Ona farzandiga so'zlar ekan, <-ma> qo'shimchasini qo'shmasligi, ya'ni salbiy jumlalar ishlatmasligi kerak. Chunki miya ijobiy jumlalarni qabul qiladi.
Masalan: - "Uyga kech kelma" deyish o'rniga "Uyga ertaroq kel" deyish o'rinli bo'ladi.
-"Hovliga chiqindi tashlama" demasdan "Chiqindini maxsus qutiga tashla"
-"Ukang bilan urushma" demang "Ukang bilan inoq bo'l" kabi so'zlarni ishlating. Shunda bolangiz sizning aytganlaringizni qilishga harakat qiladi.
t.me/bolalarpsixologi
#trening
Bolalarda diqqatni shakllantiruvchi trening
@shahloqosimova
t.me/bolalarpsixologi
#trening
Bolalarda tafakkurni hamda tezlikni oshiruvchi trening.
t.me/bolalarpsixologi
Psixolog tabrigi. 😊
💜💜💜💜💜💜💜💜💜💜
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2023 yil , ya'ni kelajakda amalga oshadigan orzularingiz bilan tabriklaymiz. Har doim ruhingiz tetik, asablaringiz tinch bo'lsin, kuchli energiyaga to'lib yuring. Tuganmas mehr, pozitiv fikr, toza havo , chuqur nafas hamrohingiz bo'lsin. Atrofingizdagi negativ zarbalar yo'q bo'lib ketsin, aurangiz mustahkam bo'lsin! Ichingizdagi yig'ilib qolgan toshlarni ham eski 2022 yilga qarab otib yuboring. Ruhingiz bilan 2023 yilning kemasida orzularingiz sari sayohat qiling. Kelajakda sizni buyuk ishlar va muvaffaqiyatlar kutmoqda. 2023 yilda siz eng chiroyli , eng boy, eng baxtli, eng omadli , eng kuchli insonlardan biriga aylaning, toza va samimiy qalb egasi bo'ling. Miyangizni yangitdan yaxshi niyat bilan dasturlang..To'lgan negativ xotiralarni udalit qivoring. 2023 yilni ijobiy fikrlashdan boshlang. Sizning ijobiy fikringiz tanangizdagi barcha organ va kimyoviy elementlarni ong ostida boshqarish xususiyatiga ega bo'lsin.
Barchangizga yangi yilda ruhiy salomatlik tilab qolaman. .
Hurmat bilan tabrik yo'llovchi :
@shahloqosimova
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!
Farzandingiz qo‘rqoqmi?
Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!
Farzandingiz qizg‘anchiqmi?
Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!
Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!
Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!
Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!
Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi?
Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!
Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!
t.me/bolalarpsixologi
#bolalar_psixologiyasi #tarbiya #bolalar_xulq_atvori
⏺ Farzandingizni intiluvchan bo’lishini istaysizmi?
➡️ Ota-ona bolaga tarbiya berishda bolaning oldiga maqsad qo’yishi kerak ekan. Ana shunda bola har bir ishiga mas’uliyat bilan yondashishni o’rganar ekan.
➡️Bola ma’lum bir istagingizni siz aytganingiz uchun emas, balki bu narsa unga foydali bo’lgani uchun qilishi kerakligini anglay olishi lozim.
Masalan, «Sen bugun yaxshi baho olishing kerak, bo’lmasa, dadangdan kaltak yeysan» deyishingiz ikki natijaga olib kelishi mumkin:
1. Bola otasidan qo’rqib, qobiliyati yetsa, yaxshi baho olib keladi.
2. Bolaning qobiliyati yetmay yomon baho olsa, uyga kelishga qo’rqib, sizdan haqiqatni berkitishga harakat qiladi.
➡️Buning o’rniga siz nega bola yaxshi baho olib kelishi kerakligini unga tushuntirib berishingiz lozim. Axir buning sababi «otaning jahldorligi» emas-ku. Buning haqiqiy sababi yaxshi baho olgan bola kelajakda imtihonlarni yaxshi topshira oladi, katta bo’lganda nufuzli oliygohlarga kirib o’qiy oladi, o’zi istagan mamlakatlarga sayohat qila oladi, yaxshi ishda ishlab, zo’r mashinaga ega bo’ladi va hokazo.
➡️Mana shunday ezgu maqsadlar bolaga har vaqt tushuntirilishi kerak. Bir marotabada tushunmasa ham, bir necha bor misollar bilan keltirilgan ijobiy maqsadlar bola ongiga borib-borib singiydi va u o’z ixtiyori bilan yaxshi o’qishga intiladi.
🔝 https://telegra.ph/Farzandingizni-intiluvchan-bolishini-istaysizmi-09-05
Bolalarda chaqqonlikni oshiruvchi va mayda qo'l matorikasi uchun trening.
t.me/bolalarpsixologi
Agar kelajakda farzandlaringizni o'ziga ishonchi past bo'lmasin desangiz ularni urmang.
@shahloqosimova
t.me/bolalarpsixologi
3-4 yoshli bolalarda mayda qo'l matorikasini shakllantirish hamda shakllarni o'rgatish uchun mashq.
t.me/bolalarpsixologi
❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating.
👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan.
Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi.
©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#fakt
To'rt yoshli bolalar kuniga o'rtacha 900 dan ortiq savollar berishadi.
Bolalarni savollariga javob berishdan aslo charchamang.
t.me/bolalarpsixologi