SHUNDAY O'LKAM BOR
O'lkamning dalalari
Qucho'giga tortadi,
Bag'rini kezgan sari
Unga mehrim ortadi.
Vatanimning bog'lari,
Oyna-bulog'i go'zal,
"O'q oltin"dan tog'lari,
Uning haryog'i go'zal.
Yayarayman quchog'ida,
Shodlikdan ko'kda boshim.
Gul unar tuprog'ida,
Bosh uzra yoz quyoshi...
🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀
@Bolajonlar_Sherlari
ҚАДР
Бўл оқил-у, бўл ботир,
Бўл ё подшоҳ, баҳодир,
Ватандан кечсанг охир,
Келганинг ҳам бекордир.
Бўлибсан бой мансабдор,
Тўлибсан ҳар нега қодир.
Оч қолар бўлса ночор,
Кулганинг ҳам бекордир.
Устозинг-гу, пирингга,
Дарс ўтар бўлсанг нодир.
Яхши-ёмон кунингга
Билганинг ҳам бекордир.
Жигаргўшанг йиғласа,
Гоҳ ёғласа, доғласа,
Оқибат қолар бўлса,
Тўлганинг ҳам бекордир.
Ёрга қилсанг хиёнат,
Пеша қилсанг диёнат,
Баланд масжид, иморат,
Солганинг ҳам бекордир.
Оҳ, етимни унутсанг,
Золимни ҳатлаб ўтсанг,
Покман, ҳалолман десанг,
Олганинг ҳам бекордир.
Отанг бўзлар бўлса гар,
Онангни жеркисанг ғўр.
Бўлсанг ул ғилмон қадар,
Елганинг ҳам бекордир.
Унутма эй жон мани,
Борорим нимжон мани,
Чирик устихон сани,
Ўлганинг ҳам бекордир.
Аллоҳим раҳм этгил,
Амалсиз доно кўнгил,
Шу кетар бўлсам софдил,
Бўлганим ҳам бекор
©Шахзоджон Шарофов
Manba @Shohzodjon Sharopov
#sher
🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂
👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @Bolajonlar_Sherlari kanaliga ulaning
SHUNDAY O'LKAM BOR
O'lkamning dalalari
Qucho'giga tortadi,
Bag'rini kezgan sari
Unga mehrim ortadi.
Vatanimning bog'lari,
Oyna-bulog'i go'zal,
"O'q oltin"dan tog'lari,
Uning haryog'i go'zal.
Yayarayman quchog'ida,
Shodlikdan ko'kda boshim.
Gul unar tuprog'ida,
Bosh uzra yoz quyoshi...
🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀
@Bolajonlar_Sherlari
KASBIM
Kasbimiz tanlab yoshlikda
Ustozim so'rasalar aytaman
Do'stlar davrasi kim
Qanday kasb egasi
Bo'lishi tanlardik
Shu kasb egasiga
Kelardi xavasim chunki
Orzu bari
Men tanlardim harbiylik
Chunki ular mani
Vatanim qo'raqlaydi
Oilam tinch buladi
Chegarada turib sergak
Meni kasbim shu
Faxir ila orzuda hammada
Xavas jam kasbimga
Bo'lgan faxr.
© Samandar
👶👶👶👶
Bolalik - sehrdir, zangori fasl,
Vatanning ertasi, tamal toshlari.
Saodat nuridan kuch olgan nasl,
Yurtimning tuganmas sarchashmalari.
Bobolar shon topib, ardoqlagan his,
Ularning ko‘nglida qayta uyg‘onish.
Birisining ismi balki To‘maris,
Birisi ulg‘ayib, bo‘lar Alpomish!
Aylanay beg‘ubor kulishlaringdan,
Sizga hamroh bo‘lsin ezgulik, safo.
Ko‘zlar quvonadi turishlaringdan,
Sizni panohida asrasin Xudo!
/channel/Bolajonlarga_sherlarr
👏👏👏👏
Ajib bir tong otdi, yana elimda ,
Osmonni to‘ldirib qushlar navosi.
Saharda uyg‘onib, uni olqishlang,
Buncha orombaxshdir tongning havosi.
Ajib bir tong otdi, yana elimda
G‘unchalar sevinchdan ko‘zlarin ochdi.
Diyorim go‘zaldir, unga parvona
Saxiy quyosh zamin nurlarin sochdi.
/channel/Bolajonlar_sherlari
Mog‘or uchun boshbog‘ing
Qochdi paypoq, boshmog‘ing...
Men-chi ulkan qo‘lyuvgich,
O‘sha mashhur Moydodirman.
Qo‘lyuvgichlar boshlig‘i,
Mochalkalar komandiri —
Tan-sog‘liqqa foydadirman.
Yerni tepib chaqirsam,
Shu xonada bo‘lar jam
Mening barcha askarim,
Qo‘lyuvgich lashkarlarim.
To‘s-to‘polon ko‘tarib,
Adabingni berishar.
Sendek mog‘or irkitning
Holiga voy deyishar.
Eshit asli, gap tagin,
Bilsang, Peterburgdagi —
Moyka degan anhorga,
Xuddi shunday joy bor-da,
Naq boshingni tiqishar“.
U mis jomni urdi turib,
Jarangladi: „Taraq-turuq!“
Yetib keldi shu payt cho‘tka,
O‘zin urib suvdan o‘tga,
Rosa ishqab so‘zlar edi,
So‘zlar edi:
„Mo‘rkonchini yuvamiz,
Toza, toza, xo‘p toza.
G‘uborini quvamiz,
Soz-a, soz-a xo‘p soz-a!“
Birdan sovun irg‘ishlab,
Sochlarimga yopishdi.
Ariday chaqib, tishlab,
Ko‘pirdi, terga pishdi.
/channel/Bolajonlarga_sherlarr
🧺 NECHTA QUTI
VA XALTA?
Yigirma yettita olma,
Bordir qarang qip-qizil.
Biz ularni joylaymiz,
Xalta,qutiga qizim.
Har qutiga beshtadan,
Joylash kerak birdayin.
Oltitadan xaltaga,
Solishimiz aytayin.
Shunda kerak bo'ladi,
Nechta quti va xalta?
Shoshmasdan javob toping,
Hisoblang qayta-qayta.
QANCHA KONFET?
O'n to'rtta yashik to'la,
Oq qand bilan konfetga.
Olti yashik oq qanddir,
Sakkizi-chi,konfetda.
Qirq sakkiz kilogramm,
Oq qandlarni biz tortdik.
Har konfet yashigi'chi,
Uch kilogrammdan ortiq.
Tingladingiz shartlarni,
Hisoblasin-a,barcha.
Toping sakkiz yashikda,
Konfet bor ekan qancha?
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho'l tumanidagi 10-maktabning ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi.
/channel/Bolajonlarga_sherlarr
#PSIXOLOGIK_TEST
CHARCHOQ VA TUSHKUNLIK TESTI
Mazkur test Yaponiyalik professor Yamomota tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib insonni qanchalik toliqqanligi va tushkunlikdaligini baholaydi. Sizningcha rasm
🅰️ Qimirlamayapti
🅱️ Sekin qimirlayapti
🆑 Tez qimirlayapti
BOQIY YASHANG
To'lgan kuningiz yuzga,
Dildan qutlab olqishlab,
Buvijonim men sizga,
Ha, she'r yozdim bag'ishlab
Zamona ardog'ida,
Boqiy yashang, sog' bo'ling
Hur Vatan gulbog'ida,
Doim vaqti chog' bo'ling.
@Bolajonlar_sherlari
BIR, IKKI, UCH DEYMAN
Bir, ikki, uch deyman,
Uchdan qolgan puch deyman,
Valijon a'lo o'qir,
Besh bahosi g'uch deyman
Darsga yalqov Teshaga,
Nuqul ikki, uch deyman.
Yumush qilgan dastyorni,
Mehnatkash, serkuch deyman,
So'kong'ichning tiliga,
Garmdori, murch deyman
Salom aytgan bolani
Raxmat aytib quch deyman.
@Bolajonlar_sherlari
Ona kabi mehribon —
llm-fanlarga makon,
Yayrab o‘qiyman har on,
Qadrdonim, maktabim!
Senda darslar xilma-xil,
Ongim o'sar yilma-yil.
Sevinchlarga to'lar dil,
Qadrdonim, maktabim!
@Bolajonlar_sherlari
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g'ami vayron qilur,
G'ayrat qilib o'qing, o'glon!.
@Bolajonlar_sherlari
Tug'ilgan kuning bilan -
Jonajon - saxiy Oftob!
Senga sovg'a keltirdik
O'zingday - nurli Kitob!
@Bolajonlar_sherlari
YOZ
Rang kirdi dovuchchaga,
Sig'may qoldik ko'chaga.
Chorlaydi chamanzorlar,
Yoz xizmatga bel bog'lar.
Dala qizib, hovuchlab,
Daryodan suv ichadi.
Endi keksa tog'lar ham,
Oq qalpog'in yechadi.
Baliq kabi suzamiz,
So'ngra chiqib qirg'oqqa,
Ko'ksimizni bosamiz
Issiq ona-tuproqqa...
«BOLAJONLAR SHERLARI» kanaliga ulanish👇
/channel/Bolajonlar_Sherlari
Ассалому алейкум ва раҳматуллҳу ва барокатуҳу Аллох розилиги учун рўза тутаман ИнШаАллох деб саҳарликка турган Расулим умматларига Аллохнинг раҳмати муборак бўлсин.
Читать полностью…Yoz deydi
Mevalarga kon o'zim,
Quyoshga yaqinman men.
O'zing ayt, qay faslda
Ta'tilga chiqasan sen?
Meni sevar bolalar,
Xursand bo'lib ketaman,
Chunki doim ularni
Oromgohga eltaman.
#sher
🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂
👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @Bolajonlar_Sherlari kanaliga ulaning
YOZ
Rang kirdi dovuchchaga,
Sig'may qoldik ko'chaga.
Chorlaydi chamanzorlar,
Yoz xizmatga bel bog'lar.
Dala qizib, hovuchlab,
Daryodan suv ichadi.
Endi keksa tog'lar ham,
Oq qalpog'in yechadi.
Baliq kabi suzamiz,
So'ngra chiqib qirg'oqqa,
Ko'ksimizni bosamiz
Issiq ona-tuproqqa...
«BOLAJONLAR SHERLARI» kanaliga ulanish👇
/channel/Bolajonlar_Sherlari
👶 Bolaligim
Bahor bilan " Boychechak" aytib,
Kelgandaysan chopqillab qaytib,
Ke, qaylarda yuribsan "daydib",
Bolaligim, seni izladim.
Anhorlarning bo‘yidasanmi,
Binafshalar to‘yidasanmi,
Qo‘shni qizning ko‘yidasanmi,
Bolaligim, seni axtardim.
Koptok o‘ynab horgan bo‘lsang ayt,
Biror shumlik topgan bo‘lsang ayt,
Tomga chiqib olgan bo‘lsang ayt,
Bolaligim ,seni sog‘indim.
/channel/Bolajonlarga_sherlarr
🙃🙂🙃🙂
Siz mening qaynoq yuragim,
Kamolingiz ko‘rish - ezgu tilagim.
Yashnagan ozodu obod Vatanda,
Ishonchli posbonim, tolmas bilagim.
Bolalik beg‘ubor, bokira, toza,
Bolalik davrining o‘zi mo‘jiza.
Gullarning yuzida shudring misoli
Tip-tiniq, musaffo hamda pokiza!
Shu aziz damlarning qadriga yeting,
Sayyoralar uzra parvozlar eting.
Oltin davringizga qolmasin g‘ubor,
O‘zbegim bayrog‘in Marsgacha elting!
/channel/Bolajonlarga_sherlarr
Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.
Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.
Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon
Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.
/channel/Bolajonlar_sherlari
✍ O'LKAM
O'lka ko'pdir dunyoda,
Bir-biridan ziyoda.
O'rtoqjonlar, do'stlarim!
Tinglang, yurak so'zlarim!
Bordir shunday bir diyor,
Bag'ri gulzor, hur diyor!
Undan oiur kun otash,
Mehri mehrimga tutash.
Bir guliston, deydilar,
O'zbekiston, deydilar.
Toshkent — uning poytaxti,
Do'stlikdan kulgan baxti.
Erklik, birlik shahrida
Tinchlik, do'stlik shahrida
Yozib sizga dasturxon,
Etgum do'stlarni mehmon.
@Bolajonlarga_sherlarr
🏊 YUVIN, DO‘MBOG‘IM
Korney Chukovskiy
(Moydodir)
Тo‘shagim ham
Qochdi birdan,
Choyshab-chi, parvoz etdi
Turmayin tek,
Qurbaqadek
Yostig‘im sakrab ketdi.
@Bolajonlar_sherlari
— Temur otli pahlavon,
Topar chog’ida kamol
—Unga bo’ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
— Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag’ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
— Amir Temur bahramand
Pirning o’gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
— Bir tomondan qo’lladi
Suyub Said Baraka.
O’tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
— Shundan buyuk saltanat
Dovrug’ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
— Buyuk zotlar nafasi
Har doimo qo’llasin!
Ona yurtimni mudom
G’oliblikka yo’llasin!
@Bolajonlar_sherlari
KICHIK RASSOM
Jajji singlim Muyassar,
Chizib qizning rasmini,
Nulifar deb pastiga,
Yozib qo'ydi ismini.
Qo'lda qalam qog'ozi,
Beto'xtov qilar ijod,
Ulg'aysa rassom bo'lar,
Bor unda zo'r iste'dod.
@Bolajonlar_sherlari
Tunda sichqon inidan
Alla aytar:— Jon qo'zim,
Jim yot, bolam, quyuk non
Va sham beray yulduzim.
— Ovozing ip-ingichka.
Chiyillamay sen menga
Topib ber bir enaga,
Ona sichqon tez borib,
Der o'rdakka yolvorib,
— O'rdak xola uyga yur,
Bolamni tervatib tur.
Alla aytib, der o'rdak:
— G'a-g‘a-g'a, tinch yot go'dak
Yomg'ir tinsa bog'chadan
Topib beray loyxo'rak.
Ammo ahmoq sichqoncha
Uyqusirab zinqarcha,
Aytar:— Yoqmadi sozing,
Baqiroq ekan ovozing.
@Bolajonlar_sherlari
LAYLAK
Laylakning bo'yi novcha,
Tumshug' bor tarnovcha
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko'chganda.
Uzun ekan oyog‘i,
Xuddi cholning tayog'i,
Qanoti ola ekan,
Sayrashga balo ekan.
@Bolajonlar_sherlari
Imtihonda
- Juda qisqa javobing,
O'qib kelsang bo'lmasmi?!
Imtihonda muallim
Mulzam qildi O'lmasni.
- O'qigandim-u, ammo
Buvim o'git berganlar:
''Kattalarning oldida
Ko'p so'zlama,'' - deganlar.
@Bolajonlar_sherlari
Bozorda
- Savatdagi qulupnay
Qayga yo'qoldi, Habib?
- Men yeb oldim, oyijon,
Sizga yengil bo'lsin deb.
@Bolajonlar_sherlari