bolalarpsixologi | Unsorted

Telegram-канал bolalarpsixologi - Bolalar psixologi

-

Subscribe to a channel

Bolalar psixologi

Farzandlaringizning qobiliyatlari (talanti) emas, mehnatlarini maqtang.

Masalan, bolamning xotirasi yaxshi, demang, ko'p takrorlashdan charchamaydi, erinmaydi, mehnatkash deng.

Oson tushunib oladi, demang, tushunmaguncha harakat qilishdan to'xtamaydi, hafsalali deng.

Binobarin, ular o'z mehnatlari bilan erishmagan narsalarni maqtashdan ko'ra, mehnatlari bilan erishganlarini maqtash samaraliroq va to'g'ri bo'ladi.

Masalan, bolam chiroyli demang, axloqli deng. Agar ko'rinishini maqtamoqchi bo'lsangiz, namoz va yaxshi ishlarda mustahkam ekanidan yuzi nurli deng.

Zero, qobiliyati (talanti)ga suyangan odam o'tirib qoladi, mehnatiga suyangan odam esa o'zib ketadi.

Ustoz Mahmud Usmon

@mezanauz

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalar uchun didaktik o'yin.

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalar bilan birga uyda o'ynash uchun

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalar uchun qiziqarli mashg'ulot

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalarda kundalik ko'nikmalarni shakllantirish

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

10 yoshgacha bo'lgan bolaga o'rgatish kerak bo'lgan 10 ta muhim narsa‼ ️

1. Qizlar va o'g'il bolalar teng, ikkalasini ham hurmat qilish kerak.

2. Xato qilishdan qo‘rqma..

3. Baholar asosiy narsa emas. Asosiysi bilim!

4. Ota-onalar dushman emas, doimo ularga yordam so'rashing mumkin.

5. O'zingni hech kimdan xafa qilishiga yo'l qo'yma.

6. Boshqalar roziligini qozonish uchun o‘zingga yoqmagan ishni qilma.

7. Agar biror narsani tushunmasang so'rashdan qo'rqma.

8. Agar o'zingizni yomon his qilsang, doimo ayt.

9. Tabiatni hurmat qil.

10. Yo‘q deyishni o‘rgan.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Barchasi bola kelajagini hal qiluvchi hayotiy bosqich, ya'ni 3yoshgacha bo'lgan davrdagi go'dak miyasining rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Tug'ilishdan 3yoshgacha bo'lgan davr va shu yoshgacha berilgan ta'lim juda muhimdir.

Bu uning kelajagini belgilashi mumkin.

Masaru Ibuka: "Uchdan keyin kech"

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

Hayvonot olami

O‘yin ishtirokchilari doira bo‘lib turishadi va o‘zlariga birorta hayvonning nomini tanlashadi. 20 kishidan iborat guruh uchun 6 ta hayvonning nomi yetarli. Bir xildagi hayvonlarning nomi qog‘ozga sonlar bilan yozilib, ularga shulardan birini olish taklif etiladi. Ishtirokchilar ma’lum bir hayvonlarni tanlab bo‘lganlaridan so‘ng ko‘zlarini yumib, atrofda aylanib yuradilar va o‘zlari mansub bo‘lgan turdagi sheriklarini izlaydilar. Bunda hamma o‘ziga xos ovoz bilan bir-birini chorlashi kerak (masalan, «ba-a-ba-a», «myov-myov», «vov-vov» va h.k.). Ikkita bir xil «hayvon» bir-birini topib olsa, ular qo‘llarini mahkam ushlagancha keyingi sherigini izlashga tushadilar va barcha sherigini topib, toki alohida guruhlar tuzilmaguncha davom etaveradi.
Bu kirish o‘yini hisoblanib, u asosan ishtirokchilarda bir-birlariga nisbatan ishonch hissini hosil qiladi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#psixolog_kutubxonasi

🛡@profayling_uz

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#psixologik_kitoblar

📖 Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.

📝«Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida umumiy psixologiya fanining asoslari, ilmiy-tadqiqot metodlari, ilmiy tushunchalar va kategoriyalarni; psixika va ong, shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, shaxsning psixik jarayonlari, holatlari, xususiyatlari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi; bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari, faoliyati, psixik jarayonlari, bolalar shaxsining shakllanishi, bolalar psixodiagnostikasi kabi masalalar keng yoritib berilgan.
«Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi o‘qitishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.


🛡 Farg'ona Profayling Maktabi l @profayling_uz

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

Nima o‘zgardi? – o‘yini

Maqsad: To‘laqonli muloqot o‘rnata olish uchun zarur bo‘lgan diqqat-e’tiborlilik va kuzatuvchanlik qobiliyatlari hamda xotira jarayonini rivojlantirish.
Har bir bola navbat bilan tashqariga chiqadi. Bu vaqt mobaynida xonadagi bolalar o‘zlarining tashqi qiyofalaridagi nimanidir o‘zgartiradilar. Bolaning vazifasi o‘zgarishlarni to‘g‘ri fahmlay olish (o‘zgartirilgan narsa ikkita va uchtadan oshmasligi hamda ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi kerak). O‘qituvchi tashqariga chiqqan bolani xonaga qaytadan olib kiradi va nima o‘zgarganini so‘raydi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

“Savatcha” mashqi

Maqsad: O‘quvchilarda diqqat, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, guruhlarga ajrata olish qobiliyatlarini va fikrlash tezligini oshirish.
Mashqning borishi: Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadi.Birinchi guruh mevalarni,ikkinchi guruh savzavotlarni olib, o‘z savatlariga solish ko‘rsatiladi.Vazifani tez va chaqqon bajargan g‘olib hisoblanadi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

YouTubeda "BOLALAR PSIXOLOGIYASI! DIQQAT MASHQI!!!! ("NAFIS SCHOOL"PM PSIXOLOGI ZILOLA SALIXOVA)" videosini ko‘ring
https://youtu.be/ASrnfapMfns

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Kun hikmati

Bolalarimizni bogʻcha yoshidan, boshlangʻich sinflardan kichik-kichik kitoblarga oʻrgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulgʻaytirish zarur.

Shavkat Mirziyoyev

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

«Atomlar va molekulalar» harakatli o‘yini

Hozir Sizlar hammangiz «atomlar»ga aylanasiz va xona bo‘ylab tartibsiz ravishda harakatlana boshlaysiz. Men birorta sonni aytganimda, masalan uch deganimda, qo‘llaringizni ushlagan xolda uchta “atom”lik “molekula”larga aylanasiz. Besh sonini aytsam, “molekula”dagi “atomlar”soni beshta bo‘lishi kerak. Agar “molekula”da ortiqcha atomlar (guruh a’zolanhri tanlaydi yoki o‘zlarining xohishlariga ko‘ra) o‘tiradilar. Qolganlar o‘yinni davom ettiradilar. Agar “molekulalar”da “atomlar” soni kamroq bo‘lsa, barcha “atomlar” o‘tiradilar.

👉 @psixologik_treninglar

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalarning telefonga tobeligini kamaytirishning samarali usullari.

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Bolalar yolgʻon gapirishining 3 sababi

​​Bolalarning yolgʻonini tuzatish uchun birinchi navbatda, ularni nima maqsadda yoki nima sababli yolgʻon gapirayotganini tushunib olishimiz kerak. Bu tushunchalar, kichkina bolalarimizning yolgʻon gapirishi oldini olishimiz uchun ham yordam beradi, inshalloh.

1. Bolalar yolgʻonining eng asosiy sabablaridan biri – ota-onaning yolgʻonga jiddiy qaramasligidir. Bolalarimiz oldimizda ekanligida boshqalarga “Meni uyda yoʻq deb qoʻy”, “Hozir mazam boʻlmayapti, uzr, borolmayman!”,”Men yoʻldaman” deyishimiz yoki “Meni umuman pulim yoʻq, gʻalva qilma!” kabi oʻzimiz uchun ahamiyatsiz tuyulgan yolgʻonlarimiz bilan bolalar miyasiga asta sekinlik bilan yolgʻon gapirish oddiy hol ekanligini “singdirib boramiz”!

2. Bolalar qoʻrqqani uchun. Juda ham qattiqqoʻl ota-onalar farzandlari jazolanmaslik uchun, bilib yoki bilmasdan qilgan ayblarini yolgʻon bilan yashiradi.

3. Baʼzida esa ota-onasining hafsalasini pir qilmaslik uchun. Agar ota-onaning boladan kutgani juda koʻp boʻlsa, lekin bola ular xohlagancha qobiliyatli boʻlmasa, ota onasini xafa qilmaslik uchun baholari, boʻlgan voqealar haqida ota-onasiga yolgʻon gapirishga majbur boʻladi.

Yana shuni eslatib oʻtish kerakki, bola 4-5 yoshidan boshlab tushunib yolgʻon gapiradi, undan avvalgisi, shunchaki kimlargadir taqlid boʻlishi mumkin.

Yolgʻon bilan qanday kurashish kerakligi yoki uni oldini olish haqida yana gaplashamiz. Hozircha esa, eslab qolishimiz kerak boʻlgan asosiy qoida: “Bolalar yolgʻon gapirganda – jahl bilan, agressiv harakat qilishga shoshilmang, avvalo yolgʻonning sabablarini aniqlashga harakat qilib koʻring

Psixolog Rozaliya Gabdulhakova - musulmonlarga mos psixolog

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

✔️Ota onalar uchun eslatma ...

🔺Farzandingiz maktabda yaxshi ta’lim-tarbiya olib, kelajakda yaxshi bir kasb egasi boʻlishini istasangiz, aslo unga oʻqituvchisini, maktabini yomonlamang!
Aksincha, sinf raxbarini, oʻqituvchilarini, maktabini maqtang...
🔺Farzandingiz bilan koʻproq maktabga birga keling...Unutmang, bu yoʻnalishlarda tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, maktabga ota onasi hamrohligida kelgan oʻquvchi oʻqishlarida koʻproq ijobiy natijalarga erishgan
🔺Farzandingizni maktabda sifatli ta’lim olishi uning qanday maxsulotlar istemol qilayotganligiga ham bogʻliq ekanligini yodingizdan chiqarmang .
Tez tayyorlanuvchi (fast fud) xot dog, lavash, energetik ichimliklar, rangli shirin ichimliklar bola organizmini erinchoqlikka, dangasalikka, tez toliqishiga, immunitetini kuchsizlanishiga olib keladi. Uy sharoitida maxsus idishlarga meva va sabzavotlardan qoʻshgan xolatda tushlik tayyorlab bering...Albatta oʻquvchini oʻzi bilan uy sharoitida tayyorlangan qaynagan suv yoki choy olib yurishi juda foydali..
🔺 Imkon darajasida farzandingiz mobil telefonini uyda qoldirishini talab qiling...Sinf raxbari telefon raqamini saqlab oling..
🔺Farzandingiz bilan har kuni 30 daqiqa birga uyga vazifalarini tayyorlashida yordam bering...
Kunlik xar bir darsi xaqida nima oʻrganib, daftariga yozganini nazorat qiling..
🔺 Shaxsiy avtomashinada farzandingizni maktabga olib borsangiz, maktab darvozasigacha mashinani tirab, boshqarib bormang...Maktab darvozasiga 20-25 metr masofa saqlab, farzandingizni tushiring..
🔺Farzandingizni tartibli boʻlishga, duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka oʻrgating . Oʻzingiz bu yoʻnalishda farzandingizga oʻrnak boʻling .
Shu oʻrinda, "Siz farzandingizni tarbiyalamang, Siz oʻzingizni tarbiyalang, zero farzandingiz kelajakda albatta siz kabi boʻladi!" kabi ibratli soʻzlarni doimo yodingizda tuting. 
🔺Sizni maktabga ota onalar yigʻilishiga taklif qilishsa imkon darajasida qatnashing ..
🔺Unutmang, oilada tarbiya koʻrgan bolaga, maktabda ta’lim berish oson...Shu sababli farzandingizni maktabda yaxshi ta’lim olishini xoxlasangiz, uyda, oilada farzandingizga yaxshi tarbiya bering...

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida shunday deydi:

Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!

Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

Farzandingiz oʻgʻrilik qilyaptimi? Demak, siz unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz!

Farzandingiz qoʻrqoqmi? Demak, siz uni koʻp himoya qilarkansiz!

Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning yonida ovozingizni
pasaytirmas ekansiz!

Farzandingiz doim qovogʻi osilganmi? Demak, siz uni maqtamas ekansiz!

Farzandingiz qizgʻanchiqmi? Demak, siz u bilan oʻzaro hamkorlik qilmas ekansiz!

Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlarkansiz!

Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga koʻp doʻq-poʻpisa qilar ekansiz!

Farzandingiz sizni qizgʻanyaptimi? Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!

Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi? Demak, siz uni bagʻringizga bosib, yuzlaridan oʻpmas ekansiz!

Farzandingiz sizga boʻysunmayaptimi? Demak, siz undan koʻp narsa talab qilarkansiz!

Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi? Demak, siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz!

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Xato va notoʻgʻri an’ana va urf odatlarni roʻkach qilib yosh bola bilan oʻzaro suhbat eshigini yopish, har xil yigʻinlarda ularni qoʻpollik bilan jim qilishga urinish, yosh bolakaydagi lugʻat boyligini oʻsishi va ijtimoiy rivojlanishini barbod kiladi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

An'anaga ko'ra, oilada otalarga so'zsiz bo'ysuniladi. Ota tartib nazoratchisi, ammo bolalarga har kuni g'amxo'rlik qilish ishlarida kam qatnashadi. Agar farzand o'z otasini kam ko'rsa va shu ham faqatgina gap eshitish uchungina bo'lsa, u holda bola o'z otasini bir begona, ya'ni favqulodda vazitada chaqiriladigan shifokordek deb qabul qiladi. Qattiqqo'l ota tomonidan tarbiyalangan bola ulg'ayganda daho yoxud mashhur inson bo'lsada, itoatkor va irodasi sust bo'ladi

Masaru Ibuka

t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Share 'Uchdan keyin kech - Masaru Ibuka(1).pdf'

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Farzandingiz hayotda oʻz oʻrnini topishini istaysizmi?
Farzandingizni dars oʻzlashtirishga qiynaladi deb oʻylaysizmi?
Farzandingizda ota-onasi va yaqinlariga samimiy munosabat hosil boʻlishini istaysizmi?
Farzandingiz nimaga qodirligini bilmoqchimiz?
Farzandingiz tortinchoqmi?
Farzandingizda telefon va internetga ongli munosabatni shakllantirmoqchimisiz?

Unda Siz va farzandingizni Mentor school bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Taskin" loyihasiga taklif etamiz!
Roʻyxatdan oʻting (👉 @taskinadmin) va suhbatga keling. Oʻzingiz baho berasiz!

👉 @taskincentre

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#psixolog_kutubxonasi

🛡@profayling_uz

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Share 'БОЛАЛАР_ТАРБИЯСИ_БЎЙИЧА_САВОЛЛАРГА.pdf'

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

“Hayvonni tasvirlab ber” mashqi

Maqsad: Bolalarda tasavvur, ijlodiy qobiliyat, dunyoqarashni rivojlantirish hamda jismonan dam olishni ta’minlash.
Mashqning borishi: Avvalo o‘quvchilarga musiqa qo‘yib, relaksatsion mashq o‘tkaziladi. So‘ng biror hayvonning rasmi ko‘rsatilib, o‘sha hayvonni gavda, qo‘l harakatlari va tovush yordamida tasvirlab berish so‘raladi.

Читать полностью…

Bolalar psixologi

Statistikaga ko‘ra odatda bolalar ilk qadamini 12 oyligida qo‘yadi. Bu yerda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan so‘z — statistikada. Sizning yagonangiz esa boshqa davrda yurish huquqiga (pediatr va fiziologlar tomonidan tasdiqlangan) to‘liq egadir.
Bu holatda me'yor chegarasi bir muncha keng shakllangan — 8 oydan boshlab 1 yarim yilgacha. 
Ko‘plab ota-onalar farzandlari boshqalarga nisbatan erta qadam tashlaganidan faxrlanishadi. Buni xuddi bolalarining o‘sishidan dalolat beryapti deb o‘ylashadi. Ammo bu shunchaki ota-onalar izzattalabligini ovuntirish uchun o‘ylab topilgan vaj xolos.
Bolaning ilk qadamlari va uning o‘sishi, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlari bilan bog‘liqligini xuddi uning burni shakli yoki soch rangi bilan aloqa kabi izohlash mumkin. Ya'ni bunday bog‘liqlik yo‘q. Kimdir malla, kimningdir ko‘zlari yashil, kimdir esa 8 oyda yurib ketadi.
Sog‘lom bola nima bo‘lganda ham 20 oylikkacha ilk mustaqil qadamni qo‘yishi kerak. Bu davrgacha bolalar yetarlicha kuchga to‘lishadi 

Читать полностью…

Bolalar psixologi

🌟kichik o'lchamli motorika o'yinlari🌟

✍🏻Qo'lingizni yozishga tayyorlash. Siz har qanday kichik narsalarni aylana olasiz: pom-pomlar, tish cho'tkalari, shashka va boshqalar. Har qanday yo'nalishda: yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, diagonal.

/channel/rainbow_academy_group

Читать полностью…

Bolalar psixologi

#trening

"Quvnoq o'yin"

Mashqning borishi: Yerga qog'ozdan yo'lakchalar qilamiz va bolalachalarni ko'zlarini bog'lab o'sha yo'lakchaga turg'azamiz va uni chap yelkasiga ursak chap tomonga o'ng yelkasiga ursak o'ng tomonga boshiga qo'l qo'ysak bir qadam oldinga yurishi kerakligi aytiladi. Bola adashmasdan sezgi xususiyatini ishlatib bajarishi kerak.

👉t.me/bolalarpsixologi

Читать полностью…

Bolalar psixologi

YouTubeda "BOLALAR PSIXOLOGIYASI! DIQQAT MASHQI!!!! ("NAFIS SCHOOL"PM PSIXOLOGI ZILOLA SALIXOVA)" videosini ko‘ring
https://youtu.be/ASrnfapMfns

Читать полностью…
Subscribe to a channel