Boshlang'ich maktab o'quvchisini o'yindan uzish yoki o'ynashga to'sqinlik qilish noto'g'ri. Bu bolani ta'limdan sovutishning eng qisqa yo'lidir. Maktabga kirgan bola endi o'ynamasligi kerak degani emas. Bola hali ham o'yin davrida ekanini unutmang.
t.me/bolalarpsixologi
Birinchi sinf o'quvchilarini yuqori kayfiyatda dars boshlashi uchun quvnoq salomlashuv.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandlaringizni jasoratlantiring. Ularga motivatsiya bering. Agar shunday qilsangiz:
-o'rtangizda ko'prik barpo etiladi
-ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va o'zini hurmat qilishi ortadi.
Ularning hush yoqadigan, taqdirlashga loyiq tomonlarini toping. Bu haqida o'zlariga so'zlab bering. Ular amalga oshirgan har bir ijobiy ishni maqtang. Chunki nafaqat bolalar balki kattalar ham maqtalish, sevilish, qadrlanish, hurmat qilinishi uchun harakat qiladilar. O'ziga ishongan insonlargina yuksak ishlarni amalga oshira oladilar.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandingizni siz hoxlamagan do'stlaridan uzoqlashtirish yo'llaridan biri unga o'ziga munosib do'st topishiga yordam berishdir. Bolaga muqobilini bermay turib taqiqlamasligingiz lozim. Chunki taqiqlangan narsalarni bajarish ancha qiziqarli bo'ladi.
t.me/bolalarpsixologi
Ota-onalar farzandlarini xursand qilaman deb haddan tashqari ko'p o'yinchoq olmasliklari lozim. Bu holat bolada hissiy ochlikka sabab bo'lishi mumkin. Uning o'rniga o'yinchog'ini baham ko'rishni o'rgatish lozim. Birgalikda o'ynash bolani ko'proq xursand qiladi.
t.me/bolalarpsixologi
YANA BIR JIHATI
Bolalarga telefon berishni zararli tomonlaridan biri haqida qisqacha aytib oʻtmoqchiman.
Oʻsmirlik davrigacha bolalarda fiziologik jarayonlar jadal kechishi va energiyani faqat jismoniy harakat bilan chiqarib yuborishini hisobga olsak, bolalar telefon oʻynashi naqadar salbiy ekanini bilib olish qiyin emas. Bola ayni faol boʻlish paytida uni bir joyda jim oʻtirishga undash yaxshilik alomati emas!
M.Bannayev
@bannayev
Bolaning ruhiy barkamolligi sevimli bo'lish va o'ynashdir.
(Atalay Yo'rikog'lu)
O'yin bolaning rivojlanishi va shaxsiyati shakllanishi uchun mehrdan keyingi eng muhim ruhiy ozuqa hisoblanadi. Mehr-muhabbatdan holi bolalik bo'lmaganidek, o'yinsiz bolalikni ham tasavvur qilib bo'lmaydi.
t.me/bolalarpsixologi
Bolalar 7-8 yoshga to'lguncha hazilni tushunmaydilar, hazilni xuddi o'zlariga tajovuz qilinayotgandek qabul qiladilar. Kattalar menga yomonlik qilishni xohlaydi deb o'ylaydilar. O'zlarini xo'rlangandek his qiladilar. Farzandingizni hazil qilish mumkin bo'lgan vosita deb bilmang. Aks holda ishonchini yo'qotib qo'yishingiz mumkin.
t.me/bolalarpsixologi
Farzandlaringizni har qanday kamchiligi yoki qobiliyatsizligi sabab ayblab, masxara qilmasligingiz, masxara qilishlariga imkon bermasligingiz kerak. Ayniqsa, begonalar oldida. Ishoning, bu qilgan ishingiz sababli farzandingizning kelajagi uchun katta zarar qilgan bo'lasiz. Bu qilmishingiz natijasida introvert, sizga nisbatan nafrati kuchli va sizdan uzoq farzandlarni tarbiyalaysiz.
t.me/bolalarpsixologi
"Katta odam kichiklarga nisbatan munosabati qanday ekanligi bilan kattaligini isbotlaydi."
(Charli)
Farzandingiz jaxl qilsa siz ham unga o'chakishib baqirishingiz, zarda qilsa gapirmay qo'yishingiz unga nisbatan o'zingizni yoshboladek tutayotganingizni bildiradi.
Siz katta ekanligingizni unutmang.
t.me/bolalarpsixologi