiyinsangiz boʻladi", - deb tavsiya berarkan. Zoʻr-a?
@birgap
Hech oʻquvchilaringiz bilan badiiy asar oʻqishning (umuman kitob desa ham boʻladi) nima keragi borligi haqida suhbatlashganmisiz? Ularning fikrini soʻrab, shu masalada savollariga javob berganmisiz?
@birgap
Nega savodxonlik darajasi past?
Baʼzan hozirgi yoshlar savodsiz boʻlib ketgani haqidagi gap-soʻzlarni eshitamiz. Bunga kimdir maktab taʼlimini, kimdir kam oʻqishni sabab qilib koʻrsatadi. Albatta, bu fikrlarda jon bor. Biroq ana shu shikoyatlarni aytayotganlarning oʻzi ham koʻpincha savod masalasida maqtanarli holatda boʻlmaydi.
Menimcha, savod darajasining umumiy darajasi pastligi jiddiy ehtiyoj yoʻqligi tufayli. Chunki toʻgʻri va xatolarsiz yozishga ehtiyoj sezgan kishi bu koʻnikmani yaxshilash harakatida boʻladi. Ishga yoki oʻqishga kirishda bu xislat hal qiluvchi ahamiyatga egami? Agar jurnalist, kopirayter, nashriyot xodimi kabi tor mutaxassisliklar egasi boʻlmasangiz, savodli yozmasdan ham ishlay, oʻqiy olasiz.
Biroq sezsak-sezmasak, tan olsak-olmasak-da, savod kasbiy obroʻ-eʼtibor va maoshga taʼsir qiladi. Hatto savodxonlik muhim emasdek koʻrinadigan hozirgi holatimizda ham. Oʻzim kuzatgan bir jihatni aytay: sohasining ustasi boʻlgan, chuqur bilimli mutaxassislar odatda savodli ham boʻladi. Bunday kishilar boshqalarga nisbatan yaxshiroq reytingga, demakki, yaxshiroq daromadga ham ega.
AQSH Savodxonlik milliy instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi ishsizlarning 75 foizi oʻqish-yozishga qiynaladi, savod darajasi past boʻlganlarning 43 foizi esa kambagʻallikda kun kechiradi. Bizda bunday tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Mabodo oʻtkazilsa, ishsizlik va savodxonlik darajasi bir-biriga bogʻliqligi yana bir bor tasdiqlansa kerak.
Ikki yilcha oldin vazirlik maqomidagi bir tashkilot faqat chet tilini emas, oʻzbek tilini ham puxta biladigan, savodli mutaxassis topishda yordam soʻradi. Maoshi 15 million soʻm atrofida. Qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar ham bor. Mutaxassis uzoq vaqt topilmadi. Bu savodxonlik oʻta qiyin, egallash mushkul boʻlgan malaka ekanidan emas, savodxon kadrlar joyini tez topishidan darak.
@oriftolib
#soʻznoma
Bu soʻz faqat qizlarning qulogʻidagi yumshoq joyga nisbatan ishlatilarkan deb oʻylamanglar. Har qanday quloqning pastki yumshoq qismiga aytiladi.
@birgap
Qiyin emas koʻngil bermoq, koʻngil uzmoq oson emas (2-qism)
Ona tili darsliklari yondashuvi haqidagi maqolaning ikkinchi qismi.
Maqola matni
@birgap
Guruch kurmaksiz boʻlmagani kabi deputatlarimiz, vazirlarimiz orasida ham sarflanayotgan mablagʻni oqlamayotganlari bisyor.
Aytdim-qoʻydim-da.
@birgap
"Paynet"dagilar oʻzbek alifbosida "c" harfi yoʻqligini bilishmaydi shekilli.
Keshbek deb yozilishi kerak. Yoki oʻzbekcha qilib qaytim desa ham boʻladi.
Siz qanday oʻzbekcha soʻz taklif qila olasiz?
P.S. Ehh, algʻov-dalgʻov zamonlarga qoldik...
@birgap