bolalarpsixologi | Unsorted

Telegram-канал bolalarpsixologi - Bolalar psixologi

-

Subscribe to a channel

Bolalar psixologi

#trening

Nima o‘zgardi? – o‘yini

Maqsad: To‘laqonli muloqot o‘rnata olish uchun zarur bo‘lgan diqqat-e’tiborlilik va kuzatuvchanlik qobiliyatlari hamda xotira jarayonini rivojlantirish.
Har bir bola navbat bilan tashqariga chiqadi. Bu vaqt mobaynida xonadagi bolalar o‘zlarining tashqi qiyofalaridagi nimanidir o‘zgartiradilar. Bolaning vazifasi o‘zgarishlarni to‘g‘ri fahmlay olish (o‘zgartirilgan narsa ikkita va uchtadan oshmasligi hamda ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi kerak). O‘qituvchi tashqariga chiqqan bolani xonaga qaytadan olib kiradi va nima o‘zgarganini so‘raydi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

“Savatcha” mashqi

Maqsad: O‘quvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, guruhlarga ajrata olish qobiliyatlarini va fikrlash tezligini oshirish.
Mashqning borishi: Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadi.Birinchi guruh mevalarni,ikkinchi guruh savzavotlarni olib, o‘z savatlariga solish ko‘rsatiladi.Vazifani tez va chaqqon bajargan g‘olib hisoblanadi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

YouTubeda "BOLALAR PSIXOLOGIYASI! DIQQAT MASHQI!!!! ("NAFIS SCHOOL"PM PSIXOLOGI ZILOLA SALIXOVA)" videosini ko‘ring
https://youtu.be/ASrnfapMfns

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Kun hikmati

Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik-kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur.

Shavkat Mirziyoyev

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

«Atomlar va molekulalar» harakatli o‘yini

Hozir Sizlar hammangiz «atomlar»ga aylanasiz va xona bo‘ylab tartibsiz ravishda harakatlana boshlaysiz. Men birorta sonni aytganimda, masalan uch deganimda, qo‘llaringizni ushlagan xolda uchta “atom”lik “molekula”larga aylanasiz. Besh sonini aytsam, “molekula”dagi “atomlar”soni beshta bo‘lishi kerak. Agar “molekula”da ortiqcha atomlar (guruh a’zolanhri tanlaydi yoki o‘zlarining xohishlariga ko‘ra) o‘tiradilar. Qolganlar o‘yinni davom ettiradilar. Agar “molekulalar”da “atomlar” soni kamroq bo‘lsa, barcha “atomlar” o‘tiradilar.

👉 @psixologik_treninglar

Читать полностью…

Bolalar psixologi

“Qayerga, qayerga”

Guruh a’zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o‘z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so‘ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o‘rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan ishtirokchilar “qayerga, qayerga” deb bir-birlarining o‘rinlariga o‘tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o‘yinni davom ettiradi.

Kanalga aʼzo boʻlish uchun linkni bosing
👉@psixotrening

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Amaliy va hurmatli yondashuv orqali biz muloqot usullari,muammolarni hal qilishning innovatsion strategiyasi va chegaralarni belgilash, hissiyotlarni boshqarish va intizom uchun yaxshi usullar.

6. Daraxtdan uzoqda: ota-onalar, bolalar va shaxsni izlash (Endryu Sulaymon)

Ruhlantiruvchi va sehrli, bu ota-onalar, o'qituvchilar, psixologlar uchun o'qishni talab qiladiva bizni bir-birimizdan nimasi bilan farq qiladigan, bizni birlashtiradigan, bizni belgilaydigan va aslida bizni inson qiladigan narsa haqida o'ylashni istagan har bir kishi.
Garchi ko'pchiligimiz ota-onamizdan qanchalik farq qilishimizdan faxrlansak-da, farzandlarimiz bizdan qanday farq qilishidan xafa bo'lamiz.

- Daraxtdan uzoqda: ota-onalar, bolalar va shaxsni izlash, Endryu Sulaymon-
Bu g'ayrioddiy kitob, millionlab odamlarni maftun etdi, chuqur kirib boradiDaun sindromi yoki autizm spektridagi buzilishlar kabi nogiron ota-onalar va bolalarning munosabatlari.
Uning sahifalarida biz 300 dan ortiq oilalarning guvohliklarini ko'rmoqdamiz, ular hatto eng qattiq yurakka ham tegadi.

7. Bola psixologiyasi (Jan Piaget)

Biz bolalar psixologiyasiga oid kitoblar ro'yxatini Jan Piaget haqida gapirmasdan tugata olmadik.
U nafaqat 20-asrning eng muhim psixologlaridan biri edi, balki uning inson taraqqiyoti va bolalar psixologiyasi sohasidagi hissasi katta epistemologik, mantiqiy, biologik va sotsiologik qiziqishlarga ega.

U hozirda biz ishlayotgan ko'plab kontseptsiyalarning asoslarini yaratdi. Bizda u hali ham mulohaza va izohlash uchun foydalanayotgan barcha keng asarlari, maqolalari va empirik tadqiqotlari uchun minnatdorchilik bildirishi kerak.
Bir necha yilda bir marta yangi nashrlar bozorga chiqadi, bu bizga Piaget va uning sodiq hamkori Inhelderning ishidan yana bir bor zavq olishimizga imkon beradi.
Garchi bu aniq "kulgili" o'qish bo'lmasa-da, agar siz aql-idrok, haqiqat qurilishi, fikr toifalari, vakillik imkoniyatlari, aniq operatsiyalar, rasmiy operatsiyalar, axloqiy qarorlar, shuningdek hissiy hissiyotlarning dastlabki tadqiqotlariga sho'ng'ishni istasangiz, bu juda zarur. va bola rivojlanishining ijtimoiy jihatlari.

Xulosa qilmoq, ushbu ro'yxatda bolalar psixologiyasiga oid juda ko'p ajoyib kitoblar mavjud.Biroq, biz tavsiyalarni yaxshi tarqatishga harakat qildik. Bu hissiyotlar, qo'rquvlar, miyaning rivojlanishi, chidamlilik va psixologik yoki intellektual etishmovchiliklar hali to'liq tushunilmagan sohalar.

Keling, qiziqaylik va hech qachon o'rganishni to'xtatmaylik. Keling, bolalarimizga qo'limizdan kelganicha eng yaxshi narsalarni beraylik.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

BOLALAR PSIXOLOGIYASI👶
https://youtu.be/VSFcgzgiVkI

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Assalomu alaykum!
Bugun bizning qadrli ustozlarimizning kasb bayramlari.
Hurmatli ustozlar:
Sizlarni ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz .
Sizlarga oilaviy baxt sog'lik salomatlik ishlaringizga rivoj tilab qolamiz.
Bayramingiz muborak bo'lsin!

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

“Uchadi ,uchmaydi” o’yini.

Maqsad: Eshitish sezgisini, mantiqiviy tafakkur va idrokni rivojlantirish.

Masalan: Chumchuq –uchadi

O’yinning borishi: bolalarga biror hayvon nomi aytiladi, bolalar aytilgan hayvon harakatini bajarib ko’rsatadilar, uchmaydigan hayvon nomi aytilsa, jimgina o’tiradilar. Fil, pashsha, samalyot, timsoh,laylak, kapalak, qurbaqa, sher, burgut, tulki, ot, pingving, qaldirg’och, ari, vertalyot, poroxod, ninachi, kema so’zlari aytilsa bolalar katta qiziqish bilan o’ynaydilar.

Kanalga aʼzo boʻlish uchun linkni bosing 🤝
🌅 t.me/psixotrening🌅

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

#maqsad: bolalarda diqqatini shakllantirish

"Bo'lgan va bo'lmagan voqaealar" mashqi

Mashqning borishi: Boshlovchi bolalarga biron bir holat aytadi.
Masalan: Ot osmonda uchyapti.
Baliq suvda suzyapti.
Osmondan shokolad yog'yapti.
Ular diqqat bilan eshitib agar bu holat bo'lishi mumkin bo'lsa qarsak chalishadi. Mumkin bo'lmasa oyoqlarini dupurlatishadi. Yutqazgan bola o'yinni tark etadi. O'yin 1ta bola qolguncha davom ettiriladi va yutgan bola mukofotlanadi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalarni erta uxlatish
12 Sentyabr 2021
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bolalarni erta uxlatish ularni sog‘lom qiladi va onaning ruhiyatini mustahkamlaydi. Melburndagi Merdok instituti olimlari 4 va 7 yoshli 10700 nafar bola va ularning ota-onalarini o‘rgandi. Bir necha yil o‘tgach bolalar o‘z navbatida 7 va 10 yoshda bo‘lganda tadqiqot davom ettirildi.
Unga ko‘ra, erta uxlaydigan bolalar bunday odatga ega bo‘lmagan tengdoshlariga qaraganda ancha sog‘lom. Bundan tashqari, bu sog‘lom bolalarning onalari stress va nevrozlarga kamroq moyilligi kuzatildi.
Uyquga kech yotadigan bolalar sog‘lig‘ining yomonligidan tashqari, bir necha yil shu rejimda yashaganidan so‘ng xulq-atvorning salbiylashishi aniqlandi. Albatta, bu jinoyatchi degani emas, ammo  itoatsizlik va intizomning yetishmasligi paydo bo‘ladi.
Loyihaning yetakchi tadqiqotchisi Jon Kuach buni quyidagicha yakunladi: Erta yotish nafaqat bolalarning o‘zlari uchun, balki ota-onalar uchun ham foyda keltiradi
t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Общий доступ 'Mavzu_ O'rmonga sayohat.doc'

Читать полностью…

Bolalar psixologi

МУСТАҚИЛЛИГИМИЗНИ «30 ЙИЛЛИГИ » БИЛАН ТАБРИКЛАЙМАН! ЮРТИМИЗ ТИНЧ,ЭЛИМИЗ СОҒ-САЛОМАТ,ОСОЙИШТА БЎЛИБ,МУСТАҚИЛЛИГИМИЗ АБАДИЙ БЎЛСИН! ҲУРМАТ БИЛАН МАЛОҲАТ ҚУРБОНОВА.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

Tabiatning to‘rt hodisasi

Bu mashqni treningnig birinchi – ishtirokchilar bir-birlarini yaxshi bilmagan kuni ham, keyingi kunlari ham bajarish mumkin.

Boshlovchi koptokni istalgan ishtirokchiga otadi va 4 ta so‘zdan bittasini buyuradi: YER, HAVO, SUV yoki OLOV. “YER” so‘zi aytilganda koptok otilgan ishtirokchi istalgan hayvonni aytishi kerak.
“HAVO” deyilganda – birorta qushning nomini aytishi kerak.
“SUV” deyilganda suv bilan bo‘g‘liq jonzotning nomini aytishi kerak bo‘ladi.
“OLOV” deyilganda esa uch marta chapak chalishi lozim bo‘ladi.

Shu tariqa koptok barcha ishtirokchilarga otib chiqilishi kerak bo‘ladi. Aytilgan so‘zlarni takror aytish mumkin emas. Xato qilgan yoki sekinlashib qolgan ishtirokchi ham o‘yindan chiqadi, natijada zukko va topqirlar qoladi.

Kanalga a'zo bo'ling
👉 @psixotrening

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

“Hayvonni tasvirlab ber” mashqi

Maqsad: Bolalarda tasavvur, ijlodiy qobiliyat, dunyoqarashni rivojlantirish hamda jismonan dam olishni ta’minlash.
Mashqning borishi: Avvalo o‘quvchilarga musiqa qo‘yib, relaksatsion mashq o‘tkaziladi. So‘ng biror hayvonning rasmi ko‘rsatilib, o‘sha hayvonni gavda, qo‘l harakatlari va tovush yordamida tasvirlab berish so‘raladi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Statistikaga ko‘ra odatda bolalar ilk qadamini 12 oyligida qo‘yadi. Bu yerda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan so‘z — statistikada. Sizning yagonangiz esa boshqa davrda yurish huquqiga (pediatr va fiziologlar tomonidan tasdiqlangan) to‘liq egadir.
Bu holatda me'yor chegarasi bir muncha keng shakllangan — 8 oydan boshlab 1 yarim yilgacha. 
Ko‘plab ota-onalar farzandlari boshqalarga nisbatan erta qadam tashlaganidan faxrlanishadi. Buni xuddi bolalarining o‘sishidan dalolat beryapti deb o‘ylashadi. Ammo bu shunchaki ota-onalar izzattalabligini ovuntirish uchun o‘ylab topilgan vaj xolos.
Bolaning ilk qadamlari va uning o‘sishi, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlari bilan bog‘liqligini xuddi uning burni shakli yoki soch rangi bilan aloqa kabi izohlash mumkin. Ya'ni bunday bog‘liqlik yo‘q. Kimdir malla, kimningdir ko‘zlari yashil, kimdir esa 8 oyda yurib ketadi.
Sog‘lom bola nima bo‘lganda ham 20 oylikkacha ilk mustaqil qadamni qo‘yishi kerak. Bu davrgacha bolalar yetarlicha kuchga to‘lishadi 

Читать полностью…

Bolalar psixologi

🌟kichik o'lchamli motorika o'yinlari🌟

✍🏻Qo'lingizni yozishga tayyorlash. Siz har qanday kichik narsalarni aylana olasiz: pom-pomlar, tish cho'tkalari, shashka va boshqalar. Har qanday yo'nalishda: yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, diagonal.

/channel/rainbow_academy_group

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

"Quvnoq o'yin"

Mashqning borishi: Yerga qog'ozdan yo'lakchalar qilamiz va bolalachalarni ko'zlarini bog'lab o'sha yo'lakchaga turg'azamiz va uni chap yelkasiga ursak chap tomonga o'ng yelkasiga ursak o'ng tomonga boshiga qo'l qo'ysak bir qadam oldinga yurishi kerakligi aytiladi. Bola adashmasdan sezgi xususiyatini ishlatib bajarishi kerak.

👉t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

YouTubeda "BOLALAR PSIXOLOGIYASI! DIQQAT MASHQI!!!! ("NAFIS SCHOOL"PM PSIXOLOGI ZILOLA SALIXOVA)" videosini ko‘ring
https://youtu.be/ASrnfapMfns

Читать полностью…

Bolalar psixologi

🔹 AVTOBUSCHA METODIK O’YINI

O’yinni maqollar yoki iboralar va bog’lovchilar mavzularida foydalanish samaralidir. Negaki, 8 nafar o’quvchiga bir xil topshiriq beriladi. Bu topshiriq: masalan, maqol aytish bo’lsa, 8 nafar o’quvchi ketma-ket avtobus bo’lib turib olishadi. Kim maqol aytolmay qolsa, yoki boshqalar aytgan maqolni qaytarib aytsa, aftobusdan tushib qolishadi. Shu tariqa qalganlar bilan o’yin davom etaveradi oxirigacha yetib kelgan zukko o’quvchi 5 ball bilan, undan oldingisi 4 ball bilan, undan oldingisi 3 ball bilan baholanadi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

1. Hissiy aqlni shakllantirish: bolalarda ichki barqarorlikni tarbiyalash amaliyoti (Linda Lantieri va Daniel Goleman)

Bugungi kunda ko'pchiligimiz hissiy aqlning sog'liq va baxtning garovi ekanligini bilamiz. Bunday aql ham farzandlarimizni tarbiyalash uchun beqiyos asos yaratadi.

Hissiy tushunish va boshqarish asosida ba'zi ko'rsatmalar, ko'nikmalar va ko'nikmalarni birlashtirish, ular hozirgi va kelajakda boshqalar bilan yaxshiroq munosabatda bo'lishlariga imkon beradi.
Daniel Goleman aytganidek,bolalarimizga his-tuyg'ular haqida o'rgatish kelajakning yaxshiroq bo'lishini anglatadi.Bola psixologiyasiga oid ushbu kitobdan bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari, u amaliy qo'llanma va audio disk (Elza Punset tomonidan rivoyat qilingan) bilan ta'minlangan bo'lib, uni bolalar va o'spirinlar uchun juda to'liq manbaga aylantiradi.

 

2. Yomon o'rdak (Boris Sirulnik)

Boris Sirulnik taniqli frantsuz nevropatologi, psixiatr, psixoanalit va etnolog.U baxt va psixiatriya fanida asosiy ma'lumotnoma deb hisoblanadi. Darhaqiqat, u 11 yoshida hayoti bilan nima qilishni xohlayotganini allaqachon aniq bilgan.

6 yoshida u kontsentratsion lagerdan qochishga muvaffaq bo'ldi, qolgan oilasi - rus yahudiy immigrantlari esa qaytib kelishmadi. Shu vaqtdan boshlab, u nihoyat kamtar dehqonlar uyiga etib kelguniga qadar u bir boshpanadan boshqasiga, bir oiladan ikkinchisiga o'tdi.
U uzoq vaqt davomida iztirob, begonalik va xafagarchilik sayohati, uni travma qurboniga aylanishiga yo'l qo'ymadi,aksincha bardoshli bola.
Ushbu kitobda Boris Sirulnik bolalar travması haqida juda qiziqarli tasavvur beradi. U munosabatlarning gobelenligi va keyinchalik, bizning his-tuyg'ularimizning namoyon bo'lishi bizni davom ettirishimizga yordam beradigan biopsixik "zaxira" ni faollashtirishga imkon beradi, deb o'rgatadi.

3. Butun miya bilan ishlaydigan bola: Farzandingizning rivojlanayotgan ongini tarbiyalashning 12 ta tasdiqlangan strategiyasi (Daniel J. Siegel va Tina Peyn Brayson)

Bu bolalar neyropsixologiyasi sohasidagi ajoyib ma'lumotnomadir. Mualliflar, neuropsychiatrist Daniel J. Siegel va ota-onalar bo'yicha mutaxassis Tina Peyn Brayson bizni yosh miya bo'ylab hayajonli sayohatga olib boradilar.
O'qish oson, yoqimli va qiziqarli. Va shukurki, bu bolalarimizning hissiy va intellektual rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun juda amaliy, foydali strategiyalarni beradi.
Yana ko'p narsalar mavjud. Ushbu kitobni boshqacha va innovatsion qiladigan yana bir narsa - bu illyustratsiyalar bizni o'z farzandlarimizga ba'zi tushunchalarni o'rgatishda yordam berishi mumkin.Bu bizning bolalarimizga ma'lum reaktsiyalar, xatti-harakatlar va ehtiyojlarni tushunishga yordam beradigan to'liq, mukammal bolalar psixologiyasi qo'llanmasi.

4. Qo'rqqaningizda va xavotirda bo'lganingizda nima qilish kerak: bolalar uchun qo'llanma (Jeyms J. Krist)

Jeyms J. Krist - bolalardagi travma, depressiya va psixologik kasalliklarga ixtisoslashgan amerikalik psixolog.Ushbu kitob bizning ro'yxatimizga kirishining sababi oddiy: u kattalar va bolalar uchun mo'ljallangan. Va bu bizning qo'rquvimizni tushunishimiz va ratsionalizatsiya qilishimizga imkon beradi.
Bu, avvalambor, qamrab olishga qaratilgan bola ongidagi eng keng tarqalgan qo'rquv, tashvish va tashvishlarning barchasi. Bular zulmatdan yolg'izlikgacha, masxarabozlar kabuslargacha. Hatto hozirgi dunyoda baxtsiz haqiqat: terrorizm.
Ko'p qo'rqqan va xavotirga tushgan bolalarni ko'rgan va ularga yordam bergan psixolog sifatidaDoktor Krist oddiy tushuntirishlar va strategiyalarni taklif qiladi. Ushbu kitobni o'qib bo'lgandan keyin ham bolalar, ham ota-onalar yaxshi jihozlangan bo'lishadi.

5.anday qilib gaplashish kerak, shunda bolalar tinglaydilar ... Va tinglash uchun bolalar gaplashadilar (Adele Faber va Elaine Mazlish)

Bu 90-yillarning oxirida nashr etilganidan beri bolalar psixologiyasida bestseller bo'ldi. O'shandan beri ko'p narsa o'zgardi, ammo ushbu kitobdagi haqiqatlar modadan tashqariga chiqmaydi. Darhaqiqat, ular bolalar va o'spirinlarni tarbiyalash va tarbiyalashning asosiy, abadiy jihatlari.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Qiziqarli ma'lumot

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, to'rt yoshli bolakay o'rta hisobda kuniga uch yuz marta kuladi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Farzand tarbiyasidagi muammolar sababi nimada?

Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!

Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!

Farzandingiz qo‘rqoqmi?
Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!

Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!

Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!

Farzandingiz qizg‘anchiqmi?
Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!

Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!

Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!

Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!

Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!

Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi?
Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!

Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz o‘zingiz bilan ovora ekansiz!

Kanalga aʼzo boʻlish uchun linkni bosing 🤝
🌅 t.me/psixotrening🌅

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

#trening

Qog‘oz koptokchalar mashqi

Maqsad:
7-10 yoshli bolalarning o‘z salbiy emotsiyalarini nazorat qilish, o‘z noroziliklarini ob’ektiv shaklda ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish.

Yo‘riqnoma va mashqni bajarish tartibi:
Psixolog bolalarga xona bo‘ylab betartib harakatlanishni, qo‘llariga qog‘oz olib, yaxshi g‘ijimlab undan koptokchalar yasashni so‘raydi.
So‘ng ikki guruhga bo‘linib, bir qatorga turib, qarshilarida turgan raqiblariga koptokni otishlari lozim. Ikki guruh ishtirokchilar o‘rtasidagi masofa to‘rt metrni tashkil etishi kerak.
Ishtirokchilar koptokchalarni iloji boricha tezroq bir -birlariga uloqtiradilar va “to‘xtang” buyrug‘ini etishlari bilan koptoklarni uloqtirishdan to‘xtaydilar. Qaysi guruh tomonida koptoklar kam bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi.
manba

KANALGA A'ZO BO'LISH UCHUN LINKNI BOSING🤝
@psixotrening

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalar qancha erta yotishi kerak?
Avstraliyalik olimlar eng yaxshi yotish vaqtini 20:30 deb belgilagan. Qanday bo‘lmasin, Avstraliyada bu yosh bolalar uchun eng keng tarqalgan an’anadir va ehtimol yarim soatlik farq sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tadqiqot davomida hal qiluvchi rol uyqu davomiyligi emas, balki bir umrga kasallikka chidamli bo‘lish aniqlandi. Bolalarning uxlashi bo‘yicha umumiy tibbiy tavsiyalar kichik o‘quvchilar uchun 9-11 soat va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 10-13 soat.
Nega erta uxlash ijobiy ta’sir ko‘rsatadi?
Sababi, yosh bolalarda uyqu gormoni – melatonin kechki soat sakkizda eng yuqori nuqtaga yetadi. Bu vaqtda yoki birozdan keyin uxlab qolish bolalarga yaxshi uxlash va sog‘lom o‘sishga imkon beradi.
Ota-onalarning ruhiy salomatligi bilan qanday bog‘liqlik bor?
Birinchidan, qo‘shimcha vaqt paydo bo‘ladi va bu har bir inson uchun zarur. Ikkinchidan, uxlab yotgan bola kun bo‘yi noma’lum sabablarga ko‘ra injiq bo‘lganidan ko‘ra kamroq muammo tug‘diradi.
Bunga qanday erishish mumkin?
Olimlar barcha shovqinli o‘yinlarni yotishdan bir soat oldin to‘xtatishni va barcha elektron stimullarni, ya’ni televizor, kompyuter va boshqalarni o‘chirishni tavsiya qiladi. Yorqin ekranlar miyani rag‘batlantiradi va melatonin ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Lekin tinglash, jonli o‘qish, xoh ertak yoki musiqa bo‘lsin, aksincha, uxlab qolishga yordam beradi. Odam quloq solsa, yurak urishi sekinlashadi va qon bosimi pasayadi. Natijada uyqu sifati yaxshilanadi.
t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Yangi tug'ilgan chaqaloqning tovon izi bilan onasining barmoq izi bir hil bo'lar ekan.
Bu bolalar almashib ketmasin deb Buyuk Alloh tomonidan qilingan mukammal tadbirdir.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#Байрам_Муборак
Aссалому алайкум 🍂Кузнинг биринчи куни ҳамда 🇺🇿Мустақиллигимизнинг 30 йиллиги муборак бўлсин
!👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEGbbyh7-jOGYrnA1w

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Общий доступ 'Mavzu Dunyo kezamiz. Dars ishlanma.doc'

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

Noverbal muloqot

Stol ustiga har-xil hayvonlar rasmlari yoyib qo'yiladi. Har bir bola bittadan rasm tanlaydi va o'sha rasmdagi hayvonni harakatlar orqali so'z ishlatmasdan tushuntirib berishi kerak bo'ladi. Qolgan bolalar esa u qaysi hayvon ekanini topishadi.

👉t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…
Subscribe to a channel