Biznesni qanday to'g'ri yuritish mumkin yoki qanday biznesni 0 dan boshlash mumkin 💡
1️⃣ G'oya
2️⃣ Biznes reja
3️⃣ Marketing
5️⃣ Tizim
5️⃣ Sotuv
Biznesda yuqoridagi 5 ta bo'lim bo'lmasa hech qachon to'g'ri biznes yarata olmaysiz.
Keling shularni ko'rib chiqamiz
1. G'oya: har bir biznes g'oyadan boshlanadi, siz qay darajada kreativ g'oya tuzsangiz biznesingizni rivojlanishi shu darajada yuqori bo'ladi
2. Biznes reja: Biznes reja biznes g'oya asosida tuziladi.
Biznes rejada nimalar bo'lishi kerak?
🔻Biznes kirim chiqimlari
🔻Boshqaruv tizimi qanday bo'ladi?
🔻Marketing va sotuv strategiyasi qanday bo'ladi?
3. Marketing: Bu biznesni yuragi, marketingsiz biznes yashamaydi, shunday ekan o'z marketing staregiyangizni to'g'ri va professional darajada tuzing
4. Tizim: Har bir biznes uchun alohida tizim kerak, siz hech qachon boshqa biznesni tizimi bilan o'z biznesingizni to'g'ri boshqa olmaysiz
5. Sotuv: Nima deb o'ylaysiz biznesni nima uchun boshlamoqchisiz?🤔
Kimgadir nimadir sotish uchun.
Shunday ekan sotuvsiz hech qanaqa biznes bo'lmaydi sotuvni san'at darajasida o'rganing
Berilgan tavsiyalarni professional darajada o'rgansangiz siz hech qachon biznesda yutqazmaysiz!
🔝 @biznesplus_uz
O'zbekistonda IT sohasidagilar (Dasturlash va Dizaynerlik sohalarini keltirdik) qancha maosh olishadi?
Dasturchilar:
1C dasturchilar:
350$ - 800$;
C++ dastruchilar:
300$ - 1400$;
PHP dastruchilar:
200$ - 1000$;
Java dasturchilar:
350$ - 2300$;
Python dastruchilar:
350$ - 900$;
Dizaynerlar:
— Grafik dizayner - $200 dan $850 gacha
— 3D dizayner - $300 dan $1000 gacha
— Interyer dizayneri - $300 dan $750 gacha
— SMM dizayner - $150 dan $700 gacha
— Arxitektura dizayneri - $150 dan $800 gacha.
O'zbekistonda IT sohasidagilar uchun tayyorlash kurslari narxi qancha?
Obunachilarimiz uchun bunga qiziqdik, demak:
— Bobir Akilkhanov Tech Academy:
1 yillik o'quv kursi uchun 20 mln so'm offline rejimda
Online rejimda esa 8 mln so'm.
— PDP IT Academy
Kurs 10 oy davom etadi. Online kurs 14 mln so'm.
Offline kurs 19 mln so'm.
— "Loopix School" o'quv markazi
4 oylik 3ds max modeling kursi - offline kurs 2,4 mln so'm; online kurs 2,1 mln so'm
—- "Najot ta'lim" o'quv markazi
Yo'nalish va kurs davomiyligiga qarab o'rtacha 3,5 mln so'mdan 10 mln so'mgacha
REKLAMA EMAS!!!
🔝 @biznesplus_uz
Pulni boshqarish (Money Management) - bu minimal xavf darajasi bilan maksimal foyda olishga qaratilgan tizim. Ushbu tizim treyderga depozitni kamaytirib yubormaslik yoki hisobni sezilarli darajada pasayishiga yo'l qo'ymaydigan qoidalarga asoslanadi.
Pulni boshqarish kontseptsiyasi quyidagi uch jihatga asoslangan:
• kapitalni saqlash;
• barqaror foyda olish;
• kapitalni ko'paytirish.
Ularning ishlashi uchun ba'zi qoidalarga rioya qilish kerak.
Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xavf - 5% dan kam.
🔝 @biznesplus_uz
Agar Oliy ta'limda o'qisangiz hech qachon faqatgina u beradigan bilim bilan cheklanib qolmang!
Ko'pchilikning miyasiga "Oliy ta'limga kirsam bas, u yog'iga diplom olib ishlayveraman" - degan fikr singib qolgan, ya'ni talaba bo'lsa bo'ldi, u allaqachon qayerdadir ishlayotgan hisoblanadi (uningcha). Ammo hammasi aslida boshqachaku. Siz o'qishni tugatib hech qayerdan ish topa olmasligingiz ham mumkin. Rivojlanib borayotgan zamonda, kelajakda faqatgina eng tajribalilar, professionallargina ish topa oladi.
Siz o'z yo'nalishingiz bo'yicha kurs olishingiz, shogird tushishingiz mumkin.
Oddiy misol:
Moliya, iqtisod yoki shunga o'xshash sohalarda ta'lim olsangiz faqatgina davlat idoralaridagi ishlarni o'rganib qolmasdan jahon fond bozori, moliyasi haqida ko'plab ko'nikmalar olishingiz kerak, sizga universitetda o'tiladigan fanlar bilan cheklanib qolishingiz kerak emas!
🔝 @biznesplus_uz
💵 Jeff Bezosning onlayn daromad kalkulyatori 💵
Tarmoqda kalkulyator ishga tushirildi: sayt sayyoradagi eng boy odam har daqiqada qancha pul ishlab topishini ko'rsatadi.
https://bezoscalculator.com/
- 4 soniyada milliarder AQShda bir ishchi uchun yiliga eng kam ish haqidan ko'proq daromad oladi;
- 17 soniya ichida Bezos har yili o'rtacha daromadga ega bo'lgan amerikalikdan ko'proq daromad oladi;
- 39 soniyada Aston Martin Vantage, va 50 soniyada - Tesla Model S sotib olish mumkin bo’lgan daromad qiladi;
- 81 soniya ichida milliarder Qo'shma Shtatlardagi o’rta bahodago uy-joy sotib oladigan daromad qiladi.
🔝 @biznesplus_uz
Javob:
Bunda arifmetik progressiyadan foydalanamiz.
S1=((1000+365000)/2)x365=66 795 000
S2=((1000+730000)/2)x730=266 815 000
Javobingiz to'g'ri chiqdimi?
🔝 @biznesplus_uz
🛌 Moliyaviy xavfsizlik yostig'i
⠀
❗️Xotirjam yashash va investitsiya kiritish uchun moliyaviy xavfsizlik yostig'i bo'lishi kerak. Bu kamida 3 oy davomida asosiy daromad manbai yo'qolgan taqdirda normal hayot darajasini ta'minlaydigan mablag' zaxirasi. Ideal holda 6 oy.
Ushbu xavfsizlik yostig'i investitsiya qilishdan va passiv daromad olishdan oldin yaratilishi kerak.
⠀
💰Xo'sh, ushbu yostiqni qayerdan shakllantirishni boshlash kerak:
⠀
1. Biz oylik majburiy xarajatlarni - oziq-ovqat mahsulotlari va to'lovlarni to'lashni (kommunal xizmatlar va boshqalar) belgilaymiz.
2. Ushbu miqdorni uchga ko'paytirib moliyaviy xavfsizlik yostig'ining minimal hajmini olamiz.
3. Biz har oy daromadimizning kamida 10 foizini jamg'aramiz. Ko'proq jamg'arishga imkoniyatingiz bo'lsa - ajoyib! Shunday qilib siz kerakli miqdorni tezroq yig'asiz.
4. Bu pullarning barchasini istalgan vaqtda mablag'larni to'ldirish yoki olish imkoniyatiga ega bo'lgan hisobga qo'yamiz.
5. Endi biz ushbu hisobni eng yomon paytgacha unutamiz. Ta'til ham, sevimli do'koningizdagi eng yoqimli chegirmalar va takliflar ham ushbu hisobdan pul olish uchun sabab bo'lmasligi kerak.
⠀
Yakuniy bosqich sarmoyalar uchun dastlabki kapitalni shakllantirishdir. Qora kun uchun pulni tejashni allaqachon bilib oldik. Endi siz passiv daromadlarni tashkil qilishni boshlashingiz mumkin.
🔝 @biznesplus_uz
3 xil turdagi kitoblarni o'qishni tavsiya qilamiz:
1. Diniy bilimingizni oshiruvchi va e'tiqodingizni mustahkamlashga yordam beruvchi kitoblar. Haq yo'ldan adashmaysiz. Boshqa kitoblarda singdirilgan turli g'oyalarga og'ib ketmaysiz.
Qayerdan olish mumkin?
2. Tanlagan sohangizga oid mutaxassislik kitoblari. O'z sohangiz yetuk mutaxassisi bo'lish uchun o'qish va yangi narsalarni o'rganishdan to'xtamaslik kerak.
3. Dunyoqarashni kengaytiradigan, foydali ma'lumot ulashadigan va hayotingizni yaxshilashga yordam beruvchi badiiy kitoblar. ©
🔝 @biznesplus_uz
– Ha oling, agar mutaxassis bo'lishsa. Bo'lmasa olmaganingiz ma'qul.
• Biznesda mutaxassis bo'lmagan qarindoshlarni ishga olish xuddiki Range Rover avtomashinasiga gaz o'rnatishdek gap. Biznesingiz "tortmaydi, tormozlashadi".
• Shunday katta biznesingizda qarindoshlarga silai-rahim qilaman deb, ertaga ko'chada choy tashib yurmang tag'in. Aytmoqchimizki, undan ko'ra ana shu qarindosh va do'stlaringizga sohasini professionali bo'lishi uchun investitsiya qiling va u mutaxassis bo'lib yetishgandan so'ng sizga ishlab qarzini uzadi.
🔝 @biznesplus_uz
#Arab_tili
📢 "Boshlang‘ich arab tili" darslari mundarijasi
📚 Boshlang‘ich arab tili (1-bo‘lim)
📹 1-dars. Arab tili: Alifbo harflariga kirish va unlilar
📹 2-dars. Arab tili: Alif harfi
📹 3-dars. Arab tili: Ro harfi
📹 4-dars. Arab tili: Zay harfi
📹 5-dars. Arab tili: Miym harfi
📹 6-dars. Arab tili: Ta harfi
📹 7-dars. Arab tili: Nun harfi
📹 8-dars. Arab tili: Ya harfi
📹 9-dars. Arab tili: Ba harfi
📹 10-dars. Arab tili: Kaf harfi
📹 11-dars. Arab tili: Lam harfi
📹 12-dars. Arab tili: Vav harfi
📹 13-dars. Arab tili: Ha harfi
📹 14-dars. Arab tili: Fa harfi
📹 15-dars. Arab tili: Qof harfi
📹 16-dars. Arab tili: Shiyn harfi
📹 17-dars. Arab tili: Siyn harfi
📹 18-dars. Arab tili: Sa harfi
📹 19-dars. Arab tili: Sod harfi
📹 20-dars. Arab tili: To harfi
📹 21-dars. Arab tili: Jiym harfi
📹 22-dars. Arab tili: Xo harfi
📹 23-dars. Arab tili: Ha harfi
📹 24-dars. Arab tili: G‘oyn harfi
📹 25-dars. Arab tili: Ayn harfi
📹 26-dars. Arab tili: Dal harfi
📹 27-dars. Arab tili: Dzod harfi
📹 28-dars. Arab tili: Zal harfi
📹 29-dars. Arab tili: Zzo harfi
📚 Boshlang‘ich arab tili (2-bo‘lim)
📹 1-dars. Arab tili: Mad harflari
📹 2-dars. Arab tili: Tashdid
📹 3-dars. Arab tili: Tanvin. Tanvinli tashdid
📹 4-dars. Arab tili: Hamza. Ta-u marbuta harfi
📹 5-dars. Arab tili: Taqdiriy 3 harf. Alifning boshqa ko'rinishlari
📹 6-dars. Arab tili: Alif-lom qoidasi — ulab o'qish. Vasliy hamza
🏛 @meta_kutubxona
Maxsus audio kitoblar:
Keraklisini tanlang va tinglang:
🔘 Saodat asri qissalari
🔘 Alif
🔘 Choliqushi
🔘 Molxona
🔘 Iroda tarbiyasi
🔘 Ferrari sotgan rohib
🔘 Halqa
🔘 Hech bir uchrashuv tasodif emas
🔘 Jannatga taklifnoma
🔘 Alfido
🔘 Iskanja
🔘 Izlash
🔘 Nasroniy atirguli
🔘 Yashash fursati
🔘 To‘siqlarga qaramay sevdik
🔘 Yulduzlar aybdor
🔘 O‘lsang kim yig‘laydi
🔘 Unvonsiz lider
🔘 Peshonamdagi nur
🔘 Qaytganimda uyda bo‘l
O’zbekistonda o’z biznesingizni qanday boshlash mumkin?
Dunyo bo’ylab ko’plab odamlar har kuni o’z bizneslarini ochib, ish boshlashadi. Ulardan biri kelajakda millioner bo’ladi va katta hajmdagi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi, ba’zilar uchun bu kichik oilaviy ishga aylanadi. O’quvchilarimizning aksariyati o’z bizneslarini boshlashdan qo’rqishadi, ular O’zbekistonda biznes haqida barcha haqiqatni bilishga muhtoj.
⠀
Nimadan boshlash kerak?
⠀
Birinchidan, bir g’oyaga ega bo’ling va uni hayotga qanday tadbiq etish haqida tasavvur qilib ko’ring. O’zingizga va boshqalarga savol bering. Bozorda hozir nimaga talab yuqori? Shaharda qanday soha rivojlanmagan? Tadbirkorga kafe, restoran yoki bar ochish uchun kuch va mablag’ yetarlimi? Ehtimol, kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishni tashkil qilish yaxshiroqdir?
Umuman, hech narsani tushunmaydigan sohani tanlash kerak emas. G’ayrat-shijoat, ishonch bilan ochilmagan ish juda kamdan-kam hollarda ajoyib natijalarga olib keladi.
⠀
Mablag’ni qayerdan topish mumkin?
⠀
Shunday qilib, ikkinchi qadam, ishni boshlash uchun mablag’ni, ya’ni kapitalni toping! Ushbu bosqichda, tadbirkorda yetarli mablag‘ bo’lmasa, u astoyidil harakat qilish kerak. Bunday holatda, qarz olish yoki investor ko’magi yordam berishi mumkin. Birovning biznesiga sarmoya kiritmoqchi bo’lgan odamni topish juda qiyin, ammo, g’oya juda zo’r bo’lsa, bu vaziyatda uzoq kutib o’tirmaysiz.
🔝 @biznesplus_uz
📚 2023-yil davomida O‘zbek kitobxonlari tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan TOP 30 kitoblar
Читать полностью…Milliorderlar odati:
Djeff Bezos,
-30 daqiqa kitob mutola qiladi
-8 soatdan ortiq uxlaydi
-O'z kelajagini vizualizatsiya qiladi
-Soat 5 da uyg'onadi
Ilon Mask,
-Kuniga 5 daqiqa rejalar tuziladi
-Doimiy mutoala qiladi
-Soat 7 da uyg'onadi
-Katta maqsadlar tuzadi
Uoren Baffet
-Kuniga 500 varoqdan o'qiydi
-Xar kuni yangilik o'rganadi
-Vazifalarni topshiradi
-Muammolarni tezlikda xal qiladi.
🔝 @biznesplus_uz
Biznesni qay usulda davlat ro'yxatidan o'tkazish mumkin?
Xususiy biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning ikki usuli mavjud:
1. Tashrif buyurgan holda. Roʻyxatdan oʻtkazishning mazkur turida siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etishingiz lozim, u yerda zarur hujjatlar toʻldirilganidan soʻng, sizga invoys beriladi, ushbu invoys raqami boʻyicha siz roʻyxatdan oʻtganingiz uchun davlat bojini toʻlaysiz.
2. Onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. Shuni hisobga olishingiz kerakki, biznesni onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar va bojlar miqdori umumiy summaning 50 foizini tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan usullar orqali siz quyidagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin:
🔹masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ);
🔹yakka tartibdagi tadbirkor (YATT);
🔹xususiy korxona (XK);
🔹dehqon xoʻjaligi (DX);
🔹va boshqalar.
🔝 @biznesplus_uz
Shaxsiy rivojlanish (o'z-o'zini rivojlantirish) nima va shaxsiy rivojlanish uchun nimadan boshlash kerak?
Shaxsiy rivojlanish - bu doimo o'z ustida ishlash, o'zingizni takomillashtirish va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish demakdir. Shaxsiy rivojlanish jarayonida inson o'z istaklari va maqsadlariga diqqatni jamlaydi va ularga erishish uchun doimiy ravishda yangi bilimlarga ega bo'ladi. Ushbu jarayon hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhimdir.
Agar siz hayotingizdan mamnun bo'lmasangiz, muvaffaqiyatsizliklarga doimo uchrasangiz, o'zingizga va kelajagingizga ishonchingiz komil bo'lmasa, unda bu vaziyatdan chiqishning yagona yo'li bor, bu shaxsiy rivojlanish.
Xo'sh, nimadan boshlash kerak?
Avval siz bu hayotdan nimani xohlashingizni hal qilishingiz kerak va shundan keyingina maqsadlaringiz sari borishni boshlaysiz. Treninglar va shaxsni rivojlantirish kurslari tashkilotchilari shaxsiy rivojlanishni ong osti mavzusini o'rganishdan boshlashni maslahat berishadi. Insonning boshida muvaffaqiyatga erishish yo'lini to'sadigan juda ko'p fikrlar, xotiralar, shikastlanishlar mavjud.
Umuman olganda, shaxsiy rivojlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- o'z-o'zini anglash o'zini o'zi qadrlash (o'z maqsadlari, qadriyatlari, tamoyillari);
- shaxsiy ko'nikmalarni takomillashtirish yoki yangilarini o'rganish;
- hayotingizni strategik rejalashtirish;
- turmush tarzini yaxshilash va foydali, rivojlanayotgan odatlarni rivojlantirish;
- vaqtingizni samarali boshqarish;
- o'z sog'lig'ingizni yaxshilash va uni saqlash ustida ishlash;
- ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash va rivojlanayotgan odamlar bilan o'zingizni o'rab olish.
🔝 @biznesplus_uz
Siz uchun maxsus audio kitoblar:
Keraklisini tanlang va tinglang:
🔘 Saodat asri qissalari
🔘 Alif
🔘 Choliqushi
🔘 Molxona
🔘 Iroda tarbiyasi
🔘 Ferrari sotgan rohib
🔘 Halqa
🔘 Muvozanat
🔘 Jimjitlik
🔘 Ikki karra ikki — besh
🔘 Hech bir uchrashuv tasodif emas
🔘 Jannatga taklifnoma
🔘 Alfido
🔘 Iskanja
🔘 Izlash
🔘 Nasroniy atirguli
🔘 Yashash fursati
🔘 To‘siqlarga qaramay sevdik
🔘 Yulduzlar aybdor
🔘 O‘lsang kim yig‘laydi
🔘 Unvonsiz lider
🔘 Peshonamdagi nur
🔘 Qaytganimda uyda bo‘l
🔘 Cho‘qintirgan ota
🔘 Ming bir kecha
🔘 Usta va Margarita
🔘 Faust
🔘 Jinoyat va jazo
Pulni bo'yindan yuqoriga sarflash uslubi
– Bo'yindan yuqori deyishdan maqsad bu, miyaga ya'ni ilmga sarflashdir. Bo'yindan pastga sarflashdan qaytarish bu, oshqozonga sarflashdan qaytarishdir.
– Ilmga mablag' sarflashdan sizga nima naf keladi?
• Birinchidan, ilmdan nafaqat o'zingiz balki butun jamiyat ham manfaatdor bo'lishadi.
• Huzurini faqatgina o'zingiz ko'rasiz, hojatxona emas.
• Ilm u xoh dunyoviy bo'lsin, xoh diniy, sizni Allohga yaqinlashtiradi.
"Agar ilmni chala o'rgansang daxriy, mukammal o'rgansang Musulmon bo'lasan"
© Muhammad Zakir Abdulkarim Naik
🔝 @biznesplus_uz
Ушбу видеода Америкалик бизнес-маслаҳатчи Стивен Ковининг "Муваффақиятли инсонларнинг 7 одати" китоби билан қисқача танишиб ўтамиз. Бу китоб бир неча ўн йиллардан буён бутун дунёда бестселлер ҳисобланади.
Иқтибос (цитата):
Хаётнинг мазмуни олишда эмас беришда.
Юқори самарали одамларнинг етти одати:
1) Проактив бўлиш ва фақат ўзлари ўзгартира оладиган нарсаларга эътибор қаратиш.
2) Ҳаракатларимиз натижасида эришмоқчи бўлган нарсаларни олдиндан белгилаш.
3) Эътиборни ростанам муҳим нарсаларга қаратиш.
4) Икки томонни ҳам ютуғини ўйлаш.
5) Бошқаларга фойда келтиришга ҳаракат қилингки, улар ҳам сизга фойда келтирсин.
6) Синергия
7) Арра чархлашга вақт топиш ва бу билан шуғулланиш.
🔝 @biznesplus_uz
Bugundan boshlab 1000 so'm jamg'arishni va har kuni ushbu pulni 1000ga oshirishni rejalashtiring. Shunda bir yildan so'ng qancha mablag'ga ega bo'lasiz? 2 yildachi?
🔝 @biznesplus_uz
#pul #topish #dost
⠀
Necha pul topsangiz o'zingizni baxtli his qilasiz?
⠀
Orzu-havas to'g'risida gaplashsak. Har xil treyning va seminarlarda "necha pul topsangiz o'zingizni baxtli his qilasiz?" - degan savolni berishni yaxshi ko'rishadi. Eng kam eshitgan raqamim oyiga $500, eng ko'pi esa - $2 mln.
⠀
Nimaga bunaqa farq bor?
⠀
Asosiy sabab - bizning atrof muhitimiz ekan. Atrofingizdagi doimo muloqotda bo'lib turgan insonlar, aytaylik, 2 mln so'mdan 4 mln so'mgacha topishsa, demak siz xam o'rtacha shuncha daromad topasiz. Agar $50,000dan $100,000gacha topishsa, siz ham shuncha topishni xohlaysiz va boshlaysiz. Shunday ekan sizdan-da hayotda muvaffaqiyatli, kuchli, bilimli va xarakatchan insonlar bilan ko’proq do'st bo’lishni o’rganing va eng asosiysi halol rizq.
Qachonki, insonning qilayotgan harakati halol bo‘lsa, niyati halol bo‘lsa, shundagina mehnat va harakatning zamirida sodir bo‘ladigan ishda baraka va fayz bo‘ladi.
Nimadan boshlash kerak?
⠀
1. 24 soat ichida eng ko’p gaplashadigan 5 ta do’stingizni yozing.
⠀
Agar shu insonlar orasida bir xonada bo’lib siz eng zo’ri bo’lsangiz demak siz boshqa xonadasiz. Menga do’sting kimligini ayt va men senga sening kimligingni aytaman.
⠀
2. Siz yaqinlashmoqchi yaqindan do’st bo’lmoqchi va o'sha insondek yetuklikka erishmoqchi bo’lgan 5 ta insonni nomini yozing.
⠀
Atrofingizga qanday odamlarni yig'sangiz, siz o’zingiz ham shunday odamga aylanasiz. Muvaffaqiyatga erishgan va moliyaviy mustaqillikga erishgan odamlar bilan aloqa o’rnatishdan boshlang, suhbatdoshlaringizni o’zgartiring.
⠀
Yozib va sinab ko‘ring.
🔝 @biznesplus_uz
– Biror kasbni o'rganib bo'lib, tajribasiz holatda ishga kirish uchun, albatta, suhbatlardan o'tasiz, kamroq maoshga ham rozi bo'lasiz.
– 2-3 yillik tajriba va ko'nikmalar bilan kattaroq maoshga boshqa yerda yoki shu ishxonangizda kattaroq lavozimda ishlashingiz mumkin.
– O'z kasbingizni ustasi ya'ni haqiqiy professional bo'lsangiz, ish va pul sizni qidirib yuradi. Endi siz shunday darajaga chiqasiz-ki, bir nechta takliflarni o'rganib chiqib, qaror berasiz. Sizdek kadrlar sanoqli bo'ladi.
Har doim professionallik sari intiling! Buning uchun, kundalik tinimsiz ilm olishda 5-6 yil sizga kifoya qiladi!
🔝 @biznesplus_uz
Mustaqil daromadingizni oshirish uchun kasbingizni o'zgartirishingiz shart emas. Siz tegishli mutaxassislikni o'rganishingiz, xizmat turlarini kengaytirishingiz yoki qo'shimcha ko'nikmalarni oshirishingiz mumkin. Biz turli kasb vakillari uchun ko'proq pul topish haqida bir nechta fikrlarni taklif etamiz.
⠀
1️⃣ Kopirayterlar: kompaniyalar uchun press-relizlar tuzishi, rahbarlarning shaxsiy blogini yuritishi, ommaviy axborot vositalari uchun maqolalar yozishi, intervyular yozishi, sayt auditi o'tkazishi, turli tadbirlar uchun materiallar to'plamini tayyorlashi, marketingni o'rganishi va xizmat ko'rsatishi mumkin.
⠀
2️⃣ Dizaynerlar: videotasvirlarni tayyorlashni boshlang, onlayn o'quv qo'llanmalarini sinab ko'ring, kurslar o'tkazing, o'zingizning futbolkalaringiz, sumkalaringiz yoki stakanlaringizni chiqaring.
⠀
3️⃣ Dasturchilar: qo'shimcha dasturlash tillarini o'rganing, biznes muammolarini hal qilishni o'rganing - bu xaridorlar tomonidan yuqori baholanadi, mahsulotingizni (dastur, o'yin) ishlab chiqing, muvaffaqiyatli startap bilan chiqing, o'zingizning studiyangizni yarating.
⠀
4️⃣ Marketologlar: turli xil kompaniyalarga individual xizmatlarni sotish, biznes bo'yicha maslahat berish, yangi kelganlarni kasbga o'rgatish, individual murabbiylik, korporativ treninglar o'tkazish, agentlik yaratish.
⠀
5️⃣ Huquqshunoslar: ekspertlar blogida maqola, odamlarning eng ommabop so'rovlari uchun ro'yxatlar, bitimlarni huquqiy qo'llab-quvvatlash, kitoblar mualliflari uchun maslahatchi yoki ekspert bo'lishga, tadbirkorlarga shartnomalar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berishingiz mumkin.
⠀
Barcha kasblar uchun umumiy tavsiyalar:
⠀
✅ Doimiy ravishda o'rganing, rivojlantiring.
✅ O'sishingiz bilan narxlarni ko'taring.
✅ Raqobatchilaringizda mavjud bo'lmagan qo'shimcha xizmatlarni taklif qiling.
✅ Mijozlarga sifatli xizmatni taqdim eting, bu uzoq muddatli hamkorlikka yordam beradi.
✅ Dellegatsiya qiling, ko'proq buyurtma olish uchun yordamchilarni jalb qiling.
🔝 @biznesplus_uz
Moliyaviy savodli kishining 3 ta belgisi.
1.) Unda hamma narsa nazorat ostida.
Moliyaviy savodli kishi o'z daromadlari va xarajatlarini hisobga oladi. U qisqa va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishni quradi.
Quyidagilarni o'z ichiga olgan moliyaviy rejani tuzish yaxshidir.
- Mavjud va sarflangan mablag'lar miqdorini hisobga olish.
- Xarajatlarni optimallashtirish.
- Daromad va xarajatlarni rejalashtirish.
2.) Bu kishi ishlaganidan kamroq pul sarflaydi.
Moliyaviy savodli odam banklardan va mikromoliyaviy tashkilotlardan kredit olmaydi.
U ishlagan pullari bilan yashaydi va jamg'arma yaratadi. U har bir ish haqidan kamida 10% qoldiradi va hech qanday bahona bilan sarflamaydi. Ushbu pul ehtiyojlar uchun emas, balki kelajakda aktivlarga sarmoya kiritish uchun mo'ljallangan.
3.) U o'zini moliya dunyosiga yo'naltiradi.
🔝 @biznesplus_uz
Sog’lom mahsulotlar uchun $100 - "Buncha qimmat?!"
Romantik tushlik uchun $100 - "Hamyonbop narx!"
O'z-o'zini o'stirish yuzasidan seminar uchun $250 - "Aqldan ozganmisiz?!"
Gucci kamari uchun $250 - "Hoziroq sotib olish kerak!"
Sarmoya uchun $300/oyiga - "Qurbim yetmaydi."
Tungi "ulfatchiliklar" uchun $300/oyiga - "Haftasiga, deyavering..."
Biznes boshlash uchun $1000 - "Juda xatarli tavakkal."
iPhone XS uchun $1200 - "Eng oxirgi modeli shumi ishqilib?"
Yangi hunar o'rganish uchun 60 daqiqa - "Vaqtim bo'lganida edi..."
Netflix uchun 60 daqiqa - "Vaqt uchib ketdiyey, yana bitta ko'raylik..."
Pul va vaqt - bu resurslar. Ulardan oqilona foydalaning, bugun kiritgan sarmoyangiz ertangi kuningizni belgilaydi. Toki pulingizni to‘g‘ri investitsiya qilishni yo‘lga qo‘ymas ekansiz, rivojlanmaysiz!
🔝 @biznesplus_uz
Pul yig'ishda yo'l qo'yiladigan 5 xato
1. "Ortganini yig'aman". Hech qachon qancha orttirishingizni bilmaysiz, balki umuman orttirolmassiz ham. Demak, siz pul yig'ishga harakat qilmayapsiz. Agar har gal maoshning ma'lum bir qismini olib qo'yganingizda oradan ko'p o'tmay yig'ilgan sarmoya sizni xursand qilgan bo'lardi.
2. "Pulni plastik kartochkamga yig'aman". Juda yaxshi, ammo oradan birmuncha muddat o'tganidan keyin orzuingizdagi biror narsa-buyumni ko'rib qolsangiz, uni birzumda ishlatib qo'ymasmikinsiz? Yaxshisi, pulni naqd shaklda yig'ish, bizningcha.
💸 3. "Uy olaman, mashina olaman, muzlatkich, kompyuter..."Pulni faqat aniq bir maqsadni ko'zlab yig'ish kerak. Aks holda "xazina"ngiz tog'dan bo'lsa ham oxiri yo'q orzu-istaklaringizga dosh bermaydi.
💸 4. "Har oy maydalab yig'mayman, yaxshisi, bir marta kattaroq pulni olib qo'yaman". Shunday deya vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qolasiz...
💸 5. "Yemayman, ichmayman, kiymayman, faqat yig'aman!" Axir, bir marta yashaymiz! Daromadimizni to'g'ri taqsimlasak, bas, o'zimizni qiynashimiz, qisinib-qimtinib pul yig'ishimiz shart emas. Avvaliga maoshning 10 foizi, keyinroq 20-30 foizini har oy bir erga joylab, so'ng unutsak, shuning o'zi kifoya.
🔝 @biznesplus_uz
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun 3 ta oddiy maslahat.
Muvaffaqiyatli bo'lish uchun quyidagilar kerak:
• Tezkor natijalarni kutmang.
Agar birinchi savdo yoki harakat muvaffaqiyatsiz bo'lsa, bu sizning bankrotligingizni anglatmaydi. Odatda bugungi tirikchilik uchun emas, kelajak uchun qurilgan bir umrlik biznesda natijalar yillab kutiladi.
- Ishni davom eting va kuting.
• Qattiq ishlash.
"Tez va oson" pul izlamang, o'z ishingizni ehtiyotkorlik bilan, oqilona, samarali va qunt bilan bajaring.
- Harakatlar albatta o'z samarasini beradi.
• Doimiy ravishda o'rganing.
Sizga kerakli kurslar, veb-seminarlar, kitoblarni o'qing, qiziqarli odamlar bilan uchrashuvlar o'tkazing, sayohat qiling, yangi narsalarni o'rganing va har doim o'zingizni rivojlantiring.
- Uzluksiz rivojlanish ko'p bilim va ko'nikmalarni beradi, sizni kuchli shaxs sifatida shakllantiradi va boshqalar oldida hurmatingizni oshiradi, shuningdek ishonchli va bilimga ega bo'lishga imkon beradi.
🔝 @biznesplus_uz
#Бизнес_сабоқ
Нархлар бўйича музокараларни ўтказиш қоидалари
Нархлар бўйича музокаралар битимнинг муҳим қисмидир. Уларни қандай тарзда тўғри ўтказиш керак?
Иккала томон учун мақбул бўлган умумий қарорни қабул қилиш учун ҳам қатъий, ҳам муросасиз бўлиши керак.
🔸 Агар харидор маҳсулотингизни харид қиладиган бўлса, унга бериладиган имтиёзлар ҳақида кўпроқ гапиринг. Яхши шартнома учун мижоз катта миқдордаги суммага пушаймон бўлмайди.
🔸 Ҳеч қачон тасдиқланмаган далиллар билан ишламанг. Улар ёлғон бўлиши мумкин ва сиз ўзингизни ва компанияни ноқулай вазиятга қўясиз. Мижознинг сўзларини ҳам текшириб кўринг. Баъзан у янада яхши келишувга эришиш учун ўзидаги куч ва имкониятларни ошириб кўрсатиб, сизни иккилантириб қўяди.
🔸 Имкон борича аниқ рақамни айтинг. Масалан, маҳсулот 110 минг сўм бўлса, уни яхлитлаб 100 минг сўм деманг. Яхлитланган рақамлар ҳаводан олингандек шубҳаларни келтириб чиқаради. Нархлар нимани ҳисобига келиб чиққани, уни ичига мижоз учун қандай имтиёзлар киритилганини (етказиб бериш, тушириш, улгуржи чегирмалар, техник хизматлар ва ҳ.к.) дарҳол очиқланг.
🔸 Агар мижоз чегирма қилишингизни сўраса, бунга рози бўлишга шошилманг. Тўғри, харидор ҳар доим маҳсулот учун камроқ ҳақ тўлашни истайди, гарчи у етарли маблағга эга бўлса ҳам. Чегирманинг ўрнига қўшимча бепул хизматларни тақдим этинг. Ҳар бир корхонада доимо нархларни туширишни ўрнига зарур воситаларни тақдим этувчи тўплам бўлиши керак.
🔸 Мижознинг қуруқ ваъдаларига қувонманг ва уларга рози бўлишга шошилманг. "Агар мен катта суммага буюмнинг йирик қисмини сотиб олсам, қандай чегирма оламан?" деган саволга ҳар доим ҳам ҳақиқатга мос жавоб берилмайди. Эҳтимол, мижоз сизнинг компаниянгизда максимал чегирма нима эканлигини билишни истар. Яхшиси, унга чегирмалар тизими ҳақида маълумот ёки ҳақиқатни аниқлаштирувчи савол берган маъқул: қачон сотиб олишни режалаштирмоқда, маҳсулотларга тўловни қандай тарзда амалга оширади?
🔸 Мижоздан эвазига ҳеч қандай сўрамасдан имтиёзларга рози бўлманг. Биринчи навбатда, сиз учун кам қимматли нарсаларни бепул тақдим этинг. Аммо мижоз учун ўз имтиёзингиз муҳимлигини таъкидлаб ўтинг.
🔸 Суҳбатдошингизга илтифот кўрсатишни қизғонманг, жой-жойида ҳазил қилинг. Унга ҳамкорлик қилиш учун катта куч билан ёрдам бераётганингизни ва ундан худди шуни кутаётганингизни билдириб қўйинг.
🔸 Агар сиз харидорнинг босими остида бўлсангиз, ўйлаб кўришга вақт сўранг. Раҳбарият билан маслаҳатлашишингиз кераклигини айтинг. Бу сизнинг фикрингизни бир жойда тўплашга ёрдам беради ва рақибингиз музокараларни "нотўғри йўналишга" ўтиб кетишдан қўрқишни бошлайди.
🔸 Сиз мижоз билан келишган нарсаларнинг барчасини ҳар икки томоннинг имзоси билан қоғозга ёзилишлари керак, ҳатто у шартнома эмас, балки оралиқ битим бўлса ҳам. Бу эса кейинги музокараларда ноаниқлик ва номувофиқликлардан қочиш имконини беради.
🔝 @biznesplus_uz