Xar bir bola sevilganini ayni yo'sinda anglamaydi. Farzandlar bilan ular anglaydigan tilda so'zlashish kerak. Bola sevilganini his qilmasa, oxir-oqibat yaramas bo'ladi. Bola "Meni yaxshi ko'rishmaydi" degan fikrga kelsa, atrofdagilarga tajovuzkor bo'ladi, ziyon yetkazadi, shu yo'l bilan o'ziga diqqat qaratmoqchi bo'ladi. Shunday ekan farzandlaringizga kech bo'lmasidan vaqt ajrating ularni sevishingizni ayting his qildiring, toki bolangiz sizni e'tiboringizni qaratishga majbur bo'lmasin.
t.me/bolalarpsixologi
Ona farzandiga so'zlar ekan, <-ma> qo'shimchasini qo'shmasligi, ya'ni salbiy jumlalar ishlatmasligi kerak. Chunki miya ijobiy jumlalarni qabul qiladi.
Masalan: - "Uyga kech kelma" deyish o'rniga "Uyga ertaroq kel" deyish o'rinli bo'ladi.
-"Hovliga chiqindi tashlama" demasdan "Chiqindini maxsus qutiga tashla"
-"Ukang bilan urushma" demang "Ukang bilan inoq bo'l" kabi so'zlarni ishlating. Shunda bolangiz sizning aytganlaringizni qilishga harakat qiladi.
t.me/bolalarpsixologi
Bola nima desa qilish unga qilingan eng katta yomonlikdir. Buning natijasida hech narsaga qoniqmaydigan, mamnun bo'lmaydigan, badbaxt bolalar yetishadi.
Farzandingiz istagan narsani darxol olib beraversangiz, u ertaga katta hayotga qadam qo'yganda har bir istaganini ololmaydi, shunda bola inqirozga uchrashi mumkin.
t.me/bolalarpsixologi
Siz farzandingizni boshqalarning farzandiga qiyoslasangiz, bola ham sizni boshqa ona yoki otalarga qiyoslay boshlaydi. Siz ota-ona ro'lini qanchalik yaxshi o'ynasangiz bola ham shunchalik yaxshi bo'ladi.
t.me/bolalarpsixologi
Bola suv so'ragan vaqtda uning uchun suvdan qimmatli narsa yo'q. Bolangizni o'zingiz istagan vaqtda emas, u istagan vaqtda, o'zi istaydigan tarzda suyub erkalang.
t.me/bolalarpsixologi
Assalomu alaykum! Kanalimiz a'zolari.
Dam olish kuningizni bolalar bilan birgalikda o'tkazishingiz uchun qiziqarli mashg'ulot. 😊😊😊
t.me/bolalarpsixologi
Faqat umumiy qoidalarga asoslangan holda bolani tarbiyalab bo'lmaydi. Agar, ta'bir joiz bo'lsa, qaynagan suvga tashlangan bir bola tuxum, boshqasi bo'lsa, sabzidir. Ularning biri qaynoq suvda yumshaydi, ikkinchisi qattiqlashadi. Shu boisdan har bir bolaga alohida uslubda yondashish darkor.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!
Farzandingiz qo‘rqoqmi?
Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!
Farzandingiz qizg‘anchiqmi?
Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!
Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!
Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!
Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!
Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi?
Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!
Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!
t.me/bolalarpsixologi