FARISHTANGIZGA MEHR BERING.
Yaqinlaringizga ham ulashing kimnidir ko'zini ochilishiga sabab bo'larsiz.
t.me/bolalarpsixologi
"Farzandingiz bilan bir qatorda hamma ham o'zini tushunishlarini, qabul qilishlarini va o'zining qadrli ekanligini his qilishni istaydi." (Zig Ziglar)
Farzandingizni boricha, fe'l-atvori bilan qabul qilsangiz, u sizdan quyidagi besh ishorani olgan bo'ladi:
1.Men borman.
2.Men mavjudman.
3.Sevilmoqdaman.
4.Qadrliman.
5.Ishonishim mumkin.
Agar farzandingizni boricha qabul qilmasangiz, sizning bu muomalangingizdan quyidagilarni anglaydi:
1.Men yo'qman.
2.Men mavjud emasman, borligim hech kimga qiziq emas.
3.Hech kim meni yaxshi ko'rmaydi.
4.Qadrli emasman.
5.Ishonmayman.
Shunday ekan farzandlaringizni boricha qabul qiling.
t.me/bolalarpsixologi
Dastlabki yillarida ehtiyoj sezadigan tuyg'uni, sevgi, mehrni topa olmagan bola o'ziga ishonmaydigan va betartib bo'lib o'sadi.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandingiz hayotini barbod qiluvchi 10ta gap.
1. "Eshak, it hayvon......." deb urishish
2. "Badbaxt, yaramas kazzob semiz bukriga uxshamay to'g'ri yur" deb xo'rlash
3. Boshqalarga solishtirish-farzandni o'zida kamchilikni his qildirib, o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qqa chiqarish.
4. Sen hech narsani tushunmaysan, jim bo'l deya fikrini bildirishdan to'xtatish.
5. "Qo'lingni sindiraman, oyog'ingni sindiraman, boshingni yoraman" deb jaholat bilan tahdid qilish.
6 Qanoatlantirmasdan man qilaverish. Doim yo'q yo'q deb istaklarini rad qilib, sababini tushuntirmaslik.
7. Alloh jazoingni bersin kabi so'zlar bilan qarg'ash.
8. Farzandning sirlari va ayblarini boshqalar oldida ochib tashlash.
9. "Muayyan bir ishni bajarsang seni yaxshi ko'raman. Buni qilib qo'yganing uchun seni yaxshi ko'rmayman, ovqatingni yesang, dars tayyorlasang seni yaxshi ko'raman" deb yaxshi ko'rishni shart qilib qo'yish.
10."Erkak kishi yig'lamaydi... jim bo'l... hali sen gapirishga kichkinasan" Shu kabi xato so'zlarni ishlatish.
t.me/bolalarpsixologi
Assalomu alaykum
Kanalimiz a'zolari!
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin.
Bahoriy kayfiyat sizni aslo tark etmasin.
Bolalarning sho'x kulgusi hamisha yangrab tursin.
👶😊👶😊👶😊
t.me/bolalarpsixologi
Ota-ona farzandiga nisbatan quyidagi so'zlarni aytmasligi lozim:
- Ko'zingga qarasang bo'lmaydimi? Seni shu holda ko'rganlar kuladi-ku.
- O'chir! Hozir o'tib ketadi. Axir, sen o'g'il bolasan, o'g'il bola yig'lasa uyat bo'ladi.
- Buncha vahima qilasan. Hech nima qilmabdi-ku. Kap-katta bola qorong'ilikdan qo'rqasanmi?
- Ho-oy, uyat bo'ladi! Ukangdan ham shuni qizg'onasanmi?
- Yig'laydigan hech nima bo'lgani yo'q. Oddiy mushuk bo'lsa, shunga yig'laysanmi? Dadangga aytaman, boshqasini olib beradi.
Bolaga his tuyg'ularini oshkor qilishni man etar ekansiz, farzandingiz ulg'ayganda mehrsiz ekanidan shikoyat qilmang.
t.me/bolalarpsixologi
Bolalarda aqliy va mantiqiy qobilyatni rivojlantiruvchi mashg'ulot.
t.me/bolalarpsixologi